fa
Feedback
CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

رفتن به کانال در Telegram

Kanada davlatiga o'qish, ishlash va yashash istagida bormoqchi bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun... Menga shaxsan bog'lanish uchun: @Mr_Ali_Canada Xizmatlar: www.canadali.net Instagram: https://instagram.com/kanadalik_uzbek

نمایش بیشتر
8 817
مشترکین
+524 ساعت
-187 روز
-8830 روز
آرشیو پست ها
Agar nasib qilgan bo’lsa 🇨🇦 Kanadaga O’zbekistonlik oilalar kelishda davom etaveradi. Biz esa jamoamiz bilan bu borada qo’ldan kelganicha yordam berib kelmoqdamiz. Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman. Bizga shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada Amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli

Biz davom etamiz. O’zbekistonliklar safini Kanada davlatida yanada oshirishga hissa qo’shishdan mamnunmiz. 🛫🇨🇦😎 Har bir k
+4
Biz davom etamiz. O’zbekistonliklar safini Kanada davlatida yanada oshirishga hissa qo’shishdan mamnunmiz. 🛫🇨🇦😎 Har bir keys bo’yicha o’qib ko’rsangiz batafsilroq ma’lumot berishga harakat qildik. Barcha nomzodlar O’zbekistondan hujjat topshirgan vizaga. Kelgusi natijalarni ham kutyapmiz. Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman. Bizga shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada Amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli

Kanadada "och qolish" mumkin emas desam ishonasizmi? Ishi yo'q, uyi yo'q odam ham och qolib ketmaydi. Qanday qilib? "Foodbank
Kanadada "och qolish" mumkin emas desam ishonasizmi? Ishi yo'q, uyi yo'q odam ham och qolib ketmaydi. Qanday qilib? "Foodbank" deyilgan maxsus tashkilot bor. Kanadaning barcha katta-kichik shaharlarida. Aynan shu tashkilot binosiga borib, yashash uchun eng muhim oziq-ovqatlar (sabzavotlardan tortib sut mahsulotlarigacha, tuxumdan tortib mevalargacha, sariyog', non, shakar, guruch, makaron, un, baliq, pishloq va xokazolar)ni mutlaqo bepulga olish mumkin. Ayrim food banklarda odamlar tayyor qutini olish o'rniga kichik supermarketga o'xshash zalga kirib, mavjud mahsulotlardan o'z oilasi uchun keraklilarini tanlab olishlari mumkin. Bu insonlarning qadr-qimmatini saqlash va isrofni kamaytirishga yordam beradi. Food bank nima? Food bank - bu notijorat tashkilot bo'lib, vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan odamlarga bepul oziq-ovqat beradi. Kimlar foydalanishi mumkin? Ishsizlar, yangi immigrantlar, talabalar, yolg'iz ota-onalar, kam daromadli oilalar, nogironligi bor shaxslar, kutilmagan moliyaviy qiyinchilikka uchragan har qanday odam. Bu tizim faqat uysizlar uchun emas, istalgan odam borsa bo’ladi. Hech kim sizdan pul so'ramaydi. Bu yordam mutlaqo bepul. Nimalar beriladi? To’liq ro’yxat: Sut, tuxum, sariyog', pishloq, yog', non, guruch, makaron, un, shakar, kartoshka, sabzi, piyoz, salat barglari, mavsumiy sabzavotlar va mevalar, dukkakli mahsulotlar, choy, kofe, sharbat, konserva mahsulotlari, tunets yoki losos konservasi, go'sht (muzlatilgan), bolalar ovqati, pampers, gigiyena vositalari va xokazo. Bu mahsulotlar food bankning zaxirasi va xayriyaga qarab o'zgaradi, ammo ko'plab food banklar yangi (fresh) mahsulotlar bilan birga konservalangan mahsulotlarni ham beradi. Oziq-ovqat qayerdan keladi? Supermarketlar, fermerlar, restoranlar, oddiy fuqarolar, kompaniyalar, xayriya aksiyalari. Ko'plab do'konlar sotilmay qolgan, ammo iste'mol qilish uchun mutlaqo yaroqli mahsulotlarni tashlab yuborish o'rniga food banklarga beradi. Aholini o’zi qanday yordam beradi? Kassada xarid qilayotganda $2, $5 yoki $10 xayriya qilishadi, maxsus oziq-ovqat yig'ish aksiyalari bo'ladi, maktab o'quvchilari ham mahsulot yig'ishadi, ko'ngillilar minglab soat bepul ishlab berishadi. Faqat oziq-ovqat emas: Ba'zi food banklarda ish topishga yordam, soliq deklaratsiyasini to'ldirish, moliyaviy maslahat, yangi immigrantlarga yo'l-yo'riq, oshpazlik kurslari, til kurslariga yo'naltirish kabi xizmatlar ham mavjud. Foydalanish tartibi: Odatda: 1-marta foydalanganda ro'yxatdan o'tiladi. Ism va manzil tasdiqlanadi. Oilada nechta odam yashashi aytiladi. Shunga qarab mahsulot miqdori beriladi. Har kuni borsa bo'ladimi? Ko'p food banklarda yordam: haftasiga bir marta, yoki ikki haftada bir, yoki oyiga bir marta beriladi. Bu tizim odamni to'liq boqish uchun emas, qiyin davrni yengib o'tishga yordam berish uchun yaratilgan. Qiziqarli fakt: Kanadada ko'plab universitetlarning ham o'z food banklari mavjud. Talabalar hech qanday uyalmasdan undan foydalanishadi. Yana bir qiziqarli ma'lumot: Ko'plab supermarketlarda "Buy one, donate one" yoki oziq-ovqat yig'ish qutilarini ko'rish mumkin. Bayramlar arafasida esa minglab odamlar food banklar uchun mahsulot hadya qiladi. Muhim jihat: Food bankdan foydalanish: immigratsion maqomga salbiy ta'sir qilmaydi va kelajakda doimiy yashash (PR) arizasiga avtomatik ravishda zarar yetkazmaydi. Xulosa: Kanadada hayot qimmat bo'lishi mumkin. Ishsiz qolish yoki vaqtinchalik qiyinchilikka duch kelish ham hech gap emas. Ammo bu davlatda odamlarning och qolib ketmasligi uchun butun boshli xayriya tizimi shakllangan. Eng muhimi - yordam so'rashdan uyalmaslik. Chunki bugun siz yordam olishingiz mumkin, ertaga esa o'zingiz boshqalarga yordam beradigan inson bo'lishingiz ehtimoldan xoli emas. Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

Kanadaga kelgandа, birinchi bo'lib qilish kerak bo'lgan muhim jarayonlar qaysilar. 🍁🇨🇦✍️ Mazkur maqolada Kanadaga uzoq mud
Kanadaga kelgandа, birinchi bo'lib qilish kerak bo'lgan muhim jarayonlar qaysilar. 🍁🇨🇦✍️ Mazkur maqolada Kanadaga uzoq muddatga yashash uchun kelgandan keyin dastlabki kunlarda qilish zarur bo'lgan muhim vazifalarni yoritib o'tdim shaxsiy tajribamdan. O'ylaymanki, bu tavsiyalar yangi davlatga tezda moslashib ketishingizda ancha foydali bo'ladi. Quyida o’qishingiz mumkin maqolani. 👉Batafsil👈 Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

+1
Mana pasport so’rovlari ham kelishni boshladi! 🥳🇨🇦👏 Boshqalarga ham nasib qilsin! 🤝 https://t.me/CanadAli

Bizda juda yaxshi xabarlar! 🤗🥳👏 3 ta keys bo’yicha "medical request" keldi. Bu vizaga 1 qadam degani. 🛫🇨🇦 Barcha nomzod
+2
Bizda juda yaxshi xabarlar! 🤗🥳👏 3 ta keys bo’yicha "medical request" keldi. Bu vizaga 1 qadam degani. 🛫🇨🇦 Barcha nomzodlar O’zbekistondan topshirgan vizaga. 2 ta bo’ydoq student, bittasi magistratura va ikkinchisi baklavr. 1 ta oilaviy student viza, turmush o’rtog’iga ishchi viza va farzandiga visitor viza. Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman. Bizga shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada Amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli

Xullas Kanada yana pul berdi “shunchaki”, beg’araz. 👏😆 Bu safar bolalar sporti uchun. 1000 dollar miqdorida. 🇨🇦 Bu summag
+2
Xullas Kanada yana pul berdi “shunchaki”, beg’araz. 👏😆 Bu safar bolalar sporti uchun. 1000 dollar miqdorida. 🇨🇦 Bu summaga sayohat uchun bolalar kolyaskasi, shuningdek "picnic" va "camping"ga chiqish uchun palatka sotib oldik. Chunki bu buyumlar ham sport buyumlari qatoriga kirar ekan. Bolalar rivojlanishi uchun kichik e'tibor yoxud nega Kanada 🇨🇦 1000 dollarni bizga shunchaki berdi? Xabaringiz bor, Kanada davlatida tug'ilish darajasi yuqori emas. Shuning uchun ham farzandingiz bo'lsa davlat ularga har taraflama g'amxo'rlik qilishni o'z burchi deb biladi. Ya’ni, bola ota-onasi uchun “moddiy yuk” bo’lmasligini xohlaydi. Aynan yosh avlod uchun turli darajadagi imtiyozlardan biri haqida aytib bermoqchiman, lekin ular son-sanoqsiz aslida. Xattoki xabarimiz ham yo'q ba'zilaridan. Sekin sekin bilib boryapmiz va foydalanishga harakat qilyapmiz. Yaqindagina Yukon viloyatida mavjud bo'lgan(balki boshqa provinsiyalarda ham bor bo’lishi kerak) va mahalliy hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan kichik bir dasturga ariza berib ko'rdim. "Kids Recreation Fund" deb nomlanadigan bu loyiha 18 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun. Mazkur loyiha maqsadi bolaning sport bilan shug'ullanishi uchun har bir farzandga har yili bir martalik 500 dollardan mablag' ajratish ekan. Mazkur mablag'ni faqatgina sport jihozlari yoki qandaydir sport to'garagi uchun a'zolik badaliga sarflash mumkin. Chunki kvitansiya talab qilishadi, mablag' to'g'ri maqsadda sarflanganini nazorat qilish uchun. Ariza berganim ertasi kuni natijasi tasdiqlandi va mablag' o'tkazib berishdi. Hech qanday ortiqcha qog'ozbozliksiz va byurokratiya to'siqlarisiz. Bundan tashqari har bir bola uchun har oylik to'lov usulida to'lab beriladigan "bola puli" ham bor. Xullas, farzandi bor oilalar uchun farzand bilan bog'liq xarajatlarning katta qismi davlat tomonidan qoplab berilishi ham dunyo bo'ylab ko'plab insonlarning aynan shu davlatga intilishi uchun sabablardan biri bo'lsa kerak. Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli

Bu sohadagi eng ijobiy hislar har safar natijalar va minnatdorchiliklardan keyin paydo bo'ladi. To'g'ri, hujjatbozlik asabni o'ynatadi, sabrni sinaydi. Ammo, kimnidir hayotida ozgina bo'lsada o'zgarish qila olsak hamma qiyinchiliklarni yuvib ketadi. Ba'zida esga kelganda yoki motivatsiyani ko'tarish uchun ham bo'layotgan natijalarga misollarni sizlar bilan bo'lishib turamiz. Lekin har bir natijani ulashib bora olmaymiz, ba'zan mijoz iltimos qiladi sir saqlashni, ba'zan esa vaqtimiz yetmaydi. To'g'ri tushunasiz. Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman. Bizga shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada Amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli

Eng ko'p uchraydigan 10 ta xatoni bilasizmi, Kanadaga immigratsiya qilishda. Bularni aslo qila ko'rmang, bu davlatga yashash
Eng ko'p uchraydigan 10 ta xatoni bilasizmi, Kanadaga immigratsiya qilishda. Bularni aslo qila ko'rmang, bu davlatga yashash uchun kelmoqchi bo'lsangiz. Kanadaga "doimiy yashash huquqi"ni olish anchagina murakkab jarayon bo'lib, ba'zida bitta xato sababli barcha qilingan mehnatlar zoye ketishi va ariza rad qilinib, natijada qayta topshirishga to'g'ri kelishi mumkin. Odatda, quyidagi xatolar sababli ofitser qo'shimcha hujjat so'rash yoki izohlashni talab qilish o'rniga, arizani shunchaki rad etib qo'yaqoladi. Ushbu xatolarni qilmaslik PR uchun beriladigan arizani "silliq" o'tib ketishida muhim rol o'ynaydi. Demak ushbu xatolar quyidagilar: 1. Ish tajribani asoslashda NOC kodni xato tanlash. Kanada davlatida har qanday kasb nomi maxsus kodlashtirilgan. Ish tajribani ko'rsatishda faqatgina lavozim nomi mos kelgani uchun emas, qilingan ishlar ham ushbu kodga mos ekanligini to'g'ri ko'rsatmaslik eng katta xato. 2. Oldin boshqa davlatlardan olingan vizadan "otkaz"lar, ya'ni rad javoblarini yashirish. 10 yil oldin AQSHdan olgan "otkaz"ni Kanadaga aytib o'tirishim shart emas deb o'ylash juda katta xato. Kanada va yana 4 ta davlat (AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yangi Zellandiya) bu borada ma'lumot almashadi va agarda "otkaz" berkitilsa buni osongina bilib olishadi va arizangiz nafaqat rad etiladi, shuningdek 5 yillik ta'qiq ham qo'yiladi. 3. Shaxsiy hayotidagi tushuntirib berilmagan bo'shliqlar va manzillar tarixi. 18 yoshingizdan boshlab (yoki oxirgi 10 yildan boshlab) hozirgi kunga qadar bo'lgan shaxsiy tarixingizni har bir yil va oyda nima bilan band bo'lganingiz va qaysi manzillarda yashaganingizni ochiqlash talab qilinadi. Xattoki 1-2 oy hayotingiz ham bo'sh ko'rsatilmasligi shart, hech nima qilmagan bo'lsangiz ham "ishsiz", "ta'tilda", "shaxsiy rivojlanish", "davolanish" kabi sabablarni ko'rsatish zarur. 4. Moliyaviy holatni isbotlashda yetarlicha mablag' borligini asoslay olmaslik. Kimdandir kattaroq summa olib, hisob raqamga qo'yilsa ushbu summaning kelib chiqish manbasini isbotlay olmaslik. Katta summa hisob raqamga qo'yilgan bo'lsa, uning qaysi manbadan kelganini, masalan qandaydir kattaroq mol-mulk sotilgani, hadya qilinganini hujjat bilan asoslamaslik ham rad etilishiga sabab bo'lishi mumkin. 5. Moliyaviy holatni ko'rsatganda amalda ishlatish mumkin bo'lgan summani ko'rsatmaslik. Faqat mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli buyumlarnigina asosiy moliyaviy manba sifatida ko'rsatish qabul qilinmaydi. Mablag' istalgan paytda ishlatish mumkin bo'lgan hisob raqamda ko'rsatilishi muhim. 6. Muddati o'tgan hujjat taqdim qilish. Masalan, muddati o'tgan til sertifikati, muddati eskirgan sudlanmaganlik ma'lumotnomasi. Agarda xorijiy davlatda 6 oydan ko'p yashagan bo'lsangiz, o'sha davlatdan ham sudlanmaganlik ma'lumotnomasi siz o'sha davlatni butunlay tark etganingizdan keyingi davrda olingan bo'lishi lozim. 7. Hujjat topshirishga taklif olgandan keyin hayotidagi muhim o'zgarishlar bo'yicha xabar bermaslik. Masalan turmush qurish, farzand ko'rish, ishdan bo'shash kabi masalalar taklif olinganidan keyin yuz bersa bu haqda xabar berish lozim. Chunki qaysidir holat sizning umumiy to'plagan balingizga ta'sir qilishi mumkin. 8. Tarjima qilinmagan hujjat yoki xato tarjima qilingan hujjat taqdim etish. Masalan, hujjatlar tarjima qilish vakolati bo'lmagan shaxslar xizmatidan foydalangan holda, o'zi yoki do'sti tomonidan tarjima qilinmasligi kerak. Notarial tasdiqlangan va tarjima vakolatiga ega shaxs tomonidan tarjima qilinishi zarur hujjat. 9. Hujjatlarga imzo qo'ymaslik, ayniqsa blankalarga. Ba'zi elektron blankalarga imzo qo'yish shart emas, lekin ism familya yozib qo'yilmasa, demak imzolanmagan hisoblanadi. 10. Sifatsiz skaner qilingan xira holatdagi hujjatlarni taqdim etish. Kanadaga hujjatlar elektron shaklda topshirilishi inobatga olinsa, hujjatni to'g'ri shaklda pdf holatga keltirish muhim. Ayniqsa muhr, QR kod va boshqa asosiy parametrlarini buzilgan holatda taqdim qilish hujjatlarga shubha uyg'otadi. 🇨🇦 👉 @CanadAli

Xullas Kanada yana pul berdi shunchaki. Bu safar bolalar sporti uchun. Mana 1000 dollar miqdorida. Bu summaga sayohat uchun bolalar kolyaskasi va piknik va campingga chiqish uchun palatka olsak bo'ladi. Chunki bu buyumlar ham sport buyumlari qatoriga kirar ekan.

O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari haqida Kanadaliklar iliq fikrlarni yozib chiqmoqda. Jumladan, 1-iyunda bo'lib o'tgan
O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari haqida Kanadaliklar iliq fikrlarni yozib chiqmoqda. Jumladan, 1-iyunda bo'lib o'tgan Kanada-O'zbekiston o'rtoqlik o'yinida o'yindan so'ng O'zbekistonliklar mag'lub bo'lganiga qaramasdan kiyinish xonasidagi doskaga mehmondo'stlik uchun minnatdorchilik so'zlarini va Kanadaga jaxon chempionatida omad tilaklarini yozib ketishibdi. Shuningdek, o'zlaridan keyin kiyinish xonasini toza va ozoda qilib yig'ishtirib ketgani uchun O'zbekistonlik futbolchilar nomiga Kanadaning turli ijtimoiy tarmoqlarida olqishlar yozilmoqda ayni paytda. Mana shu jihatdan yurtdoshlarimizning boshqa davlatlarda iliq taassurot qoldirishlari tahsinga sazovor albatta. Ayniqsa Kanada kabi mehmondo'st davlatlarga borganda. 👏 Manba: 👉 dailyhive.com Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

+3
Ertalab yo'lga chiqyapmiz. O'zbekiston va Kanada milliy terma jamoalari o'rtasidagi futbol bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvini stadiondan tomosha qilib kelamiz. Ushbu videolarda o'yin oldidan fikrlarni ko'rishingiz mumkin. Stadiondagi muhit va boshqa videolarni borganda joylaymiz. Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

Mana yil boshidan beri nechta inson Kanadaga immigratsiya uchun taklif olgan. Siz esa haliyam qanday qilib ketsam bo'ladi bu
+3
Mana yil boshidan beri nechta inson Kanadaga immigratsiya uchun taklif olgan. Siz esa haliyam qanday qilib ketsam bo'ladi bu davlatga deb o’ylab yuribsizmi? 🇨🇦 Ha, to’g’ri, ingliz tili Kanadaning asosiy tili. Lekin aynan fransuz tili eshik ochyaptida immigratsiya uchun. Mana bitta yap-yangi misol. Ba'zilar bu usulga shubha bilan qarashadi. Qiyin bo'lsa kerak, ancha vaqt ketadi, qo'limizdan kelmaydi deb. Lekin mana 37 yoshda ham hammasini noldan boshlab natijagacha yetib olish mumkin ekan. Odamzot qilaman dedimi, shashti baland bo‘lsa, albatta qila oladi. Va albatta qobiliyat ham kerak, ko'r-ko'rona o'zini olovga tashlamaslik ham zarur. Rivojlangan davlatlarda ozgina muddat yashab ko‘rganlar u yerdagi sharoit qanday ekanini yaxshi biladi. Chet elda kamida 2-3 yil yashab vatanga qaytganlar negadir yana borgisi kelaveradi doimiy yashash uchun. Bilmadim, erkinlik hissiyotimi, moliyaviy imkoniyatlarmi, ekologiyami yoki infrastrukturami, xullas o'ziga ohangraboday tortaveradi. Kimdir o'zida yaxshi imkoniyat bor bo'lsa-da, ortga tashlab yuraveradi harakat qilishni. Kimdir esa imkoniyati past bo'lsa-da tinimsiz harakat qilaveradi chet elga ketishga. Kanadaga kelish oson emas, tan olaylik. Lekin bu davlatga kelib o'z o'rnini topganlarni yoki kelish uchun qattiq kurashayotganlarni ko'rsam boshqalarga qo'ldan kelgancha yordam qilish uchun motivatsiyam oshaveradi. Qaniydi, hammasi bizga bog'liq bo'lsa-yu, yana ham ko'proq insonlar orzusi ushalishiga yordam bera olsak. Nima ham deya olardim. Fransuz tili Kanadaga eshik ochayotgan ekan, demak bu imkoniyatdan foydalanib qolish kerak. Balki bu siz uchun ham mo'jizaviy kalit bo'lar uzoq paytdan beri erishmoqchi bo'lgan maqsadingiz uchun. Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

Chet elda yashashni bitta zo'r tarafi borda! 😎 O'zbekistonda oddiy bir insonning drondan foydalanishiga ta'qiq qo'yilgan. Xavfsizlik maqsadida deyishadimi? Lekin 🇨🇦 Kanada kabi rivojlangan davlatlarda bunga hech qanday ta'qiq mavjud emas. Uydan turib buyurtma qilasiz, 3-5 kunda yetib keladi. Ungacha transport tashkiloti saytiga kirib parvoz xavfsizligi bo'yicha maxsus qo'llanmani o'qib chiqasiz va test topshirasiz. Testdan o'tish qiyin emas, o'tgandan keyin sertifikat berishadi. Dronni esa onlayn tarzda ro'yxatdan o'tkazib qo'yasiz va marhamat, uchiravering. Muhimi boshqalarga halaqit bermaslik, odamlardan uzoqroq uchirish va aeroport yaqinida boshqarmaslik zarur. Bu ham bir erkak kishini "o'yinchog'i" desak ham bo'laveradi. 😄Ko'ramiz, qani qachongacha zerikmas ekanmiz. Kanada manzaralarini yuqoridan tomosha qilishning gashti borda baribir. Lekin yaxshilab o'rganib olish kerak endi qanday qilib mahorat bilan boshqarishni. Tez orada drondan olinadigan tasvirlarni mana bu Instagram sahifamdan joylab boraman. 👉https://instagram.com/kanadalik_uzbek Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

🇨🇦Kanadaga kelganlar hammasi "qora ishchi"mi? 🤔 "Hammasi qora ishchi bo'lib qolgan, men chet davlatlariga borib, qora terga botib, g'arbliklar yaxshi yashashi uchun qo'l mehnatini qilishni xohlamayman", deb yozib qoldi bir kuni kuzatuvchilarimizdan biri. Kanadaga borganlar faqat qo'l mehnati bilan shug'ullanib yuribdi, o'zini sohasida ishlamayapti deb o'ylaydiganlar ham bor. Lekin aslida unday emas. Hozirgi kunda Kanada hududida o'z sohasida yutuqlarga erishgan, karyerasida yo'lini topib olgan O'zbekistonlik yurtdoshlarimiz ro'yxatini shakllantirdik. Ularning LinkedIn sahifasidan to'plangan ma'lumotlarni bitta fayl holatiga keltirib kanalimizda joylayapman mana. Kanadaga borish niyatida yurganlar uchun, yurtdoshlarimizning bu davlatda erishgan yutuqlari va ular bosib o'tgan yo'l motivatsiya bo'ladi degan umiddamiz. Ushbu pdf fayldagi ro'yxatni bir ko'rib chiqing. Balki siz uchun qandaydir ilhom manbasi bo'lar. Lekin ro'yxat to'liq emas, biz faqat o'zimiz taniydigan shaxslarni ro'yxatga kiritdik. Ochiq manbalardan tuzildi, agarda ro'yxatdagi biror bir shaxs bundan xabar topib norozi bo'lsa, olib tashlaymiz, muammo yo'q. 🤝 Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

"O'zbekistonliklar Kanadaga kelishda davom etmoqda! Bu yo'lda ularga qaysi usul eng ko'p qo'l kelyapti?" deb nomlangan mavzud
"O'zbekistonliklar Kanadaga kelishda davom etmoqda! Bu yo'lda ularga qaysi usul eng ko'p qo'l kelyapti?" deb nomlangan mavzuda YouTube platformasida batafsil video joyladik. Atigi 3 yarim minutlik video davomida holatni to'liq yoritib berishga harakat qildik. Ancha foydali bo'ldi deb umid qilamiz. Ko'rib "like" tugmasini bosish va izohlarda savollar yoki fikrlarni qoldirish orqali "prosmotr" oshirishda bizga yordam bersangiz xursand bo'lamiz. Raxmat kattakon! 🤝 Videoni mana bu havoladan ko'rish mumkin:👇 https://youtu.be/fWVG_dDV6n8?si=F0gTV55-KreBfi6j Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

Xullas 1-marta jarima to'laydigan bo'ldim Kanada davlatida. 🇨🇦 (birinchi va oxirgisi bo'lsin endi... 😆) Kuni kecha mashina
+1
Xullas 1-marta jarima to'laydigan bo'ldim Kanada davlatida. 🇨🇦 (birinchi va oxirgisi bo'lsin endi... 😆) Kuni kecha mashinani ruxsat etilmagan joyga "parkovka" qilganim uchun jarima qog'ozini qistirib ketishibdi "lobovoy"ga. "UZBEK" deb nomlangan avtoraqam taqib olganman mashinaga "kotta bollar"ga o'xshab.🤣 O'zi ko'nglim sezdi, noto'g'ri joyga qo'yyapman-ov deb. Lekin boshqalar ham qo'yib ketibdiku deb ahamiyat bermabman. Sariq rang bilan belgilangan "bordyur" qarshisida mashinani qo'ygansiz deb yozishibdi jarima qog'oziga. Jarimada yozilishicha 26-iyun sudga borib bu holat bo'yicha javob berishim zarur ekan. Agar sudga bormaslikni xohlasam 29-maygacha 125$ jarima to'lashim kerak ekan va shunda aybimni tan olgan bo'laman, shuningdek sudga ham borib yurmas ekanman. Agar aybimni tan olmasam jarimani to'lamas ekanman va holatni qayta o'rganib chiqishar ekan. Shunda baribir aybdorligim isbotlansa, qolaversa sudga ham bormasam jarima miqdori 2 baravarga oshirilar ekan. Aybdorligim aniq! 🤷‍♂️ Tinchgina jarimani to'laganim ma'qul. Aytgancha Kanadada jarimani ertaroq to'lab yuborilsa, qandaydir "skidka" berilmas ekan. 😄 Masalan 30-50 foiz kamroq to'lash imkoniyati yo'q ekanda ehh... Jarimani maqsadi haqiqatda aybing uchun jazolash ekan, xatoni pul bilan hal qilib ketaverishga imkoniyat qoldirishmabdi. "Eee bo'mapti" bularni tizimi, sal kechirimli bo'lish kerakda...🥲 Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli

Hozirgi kunda yashash uchun eng yaxshi 10 ta Kanada shaharlari qaysilar ekanini bilasizmi? 🇨🇦📍🏙 Bu davlatga yashash uchun
Hozirgi kunda yashash uchun eng yaxshi 10 ta Kanada shaharlari qaysilar ekanini bilasizmi? 🇨🇦📍🏙 Bu davlatga yashash uchun kelishga harakat qilayotganlar uchun foydali ma'lumot. Maqolani saqlab qo’yishni unutmang. Hayot sifatini aniqlashda ishonchli statistik ma'lumotlar beruvchi Numbeo platformasi 2026-yilda hayot kechirish sifati bo'yicha 10 ta eng yuqori reytingdagi kanada shaharlari ro'yxatini e'lon qildi Reytingni tuzishda aholi har kuni duch keladigan kundalik holatlar, ya’ni xavfsizlik, tibbiyot, yashash xarajatlari, uy-joy narxlari, transport, iqlim va boshqa omillar hisobga olingan. Demak ro'yxatda quyidagi shaharlar: 📍 1. Ottawa, Ontario Kanadaning poytaxti bo‘lishiga qaramay, Toronto yoki Vancouverga qaraganda tinchroq va xavfsizroq shahar. Asosan davlat ish o‘rinlari ko‘proq, o‘rtacha maosh yuqori, uy-joy narxi ham o'ta yuqori emas boshqa yirik shaharlarga qaraganda. Oilali insonlar uchun eng qulay shaharlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Tirbandlik kamroq, ifloslanish darajasi past, tibbiyot xizmatlari yuqori darajada. 📍 2. Calgary, Alberta Neft va gaz iqtisodiyoti sabab ish topish imkoniyati yuqori. Alberta provinsiyasida provinsial sales tax (PST) yo‘qligi sabab odamlar kamroq soliq to‘laydi. Shahar toza, zamonaviy va Rocky Mountains tog‘lariga juda yaqin. Uy-joy narxi arzonroq, qishda biroz sovuq. 📍 3. Vancouver, British Columbia Tabiati bilan dunyoga mashhur shahar. Okean, tog‘ va yumshoq iqlim bir joyda. Qish boshqa Kanada shaharlari kabi qattiq emas. Lekin asosiy minus tomoni - uy-joy va ijara narxlari ancha qimmat. Biroq, madaniy xilma xillik, yuqori sifatli xizmatlari bilan ko'pchilikni o'ziga jalb qiladi. 📍 4. Toronto, Ontario Kanadaning iqtisodiy markazi. IT, biznes, moliya, marketing xizmatlari bo‘yicha eng katta ish bozori shu yerda. Dunyoning deyarli barcha millatlari yashaydi. Ammo tirbandlik va yashash xarajati balandroq. 📍 5. Halifax, Nova Scotia So‘nggi yillarda immigrantlar orasida juda mashhur bo‘lib ketdi. Hayot nisbatan arzonroq, odamlar sokin va do‘stona. Dengiz bo‘yidagi shahar bo‘lgani uchun tabiati ham juda chiroyli. Tinch hayot uchun qulay. 📍 6. Montreal, Quebec Kanadadagi eng “yevropacha” atmosfera aynan shu shaharda. Kulinariya, madaniyat va ta'lim muhiti bilan mashxur. Lekin ko‘plab ishlar uchun fransuz tilini bilish talab qilinadi. Yashash va uy-joy narxlari o'rtacha. 📍 7. Victoria, British Columbia Kanadadagi eng yumshoq iqlimlardan biri. Narxlar balandroq, lekin ish topish imkoniyati va daromad yuqoriroq. Turizm va texnologiya rivojlangan. 📍 8. Edmonton, Alberta Uy olish Toronto yoki Vancouverga qaraganda ancha arzon. Oilali insonlar va yangi immigrantlar uchun yaxshi variantlardan biri. Shimolda bo'lgani uchun yaxshigina sovuqroq shahar. 📍 9. Saskatoon, Saskatchewan Tez rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega. Uy-joy va yashash narxi arzonroq. Ish topishda raqobat kamroq. Sokin va tinch muhit. 📍 10. Winnipeg, Manitoba Qishda sovuqroq, lekin yashash nisbatan arzon. Uy-joylar qimmat emas. Yaxshi daromadli sh topish darajasi o'rtacha. Xulosa qiladigan bolsak, katta shaharlada daromad topish imkoniyati koproq bolsada, kichikroq va o’rtacha kattalikdagi shaharlar Kanadaliklar orasida jozibador bo’lib bormoqda oxirgi yillarda. Kimdir uchun: yuqori maosh muhim, kimdir uchun esa arzonroq uy-joy, yana boshqasi uchun xavfsizlik va tabiat muhimroq. Hammasini bir joyda o'zida mujassam etgan shahar mavjud emas hech qaysi davlatda. Qaysidir birini tanlaganda, boshqa bir xususiyatiga ko'z yumishga to'g'ri keladi. Bo’lajak immigrantlar uchun qaysi shaharga ko’chib borishni tanlashda mazkur ma’lumotlar qo’l keladi degan umiddamiz. Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli

Kutib oling! 🔥🇨🇦 Kanadaga immigratsiya qilgan navbatdagi oila! 🥳🤗👏 Fransuz tili yordamida albatta! 😎 Kimdir haliyam ikkilanib yurgan paytda boshqalar Kanadaga 🇨🇦 oilaviy kelishda davom etmoqda immigratsiya qilib. Kalit esa - “fransuz tili”! Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligida ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman. Bizga shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada Amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli

Kanada 🇨🇦 hammaga yoppasiga PR, ya'ni "doimiy yashovchi" huquqini berishga da'vat qilinmoqdami? 🤔 Migrant Rights Network t
Kanada 🇨🇦 hammaga yoppasiga PR, ya'ni "doimiy yashovchi" huquqini berishga da'vat qilinmoqdami? 🤔 Migrant Rights Network tashkiloti Kanada hukumatiga chaqiriq bilan chiqmoqda. Unga ko'ra hozirda bu davlatda yashayotgan barcha ishchilar uchun doimiy yashash huquqini berish zarurati bor ekan. Maqsad hali PR olmagan vaqtincha viza egalari huquqlarini himoya qilish. Chunki ular ham soliq to'laydi va iqtisodga hissa qo'shmoqda. Hozircha hukumat 33 mingta ana shunday chet elliklarga doimiy yashash huquqi bermoqchi. Biroq bu raqamlar kam deyilmoqda. Qolaversa katta shaharlar, masalan Toronto va Vankuverda yashovchilarni emas, chetroq huqudlarda yashovchilarga bunday imtiyozli huquq berilayotganida adolat borday tuyuladi. Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli