Mobil kutubxona
رفتن به کانال در Telegram
Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
نمایش بیشتر7 437
مشترکین
-224 ساعت
-247 روز
-7930 روز
در حال بارگذاری دادهها
کانالهای مشابه
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
اکتبر '26اکتبر '26
اکتبر '26
+78
در 0 کانالها
سپتامبر '26
+56
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '26
+61
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '26
+77
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '26
+83
در 0 کانالها
Get PRO
مه '26
+89
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '26
+81
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '26
+96
در 1 کانالها
Get PRO
فوریه '26
+65
در 1 کانالها
Get PRO
ژانویه '26
+86
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '25
+96
در 0 کانالها
Get PRO
نوامبر '25
+77
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '25
+116
در 3 کانالها
Get PRO
سپتامبر '25
+86
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '25
+80
در 4 کانالها
Get PRO
ژوئیه '25
+45
در 2 کانالها
Get PRO
ژوئن '25
+57
در 2 کانالها
Get PRO
مه '25
+50
در 3 کانالها
Get PRO
آوریل '25
+85
در 8 کانالها
Get PRO
مارس '25
+76
در 6 کانالها
Get PRO
فوریه '25
+132
در 16 کانالها
Get PRO
ژانویه '25
+195
در 23 کانالها
Get PRO
دسامبر '24
+207
در 19 کانالها
Get PRO
نوامبر '24
+629
در 31 کانالها
Get PRO
اکتبر '24
+880
در 41 کانالها
Get PRO
سپتامبر '24
+679
در 36 کانالها
Get PRO
اوت '24
+717
در 13 کانالها
Get PRO
ژوئیه '24
+1 193
در 15 کانالها
Get PRO
ژوئن '24
+1 471
در 34 کانالها
Get PRO
مه '24
+159
در 5 کانالها
Get PRO
آوریل '24
+623
در 10 کانالها
Get PRO
مارس '24
+612
در 13 کانالها
Get PRO
فوریه '24
+503
در 10 کانالها
Get PRO
ژانویه '24
+376
در 4 کانالها
Get PRO
دسامبر '23
+172
در 7 کانالها
Get PRO
نوامبر '23
+1 112
در 32 کانالها
Get PRO
اکتبر '23
+1 222
در 23 کانالها
Get PRO
سپتامبر '23
+1 699
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '23
+245
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '23
+167
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '23
+89
در 0 کانالها
Get PRO
مه '23
+79
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '23
+89
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '23
+126
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '23
+457
در 0 کانالها
Get PRO
ژانویه '23
+790
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '22
+845
در 0 کانالها
Get PRO
نوامبر '22
+641
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '22
+530
در 0 کانالها
Get PRO
سپتامبر '22
+305
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '22
+235
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '22
+592
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '22
+475
در 0 کانالها
Get PRO
مه '22
+1 174
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '22
+1 391
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '22
+1 280
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '22
+199
در 0 کانالها
Get PRO
ژانویه '22
+688
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '21
+732
در 0 کانالها
Get PRO
نوامبر '21
+679
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '21
+1 374
در 0 کانالها
Get PRO
سپتامبر '21
+459
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '21
+424
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '21
+381
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '21
+296
در 0 کانالها
Get PRO
مه '21
+208
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '21
+364
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '21
+282
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '21
+288
در 0 کانالها
Get PRO
ژانویه '21
+356
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '20
+6 826
در 0 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 31 اکتبر | +1 | |||
| 30 اکتبر | +2 | |||
| 29 اکتبر | +2 | |||
| 28 اکتبر | +3 | |||
| 27 اکتبر | +2 | |||
| 26 اکتبر | +3 | |||
| 25 اکتبر | 0 | |||
| 24 اکتبر | +2 | |||
| 23 اکتبر | +1 | |||
| 22 اکتبر | +5 | |||
| 21 اکتبر | +3 | |||
| 20 اکتبر | +1 | |||
| 19 اکتبر | +4 | |||
| 18 اکتبر | +3 | |||
| 17 اکتبر | +1 | |||
| 16 اکتبر | 0 | |||
| 15 اکتبر | +1 | |||
| 14 اکتبر | +7 | |||
| 13 اکتبر | +4 | |||
| 12 اکتبر | +4 | |||
| 11 اکتبر | +2 | |||
| 10 اکتبر | +5 | |||
| 09 اکتبر | +2 | |||
| 08 اکتبر | 0 | |||
| 07 اکتبر | +5 | |||
| 06 اکتبر | +1 | |||
| 05 اکتبر | +4 | |||
| 04 اکتبر | +3 | |||
| 03 اکتبر | 0 | |||
| 02 اکتبر | +5 | |||
| 01 اکتبر | +2 |
پستهای کانال
#Nazmiy
Shoirga maktub
– Men bir qizni sevaman, ammo
Qiz der: – Boring, toshingiz tering.
Shoir aka, sizdan iltijo,
Menga bitta she’r yozib bering.
O‘qisinu o‘sha parvosiz –
Yuragida mehr uyg‘onsin.
Qasamimga ishonmagan qiz
O‘sha yoniq baytga ishonsin.
Shunday yozing, toki, qiz qalbi
Erib ketsin bo‘lsa hamki tosh.
Joniga o‘t tushsin men kabi,
Oqib ketsin ko‘zlaridan yosh.
Oshiqda ishq bo‘lsa mukammal
Ma’shuqani etarmish shaydo.
Majnunligim anglab u go‘zal
Zora sevsa bamisli Laylo.
Quchog‘imga otilsa dilbar,
Yuragimda armon qolmasa…
Axir, shoir shoirmi agar
Bir yurakni eritolmasa.
She’r kutarman sizdan umidvor,
Yorga yetsam baxtli bo‘larman.
Yo‘qsa, menga hayot ne darkor,
Tog‘dan o‘zni tashlab o‘larman.
– Oh, bechora oshiq ukajon,
Anduhlaring menga ayondir.
Ishq – vujudni o‘rtagan armon,
Anglab bo‘lmas sirli jahondir.
Bir bevafo ishqida men ham
Poyoni yo‘q dardga to‘lganman.
Shu dard menga tutqazgan qalam,
Kuya-kuya shoir bo‘lganman.
Na ohimga parvo qilgan u,
Na she’rimni nazarga ilgan.
Necha daftar to‘ldirganman-u,
Ular bari yirtib otilgan.
Ukam, menga qilmagin havas,
Yuragimda yuz ming armonlar.
Baxtli bo‘lsang bitta she’r emas,
Yozib beray senga dostonlar.
Tashbehlarim qadriga yetib,
Yoring ko‘ngli tushsa joyiga,
Mening bor-yo‘q yozganim eltib
Tashla o‘sha qizning poyiga.
Bo‘lsin, ukam, umring charog‘on,
Men yetmagan baxtga yetgin sen.
Yoringni ishq degan bepoyon
Osmonlarga olib ketgin sen.
Gul ochdi, deb, bir qalb so‘zimdan
Bahra oldi, deb, birgina jon –
Rozi bo‘lay men ham o‘zimdan,
Bu dunyodan o‘tay bearmon.
2011, aprel
✍ Erkin VOHIDOV
| 2 | 📜 Gabriel Garsia Markes. Xayrlashuv maktubi
Agar Tangrim meni lattali qo‘g‘irchoq tarzida ko‘rib bir lahzagina men haqimda unutganda va menga ozgina hayot tiriklik onlarini tuhfa etganda edi, ayni paytda tilga olayotganlarim haqida ko‘proq xayol surgan bo‘lardim. Narsalarning qancha turishiga qarab emas, ma’no-mazmuniga qarab baholardim. Kamroq uxlagan, ko‘proq orzu qilib, yumuq ko‘zlarimda dunyoni kashf etardim. Yumuq ko‘zlar bilan kechayotgan har bir daqiqa – olamning boy berilayotgan oltmish soniyasidir. Kimlardir oyoqlarini yurishdan tiyganda men to‘xtovsiz qadam urgan, boshqalar uxlaganda uyg‘ongan, o‘zgalar gapirganda jim turib quloq solgan bo‘lardim. Va shokoladli muzqaymoqdan huzurlanib tamaddi qilardim.!
Agar Parvardigor menga bir ozgina hayot tuhfa etganida edi, odmi kiyingan, jismimnigina emas, ko‘nglimni ham to‘q qilib, ilk quyosh nurlari bilan birga o‘rnimdan turardim.
Yo Parvardigorim, agar mening yana jindakkina vaqtim bo‘lganida edi, nafratimni muzga kishanlab, quyoshning jamoli yuz ko‘rsatishini intiqib kutardim. Van Gog kabi yulduzlar soyasida rasm chizgan, Benedetti she’rlarini o‘qib orzu qilgan, Serra kuylari mening oyli Serenadamga aylanardi. Atirgullarning gulbarglaridagi alvon o‘pichlar va tikanaklardan tortayotgan og‘riqlarini terib olish uchun ko‘z yoshlarim bilan ularni cho‘miltirib qo‘yardim.
Biru borim mening, men yana ozgina, bir ozgina yashashim mumkin bo‘lganda edi… Men sevgan insonlarimga ularni sevishimni aytishni kanda qilmagan bo‘lardim. Har bir erkak va har bir ayolni ularni sevishimga ishontirar, muhabbatning ichida muhabbat bilan nafas olardim. Odam qarigan sari sevishdan to‘xtaydi, degan fikrlar naqadar noto‘g‘ri ekanligini isbot qilardim: aksincha ular sevishdan to‘xtaganlari bois qariydilar! Go‘dakka qanot sovg‘a qilib, uni o‘zim parvoz qilishga o‘rgatardim. Qariyalarga esa o‘lim qarilik oqibatida emas, beparvolik sabab qadam ranjida qilishini aytardim. Axir juda ko‘p narsalarni men sizlardan o‘rgandim, ODAMLAR. Angladimki, haqiqiy baxt bizni pastda kutayotganligini payqasak ham har birimiz tog‘ning qoq cho‘qqisida yashashga intilamiz.
Shuni tushundimki, qachonki, yangi tug‘ilgan chaqaloq otasining barmoqlarini o‘zining ushoqqina qo‘lchalari bilan ushlab olar ekan, bu butun bir umrga yetadi. Yana shuni tushundimki, har bir inson kimningdir oyoqqa turishi uchun boshqa bir cho‘qqidan pastga qarashga haqli. Axir men sizlardan juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, bulardan naf jindakkina, negaki ularni sandiqqa liq to‘latib, men ketib boryapman…. | 180 |
| 3 | 🏆 Bugun 5 daqiqa kitob o‘qiganga iPhone 18 Pro sovg‘a qilamiz!
😊 30-oktabr “Mutolaa”da “Omadli mutolaa” kuni va bu kunda ilovada istalgan kitobni kamida 5 daqiqa o‘qigan hammaga 1 haftalik BEPUL Mutolaa Premium sovgʻa qilinadi.
📱Bugun 5 daqiqa kitob oʻqiganlar orasidan bir kishiga esa Telegram kanalda random tarzda iPhone 18 Pro ham sovg‘a qilamiz!
🤝 Bugundan kitob oʻqish odatini shakllantirishingiz uchun zo’r imkon! Yaxshi tashabbus.
👉 Hoziroq ilovaga kirib, kitob mutolaa qiling: https://me-qr.com/E8U1zNFP | 182 |
| 4 | #Nazmiy
Tuzalmaydi dardim mening,
O‘lsam kerak.
Tuproq bilan og‘a-ini
Bo‘lsam kerak.
O‘lim nima? Bu ham bitta
Sayr, Ona.
O‘g‘ling qaro yerga ketdi,
Xayr, Ona...
Tuzalmas bu dardim mening,
Umidim yo‘q.
Xira shamdek ko‘zlarimda
So‘nmoqda cho‘g‘.
Cho‘g‘ nimadir? Cho‘g‘ ham tutab, Kul bo‘ladi.
Inson bir kun o‘z mayliga
Qul bo‘ladi...
Yuragimni tamom qildim,
Yig‘layverib.
Huzurimda ajal turar,
Qoshin kerib.
Men hayotda o‘limga tik
Boqib o‘sdim...
Qani menga atalgan joy
Ketdik do‘stim...
✍️Muhammad YUSUF | 223 |
| 5 | 🌸Birinchi muhabbatim
Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda,
Zuhra yulduz miltirab, xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma’yuslik, sokinlik uyg‘otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim,
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.
O‘tdi yoshlik zavq bilan, gohi to‘polon bilan,
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayro ham tushdim ba’zan¸ qalb bilan imon bilan,
Lekin seni yo‘qotdim, birinchi muhabbatim,
Mangu g‘aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.
Dunyo degan shundayin anglab bo‘lmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan,
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan,
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.
Xolbuki orzulardan judo ham bo‘lganim yo‘q,
Yuduzday kuyganim yo‘q, oy kabi to‘lganim yo‘q.
Erta xazon gul kabi sarg‘ayib, so‘lganim yo‘q,
Seni eslab yig‘layman, birinchi muhabbatim,
Eslab bag‘rim tig‘layman, birinchi muhabbatim.
Yo‘lin yo‘qotsa odam – muhabbatga suyangay,
Gʻussaga botsa odam – muhabbatga suyangay,
Chorasiz qotsa odam – muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim,
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.
Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko‘rib men bor dunyoni unutdim,
Tongda turib nomingga ushbu she’rimni bitdim,
Dildagi oxim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg‘iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.
✍️Abdulla Oripov | 268 |
| 6 | #jadidlar
📕 Abdulla Qodiriy "Ahvolimiz"
Ko‘r bizning ahvolimiz, g‘aflatda qanday yotamiz,
Joyi kelgan chog‘ida vijdonni pulg‘a sotamiz.
O‘g‘limizg‘a na adab, na fan, na yaxshi so‘ylamak,
Na xudoni buyrug‘i bulgan ulum o‘rgotamiz.
Korimiz shundan iborat bo‘ldi ushbu vaqtda,
O‘ntadin bedona boqib yozu qish sayrotamiz.
Hamda har kun takyalarda nasha ko‘knori chekib,
Bachchag‘a kokil solib, oh-voh ila o‘ynotamiz.
Qarimiz, boyonimiz, balki bu vaqt oqvondamiz,
Nogahon ko‘rsak agar bir besoqolni qotamiz.
O‘rtadan chiqsa agar millatni yaxshi suyguchi,
Biz ani dahriy sanab, to‘fangcha birla otamiz.
Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g‘ayrat qiling,
Uxlaganlarni agar qodir esak uyg‘otamiz.
📚 @kitoblar_apk | 276 |
| 7 | 📌 Har kuni bir dona chuqur ma’noli ibora hayotingizni o‘zgartirishi mumkin...
Siz ham oddiy gaplardan zerikdingizmi?
Unda bizning kanal aynan siz uchun 👇
🧠 Falsafiy va hayotiy iboralar
💭 O‘ylashga majbur qiladigan fikrlar
📖 Donolar so‘zlari va motivatsiya
🔥 Har kuni yangi postlar
Bu kanal sizni:
— chuqurroq fikrlashga
— hayotga boshqacha qarashga
— va o‘zingizni rivojlantirishga yordam beradi
🚀 Hoziroq qo‘shiling va fikrlaringizni yangi darajaga olib chiqing!
👉 https://t.me/sar_satir | 256 |
| 8 | #Nazmiy
📜 MUDDAO
Kuzda go‘zal bizning Farg‘ona,
Qiyosi yo‘q jannat maskandir.
Uyimizni sog‘indim, ona,
Bog‘imizda behi pishgandir...
Yelar yeldek, qirda bearqon
Tuyoqlari chaqnoq kulunlar.
Soyda tanga sochardir hamon
O‘g‘il so‘rab suluv kelinlar.
Siz-chi, yuribsizmi g‘imirlab,
Ko‘nglingizda g‘aroyib hislar.
Oldingizdan o‘tsa qiqirlab
Sochiga qo‘l tegmagan qizlar.
Men ham o‘sha-o‘shaman, nodon,
Goh pand berib, gohida pand yeb.
Mashhur qil, deb so‘rab Xudodan,
Tilamabman baxtli bo‘lay deb...
Kuzda go‘zal bizning Farg‘ona,
Qiyosi yo‘q jannat Vatandir. Xatim tamom. Aytgandek, ona,
Zebi erga tegib ketgandir?!
✍️Muhammad YUSUF
📚 @kitoblar_apk | 270 |
| 9 | 𓍢ִ໋🌷֒ ONLINE ENGLISH COURSE 🕊️
୨୧ 𝑨 𝒏𝒆𝒘 𝒍𝒂𝒏𝒈𝒖𝒂𝒈𝒆, 𝒂 𝒏𝒆𝒘 𝒘𝒐𝒓𝒍𝒅. 🤍
Ingliz tilini o‘rganishni orzu qilasizmi? 🎀
O‘z ustingizda ishlash, yangi bilimlar olish va ingliz tilida gapirish sari ilk qadamingizni tashlash vaqti keldi! 🕯️
𓂃 ࣪˖ ִֶָ𐀔 SIZ UCHUN AJOYIB IMKONIYAT!
📚 Ingliz tili online kursiga qabul boshlandi!
♡ Ingliz tilini noldan o‘rganish
♡ Grammar & Speaking
♡ Yangi so‘zlar va foydali mashg‘ulotlar
♡ Qulay online ta’lim
♡ Barcha uchun yangi imkoniyatlar
𓏲ּ ֶָ֢ ִֶָ COURSE DETAILS 🤍
🗓 Boshlanish sanasi: 1-NOYABR
💌 Kurs narxi:150 000 SO‘M
𐙚 ‧₊˚ ⋅ SPECIAL OFFER ⋅ ˚₊‧ 𐙚
🎀 BIRINCHI 3 TA O‘QUVCHIGA 50% CHEGIRMA!
✨ Chegirma bilan atigi 75 000 SO‘M! ✨
Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🕊️
𓂃 ࣪˖ ִֶָ SIZ HAM BIZ BILAN BOSHLANG!
📩 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun:
♡ Admin: @ingliz_admi
𓍢ִ໋🌷֒ 𝑺𝒕𝒂𝒓𝒕 𝒚𝒐𝒖𝒓 𝑬𝒏𝒈𝒍𝒊𝒔𝒉 𝒋𝒐𝒖𝒓𝒏𝒆𝒚. 🤍
୨୧ ִֶָ𐀔 Har bir katta natija kichik bir qadamdan boshlanadi... 🦢 | 214 |
| 10 | #Nazmiy
Tong titraydi kech kuzakning quchog‘ida,
Yulduzlarni o‘chirmoqda gulgun shafaq.
Jonim, qalbim she’riyatning pichog‘ida...
Zamin— tilsim, osmon— tilsim... she’r— beshafqat!
Men qiynaldim. Xayolimning qanotida
Dengizlarni ko‘targancha tolib uchdim.
Yulduzlarni ko‘p ko‘rganman hayotimda,
Dengizdagi yulduzlarni keldi quchgim.
Ko‘kka boqdim, o‘t tutashdi jonim aro...
Qat-qat bulut qatlarida ne sir-asror!
Hayrat ichra o‘ldirgusi meni samo,
Ona zamin, ucha qolay, qo‘yib yubor!
Men yor dedim.. Laylimi yo, Shirinmi yo!
Yoki endi tug‘ilajak biror malak?
Mana, men, deb ko‘z oldimda bo‘ldi paydo,
Mana, men, deb she’rdan boqdi yakto yurak.
Yulduzlarni o‘chirmoqda gulgun shafaq,
Tong titraydi kech kuzakning quchog‘ida,
She’r yozilar... qiynoq, senga bo‘lsin sharaf,
Jonim, qalbim she’riyatning pichog‘ida...
Hali butun ro‘yi jahon she’r bo‘lajak,
Faqat bekor bilib orom quchog‘ini—
Bu dunyoni sirga ko‘mib yashash kerak,
Qalbga sanchib she’riyatning pichog‘ini!
✍️Usmon AZIM
📚 @kitoblar_apk | 324 |
| 11 | #Hikoya
Kelin-kuyov turmush qurganlarining birinchi kunida eshikni hech kimga ochmaslikka qaror qilishdi.
Birinchi bo‘lib kuyovning ota-onasi yosh oilani ko‘rishga keldi. Kelin-kuyov bir-biriga qaradi, kuyov eshikni ochishni istadi, lekin qarorlari tufayli shashtidan qaytdi. Shunday qilib, ota-ona ko‘p kutmay qaytib ketishdi.
O‘sha kuni biroz vaqtdan keyin kelinning oilasi keldi. Kelin-kuyov bir-biriga termuldi. Kelin ko‘zida yosh bilan “bunday qilolmayman“, deb eshikni ochdi. Kuyov hech nima demadi...
Yillar o‘tib er-xotin birin-ketin to‘rt o‘g‘il ko‘rishdi. Keyin to‘rt o‘g‘il ortidan qiz farzand dunyoga keldi. Ota yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun katta tantana o‘tkazishni istadi va hamma tanishlarini taklif qildi. Xotini eridan nima uchun 4 o‘g‘liga bunday tantana o‘tkazmay, bu safar bunday qilganini so‘radi. Er o‘ychan nigoh bilan shunday javob berdi:
— Chunki qizim menga eshik ochadi!
Turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi | 359 |
| 12 | #Nazmiy
📜 XAYOLIMDA BO‘LDING UZUN KUN
Xayolimda bo‘lding uzun kun,
Seni izlab qirg‘oqqa bordim.
Och to‘lqinlar pishqirgan tunda,
Topib ber, deb oyga yolvordim.
Ishon, bunda seni doimo
Esga solar chiroyli tunlar,
Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar,
Esga solar baxtiyor kunlar.
Toleimning oshinosi sen,
Sen sevgimning ko‘kargan bog‘i.
Sening bilan birga iqbolim,
Ishonchimning sen vafo tog‘i.
Meni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi.
Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib oy ham to‘ladi.
Kecha jim-jit, yolg‘iz to‘lqinlar
Pishqiradi bilmay tinimni.
Hiylagar oy, sehrgar dilbar,
Solib qo‘yding yodimga kimni?..
✍️Hamid Olimjon
📚 @kitoblar_apk | 388 |
| 13 | 🇬🇧 Ingliz tilini o‘rganish endi yanada oson! 🚀
Ezabon bilan ingliz tilini yangi va qiziqarli usulda o‘rganing!
✨ AI Chat — sun’iy intellekt bilan ingliz tilida suhbatlashing.
💬 Tandem Chat — yangi do‘stlar toping va ingliz tilida muloqot qiling.
📝 Grammar & Vocabulary — grammatik qoidalarni o‘rganing va yangi inglizcha so‘zlarni o‘zlashtiring.
🔊 Tarjima va talaffuz — so‘z va iboralarning ma’nosini tushuning, tarjimalar hamda talaffuz orqali o‘rganishingizni boyiting.
📚 Stories — foydali ma’lumotlar va qiziqarli yangiliklarni kuzating.
👨🏫 Teacher Support — tajribali o‘qituvchilardan yordam oling.
Har kuni ozgina mashq — katta natijalar sari bir qadam! 💪
🌍 Ezabon — ingliz tilini birgalikda o‘rganamiz!
👉 Hoziroq Ezabon’ga qo‘shiling va ingliz tilida gapirishni boshlang!
www.ezabon.com
Telegram | 398 |
| 14 | Ovozingni emas, gapingning saviyasini ko‘tar. Chunki gulni momaqaldiroq emas yomg‘ir undiradi.
Jaloliddin Rumiy
📚 @kitoblar_apk | 358 |
| 15 | #Nazmiy
📜
Umr o‘tar, vaqt o‘tar,
Xonlar o‘tar, taxt o‘tar,
Omad o‘tar, baxt o‘tar,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sening yurishlaring, sening kulishlaring.
Bahorda bog‘ na go‘zal,
Qor tushsa tog‘ na go‘zal,
Bu yoshlik chog‘ na go‘zal,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
So‘zsiz qarashlaring, holim so‘rashlaring.
Oy chiqar goh zaholi,
Do‘stlar ko‘pdir vafoli,
Hayot shundan safoli,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sokin so‘zlashlaring, pinhon izlashlaring.
Umr — yo‘l, qayrilish ko‘p,
Uchrashish, ayriliq ko‘p,
Unutish, aytilish ko‘p,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
O‘sha kulishlaring, o‘sha kelishlaring…
✍️Omon Matjon
📚 @kitoblar_apk | 419 |
| 16 | 🤩ngliz tilini o‘rganishda sizni ham shu kabi muammolar qiynayaptimi?
⚡️ "Hammasini tushunaman, lekin gapira olmayman..."
⚡️ "Kurslarga borishga ortiqcha vaqtim yo‘q..."
⚡️ "Aynan nimadan va qanday boshlashni bilmayapman..."
🤩o‘xtang! Bu muammolarning barchasiga yechim quyidagi kanalda!!!
⚡️Ushbu kanalda 0 dan boshlab erkin muloqotgacha bo‘lgan yo‘lni birgalikda bosib o‘tamiz:
• Tekin va foydali darslar va kunlik yuboriladigan qiziqarli ma’lumotlar
• Darajangizga mos kitoblar va jonli savol-javoblar
• Qiziqarli viktorinalar va sovg‘alar
• Eng faol o’quvchiga ikkinchi oy tekin o’qish imkoniyati
🤩archasi quyidagi kanalda Imkoniyatni qo’ldan boy bermang!!!
https://t.me/+Bjd2eguC5MY2ZGEy
https://t.me/+Bjd2eguC5MY2ZGEy
https://t.me/+Bjd2eguC5MY2ZGEy | 263 |
| 17 | #sheʼr_soʻz
Qilichin tashladi beklar nihoyat,
bosildi tulporlar, tig‘lar suroni,
urhoga o‘rgangan tillarda oyat,
turkiylar tanidi komil xudoni.
Qilichlar zangladi…
falokat hushyor, turkiylar quvvatin berdi yerlarga.
Hiylagar do‘stlarday yaqinlashdi yov
komillik qidirgan jasur erlarga.
Ilvasin yigitlar, bobir yigitlar,
sajdaga bosh qo‘ydi yovga ters qarab,
g‘ullarni kemirib yig‘ladi itlar,
buyuk boshni kesdi qilich yaraqlab.
Turkda bosh qolmadi… qolmadi dovlar.
xotin-xalaj qoldi motam ko‘tarib,
«bizga tik qarama» buyurdi yovlar,
yovlarga ters qarab yashadi bari.
Talandi samoviy tulpor uyuri,
talandi zarlari, zebu zabari,
ters qarab o‘ling deb yovlar buyurdi,
yovlarga ters qarab jon berdi bari.
Lahadga kirdilar o‘zlarin qarg‘ab,
qolmadi arabiy, turkiy xatlari,
tug‘ingiz dedi yov teskari qarab,
yovlarga ters qarab tug‘ildi bari.
Tug‘ildi, tug‘ildi, tug‘ildi qullar,
qirqida qirilgan — imdodga muhtoj,
yovlarga ters qarab itlarday hurar,
bir-biriga dushman,
bir-biridan koj.
Jo‘mardlar qirilgan Turonzaminda
do‘zaxiy tajriba pallasin ko‘rdim:
eshak suvrati bor qay bir qavmda,
qay birida to‘ng‘iz kallasin ko‘rdim.
Bu holdan buvaklar bo‘g‘ilib o‘lar,
qul Bilol ezilib yig‘lar falakda…
O’zlarin yondirar borliqdan to‘ygan
Badaxshon la’liday asl malaklar.
Mo‘minlar besh bora Allohni eslar
sajdaga bosh qo‘yib jallod toshiga.
O’grilib sal ortga qarayin desa,
boshiga urarlar, faqat boshiga.
Bormi er yigitlar, bormi er qizlar,
bormi gul bag‘ringda jo‘mard nolalar,
bormi bul tufroqda o‘zligin izlab,
osmonu falakka yetgan bolalar.
Bor bo‘lsa, alarga yetkarib qo‘ying,
bir boshga bir o‘lim demagan ermas,
shahidlar o‘lmaydi, bir qarab to‘ying:
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
✍️ Shavkat Rahmon
📚 @kitoblar_apk | 429 |
| 18 | #Nazmiy
📜 Istaysizmi-yo‘qmi, gardun aylana,
Istaysizmi-yo‘qmi, qaytib kelaman.
Sog‘inmagan ko‘zingizdan aylanay,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Oy botadi – yulduzlarning habibi,
Tong otadi, ta’nasi yo‘q samimiy.
Tabiatning qonunidek tabiiy –
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Quchog‘iga yashirmaydi xiyobon,
O‘rtamizda udum otlig‘ biyobon.
Sizga nima, kuysam o‘zim kuyaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Chaqmoq kalit bo‘ldi qulfi dilimga,
Tegmagan bir qizning zulfi dilimga.
Sizdan o‘zga xon yo‘q mulki dilimga,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman
Boshingizda yaproq bo‘lib aytaman,
Poyingizda tuproq bo‘lib aytaman.
Tuproqdayam mushtoq bo‘lib aytaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
✍️Iqbol MIRZO
📚 @kitoblar_apk | 451 |
| 19 | Bir kishidan "doʻstlaring kimlar?" deb soʻraldi. Qoʻli bilan kitoblarga urib: "Bular mening doʻstlarim" dedi.
"Insonlardan-chi?" deb soʻraldi, haligi kishi: "Uning ichidagilar!" deb javob berdi.
©Abdulloh Rahim
📚 @kitoblar_apk | 478 |
| 20 | #Nazmiy
📜 Ma’yus kunim ko‘zim tushsa,
Kuyar osmon, tushunmaysan.
Meni samo tushungaydir,
Sen ey inson, tushunmaysan...
Kuyib ko‘ksim o‘tar bo‘lsam,
Oqar bo‘lsam, ketar bo‘lsam,
Meni daryo tushungaydir,
Sen ey ummon, tushunmaysan.
Men ham shaydo, men ham maftun,
Men ham hech kimi yo‘q Majnun,
Meni Laylo tushungaydir,
Sen ey jonon, tushunmaysan.
Mening yo‘lim uzun armon,
O‘zim dovon, o‘zim karvon,
Meni sahro tushungaydir,
Sen ey sarbon, tushunmaysan.
Mening borim erur ko‘nglim,
Mening yorim erur ko‘nglim,
Ma’yus tanho tushungaydir,
Sen ey xandon, tushunmaysan...
Ma’yus kunim ko‘zim tushsa,
Kuyar osmon, tushunmaysan.
Meni Olloh tushungaydir,
Sen ey xoqon, tushunmaysan.
Ko‘nglim gul, ko‘zlarim guldir,
Yuzim gul, qo‘llarim guldir.
Meni sabo tushungaydir,
Sen ey to‘zon, tushunmaysan...
Gʻuborimdir bo‘yi rayhon,
Minorimdir tilim biyron.
Meni dunyo tushungaydir,
Sen ey nodon, tushunmaysan.
✍️Muhammad YUSUF
📚 @kitoblar_apk | 469 |
