Mobil kutubxona
Open in Telegram
Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
Show more7 626
Subscribers
-824 hours
-527 days
-15530 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+2
in 0 channels
August '26
+61
in 0 channels
Get PRO
July '26
+77
in 0 channels
Get PRO
June '26
+83
in 0 channels
Get PRO
May '26
+89
in 0 channels
Get PRO
April '26
+81
in 0 channels
Get PRO
March '26
+96
in 1 channels
Get PRO
February '26
+65
in 0 channels
Get PRO
January '26
+86
in 0 channels
Get PRO
December '25
+96
in 0 channels
Get PRO
November '25
+77
in 0 channels
Get PRO
October '25
+116
in 3 channels
Get PRO
September '25
+86
in 0 channels
Get PRO
August '25
+80
in 4 channels
Get PRO
July '25
+45
in 2 channels
Get PRO
June '25
+57
in 2 channels
Get PRO
May '25
+50
in 3 channels
Get PRO
April '25
+85
in 8 channels
Get PRO
March '25
+76
in 6 channels
Get PRO
February '25
+132
in 16 channels
Get PRO
January '25
+195
in 23 channels
Get PRO
December '24
+207
in 19 channels
Get PRO
November '24
+629
in 31 channels
Get PRO
October '24
+880
in 41 channels
Get PRO
September '24
+679
in 36 channels
Get PRO
August '24
+717
in 13 channels
Get PRO
July '24
+1 193
in 15 channels
Get PRO
June '24
+1 471
in 34 channels
Get PRO
May '24
+159
in 5 channels
Get PRO
April '24
+623
in 10 channels
Get PRO
March '24
+612
in 13 channels
Get PRO
February '24
+503
in 10 channels
Get PRO
January '24
+376
in 4 channels
Get PRO
December '23
+172
in 7 channels
Get PRO
November '23
+1 112
in 32 channels
Get PRO
October '23
+1 222
in 23 channels
Get PRO
September '23
+1 699
in 0 channels
Get PRO
August '23
+245
in 0 channels
Get PRO
July '23
+167
in 0 channels
Get PRO
June '23
+89
in 0 channels
Get PRO
May '23
+79
in 0 channels
Get PRO
April '23
+89
in 0 channels
Get PRO
March '23
+126
in 0 channels
Get PRO
February '23
+457
in 0 channels
Get PRO
January '23
+790
in 0 channels
Get PRO
December '22
+845
in 0 channels
Get PRO
November '22
+641
in 0 channels
Get PRO
October '22
+530
in 0 channels
Get PRO
September '22
+305
in 0 channels
Get PRO
August '22
+235
in 0 channels
Get PRO
July '22
+592
in 0 channels
Get PRO
June '22
+475
in 0 channels
Get PRO
May '22
+1 174
in 0 channels
Get PRO
April '22
+1 391
in 0 channels
Get PRO
March '22
+1 280
in 0 channels
Get PRO
February '22
+199
in 0 channels
Get PRO
January '22
+688
in 0 channels
Get PRO
December '21
+732
in 0 channels
Get PRO
November '21
+679
in 0 channels
Get PRO
October '21
+1 374
in 0 channels
Get PRO
September '21
+459
in 0 channels
Get PRO
August '21
+424
in 0 channels
Get PRO
July '21
+381
in 0 channels
Get PRO
June '21
+296
in 0 channels
Get PRO
May '21
+208
in 0 channels
Get PRO
April '21
+364
in 0 channels
Get PRO
March '21
+282
in 0 channels
Get PRO
February '21
+288
in 0 channels
Get PRO
January '21
+356
in 0 channels
Get PRO
December '20
+6 826
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 04 September | +1 | |||
| 03 September | 0 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | +1 |
Channel Posts
Repost from ZUKHRO ENGLISH SPHERE
🎯✨ INGLIZ TILI — ENDI MUAMMO EMAS! ✨🇬🇧
💰 Atigi 170 000 so‘m 💸
⏳ BIZ BILAN ANIQ NATIJA! 🚀
📌 Yo‘nalishlar:
🔹 Beginner (1 oy) 📗
🔹 Elementary (3 oy) 📘
🔹 Intermediate (3 oy) 📙
🔹 Speaking Course (1 oy — faqat gapirish) 🗣️🔥
🔹 Multilevel tayyorlov (2 oy — imtihon uchun) 🎯📊
📚 Kurs davomida siz:
✔ Speaking 🗣️
✔ Writing ✍️
✔ Listening 🎧
✔ Reading 📖
✔ Grammar 📚
✔ Vocabulary 🧠
✔ Pronunciation 🔊
🔥 Amaliy mashg‘ulotlar + Speaking practice + doimiy nazorat + motivatsiya 💪
💯 Natija bo‘lmasa — pulingiz qaytariladi! 💵
📩 Hoziroq yozing:
👉 @Teacher_Ravshanova💬
📅 Darslar 7-sentabrdan boshlanadi! 🗓️ KUNDUZGI VA KECHKI GURUHLAR MAVJUD
🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🌟
| 2 | Hikmat — mavridi kelganda so‘zlashdir.
Axloq — so‘zlayotganga quloq tutmoqdir.
Odob — so‘zlayotganning gapini kesmaslikdir.
Zakovat esa — har bir so‘zlovchining gapini rost deb bilmaslikdir.
📚 @kitoblar_apk | 149 |
| 3 | Muhabbat madrasasi: Jannatda ham davom etadigan ibodat...
Ikki inson orasidagi muhabbat to ulardan biri ikkinchisiga "Ey, o'zim!" deya olmas ekan, chinakam bo'lmaydi...
Shu jihatdan qaraganda, ikki sevishgan o'rtasida paydo bo'lgan nafrat - adovatlarning eng shiddatlisidir. Zero bu bir-biriga qorishib ketgan zarrachalarini ajratib olish uchun kurashayotgan ikki ruhning janggidir.
Ruhiyat olamidagi eng ashaddiy dushmanlar - bir-biridan nafratlanib qolgan ikki sevishgandir.
📚 @kitoblar_apk | 231 |
| 4 | ERINGIZDAGI AYBLARNI JUDA YAXSHI BILASIZMI?
Unda bitta savol berib ko‘ring:
«O‘zingizdagi ayblarni ham xuddi shunday aniq bilasizmi?»
Imom Gʻazzoliy insonning ruhiy tarbiyasi haqida juda muhim bir haqiqatni aytadi: inson o‘z nafsidagi ayblarni o‘zi osonlikcha ko‘ra olmaydi.
Chunki nafs o‘zini oqlaydi.
«Men unga baqirmadim, u avval boshladi».
«Men sovuqlashmadim, u menga mehr bermadi».
«Men undan xafa bo‘lmadim, u meni tushunmadi».
«Men talabchan emasman, u mas’uliyatsiz».
«Men nazorat qilmayapman, shunchaki oilamni o‘ylayapman».
Shu tarzda inson juftining har bir xatosini ko‘radi, ammo munosabatda o‘zining qanday hissa qo‘shayotganini ko‘rmay qolishi mumkin.
Gʻazzoliy esa o‘z ayblarini bilishning yo‘llaridan biri sifatida boshqalarda ko‘rgan nuqsonlaridan o‘zini tekshirishni ham keltiradi.
Eringizda sizga yoqmaydigan qandaydir xulq bormi?
O‘zingizdan so‘rang:
«Menda ham shu xulqning boshqa ko‘rinishi yo‘qmi?»
Masalan:
"U meni eshitmaydi", deysiz.
Ammo siz uni tushunishga harakat qilyapsizmi?
U menga mehr ko‘rsatmaydi, deysiz.
Ammo siz mehrni faqat uning berishi kerak bo‘lgan narsa deb qabul qilmayapsizmi?
U meni qadrlamaydi, deysiz.
Ammo siz uning shaxsiy chegaralarini hurmat qilyapsizmi?
U juda tanqidchi, deysiz.
Ammo siz uni doim kamchiliklarini ko‘rsatib tarbiyalashga urinmayapsizmi?
Bu «hamma ayb sizda» degani emas.
Aksincha, sog‘lom munosabatning eng muhim savollaridan biri:
«Juftimni qanday o‘zgartiraman?» emas,
«Bu munosabatda o‘zim nimani o‘zgartirishim kerak?» degan savoldir.
Chunki inson o‘z aybini ko‘rmagan joyda na isloh, na haqiqiy yaqinlik boshlanadi.
Ba’zan oilada bitta odamni o‘zgartirishga harakat qilib yillar o‘tkaziladi.
Holbuki, munosabatni o‘zgartirish uchun avval inson o‘zini ko‘ra olishi kerak.
📚 @kitoblar_apk | 272 |
| 5 | 🔔Farzandingiz ingliz tilida mustahkam poydevorga ega bo'lishini va grammatikani mukammal o'zlashtirishini istaysizmi?
Unda ushbu taklif aynan siz uchun! Yangi ochilayotgan maxsus guruhimizga qabul boshlandi.
📌 Kursimizning asosiy afzalligi – ta'limning aniq maqsadga yo'naltirilganligida:
⬇️Mukammal baza: Noldan boshlab B1+ / B2 darajasigacha davom etuvchi tizimli o'quv dasturi.
⬇️ Katta maqsadlar sari qadam: IELTS va CEFR imtihonlariga tayyorgarlikdan oldingi eng kuchli "General English" (Umumiy ingliz tili) bazasini yaratish.
‼️ Asosiy e'tibor: Ayniqsa, grammatika qoidalarini chuqur tushunish va xatosiz yozish (writing) ko'nikmalarini shakllantirish.
➡️ Mashg'ulotlar tartibi va yondashuv:➡️
⏰ Davomiylik: Haftada 3 kunlik tizimli darslar.
👩🏫 Ustoz: taʼlimda 4+ yillik amaliy tajribaga ega mutaxassisdan professional yondashuv.
😀 Ota-onalar bilan aloqa: Farzandingizning o'zlashtirish ko'rsatkichi va uy vazifalari natijalari doimiy ravishda ota-onalar bilan bo'lishib boriladi (feedback).
➡️🟠Kichik guruh – yuqori natija!
Dars sifatini maksimal darajada ta'minlash uchun guruh faqatgina 8 kishidan iborat bo'ladi. Quvonarlisi shundaki, e'lon berilmasidanoq 3 ta o'rin allaqachon band qilib bo'lindi.
❗️Hozirda atigi 5 ta bo'sh o'rin qoldi.
🔔 Joylar tez to'lib qolmasidan oldin, hoziroq biz bilan bog'laning va ro'yxatdan o'ting!
⚡️ Murojaat uchun: @kursadmin_3 | 282 |
| 6 | Ulg‘ayish, umrda oldinga yurishning eng go‘zal jihati shundaki, vaqt o‘tishi bilan bir paytlar sening butun kuch-quvvating va his-tuyg‘ularingni barbod qilgan ko‘plab narsalarni qanchalik arzimas va mayda bo‘lganini anglab yetasan...
📚 @kitoblar_apk | 406 |
| 7 | Xato qilishdan qo‘rqqan kishi hamma narsadan mukammallikni kutaveradi.
Hayotning tez o‘tishidan qo‘rqqan kishi nazoratchi bo‘ladi.
Yolg‘izlikdan qo‘rqqan kishi haddan ziyod serulfat bo‘ladi.
Omadsizlikka uchrashdan qo‘rqqan kimsa har narsadan o‘zini olib qochadi.
Tanqid qilishlaridan qo‘rqqan kishi hujumchi bo‘ladi.
Sevilmaslikdan qo‘rqqan kishi hamma narsadan mahrum qoladi.
"Zehn tuzoqlari" kitobidan.
📚 @kitoblar_apk | 482 |
| 8 | #taqriz
📘 Pashshalar hukmdori
👤 Uilyam Golding
Samolyot halokatga uchraydi. Bir guruh turli yoshlardagi maktab o‘quvchilari kattalarsiz, qoidalarsiz, kimsaning nazoratisiz kimsasiz orolga tushib qolishadi. Avval boshda bu bolachlarga moydek yoqib tushadi. Uy vazifalari yo‘q, uxlash vaqti bo'ldi deb birov seni majburlamaydi. Shataloq otib o'ynash uchun esa butun boshli orol ixtiyorlarida.
Avval boshda hammasi yaxshi ketadi. Yetakchi saylashadi, chig‘anoqni ushlab turgan kishi so‘zlash huquqiga ega bo‘lishiga, qutqaruvchilar payqashi uchun gulxan yoqib turishga kelishib olishadi. Ammo keyin... Hammasi asta-sekin parchalanib, ibtidoiy holiga qayta boshlaydi.
Golding va "Pashshalar hukmdori"ning kuchi ham shu joyda ko'rinadi. Muallif bizni yovuzlikning tashqaridan kelmasligiga, bu orolda hech qanday yovuz qahramon, maxluq yoki boshqa tahdid yo‘qligiga asta-sekin, zinama-zina guvoh qiladi.
Vahima bolalarning o‘zida, uydirma va qo‘rquvlaridan kurtak otadi. Ular qo‘rqayotgan maxluq changalzorda emas har birining ichida yashayotgandi. Aslida har doim ham shunday, eng qo'rqinchlisi inson...
Mening, o‘zimning mana shu "madaniylashgan" qiyofam va ichimdagi ibtidoiy qorong‘i kuchlar o‘rtasidagi chegara qanchalik nozik? Ular qanchalik bir-biriga yaqin joyda turibdi?
Hech kim kuzatmayotgan, hech qanday qonunlar amal qilmaydigan va hech qanday oqibatlar tahdid solmaydigan vaziyatda mening qadriyatlarim evriladimi yoki yoʻqmi? Kitobdagi vaziyatga tushsam ularga nima bo‘ladi?
Sizni shu savollar haqida, ularga aniq javobingiz boʻlmasa-da javoblar haqida oʻylashga majbur qila olishining oʻzi asarning eng katta missiyalaridan biri bajarilganining belgisi boʻlsa ajabmas.
Bu romanni nega oʻzbeklar ham oʻqishi kerak oʻzi? Axir u "britaniyalik" yoki "g‘arblik" bolalar haqida emasmi? Bizga nima? Yoʻq, bu kitob butun insoniyat haqida. Va undagi oʻrtaga qoʻyilgan savollar har qanday madaniyat chegarasidan oshib o‘ta oladi.
Biz bo‘linishlar, to‘da bo‘lib fikrlash va dononing ovoziga emas, eng baland baqirganning ovoziga ergashtiruvchi vasvasalarga boy zamonda yashayapmiz.
O‘z qadriyatlari, qonunlari va ijtimoiy tuzilishi haqida jiddiy qayg‘uradigan xalq uchun bu kitob haqiqiy ko‘zgu desak boʻladi. Faqat shu koʻzguga boqqanimizda uyatsizlarcha bezrayib turmasak bas...
📚 @kitoblar_apk | 516 |
| 9 | ⚫️Baxtli bo‘lish uchun uzoqqa ketishning keragi yo‘q, o‘zingizga kelsangiz bo‘ldi.
⚫️Mish-mish va g‘iybat gaplardan ranjimang, chunki haqiqat bundan ham dahshatliroq bo‘lishi mumkin.
⚫️Boy-badavlat bo‘lish uzoq va oqibatsiz qarindoshlarni tez topvolishning oson yo‘lidir.
⚫️Hayot – teatr, ssenariyni esa hech kim bilmaydi, biroq hamma suflyorlikka da’vogar.
⚫️Hamma narsaga ega bo‘lishni xohlaydigan emas, balki ko‘p narsalardan voz kecha oladigan odam kuchlidir.
📘 Hessening so‘nggi muhabbati
📚 @kitoblar_apk | 550 |
| 10 | Davlatchiligimiz tarixi yoki Milliy uyg‘onish davriga bir nazar
Milliy istiqlolimizga o‘z-o‘zidan erishib qolganimiz yo‘q. Bu yo‘lda to‘kilgan qon va berilgan qurbonliklarni ko‘pchilik bilavermaydi. Ajdodlarimiz orzu qilgan Mustaqillik 1991 yilda go‘yo silliqqina amaliyotda osongina qo‘lga kiritildi degan yanglish tasavvur bor.
O‘zbekiston davlatchiligi Amir Temur va undan oldingi davrlarga borib taqalishi aytilsada, ammo bundan roppa-rosa 100 yil oldin ro‘y bergan voqealar zamonaviy O‘zbekiston Respubikasining yaralishida muhim rol o‘ynagani xotiramizdan ko‘tarilgan. Shu ma’noda Amerikalik tarixchi olim Adib Xolidning “O‘zbekiston tavalludi” nomli asari yaqin tariximizni o‘rganishda, Milliy istiqlol qahramonlarini tanishda hamda berilgan qurbonliklarni his qilish yo‘lida katta yangilik bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmas.
Pokistonda tug‘ilib o‘sgan, ingliz va urdu tilini ona tilidek biluvchi, o‘zbek, turk, rus, fors, nemis va fransuz tillarini professional darajada o‘zlashtirgan bu tarixchi olim butun ilmiy faoliyatini Turkiston xalqlari tarixini o‘rganishga bag‘ishlagan. Uning mazkur asari oldingi kitoblarining mantiqiy davomi deyish mumkin. Oldingi ilmiy ishlari O‘rta Osiyoda jadidchilik paydo bo‘lishi, rivojlanishi va faoliyati haqida so‘z yuritgan bo‘lsa, bu kitobi zamonaviy O‘zbekistonning yaralishida jadidlarning rolini mubohasa etadi.
Muallif kitob ustida izlanish va turli davlatlarda tadqiqotlar olib borishga o‘n besh yil vaqt sarfladi. Kitobni o‘qirkanmiz, undagi arxiv manbalarning aniq berilishi, keng qamrovligi hamda chuqur tahlil qilinganidan hayratlanamiz.
Muallif bu kitob ustida ishlash jarayonida AQSh Kongressi kutubxonasida saqlanayotgan O‘rta Osiyoga oid bebaho arxiv materiallari, o‘sha davrga taalluqli birlamchi hujjatlar bilan tanishadi. Undan tashqari Fransiya, Germaniya, Britaniya, Rossiya hamda O‘zbekiston davlat muzeylari va arxivlaridan foydalanadi. O‘tgan asrning yigirmanchi yillaridagi maxfiy va siyosiy politsiya OGPU, GPU, NKVD arxiv materiallariga bevosita murojaat qiladi. Milliy istiqlol harakatining darg‘alari ustidan ochilgan soxta jinoiy ishlar, ko‘rsatmalar, davriy matbuotda chiqqan maqolalar bilan tanishadi. O‘sha davr adabiyotini yaqindan o‘rganadi, inglizchaga mohirona tarjima qiladi.
Bu kitobni o‘qiganda bundan yuz yil orqaga qaytgandek, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvar qori, Behbudiy, Fayzulla Xo‘jayev, Akmal Ikromov kabi davlat va jamiyat arboblari, ma’rifatparvar fidoyilar hamda adiblar bilan yuzma-yuz o‘tirib suhbat qurgandek bo‘lasiz. O‘sha davrga xos bo‘lgan talotum, shiddatli o‘zgarish, ocharchilik, qora xalqning yupun ahvolini his qilasiz. Bir tomonda yangicha ish tutish va taraqqiyot tarafdori bo‘lgan jadidlar, ikkinchi tarafda an’anaviy obro‘-e’tiboridan ayrilib qolishdan cho‘chiyotgan hamda o‘zlarini barqarorlik xomiylari sifatida ko‘ruvchi boylar va ulamolar, boshqa tarafdan esa ikkala tarafga ham muntazam bosim o‘takazayotgan bolsheviklar va sovetlar o‘rtasidagi murakkab jarayon qanchalik og‘ir kechganini biroz tasavvur qilasiz.
Nihoyatda puxta tadqiq qilingan, o‘ta yuqori saviyada izchillik bilan izlanish olib borilgan bu kitobda arxiv materiallari va foydalanilgan ma’lumotlar aniq-tiniq ko‘rsatib o‘tiladi.
Kitob o‘n ikki bobdan iborat bo‘lib, har bir bobida bir nechta mavzular haqida so‘z boradi.
Birinchi bobda Chor Rossiyasi davrida O‘rta Osiyo ziyolilarning islohot yo‘lida tutgan roli haqida gap ketadi. O‘rta Osiyoning bosib olinishi, Xonlar taxtdan olinib, ba’zilari surgun qilingach, ular saqlab kelgan obro‘-e’tiibor, nufuz, mansablar sekin-asta diniy ulamolar va sanoatchi boylarga o‘tgani, rus tuzem maktablarida ta’lim olgan ayni paytda islomiy va mahalliy an’analarni ham chuqur bilgan ma’rifatchi qatlam, ya’ni jadidlar yetishib chiqqani haqida so‘z boradi. Chor Rossiyasi, xususan Fon Kaufman yuritgan diniy siyosat, aniqroq aytsak, Islomga qarshi ochiq-oydin kurashmasdan shunchaki qarovsiz, e’tiborsiz tashlab qo‘yish, Metropol Imperiyaga integratsiya qilmaslik siyosati muhokama etiladi.
©
📚 @kitoblar_apk | 448 |
| 11 | Uylanmaslikning zarari
Dunyodagi devonalarni aksari uylanmaganlardandur. Chunonchi yuz devonadan qirq sakkizi uylanmagan, ikkisi uylangan, biri uyi singan kishi* boʻlubdur.
Zamoni kelib, ammo uylanmay, vaqtini mujarradlik ila oʻtkaraturgan er va qiz bolalar uchun bu mujarradlik, nihoat koʻb jismoniy va botiniy kasal va yomonliklarni paydo qiladur. Va tabiati bashariyadan qattiq jazolar koʻradurlar.
Dunyo mahkamalari va doʻxturlaridan maʼlum boʻladurki, korxonai olamga paydo boʻladurgan jinoyat, odam oʻldurmoq va gunohlarni aksari uylanmagan erlardan sodir boʻlub, uylik kishilardan paydo boʻlgan jinoyat va gunohlarning oldiga nihoyat ozdur. Erlik xotunlardan paydo boʻladurgan jinoyatlar ersiz xotunlardan paydo boʻladurgan gunoh va jinoyatlar oldiga yoʻq hukmidadir. Shundayki ersiz xotunlardan paydo boʻlgan jinoyatlar, xotunsiz erlardan paydo boʻlgan jinoyatlardan ikki martaba ziyodadur.
Dunyodagi devonalarni aksari uylanmaganlardandur. Chunonchi yuz devonadan qirq sakkizi uylanmagan, ikkisi uylangan, biri uyi singan kishi* boʻlubdur. Fransiya, Gollandiya va boshqa mamlakatlarga qilingan hisob va tahqiqtlardan maʼlum boʻladurki, bir toifa uylik odamlardan yuz kishi oʻlganda, uylanmaganlardan 169 nafar va uyi singanlardan 281 nafar oʻlubdur. Uyi singandan soʻngra uylanmaganlarga uysiz turmoqni zarari nihoat koʻpligi, tajriba ham tib va hisob ila muayyan boʻlgandur. Masalan, orzui shahvoniy va mujomaat, tabiatga mustavli boʻlub, anga etmaslik, yaʼni maroq va adam iqtidor umrni qisqa etar.
Nikohsiz ijtimo’dan hadsiz kasallar paydo boʻlub gunohi ortuqchadur.
*Uyi singan kishi – oilasi buzilgan, demoqchi.
📘 Mahmudxo‘ja Behbudiy, Tanlangan asarlar, 2-jild
📚 @kitoblar_apk | 506 |
| 12 | Hamma oʻqishi shart boʻlgan bu kitob xuddi sarguzasht asarday boshlanadi. Samolyot halokatga uchrab, bir guruh bolalar kimsasiz orolga tushib qolishadi. Dastlab oʻziga xos jamiyatcha qurishadi. Tartib-qoidalar belgilanadi. Hammasi yaxshi ketadi. Ammo nazorat qiluvchi kuch yoʻqligi uchun bari izdan chiqa boshlaydi.
Syujet juda qiziq boʻlsa-da, asar ramzlarga toʻla. Ralf – adolat. Jek – kuch va vahshiylik. Saymon – ruhiyat va haqiqat. Piggi – donolik. Chigʻanoq – hokimiyat va demokratiya. Maxluq – inson ichidagi qoʻrquv. Olov – najot. Yosh bolalar – qora xalq.
Muallif ikkinchi jahon urushida qatnashgan va inson naqadar yovuz boʻlishi mumkinligini koʻrgan. Asaridagi kichik orolcha orqali insoniyat sivilizatsiyasini koʻrsatib beradi. Yovuzlik insonning ichida boʻladimi yoki tashqaridan oʻzlashtiriladimi degan savolga javob izlaydi.
Biz gohida axloqiy meʼyorlardan, tartib-qoidalardan, yozilgan va yozilmagan qonunlardan noliymiz. Bular erkinligimizni boʻgʻayotganday tuyuladi. Ammo bularsiz ham boʻlmaydi. Nazorat va qonunsiz sharoitda inson vahshiylashadi. Kuch oʻz soʻzini aytadi. Ojizlar ayab oʻtirilmaydi.
Shu bois qonunlarga, qadriyatlarga, qoidalarga qattiq suyanish, amal qilish kerak. Uilyam Golding bu kitobida sivilizatsiya juda moʻrtligini koʻrsatib beradi. Asar yakunida oʻzingizga shunday savol berasiz:
Barcha qoidalar yoʻqolsa, biz kimga aylanamiz?
📚 @kitoblar_apk | 595 |
| 13 | “Pashshalar hukmdori”ni nega o‘qish kerak?!
Sababi o‘zini “ongli inson”, “madaniy inson”,“imonli inson” deya sharaflagan, “buzilmas”, “aynimas”, “oliy zot” deb ilohiylashtirilgan bashariyatning hali ham ozgina vaziyat va holat paydo bo‘lishi bilan, xuddi hayvonlar kabi yovvoyilarcha yashab qolish uchun kurashuvchi maxluqqa aylanishini – odamiylik bilan maxluqlik orasi juda qisqa va nisbiy ekanini – ko‘rsatib bergan va ogohlantirgan asar bo‘lgani uchun ham o‘qish kerak!
Nazar Eshonqul
yozuvchi
📚 @kitoblar_apk | 642 |
| 14 | Oddiy ongsizlik har doim qandaydir tarzda hozirgi lahzani inkor etish bilan bog'liq. "Hozir" tushunchasi, albatta, "shu yer"ni ham o'z ichiga oladi. Siz hozirgi paytda va shu joyda bo'lishga qarshilik ko'rsatyapsizmi? Ba'zi odamlar doimo boshqa joyda bo'lishni ma'qul ko'rishadi. Ularning nazarida "bu yer" hech qachon yetarlicha yaxshi bo'lmaydi. O'zingizni kuzatish orqali hayotingizda shunday holat mavjudligini aniqlang. Qayerda bo'lmang, butun vujudingiz bilan o'sha yerda bo'ling.
🔖 "Hozirning kuchi" kitobidan
📚 @kitoblar_apk | 637 |
| 15 | 🕰 Nega ko‘pchilik hayot har qachongidan ham osonroq bo‘lsada charchagan?
30-yil avval… Inson ko‘proq mehnat qilar, og‘irroq sharoitlarga chidar edi. Shunga qaramay, ko‘pchilik bugungidan ko‘ra xotirjam va ruhan barqarorroq edi.
Hozir esa deyarli hamma narsa tez va oson bo‘lib qoldi:
ovqat birgina tugmani bosish bilan keladi,
aloqa, muloqot bir zumda amalga oshadi,
ma’lumot esa bir necha soniyalarda topiladi…
Ammo buning evaziga xavotir, stress va ruhiy charchoq darajasi misli ko‘rilmagan darajada oshdi.
Xo‘sh, nima o‘zgardi?
Doktor Abdulkarim Bakar kitobda ushbu muammolarga go‘zal yechimlar bergan. Marhamat "Yashil ufq" ni kashf eting!
📚 @kitoblar_apk | 698 |
| 16 | Yaqinlar shunday dedilar:
«Yusufni o‘ldiring».
Begona esa dedi:
«Uni izzat-ikrom bilan asrang».
Chunki muhabbat — rizqdir,
sen esa rizqing qaysi qalbga yozilganini bilmaysan.
Bu — Yusuf alayhissalomning qissasiga ishora bo‘lib: Uning aka-ukalari — eng yaqinlari — hasad sabab unga zulm qilishni istashdi.
Ammo Misrdagi begona inson (Aziz) uni himoya qildi, qadrladi.
Yaqinlik har doim mehr kafolati emas.
Ba’zan insonni eng ko‘p ranjitadiganlar — aynan unga yaqin bo‘lganlar bo‘ladi.
Begona degani bemehr degani emas.
Alloh kimning qalbiga rahmat solishini O‘zi biladi.
Muhabbat ham xuddi rizq kabi taqsimlanadi.
Mol-dunyo kabi, mehr ham Alloh tomonidan berilgan nasibadir. Zero, inson o‘z rizqini qayerdan kelishini oldindan bilmaydi.
Shuning uchun har bir qalbni Allohga topshirib, Uning taqdiriga taslim bo‘lib, rozi bo‘lmoq kerak.
Kim seni qadrlasa — yaqinmi yo begonami shu inson Allohning senga bergan ne’matidir.
📚 @kitoblar_apk | 626 |
| 17 | KO‘R-CHI...
Gʻarbliklar ichida sharq bo‘lib ko‘r-chi,
Sharqliklar ichida g‘arb bo‘lib ko‘r-chi.
Agar o‘xshamasang ularga bir zum,
Osarlar, Mashrabdek farq bo‘lib ko‘r-chi.
Asalxonaga kir, talaydi ari,
Ularga endi bir talx bo‘lib ko‘r-chi...
O‘lmoqqa biror bir chora izlama,
Qo‘ymay yetalarlar, g‘arq bo‘lib ko‘r-chi.
Xayrullo, ularning ashulasin ayt,
Olomon ichida xalq bo‘lib ko‘r-chi...
✍️ Xayrulla Hamidov | 590 |
| 18 | Go‘daklar fitrati toza shaxslar
Go‘daklar bilan vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘raman, chunki ular to‘g‘riso‘z va ochiq. Ulardagi samimiyat sizga ham yuqmay qolmaydi.
Go‘dak nimani o‘ylasa, shuni tilga chiqaradi. Hissiyotlarini yashirmaydi. Go‘dak bilan vaqt o‘tkazgan istalgan kishiga tanish holat: masalan, avtobusda kimgadir ishora qilib, baland ovozda bu odamning sochi yo‘q ekan, deyishi mumkin. Uyatdan yer yorilsa, kirib ketgudek bir ahvolda o‘tirganimizda, bolaning parvoyi falak bo‘ladi. Aynan mana shu to‘g‘riso‘zlik tufayli ham ular bilan vaqt o‘tkazish maroqli.
U bilan aqliy ishoralar, yashirin maqsadlar-u siyosatdan xoli muloqot qila olasiz. Go‘daklar o‘z asliyatini ko‘rsata oladi. Ular o‘zlaridan shubhalanishmaydi. Boshqalarga tanqid ko‘zi bilan qaramaydi. Go‘dakdan o‘rnak olsak yomon bo‘lmasdi.
Simona Devis
“Montessori go‘dak” kitobi muallifi
📚 @kitoblar_apk | 718 |
| 19 | UMRIM BAYONI
Titroq yurib badanlarimda –
Bu bog‘gami kech kelib qoldim.
Halovatga g‘arq damlarimda
Muhabbatga duch kelib qoldim.
Ko‘rib bog‘iy o‘tlug‘ jilosin
Toshdi qalbim faryodi, ohi.
Yuragimning toshli qal’asin
Parchaladi fotih nigohi.
Sevgi tutdi qo‘limga qalam,
Yoniq baytlar quyila ketdi.
To‘lib qolgan ekanmi alam -
Qog‘oz uzra yoyila ketdi.
Do‘stim qilib oldim orzuni,
Mahramidek kuldi tilagim.
Tark ayladi o‘zga mavzuni
Muhabbatga asir yuragim.
Endi mening taqdirim ayon –
Bir nigohning qismatidaman.
Azizlarim, o‘shandan buyon
Muhabbatning xizmatidaman!!!
✍️Xayrulla Hamidov | 635 |
| 20 | Majlismish. Majlisbozlikni juda yaxshi ko‘ramiz. Har kuni shu ahvol. Kuniga ikki marta. Quruq gap. Hozir burg‘uni olib chalsam bormi, hamma yugurib keladi. O‘shanda tantanavor tus olamiz, kimdir samolyot, suvosti kemasi yoki televizor yasash lozimligini aytadi. Majlis tugashi bilan, besh daqiqa o‘tmay, ishni tashlab qochib qoladi yoki ovga ketadi.
📘 Pashshalar hukmdori
📚 @kitoblar_apk | 667 |
