cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

Официальный телеграм канал Фонда развития культуры и искусства Республики Узбекистан O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasining rasmiy telegram kanali http://acdf.uz/ t.me/acdfuz fb.com/acdfuz tw.com/acdfuz_official

نمایش بیشتر
أوزبكستان16 877زبان مشخص نشده استهنر و طراحی5 155
پست‌های تبلیغاتی
3 111
مشترکین
-124 ساعت
+397 روز
+17330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

2024-yil 3–7-may kunlari O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi madadi bilan Milliy meros instituti va Madaniy meros agentligining ushbu rassom qalamiga mansub 18 ta asarini restavratsiya qilish bo‘yicha qo‘shma dasturini amalga oshirish ishlari boshlandi. Ushbu ezgu ishga texnik ekspert, rangtasvirga ixtisoslashgan merosni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis Patrisiya Verges va rangtasvir bo‘yicha konservator-restavrator Klaudiya Sindako ilmiy rahbarligida Milliy meros instituti vakillari jalb qilingan. O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mahalliy mutaxassislarning tajriba almashish, malaka va bilim darajalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratadi, qayta tiklash ishlarida I.V. Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyi xodimlari ishtirok etmoqda. — С 3 по 17 мая 2024 года в доме-музее Урала Тансыкбаева при поддержке Фонда развития культуры и искусства Узбекистана началась реализация совместной программы Института национального наследия и Агентства культурного наследия по реставрации 18 работ художника. К работам были привлечены представители Института национального наследия под научным руководством Патрисии Вергес, технического эксперта, специалиста по консервации наследия, специализирующейся на живописи и Клаудии Синдако, консерватора-реставратора по живописи. Фонд развития культуры и искусства Узбекистана уделяет особое внимание обмену опытом, повышению квалификации и уровня знаний местных специалистов, в реставрации принимают участие сотрудники Государственного музея искусств имени И. В. Савицкого.
نمایش همه...
5👍 2
“Imkoniyatingni qo‘ldan boy berma” – 60-Venetsiya zamonaviy san’at biennalesidagi O‘zbekiston milliy pavilioni Markaziy Osiyo ayollarining hikoyalari va kechinmalariga bag‘ishlangan. Ko‘rgazma biennalening “Chet elliklar har yerda” nomli bosh mavzusi bilan hamohamg bo‘lib, markaziy osiyolik xotin-qizlar taqdirida yuz bergan o‘zlikni anglash va migratsiya tajribasiga oid mavzular ustida izlanishlarni olib boruvchi muloqot maydoniga aylanmoqda. Quyida yetakchi rassomimiz Aziza Qodiriyning suhbatini tomosha qiling, unda qahramonimiz tashrif buyuruvchilarga ko‘rgazmani to‘g‘ri talqin qilishga ko‘maklashuvchi o‘z g‘oya va yo‘riqnomalari bilan atroflicha o‘rtoqlashadi. “Imkoniyatingni qo‘ldan boy berma” koʻrgazmasi 2024-yilning 20-aprelidan 24-noyabriga qadar Venetsiyada keng jamoatchilik uchun muntazir. — «Не пропусти свой выход» – Национальный павильон Узбекистана на 60-й Венецианской биеннале современного искусства – посвящен историям и опыту женщин Центральной Азии. Выставка находится в диалоге с главной темой биеннале «Везде иностранцы» и становится платформой для изучения тем идентичности и опыта миграции, прожитого женщинами из Центральной Азии. Посмотрите интервью с нашей ведущей художницей Азизой Кадыри, в котором она делится идеями и ключами, которые помогут посетителям в прочтении выставки. Выставка «Не пропусти свой выход» открыта для публики с 20 апреля по 24 ноября 2024 года в Венеции.
نمایش همه...
👍 1 1🙏 1
Ruminiyalik musiqa ustasi Petre Ionutsesku VIII Toshkent xalqaro jaz festivalida chiqish qildi. Jaz olamida serqirra va ilg‘or cholg‘ular sozandasi, ko‘plab ijodiy loyihalar ishtirokchisi Petre o‘zining “Murmur” albomidan o‘rin olgan badiiy asarlarini tomoshabinlar e’tiboriga havola qildi. Ularda ruhlantiruvchi tabiiy muhit ohanglari mumtoz musiqa va jaz taronalari bilan uyg‘unlashgan. 📌 Bugun oqshomda olmoniyalik san’atkor Yohanna Borhert “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi yonidagi maydonda o‘z ijod namunalari taqdim etadi. • Tadbir O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Germaniya elchixonasi ko‘magida YUNESKO shafeligida o‘tkazilmoqda. Kirish bepul. — Румынский исполнитель Петре Ионуцеску выступил на VIII Международном фестивале джаза в Ташкенте. Мультиинструменталист и инноватор в мире джаза, участник множества творческих проектов, Петре представил зрителям композиции из своего альбома Murmur. Они объединили амбиентные звуки с классическими и джазовыми элементами. 📌 Уже сегодня на площадке возле Дворца международных форумов «Узбекистан» выступит немецкая исполнительница Йоханна Борхерт. • Мероприятие проводится Фондом развития культуры и искусства Узбекистана при поддержке посольства Германии под эгидой ЮНЕСКО. Вход свободный.
نمایش همه...
11
Toshkentda taniqli qo‘shiqchi, pianinochi va qo‘shiqlar muallifi Yohanna Borhert va uning guruhi ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mahorat darsi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti talabalari uchun uyushtirildi. Turli musiqiy shakl va janrlar bilan tajriba-sinovlari bilan nom qozongan Yohanna Borhert talabalarni ijodiy izlanishlar o‘tkazib, o‘z kashfiyotlarini amalga oshirishga ilhomlantirdi. Ushbu mahorat darsi ularning musiqa san’atiga doir tasavvurlarini boyitibgina qolmay, balki ularni o‘z ijodlarida dadil tajriba-sinovlarni o‘tkazishga undadi. 📌 Eslatib oʻtamiz bugun oqshom Yohanna Borhert oʻz guruhi bilan “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi yonidagi maydonda chiqish qiladi. • Tadbir O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Germaniya elchixonasining madadi va YUNESKO shafeligida o‘tkazilmoqda. Kirish bepul. — В Ташкенте состоялся мастер-класс от известной певицы, пианистки и автора песен Йоханны Борхерт и её группы. Мастер-класс был организован для студентов Института национального эстрадного искусства имени Батыра Закирова при Государственной консерватории Узбекистана. Йоханна Борхерт, известная своими экспериментами с музыкальными формами и жанрами, вдохновила учащихся на собственные творческие поиски и открытия. Этот мастер-класс не только расширил их понимание музыкального искусства, но и подтолкнул к экспериментам в собственном творчестве. 📌 Напоминаем, уже сегодня Йоханна Борхерт выступит вместе со своей группой на площадке возле Дворца международных форумов «Узбекистан». • Мероприятие проводится Фондом развития культуры и искусства Узбекистана при поддержке посольства Германии под эгидой ЮНЕСКО. Вход свободный.
نمایش همه...
9
9-may – Xotira va qadrlash kuni porloq mahzunlik, chuqur minnatdorlik va iftixor bayrami. Ushbu unutilmas sana boshimiz uzra osuda osmonni bizga baxsh etgan, ularning sharofati ila xotirjam umrguzaronlik qilish va bu odatiy hol tus olgan neʼmatlardan ham sevina olishni in’om etgan zotlar xotirasini yodda tutish fursatidir! Bizga tinchlik va hamjihatlikda yashash imkoniyatini tuhfa etgan insonlarga nisbatan shukronalik hissini qalblarimizda bezavol saqlaymiz. Aziz Vatanimizning har bir fuqarosiga yuksalish, farovonlik va tabarruk boshlari uzra oydin va musaffo osmon hamroq bo‘lsin! — 9 мая — День Памяти и Почестей, праздник светлой грусти, глубокой благодарности и гордости. Желаем в эту памятную дату вспомнить о тех, кто подарил нам мирное небо над головой, благодаря кому мы спокойно живем и может радоваться простым вещам! Мы бережно храним в наших сердцах благодарность тем, кто подарил нам возможность жить в мире и согласии. Желаем жителям нашей дорогой Родины процветания, благополучия и ясного, мирного неба над головой!
نمایش همه...
20
23-may kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi sahnasida YUNESKO jahon san’at arbobi, SSSR xalq artisti Vladimir Spivakov boshchiligidagi Rossiya milliy filarmonik orkestrining xayriya konserti bo‘lib o‘tadi. Taklif etilganlar “Fransiya parchasi” dasturidan bahramand bo‘ladilar. Vladimir Spivakov azal-azaldan fransuz madaniyatining puxta bilimdoni sifatida shuhrat qozongan, endi esa u farang bastakorlarining durdona asarlarining nafis talqini bilan Toshkentda joylashgan musiqa shinavandalarini xushnud etadi. Mazkur xayriya konserti musiqa va madaniyat muassasalari o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi ko‘magida amalga oshiriladi. Kirish taklifnoma asosida. — 23 мая на сцене Международного дворца форумов «Узбекистан» состоится благотворительный концерт Национального филармонического оркестра России под руководством народного артиста СССР, Артиста мира ЮНЕСКО Владимира Спивакова. Приглашенные услышат программу «Уголок Франции». Владимир Спиваков издавна славится как тонкий знаток французской культуры, и теперь он порадует и ташкентских меломанов изысканными интерпретациями шедевров французских композиторов. Благотворительный концерт для учащихся музыкальных и культурных учреждений пройдет при поддержке Фонда развития культуры и искусства Узбекистана и Благотворительного фонда «Искусство, наука и спорт». Вход по пригласительным.
نمایش همه...
14👏 2🙏 1
2024-yilning 7–8-may kunlari Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida YUNESKO Osiyo va Tinch okeani havzasi bo‘yicha Jahon xotirasi qo‘mitasining 10-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashabbus ko‘rsatgan ikki nomzodnoma Osiyo va Tinch okeani havzasining Jahon xotirasi ro‘yxatiga kiritildi. Jahon xotirasi ro‘yxatidan “Turkiston albomi (1871-1872)” va “Xudoybergan Devonovning Xorazm vohasi fotosuratlari (1879-1937)” munosib o‘rin oldi. Mintaqaviy nominatsiyalarning mazkur Jahon xotirasi ro‘yxatiga kiritilishi bebaho hujjatli yodgorliklarni asrab-avaylashga xizmat qiladi. — 7 и 8 мая 2024 года в Улан-Баторе, Монголия прошло 10-ое заседание Комитета «Память мира» ЮНЕСКО для Азии и Тихоокеанского региона, на котором 2 номинации Национальной комиссии Республики Узбекистан по делам ЮНЕСКО были включены в реестр «Память мира» Азиатско-Тихоокеанского региона. В реестр «Память мира» вошли номинация «Туркестанский альбом (1871-1872)» и «Изображения хорезмского оазиса Худайбергана Деванова (1879-1937)». Внесение региональных номинаций в реестр «Память мира» способствует сохранению ценных документальных памятников.
نمایش همه...
👍 9 2
7-may kuni Toshkentda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, Qatar taraqqiyot jamg‘armasi bosh direktori Xalifa bin Jassim Al-Kuvariy Janobi Oliylari hamda Og‘a Xon Madaniyat jamg‘armasi bosh direktori Luis Monreal o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tarixiy obidalarni restavratsiya qilish, mahalliy restavratorlar va muzey xodimlarining malakasini oshirish hamda me’morchilik sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish markazini tashkil etish kabi madaniy loyihalar sohasidagi mushtarak sa’y-harakatlar muhokama qilindi. Mazkur chora-tadbirlar O‘zbekistonning madaniy va tarixiy merosini yanada asrab-avaylashga qaratiladi. — 7 мая в Ташкенте прошла трехсторонняя встреча между председателем Фонда развития культуры и искусства Узбекистана, Гаянэ Умеровой с Его Превосходительством господином Халифой бин Джассим Аль-Кувари, генеральным директором Катарского Фонда развития и с генеральным директором фонда Ага Хана по культуре, Луисом Монреалем. В ходе встречи обсуждалась совместная деятельность в области культурных проектов: реставрация исторических памятников, повышение квалификации отечественных реставраторов и музейных сотрудников, а также создание центра для проведения исследований в области архитектуры. Эти меры будут направлены на дальнейшее сохранение культурно-исторического наследия Узбекистана.
نمایش همه...
8👍 5😍 2
2024-yilning 31-may – 1-iyun kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida Xalqaro opera va balet festivalining ochilishi munosabati bilan “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli namoyish etiladi. O‘zbekiston milliy baletining spektakli ilk bor 2021-yilda omma e’tiboriga havola etilgan bo‘lib, o‘sha zahotiyoq tomoshabinlarning olqish va tasannolariga sazovor bo‘lgan. “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet sahnalashtiruvining ilk xalqaro namoyishi Dubai Opera sahnasida boʻlib oʻtib, keyinchalik spektakl Istanbul va Bursa (Turkiya), Dortmund (Germaniya), Parij (Fransiya), Moskva, Sankt-Peterburg (Rossiya) shaharlarida namoyish etildi. Joriy yilda spektaklning ilk namoyishlari Pekindagi Xitoy milliy opera teatri sahnasida hamda Boku, Ozarbayjon davlat akademik musiqiy teatrida bo‘lib o‘tdi. Raul Raymondo Rebekning ta’sirchan sahnalashtiruvidagi qadimiy xalq raqsi lazgini 31-may – 1-iyun kunlari tomosha qilishingiz mumkin. Chiptalar iticket.uz’da — 31 мая и 1 июня 2024 года на сцене Государственного Академического Большого Театра имени Алишера Навои в Ташкенте пройдут показы балетного спектакля «Лазги. Танец души и любви». Первая международная премьера балетной постановки «Лазги. Танец души и любви» состоялась на сцене Dubai Opera, в дальнейшем спектакль был показан в Стамбуле и Бурсе (Турция), Дортмунде (Германия), Париже (Франция), Санкт-Петербурге (Россия), Москва (Россия). В этом году премьерные показы спектакля состоялись на сцене Китайского национального оперного театра в Пекине, а также в Государственном академическом музыкальном театре Баку, Азербайджан. Увидеть древний народный танец лазги в эффектной постановке Рауля Раймондо Ребека можно 31 мая и 1 июня. Билеты на iticket.uz
نمایش همه...
13👍 5
Taniqli saksafonchi Kenni Garrett o‘z guruhi bilan 5-may kuni Toshkentda konsert berdi. Ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan ijro mohir sozandalarning yorqin badihalari bilan ajralib turdi. San’atkorlar o‘z ijodlarida bir vaqtning ozida ham tanish, ham ilg‘or yangraydigan musiqa asarini yaratib, jaz, R&B va Injil hikoyalarini dadillik bilan uyg‘unlashtiradi. Bugun 6-may kuni VIII Toshkent xalqaro jaz festivali doirasida uch karra Grammy sohibi va jaz arbobi Di Di Brijvoter chiqish qiladi. • Tadbir O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan YUNESKO shafeligida “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi yonidagi maydonda o‘tkaziladi. Kirish bepul. — Выдающийся саксофонист Кенни Гарретт провел со своей группой концерт 5 мая в Ташкенте. Эмоциональное выступление отличилось яркими импровизациями музыкантов-виртуозов. Артисты в своем творчестве смело переплетают элементы джаза, R&B и госпела, создавая музыкальное произведение, которое звучит одновременно знакомо и новаторски. Сегодня, 6 мая, в рамках VIII Международного фестиваля джаза в Ташкенте выступит трехкратная обладательница Grammy, гигант джаза Ди Ди Бриджуотер. • Мероприятие проводится Фондом развития культуры и искусства Узбекистана под эгидой ЮНЕСКО на площадке около Дворца международных форумов «Узбекистан». Вход свободный.
نمایش همه...
10👍 1