fa
Feedback
GulDU.uz | Rasmiy kanal

GulDU.uz | Rasmiy kanal

رفتن به کانال در Telegram

Guliston davlat universiteti rasmiy kanali Manzil: Guliston shahri, 4-mavze Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati Web-site: www.guldu.uz Email: glsu_info@edu.uz Telefon: +998672254042 Faks: +998672254275

نمایش بیشتر
6 147
مشترکین
-1324 ساعت
-527 روز
+26230 روز
آرشیو پست ها
Repost from Edu.uz
#30_iyul_Xalqlar_doʻstlik_kuni #Hududlarda_bayram_shukuhi 30-iyul - Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani Madaniyat saroyida o‘tkazilgan “Do‘stlik” festivalidan videorolik. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Repost from Edu.uz
#mandat #akademik_litsey ⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor 2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼl
#mandat #akademik_litsey ⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor 2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi. Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin. Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi. Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉https://gov.uz/edu/news/view/199876 Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🇺🇿VATAN MADHI DILIMIZDA! ⚡️ SIZNING SHE’RINGIZ HAM KITOBDA BO‘LISHI MUMKIN! Sirdaryo viloyati hokimligi va Sirdaryo viloyat
🇺🇿VATAN MADHI DILIMIZDA! ⚡️ SIZNING SHE’RINGIZ HAM KITOBDA BO‘LISHI MUMKIN! Sirdaryo viloyati hokimligi va Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan yosh ijodkorlar uchun «Vatan madhi dilimda» loyihasiga start beriladi! Loyiha doirasida Sirdaryolik yosh ijodkorlarning eng sara, avval e’lon qilinmagan she’rlari jamlanib, maxsus kitob holida nashr etiladi. ✅ Sizdan: ✔️ 14–30 yoshda bo‘lish; ✔️ 10 ta sara, e’lon qilinmagan she’r; ✔️ tarjimayi hol va fotosurat. 📅 Qabul muddati: 10-avgustgacha 📩 Ishlaringizni @sirdaryolik_ijodkorlar_35yillik profiliga yuboring! ✍️ Yuragingizdagi Vatan tuyg‘usini she’rga aylantiring. Balki keyingi sahifada aynan SIZNING ismingiz bo‘lar! Telegram | Instagram | Facebook

#GulDU #Yoshlar_ishlari_agentligi #Yoshlar_ittifoqi #Volontyorlar_klubi 😘Alisher Sa'dullayevga Guliston davlat universiteti "Jilg'a" volontyorlar klubi faoliyati taqdimot qilindi ⚡️Boyovut tumanidagi Yoshlar markazida Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator, Kitobxonlik jamg'armasi Vasiylik Kengashi raisi Alisher Sa'dullayevga Guliston davlat universiteti Yoshlar yetakchisi, Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'ining Kitobxonlikni rivojlantirish bo'yicha maslahatchisi Yorqinjon Hayitboyevning viloyatda mutolaa madaniyatini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirgan ishlari, xususan, Guliston davlat universiteti faol talabalaridan iborat “Jilg‘a” volontyorlar klubi faoliyati taqdimot qilindi.
Taqdimot davomida agentlik direktori klubning har bir a'zosi bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini o'rgandi. Taqdimotda yoshlarning Guliston davlat universitetining kitobxon volontyorlari va "Jilg'a" klubi a'zolari uchun Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida bir haftalik o'quv seminar tashkil etish taklifi ma'qullanib, yaqin kunlarda sirdaryolik kitobxon volontyor talabalar uchun ixtisoslashtirilgan ushbu o'quv ijodiy oromgohi tashkil etiladigan bo'ldi. Albatta, bu yoshlar uchun yana bir imkoniyat demakdir. Shuningdek, taqdimotda "Jilg'a" klubining "Volontyor" ko'rsatuvi ostida Sirdaryo telekanali orqali efirga uzatilayotgani senator tomonidan yuksak baholanib, bu kabi tashabbuslar doimiy ravishda bo'lishi lozimligi ta'kidlandi.
📇Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz! 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎YouTube

#GulDU #Sirdaryo_mahalla #Hashar HASHAR — ZIYOLILARGA YARASHAR Guliston davlat universiteti rektori Muxsin Xodjiyev boshchili
+9
#GulDU #Sirdaryo_mahalla #Hashar HASHAR — ZIYOLILARGA YARASHAR Guliston davlat universiteti rektori Muxsin Xodjiyev boshchiligida universitet jamoasi Sirdaryo tumanidagi "Ulug'bek" mahallasida o'rganish ishlarini olib bormoqda. Bunda asosiy e'tibor atrofning obodligi va mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilmoqda. Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor K.Kudratov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor D.Eshmurodov va ma’naviyat va ma’rifat bo’limi mutasaddilari, yoshlar bo'yicha dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlardan xayrli tashabbus chiqib, ular tomonidan mahallaning "Shahdam" ko'chasi 14-uyda istiqomat qiluvchi Hasan Mamedov, "Shafoat" ko'chasi 27-uyda istiqomat qiluvchi Muhtaram Akramova xonadonlarida hashar tashkil etildi. O'z o'rnida xonadon egalari ham universitet jamoasiga minnatdorlik bildirib, duolar qilmoqda. O'rganish ishlari davom etmoqda. @gulduuz

#Dolzarb_90_kun #GulDU #Yoshlar_ittifoqi #Volontyor “DOLZARB 90 KUNLIK” DOIRASIDA HAM YOZGI TA‘TIL BO‘LISHIGA QARAMAY “JILG‘A” VOLONTYORLAR KLUBI FAOLIYATI DAVOM ETMOQDA. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlang‘ich tashkiloti hamda Sirdaryo viloyati teleradiokanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda “Volontyor” teleloyihasining beshinchi sonini tomosha qiling. 🔺Bizni kuzatishda davom eting... 📇Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz! 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎YouTube

#Sayyor_qabul Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi 2026-yil 29-iyul kuni Guliston davlat universiteti rektori, texnika fanlari
+8
#Sayyor_qabul Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi 2026-yil 29-iyul kuni Guliston davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor M.T. Xodjiyev tomonidan Sirdaryo tumanining Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning muammolarini hal etish yuzasidan amaliy choralar belgilandi. Jumladan, 1 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etildi. Shuningdek, 6 nafar fuqaro tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularning yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlarga yuborildi. Bunday sayyor qabullar fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish hamda dolzarb masalalarga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi. @gulduuz

Repost from Edu.uz
#diqqat_tanlov Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda Badiiy akademiya hamkorligida “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlovning asosiy maqsadi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini zamonaviy turistik sovg‘a sifatida targ‘ib qilish, hududlardagi ijodkorlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda turistlar uchun ixcham, sifatli va hamyonbop esdalik sovg‘alari namunalarini yaratishdan iborat.
☄️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan dizaynerlar, rassomlar, ijodkor yoshlar hamda “Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan hunarmandlar belgilangan tartibda onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. G‘olib deb topilgan har bir ishtirokchi 5 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.   Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: Dizaynerlar uchun: https://forms.gle/ac9gqAeHZLKoHaRa8  ⏺Hunarmandlar uchun: https://forms.gle/MQ6XX6og9jjJVNKp7 ❗️Arizalar birinchi bosqich uchun 16-avgustga qadar, ikkinchi bosqich uchun esa 20-sentabrga qadar qabul qilinadi.
“Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha NIZOM  Hunarmandchilik mahsulotlari bo‘yicha ko‘rik-tanlov talablari  Yo‘nalishlar bo‘yicha talablar jadvali
🌐 Batafsil Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#xalqaro_hamkorlik #forum Guliston davlat universiteti O‘zbekiston – Qirg‘iziston III Rektorlar forumida Qirg‘iziston Respubl
+7
#xalqaro_hamkorlik #forum Guliston davlat universiteti O‘zbekiston – Qirg‘iziston III Rektorlar forumida Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatida O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi o‘z ishini boshladi. Nufuzli xalqaro muloqot maydonida ikki mamlakat oliy ta’lim tizimi rahbarlari, vazirlik va idoralar mas’ullari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda akademik hamjamiyat vakillari ishtirok etmoqda. Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Qirg‘iziston Respublikasi fan, oliy ta’lim va innovatsiyalar vaziri Gulzat Isamatova hamda Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Ulan Mamatkanov so‘zga chiqib, ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, akademik mobillikni rivojlantirish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Mazkur nufuzli forumda Guliston davlat universiteti nomidan xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Abdushohit Pozilov hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Fazliddin Sharipov ishtirok etmoqda. Forum doirasida Guliston davlat universiteti delegatsiyasi O‘sh davlat universiteti rahbariyati bilan samarali muzokaralar o‘tkazib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdi. Tomonlar istiqbolda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar: doktorantlar uchun Co-Supervisor (birgalikdagi ilmiy rahbarlik) tizimini yo‘lga qo‘yish; professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish; Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda qo‘shma ilmiy maqolalar chop etish; doktorantlar va yosh tadqiqotchilar uchun muntazam onlayn simpozium hamda ilmiy seminarlar tashkil etish; professor-o‘qituvchilarning qisqa muddatli stajirovka va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish. Ushbu uchrashuv natijalari Guliston davlat universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirish, ilmiy salohiyatini oshirish hamda Markaziy Osiyoda zamonaviy akademik hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. Guliston davlat universiteti xalqaro hamkorlikni izchil rivojlantirish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda mintaqadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan strategik sheriklikni mustahkamlash borasidagi faoliyatini davom ettiradi. @gulduuz

#GulDU ✅Guliston davlat universiteti va “Agroinvitro” kompaniyasi o‘rtasida amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda 🔹Guliston da
+9
#GulDU ✅Guliston davlat universiteti va “Agroinvitro” kompaniyasi o‘rtasida amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda 🔹Guliston davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori D.Eshmurodov hamda Tabiiy fanlar fakulteti dekani A.Musurmanov Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida joylashgan “Agroinvitro” kompaniyasining zamonaviy issiqxona majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 📌Tashrif davomida oliy taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Muloqot yakunida “Agroinvitro” kompaniyasi bazasida Guliston davlat universitetining talabalari, magistrlari hamda doktorantlari uchun amaliyot jarayonlarini hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 🤝Ushbu hamkorlik yosh tadqiqotchilarning nazariy bilimlarini zamonaviy agroinnovatsion texnologiyalar bilan boyitish va ilmiy salohiyatni oshirishga xizmat qiladi. 🔵@gulduuz

photo content

Repost from Edu.uz
💧Suvni asrashni bugundan boshlaylik
Suv – hayot manbai bo‘lib, uni asrash va oqilona foydalanish har birimizning muhim burchimizdir. Bugungi kunda suv resurslaridan samarali foydalanish, isrofning oldini olish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#GulDU #Sirdaryo_mahalla #Hashar HASHAR — ZIYOLILARGA YARASHAR Guliston davlat universiteti rektori Muxsin Xodjiyev boshchili
+9
#GulDU #Sirdaryo_mahalla #Hashar HASHAR — ZIYOLILARGA YARASHAR Guliston davlat universiteti rektori Muxsin Xodjiyev boshchiligida universitet jamoasi Sirdaryo tumanidagi "Ulug'bek" mahallasida o'rganish ishlarini olib bormoqda. Bunda asosiy e'tibor atrofning obodligi va mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilmoqda. Bugun ana shu o'rganishlar davomida universitetning ma’naviyat va ma’rifat bo’limi mutasaddilari hamda tyutorlardan xayrli tashabbus chiqib, ular tomonidan mahallaning "Buyuk ipak yo'li" ko'chasi 48 va 50-uylarda istiqomat qiluvchi G'ayrat Mamanov hamda Salomat Zokirova xonadonlarida hashar tashkil etildi. O'z o'rnida xonadon egalari ham universitet jamoasiga minnatdorlik bildirib, duolar qilmoqda. O'rganish ishlari davom etmoqda. @gulduuz

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 Abituriyentlar diqqatiga! 🎥 Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishib boring.   Mazkur videoqo‘llanmada abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.   ❗️ Tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

#DoʻstlikFest2026 Millatlar doʻstligi va bagʻrikenglik gʻoyalari sanʼat orqali targʻib qilinmoqda Oʻzbekiston Respublikasi Pr
+8
#DoʻstlikFest2026 Millatlar doʻstligi va bagʻrikenglik gʻoyalari sanʼat orqali targʻib qilinmoqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–22-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida 30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan “Doʻstlik” festivali tadbirlari doirasida Guliston davlat universiteti tomonidan navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. 2026-yil 28-iyul kuni Xovos tumanidagi 8-son umumtaʼlim maktabida Guliston davlat universiteti Sanʼatshunoslik fakulteti "Anʼanaviy xonandalik va xalq cholgʻulari" kafedrasi mudiri B.Xodjakulov rahbarligidagi ijodiy jamoa tomonidan maktab pedagoglari hamda toʻgarak ishtirokchilari uchun konsert dasturi va mahorat darslari oʻtkazildi. Tadbir davomida "Anʼanaviy xonandalik va xalq cholgʻulari" kafedrasi professor-oʻqituvchilari va talabalari tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashib, millatlararo doʻstlik, oʻzaro hurmat va bagʻrikenglik gʻoyalarini keng targʻib etishga xizmat qildi. @gulduuz

Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari 🖋 Fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladi Hukumat qarori
#Qonunchilik_yangiliklari
🖋 Fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladi
Hukumat qarori (406-son, 24.07.2026-y.) bilan “Ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. ☑️ Ushbu Nizom respublika va viloyat darajasida ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibini belgilaydi. 📨 Nizomga ko‘ra, ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblariga quyidagi yo‘llanmalar taqdim etiladi: 📑 respublika darajasida – respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga O‘zbekiston hududidagi turistik obyektlarga 3 kunlik sayohat; 📆 viloyat darajasida – hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga boshqa viloyat hududidagi turistik obyektlarga 2 kunlik sayohat. 📌 Tashkilotchi tomonidan sayohat tadbirlari tashkil etilishidan 10 kun oldin yo‘llanmaga ega bo‘lgan shaxslar tadbir tashkil etiladigan kun va joy to‘g‘risida xabardor qilinadi. ➡️ Tashkilotchilar tomonidan har yili sayohat xarajatlariga quyidagilar bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi: ➖ transport xizmati; ➖ yashash va ovqatlantirish; ➖ekskursiyalar (gid xizmati va turizm obyektlariga kirish chiptasi); ➖ sayohat sug‘urtasi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

#Yoshlar_ishlari_agentligi #Mutolaa #Sirdaryoda_kitobxonlik "MUTOLAAMDAGI KITOB" tanlovi Hurmatli sirdaryolik kitobxonlar. Yo
#Yoshlar_ishlari_agentligi #Mutolaa #Sirdaryoda_kitobxonlik "MUTOLAAMDAGI KITOB" tanlovi Hurmatli sirdaryolik kitobxonlar. Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan yana bir — "Mutolaamdagi kitob" kitobxonlik tanloviga start berilmoqda. Shartlar juda oddiy: — "Mutolaa" ilovasi orqali o'qigan eng oxirgi kitobingiz haqida o'z mulohazalaringizni batafsil yozasiz. — Yozilgan taqrizni tanlov tashkilotchilariga @QurbonAli_Xoliqov oddiy xabar ko'rinishida IFSH, ish yoki o'qish joyingizni ilova qilgan holda xabar ko'rinishida yuborasiz. — Sizning taqrizingiz boshqa taqrizlar qatori @sirdaryoda_kitobxonlik kanalida e'lon qilinadi va hay'at tomonidan ko'rib chiqiladi. — Eng yaxshi deb topilgan taqriz mualliflari Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan taqdirlanadi. — Taqrizlarni yuborishning oxirgi muddati: 10-avgust Sovg'alar tayyor, ilova telefoningizda, vaqt va imkoniyat esa sizga bog'liq. Qani unday bo'lsa, boshladik. Siz bilan Sirdaryoda kitobxonlikni alohida harakatga aylantiramiz. Telegram | Instagram | Facebook

#GulDU #GSU #ГулГУ 🇺🇿GulDU jamoasining Ulug‘bek mahallasida olib borgan ishlari televediniyeda
📝Guliston davlat universiteti rektori Muxsin Xodjiyev boshchiligidagi universitet jamoasining Sirdaryo tumani Ulug‘bek mahallasidagi olib borgan o’rganish ishlari Sirdaryo telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturida yoritildi.
🇺🇿The work carried out by the GulDU team in the Ulugbek neighborhood on television...
📝The university team, led by the Rector of Gulistan State University Mukhsin Khodjiev, conducted research in the Ulugbek mahalla of the Syrdarya district, which was covered in the information program "Diyor Yangiliklari" of the Syrdarya TV channel.
🇺🇿Работа команды ГулГУ в махалле Улугбек на телевидении...
📝Коллектив Гулистанского государственного университета во главе с ректором Мухсином Ходжиевым осветил свои исследования в махалле Улугбек Сырдарьинского района в информационной программе "Новости страны" телеканала "Сырдарья."
📱Telegram 📱Instagram

Repost from N/a
🧠 President AI Award 2026 uchun arizalar qabuli boshlandi! Sun’iy intellekt sohasidagi eng istiqbolli loyihalar uchun mamlakatning eng yirik tanlovi.
Ishtirok etish shartlari: 🔸Jamoa tarkibi: 3–8 kishi 🔸O‘zbekiston fuqarolari yoki doimiy yashash guvohnomasiga ega shaxslar Umumiy mukofot jamg‘armasi — $1 000 000. Ariza topshirish uchun nimalar kerak? 🔸Ishlayotgan MVP (Minimum Viable Product) 🔸Loyihani tushuntiruvchi 3 daqiqalik video pitch 🔸GitHub repository havolasi (ekspertlar kodni ko‘rib chiqishi uchun) 🔸PDF formatdagi Pitch Deck va loyiha logotipi
❗️Eslatma: barcha materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lishi kerak. Awards.gov.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting, kerakli hujjatlarni yuklang va tanlov bosqichlarida ishtirok eting. 🫥AI kelajagini birgalikda yarataylik. Endi navbat — sizning loyihangizga. @startupbaseuz RU|EN LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

🏆 President Tech Award 2026 uchun ro‘yxatdan o‘ting! O‘zbekistonning eng istiqbolli startaplari uchun navbatdagi cheksiz imk
🏆 President Tech Award 2026 uchun ro‘yxatdan o‘ting! O‘zbekistonning eng istiqbolli startaplari uchun navbatdagi cheksiz imkoniyatlar eshigi ochildi. 🚀 Umumiy mukofot jamg‘armasi — $5 million.
Tanlov inkubatsiya, akseleratsiya va eng yaxshi startap loyihalari yo‘nalishlarini qamrab olib, g‘oliblarga grantlar, investitsiyalar hamda tajribali mentorlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi.
Ishtirokchilar quyidagi dasturlarda qatnashishlari mumkin:
🔹 Inkubatsiya (Idea va MVP) 🔹 Akseleratsiya (Pre-seed va Seed ) 🔹 Best Startup Project (Seed va Series A)
Ishtirok etish uchun yosh bo‘yicha cheklov yo‘q.
📌 Arizalar qabuli: Inkubatsiya dasturi - 10 Avgust Akseleratsiya dasturi - 10 Avgust Best Startup Project - 31 Avgust
Arizangizni hoziroq awards.gov.uz orqali topshiring va keyingi muvaffaqiyat hikoyasining bir qismiga aylaning. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website