cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Uzbekonomics

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/ Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics Aloqa: @econ_feedback_bot

نمایش بیشتر
أوزبكستان6 962زبان مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
پست‌های تبلیغاتی
11 248
مشترکین
+624 ساعت
+597 روز
-630 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Kim, nega va qanday degan savollarga javob topilguncha bir narsa aniq - ovoz beruvchilarning bir qismiga aynan shu kerak edi, va rasm ham ideal chiqqandek. Tramp ikkinchi muddati tobora muqarrardek bo'lib bormoqda. @uzbekonomics
نمایش همه...
Secret Service rushes Trump offstage after popping noises heard at his Pennsylvania rally

The former president is expected to survive, two law enforcement officials said, and he held up his fist to the crowd as agents moved Trump into a vehicle.

Podkastimizning yangi, noan’anaviy soni chiqdi. Ushbu epizod Toshkent shahrida jonli, muxlis va obunachilar ishtiroki, savol-javob qismi bilan yozildi. Epizodda moliya va bank tizimining ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishidagi o'rni haqida suhbatlashdik. Podkast yakunida bo'lgan ishtirokchilar bilan savol-javob qismini ham sizlarga havola etamiz. Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring: https://youtu.be/Bz3Jda66wAA Podkastimiz 5 yoshga to'lish munosabati bilan maxsus tashkillashtirilgan tadbir tashkilotchisi va ushbu epizod hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". Audio formatda: Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean @uzbekonomics
نمایش همه...
44 - Moliya va bank tizimining iqtisodiy rivojlanishdagi o'rni

Ushbu epizod noan'avaniy tarzda, ya'ni Toshkent shahrida jonli yozildi. Muxlis va obunachilar ishtiroki, savol-javob qismi bilan yozildi. Epizodda moliya va bank tizimining ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishidagi o'rni haqida suhbatlashdik. Podkast yakunida bo'lgan ishtirokchilar bilan savol-javob qismini ham sizlarga havola etamiz. Tadbir tashkilotchisi va ushbu epizod hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/

https://zoomrad.uz/mobile-app.

Podkast yozilgan sana: 26 - Iyun 2024. Mualliflar: Botir Kobilov:

https://t.me/uzbekonomics

Behzod Hoshimov:

https://t.me/iqtisodchi_kundaligi

Audio podkastni tinglash va obuna bo'lish uchun ilovalar: Spotify:

https://open.spotify.com/show/1ZJ1l4K...

Apple Podcast:

https://podcasts.apple.com/us/podcast...

Yandex Music:

https://music.yandex.ru/album/1356059...

Podbean:

https://botir.podbean.com/

Stitcher:

https://www.stitcher.com/show/uzbekon...

Yaxshi ish bo'lmabdi. Ta'limda ham, boshqa sohalar kabi raqobat bo'lishi kerak. Kadrlarning sifatli yoki sifatsiz ekanligini mehnat bozori saralab baho beradi. Ishsiz oliy ma'lumotlilarning ko'payib ketishini oldini olish uchun oliy ma'lumotlilarning sonini kamaytirishga qaratilgan choralar emas, balki ta'limda ham, mehnat bozorida ham, tadbirkorlikda ham, va umuman iqtisodiyotda raqobatni kuchaytiradigan choralar kerak edi. Masalan, mana shu yerda nimani kutish mumkin? Aytaylik shartli 50ta xususiy universitetga litsenziya berildi, keyin jo'mrak yopildi va boshqalarga berilmaydi deyildi. Ularning ichiga davlat kirib sifatini endi oshiramiz deb talabalar formasini, o'qish metodikasini, davomatini yoki istalgan ta'limga tegishli dasturini taftish qilishi qanday qilib o'sha sifatni oshirishini men tushunmayapman. Eng qizig'i, bozor yopilgandan so'ng aksincha o'sha mavjud xususiy universitetlarda sifat pasayishi mumkin, chunki ularga yangi raqobatchi paydo bo'lmasligini davlat ta'minlab bergan bo'ladi-da. O'z ustida kamroq ishlashadi, ertaga ulardan ham yaxshiroq raqobatchi xususiy universitet paydo bo'lmasligini bilib kamroq o'qishga, professorlarga, binoga sarmoya qilishadi. Kamroq raqobat -> yomonroq sifat -> qimmatroq narx. Oxirida doimiy yangraydigan musiqa: yana o'sha iste'molchi jabr ko'radi, sifat bilan ham, narx bilan ham. Yana bir narsa, agar bozor yopilsa mavjud litsenziyaning ikkilamchi bozordagi narxi oshadi, ya'ni xozir litsenziyasi bor xususiy universitet daromad qilish uchun shunchaki yangi xususiy universitetga litsenziyani "sotishi" mumkin. Ha aytgancha, o'zbek tilida xususiy universitet degan atama menga yoqmaydi. Aksariyat vaziyatlarda shunday deyilsa qaysidir biznesmenning shaxsiy va faqat foyda uchun ishlaydigan tadbirkorlik subyekti tushuniladi. Aslida, strukturasi bo'yicha xususiy bilan xususiy universitetning farqi bor. Foyda uchun (for-profit) xususiy universitetlar bor, masalan University of Phoenix va foyda uchun emas (not for profit) xususiy universitetlar bor, masalan Cornell University. Ikkalasi ham davlat ta'lim muassasasi emas. @uzbekonomics
نمایش همه...
Vazir xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilganini ma’lum qildi

Xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilgan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov buni sifatsiz kadrlar va ishsiz oliy ma’lumotlilar ko‘payib ketishi oldini olish uchun deb izohlagan.

01:12
Video unavailableShow in Telegram
Қойил. Чин қаҳрамон! Тўлиқ видео.
نمایش همه...
qahramon-ona-1.mp44.99 MB
​​Kuni kecha Toshkent shahrining qoq markazida suvning juda katta miqdordagi isrofiga ko’zim tushdi. Aslida bunday vaziyat shaharning juda ko’p ko’chalarida bor. Shunisi achinarliki, O’zbekistonda suv tanqisligi, ichimlik suvi hech qachon bo’lmagan qishloq, tuman, maktablar haligacha mavjudligi, joylashgan hududimiz asosan cho’ldan iborat ekanligi, qurigan Orol dengizi, qurigan kanal, ariqlarimiz borligi, suv ta’minoti, yetqazish va narxlashdagi masalalar haqida qancha gapirildi, yozildi. Shu jumladan bu blogda ham, podkastlarimizda ham.  Rasmdagi bu vaziyat hukumat idoralari joylashgan Islom Karimov va Beshyog’och ko’chalari kesishmasida bo’lyapti. @uzbekonomics
نمایش همه...

​​Muhim hisobot, lekin shu bilan birga biz avvaldan bilganlarimizni tasdiqlaydigan xulosa ekan. Ya'ni, O’zbekistonda 15-yoshli maktab o’quvchilari orasida kreativ fikrlash juda past bo'lib PISAda qatnashgan mamlakatlar ichida eng pastgi o’rinda ekan (Albaniyadan yuqoriroq). @uzbekonomics
نمایش همه...

New Uzbekistan Universitydagi do'stlarimiz aytib qolishdi - shu yozda O'zbekistonda iqtisodiyot bo'yicha yozgi maktab tashkil etilayotgan ekan. Dasturni ko'rib chiqdim, kuchli professorlar jalb qilinayotgan ekan. Qiziqqanlar bo'lsa tavsiya etaman, do'stlaringiz bilan ulashing. Deadline bugun ekan, lekin yangilikni hozir ko'rgan bo'lsangiz va hujjatlaringiz tayyor bo'lmasa ertaga, uzog'i bilan indinga topshirish imkoniyati bor. Batafsil: https://econsummer.newuu.uz/ @uzbekonomics
نمایش همه...
New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

Yozgi maktabga qabul davom etmoqda ⚡️ Dunyoda top 13-oʻrinda turuvchi Chikago universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan yozgi maktab spikerlari bilan tanishing. ➖Stiven Nil Durlauf - Amerikalik ijtimoiy olim va iqtisodchi, Chikago universiteti ➖Lourens E.Blume - Iqtisod professori, Kornel universiteti ➖Eyal Vinter - Iqtisodiy nazariya jamiyati a'zosi, Lankaster universiteti ➖Feliks Elvert - Tibbiy informatika, Sotsiologiya va biostatistika bo'yicha professor, Viskonsin universiteti ➖Klaus Desmet - Shaharlar, mintaqalar va globallashuv bo'yicha professor, Janubiy Metodist Universiteti 👉 Ro'yxatdan o'tish 👉 Batafsil 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #SummerSchool #qabul #iqtisod ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

​​“Uzbekonomics” podkastimiz bu yil 5 yoshga to’ladi. Shu munosabat bilan podkastimizning navbatdagi sonini O’zbekistonda jonli va muxlislar bilan birga yozishga qaror qildik. AloqaBank hamkorligi va yordamida tashkil etilayotgan va Toshkentda 26 iyun kuni bo’ladigan bu tadbirga podkastimiz obunachilari, muxlislari va umuman qiziqqanlarni taklif etamiz. Jarayonda podkastning yangi epizodi jonli ravishda yoziladi va so’ng muxlislar bilan jonli suhbat qilish imkoniyati bo'ladi. Joylar chegaralangan. Qatnashish uchun quyidagi havola orqali registratsiya qilishingiz talab qilinadi: https://forms.gle/KqkzmraU4URVJveA8 Podkastimizni yillar davomida tinglab, tomosha qilib, ulashib kelayotgan barcha muxlislarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Toshkentda ko'rishguncha! Botir Kobilov | Behzod Hoshimov @uzbekonomics
نمایش همه...

​​Amerika chegarasidan (Meksika tomondan) noqonuniy kirib kelayotgan immigrantlar, boshpana so’rab kelayotganlar soni keskin darajada oshib ketganligi haqida media juda ko’p gapiradi, yozadi. Albatta, siyosiy debatlarning eng markaziy mavzusi shu bo’lgani uchun ham e’tibor katta. Lekin, bugun qiziq raqamlarga ko’zim tushib qoldi va bu yerda tarixiy kontekst muhim. Gap shundaki, AQSh chegarasini noqonuniy kesib o'tayotgan immigrantlar soni tarixiy darajada katta emas, shunchaki qo’lga olinayotgan immigrantlar soni ko’p. Ya’ni, 1970, 1990 yillarda AQSh chegarasini noqonuniy kesib o’tgan immigrantlar soni mutlaq maksimumda bo’lgan ekan, lekin u yillarda chegarani kesib o’tganlar qo’lga olinmagan. Oxirgi 2-3 yilda esa, chegarani kesib o’tgan paytiyoq qo’lga olinganlar soni keskin oshib ketgan (rasmda ko’k rangli ustun). Nimaga? Chunki, hozirda chegarani noqonuniy kesib o’tayotganlar chegarachilarga o'zlarini zudlik bilan "topshirmoqdalar, taslim bo'lmoqdalar”. Ya’ni, chegarachilar hozirda noqonuniy o’tayotganlar, boshpana so’raganlarni joyida ushlamoqdalar. @uzbekonomics
نمایش همه...

Bugungi suhbatimiz mehmoni markaziy Osiyo tarixi va madaniyati sohasida taniqli olim, ajoyib tarixchi va mutaxassis — Adib Xolid. Professor Xolidning tadqiqotlari markaziy Osiyo tarixiga, ayniqsa, 1860-yillarda Rossiyaning bosib olishi davridan hozirgi kungacha bo'lgan madaniy va identifikatsion o'zgarishlarga qaratilgan. Uning ilmiy ishlari musulmon va rus/sovet dunyolarining kesishish nuqtasini chuqur tahlil qilib, xususan, Markaziy Osiyoda Islom dinining tsarist va sovet boshqaruvi ostidagi taqdiri haqida muhim ma'lumotlarni beradi. Xolid madaniyat va madaniy o'zgarishlar, imperiya va mustamlakachilik hamda milliylik masalalari haqida yozib keladi. Xolid Guggenheim Jamg'armasi, Carnegie Korporatsiyasi, Milliy Gumanitar Fanlar Jamg'armasi kabi bir qator nufuzli tashkilotlar grantlari sovrindori. Shuningdek, Parijdagi Inson Fanlari Uyi va Vashingtondagi Kongress Kutubxonasidagi Kluge Markazi tadqiqotchi lavozimlarida ishlagan. Xolid to'rtta nufuzli kitobning muallifi: “Musulmon madaniyati islohoti siyosati: Markaziy Osiyoda Jadidizm,” “Kommunizmdan Keyin Islom: Markaziy Osiyoda Din va Siyosat,” “O'zbekiston tavalludi” va “Markaziy Osiyo. Imperatorlik istilolaridan hozirgi kungacha bo'lgan yangi tarix.” Uning so'nggi kitobi Markaziy Osiyoning “rus” va “xitoy” qismlarining integratsiyalashgan hikoyasini taqdim etadi va bir nechta tillarga tarjima qilingan, bu uning global ta'sirini ko'rsatadi. Ko'plab mukofotlari orasida “Kommunizmdan Keyin Islom” 2008 yilda Veyn S. Vucinich Kitob Mukofotini qo'lga kiritgan, “O'zbekiston tavalludi” esa 2016 yilda Reginald Zelnik Tarix Kitob Mukofotini olgan. Ushbu mukofotlar Dr. Xolidning rus, Yevrosiyo va sharqiy Yevropa tadqiqotlari sohalariga qo'shgan ulkan hissasini ko'rsatadi. Professor Adib Xolid Panjob Universiteti (Lahor)da bakalavr darajasini, McGill Universiteti (Monreal)da yana bir bakalavr darajasini va Viskonsin-Medison Universitetida magistratura va doktorlik darajalarini olgan. 1993 yildan beri u Karleton Kolleji ilmiy jamoasining muhim a'zosi bo'lib kelmoqda. https://youtu.be/dEleU_5RKEQ?si=EtW6ydwUWNzLNkHV
نمایش همه...
Adeeb Khalid - Central Asian Borders, Making Uzbekistan and ideology of Jadids

I had the incredible honor of hosting Dr. Adeeb Khalid, a distinguished historian and scholar whose extensive work significantly shaped our understanding of modern Central Asia. Dr. Khalid held a BA from the University of Punjab, Lahore, a BA from McGill University, and an MA and PhD from the University of Wisconsin, Madison. Since 1993, he had been a professor at Carleton College. Dr. Khalid's research delved deep into the history of Central Asia, focusing on the region's cultural and identity transformations from the Russian conquest of the 1860s to the present day. His work intricately explored the intersection of the Muslim and Russian/Soviet worlds, with a particular emphasis on the fate of Islam under Tsarist and Soviet rule. His interests spanned culture and cultural change, empire and colonialism, and nationhood in its various forms. Over the years, Dr. Khalid was the recipient of numerous prestigious grants from foundations such as the Guggenheim Foundation, the Carnegie Corporation, and the National Endowment for the Humanities, among others. He also held esteemed visiting research positions at the Maison des Sciences de l’Homme in Paris and the Kluge Center for Scholars at the Library of Congress in Washington, DC. Dr. Khalid was the author of four influential books: "The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia," "Islam after Communism: Religion and Politics in Central Asia," "Making Uzbekistan: Nation, Revolution, and Empire in the Early USSR," and "Central Asia: A New History from the Imperial Conquests to the Present." His latest book offered an integrated narrative of both the "Russian" and "Chinese" parts of Central Asia and had been translated into multiple languages, reflecting its global impact. Among his many accolades, "Islam after Communism" won the 2008 Wayne S. Vucinich Book Prize, and "Making Uzbekistan" received the Reginald Zelnik Book Prize in History in 2016. These awards highlighted the profound contributions Dr. Khalid made to the fields of Russian, Eurasian, and East European studies. Here are the links to Dr. Khalid's books on Amazon: The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia

https://www.amazon.com/Politics-Muslim-Cultural-Reform-Jadidism/dp/0520213551

Islam after Communism: Religion and Politics in Central Asia

https://www.amazon.com/Islam-after-Communism-Religion-Politics/dp/0520282157

Making Uzbekistan: Nation, Revolution, and Empire in the Early USSR

https://www.amazon.com/Making-Uzbekistan-Nation-Revolution-Empire/dp/080145409X

Central Asia: A New History from the Imperial Conquests to the Present

https://www.amazon.com/Central-Asia-History-Imperial-Conquests/dp/0691161399

یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.