Kitob nuri
"Peshqadam bo‘lish tomon harakat qilayotgan aqlning kaliti kitob o‘qishdir. Xalqlar va millatlarning uyg‘onish siri kitobdir!" Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام Kitob nuri
کانال Kitob nuri (@kitob_nuri) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 29 943 مشترک است و جایگاه 6 408 را در دسته آموزش و رتبه 2 680 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 29 943 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 28 ژوئن, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -16 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -76 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 18.35% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 9.09% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 5 497 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 2 724 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 64 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“"Peshqadam bo‘lish tomon harakat qilayotgan aqlning kaliti kitob o‘qishdir. Xalqlar va millatlarning uyg‘onish siri kitobdir!"
Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 29 ژوئن, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 29 ژوئن | 0 | |||
| 28 ژوئن | +3 | |||
| 27 ژوئن | +4 | |||
| 26 ژوئن | 0 | |||
| 25 ژوئن | +2 | |||
| 24 ژوئن | +1 | |||
| 23 ژوئن | +6 | |||
| 22 ژوئن | +1 | |||
| 21 ژوئن | +7 | |||
| 20 ژوئن | +10 | |||
| 19 ژوئن | +6 | |||
| 18 ژوئن | +2 | |||
| 17 ژوئن | +12 | |||
| 16 ژوئن | +21 | |||
| 15 ژوئن | +28 | |||
| 14 ژوئن | +61 | |||
| 13 ژوئن | +47 | |||
| 12 ژوئن | 0 | |||
| 11 ژوئن | +2 | |||
| 10 ژوئن | +19 | |||
| 09 ژوئن | +12 | |||
| 08 ژوئن | +27 | |||
| 07 ژوئن | +30 | |||
| 06 ژوئن | +29 | |||
| 05 ژوئن | +30 | |||
| 04 ژوئن | +48 | |||
| 03 ژوئن | +83 | |||
| 02 ژوئن | +128 | |||
| 01 ژوئن | +86 |
| 2 | 🇹🇷 TÜRK TILIDAN 2 OYDA SERTIFIKAT OLIB, TALABA BOʻLING!
Qisqa muddat ichida, ajoyib va quvnoq ustoz bilan qiziqarli darslar asosida turk tilini oʻrganing! Bakalavr va Magistratura uchun sertifikatni naqd qilib, koʻnglingizni toʻq qiling. 😉
🚀 Katta bonus: Turk tilini mukammal oʻrganib, kelajakda xuddi men kabi moliyaviy mustaqillikka erishish imkoniyatiga ham ega boʻlasiz!
📅 SENTYABR VA OKTYABR IMTIHONLARI UCHUN QABUL OCHILDI!
Hozirda 2 ta maxsus guruh shakllantirilmoqda. Oʻzingizga yoqqan tarif va qulay vaqtni tanlashingiz mumkin.
✨ Kursimizning eng asosiy ustunliklari:
📡 Telegramda jonli efir: Darslar sizga qulay formatda, toʻgʻridan-toʻgʻri Telegram platformasida jonli efirda oʻtiladi.
⏱ Tezkor moslashuv: Atigi 1 hafta ichida haqiqiy imtihon muhiti va jarayonlari toʻliq tushuntiriladi.
📝 Intensiv Mock testlar: 1 oyda barcha darajalar tugatilib, MOCK (sinov) testlari orqali imtihonga kuchli tayyorgarlik koʻriladi.
💎 Maxfiy materiallar: Imtihonda tushishi deyarli aniq boʻlgan eng qimmatli va maxfiy materiallar faqat sizga taqdim etiladi!
📥 Quyidagilar haqida batafsil maʼlumot olish uchun hoziroq yozing:
🕒 Dars vaqtlari va kurs davomiyligi
💰 Oylik toʻlovlar va maxsus chegirmalar
🎁 Qoʻshimcha imkoniyatlar hamda ajoyib sovgʻalar!
👉 Murojaat uchun: @Turkche_kolayca | 2 394 |
| 3 | #Tafakkur
Inson o‘z qalbining jiloviga ega bo‘lishi lozim. Sevsa muhabbati yonida adolat turishi, yomon ko‘rsa nafrati yonida ham adolat turishi lozim. Bir kishini sevganimiz uchun xatolaridan ko‘z yummasligimiz kerak. Boshqa bir kishini yomon ko‘rganimiz sababli uning to‘g‘ri ishlarini ham inkor qilmasligimiz lozim. Asl insonlar garchi yaqin va suyukli insonlari tomonidan sodir etilsada, botilga rozi bo‘lmasliklari kerak. Ular haq garchi dushmanlari tomonidan aytilsa-da, uni inkor qilmasliklari kerak. Yuqoridagi Hajjojni himoya qilgan inson oliyjanob inson bo‘lgan. Hajjoj uning dushmani bo‘lishiga qaramasdan uning obro‘si to‘kilishiga indamasdan qarab turmagan. Uning nazdida adovat boshqa, mardlik boshqa narsa bo‘lgan. Uning mardligi unga dushmanining obro‘si to‘kilishiga indamasdan qarab turishga yo‘l bermagan. Hajjoj ham zolimligi va qotilligiga qaramasdan uning yaxshiligiga yaxshilik bilan javob qaytardi. Yaxshilik qilgan kishining yonida dushmani turganiga parvo qilmadi. Yaxshilikka yaxshilik bilan javob qaytarishni oliyjanoblik deb bildi.
Ular munofiq emas edilar. Qilichning ostida turganda ham qalbidagi narsani ochiq aytishar edi. Birovni oshkor yaxshi ko‘rishar, yomon ko‘rishsa ochiq aytishar edi. Ulardan birovi bir kishini yaxshi ko‘rsa hatto qumlar ham uning sevgisi haqida xabar topar edi. Agar birorta kishini yomon ko‘rsa hatto xurmolar shoxi ham uning nafratidan xabar topar edi. Ular muhabbatdan xijolat bo‘lishmas, yomon ko‘rishdan qo‘rqishmas edi. Ularni axboblaridan va dushmanlaridan tanib olsang bo‘lar edi!
Chiroyli so‘zlar chiroyli natijaga olib boradi. So‘zlar mardlar ulovidir. Har-bir kishi hayot yo‘lidan o‘zining ulovi bilan o‘tadi. Aqlli inson gapirib o‘zini o‘limdan ozod qilishi mumkin. Ahmoq esa gapi bilan o‘zini halok qiladi. Aqlli kishining gapi bilan qilichlar qiniga kiradi. Tentakning gapi bilan esa urushlar boshlanib ketishi mumkin. Oqilning gapi bilan ajralib ketadiganlar qayta birlashadi. Shoshqaloqning gapi bilan esa xotinlar taloq bo‘lib ketadi!
📚 @kitob_nuri | 2 675 |
| 4 | 😁😁😁😁😁😁Telegram blogingiz bor lekin qanday yuritishni bilmaysizmi? Unda bu post siz uchun!
Assalomu alaykum! Men Oybekjon Odilovich. Telegramda daromad qilish bilimlarini 1000$ o'rganyabman va buni sizlarga mutlaqo bepulga o'rgataman
Bu yerda siz:
💰Telegramdan daromad qilish yo‘llari
📈 Progrev va zapusk strategiyalari
🎯 Shaxsiy brend qurish sirlari
📝 Sotuvchi matnlar (copywriting)
🎬 Storytelling va kontent ssenariylari
📣 Telegramdagi xatolar va ularning yechimlari
🧠 Mutaxassis sifatida rivojlanish yo‘li
📚 Biznes, marketing va shaxsiy rivojlanishga oid kitoblardan eng foydali xulosalarni topasiz.
🎁 Bonus: Kanalimiz obunachilariga har hafta eng ommabop va foydali kitoblardan sovg‘a qilinadi.
Siz ham ulardan birini qo‘lga kiritishni istasangiz, hoziroq qo‘shiling.
Agar o‘rganishga va bilimni daromadga aylantirishga tayyor bo‘lsangiz, sizni kanalda kutaman.
https://t.me/+wrAdMYKuAigwM2Ni
https://t.me/+wrAdMYKuAigwM2Ni
https://t.me/+wrAdMYKuAigwM2Ni | 2 802 |
| 5 | #Tarbiya
🗂Oʻz fikriga ega boʻlishni taqiqlash mumkin emas
Bu koʻylakka qaysi shim toʻgʻri kelishini, oʻyinchoqlarni qanday taxlashni va bayram dasturxonida qaysi taomni birinchi yeyish kerakligini onalar, albatta, yaxshi bilishadi. Lekin sizning dilbandingiz toʻlaqonli shaxsdir. Uning oʻz xohishlari, fikrlari va tushunchalari bor. Unga quloq soling. «Men aytganim uchun!» va «chunki»laringiz bola bir ishni qilishi yoki qilmasligi uchun aniq sabab boʻlolmaydi. Unga haqligingizni isbotlang yoki fikriga quloq tuting.
Bolaning xohish va fikrlarini hurmat qiling.
🗂Bolangizga «Bu muhim» prinspini oʻrgating
Agar oʻzingiz haq ekanligingizga ishonchingiz komil boʻlsa va hamma sizni qoʻllab-quvvatlashini bilsangiz, farzandingizga hech qanday munosabat bildirmasdan oʻz ishingizni qilishda davom eting.
Tasavvur qiling: hammangiz narsalaringizni yigʻib, poezdga shoshilyapsizlar. Bunday holda, bolaning: «Men bilan oʻynang!» degan gapini hamma, shu jumladan, buvilar ham osonlikcha e’tiborsiz qoldirishadi. Farzandingizga muhim narsalar borligini oʻrgating. Unga «Bu muhim» degan gapni oʻrgating. Siz uning oldida choʻkkalab, koʻzlariga qarab, yelkalarini ushlab, xotirjam va qat’iy ayting: «Kattalar hozir tayyorlanishi kerak, biz sen bilan keyin oʻynaymiz. Bu muhim!»
Tez orada bola sizni tushuna boshlaydi.
🗂Tuygʻular natijadan afzal
Oʻqituvchilar va ota-onalar jamoasi bor kuchlarini bolaning muvaffaqiyatli boʻlishlari uchun sarflashadi. Bu xuddi oddiy holdek tuyuladi, lekin bu tilda ular foydalanadigan usullar bolalarni oʻzini qadrlash hissidan mahrum qiladi. Bolani faol va harakatchan qilib tarbiyalamoqchi boʻlishadi. Bola esa buni xohlamasligi mumkin. Muhimi – natijaga erishish, bunda bolaning hislari va xohishlari inobatga olinmaydi. Tabiiyki, bunday tarbiya natijasida baxtsiz va depressiyaga beriluvchan bolalar koʻpayadi.
🗂Bolaga oʻziga mos munosabatda boʻling
Koʻp tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, taxminan, 2 yoshlarda bola unga doimiy aytib kelingan ikki soʻzni nazariga ilmay qoʻyadi: «Balli» va «Mumkin emas».
Bu soʻzlarga nisbatan bolada umuman reaksiya boʻlmaydi. Bular mos boʻlmagan iboraga aylanib qoladi. Bola koʻlmakchada oʻynagisi kelsa, biz unga «Suv sovuq, senga yoqmasligi mumkin, chunki oyogʻing namiqib qoladi» demaymiz. Biz unga buni tajriba qilib koʻrishga ham ruxsat bermaymiz va qayta-qayta «Mumkin emas!» deb ta’kidlayveramiz. Qizigʻi shundaki, xuddi shu holat ijobiy motivasiya bilan ham sodir boʻladi. «Sen chizgan quyosh juda chiroyli chiqibdi, kayfiyatimni koʻtarding» deyish oʻrniga «Balli!» deymiz.
Shu sababli soʻzlar va tushunchalar qadrsizlanadi.
🗂Ona bilan munosabat qanday boʻladi?
«Bolaga ona mehri haddan oshiq berilsa ham, oʻta kam berilgan boʻlsa ham zararli», – deydilar. Bu haqiqatmi?
Aslini olganda, ha. Faqatgina maqtayverish yoki, aksincha mehrdan mahrum qilish ham yaxshi emas. Ona doim bolasini koʻklarga koʻtarsa, oʻzini unga moslasa, urishgani qoʻrqsa, farzand zaif boʻlib voyaga etishi mumkin. Boshqa odamlarning uning aytganiga koʻnib ketadigan katta hayotga u tayyor boʻlmaydi.
Agar biz bolamiz stressga chidamli boʻlishini xohlasak, unga hayotda har xil vaziyatlar boʻlishi ehtimoli borligini tushuntirishimiz lozim.
🗂Giperhimoya oqibatlari
Bolaning rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan ota-onaning oʻta koʻp mehribonligi oqibatlari. Agar ota-onalar bolani uyda taltaytirib (oʻta koʻp mehr berib, giperhimoyada) oʻstirayotgan boʻlsalar, bola xuddi shuni oila tashqarisidagilardan ham kutadi. Unga xuddi shunday munosabatda boʻlishmaganidan keyin bola eziladi.
Gohida ota-onalar uning asoslanmagan talablarni qondirishadi va buni toʻgʻri deb oʻylashadi. Ammo bolaning talablari koʻpayib boradi. Uning hamma injiqliklarini koʻtarish bolani bir necha kun baxtli qilishi mumkin, ammo butun umriga yomon ta’sir qiladi.
Har narsada me’yor yaxshi.
📖«Sevdirib tarbiyalang» kitobidan
📚 @kitob_nuri | 3 036 |
| 6 | 😊 Mutolaa’ning veb versiyasi ishga tushdi!
💻 Endi nafaqat telefoningizda, balki planshet va kompyuteringizda ham “Mutolaa” bilan kitob o‘qishingiz va tinglashingiz mumkin bo‘ladi!
⚡️ Buning uchun atigi bitta qadam — mutolaa.uz manziliga oʻting va kitob oʻqishni boshlang. Hammasi oson.
📚 Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi: mutolaa.uz | 2 684 |
| 7 | 📌 Hayo va xijolatning farqi
Nabiy sollallohu alayhi vasallam ansorlardan bir kishining oldidan o‘tib qoldilar. U boshqa bir birodariga hayo haqida gapirayotgan edi. Ya’ni, “ko‘p hayoli bo‘lish ham kerak emas”, deyayotgan edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga dedilar:
“Uni o‘z holiga qo‘y. Hayodan faqatgina yaxshilik keladi!”.
Ko‘pchilik insonlar “hayo” bilan “xijolat bo‘lish”ning orasini aralashtirib yuborishadi. Ularni bitta narsa deb o‘ylashadi. Aslida esa ular orasidagi farq yer bilan osmon qadardir. Hayo maqtovli xulqdir. Xijolat bo‘lish esa yomon xulqdir. U shaxsiyatning zaifligidir.
Hayo buyuk xulq bo‘lib, u dindagi salobatdan kelib chiqadi. Ya’ni, hayoli inson barcha qilmishini Alloh ko‘rib turgani uchun Undan hayo qiladi. Hayo haqida aytilgan eng go‘zal jumla quyidagi jumladir:
“Hayo boshni pastga tushirish yoki yuzning qizarishi emas. Hayo bu Alloh seni qaytargan narsalarida topmasligi, amr qilgan narsalarida yo‘qotmasligidir!”.
Hayoning natijalaridan biri qalbning yumshoqligi va tabiatning yoqimli bo‘lishidir. Hayo o‘z sohibini boshqalarga birgina so‘z bilan bo‘lsada aziyat bermaslikka undaydi. Hayoli inson so‘zlarini boshqalarga aziyat bermasligi uchun tanlab-tanlab gapiradi. Hayo o‘z sohibini boshqalarga nisbatan burchlarini bajarishga undab turadi.
Hayo payg‘ambarlar xulqidir. Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda shunday deyiladi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam chimildiqdagi kelinchaklardan ham hayoliroq edilar. Biror narsani yoqtirmasalar buni yuzlaridan bilsa bo‘lar edi!”.
Hayo Alloh taoloning sifatlaridan biridir. Hadisda keladi: “Robbingiz hayoli va saxiydir. Bandasining O‘zi tomon duo qilib cho‘zilgan qo‘lini quruq qaytarishdan hayo qiladi!”.
Hayo farishtalar xulqidir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam Usmon ibn Affon roziyallohu anhu haqlarida: “Farishtalar ham hayo qiladigan kishidan men hayo qilmaymi?!”, deganlar.
Hayo iymonning shoxlaridan biridir. Hadisda: “Iymonning yetmishdan ortiq shoxlari bor. Hayo iymonning shoxlaridan biridir!”, deyiladi.
Xijolat qilish esa yomon xulqdir. Zero, inson u bilan o‘zini boshqalardan past hisoblaydi, boshqalar oldida o‘zini nuqsonli his qiladi. O‘ziga ishonmaganidan kishilar oldida o‘zini odamovi sezadi. Xijolat bo‘lishning eng yomon turi insonning o‘z haqqini talab qila olmasligi, o‘zini himoya qila olmasligidir. U buni hayo qilish deb o‘ylaydi. Aslida esa u xijolat qilish va qo‘rqoqlikdir.
Bu ikkalasining orasini yaxshi ajratib olishimiz lozim. Ana shunda hayoni maqtab, hayoli insonni shijoatlantiramiz, xijolat bo‘lishni muolaja qilib uni tugatamiz.
Bolalarimiz xijolat bo‘lganida xursand bo‘lmasligimiz lozim. Uni odobning yuqori cho‘qqisi deb o‘ylamasligimiz kerak. Ular xatarli kasallik bilan kasallangandir. Uni davolamasak katta bo‘lganida xijolat bo‘lish ularning hayotini barbod qiladi.
©️Abdulqodir Polvonov
📚 @ilm_duri | 4 369 |
| 8 | ⚡️Rasman: Qabul yakunlandi!
imtihonga tayyorlanish uchun BEPUL sinov testlar boshlandi!
Hoziroq yap-yangi eng SARA ORGINAL testlarni ishlang!😎
Edu-talim.uz platformasi hamda Tashkent Metropolitan University hamkorligida navbatdagi BLOK Test tashkil etilmoqda!
📆 Test 28-iyun 23:59 gacha;
Joriy yilda ko’pchilik abituriyentlarda milliy yoki xalqaro sertifikat mavjud. Shu sababli onlayn testni o’zingizga qulay formatda yechishingiz mumkin:
Mutaxassislik blokdan test
📝 Ona tili va adabiyot
🧮 Matematika
🌏 Geografiya
🧬 Biologiya
🇺🇸 Ingliz tili
📋 Huquq
⚛️ Kimyo
💻 Fizika
⚔️ Tarix
Majburiy blokdan test
📕 Ona tili
📕 Matematika
📕 Tarix
5 blokli test
(2 mutaxassislik + 3 majburiy fan)
😭 TMU - Toshkentdagi “yurisprudensiya” yoʻnalishiga ega, 100% lik GRANT imkoniyati mavjud hamda IELTS 6.5 yoki CEFR B2 sertifikati bilan BEPUL o’qitiladigan universitet.
Ishtirok etish uchun hoziroq ro’yxatdan o’ting:
👉 @TESTOLOGBOT
👉 @TESTOLOGBOT | 2 250 |
| 9 | "Er baliq oviga qarmog‘ini olmay chiqib ketgan paytda, xotin uning ikkinchi qarmog‘i borligi haqida shubhaga bora boshlaydi". ©️
📚 @kitob_nuri | 3 323 |
| 10 | #Tafakkur
📌Biz tuyg‘ularimiz uchun emas, amallarimiz uchun javob beramiz
Ibnul Javziy rohimahulloh o‘zining «Axborun niso» nomli kitobida shunday zikr qiladi:
«Aytishlaricha, Hajjoj ibn Yusuf (zolim) Abdurrahmon ibn Ash’asni qatl qilib, uning sheriklarini qo‘lga olgach, ularning boshini olishga amr qildi. Shunda ulardan bir a’robiy Hajjojga dedi:
- Ey amir! Mening senga bir gapim bor edi.
- Nima ekan?
- Abdurrahmon ibn Ash’asning huzurida o‘tirganimda u seni yomonlay boshladi. Men sen haqingda u bilan tortishdim!
- Bu ishingga kim guvoh bo‘ladi?
Shunda ulardan bir kishi turib uning bu gapiga guvohlik berdi. Shunda Hajjoj dedi:
- U bizni himoya qilgani uchun uni qo‘yib yuboringlar!
So‘ngra Hajjoj guvohlik bergan kishiga qarab dedi:
- Sen unga o‘xshab meni himoya qilishga yaramadingmi?!
Guvohlik bergan kishi dedi:
- Senga bo‘lgan nafratim unga o‘xshab gapirishga yo‘l bermadi!
Hajjoj dedi:
- Rost gapirgani uchun uni ham qo‘yib yuboringlar!
So‘ngra boshqa bir kishi turib dedi:
- Ey amir! Biz garchi xato qilib yomonlik qilgan bo‘lsakda, sen avf qilib juda yaxshi ish qilding!
Hajjoj o‘ldirilgan kishiga qarab dedi:
- Mana bu o‘laksaning holiga voy bo‘lsin! Allohga qasamki, agar sizning ichingizdan kimdir boshida anavi a’robiyga o‘xshab gapirganida birortangizni o‘ldirmas edim!
Ikki holatda insonning ko‘zlari ko‘r bo‘lib qoladi:
1. Qattiq yaxshi ko‘rib qolganida.
2. Qattiq yomon ko‘rib qolganida.
Biz birovni sevib qolsak uning ayblarini ko‘rmaymiz. Birovni yomon ko‘rib qolsak, yaxshiliklarini ko‘rmaymiz. Onalarimiz aytib berishlaricha, Sulaymon alayhissalom boyqushga bir munchoq berib: «Buni eng go‘zal qushga taqib qo‘y!», debdi. Boyqush munchoqni o‘g‘lining bo‘yniga taqib qo‘ygan ekan!
Tuyg‘ularda haddan oshish yomonlangandir. Muhabbatda bo‘ladimi, nafratda bo‘ladimi buning farqi yo‘q. Ammo biz muhabbatda haddan oshishni to‘g‘ri tushunamiz. Chunki muhabbat buyuk tuyg‘udir. Nafratda haddan oshishni esa yomon ko‘ramiz. Chunki nafrat yomon tuyg‘udir. Muhabbatda haddan oshishga misol Ya’qub alayhissalomdir. Ya’qub alayhissalom Yusuf alayhissalomni shunchalar qattiq yaxshi ko‘rar ediki, uning muhabbati Ya’qub alayhissalomning qalbini to‘ldirib tashladi. Hatto boshqa o‘g‘illari borligini ham unutdi. Ya’qub alayhissalom payg‘ambar va ma’sumdir. Ammo payg‘ambarlarning ma’sumligi dinda va yetkazishi lozim bo‘lgan narsalardadir. Ammo dunyoda esa ulardan kichik xatolar sodir bo‘lib turadi. Bu kichik xatolar payg‘ambarlik axloqiga putur yetkazmaydi. Ularning xatolari bizlarga dars bo‘lishi uchundir. Ya’qub alayhissalom Yusuf alayhissalomning yolg‘iz o‘ziga qattiq muhabbat qilib xato qildi. Ya’qub alayhissalom boshqa o‘g‘illarining Yusuf alayhissalomga nisbatan his qilgan salbiy tuyg‘ulariga sababchidir. Bunga Qur’on shohidlik beradi. Ular otalari muhabbatini qozonish uchun Yusuf alayhissalomdan qutilmoqchi bo‘lishadi. Ya’ni, Ya’qub alayhissalom o‘zini shunday tutdiki, go‘yo Yusuf alayhissalom akalari bilan otalarining ularga bo‘lgan muhabbati o‘rtasidagi to‘siq edi. Alloh taolo bizga farzandlarimiz o‘rtasini ajratmasligimizni ta’lim bermoqda. Agar birortasini boshqalaridan ko‘proq yaxshi ko‘rsak (bu tabiiy albatta) uni oshkor qilmasdan qalbimizda saqlashimiz lozim.
Biz tuyg‘ularimizni muomalaga aylantirishimiz lozim. Zero biz tuyg‘ularimiz uchun emas, amallarimiz uchun javob beramiz!
Qalbning farzandlardan biriga moil bo‘lishida ayb yo‘q. Ammo muomalada adolat qilmaslikda gap ko‘p. Ammo nafratda haddan oshishga kelsak, bizga Iblis ibrat to‘g‘risida yetarlidir. U jannatda turib Allohning amriga qarshi bordi. U Odam bolalariga qarshi kurashishi uchun Allohdan qiyomatgacha umr so‘radi. Bu ishining narxi hatto do‘zax bo‘lishiga ham parvo qilmadi.
©️Abdulqodir Polvonov
📚 @kitob_nuri | 3 959 |
| 11 | 🔔Diqqat Diqqat
YOZGI kursga start beramiz 🇹🇷
Yozning issiq kunida uydan chiqmasdan Turk tili o'rganing.
Atiga 3 oy davom etadigan kursini siz 275 so'mga sotib olishingiz mumkun.
🗓️ Darslar Haftasiga 4 kun. Dastlab 3 kun gramatika, 1-kun konuşma (og'zaki) .
Keyingi oylardan o'rin almashtiramiz. 😊
⏰ Darslar : 26-iyun dan boshlanadi.
Vaqti : 13:30 da
❗ Kursga faqat ayol-qizlar qatnasha oladi.
✅Kursda siz 100% jonli dars
✅Qo'llanmalar
✅ Imtixon saviyasidagi MOCK teslar
Erishasiz
Batafsil ma'lumot va kursga yozilish uchun
@MirzaodilovaNA
❗ Ba'zi shartlarni bajarish ta'lab etiladi
O'qtuvchi : O'qtuvchi xalqaro (C1) sertifikat sohibasi
@MirzaodilovaN - natijalar bu yerda | 3 262 |
| 12 | #Tafakkur
Alloh nasib ettirishidan avval imtihon qiladi, undan o‘ta olsang erishasan.
📚 @kitob_nuri | 4 868 |
| 13 | 📌Sevmagan qalb
Xatib Bag‘dodiy rohimahulloh o‘zining «Tarixu Bag‘dod» kitobida keltiradi:
«Obidlardan Abu Usmon Hiyriy an-Nasoburiyning xotini Maryamdan eshitdim. U shunday dedi:
«Bir kuni erim Abu Usmon yolg‘iz o‘tirganini ko‘rib qoldim. Vaqtni g‘animat bilib so‘radim:
- Allohning huzurida eng umid qiladigan amalingiz qaysi amal?
Abu Usmon dedi:
- Ey Maryam! Men ulg‘aygach, meni uylantirishga harakat qilishdi. Men ko‘nmadim. Bir kuni bir o‘ralgan ayol keldi. U menga dedi:
- Ey Abu Usmon! Allohning haqqi bilan so‘rayman, menga uylansangiz!
Men so‘radim:
- Otang bormi?
- Ha bor. Falonchi tikuvchi mening otam bo‘ladilar!
Men uning otasini topib bordim va uning qo‘lini so‘radim. Otasi xursand bo‘lib rozi bo‘ldi. Guvohlar ishtirokida nikoh aqdi bo‘lib o‘tdi. Go‘shangaga kirdim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, ko‘zlari g‘ilay, o‘ta xunuk va badbashara, oyoqlari cho‘loq bir qiz turibdi. Darrov: «Allohim, menga qilgan taqdiring uchun Senga hamdlar bo‘lsin!», dedim. Oila a’zolarim meni malomat qilishar edi. Men esa xotinim bilan birga bo‘ldim. U menga qattiq o‘rganib qoldi. Ko‘chaga chiqishimga toqati yo‘q edi. Uning rioyasi va qalbi sinmasligini o‘ylab, hatto, zikr va ilm majlislarga ham bormay qo‘ydim. O‘n besh yil shu holatda o‘tdi. Men go‘yo cho‘g‘ ustida turgandek yashadim. Ammo toki u vafot qilguncha hislarimni unga bildirmadim, uning qalbini sindirmadim!
Allohning huzurida mana shu amalimdan ko‘ra umidli amalim yo‘q!»
Kimdir: «Inson o‘z qalbi sinishi evaziga boshqaning ko‘nglini olishi shart emas. Kimdir meni yaxshi ko‘rsa u bilan murosa qilishim mumkin, ammo umrimni unga narx sifatida berish evaziga emas!», deyishi mumkin. To‘g‘ri, uning gaplari haq. Inson degani qalbdir. U qalbini qayerda topsa, o‘sha yerda yashaydi.
Ha, bizga nisbatan qalbida muhabbati bor har bir insonni qadrlaymiz. Ammo qadrlash boshqa, uning ortidan yurish boshqa.
Bir kishi sizga muhabbat qildi. Siz buning evaziga unga mulozamat (yolg‘ondan yaxshi muomala) qildingiz. Bu holatda siz uning ko‘nglini olish o‘rniga qalbini sindirib qo‘yasiz!
Chunki, kuni kelib mulozamat ham qila olmaydigan kun keladi. Ana shundagi uning og‘rig‘i oldingidan ham yomonroq bo‘ladi!
Yaxshi ko‘radigan kishiga eng og‘ir holat shuki, unga siz avval umid berasiz. Siz bergan umidlar ustiga u o‘z orzularini bino qila boshlaydi. So‘ngra birdan sizdagi umidlari puchga chiqadi. Orzulari pastga qulaydi!
Og‘ir holatlardan yana biri shuki, siz avval kimningdir qalbiga sham yoqasiz. So‘ngra u shamni qattiq puflab o‘chirasiz!
Avvaldan ochiq bo‘ling. Muhabbat yo‘lidan majburan, xijolat bo‘lib, mulozamat bilan yurmang!
Bir tomonlama muhabbatni bir do‘stim boshidan o‘tkazgan. Mulozamat qilishdan boshqa chorasi qolmagan. Ayoliga umuman ko‘ngli bo‘lmagan. U o‘zining ahvolini shunday bayon qilgan edi:
«Shunday lahzalar bo‘ldiki, xotinim qo‘lini qo‘limga qo‘ysa, qo‘limning uzilib tushishini orzu qilar edim!».
Do‘stim xotinining ko‘nglini rioya qilib yashadi. Ammo o‘z ko‘nglini unga to‘lov sifatida berdi!
Men yuqorida aytgan gaplarga uylanishdan oldin amal qilinsa yaxshi bo‘ladi. Ammo umr yo‘lida yurishni boshlar ekansiz, uning haqqini to‘lab qo‘yishingiz lozim bo‘ladi. Insonlar qalbi tajriba o‘tkaziladigan quyon emas. Ularning ko‘ngli, ularning obro‘si eskirsa, tashlab yuboriladigan kiyim emas. Hamma uylar ham sevgi asosida bunyod bo‘lavermaydi.
Ko‘p uylar mehr, o‘zaro hurmat, rahm-shafqat va Allohning mas’uliyatli ahdi asosida quriladi.
Hech kim boshqa birovni sevmaganiga uylantirishga majburlay olmaydi. Yo‘qsa, buning to‘lovi barchaga og‘ir bo‘ladi. Abu Usmonga o‘xshaganlar esa nihoyatda kamyob!
©️Abdulqodir Polvonov
📚 @kitob_nuri | 4 573 |
| 14 | Nega shuncha kitob o’qishingizga qaramay, o’zgarmaysiz? Ba’zi haqiqatlarni bilasiz-u amal qilmaysiz? Mana shu savollarga javob olish uchun pastdagi kanalga kiring👇🏻
@islom_nurmurod | 3 791 |
| 15 | #Tafakkur
Yomon er bo‘lib, yaxshi ota bo‘lishning iloji yo‘q.
Yomon xotin bo‘lib, yaxshi ona bo‘lishning iloji yo‘q.
Yomon xodim bo‘lib, yaxshi rahbar bo‘lishning iloji yo‘q.
Yomon shogird bo‘lib, yaxshi ustoz bo‘lishning iloji yo‘q.
📚 @kitob_nuri | 5 750 |
| 16 | #Tafakkur
"Mensiz hayot to‘xtaydi, men hayotga kerakman", degan kishilar bilan qabrlar to‘la!
Sharl De Goll
Mana biz ularsiz ham yashayapmiz. Ularsiz ham inshaalloh barchasini uddalaymiz! Ularsiz ham ochdan o‘lmaymiz.
Inson ko‘tarilgani sari o‘ziga katta baho berib boraverar ekan. Indamasang oxiri borib "men sizning oliy Robbingizman" deyishdan ham toymas ekan. Buni hayot tasdiqladi.
Shunaqa insonlarni ko‘rdim, yursa yer titrar edi. Go‘yo dunyo ular borligi uchun turganday his qilar edi o‘zini. Hayoti oxirida og‘zidagi so‘lagiga ham ega chiqa olmadi. Birovlar artib qo‘yar edi so‘lagini.
Inson ojizgina bir maxluq. U o‘zidan ketib qolmasligi kerak. Qudratda tengsiz Robbisi borligini doim yodida tutmog‘i darkor! ©️
📚 @kitob_nuri | 6 549 |
| 17 | #diqqat_tanlov
📚 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” 2026-yildagi 2-mavsumini e’lon qiladi!
Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
🔹1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔹2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43;
🔹3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128);
🔹4-o‘rin (4 nafar) – Planshet (4/64);
🔹5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi
🔸1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128);
🔸2-o‘rin (2 nafar) – Planshet (4/64);
🔸3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32;
✅ Tanlovda qatnashgan barcha QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok etish👇
https://t.me/kitobtanlovbot?start=8405275835 | 4 897 |
| 18 | #Tafakkur
Ba’zilar hayotingga ne’mat bo‘lib keladi, ba’zilar esa dars bo‘lib keladi. Sen ne’matni qadriga yet, darsdan esa ta’lim ol.
📚 @kitob_nuri | 5 575 |
| 19 | #suhbat
🎤 "Qalbi yo'q odamning aurasi zaif bo'ladi"
🎤Hasanxon Yahyo Abdulmajid bilan
Suhbat davomida qalb tarbiyasi, insonning ichki dunyosini shakllantirish, maktab davrining shaxs rivojiga ta’siri hamda ustoz va ota-onaning farzand tarbiyasidagi o‘rni haqida chuqur va hayotiy fikrlar bildirildi.
Shuningdek, domla o‘zlarining maktab davridagi xotiralari, ustozlardan olgan saboqlari va bugungi yoshlar tarbiyasiga oid muhim mulohazalarini ham samimiy tarzda ulashdilar.
💖 Taymkodlar:
00:00 - Tizer
01:20 - Kirish
02:00 - Me'yorni qaysi nuqtada ekanligini aniqlash
06:00 - Ta'lim va tarbiya
09:15 - Qalb tarbiyasi kerak
12:50 - Ruhiy tarbiya nima va qanday o'qitish kerak?
26:35 - O'zlikni tanish
41:50 - O'qituvchining ta'lim berishi haqida
58:00 - Ta'lim standartlari qanday bo'lishi kerak?
01:06:40 - Ota-onalar kengashi tashkillashtirish haqida
01:15:55 - Farzandlarni jazolash, qiynash mexanizmi qanday bo'lishi kerak?
01:24:05 - Qattiqqo'llik va yumshoqlilik me'yorini qanday topish mumkin?
01:38:35 - Otaliq ixtiyoriga berish kerakmi?
01:45:50 - Erkak ustoz nega kam?
01:50:50 - Dunyoning muvozanati buzilishi haqida
02:00:00 -- Xulosa
️📚 @kitob_nuri | 5 400 |
| 20 | Араб тилида сузлашишни истайсизми? ⁉️
Араб тили Грамматика курсимизга кабул очик☑️
Болалар 5 ёшдан бошлаб кабул килинади 😍
Катталар учун гурухимиз
Душанба , Жума куни 6:00да
Устоза : BINTU SIDDIQ
Маълумот учун:
🔰SEFR сертификатига эъга
🔰Москва Ислом Институти хамда Казань Университети 3-курс талабаси
🔰Дарс утиш конуний рухсатига эъга
🔰600+ ортик укувчиларни укитган устоза
Жойлар чекланган шошиламиз
🛑Курс нархи атиги :199 минг сум🛑
Устоза : BINTU SIDDIQ
Мурожат учун: @Aishaxon12 | 2 608 |
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
