fa
Feedback
Muhammad Uralov

Muhammad Uralov

رفتن به کانال در Telegram

- Hayotdan olingan saboqlar - Kitoblardan xulosalar - O’ylashga majburlovchi fikrlar Aloqa uchun: @MuhammadUralovv

نمایش بیشتر
684
مشترکین
+124 ساعت
-17 روز
+1930 روز

در حال بارگیری داده...

ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
دسامبر '24
دسامبر '24
+36
در 1 کانال‌ها
نوامبر '24
+40
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '24
+62
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '24
+48
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '24
+109
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '24
+109
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '240
در 8 کانال‌ها
Get PRO
مه '240
در 2 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '240
در 3 کانال‌ها
Get PRO
مارس '240
در 2 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '24
+27
در 3 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '24
+135
در 8 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '23
+6
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '23
+8
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '23
+21
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '23
+20
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '23
+5
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '23
+11
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '23
+4
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '23
+6
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '23
+9
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '23
+17
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '23
+15
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '23
+21
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '22
+31
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '22
+19
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '22
+31
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '22
+164
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '22
+14
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '22
+47
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '22
+28
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '22
+285
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '22
+38
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '22
+27
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '22
+249
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '22
+1 225
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '21
+821
در 0 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
21 دسامبر+1
20 دسامبر0
19 دسامبر+3
18 دسامبر+2
17 دسامبر+2
16 دسامبر+1
15 دسامبر+3
14 دسامبر0
13 دسامبر+1
12 دسامبر+2
11 دسامبر0
10 دسامبر0
09 دسامبر+1
08 دسامبر+1
07 دسامبر+2
06 دسامبر0
05 دسامبر+9
04 دسامبر+8
03 دسامبر0
02 دسامبر0
01 دسامبر0
پست‌های کانال
Repost from Muallim Muhammad
Ustozlar uchun eksklyuziv imkoniyat Bundan 1 yillar oldin teacher’s community tashkil qilgan edik. O’zim taniydigan eng zo’r ustozlarni u yerga chaqirgandim. Kuchli cammunity jamlangandik. 1 yil davomida har birimiz darslar o’ttik, katta o’zgarishlar bo’ldi. Pedagogik tarafdan yuksaldik, networking kuchaydi. “Zamonaviy pedagog” kursimiz ham shu yerda tug’ulgan. Faqat tor doirada edi. Anchadan beri bunday ilm majlisini kengaytirishni va omma uchun qilishni o’ylab yurgandim. Vaqti keldi! Ustozlar uchun yangi yopiq “Teachers’ Hub” nomli kanal ochdim. Ustozlarni saralab olish uchun pulli bo’ladi. Kanal obunasida nimalar bo’ladi? • Offline uchrashuvlar: Oyiga bir marta offline uchrashuvda o‘zim dars o‘tib beraman. • Online suhbatlar: Har oy o‘z sohasining eng kuchli vakillari bilan online suhbat va dars bo‘ladi. • Kuchli networking: Yopiq guruhimizda har kim o‘zini qiynayotgan muammolarini muhokama qiladi va yechimini topadi. • Kundalik bilimlar: O‘zim o‘rganayotgan va kundalik qo‘llayotgan bilim va insighlarim bilan bo‘lishib boraman. • Yangiliklar: “Zamonaviy pedagog” kursimizga qo‘shilgan yangiliklar bilan shu yopiq kanalda ham bo’lishamiz. • Pedagogik kitoblar: Har hafta bir pedagogik kitob tanlab beraman va ustozlarimizdan biri online dars o‘tadi. • Karyera rivoji: Karyera qurish, oylikni oshirish va ustoz sifatida o‘sish bo‘yicha o‘zaro suhbatlar bo‘ladi. Obuna narxi oyiga 100ming so’m. Faqat birinchi qo’shilgan 50 kishiga birinchi oy uchun 75 ming qilib beramiz. Yopiq kanalga link olish uchun @MuhammadUralovv ga yozing. Kanalimizga qo‘shiling va ustoz sifatida o‘z imkoniyatlaringizni kengaytiring! @MuallimMuhammad

2
Voqealarning ikki tarafi Yaralangan qoplon o’zining oxirgi kuchi bilan bizon bolasini ovlashga harakat qilmoqda, ona bizon bor kuchi bilan qoplonga tashlanib uni yaralashga va farzandini himoya qilishga harakat qilyapti. U qoplonni qattiq yaraladi va o’z bolasini saqlab qoldi. Qoplon qochishga majbur bo’ldi va g’or oldiga zo’rg’a borib oldi. U yerdan 2-3 ta kichik qoplonchalar och holda yugurib chiqishdi. Ona qoplon shunchalik och va qattiq yaralangan ediki, shu yerda jon taslim qildi. Bolalar onasi ular sut emishi uchun yotdi deb o’ylashdi, lekin endi bu tanadan boshqa hech qachon sut chiqmas edi. Bir qaraganda bizon o’z farzandini saqlab qolgani xursand qiladi, lekin evaziga qoplon va bolalari qurbon bo’ldi. Yaralangan onasi vafot etgach ularni bu shafqatsiz dunyoda biror bir himoyachisi qolmadi. Voqeani 1-qismini ko’rsangiz bizon va kichik bolasi uchun xursand bo’lasiz. Qoplon ko’zingizga vaxshiy yirtqich faqat o’z qornini o’ylab o’txo’r, beozor jonivorlarni qiruvchi va ularning bolalalarini o’ldiruvchi vaxshiydek ko’rinadi. Ikkinchi qismni o’qisangiz bizga vaxshiylik, qotillik va noto’g’ri deb ko’ringan ishlarni sabablarini ko’rasiz. @MuhammadUralov
815
3
Nega uyga borgimiz kelmaydi? Shahar shovqin, ishxona muammolarga to’la(ishxona shu sohadagi muammolarni yechish uchun moslashgan joy), signallar, so’kishlar, tortishuvlar va kelajak o’ylari odamni qiynaydi. Inson bulardan qochib faqat tinchlik, sokinlik, sakinat xohlaydi. U buni uyidan topishi kerak. Agar inson bularni uydan topmasa kechqurun ishdan chiqib uyga qaytmaydi. @MuhammadUralov
830
4
Nimani bilmaslikni biladigan insonlar hayotda yaxshiroq yashaydi deyapti mana bu kitob, nega bu iqtibosni kitobning o’rtasida
Nimani bilmaslikni biladigan insonlar hayotda yaxshiroq yashaydi deyapti mana bu kitob, nega bu iqtibosni kitobning o’rtasida aytyapti? Men o’zimni qiynaydigan shuncha ma’lumotlarni bilib bo’lganimdan keyin. Menimcha bu iqtibos kitobning eng boshida ogohlantirish ko’rinishida yozilishi kerak edi. Menku o’qib qo’ydim lekin, sizlarni ogohlantirib qo’yay do’st sifatida. 1. Hokimiyatning 48 qonuni 2. Monipulyativ diktatorlar 3. Ta’sir psixologiyasi. Shu 3 kitobni o’qimaganlar hayotda yengilroq yashashadi. Afsus, men kech qoldim. @MuhammadUralov
849
5
Boylarda ko’proq Kambag’al va o’rta hol oilada tug’ulishni qiyin tarafi shundaki sizda xato qilish imkoniyati cheklangan. O’rtahol oila vakili sifatida yangi loyiha boshlarkansiz, uzog’i bilan 2-3 ta xato qilish imkoni bor. Bundan ko’pi butun oilani moliyaviy tomondan o’nglab bo’lmas ahvolga olib keladi. Yaxshi tarafi esa, qahramonlar aynan qiyin vaziyatlarda kerak bo’ladi va paydo bo’ladi. Pul, tanish bilish kabi resurslarning yetishmasligi odamning miyasi eng yuqori darajada ishlashga majbur qiladi. @MuhammadUralov
803
6
Do’stlar bundan keyin bu kanalimga chuqur tahlillardan tashqari o’zim o’qiyotgan, eshitayotgan va anglayotgan kichik hajmli iqtiboslarni va kichik postlar ko’proq yozib turaman. Yengil, hayotiy gaplar va kunlik o’rganayotgan qisqa matnlar ham bo’lishi mumkin.
711
7
Mehmon Kitob, maqola, video, audio suhbatlar yo’llar har xil, mohiyat bitta - ilm olish. Aslida, ilm olish ham maqsad emas, m
Mehmon Kitob, maqola, video, audio suhbatlar yo’llar har xil, mohiyat bitta - ilm olish. Aslida, ilm olish ham maqsad emas, maqsad o’rganganingiz orqali o’zgarish! O’zgarmasangiz o’rganmapsiz! Ikkinchi audiosuhbatimiz mehmoni - Aziz aka Rahimov. Rahimov school asoschisi va O’zbekistonda ta’lim sohasidagi eng katta expertlardan biri. Bundan uch yil oldin ular bilan tanishganman. Shu bilan hammasi o’zgarib ketgan, ulardan ilhomlanganman. O’zbekistonda, ta’limda qolishga uni oz bo’lsa ham o’zgartirishga qaror qilganman. Hozir shu kanaldan qancha foyda olayotgan bo’lsangiz, albatta bunda ustozimning rollari beqiyos. ✍️ Mavzu: “Ta’lim va o’qituvchilar haqida suhbatlashamiz” 📅 30.08.2024 (bugun) ⏰ 20:00 Chat manzili: @MuallimMuhammad kanali @MuallimMuhammad
508
8
Urolmayman... Bolaligimizda bir ijtimoiy reklama roligi bo‘lardi. Unda tipa kino suratga olish jarayoni ketyapti, bir epizodda aktyor aktrisani yuziga shapaloq tortvorishi kerak bo‘lardi. (Aktyor kimligi esimdamas, aktrisa Raʼno opa Zokirova edi aniq) Tak vot, aktyor bir nechta dublda ura olmaydi ayolni. Rejissyor jig‘ibiyron, qayta qayta motor beradi. Ur, ur uni deb baqiradi. Hatto har dublda taxtachani shaqillatib qo‘yadigan opagayam “Alfiya, yo‘qaaal!” deb baqirib ham beradi. Aktyor esa ayolni ura olmaydi. Rejissyor kelib o‘zi ko‘rsatib bermoqchi bo‘ladi, mindey kelasan, rostakasim urmoqchi bo‘lasan deydiyu, lekin o‘zi ham kulib turgan ayolni yuziga shapaloq torta olmaydi... Shu rolik meni bola qalbimga juda chuqur o‘rnashib qolgan, ayolni urish mumkin emasligini, buni og‘ir ish ekanligini shunda tushunganman va bu ong ostimdan joy olgan. Hozir shunaqa ijtimoiy roliklar yo‘q desa ham bo‘ladi. Tv efir vaqti qizg‘onilar balki, soqqali reklama turganda ijtimoiy reklama kimga kerak... Lekin mana shu narsalar ham o‘sib kelayotgan avlod ongida yaxshi fazilatlarni uyg‘ota olishiga men qattiq ishonaman. Nurbek Alimov @MuhammadUralov
779
9
Mehmon Kitob, maqola, video, audio suhbatlar yo’llar har xil, mohiyat bitta - ilm olish. Aslida, ilm olish ham maqsad emas, maqsad o’rganganingiz orqali o’zgarish! O’zgarmasangiz o’rganmapsiz! Maqolalar ortidan, audiochatlarni ham boshlaymiz bugundan, xudo xohlasa. Mehmonlar orasida ustozlarim, tajribasi va bilimi sizga va bizga aniq foyda keltiradigan do’stlarimiz va hamkasblarimiz bo’ladi. Bugungi mehmonimiz - Oybek aka Qudratov. O’sha mashhur abituriyent gazetasida fizikadan test va tahlillarni tayyorlagan inson. Khan Academy da fizika, astranomiya va algebra kurslarini tayyorlaganlar. Va men tanigan eng zo’r pedagoglardan biri va eng kuchli fiziklar Oybek aka. Oybek akadan maksimal foyda olishimiz kerak! Ta’limga doir savollaringiz bo’lsa komentga yozing. Suhbat bugun 20:00da bo’lib o’tadi. Boshqa pedagog do’stlaringizni ham chaqirishni unutmang! @MuallimMuhammad
702
10
Biz bilmaymiz! Maktabda juda “shustriy” do’stlarimiz bo’lardi. Darslarni qilmasa ham amallab javob berib yuborar. Tinmasdan o’qiganlar bilan bir xil baho olishardi. Boksga borardik. Murabbiy 5km yugurishni buyurardi, ba’zi “uddaburon” do’stlarimiz 1-2km yugurib qolganini amallab yuborishardi. Biz soddaroq edik. Ustoz nima desa hammasini so’zsiz qilardik. Uddaburon do’stlarimizga havas qilardik, lekin qo’limizdan kelmasdi. Atrofdagilar esa ularga qoyil qolib, maqtashardi. Sen ham “shustriyroq” bo’l deyishardi. Yillar o’tdi. Soddaroqlar ustozlarni to’liq aytganini qilib kam bo’lishmadi. Va o’z sohalarida mutaxasislar bo’lishdi. Uddaburonlar esa harakatiga yarashasini olishdi. Albatta, bu yerda ustozning darajasi ham muhim. Shoyadki yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va shoyadki yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladi, siz bilmaysiz! Biz bilmaymiz! Do’stlarimiz bilan ertalabki suhbatdan olindi post. @MuhammadUralov
900
11
2016 yili o’qishdan yiqilganman. Dadamga mashinamizni sotib meni o’qishga kiritib qo’ying, o’qisam ham kontrkatga kira olaman. 4 yillik kontraktimni qo’shsa shu mashinamiz puli chiqadiku baribir deb o’z qarorimni oqlamoqchi ham bo’lganman. Dadam agar o’qib kantraktga kira olsang ham, qiynalib bo’lsa ham to’laymiz, lekin pul bilan hech qachon kirgizmayman deganlar! Va eng to’g’ri qarorni chiqarganlar. O’qishga pul bilan kirgizganlarida har kursni ham pul bilan yopib berishlari kerak bo’lardi. Diplomni ham pul bilan olardik. Ishni ham tanish bilish va pul orqali qidirardik. Bu taxminan 2-3 ta mashina puli bo’lardi va oxir oqibat bilimsizligim va xaraktersizligim uchun dadam topib bergan ishdan haydalardim. Meni xozirgi holatimga eng katta ta’sir aynan shu 1 yil uyimdan uzoqda abiturient bo’lganimda shakllangan. Ilm olish qiyinmasligi, harakat qilsa xohlagan narsaga erishsa bo’lishi, muhit muhim rol o’ynashini tushunganman. Mustaqil bo’lishga va o’zim uchun javob berishga majbur bo’lganman. O’zimga ishonchim va xarakterim paydo bo’lgan. Bu zanjir effekti yoki boshidan bolaga erkinlik va mustaqillik berib oxirida yaxshi natija olasiz, yoki farzandim qiynalmasin deb boshida suyab umrini oxirigacha voyaga yetmaydigan farzand qilib qo’yasiz!
1 037
12
Nega o’zim emas? Birinchi yil o’qituvchilikni boshlaganimda ta’lim bo’yicha sifatli kontentlar qidirardim. Butun Youtubeni qidirsam ham o’zbek tilida deyarli topa olmaganman. Keyin fikr kelgan nega shu loyihani o’zim tashkil qilmasligim kerak ? Shu fikr ortidan ustozim Aziz akani yordamlari bilan Pedagog_podcast loyihasi vujudga kelgan. Undan keyin turli kurslarda o’qidim lekin aynan ta’limga bag’ishlangan kurs topa olmadim o’zbek tilida. Topganlarim ham faqat metod sotar, ta’limni mohiyatiga chuqur kirib tahlil qilib bermas edi. O’sishni, o’zgarishni, ta’limni va bolalarni tushunishni judayam xohlardim lekin bu talablarimga javob beradigan kurs yo’q edi. Va yana shu savol, nega o’zim tayyormasligim kerak bu kursni? Fikr g’oyaga, g’oya esa loyihaga aylandi. Men va Moxir “Zamonaviy pedagog” kursini tayyorladik. Birinchisi kutganimizdan ham zo’r o’tdi. Deyarli 100% ustozlar kursimizni do’stlariga tavsiya qilishdi. Kursda o’qiganlarning to’liq fikrlari bu yerda: https://t.me/c/2212046553/44 Ertadan boshlab ikkinchisini boshlamoqchimiz. Ta’lim sohasi insoni bo’lsangiz kursga albatta yoziling. O’rganasiz, o’zgarasiz. Kurs haqida to’liq ma’lumot: https://t.me/+QSGS5PBYEGk3Njky @MuallimMuhammad
1 036
13
Qidirsangiz albatta, topasiz! Bloglardagi fikrlarni o’qiysiz, u odamni shu fikrlar jamlanmasi deb tasavvur qila boshlaysiz. Barcha qarorlari va harakatlari shu fikrlar ustiga quriladi deb o’ylaysiz. Va adashasiz. Men bu yerga 100% amal qiladiganlarimni emas, amal qilishim shart deb o’ylaganlarimni yozaman. Nega 100% amal qilmayman? Savol noto’g’ri! Amal qilmayman emas, amal qila olmayman! Chunki men ham insonman, men ham ojizman! Charchaganimda, asabiylashganimda, xursandligimda va shoshilganimda xatolar qilib turaman. Yozganlarim esa, menga eslatma, shu fikrlarga qarab intilaman, yo’nalishimni belgilab olaman. Ideal holatda shunday bo’lishim kerak deb hisoblayman. Xotirjam bo’lavering! Fikrlarimdan va amallarimdan xatolar qidirsangiz albatta topasiz! @MuhammadUralov
1 205
14
🎙 Kechirasiz, sizni 10 daqiqaga mumkinmi? Ha! Ha! To‘g‘ri o‘qidingiz ⏳ 5-10 ta reels ko‘rishga, telefondan suhbatlashishga, choy ichishga sarflaydigan vaqtingizni so‘ramoqchiman Yaxshi niyat ila (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) Hazratimizni ko‘proq insonlarga tanitish, ularning yo‘llaridan yuradiganlar soni 1 tagina bo‘lsa ham, ko‘payishiga sababchi bo‘la olamiz 🤝 Pasdagi havolani to‘ldiring, blogingizga, tanishlaringizga, blog yuritadigan yaqinlaringizga ulashing. Men ssenariyni bir o‘zim yoza olmayman. Yaxshilikni katta kichigi bo‘lmaydi. Sizning yordamingiz bilan birgalikda kattaroq ish qila olamiz 🔥 10 daqiqadan tashqari, bu maqolani o‘qishga sarflagan vaqtingizga rozi bo‘ling. Rahmat  🤍 https://forms.gle/sDC5xAqxuSebMnaw7
1 067
15
Sizni faningizni o’rganishimdan oxiratimga nima foyda? O’quvchilarim ba’zan maktabdagi fanlar dunyoviy fan bundan ko’ra diniy ilm o’rgansak yaxshiroq, savobliroq-ku, nega sizning faningizni o’rganishimiz kerak? Oxiratimizga nima foyda deyishadi? Aslida din bu hayot tarzi, din va dunyo ajratilmaydi! Dunyoviy ilmlarning hammasi Allohga olib boradi. Qanday qilib? Aytaylik tarixni ustozingizdan o’rgandingiz, u ham ustozidan va u ham o’z ustozidan va oxiri borib, borib bu Odam alayhissalomga borib taqaladi. Qur’oni karim bo’yicha Odam alayhissalomga barcha narsaning nomini va ilmni Alloh taolo o’rgatgan edi. Bizga buni ajratish qanday kelib qolgan? O’rta asrlarda yevropada xristianlik dini va papasi katta kuch edi. U barchaga birdek ta’sir o’tkaza olar va xatto mamlakatlar qirollarini ham almashtira olardi. Ilm fan rivojidagi eng katta to’siq ham aynan rim papasi edi. Keyinchalik yevropa qirollari xristian dini ta’sirini kamaytirish va rim papasi humkronligidan qutulish uchun sekulyarizmni qo’llay boshlashdi. Bunda din davlatdan, ta’lim esa dindan ajratildi, ruhoniylar qiladigan barcha ishlarni(odamlarni ro’yxatdan o’tkazish, o’lim, tug’ulishni yozish, soliqlar yig’ish) davlat o’z qo’liga oldi. Bu orqali qirollar hokimiyati kuchayib rim papasi nazoratidan chiqdi va davlat kuchaydi. Odamlar va fan erkinlikka chiqdi. Asrlar o’tib asli xristian olamida boshlangan sekulyarizm islom olamiga ham propaganda qilindi va aslida hayot tarzi bo’lgan islom dini ham ikkiga ajratildi. Endi bizda ham hali diniy ilmi kuchli bo’lmagan insonlar tomonidan hayot ikkiga ajratilmoqda. Qilayotgan ishlarining tub mohiyatiga e’tibor bermasdan, din desa faqat masjid, namoz, qur’on va hadis kabi narsalarni qolgan barcha jabhalar esa dunyoniki deya fikrlashmoqda. Siz tarixchi, iqtisodchi, haydovchi bo’lishingiz mumkin va bundan o’zingiz foyda olib, jamiyatga ham foyda keltirar ekansiz bu isrof emas. Niyatimiz to’g’ri ekan, bu savob, bu to’g’ri ish. Biz ham oxiratimizga ham dunyoyimizga birdek, bir vaqtda foyda keltira olamiz! Aynan bittasini tanlashimiz shart emas! Aynan shu ishlarda mutaxasis bo’lsak, kuchli bo’lamiz. Biz kuchli bo’lsak ummatimiz, millatimiz qudratli bo’la oladi. Shundagina biz Falastinda birodarlarimiz zulm ko’rayotganda faqat instagramda “free Palestine” deb yozib o’tirmasdan aniq amaliy choralar ko’ra olamiz. Shundagina Xitoyda uyg’ur dindoshlarimiz xo’rlanyotganda faqat internetga yig’lab video chiqarmasdan ularga bemalol yordam bera olamiz. @MuhammadUralov
1 242
16
Chalalari xavfliroq Eng ko’p suvda cho’kadiganlar suzishni bilmaydiganlar emas, suzishni yaxshi bilaman deb o’ylovchi chala suzuvchilar. Fitnalarni eng ko’p ilmsizlar emas, ilmni to’liq o’rganmagan, lekin to’liq o’rganmaganligini bilmaydigan va tan olmaydiganlar chiqaradi. Bolani ustozlikni bilmaganlar ilmsiz qilmaydi, ustozlikni hammadan yaxshi bilaman. Meni fikrim doim to’g’ri deb hisoblovchi chala pedagog buzadi. Bunaqa misollar ko’p, biror sohani chala o’rganganlar shu sohada umuman ilmsizlardan ko’ra xavfliroq. Shuning uchun 2 ta kitob o’qiganlar ota-onasi bilan talashishadi, 4ta video ko’rganlar fatvo berish bilan shug’ullanishadi. Ilmsizlar o’z holatini biladi, ikkinchi tur haqiqiy holatidan bexabar. O’z holatini bilmaydiganlar doim o’zini yaxshiroq deb hisoblashadi. @MuhammadUralov
1 207
17
Dozasini oshirib yubormang Uylanguncha ko’p qizlar bilan gaplashganlar uylanganda ham halovat topa olmaydi, ayolini ham shulardan biri deb qabul qiladi. Oldingi hayot davom etadi, nikohdan maqsad ro’yobga chiqmaydi. Sport o’yinlarini pul tikib tomosha qilganlar, pul tikishni to’xtatishi bilan sport o’yinlari zerikarli bo’la boshlaydi. Milliardlab odamlarga zavq berayotgan o’yinlardan siz endi ma’no topa olmaysiz. Nasha chekib maza qiladiganlar, hayotda rohat beradigan boshqa barcha voqea va xursandchiliklardan lazzat olishni to’xtatishadi. Insonlar uchun xursandchilik bo’lgan narsalar ular uchun zerikarli bo’ladi. Siz xursandchilik dozasini oshirib borar ekansiz, hayotda lazzatlanadigan narsalaringiz sonini ham kamaytirib borasiz. Boy bo’la turib oddiy yashayotgan odamlar aqlli qaror egalari. Boylik ortidan tinmasdan kamfort va xursandchilik qidiradiganlarni esa yo’l oxirida umidsizlik va suitsid kutayotgan bo’lishi mumkin.
1 054
18
Talabchanlar bilan ishlang! Do’stim bir qiz bilan uchrashuvga chiqdi. Qiz aniq, aniq qilib oiladan nima xohlashini, qanday hayotda yashamoqchiligini, nimalar uni qoniqtirishi va qoniqtirmasligi, uning qadriyatlari qanaqa ekanligini, to’ydan keyingi rejalarini hammasini aytgan. Bu do’stimni qo’rqitgan. Yangi loyihaga bordim, rahbar 1 soatdan ko’proq meni savollarimga javob berdi, uzoq muddatda qiynalmaslik uchun har bir detallarni so’rab oldim. Yozdi, chizdi, ozgina tortishuvlar ham bo’ldi. Oxirida siz umuman o’qituvchiga aloqador emas, investerlar beradigan strategiyalarni ham so’radingiz dedi. Bo’lajak loyiha bilan uzoq muddatni ko’zlaydiganlar boshidan qattiqroq kirishishadi, oxiridan umidi bo’lmasa, boshlamay qo’yaverishadi. Ular boshida qattiq, oxirida ishonchli bo’lishadi. Har qanday birlashuvda xuddi shunday qilinishi kerak, xoh u do’stlik, xoh oila, xoh yangi loyiha eng qattiq shartlarni va savollarni berish, sinash, tahlil qilish. Hammasi tugagandan keyin shu kelishgan ishlarga jonini ham berish. Kamchiliklar bo’lsa chidash, kurashish, to’g’ri tushunish. Boshlayotganda ikkita ko’zni katta katta ochish, boshlab bo’lgandan keyin bir ko’zni xotirjamroq yopish uchun yordam beradi. Buncha tekshirish va oldindan ogohlantirishlar nega kerak? Hadisda aytilgandek: ot avval qoziqqa mahkam bog’lanadi, qolganiga tavakkul qilinadi. @MuhammadUralov
1 301
19
Alloh yo’lida qilmasangiz, qilmang! Do’stingizni to’yiga $1000 to’yona berdingiz. Siznikiga bera olmadi. Xafa bo’ldingiz, to’yonani Alloh yo’lida emas, do’stim meni ham to’yimda qaytaradi deb qilgandingiz. Maktabdan qoniqmasdingiz, ketayotgan joyingizda shu o’quvchilarim qiynalmasin, yaxshi ilm beray, shu bolalar uchun qolaman dedingiz. Bolalar faningizni o’qimay qo’yishdi. Noto’g’ri niyat qilganingiz uchun o’quvchilardan xafa bo’ldingiz, sizlar uchun qolgandim-ku dedingiz, vaholanki O’zining roziligi uchun qolishingiz kerak edi! Eng yaxshi odamlar bizlarni tushunishadi, lekin his qilishmaydi! Bu ularning aybi ham emas! Biz shunday yaratilganmiz, boshqalarni qiynalayotganini doim ham ko’ra olmaymiz yoki ko’rmaymiz. Ular uchun qilsak ular ham biz uchun qilishini kutamiz. Ba’zan ular qila olmaydi yoki qilmaydi. Noto’g’ri niyat va noto’g’ri kutuvimiz o’rtadagi munosabatlarni buzadi. Oqibatda yoki qilgan yaxshiligingizni yoki yaqiningizni yo’qotasiz! @MuhammadUralov
921
20
Eng yuqori nuqtada uzoq turolmaysiz Quruqlikdagi eng tezkor hayvon bu gepard, soatiga 120km tezlikka chiqa oladi. Lekin bu tezlikni atiga 30sekund saqlab qola oladi. Agar shu vaqt ichida o’ljasiga yeta olsa omadli bo’lmasa tezligi pasayib ov omadsiz tugaydi. Insonlarda ham shunday, biz o’rtacha 70 yil yashaymiz. Lekin eng kuchga to’lgan vaqtimiz 20-35 oralig’i, shu yoshda qattiq ishlagan, o’qigan, o’rgangan va o’zgarganlarning hayotda ovi baroridan keladi. Va keyinchalik ham yaxshi hayotda yashaydi. Shu 15 yilni samarali o’tkaza olmaganlarni, albatta, kelajakda ham yengil hayot kutmaydi. Fakt: quruqlikning eng tezkor yirtqichi 75% ovida muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, sayyoramizning eng aqlli maxluqoti statistikasi ham shunga yaqin bo’lsa kerak. @MuhammadUralov
918