en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe 👈

GulDU.uz | Rasmiy kanal

GulDU.uz | Rasmiy kanal

Open in Telegram

Guliston davlat universiteti rasmiy kanali Manzil: Guliston şahri, 4-mavze Jamoat transporti: 2-4-mavze yönalişdagi avtobus, universitet bekati Web-site: www.guldu.uz Email: glsu_info@edu.uz Telefon: +998672254042 Faks: +998672254275

Show more
7 888
Subscribers
No data24 hours
-607 days
-24230 days
Posts Archive
#GulDU #Yoshlar_ittifoqi 🇺🇿GulDU Yoshlar yetakchisi Respublika Yoshlar tashkilotlari rahbarlariga kitob sovg'a qildi ✅O'zbe
#GulDU #Yoshlar_ittifoqi 🇺🇿GulDU Yoshlar yetakchisi Respublika Yoshlar tashkilotlari rahbarlariga kitob sovg'a qildi ✅O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattorovga GulDU Yoshlar yetakchisi Yorqinjon Hayitboyev "GulDU mushoirasi" kitobini sovg'a qildi. 👍Shuningdek, respublika tashkilotlari rahbarlariga GulDU tajribasi sifatida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan ma'lumotlar berildi. 📇Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz! 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎YouTube

#GulDU #Yoshlar_ittifoqi #Forum ✅Oliy ta’lim muassasalari Yoshlar yetakchilarining respublika forumi o‘z nihoyasiga yetdi! 🇺🇿Bo‘stonliq tumanida bo‘lib o‘tgan ushbu forumda Guliston davlat universiteti Yoshlar yetakchisi hamda kordinatolari faol ishtirok etishdi. 🔸Forumda GulDU Yoshlar yetakchisi Yorqinjon Xayitboyev va universitet koordinatorlari munosib e’tirof etilib, “Yo’lovchi” loyihasining eng yaxshi targ’ibotchisi sifatida taqdirlanishdi. 📈Muvaffaqiyat va g‘alaba muborak bo‘lsin! 📇Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz! 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎YouTube

#GulDU #Yoshlar_ittifoqi #Forum ✅Oliy ta’lim muassasalari Yoshlar yetakchilarining respublika forumi o‘z nihoyasiga yetdi! 🇺
+4
#GulDU #Yoshlar_ittifoqi #Forum ✅Oliy ta’lim muassasalari Yoshlar yetakchilarining respublika forumi o‘z nihoyasiga yetdi! 🇺🇿Bo‘stonliq tumanida bo‘lib o‘tgan ushbu forumda Guliston davlat universiteti Yoshlar yetakchisi hamda kordinatolari faol ishtirok etishdi. 🏆Quvonarlisi, "Yo‘lovchi" loyihasini universitetimizda namunali yo‘lga qo‘ygani uchun GulDU Yoshlar yetakchisi Yorqinjon Xayitboyev va jamoasi munosib e’tirof etilib, "Eng faol Yoshlar yetakchisi" nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandilar! 📈Muvaffaqiyat va g‘alaba muborak bo‘lsin! 📇Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz! 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎YouTube

Repost from Edu.uz
+8
#Dayjest | #Talabalar_xavfsizligi Talabalar doimiy e’tiborda! Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari va mas’ul rahbarlari tomonidan talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga tashriflar amalga oshirilmoqda. Tashriflar davomida talabalarning yashash sharoitlari, xavfsizligi va mavjud muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish hamda yoshlar uchun munosib yashash muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
— Urganch davlat pedagogika instituti — OʻzMU Jizzax filiali — Guliston davlat pedagogika instituti⁠ — Qoʻqon davlat universiteti — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti — Toshkent davlat sharqshunoslik instituti — Qoʻqon davlat universiteti — Qarshi davlat texnika universiteti — Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti — Chirchiq davlat pedagogika universiteti — Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti — Geologiya fanlari universiteti — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti — Toshkent davlat texnika universiteti — Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti — Buxoro davlat universiteti — Samarqand davlat pedagogika instituti — Guliston davlat universiteti — Namangan davlat texnika universiteti
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#FM_90_6 #Sirdaryo_yoshlari_radiosi #Dolzarb_mavzu Sirdaryo yoshlari radiosi FM 90.6 to’lqini. “Yangi O’zbekiston yoshlari” e
+1
#FM_90_6 #Sirdaryo_yoshlari_radiosi #Dolzarb_mavzu Sirdaryo yoshlari radiosi FM 90.6 to’lqini. “Yangi O’zbekiston yoshlari” eshittirishi. MAVZU: "O’zbekistonda imkoniyati cheklangan shaxslar ta’limining shakllanishi va rivojlanishi tarixi”. STUDIYA MEHMONI: Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti Salavat Galiyev @sirdaryoyoshlariradiosi

🧠 “ZAKOVAT” — BILIMDONLAR BAHSLARI DAVOM ETMOQDA! 📅 2026-yil 9-oktabr kuni Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakultetida “Zakovat” intellektual o‘yinlarining 3-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. 🎯 Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, tezkorlik va zukkoliklarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida jamoalar berilgan savollarga javob topish, o‘zaro hamkorlikda fikrlash va bilimlarini sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldilar. ✨ “Zakovat” — bu nafaqat bilimlar bellashuvi, balki yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ilmga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlash maydonidir. 👏 Barcha ishtirokchilarga faol qatnashganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi bahslarda omad tilaymiz!

🧠 “ZAKOVAT” — BILIMDONLAR BAHSLARI DAVOM ETMOQDA! 📅 2026-yil 9-oktabr kuni Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fak
+8
🧠 “ZAKOVAT” — BILIMDONLAR BAHSLARI DAVOM ETMOQDA! 📅 2026-yil 9-oktabr kuni Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakultetida “Zakovat” intellektual o‘yinlarining 3-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. 🎯 Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, tezkorlik va zukkoliklarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida jamoalar berilgan savollarga javob topish, o‘zaro hamkorlikda fikrlash va bilimlarini sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldilar. ✨ “Zakovat” — bu nafaqat bilimlar bellashuvi, balki yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ilmga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlash maydonidir. 👏 Barcha ishtirokchilarga faol qatnashganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi bahslarda omad tilaymiz!

📺 "Diyor yangiliklari" 🎞 GulDUda davra suhbati ✅ LAVHA (10.10.2026) ✅ Obuna bo'ling! 😎Telegram 😎Instagram 😎Youtube 😎Facebook

🇺🇿 MILLIY LIBOS — MILLIY QADRIYATLARIMIZ KO‘ZGUSI! 🌺 Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti tyutori D. Mamadali
+2
🇺🇿 MILLIY LIBOS — MILLIY QADRIYATLARIMIZ KO‘ZGUSI! 🌺 Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti tyutori D. Mamadaliyeva tomonidan milliy liboslar targ‘iboti olib borildi. ✨ Milliy liboslarimiz xalqimizning boy tarixi, betakror madaniyati, milliy urf-odatlari va o‘zligimizni o‘zida mujassam etadi. Ularni qadrlash, asrab-avaylash hamda yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatning yorqin ifodasidir. 💐 Milliy libos — bu shunchaki kiyim emas, balki xalqimizning ma’naviy merosi, nafisligi va milliy g‘ururining timsolidir! Milliy qadriyatlarimizni asraylik, milliy liboslarimiz bilan faxrlanaylik! 🇺🇿

#GulDU #GSU #ГулГУ 🇺🇿"GulDU mushoirasi" kitobi Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi rahbarlariga topshirildi
🔻Guliston davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Muxsin Xodjiyev tashabbusi bilan nashr etilgan "GulDU mushoirasi" kitobi universitet yoshlar yetakchisi Yorqinjon Hayitboyev tomonidan Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Xayrulla Sattorovlarga topshirildi.
🇺🇿The book "GulDU Mushoirasi" was presented to the leaders of the Youth Affairs Agency and the Youth Union
🔻
The book
"GulDU mushoirasi"
published on the initiative of the Rector of Gulistan State University, Doctor of Technical Sciences, Professor Muxsin Khodjiyev, was presented by the university's youth leader Yorqinjon Hayitboyev to Alisher Sadullayev, Director of the Youth Affairs Agency, and Khayrulla Sattorov, Chairman of the Central Council of the Youth Union of Uzbekistan.
🇺🇿Книга «GulDU mushoirasi» была вручена руководителям Агентства по делам молодежи и Союза молодежи
🔻
Книга «GulDU mushoirasi» изданная по инициативе ректора Гулистанского государственного университета, доктора технических наук, профессора Мухсин Ходжиев, была вручена лидером молодежи университета Ёркинжоном Хаитбаевым директору Агентства по делам молодежи Алишеру Садуллаеву и председателю Центрального совета Союза молодежи Узбекистана Хайрулле Сатторову.
🕊Telegram 📱Instagram

#GulDU #Yoshlar_ittifoqi #Forum 🇺🇿GulDU Yoshlar yetakchisi - respublika miqyosida g’olib bo’ldi 🔺Ayni kunda Toshkent viloy
#GulDU #Yoshlar_ittifoqi #Forum 🇺🇿GulDU Yoshlar yetakchisi - respublika miqyosida g’olib bo’ldi 🔺Ayni kunda Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida yurtimizdagi barcha OTMlar Yoshlar yetakchilarining respublika forumi bo’lib o’tmoqda. 🔻Bugun Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi Xayrulla Sattorov tomonidan “Yo’lovchi” loyihasini oliy ta’lim tashkilotlarida namunali yo’lga qo’yilgani bo’yicha “Eng faol Yoshlar yetakchisi” nominatsiyasi bo’yicha Guliston davlat universiteti Yoshlar yetakchisi Yorqinjon Xayitboyev taqdirlandi. 🔺Bizni kuzatishda davom eting... 📇Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz! 😎Telegram 😎Instagram 😎Facebook 😎YouTube

Tabiiy fanlar fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqasining 1-bosqich, guruhlararo fakultet bosqichi doirasid
+3
Tabiiy fanlar fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqasining 1-bosqich, guruhlararo fakultet bosqichi doirasida mini-futbol, voleybol, stol tennisi, yengil atletika va stritbol sport turlari bo‘yicha bellashuvlar yakunlandi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etgan g‘olib jamoalar Tabiiy fanlar fakulteti dekani A.Musurmanov, yoshlar maslalari bo'yicha dekan o'rinbosari N.Masharipov va fakultet tyutorlari tomonidan diplom bilan taqdirlandi. G‘olib jamoalarni muborakbod etamiz va ularga keyingi bosqichlarda ham omad hamda yangi zafarlar tilaymiz!

Repost from Sirdaryo.uz
Ассалому алайкум, азиз сирдарёликлар! Ҳурматли Президентимизнинг юксак ишончлари билан бошқа вазифада фаолиятимни давом эттир
+1
Ассалому алайкум, азиз сирдарёликлар! Ҳурматли Президентимизнинг юксак ишончлари билан бошқа вазифада фаолиятимни давом эттириш олдидан сизларга чуқур ҳурмат-эҳтиромим ва самимий миннатдорлигимни изҳор этаман! Мен бошқа вилоятда туғилиб ўсган бўлсам ҳам, меҳнат фаолиятимни шу қутлуғ заминда бошлаганман. Катта ҳаёт сари илк қадамларимни бағрикенг ва меҳнаткаш сирдарёликлар билан бирга ташлаганман. Бу ерда кўп инсонлардан сабоқ олганман. Уларнинг тажрибаси ва маслаҳатлари халқ ишончига муносиб бўлиб ишлашда менга асқотган. Шунинг учун бу юрт мен учун жуда қадрли. Кейинги салкам икки йил давомида яна сизлар билан бирга ишлаш насиб этди. Айниқса, ҳурматли Президентимизнинг алоҳида эътиборлари туфайли Сирдарёнинг қиёфаси янгиланиб, саноат ривожланаётгани, одамларнинг турмуши ўзгариб, эртанги кунга ишончи ошаётганига гувоҳ бўлдим. Сизлар билан ёнма-ён ишлаб, сирдарёликларнинг нақадар меҳнаткаш, фидойи ва ватанпарвар эканига, биргаликда катта мақсадларга эришиш мумкинлигига яна бир бор амин бўлдим. Мен ўзимни Сирдарёнинг ҳам фарзанди деб биламан. Бу элга доимо таъзим қилиб, чексиз ҳурматим ва миннатдорлигимни билдираман! Қаерда, қайси вазифада ишласам ҳам, бу заминни янада обод қилиш, сирдарёликларнинг турмуш фаровонлигини юксалтиришга ҳисса қўшишни ўз бурчим деб ҳисоблайман!

Repost from Edu.uz
#Xalqaro_olimpiada 🧪 ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO KIMYO OLIMPIADASI O‘TKAZILADI Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari
#Xalqaro_olimpiada 🧪 ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO KIMYO OLIMPIADASI O‘TKAZILADI Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida kimyo fani bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro olimpiada — Abu Rayhan Biruni International Chemistry Olympiad (ABICO) tashkil etilmoqda. 🏆 Xalqaro olimpiada g‘oliblari uchun imtiyoz! Olimpiada g‘olibi bo‘lgan O‘zbekiston talabalari tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturaga davlat granti asosida, imtihonlarsiz qabul qilinadi. 📍 O‘tkazilish joyi: Xorazm viloyati, Ma’mun universiteti 📅 O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 1–5-dekabr Kimyo faniga qiziquvchi talabalar uchun xalqaro maydonda o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazish imkoniyati! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#guldu_psixologi 2026-yil 10-oktyabr kuni Guliston davlat universiteti psixologi M. Karimova tomonidan Raqamli iqtisodiyot va
+2
#guldu_psixologi 2026-yil 10-oktyabr kuni Guliston davlat universiteti psixologi M. Karimova tomonidan Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti talabalari o‘rtasida Google Docs dasturi orqali dastlabki psixodiagnostik so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomaning maqsadi- talabalarning psixologik holati, emotsional kechinmalari, ijtimoiy-psixologik moslashuvi, o‘quv jarayoniga munosabati o‘rganishdan iborat. So‘rovnoma natijalari orqali talabalarda uchrashi mumkin bo‘lgan psixologik qiyinchiliklarni erta aniqlash, stress va xavotir darajasini baholash, shuningdek, individual va guruhiy psixologik yordamga ehtiyoj sezayotgan talabalarni aniqlash ko‘zda tutilgan. @gulduuz

Repost from Edu.uz
+9
#Dayjest #Milliy_qadriyatlar #Milliy_libos Talabalar milliy urf-odat va qadriyatlarni targ‘ib etishda faol ishtirok etmoqda Milliy liboslar — nafaqat goʻzallik timsoli, balki qadriyatlarimiz, oʻzligimiz va milliy gʻururimizning yorqin ifodasidir.
➖ Andijon davlat pedagogika insituti; ➖ O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti; ➖ Namangan davlat universiteti; ➖ Buxoro davlat universiteti; ➖ Olmaliq davlat texnika instituti; ➖ Termiz davlat pedagogika instituti; ➖ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti; ➖ Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti; ➖ Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali; ➖ Jizzax davlat pedagogika universiteti; ➖ Jizzax politexnika instituti; ➖ Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti; ➖ Andijon davlat texnika instituti; ➖ Samarqand davlat pedagogika instituti; ➖ Urganch davlat universiteti; ➖ Buxoro davlat texnika universiteti; ➖ Buxoro davlat pedagogika instituti; ➖ Guliston davlat pedagogika instituti; ➖ Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti; ➖ Urganch davlat pedagogika instituti; ➖ Namangan davlat texnika universiteti; ➖ Namangan davlat pedagogika instituti; ➖ Andijon davlat tibbiyot instituti; ➖ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti; ➖ Chirchiq davlat pedagogika universiteti; ➖ Termiz davlat universiteti; ➖ Guliston davlat universiteti; ➖ Qarshi davlat texnika universiteti; ➖ O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti; ➖ Shahrisabz davlat pedagogika instituti; ➖ Alfraganus universiteti; ➖ Qoraqalpoq davlat universiteti;
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Yoshlar giyohvandlikka qarshi! “Yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurashish” oyligi doirasida Guliston davlat universitetida Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari boshchiligida profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. ——— Ёшлар гиёҳвандликка қарши! “Ёшлар орасида гиёҳвандликка қарши курашиш” ойлиги доирасида Гулистон давлат университетида Сирдарё вилояти ИИБ бошлиғининг биринчи ўринбосари бошчилигида профилактик тарғибот тадбири ўтказилди. Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

#profilaktika Giyohvandlikka qarshi kurash — sog‘lom kelajak garovi 2026-yil 9-oktabr kuni Guliston davlat universiteti Filol
+4
#profilaktika Giyohvandlikka qarshi kurash — sog‘lom kelajak garovi 2026-yil 9-oktabr kuni Guliston davlat universiteti Filologiya fakultetining kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir 2026-yil 1-oktabrdan 1-noyabrga qadar o‘tkazilayotgan yoshlar orasida giyohvand moddalar tarqalishining oldini olish oyligi doirasida tashkil etildi. Davra suhbatida Sirdaryo viloyati IIB JXX HPB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik J.Salamatov hamda universitet profilaktika inspektori A.Usmonov ishtirok etdi. Suhbat davomida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning inson salomatligiga, jamiyat kelajagiga hamda millat genofondiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri haqida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish va zararli odatlardan yiroq bo‘lishning ahamiyati ta’kidlandi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar. @gulduuz

#milliy_liboslar Milliy libos - millat qiyofasi! 9-oktabr kuni Guliston davlat universiteti "Tabiiy fanlar " fakultetida "Mil
+5
#milliy_liboslar Milliy libos - millat qiyofasi! 9-oktabr kuni Guliston davlat universiteti "Tabiiy fanlar " fakultetida "Milliy liboslar kuni" munosabati bilan fakultetda ta’lim olayotgan talabalar rang-barang atlas va adras liboslar, do‘ppi hamda boshqa milliy bezaklar bilan o‘z yurti madaniyatiga bo‘lgan hurmatini ifoda etdilar. @gulduuz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi. Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi. Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi. — Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области. Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса. Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения. Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения. Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву. Facebook|Instagram|X