GulDU.uz | Rasmiy kanal
Ir al canal en Telegram
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali Manzil: Guliston shahri, 4-mavze Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati Web-site: www.guldu.uz Email: glsu_info@edu.uz Telefon: +998672254042 Faks: +998672254275
Mostrar más6 086
Suscriptores
+3624 horas
+1707 días
+11030 días
Archivo de publicaciones
+9
#Bitiruvchi2026
ULUG’ ZAFARLAR
Bugun ko'ksingizda to'la hayajon,
Ko'k qadar iftixor va azaliy shon,
Buyuk qadam tashlang ey buyuk inson,
Sizni kutmoqdadir ulug‘ zafarlar,
Sizga qulluq bo'lsin ushbu safarlar.
Diplom bu to'rt yillik umr timsoli,
Bog'zingga tiqilgan nedir timsoli,
U bardosh timsoli, sabr timsoli,
Sizni kutmoqdadir ulug‘ zafarlar,
Sizga qulluq bo'lsin ushbu safarlar.
Otangiz duoda, onangiz shoddir,
Siz sabab ularning ko'ngli oboddir,
Bari ortda qoldi, armonlar yoddir,
Sizni kutmoqdadir ulug‘ zafarlar,
Sizga qulluq bo'lsin ushbu safarlar.
Bu qutlug dargohning mehri Siz bilan,
Ustozlar so'zlari, sehri siz bilan,
Xudo yorug qilgan chehra siz bilan,
Sizni kutmoqdadir ulug‘ zafarlar,
Sizga qulluq bo'lsin ushbu safarlar.
Bir parcha qog'ozda qancha xotira,
Kursdosh muhabbati o'chmagay sira,
Asli roltinning ham mazasi shira,
Sizni kutmoqdadir ulug‘ zafarlar,
Sizga qulluq bo'lsin ushbu safarlar.
Bir to'yib bir to'ymay yurilgan damlar
Lek Buyuk Kelajak qurilgan damlar,
Har damı yurakka surilgan damlar,
Sizni kutmoqdadir ulug‘ zafarlar,
Sizga qulluq bo'lsin ushbu safarlar.
Bugun shod qo'llari qadoq otalar,
Lek yurak yuragi oppoq otalar,
Chiqmoqda umrlik charchoq otalar
Bilgan farzand uchun chorbog' otalar,
Baxt yaqin, g'am bo'lsin yiroq otalar,
Sizni kutmoqdadir ulug‘ zafarlar,
Sizga qulluq bo'lsin ushbu safarlar.
Bugun onajonlar bayrami asli,
Bugun hurramlarning hurrami asli,
Bugun yuraklarda umidning fasli,
Sizni kutmoqdadir ulug‘ zafarlar,
Sizga qulluq bo'lsin ushbu safarlar.
Unutmang, Guliston, GulDU nomini
Yodda saqlab yashang bergan shonini,
Unutmang umrning ushbu onini,
Shoshdan qaytar yegan GulDU nonini,
Sizni kutmoqdadir ulug‘ zafarlar,
Sizga qulluq bo'lsin ushbu safarlar.
Yorqinjon HAYITBOYEV
@gulduuz
+9
#Bitiruvchi2026
"Bitiruvchi – 2026": ilm chirog'i yana bir avlodni hayotga yo'lladi!
2026-yil 10-iyul kuni Guliston davlat universitetida yuksak ruh va g'urur bilan “Bitiruvchi – 2026” tantanasi bo'lib o'tdi.
Tadbirni universitet rektori M.Xodjiyev samimiy kirish so'zi bilan ochib, bitiruvchilarni oliy ta'lim sarhadini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan qutlab, ularga hayotiy yo'llarida omad va yutuqlar tiladi.
Tantanada Sirdaryo viloyati hokimining o'rinbosari O.Mavlonberdiyev, universitet professorlari H.Qarshiboyev va R.Mahmudovlar so'zga chiqishib, yoshlarning bilim va salohiyatiga yuksak baho berib, ularni Vatan ravnaqi yo'lida fidoyilik bilan xizmat qilishga chorladilar. Shuningdek, talabalarning ilmiy izlanishlari va mustaqil tafakkurini rivojlantirishda universitet jamoasining rolini ta'kidlab, bitiruvchilarga ota-onalarcha mehr bilan nasihatlar qilishdi.
Imtiyozli diplom sohibi bo'lgan talabalarning ota-onalari farzandlarining matonati va tirishqoqligi, shuningdek ularni shu kunga yetkazgan ustozlarga minnatdorchilik bildirishdi.
Tadbirning eng kutilgan lahzasida — 2025/2026-o'quv yilida bakalavriat va magistratura ta'lim bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomlagan yigit-qizlarimizga diplomlar topshirildi.
Guliston davlat universiteti yana bir barkamol avlodni hayotga – katta orzular, buyuk rejalar va yorqin kelajak sari kuzatdi!
@gulduuz
Repost from N/a
+6
🚀 SIRDARYODA STARTAPLAR UCHUN «PITCH DAY» O‘TKAZILDI: 19 TA LOYIHA AMALIYOTGA YO‘NALTIRILDI!
Sirdaryo viloyatida yoshlarning innovatsion g‘oyalarini tizimli qo‘llab-quvvatlash, ularning startap loyihalarini hayotga tatbiq etish maqsadida navbatdagi «Pitch Day» (loyihalar taqdimoti) bo‘lib o‘tdi.Ushbu nufuzli taqdimotda viloyatimizning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yoshlar, jumladan, yaqinda o‘tkazilgan «AI Hackathon» tanlovi ishtirokchilari o‘zlarining istiqbolli raqamli yechimlari bilan ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida eng dolzarb sohalar qamrab olindi va sog‘liqni saqlash, ta’lim, kiberxavfsizlik va tadbirkorlik yo‘nalishlarida umumiy 22 ta loyixalar ko‘rib chiqildi, shundan 19 ta loyiha tegishli boshqarma va tashkilotlarga mas’ul sifatida biriktirilib, amaliyotga joriy qilish uchun ijroga qaratildi.
Eng istiqbolli deb topilgan 3 ta loyiha egalari o‘z faoliyatlarini kengaytirishlari uchun zamonaviy shinam ofis va yuqori quvvatli kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlandi.
🏛 Viloyatimizda yosh startapchilar va AT (IT) sohasi vakillari uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar yoshlarning o‘z salohiyatlarini namoyon etishlari hamdan «Raqamli Sirdaryo» istiqbolini belgilashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Biz yoshlarning har bir raqamli tashabbusini oxirigacha qo‘llab-quvvatlashda va ularni yirik loyihalar darajasiga olib chiqishda davom etamiz!
Kanalga obuna bo‘ling va bizdan uzoqlashmang!
Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Ikkinchi_mutaxassislik
❗️Ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn arizalar topshirish boshlandiBugun, 10-iyuldan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Arizalar 10-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda qabul qilinadi. 📝 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar: ▪️Fuqarolik pasporti yoki ID-karta ma’lumotlari; ▪️Bakalavr diplomi va uning ilovasining elektron nusxasi; ▪️O‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim tashkiloti hamda ta’lim yo‘nalishi tanlovi. Xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim. ❓Qabul parametrlari va kvotalar qanday belgilanadi? Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari har bir oliy ta’lim tashkilotining ilmiy-pedagogik salohiyati hamda moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda, oliy ta’lim tashkilotining Kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha o‘qitish to‘liq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#tayinlov
🟦🟦🟦🟦
Musurmanov Alisher Amirqulovich 2026-yil 9-iyuldan Tabiiy fanlar fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.
@gulduuz
🔴🔴🔴🔴🔴🔴 🟢🟢🟢🟢
#Qabul2026
#kasbiy_ijodiy_imtihon
⭐️Qabul 2026: Guliston davlat universitetida 09.07.2026-yil sanasida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon NATIJASI
👉 61010200-Sport faoliyati: Futbol
📱 @gulduuz
Repost from GulDU Yoshlar ittifoqi
+6
#GulDU #Yoshlar_ittifoqi #Yutuq
🇺🇿GulDU Yoshlar ittifoqi koordinatori Prezident tashabbusi bilan o'tkazilayotgan respublika anjumanida
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan har yili Zominda Respublika Yosh ijodkorlar seminari tantanali ravishda o'tkaziladi.
✅O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlang'ich tashkilotining tavsiyaga ko'ra bu galgi seminarda universitet yoshlar ittifoqi koordinatori, Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti talabasi Shohida Anvarxonova ham faol ishtirok etmoqda.
🎉Ishtirokchilar kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, senator, O'zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan uchrashishdi. Seminar yakunida eng faollar "Prezident sovg'alari" bilan taqdirlanishi ko'zda tutilgan.
📇Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz!
😎Telegram 😎Instagram
😎Facebook 😎YouTube
Repost from Muxsin Xodjiyev official
#GulDU #GSU #ГулГУ
🇺🇿Payshanba — yoshlar kuni: Rektor universitetning faol yoshlari bilan uchrashdi
🫥Bugun Guliston davlat universitetida "Payshanba — Yoshlar kuni" doirasida universitet rektori Muxsin Xodjiyev universitet Yoshlar ittifoqining faol a'zolari bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuv talabalarning rektorga o'z takliflarini aytishlari uchun ochiq maydon bo'lib xizmat qildi. Uchrashuv davomida rektor talabalarga kitobning inson hayotidagi o'rni haqida alohida to'xtalib o'tdi.🇺🇿Thursday — Youth Day: The Rector met with the active youth of the university
🫥Today at Gulistan State University, as part of "Thursday - Youth Day," university rector Mukhsin Khodjiev met with active members of the university's Youth Union. This meeting served as an open platform for students to express their proposals to the rector. During the meeting, the rector spoke to the students about the role of books in human life.🇺🇿Четверг - день молодежи: Ректор встретился с активной молодежью университета
🫥Сегодня в Гулистанском государственном университете в рамках "Четверга - Дня молодежи" ректор университета Мухсин Ходжиев встретился с активными членами Союза молодежи университета. Эта встреча послужила открытой площадкой для студентов, чтобы они могли высказать свои предложения ректору. В ходе встречи ректор рассказал студентам о роли книги в жизни человека.🕊Telegram 📱Instagram
Repost from Sirdaryo Live | OAV
📢 БЎШ ИШ ЎРИНЛАРИ!
SIRDARYO LIVE ОАВ жамоаси қуйидаги лавозим учун ходимларни ишга таклиф этади:
✅ Администратор – Муҳаррир (Администратор-Редактор)
➡️Талаблар:
⏺Компьютерда ишлаш бўйича бошланғич билимга эга бўлиш;
⏺Ижтимоий тармоқлардан фойдалана олиш;
⏺Одамлар билан эркин мулоқот қила олиш;
⏺Масъулиятли, тартибли ва жамоада ишлаш кўникмасига эга бўлиш;
⏺Ўрганишга ва ривожланишга интилиш.
🎓 Тажриба талаб этилмайди!
Иш бошлашдан олдин бепул ўқув (тренинг) ташкил этилади.
💰 Ойлик маош:
1 800 000 сўмдан 6 300 000 сўмгача
🎁 Режа бажарилганда қўшимча рағбатлантирувчи бонуслар берилади.
📍 Иш манзили:
Гулистон шаҳри, Вилоят Ёшлар маркази
📞 Боғланиш учун:
+998 (91) 102-22-23
📱@uzamirvine
🤍 SIRDARYO LIVE ОАВ жамоасига қўшилинг ва медиа соҳасида ўз карьерангизни бошланг!
Repost from Sirdaryo Live | OAV
📢 БЎШ ИШ ЎРИНЛАРИ!
Логистика соҳасида фаолият юритувчи компаниямиз қуйидаги лавозимларга ишга таклиф қилади:
✅ Диспетчер
✅ СEО менежер
➡️Талаблар:
⏺Логистика соҳаси бўйича бошланғич тушунчага эга бўлиш;
⏺Компьютердан эркин фойдалана олиш;
⏺Масъулиятли, хушмуомала ва жамоа билан ишлай олиш;
⏺Ўрганишга ва ривожланишга интилиш.
🎓 Тажриба шарт эмас!
Иш бошлашдан олдин бепул ўқув (тренинг) ташкил этилади.
💰 Ойлик маош:
2 000 000 сўмдан 10 000 000 сўмгача
Режа бажарилган тақдирда қўшимча рағбатлантирувчи бонуслар берилади.
📍Иш манзили:
Гулистон шаҳри, Вилоят Ёшлар маркази.
🟢Суҳбат ва батафсил маълумот учун боғланинг:
📱 +998 (91) 102-22-23 \ 📱@uzamirvine
Жамоамизга қўшилинг ва логистика соҳасида ўз карьерангизни бошланг!
Repost from Edu.uz
#turizm #Chust
Chust — milliy meros va betakror tabiat manzili
Namangan viloyatining qadimiy maskanlaridan biri – Chust tumani sizni o‘zining boy tarixiy-madaniy merosi, betakror tabiiy manzaralari, etnografik qadriyatlari hamda yuksak turizm salohiyati bilan kutib oladi.
🇺🇿Batafsil videoda 👆
—
Chust — A Destination of National Heritage and Unique Natural Beauty
Located in the Namangan Region, Chust District is one of Uzbekistan’s oldest and most distinctive destinations, welcoming visitors with its rich historical and cultural heritage, breathtaking natural landscapes, unique ethnographic traditions, and outstanding tourism potential.
🇬🇧More details in the video 👆
—
Чуст — край национального наследия и неповторимой природы
Чустский район — один из древнейших уголков Наманганской области, который приглашает познакомиться с богатым историко-культурным наследием, живописными природными ландшафтами, этнографическими традициями и высоким туристическим потенциалом.
🇷🇺Подробности — в видео 👆
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
#Ovozli_chat #Onlayn_seminar
Amaliy seminar boshlandi
Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Ijtimoiy-gumanitar ixtisosliklarda dolzarb mavzularni tanlash va ularni shakllantirish masalalari” mavzusida tashkil etilishi e’lon qilingan ovozli chat formatidagi ochiq muloqot boshlandi.
Mazkur amaliy onlayn-seminar doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, yosh olimlar, ilmiy rahbarlar, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar a’zolari uchun dolzarb ahamiyatga ega. O‘zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri, professor Jamila Jumabayeva olib borayotgan amaliy seminarda ijtimoiy-gumanitar sohalarda dissertatsiya mavzularini tanlash mezonlari, ilmiy muammoni to‘g‘ri shakllantirish, tadqiqotning dolzarbligi va ilmiy yangiligini asoslash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda. Ma’ruzadan so‘ng mutaxassis tomonidan mavzu doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar beriladi.Barcha qiziquvchilarni amaliy onlayn seminarda mazkur havola orqali @attestatsiya faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+9
#Qabul2026
#kasbiy_ijodiy_imtihon
📹 Qabul 2026: Kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, 06.07.2026-yil sanasida Guliston davlat universitetida abituriyentlardan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi. Bugun kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli ta'lim yo'nalishlari bo'yicha guruhlar kesimida davom etmoqda.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun universitetda imtihonlarni jonli efrida kuzatib borish imkoniyati yaratilgan “Ota-onalar kutish joyi” tashkil qilinib, Tibbiy xizmat, yosh bolali abituriyentlar uchun malakali pediator xizmati hamda tartibni saqlash uchun Milliy gvardiya zobitlari hamda "Qalqon" jamoatchilik guruhi jalb qilingan.
Guliston davlat universitetida abituriyentlardan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 11.07.2026-yil sanasiga qadar (shu kuni ham) o‘tkazilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Guliston davlat universitetida o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni quyidagi manzil orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin 👇
🎥 Jonli efitda kuzatish
😎@gulduuz
Repost from GulDU Yoshlar ittifoqi
+6
#GulDU #Yoshlar_ittifoqi #Payshanba_yoshlar_kuni
🇺🇿Rektor ARMda kitobxon yoshlar bilan muloqot qildi
💠Guliston davlat universitetida "Payshanba — Yoshlar kuni" doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Universitet rektori Muxsin Xodjiyev Axborot resurs markazida bir guruh kitobxon yoshlar bilan uchrashib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.
🫥Muloqot davomida yoshlarning bugun aynan qanday kitob mutolaa qilayotganliklari, qaysi loyihalar orqali universitet talabalari orasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish mumkinligi haqida so'z bordi. Yakunda talabalarning salohiyatini oshirish maqsadida “Mutolaa” ilovasining premium obuna kartalari sovg'a qilindi.
🖥Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz!
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📺YouTube
Repost from GulDU Yoshlar ittifoqi
+6
#GulDU #Yoshlar_ittifoqi
🫠GulDUda kasbiy (ijodiy imtihonlar) davom etmoqda.
✔️Guliston davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihon topshirayotgan abituriyentlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
🇺🇿Mazkur jarayonlarda “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari faol ishtirok etib, hududda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlashga munosib hissa qoʻshishmoqda.
📇Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz!
😎Telegram 😎Instagram
😎Facebook 😎YouTube
Repost from Edu.uz
#Oʻqishni_ko‘chirish #OʻtishBallari
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandiOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, 2026/2027-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo’yicha o‘tish ballari belgilandi. Bilim, taʼlim sohalari va taʼlim yo‘nalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻtish ballari quyidagicha: ▪️Huquq — 165 ball; ▪️Siyosatshunoslik — 140 ball; ▪️Xalqaro munosabatlar — 140 ball; ▪️Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar —140 ball; ▪️Sogʻliqni saqlash — 132 ball; ▪️Sanʼat, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boshqaruv — 105 ball; ▪️Transport xizmatlari — 104 ball; ▪️Taʼlim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy taʼminot — 94 ball; ▪️Biologik fanlar, Fizika, Xizmat koʻrsatish — 80 ball; ▪️Muhandislik, Ishlab chiqarish, Arxitektura — 75 ball; ▪️Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, Mehnat muhofazasi — 70 ball; ▪️Veterinariya — 60 ball. 🚫 Muhim eslatma, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlaridan respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. 👉🏻 📄 shaklida yuklab olish. 👉 На руcском 👉 In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from GulDU Yoshlar ittifoqi
#GulDU #Yoshlar_ittifoqi #Dolzarb_90_kun
✔️TANISH OHANGLAR
(2-QISM)
🇺🇿O’zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlang’ich tashkiloti San’atshunoslik fakulteti koordinatori Jasmina Sheraliyeva tomonidan imtihon topshirayotgan abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Tanish ohanglar” nomli yangi loyiha tashkil etildi va yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.
😘Loyiha abituriyentlarning imtihon oldi hayajonini bosishga va ularga ko‘tarinki kayfiyat ulashishga xizmat qildi. Barcha yoshlarga imtihonlarda omad tilaymiz!
📇Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz!
😎Telegram 😎Instagram
😎Facebook 😎YouTube
Repost from GulDU Yoshlar ittifoqi
#GulDU #Yoshlar_ittifoqi #Dolzarb_90_kun
✔️TANISH OHANGLAR
🇺🇿O’zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlang’ich tashkiloti San’atshunoslik fakulteti koordinatori Jasmina Sheraliyeva tomonidan imtihon topshirayotgan abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Tanish ohanglar” nomli yangi loyiha tashkil etildi va yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.
😘Loyiha abituriyentlarning imtihon oldi hayajonini bosishga va ularga ko‘tarinki kayfiyat ulashishga xizmat qildi. Barcha yoshlarga imtihonlarda omad tilaymiz!
📇Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz!
😎Telegram 😎Instagram
😎Facebook 😎YouTube
Repost from Edu.uz
#Turizm #Yangiqoʻrgʻon
Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumaniga marhamat!
Musaffo togʻ havosi, soʻlim tabiat, boy tarixiy-madaniy meros va oʻziga xos etnografik anʼanalarga ega Yangiqoʻrgʻon sizni chorlaydi!
Yangiqoʻrgʻonni kashf eting va unutilmas taassurotlarga ega boʻling!
🇺🇿Batafsil videoda 👆
—
Welcome to Yangikurgan District of Namangan Region!
Yangikurgan invites you to experience its fresh mountain air, breathtaking natural landscapes, rich historical and cultural heritage, and unique ethnographic traditions.
Discover Yangikurgan and create unforgettable memories!
🇬🇧More details in the video 👆
—
Добро пожаловать в Янгикурганский район Наманганской области!
Янгикурган приглашает вас насладиться чистейшим горным воздухом, живописной природой, богатым историко-культурным наследием и самобытными этнографическими традициями!
Откройте для себя Янгикурган и подарите себе незабываемые впечатления!
🇷🇺Подробности — в видео 👆
—
Namangan Vilayeti'nin Yangikurgan İlçesine Hoş Geldiniz!
Temiz dağ havası, eşsiz doğal güzellikleri, zengin tarihî ve kültürel mirası ile kendine özgü etnografik gelenekleriyle Yangikurgan sizi bekliyor!
Yangikurgan'ı keşfedin ve unutulmaz anılar biriktirin!
🇹🇷Ayrıntılar videoda 👆
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔴🔴🔴🔴🔴🔴 🟢🟢🟢🟢
#Qabul2026
#kasbiy_ijodiy_imtihon
⭐️Qabul 2026: Guliston davlat universitetida 08.07.2026-yil sanasida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon NATIJASI
👉 61010200-Sport faoliyati: Basketbol
👉 61010200-Sport faoliyati: Futbol
📱 @gulduuz
