CanadAli ๐จ๐ฆ๐ค๐บ๐ฟ
ๅๅพ้ข้ๅจ Telegram
Kanada davlatiga o'qish, ishlash va yashash istagida bormoqchi bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun... Menga shaxsan bog'lanish uchun: @Mr_Ali_Canada Xizmatlar: www.canadali.net Instagram: https://instagram.com/kanadalik_uzbek
ๆพ็คบๆดๅค8 877
่ฎข้
่
ๆ ๆฐๆฎ24 ๅฐๆถ
-187 ๅคฉ
-7930 ๅคฉ
ๅธๅญๅญๆกฃ
Bu sohadagi eng ijobiy hislar har safar natijalar va minnatdorchiliklardan keyin paydo bo'ladi. To'g'ri, hujjatbozlik asabni o'ynatadi, sabrni sinaydi. Ammo, kimnidir hayotida ozgina bo'lsada o'zgarish qila olsak hamma qiyinchiliklarni yuvib ketadi.
Ba'zida esga kelganda yoki motivatsiyani ko'tarish uchun ham bo'layotgan natijalarga misollarni sizlar bilan bo'lishib turamiz. Lekin har bir natijani ulashib bora olmaymiz, ba'zan mijoz iltimos qiladi sir saqlashni, ba'zan esa vaqtimiz yetmaydi. To'g'ri tushunasiz.
Eslatib oโtamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 boโlgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan koโrsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) boโlib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
๐ @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
๐ www.canadali.net
Kanada ๐จ๐ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐ https://t.me/CanadAli
Eng ko'p uchraydigan 10 ta xatoni bilasizmi, Kanadaga immigratsiya qilishda. Bularni aslo qila ko'rmang, bu davlatga yashash uchun kelmoqchi bo'lsangiz.
Kanadaga "doimiy yashash huquqi"ni olish anchagina murakkab jarayon bo'lib, ba'zida bitta xato sababli barcha qilingan mehnatlar zoye ketishi va ariza rad qilinib, natijada qayta topshirishga to'g'ri kelishi mumkin. Odatda, quyidagi xatolar sababli ofitser qo'shimcha hujjat so'rash yoki izohlashni talab qilish o'rniga, arizani shunchaki rad etib qo'yaqoladi. Ushbu xatolarni qilmaslik PR uchun beriladigan arizani "silliq" o'tib ketishida muhim rol o'ynaydi.
Demak ushbu xatolar quyidagilar:
1. Ish tajribani asoslashda NOC kodni xato tanlash.
Kanada davlatida har qanday kasb nomi maxsus kodlashtirilgan. Ish tajribani ko'rsatishda faqatgina lavozim nomi mos kelgani uchun emas, qilingan ishlar ham ushbu kodga mos ekanligini to'g'ri ko'rsatmaslik eng katta xato.
2. Oldin boshqa davlatlardan olingan vizadan "otkaz"lar, ya'ni rad javoblarini yashirish.
10 yil oldin AQSHdan olgan "otkaz"ni Kanadaga aytib o'tirishim shart emas deb o'ylash juda katta xato. Kanada va yana 4 ta davlat (AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yangi Zellandiya) bu borada ma'lumot almashadi va agarda "otkaz" berkitilsa buni osongina bilib olishadi va arizangiz nafaqat rad etiladi, shuningdek 5 yillik ta'qiq ham qo'yiladi.
3. Shaxsiy hayotidagi tushuntirib berilmagan bo'shliqlar va manzillar tarixi.
18 yoshingizdan boshlab (yoki oxirgi 10 yildan boshlab) hozirgi kunga qadar bo'lgan shaxsiy tarixingizni har bir yil va oyda nima bilan band bo'lganingiz va qaysi manzillarda yashaganingizni ochiqlash talab qilinadi. Xattoki 1-2 oy hayotingiz ham bo'sh ko'rsatilmasligi shart, hech nima qilmagan bo'lsangiz ham "ishsiz", "ta'tilda", "shaxsiy rivojlanish", "davolanish" kabi sabablarni ko'rsatish zarur.
4. Moliyaviy holatni isbotlashda yetarlicha mablag' borligini asoslay olmaslik.
Kimdandir kattaroq summa olib, hisob raqamga qo'yilsa ushbu summaning kelib chiqish manbasini isbotlay olmaslik. Katta summa hisob raqamga qo'yilgan bo'lsa, uning qaysi manbadan kelganini, masalan qandaydir kattaroq mol-mulk sotilgani, hadya qilinganini hujjat bilan asoslamaslik ham rad etilishiga sabab bo'lishi mumkin.
5. Moliyaviy holatni ko'rsatganda amalda ishlatish mumkin bo'lgan summani ko'rsatmaslik.
Faqat mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli buyumlarnigina asosiy moliyaviy manba sifatida ko'rsatish qabul qilinmaydi. Mablag' istalgan paytda ishlatish mumkin bo'lgan hisob raqamda ko'rsatilishi muhim.
6. Muddati o'tgan hujjat taqdim qilish.
Masalan, muddati o'tgan til sertifikati, muddati eskirgan sudlanmaganlik ma'lumotnomasi. Agarda xorijiy davlatda 6 oydan ko'p yashagan bo'lsangiz, o'sha davlatdan ham sudlanmaganlik ma'lumotnomasi siz o'sha davlatni butunlay tark etganingizdan keyingi davrda olingan bo'lishi lozim.
7. Hujjat topshirishga taklif olgandan keyin hayotidagi muhim o'zgarishlar bo'yicha xabar bermaslik.
Masalan turmush qurish, farzand ko'rish, ishdan bo'shash kabi masalalar taklif olinganidan keyin yuz bersa bu haqda xabar berish lozim. Chunki qaysidir holat sizning umumiy to'plagan balingizga ta'sir qilishi mumkin.
8. Tarjima qilinmagan hujjat yoki xato tarjima qilingan hujjat taqdim etish.
Masalan, hujjatlar tarjima qilish vakolati bo'lmagan shaxslar xizmatidan foydalangan holda, o'zi yoki do'sti tomonidan tarjima qilinmasligi kerak. Notarial tasdiqlangan va tarjima vakolatiga ega shaxs tomonidan tarjima qilinishi zarur hujjat.
9. Hujjatlarga imzo qo'ymaslik, ayniqsa blankalarga.
Ba'zi elektron blankalarga imzo qo'yish shart emas, lekin ism familya yozib qo'yilmasa, demak imzolanmagan hisoblanadi.
10. Sifatsiz skaner qilingan xira holatdagi hujjatlarni taqdim etish. Kanadaga hujjatlar elektron shaklda topshirilishi inobatga olinsa, hujjatni to'g'ri shaklda pdf holatga keltirish muhim. Ayniqsa muhr, QR kod va boshqa asosiy parametrlarini buzilgan holatda taqdim qilish hujjatlarga shubha uyg'otadi.
๐จ๐ฆ ๐ @CanadAli
Xullas Kanada yana pul berdi shunchaki. Bu safar bolalar sporti uchun. Mana 1000 dollar miqdorida.
Bu summaga sayohat uchun bolalar kolyaskasi va piknik va campingga chiqish uchun palatka olsak bo'ladi. Chunki bu buyumlar ham sport buyumlari qatoriga kirar ekan.
O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari haqida Kanadaliklar iliq fikrlarni yozib chiqmoqda.
Jumladan, 1-iyunda bo'lib o'tgan Kanada-O'zbekiston o'rtoqlik o'yinida o'yindan so'ng O'zbekistonliklar mag'lub bo'lganiga qaramasdan kiyinish xonasidagi doskaga mehmondo'stlik uchun minnatdorchilik so'zlarini va Kanadaga jaxon chempionatida omad tilaklarini yozib ketishibdi.
Shuningdek, o'zlaridan keyin kiyinish xonasini toza va ozoda qilib yig'ishtirib ketgani uchun O'zbekistonlik futbolchilar nomiga Kanadaning turli ijtimoiy tarmoqlarida olqishlar yozilmoqda ayni paytda.
Mana shu jihatdan yurtdoshlarimizning boshqa davlatlarda iliq taassurot qoldirishlari tahsinga sazovor albatta. Ayniqsa Kanada kabi mehmondo'st davlatlarga borganda. ๐
Manba: ๐ dailyhive.com
Kanada ๐จ๐ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: ๐https://t.me/CanadAli
Ertalab yo'lga chiqyapmiz.
O'zbekiston va Kanada milliy terma jamoalari o'rtasidagi futbol bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvini stadiondan tomosha qilib kelamiz. Ushbu videolarda o'yin oldidan fikrlarni ko'rishingiz mumkin. Stadiondagi muhit va boshqa videolarni borganda joylaymiz.
Kanada ๐จ๐ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: ๐https://t.me/CanadAli
+3
Mana yil boshidan beri nechta inson Kanadaga immigratsiya uchun taklif olgan. Siz esa haliyam qanday qilib ketsam bo'ladi bu davlatga deb oโylab yuribsizmi? ๐จ๐ฆ
Ha, toโgโri, ingliz tili Kanadaning asosiy tili. Lekin aynan fransuz tili eshik ochyaptida immigratsiya uchun. Mana bitta yap-yangi misol.
Ba'zilar bu usulga shubha bilan qarashadi. Qiyin bo'lsa kerak, ancha vaqt ketadi, qo'limizdan kelmaydi deb. Lekin mana 37 yoshda ham hammasini noldan boshlab natijagacha yetib olish mumkin ekan.
Odamzot qilaman dedimi, shashti baland boโlsa, albatta qila oladi. Va albatta qobiliyat ham kerak, ko'r-ko'rona o'zini olovga tashlamaslik ham zarur.
Rivojlangan davlatlarda ozgina muddat yashab koโrganlar u yerdagi sharoit qanday ekanini yaxshi biladi. Chet elda kamida 2-3 yil yashab vatanga qaytganlar negadir yana borgisi kelaveradi doimiy yashash uchun. Bilmadim, erkinlik hissiyotimi, moliyaviy imkoniyatlarmi, ekologiyami yoki infrastrukturami, xullas o'ziga ohangraboday tortaveradi.
Kimdir o'zida yaxshi imkoniyat bor bo'lsa-da, ortga tashlab yuraveradi harakat qilishni. Kimdir esa imkoniyati past bo'lsa-da tinimsiz harakat qilaveradi chet elga ketishga.
Kanadaga kelish oson emas, tan olaylik. Lekin bu davlatga kelib o'z o'rnini topganlarni yoki kelish uchun qattiq kurashayotganlarni ko'rsam boshqalarga qo'ldan kelgancha yordam qilish uchun motivatsiyam oshaveradi. Qaniydi, hammasi bizga bog'liq bo'lsa-yu, yana ham ko'proq insonlar orzusi ushalishiga yordam bera olsak.
Nima ham deya olardim. Fransuz tili Kanadaga eshik ochayotgan ekan, demak bu imkoniyatdan foydalanib qolish kerak. Balki bu siz uchun ham mo'jizaviy kalit bo'lar uzoq paytdan beri erishmoqchi bo'lgan maqsadingiz uchun.
Kanada ๐จ๐ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: ๐https://t.me/CanadAli
Chet elda yashashni bitta zo'r tarafi borda! ๐
O'zbekistonda oddiy bir insonning drondan foydalanishiga ta'qiq qo'yilgan. Xavfsizlik maqsadida deyishadimi? Lekin ๐จ๐ฆ Kanada kabi rivojlangan davlatlarda bunga hech qanday ta'qiq mavjud emas. Uydan turib buyurtma qilasiz, 3-5 kunda yetib keladi. Ungacha transport tashkiloti saytiga kirib parvoz xavfsizligi bo'yicha maxsus qo'llanmani o'qib chiqasiz va test topshirasiz. Testdan o'tish qiyin emas, o'tgandan keyin sertifikat berishadi. Dronni esa onlayn tarzda ro'yxatdan o'tkazib qo'yasiz va marhamat, uchiravering.
Muhimi boshqalarga halaqit bermaslik, odamlardan uzoqroq uchirish va aeroport yaqinida boshqarmaslik zarur. Bu ham bir erkak kishini "o'yinchog'i" desak ham bo'laveradi. ๐Ko'ramiz, qani qachongacha zerikmas ekanmiz. Kanada manzaralarini yuqoridan tomosha qilishning gashti borda baribir. Lekin yaxshilab o'rganib olish kerak endi qanday qilib mahorat bilan boshqarishni. Tez orada drondan olinadigan tasvirlarni mana bu Instagram sahifamdan joylab boraman. ๐https://instagram.com/kanadalik_uzbek
Kanada ๐จ๐ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: ๐https://t.me/CanadAli
๐จ๐ฆKanadaga kelganlar hammasi "qora ishchi"mi? ๐ค
"Hammasi qora ishchi bo'lib qolgan, men chet davlatlariga borib, qora terga botib, g'arbliklar yaxshi yashashi uchun qo'l mehnatini qilishni xohlamayman", deb yozib qoldi bir kuni kuzatuvchilarimizdan biri.
Kanadaga borganlar faqat qo'l mehnati bilan shug'ullanib yuribdi, o'zini sohasida ishlamayapti deb o'ylaydiganlar ham bor.
Lekin aslida unday emas. Hozirgi kunda Kanada hududida o'z sohasida yutuqlarga erishgan, karyerasida yo'lini topib olgan O'zbekistonlik yurtdoshlarimiz ro'yxatini shakllantirdik. Ularning LinkedIn sahifasidan to'plangan ma'lumotlarni bitta fayl holatiga keltirib kanalimizda joylayapman mana.
Kanadaga borish niyatida yurganlar uchun, yurtdoshlarimizning bu davlatda erishgan yutuqlari va ular bosib o'tgan yo'l motivatsiya bo'ladi degan umiddamiz. Ushbu pdf fayldagi ro'yxatni bir ko'rib chiqing. Balki siz uchun qandaydir ilhom manbasi bo'lar. Lekin ro'yxat to'liq emas, biz faqat o'zimiz taniydigan shaxslarni ro'yxatga kiritdik.
Ochiq manbalardan tuzildi, agarda ro'yxatdagi biror bir shaxs bundan xabar topib norozi bo'lsa, olib tashlaymiz, muammo yo'q. ๐ค
Kanada ๐จ๐ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: ๐https://t.me/CanadAli
"O'zbekistonliklar Kanadaga kelishda davom etmoqda! Bu yo'lda ularga qaysi usul eng ko'p qo'l kelyapti?" deb nomlangan mavzuda YouTube platformasida batafsil video joyladik.
Atigi 3 yarim minutlik video davomida holatni to'liq yoritib berishga harakat qildik. Ancha foydali bo'ldi deb umid qilamiz. Ko'rib "like" tugmasini bosish va izohlarda savollar yoki fikrlarni qoldirish orqali "prosmotr" oshirishda bizga yordam bersangiz xursand bo'lamiz. Raxmat kattakon! ๐ค
Videoni mana bu havoladan ko'rish mumkin:๐
https://youtu.be/fWVG_dDV6n8?si=F0gTV55-KreBfi6j
Kanada ๐จ๐ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: ๐https://t.me/CanadAli
+1
Xullas 1-marta jarima to'laydigan bo'ldim Kanada davlatida. ๐จ๐ฆ
(birinchi va oxirgisi bo'lsin endi... ๐)
Kuni kecha mashinani ruxsat etilmagan joyga "parkovka" qilganim uchun jarima qog'ozini qistirib ketishibdi "lobovoy"ga.
"UZBEK" deb nomlangan avtoraqam taqib olganman mashinaga "kotta bollar"ga o'xshab.๐คฃ
O'zi ko'nglim sezdi, noto'g'ri joyga qo'yyapman-ov deb. Lekin boshqalar ham qo'yib ketibdiku deb ahamiyat bermabman. Sariq rang bilan belgilangan "bordyur" qarshisida mashinani qo'ygansiz deb yozishibdi jarima qog'oziga.
Jarimada yozilishicha 26-iyun sudga borib bu holat bo'yicha javob berishim zarur ekan. Agar sudga bormaslikni xohlasam 29-maygacha 125$ jarima to'lashim kerak ekan va shunda aybimni tan olgan bo'laman, shuningdek sudga ham borib yurmas ekanman.
Agar aybimni tan olmasam jarimani to'lamas ekanman va holatni qayta o'rganib chiqishar ekan. Shunda baribir aybdorligim isbotlansa, qolaversa sudga ham bormasam jarima miqdori 2 baravarga oshirilar ekan.
Aybdorligim aniq! ๐คทโโ๏ธ
Tinchgina jarimani to'laganim ma'qul.
Aytgancha Kanadada jarimani ertaroq to'lab yuborilsa, qandaydir "skidka" berilmas ekan. ๐
Masalan 30-50 foiz kamroq to'lash imkoniyati yo'q ekanda ehh...
Jarimani maqsadi haqiqatda aybing uchun jazolash ekan, xatoni pul bilan hal qilib ketaverishga imkoniyat qoldirishmabdi. "Eee bo'mapti" bularni tizimi, sal kechirimli bo'lish kerakda...๐ฅฒ
Kanada ๐จ๐ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐ https://t.me/CanadAli
Hozirgi kunda yashash uchun eng yaxshi 10 ta Kanada shaharlari qaysilar ekanini bilasizmi? ๐จ๐ฆ๐๐
Bu davlatga yashash uchun kelishga harakat qilayotganlar uchun foydali ma'lumot. Maqolani saqlab qoโyishni unutmang.
Hayot sifatini aniqlashda ishonchli statistik ma'lumotlar beruvchi Numbeo platformasi 2026-yilda hayot kechirish sifati bo'yicha 10 ta eng yuqori reytingdagi kanada shaharlari ro'yxatini e'lon qildi
Reytingni tuzishda aholi har kuni duch keladigan kundalik holatlar, yaโni xavfsizlik, tibbiyot, yashash xarajatlari, uy-joy narxlari, transport, iqlim va boshqa omillar hisobga olingan.
Demak ro'yxatda quyidagi shaharlar:
๐ 1. Ottawa, Ontario
Kanadaning poytaxti boโlishiga qaramay, Toronto yoki Vancouverga qaraganda tinchroq va xavfsizroq shahar. Asosan davlat ish oโrinlari koโproq, oโrtacha maosh yuqori, uy-joy narxi ham o'ta yuqori emas boshqa yirik shaharlarga qaraganda. Oilali insonlar uchun eng qulay shaharlardan biri sifatida koโrilmoqda. Tirbandlik kamroq, ifloslanish darajasi past, tibbiyot xizmatlari yuqori darajada.
๐ 2. Calgary, Alberta
Neft va gaz iqtisodiyoti sabab ish topish imkoniyati yuqori. Alberta provinsiyasida provinsial sales tax (PST) yoโqligi sabab odamlar kamroq soliq toโlaydi. Shahar toza, zamonaviy va Rocky Mountains togโlariga juda yaqin. Uy-joy narxi arzonroq, qishda biroz sovuq.
๐ 3. Vancouver, British Columbia
Tabiati bilan dunyoga mashhur shahar. Okean, togโ va yumshoq iqlim bir joyda. Qish boshqa Kanada shaharlari kabi qattiq emas. Lekin asosiy minus tomoni - uy-joy va ijara narxlari ancha qimmat. Biroq, madaniy xilma xillik, yuqori sifatli xizmatlari bilan ko'pchilikni o'ziga jalb qiladi.
๐ 4. Toronto, Ontario
Kanadaning iqtisodiy markazi. IT, biznes, moliya, marketing xizmatlari boโyicha eng katta ish bozori shu yerda.
Dunyoning deyarli barcha millatlari yashaydi. Ammo tirbandlik va yashash xarajati balandroq.
๐ 5. Halifax, Nova Scotia
Soโnggi yillarda immigrantlar orasida juda mashhur boโlib ketdi.
Hayot nisbatan arzonroq, odamlar sokin va doโstona. Dengiz boโyidagi shahar boโlgani uchun tabiati ham juda chiroyli. Tinch hayot uchun qulay.
๐ 6. Montreal, Quebec
Kanadadagi eng โyevropachaโ atmosfera aynan shu shaharda.
Kulinariya, madaniyat va ta'lim muhiti bilan mashxur. Lekin koโplab ishlar uchun fransuz tilini bilish talab qilinadi. Yashash va uy-joy narxlari o'rtacha.
๐ 7. Victoria, British Columbia
Kanadadagi eng yumshoq iqlimlardan biri. Narxlar balandroq, lekin ish topish imkoniyati va daromad yuqoriroq. Turizm va texnologiya rivojlangan.
๐ 8. Edmonton, Alberta
Uy olish Toronto yoki Vancouverga qaraganda ancha arzon. Oilali insonlar va yangi immigrantlar uchun yaxshi variantlardan biri. Shimolda bo'lgani uchun yaxshigina sovuqroq shahar.
๐ 9. Saskatoon, Saskatchewan
Tez rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega. Uy-joy va yashash narxi arzonroq. Ish topishda raqobat kamroq. Sokin va tinch muhit.
๐ 10. Winnipeg, Manitoba
Qishda sovuqroq, lekin yashash nisbatan arzon. Uy-joylar qimmat emas. Yaxshi daromadli sh topish darajasi o'rtacha.
Xulosa qiladigan bolsak, katta shaharlada daromad topish imkoniyati koproq bolsada, kichikroq va oโrtacha kattalikdagi shaharlar Kanadaliklar orasida jozibador boโlib bormoqda oxirgi yillarda.
Kimdir uchun: yuqori maosh muhim, kimdir uchun esa arzonroq uy-joy,
yana boshqasi uchun xavfsizlik va tabiat muhimroq. Hammasini bir joyda o'zida mujassam etgan shahar mavjud emas hech qaysi davlatda. Qaysidir birini tanlaganda, boshqa bir xususiyatiga ko'z yumishga to'g'ri keladi.
Boโlajak immigrantlar uchun qaysi shaharga koโchib borishni tanlashda mazkur maโlumotlar qoโl keladi degan umiddamiz.
Kanada ๐จ๐ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐ https://t.me/CanadAli
Kutib oling! ๐ฅ๐จ๐ฆ Kanadaga immigratsiya qilgan navbatdagi oila! ๐ฅณ๐ค๐
Fransuz tili yordamida albatta! ๐
Kimdir haliyam ikkilanib yurgan paytda boshqalar Kanadaga ๐จ๐ฆ oilaviy kelishda davom etmoqda immigratsiya qilib. Kalit esa - โfransuz tiliโ!
Eslatib oโtamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 boโlgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligida koโrsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) boโlib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
๐ @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
๐ www.canadali.net
Kanada ๐จ๐ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐ https://t.me/CanadAli
Kanada ๐จ๐ฆ hammaga yoppasiga PR, ya'ni "doimiy yashovchi" huquqini berishga da'vat qilinmoqdami? ๐ค
Migrant Rights Network tashkiloti Kanada hukumatiga chaqiriq bilan chiqmoqda. Unga ko'ra hozirda bu davlatda yashayotgan barcha ishchilar uchun doimiy yashash huquqini berish zarurati bor ekan.
Maqsad hali PR olmagan vaqtincha viza egalari huquqlarini himoya qilish. Chunki ular ham soliq to'laydi va iqtisodga hissa qo'shmoqda. Hozircha hukumat 33 mingta ana shunday chet elliklarga doimiy yashash huquqi bermoqchi. Biroq bu raqamlar kam deyilmoqda.
Qolaversa katta shaharlar, masalan Toronto va Vankuverda yashovchilarni emas, chetroq huqudlarda yashovchilarga bunday imtiyozli huquq berilayotganida adolat borday tuyuladi.
Kanada ๐จ๐ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐ https://t.me/CanadAli
Nega benzin narxi ๐จ๐ฆ Kanada davlatida ham oshdi?
Axir Kanada o'zi neftga boy davlat bo'lsa. Arab davlatlaridan neft sotib olmaydi-ku!
1) Chunki Kanada nefti narxi ham global neft bozori narxidan kelib chiqib belgilanadi.
2) Kanada o'zida boy neft resurslariga ega bo'lsada, uni qayta ishlash zavodlari ko'p emas.
3) AQSH va Eron o'rtasidagi ziddiyat natijasida neft kompaniyalari risk balandligi hisobidan narxlarni oshirgan.
4) Bahor kelishi bilan aholi uyda o'tirmasdan sayohatlarga ko'p chiqadi va tabiiyki, benzinga talab oshgani hisobidan narx oshishi ham kuzatiladi.
Hozirda o'rtacha benzin narxlari Kanada provinsiyalarida:
Alberta - 1 litr - 1.55$ (eng arzoni shu hududda)
Ontario - 1 litr - 1.75$
British Columbia (BC) - 1 litr - 1.95$
Taqqoslash uchun: 1 Kanada dollari 9 ming so'm atrofida.
Demak benzin narxi 1 litr uchun 13-14 ming so'mdan 17-18 ming so'm orasida bo'larkan Kanadada. O'zbekistonda esa hozirgi kunda benzin narxi o'rtacha 11 ming so'm deb chiqdi internetdan izlab ko'rganimda.
Keling matematika qilib ko'ramiz...
Oโzbekistonda oโrtacha oylik ish haqi 6,8 mln soโm ekan bugungi kunda Gazeta.uz ma'lumotiga ko'ra. O'rtacha 750$ CAD bo'ladi kurs bo'yicha.
Kanadada esa yillik 68,700$ CAD, ya'ni oyiga o'rtacha 5,725$ CAD ga to'g'ri keladi Statistics Canada ma'lumotiga ko'ra.
Daromad darajasi yuqori ekanligi hisobiga benzin narxining oshishi Kanadaliklar shaxsiy budjetiga unchalik sezilmasada, baribir xalq benzin narxi oshishini xush qabul qilmaydi. Davlatdagi aholining kayfiyati bevosita benzin narxiga ham bog'liq.
Kanada ๐จ๐ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐ https://t.me/CanadAli
Yaxshi xabar! ๐
Kanadaga kirish eshigi kalitlaridan biriโฆ
Kanada ๐จ๐ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐ https://t.me/CanadAli
Endi hammasi tugadimi? Fransuz tilini o'rganishni foydasi yo'qmi Kanadaga kelish uchun. ๐ค๐จ๐ฆ
Nega bu tilni o'rganib yurganlar vahima qilyapti? Kanada fransuz tili bo'yicha immigratsiyani yopadimi?
Hozirda Exress Entry dasturini yanada takomillashtirish bo'yicha fikrlar o'rganilmoqda. Bu dasturdagi 3 ta mustaqil programmani yagona umumlashgan optimal formatga keltirish taklifi ilgari surilyapti. Muhokama doirasida Kanadaga immigratsiya qilish imkonini beruvchi balli tizimda qaysi faktorlarga ko'proq ball berish, qaysilarini butunlay olib tashlash yoki kamaytirish kabi masalalar o'rin olgan.
Demak asosiy takliflar quyidagilar:
1) Ham ingliz, ham fransuz tilini biladiganlar uchun kattaroq ball berish;
2) Kanada hududida yuqori maoshga ishlayotganlar yoki shunday ish taklifi olganlarga ko'proq ball berish;
3) Ish taklifi uchun ball berish tizimi olib tashlangan edi o'tgan yili. Sababi tanish-bilishchilik qilib ish taklifi orqali o'z ballarini ko'tarib oluvchilar tufayli. Endi esa bu borada faqatgina yuqori maoshli ish takliflariga ball berish taklif etilmoqda;
4) Kanada ish tajribasiga ega nomzodlar, ta'lim darajasi yuqori bo'lganlar va yosh ekanligi sababli yuqoriroq ball berish tizimini qayta ko'rib chiqish va ushbu kategoriyalarga o'rtacha ball berish ko'rib chiqilmoqda.
5) Turmush o'rtog'ining til darajasi va ta'lim darajasi uchun beriladigan qo'shimcha ballar, Kanada hududida yaqin qarindoshi (opa-singil, aka-uka) yashagani uchun, Kanada diplomiga ega bo'lganligi uchun, shuningdek fransuz tilini bilganligi uchun beriladigan qo'shimcha ballarni ham olib tashlash yoki kamaytirish taklif qilinmoqda.
E'tibor bering, fransuz tili uchun beriladigan qo'shimcha ball deyilganda umumiy tanlovlar haqida gap ketyapti. Alohida frakonfonlar sonini oshirish bo'yicha amalda ishlab turgan dasturni bekor qilish, ya'ni uni chiqarib tashlash masalasi ko'tarilmagan.
Bu degani frankofonlar uchun alohida kategoriyali tanlovlar saqlanib qolaveradi. Chunki bu borada 3 yillik minimum reja ishlab chiqilgan va unga amal qilish davom etadi.
Kanada endilikda o'z iqtisodi uchun hissa qo'shadigan chet elliklarni, ya'ni mehnat bozori uchun zarur bo'lgan kasb va malaka egalariga asosiy e'tiborini qaratmoqchi. Avvalgiday faqatgina yoshi, til darajasi va ta'limiga qarab har qanday kasb egasini taklif qilaverishdan voz kechmoqda. Tanlovlar ham kategoriyali tarzda sohalar bo'yicha amalga oshadi.
Faqatgina fransuz tilini biluvchilar uchun mo'ljallangan tanlovlarda kasblar uchun talab qo'yilmagan, istalgan malakali (skilled) kasb egasi qatnasha oladi, boshqa talablariga ham javob bersa albatta.
Bundan tashqari, yuqoridagi ba'zi faktorlarga beriladigan ballar olib tashlansa, fransuz tili bo'yicha tanlovlarda ballar ham tushishi mumkin. Chunki, endi ba'zi nomzodlar Kanadada o'qigani uchun, bu davlatda ishlagani uchun yoki qaridoshi Kanadalik bo'lgani uchun qo'shimcha ballarga ega bo'lmasligi kutilmoqda. Bu esa ushbu nomzodlarni ham chet eldagi nomzodlar bilan teng raqobat qilishga majbur qiladi.
Ko'ngilni to'q qilib fransuzchani o'rganaverish kerak. Bu tilni biladiganlar baribir kerak Kanada davlatiga!
Kanada ๐จ๐ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐ https://t.me/CanadAli
โKanada๐จ๐ฆpasportidan ko'ra O'zbekiston๐บ๐ฟpasporti kuchliroq?
Bilasizmi nega?
Kanada pasporti bilan dunyoning 180 dan ortiq davlatiga viza olmay borsa bo'ladi-yu, lekin mana bu davlatlarga vizasiz bora olmaysizda?
๐๐๐
Eron, Rossiya, Turkmaniston, Ozarbayjon va xokazo...
O'zbekiston pasporti bilan esa bu davlatlarga vizasiz borsa bo'ladi. To'g'rimi?
Dunyoning rivojlangan davlatlari bo'lgan AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya, Fransiya va boshqa Yevropa ittifoqining istalgan davlatiga Kanada pasporti bilan vizasiz borish mumkin bo'lsada, yuqoridagi unchalik rivojlanmagan davlatlarga bu pasport bilan viza olib borish shart ekan. ๐Bular qatoriga Afg'oniston, Suriya, Jazoir, Kamerun, Kuba, Gana, Hindiston, Iroq, Shimoliy Koreya, Nigeriya, Pokiston, Venesuela ham kirar ekan.
O'zi bu davlatlarga Kanada pasporti bor odam borishga qiziqarmikan degan savol tug'iladi. ๐ฅฒ
Demak hozirgi kunda Kanada pasporti bilan quyidagi davlatlarga vizasiz borish mumkin:
Shimoliy va Janubiy Amerika qit'asidagi deyarli barcha davlatlar, shu jumladan AQSH, Meksikadan tortib Braziliya-Argentinagacha va ko'plab Karib dengizi davlatlari.
Yevropa qit'asidagi barcha Shengen zonasi davlatlari, Fransiya, Germaniyadan tortib Italiya, Ispaniyagacha, shu jumladan Buyuk Britaniya ham.
Osiyo qit'asidan Yaponiya, Janubiy Koreyadan tortib, Singapur, Avstraliya va Yangi Zelandiyagacha.
Arab davlatlaridan: BAA, Saudiya Arabistonidan tortib, Qatar-Quvaytgacha.
O'zbekiston pasporti bilan esa quyidagi davlatlarga vizasiz borsa bo'ladi:
Xitoy, Qatar, BAA, Barbados, Dominika, Indoneziya, Yamayka, Maldiv orolari, Madagaskar, Kambodja, Moldova, Nepal, Ummon, Filippin, Shri-Lanka, Tailand va ko'plab MDH davlatlari.
Aytgancha, bir vaqtni o'zida har ikkala davlat๐จ๐ฆ+๐บ๐ฟpasportiga ega bo'lish mumkinligidan xabaringiz bormi? ๐ Batafsil.
Manba: The Henley Passport Index
Kanada ๐จ๐ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐ https://t.me/CanadAli
Chet elda, (misol uchun Kanada ๐จ๐ฆ davlatida) pasportingizni yo'qotib qo'ydingiz. Keyin nima bo'ladi?
Yaqinda bir yurtdoshimiz, Kanada davlatida o'qiydigan studentlardan biri murojaat qilib qoldi. Pasportini yo'qotgan, vatanga borib kelish niyatida yurgan bo'lgan. Biroq, hujjat yo'q samolyotga chiqishga. Yechim qanday bunga?
Vatanga borib kelmoqchi edingiz. Lekin O'zbekistonga qaytish uchun samolyotga chiqishda pasportingiz, Kanadaga qaytib kelish uchun esa yo'qolgan pasportdagi viza kerak. Shunday vaziyatda nima qilsa bo'ladi? Ma'lumotni saqlab qo'ying, yoki o'qib eslab qolsangiz, kelajakda mabodo shunday vaziyatga duch kelib qolsangiz asqotadi.
Avvalo mahalliy politsiyaga murojaat qilinadi hujjat yo'qolgani faktini qayd ettirish uchun. Ular tomonidan ma'lumotnoma beriladi. Keyin o'sha davlatdagi O'zbekiston konsulligiga murojaat qilinadi. Masalan, Kanada hududida hozircha bunday konsullik yo'q, lekin shu yil ochiladi deyimoqda. Kanada davlatidagi yurtdoshlarimiz uchun AQSHning Vashington shahridagi O'zbekiston Elchixonasi xizmat ko'rsatadi.
Konsullikka "vatanga qaytish sertifikati(guvohnomasi)" olish uchun ariza beriladi. Anketa, foto, yo'qolgan pasport nusxasi, tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma(metrika), konsullik to'lovi (35 dollar) pochta orqali yuboriladi konvertda.
Shundan so'ng konsullik arizani ko'rib chiqadi va sizga "vatanga qaytish sertifikati(guvohnomasi)" yuboradi. Bu hujjatdan 3 oy ichida foydalanish zarur, ya'ni vatanga borib pasportni yangilab kelish talab etiladi. Yo'qolgan pasport ichidagi vizani ham O'zbekistondan turib, yangi pasport bilan ariza topshirib qayta olish mumkin.
Avvalo bu holat hech kimning boshiga tushmasin, lekin mabodo shunday holat yuz berib qolsa hamisha chiqish yo'li mavjud.
Mana bu havolada to'liq va batafsilroq ma'lumot berilgan.
๐ O'zbekiston Respublikasining AQSHdagi Elchixonasi. ๐
Yuqoridagi elchixonaga bog'lanish uchun:
Phone: (202) 887-5300
Email: info.washington@mfa.uz
Kanada ๐จ๐ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐ https://t.me/CanadAli
๐จ๐ฆ Kanada: Immigrant hayotining hech kim aytmaydigan achchiq haqiqatlari.
Bu davlatga kelganlarning ba'zilari asl Kanada qanday ekanini xattoki anglab yetmay ortiga qaytib ketishadi. "Yashash qiyin ekan", "qimmat ekan", "sovuq ekan", "ish kam ekan" degan nolishlar bilan.
Rostdan ham shundaymi o'zi? Naxotki orzu qilgan davlatingiz shunaqa shafqatsiz bo'lib chiqsa...
Aslida bu davlatda hammasi tizimlashtirilgan. Tizimga moslasha olmaganlar va boshidanoq ko'p narsani kutvorganlarga Kanada bir "tarsaki" tushiradi. Ijtimoiy tarmoqlardagi yoki kinolardagi ko'rgan videolari ta'sirida "pushti ko'zoynak" taqib kelganlar yengilgina "shok" holatiga ham tushadi ilk kelganida.
Ish haqlari va daromad katta ekani ko'zlarini ko'r qilishadi va soliqlar, yashash xarajatlarini unutib qo'yishadi. Boshqa davlatda olingan diplomingizni ham qadrlashadi deyishadi-yu, ishga kirishda mahalliy ish tajriba so'rashadi. Ish masalasida bu davlatda "networking" ya'ni o'zaro do'stona muhit ahamiyati katta, tanishlar orttirish kerak yaxshi ish topish uchun. Mutaxassislik va qo'lingizdan nima ish kelishi ko'proq qadrlanadi, diplom kuchidan ko'ra.
O'zi aslida rivojlangan har qanday davlatga immigratsiya qilishda aniq rejasiz borish insonni qiynab qo'yadi. Yetarlicha jamg'arma bilan kelmaslik, kerak bo'lsa karyerani o'zgartirishga tayyor bo'lmaslik, tanlagan sohasini chuqur tahlil qilmaslik, ilk kelgandagi "tirikchilik" usulini oldindan ko'ra olmaslik eng katta xatolardir.
Kanada davlatida "vaqtincha viza" bilan yashayotganlar, "doimiy yashash huquqi"ga ega bo'lmaganlar, o'ziga mos bo'lmagan ishda qolib ketganlar, yaqin 5-10 yil uchun aniq maqsad va rejalari bo'lmaganlar yetarlicha topiladi.
Ana o'shalar ko'proq hayotdan nolishadi. Chunki ularda bu davlatda qolish uchun aniq rejali maqsad mavjud emas. Kanada orzularni barbod qilmaydi, aksincha ushbu orzularning qanchalik mustahkam ekanini sinovdan o'tkazadi. Kuchlilar, kurashuvchanlar yaxshi yashaydi, ammo ruhan nozik insonlarni kapitalizm "g'ajib tashlaydi".
Ortiga qaytadigan 5-10 foiz yangi kelganlar "bu davlat biz uchun emas ekan" deyishadi. Chunki bu kabi insonlar har qanday joydan ayb topaveradi. Mustahkam o'rnashib qolganlar esa farovonlikka chiqib olishadi oxir-oqibat. Ana o'shalardan ilhom olish kerak, ular yurgan yo'llardan yurib o'tish kerak.
Sizchi, Kanadaga kelishdan avval bunga ruhan tayyormisiz?
Kanada ๐จ๐ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐ https://t.me/CanadAli
+1
Bizda yana bitta xushxabar! ๐๐๐จ๐ฆ Oilaviy Kanadaga kelish boโyicha navbatdagi marra zabt etildi!
Viza olish shansini oshirish uchun avval ayoliga magistratura uchun student vizaga alohida topshirildi. Bir urinishda viza olindi, lekin keyin eriga ishchi vizaga topshirilganida viza ofitser eriga โotkazโ berdi. Taslim boโlmadik. Eriga yana qayta topshirdik. Oxir oqibat gโalaba! ๐ฅณ
Yozishmalarimizga eโtibor bersangiz oโtgan yili fevral oyida ish boshlagan ekanmiz. Ancha uzoq muddat bosib oโtdik.
Avvaliga ayoliga mos boโlgan universitete tanladik, topshirdik, kutdik. Qabul xati oldik va vizaga harakat boshladik. Topshirdik, kutdik, ayoliga viza oldik. Eriga topshirdik, kutdik, โotkazโ keldi. Yana qayta topshirdik, kutdik va nixoyat tasdiqlandi. Jami 1 yildan oshiq vaqt ketibdi hammasiga. Hammasi xayrli tugaganidan xursandmiz! Boshqalarga ham nasib qilsin. ๐
Eslatib oโtamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 boโlgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligida koโrsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) boโlib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
๐ @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
๐ www.canadali.net
Kanada ๐จ๐ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐ https://t.me/CanadAli
็ฐๅทฒไธ็บฟ๏ผ2025 ๅนด Telegram ็ ็ฉถ โ ๅนดๅบฆๅ
ณ้ฎๆดๅฏ 
