GulDU.uz | Rasmiy kanal
الذهاب إلى القناة على Telegram
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali Manzil: Guliston şahri, 4-mavze Jamoat transporti: 2-4-mavze yönalişdagi avtobus, universitet bekati Web-site: www.guldu.uz Email: glsu_info@edu.uz Telefon: +998672254042 Faks: +998672254275
إظهار المزيد7 918
المشتركون
+224 ساعات
-887 أيام
+9130 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Edu.uz
#Ogohlik #Kiberxavfsizlik
⚠️ Kiberxavfsizlik: Telefoningizni firibgarlardan himoya qiling!
Hurmatli foydalanuvchilar!
Telefoningiz va shaxsiy maʼlumotlaringiz xavfsizligini taʼminlash maqsadida Google Play orqali “Apk Qo‘riqchi” ilovasini o‘rnatish tavsiya etiladi.
Mazkur ilova telefoningizga kelayotgan APK va boshqa fayllarni tekshirish, shubhali yoki zararli fayllarni aniqlashda himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ayniqsa, Telegram va boshqa messenjerlar orqali yuboriladigan nomaʼlum APK-fayllar, shubhali havolalar va begona dasturlarni ochishda ehtiyot bo‘ling. Ular shaxsiy maʼlumotlaringiz, bank kartalaringiz va akkauntlaringiz xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkin.
❗️ Unutmang! Hech qanday ilova firibgarlikdan 100 foiz himoya qilishni kafolatlamaydi. Eng ishonchli himoya — xavfsizlik vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, hushyorlik va raqamli savodxonlikdir.
🇺🇿 IIBB Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+4
#karyera_kuni
2026-yil 9-oktyabr kuni Sirdaryo tumanida Guliston davlat universitetini tamomlayotgan, doimiy yashash manzili Sirdaryo tumanida bo‘lgan bitiruvchilar uchun Sirdaryo tumani hokimligi bilan hamkorlikda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Guliston davlat universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F.Sharipov, universitet Registrator ofisi boshlig‘i F.Irsaliyev, Sirdaryo tuman Bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari R.Fozilov, ATB Mikrokredit bank Sirdaryo viloyat, Sirdaryo tumani filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari J.Eshonqulov, ATB Agrobank Sirdaryo viloyat, Sirdaryo tumani filiali Front ofisi bo‘limi, Loyihalar fabrikasi menedjeri N.Isoqov hamda tumandagi turli xil tashkilot va muassasalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan mas’ullar yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladilar.
Tadbirning asosiy maqsadi – bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan ushbu uchrashuv davomida bitiruvchilar o‘zlarining startap loyihalari va biznes rejalari bilan chiqish qilib, tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amaliy yordam so‘radilar. Mutasaddi rahbarlar tomonidan ularning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi va zarur tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida bir qator ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan bitiruvchilar va ish beruvchi tashkilotlar o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar imzolandi.
Jumladan: oziq-ovqat texnologiyalari, ingliz tili, matematika va boshqa ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari tumandagi ehtiyoj mavjud Sirdaryo tumani
1-son texnikumi hamda Sirdaryo tumanidagi Buyuk turon nomli xususiy xarbiy maktabi bilan 3 tomonlama shartnomalar tuzildi.
Mazkur mehnat yarmarkasi yoshlarning kelajakdagi kasbiy faoliyatini belgilash, ularning bandligini ta’minlash hamda hudud iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sirdaryo tumanidan jami 90 nafar Guliston davlat universiteti bitiruvchi talabalar mavjud.
@gulduuz
+2
#workshop
2026-yil 9-oktyabr kuni Guliston davlat universiteti, "Amaliy san'at va dizayn" kafedrasining bitiruvchi talabalar uchun “Talabalar va tashkilot, korxonalar o‘rtasida WORK SHOP tashkil etish reja-jadvali” da belgilangan vazifalarni ijrosi yuzasidan Viloyat Arxitektura boshqarmasi hamda madaniyat va turizm boshqarmasi hodimlari bilan "Nazariya-Amaliyot va hamkorlik" mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda Fakultet dekani A.Babadjanov, "Amaliy san'at va dizayn" kafedrasi mudiri A.Berikbayev, Sirdaryo viloyati Sirdaryo viloyat uy-joy qurilish kommunal xo'jaligi boshqarmasi kadrlar bo'limi boshlig'i D.Allayorov, Viloyat "Madaniyat boshqarmasi vakil kafedra professor-o‘qituvchilar, dizayn hamda rangtasvir ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida bitiruvchi talabalar uchun viloyatdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ta’lim muassasalarida faoliyat yuritish imkoniyatlari, ishga qabul qilish talablari hamda mehnat bozoridagi ehtiyojlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
@gulduuz
+4
#GulDU #Profilaktika
#Psixologiya_va_ijtimoiy_fanlar
📢 Giyohvandlik — inson salomatligi va kelajagiga tahdid!
📆09.10.2026 Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish hamda talabalarning bu boradagi bilim va mas’uliyatini oshirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Profilaktika inspektori A.Usmonov fakultetga tashrif buyurib, fakultet hodimlari bilan hamkorlikda talabalarga giyohvandlikning inson salomatligi, ruhiy holati, oilaviy munosabatlari va jamiyat hayotiga yetkazadigan salbiy ta’siri haqida batafsil tushunchalar berdi.
Tadbir davomida giyohvandlik inson hayoti va kelajagiga jiddiy xavf soluvchi illat ekanligi, uning oqibatida inson salomatligi izdan chiqishi, ijtimoiy muammolar yuzaga kelishi hamda yoshlarning ta’lim olishi va kelajakdagi maqsadlariga erishishiga to‘sqinlik qilishi ta’kidlandi.
Repost from Edu.uz
Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.
✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.
🏳️🌈Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi: ✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi. ✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi. ✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi. ✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi. ✅ Gemini Notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi. ✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.🤖 Hurmatli talabalar, vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamang, Sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib yuqori daromad kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarni bepul o'rganing! 🧭 Sun'iy intellekt texnologiyalarini o’rganib o’z oldingizga yuqori maqsad qo’ying, SI yordamida o'z start-up loyihalaringizni boshlang startupbase.uz Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Muxsin Xodjiyev official
#GulDU #GSU #ГулГУ
🇺🇿GULDUDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI BO'LIB O'TDI
🫥 Guliston davlat universitetida "Qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat hamda yengil sanoatlarini kompleks rivojlantirishning muammo va yechimlari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi. Tadbirni Guliston davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Muxsin Xodjiyev kirish so'zi bilan ochib berdi. Rektor o'z nutqida sohadagi dolzarb masalalarga to'xtalib o'tdi hamda konferensiya doirasida tashkil etilgan ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar ko'rgazmasi bilan yaqindan tanishdi.🇺🇿THE REPUBLICAN SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE WAS HELD AT GSU
🫥
Republican scientific-practical conference titled "Problems and Solutions for the Comprehensive Development of Agriculture, Food, and Light Industries" was held at Gulistan State University. The event was opened with introductory remarks by the Rector of Gulistan State University, Doctor of Technical Sciences, Professor Mukhsin Khodjiyev. In his speech, the rector highlighted pressing issues in the field and toured the exhibition of scientific developments and innovative products organized as part of the conference.🇺🇿СОСТОЯЛАСЬ РЕСПУБЛИКАНСКАЯ НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ В ГУЛГУ
🫥
Гулистанском государственном университете состоялась республиканская научно-практическая конференция на тему: «Проблемы и решения комплексного развития сельского хозяйства, пищевой и легкой промышленности». Мероприятие вступительным словом открыл ректор Гулистанского государственного университета, доктор технических наук, профессор Мухсин Ходжиев. В своей речи ректор остановился на актуальных вопросах отрасли и ознакомился с выставкой научных разработок и инновационной продукции, организованной в рамках конференции.🕊Telegram 📱Instagram
Repost from Muxsin Xodjiyev official
#GulDU #GSU #ГулГУ
🇺🇿GULDUDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI BO'LIB O'TDI
🫥 Guliston davlat universitetida "Qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat hamda yengil sanoatlarini kompleks rivojlantirishning muammo va yechimlari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi. Tadbirni Guliston davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Muxsin Xodjiyev kirish so'zi bilan ochib berdi. Rektor o'z nutqida sohadagi dolzarb masalalarga to'xtalib o'tdi hamda konferensiya doirasida tashkil etilgan ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar ko'rgazmasi bilan yaqindan tanishdi.🇺🇿THE REPUBLICAN SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE WAS HELD AT GSU
🫥
Republican scientific-practical conference titled "Problems and Solutions for the Comprehensive Development of Agriculture, Food, and Light Industries" was held at Gulistan State University. The event was opened with introductory remarks by the Rector of Gulistan State University, Doctor of Technical Sciences, Professor Mukhsin Khodjiyev. In his speech, the rector highlighted pressing issues in the field and toured the exhibition of scientific developments and innovative products organized as part of the conference.🇺🇿СОСТОЯЛАСЬ РЕСПУБЛИКАНСКАЯ НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ В ГУЛГУ
🫥
Гулистанском государственном университете состоялась республиканская научно-практическая конференция на тему: «Проблемы и решения комплексного развития сельского хозяйства, пищевой и легкой промышленности». Мероприятие вступительным словом открыл ректор Гулистанского государственного университета, доктор технических наук, профессор Мухсин Ходжиев. В своей речи ректор остановился на актуальных вопросах отрасли и ознакомился с выставкой научных разработок и инновационной продукции, организованной в рамках конференции.🕊Telegram 📱Instagram
Repost from Sirdaryo Live | OAV
🦋 Kontent markazi 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan
“Ona tili — umumxalq mulki!” shiori ostida kreativ videoroliklar tanlovini e’lon qiladi!
📝 Ona tilimiz — asrlar sinovidan bezavol o‘tib kelayotgan, xalqimizning bebaho ma’naviy boyligi va milliy o‘zligimiz timsolidir.
🎥 O‘zbek tilining go‘zalligi, jozibasi va hayotimizdagi o‘rnini o‘ziga xos g‘oya, kreativ yondashuv va ta’sirchan syujet orqali videoroligingizda namoyon eting!
📲 Tayyor videoroligingizni Instagram sahifangizga #onatilim2026 xeshtegi bilan joylang.
🏆 G‘OLIBLAR UCHUN SOVG‘ALAR:
🥇 1-o‘rin — iPhone 17 📱
🥈 2-o‘rin — DJI Osmo Pocket 3 📸
🥉 3-o‘rin — DJI Mic Mini 🎙
📌 ISHTIROK ETISH SHARTLARI
Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.
Videoroliklarni 21-oktabr, soat 23:59 gacha joylash lozim.
Instagram postida #onatilim2026 xeshtegidan foydalanish shart.
🎬 VIDEOROLIKKA QO‘YILADIGAN TALABLAR
🎨 Ijodiy va yangicha yondashuv
💡 O‘ziga xos va kuchli g‘oya
🎬 Mazmunli syujet va puxta ssenariy
❤️ Tomoshabinga ta’sir qiluvchi his-tuyg‘u
📱 9:16 vertikal format
🎞 Yuqori sifatli tasvir va professional montaj
🚫 QUYIDAGI VIDEOLAR QABUL QILINMAYDI:
❌Bachkana yoki mazmunsiz videolar
❌ Faqat rasmlardan iborat slayd-shoular
❌ Mualliflik huquqini buzuvchi materiallardan foydalanilgan videolar
🔥 Eng muhim mezonlar — g‘oya, ssenariy, his-tuyg‘u va ijodiy yondashuv!
Ona tilimiz haqida o‘z fikringizni bildirish uchun katta sahna shart emas — kuchli g‘oya kifoya!
🎬 Kamerani yoqing. G‘oyangizni yarating.
Ona tilimizga bo‘lgan mehringizni namoyon eting!
🏆Balki, aynan sizning videoroligingiz tanlov g‘olibiga aylanar!
#onatilim2026 #OnaTili #O‘zbekTili TilBayrami
РАСМИЙ САҲИФАЛАРИМИЗ
Telegram | Facebook | Instagram |
Web | X | RU
+9
#talabalar_hayoti
🌐 08.10.2026-yil Filologiya fakultet tyutori A.Quvatov ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar oldi.⚡️ Tashrif davomida talabalarga ijara xonadonlarida amal qilinishi lozim boʻlgan tartib-intizom, odob-axloq, xavfsizlik qoidalari tushuntirildi. ⚡️ Ularning yashash sharoitlari bilan tanishilib, muammolari va takliflari tinglandi. Suhbatlar davomida talabalarga tartib-intizomga rioya qilish, oʻzaro hurmat va masʼuliyat bilan munosabatda boʻlish zarurligi taʼkidlandi. ⚡️ Bu kabi tashriflar talabalar bilan yaqin muloqotni yoʻlga qoʻyish va ularning muammolarini oʻz vaqtida aniqlashga xizmat qiladi. @gulduuz
Repost from Digital.uz
Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.
✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.
🏳️🌈Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi: ✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi. ✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi. ✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi. ✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi. ✅ Gemini Notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi. ✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.🤖 Hurmatli talabalar, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yuqori daromadli kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarini bepul oʻrganing! 🧭 Sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganib o‘z oldingizga yuqori maqsad qo‘ying, SI yordamida o‘z startap loyihalaringizni boshlang: startupbase.uz Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Repost from Sirdaryo Live | OAV
+7
🚨 ЯНГИЕР ШАҲРИДА ТУНГИ ПРОФИЛАКТИК РЕЙД ЎТКАЗИЛДИ
🤫 Янгиер шаҳрида жамоат тартибини сақлаш, ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш ҳамда ёшлар ўртасида профилактик-тушунтириш ишларини кучайтириш мақсадида тунги рейд тадбири ўтказилди.
📍Тадбир давомида шаҳар ҳудудидаги айрим объектлар, хусусан, ёшлар кўп ташриф буюрадиган жойлар ўрганилиб, ёшлар билан профилактик суҳбатлар ўтказилди. Суҳбатлар давомида ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш, қонун талабларига риоя қилиш ва тунги вақтда жамоат тартибини сақлаш масалалари юзасидан тушунтиришлар берилди.
📍Шунингдек, Гулистон давлат университетининг Янгиер филиали ҳудуди ҳамда талабалар ётоқхонасига ташриф буюрилиб, мавжуд ҳолат ўрганилди ва ёшлар билан профилактик мулоқотлар олиб борилди.
⏺Рейд давомида пробация ҳисобида турган шахсларнинг яшаш ва ижтимоий ҳолати ҳам ўрганилиб, улар билан профилактик суҳбатлар ўтказилди.
💬 Тадбирда Янгиер шаҳар ИИБ ходимлари, Давлатобод МФЙ профилактика инспектори лейтенант Ж.Абдувоситов ва ёшлар етакчиси Абдухолиқов Исломбек ҳамда ОАВ раҳбари, киберхавфсизлик бўйича мутахассис Ғаниев Амирбек иштирок этди.
🗣Бундай профилактик тадбирлар шаҳарда тинчлик ва осойишталикни таъминлаш, жамоат хавфсизлигини мустаҳкамлаш ҳамда ёшлар ўртасида ҳуқуқбузарликларнинг олдини олишга қаратилган.
РАСМИЙ САҲИФАЛАРИМИЗ
Telegram | Facebook | Instagram |
Web | X | RU
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Davlatimiz rahbari MDH yetakchilari bilan birga Avazadagi gastronomik festivalda bo‘ldi.
—
Глава нашего государства вместе с лидерами СНГ посетил гастрономический фестиваль в Авазе.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Edu.uz
#Dayjest #YoshlarKuni
“Yoshlar kuni” munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda musobaqalar o‘tkazildi.
➖Jizzax politexnika instituti; ➖Namangan davlat universiteti; ➖Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti; ➖Samarqand davlat pedagogika instituti; ➖Andijon davlat texnika instituti; ➖Farg’ona davlat texnika universiteti; ➖Nukus davlat pedagogika instituti; ➖Buxoro davlat pedagogika instituti ➖Samarqand davlat texnika universiteti; ➖Termiz davlat pedagogika instituti ➖Guliston davlat universiteti; ➖Buxoro davlat universiteti; ➖Urganch davlat universiteti; ➖Navoiy davlat universiteti;➖Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqida mutaxassislar, ilmiy tadqiqotlar va kuchli texnologik kompaniyalarga boʻlgan ehtiyoj haqida soʻz yuritib, tarmoqlar uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshma dasturlarni ishga tushirish, ilmiy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash hamda texnologik tadbirkorlik uchun koʻproq imkoniyatlar yaratishni taklif qildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
Oliy ta’lim tashkilotlarida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
➡️Toshkent davlat yuridik universiteti; ➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti; ➡️O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali; ➡️Termiz davlat universiteti; ➡️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti; ➡️Axborot texnologiyalari va menejment universiteti; ➡️Andijon davlat pedagogika instituti; ➡️Buxoro davlat universiteti; ➡️Termiz iqtisodiyot va servis universiteti; ➡️Buxoro davlat pedagogika instituti; ➡️Jizzax Sambhram universiteti; ➡️Toshkent arxitektura-qurilish universiteti; ➡️Toshkent davlat tibbiyot universiteti; ➡️Farg‘ona davlat universiteti; ➡️Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti; ➡️Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti filiali; ➡️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti; ➡️Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti; ➡️Jizzax davlat pedagogika universiteti; ➡️Qo‘qon Universiteti Andijon filiali; ➡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti; ➡️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti; ➡️Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali; ➡️Buxoro davlat texnika universiteti; ➡️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti; ➡️Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti; ➡️Andijon davlat chet tillari instituti; ➡️Samarqand davlat pedagogika instituti; ➡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti; ➡️Guliston davlat pedagogika instituti; ➡️Andijon davlat universiteti; ➡️Termiz davlat pedagogika instituti; ➡️Qo‘qon davlat universiteti; ➡️Guliston davlat universiteti.Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+7
#Beshtashabbus
Voleybol, stol tennisi va yengil atletika musobaqalari g‘oliblari aniqlandi
Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining fakultet bosqichi doirasida talaba yigitlar va talaba qizlar o‘rtasida voleybol, stol tennisi va yengil atletika musobaqalari o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda talabalar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi, jamoaviy hamjihatligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular diplomlar bilan taqdirlandilar.
Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz! Kelgusidagi musobaqalarda ularga omad va yangi g‘alabalar tilaymiz!
@gulduuz
Repost from Muxsin Xodjiyev official
#GulDU #GSU #ГулГУ
🇺🇿"GulDU mushoirasi" kitobi taqdimoti o'tkazildi
🫥"Payshanba — Yoshlar kuni" doirasida Guliston davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor, Oliy ta'lim a'lochisi Muxsin Xodjiyevning tashabbusi bilan nashr etilgan "GulDU mushoirasi" kitobining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu ijodiy tadbirda universitet rektori tomonidan kitobdan o'z she'r va hikoyalari bilan joy olgan barcha talabalarning ota-onalariga ta'lim-tarbiya hamda yoshlarning ijodiy parvoziga ko'rsatgan yuksak qat'iyati uchun samimiy tashakkurnomalar topshirildi.🇺🇿Book Presentation of "GulDU Mushoirasi" Held
🫥
As part of the "Thursday — Youth Day" initiative, a presentation ceremony was held for the book "GulDU Mushoirasi," published on the initiative of the Rector of Guliston State University, Doctor of Technical Sciences, Professor, and Excellence in Higher Education awardee, Muxsin Xodjiyev. During this highly organized creative event, the rector presented sincere certificates of appreciation to the parents of all students whose poems and stories were featured in the book, honoring their dedication to education, upbringing, and supporting the creative journey of the youth.🇺🇿Состоялась презентация книги «GulDU mushoirasi»
🫥
В рамках инициативы «Четверг — День молодежи» состоялась церемония презентации книги «GulDU mushoirasi», изданной по инициативе ректора Гулистанского государственного университета, доктора технических наук, профессора, Отличника высшего образования Мухсина Ходжиева. На этом творческом мероприятии, организованном на высоком уровне, ректор университета вручил искренние благодарственные письма родителям всех студентов, чьи стихи и рассказы вошли в сборник, за их самоотверженность в обучении и воспитании, а также за всемерную поддержку творческих начинаний молодежи.🕊Telegram 📱Instagram
+4
#dual_talim
Guliston davlat universiteti va “Ulug‘bek Shoxrux Xamkor” MChJ o‘rtasida dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi!
Mazkur dual ta’limni tashkil etish boʻyicha hamkorlik memorandumini Guliston davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori D.D.Eshmurodov va “Shoxrux Hotel” hamda “Luxe Travel” korxonalari rahbari U.L.Gʻaniyevlar imzolashdi. Shuningdek, Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti dekani B.B.Toshboyev va Iqtisodiyot kafedrasi mudiri Gʻ.I.Berdiyevlar ishtirok etishdi.
Dual ta’lim hamkorlik memorandumining asosiy maqsadi – universitetning 61010100- Turizm va mehmondo‘stlik sohasida dual ta’lim asosida mehnat bozori talablariga javob beradigan, zamonaviy kasbiy kompetensiyalarga ega, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash hamda ta’lim jarayonini ishlab chiqarish amaliyoti bilan uzviy bog‘lashdan iborat.
Mazkur memorandum universitet va ish beruvchi tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, dual ta’lim sifati va amaliyot samaradorligini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
@gulduuz
+5
#profilaktika
Joriy yining 8-oktyabr kuni Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida yoshlar o‘rtasida "Giyohvandlik va uning salbiy oqibatlarining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish" hamda talabalarning huquqiy va ijtimoiy bilimlarini oshirishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati Hududiy boshqarma boshlig'i O'.Qosimov, Sirdaryo viloyati IIB o'rinbosari O.Nosimov hamda Sirdaryo viloyati IIB boshqarmasi T.Q.X, J.Q.B A. A.Sodiqovlar ishtirok etdilar. Tadbirni fakultet dekani A.A.Taniberdiyev ochib berib, bugungi kunda yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.
Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, ruhiyati hamda yoshlarning bu boradagi mas’uliyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
@gulduuz
