fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

رفتن به کانال در Telegram

Kanada davlatiga o'qish, ishlash va yashash istagida bormoqchi bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun... Menga shaxsan bog'lanish uchun: @Mr_Ali_Canada Xizmatlar: www.canadali.net Instagram: https://instagram.com/kanadalik_uzbek

نمایش بیشتر
8 826
مشترکین
+524 ساعت
+167 روز
+1630 روز

در حال بارگذاری داده‌ها

ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
اکتبر '26
اکتبر '26
+144
در 2 کانال‌ها
سپتامبر '26
+143
در 1 کانال‌ها
Get PRO
اوت '26
+220
در 3 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '26
+140
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '26
+137
در 3 کانال‌ها
Get PRO
مه '26
+112
در 2 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '26
+147
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مارس '26
+133
در 1 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '26
+281
در 3 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '26
+881
در 44 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '25
+200
در 3 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '25
+227
در 1 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '25
+191
در 1 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '25
+164
در 1 کانال‌ها
Get PRO
اوت '25
+223
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '25
+196
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '25
+295
در 2 کانال‌ها
Get PRO
مه '25
+307
در 2 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '25
+289
در 4 کانال‌ها
Get PRO
مارس '25
+266
در 1 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '25
+191
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '25
+236
در 1 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '24
+158
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '24
+232
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '24
+300
در 3 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '24
+318
در 1 کانال‌ها
Get PRO
اوت '24
+400
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '24
+318
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '24
+245
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مه '24
+603
در 2 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '24
+432
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مارس '24
+577
در 2 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '24
+753
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '24
+794
در 2 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '23
+614
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '23
+541
در 2 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '23
+464
در 2 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '23
+1 550
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '23
+1 142
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '23
+932
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '23
+1 153
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '23
+222
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '23
+125
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '23
+553
در 0 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
21 اکتبر+7
20 اکتبر+6
19 اکتبر+8
18 اکتبر+7
17 اکتبر+14
16 اکتبر+4
15 اکتبر+4
14 اکتبر+5
13 اکتبر+10
12 اکتبر+10
11 اکتبر+4
10 اکتبر0
09 اکتبر+2
08 اکتبر+3
07 اکتبر+9
06 اکتبر+6
05 اکتبر+34
04 اکتبر+1
03 اکتبر+3
02 اکتبر+4
01 اکتبر+3
پست‌های کانال
Kanadaga yana immigrantlar kerak bo'lyapti! 🇨🇦 Davlat bosh vaziri ko'pchilik uzoq vaqtdan beri kutgan so'zlarni tilga oldi
Kanadaga yana immigrantlar kerak bo'lyapti! 🇨🇦 Davlat bosh vaziri ko'pchilik uzoq vaqtdan beri kutgan so'zlarni tilga oldi va nihoyat. Oxirgi 3 yilda Kanadaga kelayotgan chet ellik studentlar, ishchilar va turistlar soni yildan yilga qisqartirib kelinayotgan edi. Va hattoki doimiy yashovchilar kvotasi ham bosqichma-bosqich kamaytirish rejasiga o'tilgan edi. Ana endi esa shu o'tgan 3 yildan beri 1-marta kvotalarni "oshirish" degan jumla yangramoqda. Kanada bosh vaziri Mark Karney AQSHning New York Times nashriga bergan katta intervyusida aytib o'tdiki, hozirga kelib immigratsiya siyosati anchagina nazorat ostiga olingan. Endi hukumat oldida turgan asosiy masala shundaki, immigrantlar sonini yana bosqichma-bosqich oshirish rejasini qachon e'lon qilish. Siyosatda esa raqamlardan ko'ra signallar muhimroq ahamiyat kasb etadi, buni bilasiz. Axir 3 yildan buyon Kanada immigratsiya siyosatida faqat "qisqartirish" jumlasi ko'p bora ta'kidlab kelinayotgan edi. Bu safar esa shaxsan bosh vazir, ya'ni immigratsiya siyosatini to'g'ridan-to'g'ri boshqaruvchi hukumat rahbari tomonidan "oshirish" jumlasi ishlatilmoqda. Nima uchun bu mavzu aynan hozir juda muhim? Chunki qoidaga ko'ra har yili 1-noyabrgacha hukumat 3 yillik immigratsiya rejasini e'lon qilish zarur. Bizga shunday tuyulmoqdaki, bosh vazir barchaga hozirdanoq immigratsiya kvotalarida raqamlar oshishi bo'yicha o'ziga xos ishora bermoqda. Uning siyosiy raqibi, ya'ni konservatorlar partiyasi yetakchisi esa immigrantlar soni yana oshirilar ekan deb tinmay tanqidni boshlab yubordi. Bilamizki, Kanada immigratsiyani uzoq vaqt qisqartirib ushlab tura olmaydi. Sababi, bunday qiladigan bo'lsa mamlakatda iqtisodiy o'sish sekinlashishi, ishchi kuchi yetishmovchiligi va oxir-oqibatda budjetga soliqlardan tushadigan tushumlar pasayishi xavfi bor. Shunday ekan, boy iqtisodiy bilim va tajribaga ega bo'lgan bosh vazir istaydimi yoki yo'qmi kvotalarni oshirishga majbur ekanini o'zi ham tushunib turibdi. Siz nima deb o'ylaysiz? Yaqin orada Kanada immigratsiya kvotalari oshadimi yoki o'zgarmay qoladimi? Ko'ramiz, kuzatamiz... Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli

2
🇨🇦Qaynoqqina tanlov. 5 mingta nomzod tanlandi. Bizdan 2 ta oila bor ro’yxatda. Qolganlar kelgusi tanlovlarda ishtirok etadi+3
🇨🇦Qaynoqqina tanlov. 5 mingta nomzod tanlandi. Bizdan 2 ta oila bor ro’yxatda. Qolganlar kelgusi tanlovlarda ishtirok etadi endi. Hammasi haqida ushbu ma’lumotlarda tanishing. ⚠️ Xizmatlar Litsenziya raqami R531671 bo'lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligida ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo'lib ishlayman. 🛫 Kanadaga kelish uchun yo’l topa olmay yurgan do'stlaringizga ushbu postni yuborishni unutmang! Bizga shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada Amaliy-huquqiy yordam uchun: 👉 www.canadali.net Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
2 556
3
🇨🇦Kanadaga kelish bo’yicha ba’zi muhim savollarga javob berildi ushbu postlarda. ⚠️ This content is for informational purpo+9
🇨🇦Kanadaga kelish bo’yicha ba’zi muhim savollarga javob berildi ushbu postlarda. ⚠️ This content is for informational purposes only and does not constitute immigration advice. Always refer to official sources for the latest information. Kanadaga bormoqchi bo'lgan do'stlaringizga ushbu postni yuborishni unutmang! Bizga shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada Amaliy-huquqiy yordam uchun: 👉 www.canadali.net Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
3 770
4
🇨🇦"Kanada yopildi! Endi chet elliklar kerak emas bu davlatga!" degan xabarlar rostmi? Asl vaziyat qanday? Ko‘pchilik "Kanad
🇨🇦"Kanada yopildi! Endi chet elliklar kerak emas bu davlatga!" degan xabarlar rostmi? Asl vaziyat qanday? Ko‘pchilik "Kanada immigratsiyani butunlay to‘xtatib qo‘ydi, endi bu davlatga borib bo‘lmaydi" deb o‘ylayapti ekan. Keling, aniq faktlarga murojaat qilamiz: Kanada yopilgani yo'q, lekin qoidalar biroz o'zgardi! Aniq faktlar va raqamlar. Hukumat rejasiga ko'ra, doimiy yashovchilar (PR) kvotasi avvalgi yillarga qaraganda kamaytirilgani rost. Masalan, 2026-yilda bu ko‘rsatkich 380,000 nafarga tushirildi (avvalgi rejalarda bu raqam yiliga 500,000 dan oshardi). – Eng katta qisqartirish vaqtinchalik viza egalari – ya'ni talabalar va ishchilarga tegishli bo’ldi. Xalqaro talabalar oqimi o‘tgan yillarga nisbatan keskin qisqardi. Maqsad – vaqtinchalik aholi ulushini mamlakat umumiy aholisining 5 foizigacha tushirish. Kimlarga imkoniyat qoldi? Demak, "hech kim kerak emas" degani noto‘g‘ri. Kanada shunchaki tasodifiy keluvchilar oqimini to‘xtatib, faqat o‘ziga kerakli nomzodlarni tanlab olyapti. – Hozirda tibbiyot xodimlari, qurilish mutaxassislari va fransuz tilini biladigan istalgan malakali kasb egalari uchun yo‘llar ochiq. Shuningdek, allaqachon Kanadada ishlayotgan va o‘qiyotganlarga doimiy rezidentlikka (PR) o‘tish imkoniyati hamon berilyapti. Xulosa. "Oson kirish" davri tugadi, lekin professional va maqsadli immigratsiya davri davom etmoqda. Bilasizmi, Kanadadan tashqari dunyoning hech bir davlatiga chet el fuqarosi to’g’ridan to’g’ri doimiy yashash huquqini olib kelmaydi hozirgi kunda. Ko'p davlatlarda "avval keling, o'qing, ishlab bering va qoling" deb nomlangan tizim amal qiladi. Lekin faqatgina Kanada nomzod bu davlatga umuman oyoq qo'ymasidan ham unga doimiy yashash huquqini bera oladi. Siz nima deb o'ylaysiz, Kanada cheklangan immigratsiya siyosatini to'g'ri qilyaptimi yoki avvalgiday bu davlatga kirish yanada osonlashsa yaxshimi? Kanadaga bormoqchi bo'lgan do'stlaringizga ushbu postni yuborishni unutmang! Bizga shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada Amaliy-huquqiy yordam uchun: 👉 www.canadali.net Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
4 206
5
Kanadaga endi fransuz tilini biladigan immigrantlar kerak emasmi? 🇨🇦 Fransuz tili bo'yicha Express Entry tanlovlari qayerda
Kanadaga endi fransuz tilini biladigan immigrantlar kerak emasmi? 🇨🇦 Fransuz tili bo'yicha Express Entry tanlovlari qayerda qoldi? 🤔 Avgustdan beri fransuz tili bo'yicha tanlov yo'q, ko'pchilik "dastur yopildimi?" deb o'ylayapti. Avval raqamlarga qaraymiz. 2026-yilda 10 ta fransuz tili tanlovi bo'ldi. Ularda jami 50 500 ta taklifnoma berilgan. Eng kattasi 6-fevralda bo'ldi: 8 500 ta taklifnoma, hozirda o’rtacha ball 400. Oxirgisi 19 avgustda bo'ldi: 5 000 ta taklifnoma, minimal ball 382. Bu 2025-yil martidan beri fransuz tili toifasidagi tanlovlarda eng past ball bo’lgandi. Keyin nima bo'ldi? Sentyabr oyida Kanada hukumati boshqa toifalarga e'tibor berdi. Avgust oxiri va sentyabr boshida provinsial tanlovlar, Kanada ish tajribasiga ega nomzodlar, shifokorlar va sog'liqni saqlash sohasi bo'yicha tanlovlar o'tdi. Ba'zi tahlilchilar sentyabrda kamida ikkita fransuz tili tanlovi bo'lishini kutgandi, lekin bu sodir bo'lmadi. Demak, Kanada immigratsiya ehtiyojini oldindan aytib bo'lmayapti. Dastur bekor qilindimi? Bekor qilinganini tasdiqlovchi rasmiy xabar e’lon qilinmagan. Fransuz tili toifasi hali ham amalda. Bundan tashqari, bu birinchi marta bo’layotgan tanaffus ham emas: shu yil 28-maydan 9-iyulgacha ham taxminan olti hafta tanlov bo'lmagan, undan keyin 5 000 talik tanlov o'tgan. Hozir oxirgi tanlovdan taxminan olti yarim hafta o'tdi. Kvotalar kamayadimi? Rasmiy reja buning aksini ko’rsatmoqda. 2026-2028-yillar uchun immigratsiya rejasida fransuz tili doimiy rezidentlari rejasi umumiy kvotaning 2026-yilda 9% (30 267 kishi), 2027-yilda 9,5% (31 825) va 2028-yilda 10,5% (35 175) etib belgilangan. Hukumat 2029-yilga borib 12% ga chiqishni ham va'da qilgan. Ya'ni kvota doimiy o'sib borishi oldindan hal qilingan. Yangi 3 yillik reja (2027–2029) odatda noyabr boshida e'lon qilinadi. Ballar ko'tariladimi? Buni hech kim aniq bilmaydi. Odatda tanlovlar orasidagi tanaffusda profillar to'planib qoladi. Shuning uchun kelayotgan yangi tanlovda minimal ball 382 dan ko'tarilishi ehtimoli yuqori. Fransuz tili nega buncha muhim? Fransuz tilini kamida B2 daraja va undan yuqori bilgan, ingliz tili darajasi ham kamida B1 daraja bo'lgan nomzod ballar tizimida 50 balgacha qo'shimcha ball oladi. Inglizchasi pastroq bo'lsa, 25 balgacha. Fransuz tilini yaxshi bilsangiz, aynan French stream tanlovlarisiz ham bu ball sizni boshqa tanlovlarda nomzodingiz tanlanishi ehtimolini oshiradi. Ya’ni Express Entry tizimida, eng yomon holat yuz berib, aynan fransuz tili tanlovi bekor qilingan taqdirda ham, tilni bilganingiz boshqa tanlovlarda ham qatnashib, balingizni yuqori qilishda yordam beradi. Siz fransuz tilini bekorga o’rgangan bo’lib chiqmaysiz oxir-oqibat. Xulosa: Tanlovlar 1,5 oydan beri to'xtab turibdi, lekin rasman bekor qilinmagan. Hukumatning rejalari yuqori, shuning uchun fransuz tilini o'rganishni to'xtatmaslik kerak. Bu til nomzodlarga yaqin 3-5 yil ichida Kanada doimiy yashovchisi huquqini olish uchun ideal imkoniyat taqdim etishi mumkin. Bizga shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada Amaliy-huquqiy yordam uchun: 👉 www.canadali.net Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
5 263
6
Bu safar rekord yangilandi. 2 oyda yakuniy natija! Bunaqasi 1-marta. Sentyabr oyini o'zida 2-oila ham Kanadaga fransuz tili y+5
Bu safar rekord yangilandi. 2 oyda yakuniy natija! Bunaqasi 1-marta. Sentyabr oyini o'zida 2-oila ham Kanadaga fransuz tili yordamida PR, ya'ni "doimiy yashash" huquqini olmoqda. 🇨🇦🥳🎉😎 Mazkur oila vakili (ayoli) shu yilning aprel oyida fransuz tilidan TCF B2 sertifikatini qo'lga kiritdi. Avvaliga "hujjatlarni o'zim mustaqil qilib ko'rmoqchiman, nima deysiz?" deb taklif qilishdi. Biz aytdikki, "aslida o'zi ham qilsa bo'ladi hujjatni, lekin hujjat yig'ish jarayonida murakkab muammoli vaziyatlarda tajriba o'z so'zini aytadi", deb ogohlantirdik. "Shuncha qilgan mehnatim havoga uchmasin, yoshim ham 35 dan oshgan, bunaqa imkoniyat boshqa bo'lmasligi mumkin" deb oxir-oqibat baribir biz bilan oxirigacha ishlashga qaror qilishdi. May oyida tanlovda (ITA) tanlanib, iyul oyida barcha hujjatlarni jamoamiz yordamida topshirgan edi. Yakuniy natija esa juda tez, ya'ni 2 oyda chiqdi. Mazkur keys haqida qisqacha ma'lumot: To'plagan bali: 489 Asosiy nomzod yoshi: 37 Ta'lim darajasi: Magistratura Til bilish darajasi: TCF B2, IELTS ham bor Ish tajribasi: 9 yil Asli qayerdan: Toshkent Fransuz tilini "0"dan o'rgangan. Kanada student vizasidan 1 marta, AQSHdan 2 marta "otkaz" olgan ekan oldin. Timeline: Express Entry akkaunt ochilgan: 2-may Taklif olgan: 28-may Hujjat topshirgan: 23-iyul Biometrika: 4-avgust Yakuniy natija: 17-sentyabr Hujjatlarni ko'rib chiqish jarayonida IRCC tomonidan turli xil "zapros"lar keladi odatda. Lekin qiziq tarafi bu oila hujjatlarida hech qandayqo'shimcha o'rganishlar bo'lmadi. Bittada ijobiy xulosa berishdi. Hujjatlarni puxta qilish uchun rosa "yugurtirish"ga to'g'ri keldi o'ziyam. 😆 Asabiylashib, charchab ham ketishdi, "hali u kerak hali bu kerak" degan talablarimizga. Xullas hammasi ijobiy yakun topdi va jamoamiz bilan yana bir O'zbekistonlik oilaning rejasi amalga oshishida hissa qo'shganimizdan xursandmiz. Aynan shu yo'nalishda harakat qilayotganlarga kuch-quvvat bersin va shu usulni boshlasakmikan deb o'ylab yurganlarga esa yana bir hayotiy motivatsion misol. Barchaga omad! Nasib qilsin niyat qilgan boshqalarga ham. Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman. Bizga shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada Amaliy-huquqiy yordam uchun: 👉 www.canadali.net Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
6 069
7
Kanada🇨🇦 Yevropa🇪🇺 Ittifoqiga a'zo bo'ldimi? Yevropada yashayotganlar Kanadaga vizasiz bora oladimi endi? Shengen vizasi
Kanada🇨🇦 Yevropa🇪🇺 Ittifoqiga a'zo bo'ldimi? Yevropada yashayotganlar Kanadaga vizasiz bora oladimi endi? Shengen vizasi borlar uchun qanday yengilliklar bor? So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda "Kanada Yevropa Ittifoqiga qo'shilibdi, endi Shengen vizasi bilan Kanadaga borish mumkin ekan" degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Biroq bu ma'lumot haqiqatga mutlaqo to'g'ri kelmaydi. Kanada Yevropa ittifoqining to'laqonli a'zosi emas, shunchaki assotsiatsiyalangan a'zosi. Yevropa Ittifoqi - faqat Yevropa qit'asida joylashgan davlatlarni birlashtiruvchi tashkilot. Kanada Shimoliy Amerikada joylashgan va geografik hamda siyosiy jihatdan YEIga to'liq a'zo bo'la olmaydi. Hozirgi a'zolik esa faqatgina ilmiy, texnologik, xavfsizlik, energiya va savdo masalalarida hamkorlikni nazarda tutadi. Hozirda Shengen vizasi o'tmaydi Kanadaga kelish uchun, sababi Kanada Shengen hududiga kirmaydi. Shu sababli, Shengen vizasi yoki Yevropada yashash guvohnomasi (VNJ) borligi Kanadaga vizasiz kirish huquqini bermaydi. O'zbekiston fuqarolari Yevropada Shengen yoki VNJ bilan yashasa ham, Kanadaga borish uchun baribir alohida viza talab qilinadi. Hozirgi holatdan "vahima" yasab, endi Kanadaga borish uchun Yevropa vizasini oling deb "vasvasa" qilayotganlar ham rasmiy manbalar, yoki hech bo'lmasa "sun'iy intellekt" (AI) dan bu haqda to'liq bilib, keyin ma'lumot tarqatsalar to'g'ri bo'lar edi. Kanadaga kelishni rejalashtirishda faqat rasmiy manbalarga va elchixona ma'lumotlariga tayanishingizni tavsiya etamiz! Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
4 384
8
Bizda navbatdagi xushxabar! Yana bir O'zbekistonlik oila Kanadaga 🇨🇦 fransuz tili yordamida PR, ya'ni "doimiy yashash" huqu
Bizda navbatdagi xushxabar! Yana bir O'zbekistonlik oila Kanadaga 🇨🇦 fransuz tili yordamida PR, ya'ni "doimiy yashash" huquqini oldi. 🥳🎉😎 Shu yilning aprel oyida fransuz tilidan TCF B2 sertifikati yordamida tanlovda (ITA) tanlanib, iyun oyida barcha hujjatlarni jamoamiz yordamida topshirgan edi. Yakuniy natija esa juda tez, ya'ni 3 oyda chiqdi. Hujjat topshirganidan keyin, javobni kutish jarayonida farzandli bo'lishdi va farzandi uchun ham alohida ariza berishga to'g'ri keldi. Bu biroz qo'shimcha ish, lekin qonunan shunday qilish mumkin. Endi esa pasportlarini "immigrant" vizasini olish uchun pochta orqali yuborishadi va uzog'i bilan 1-2 oy ichida Kanadaga kirib kelishlari mumkin istashsa. Viza berilganidan keyin bemalol 12 oy ichida Kanadaga kirish mumkin va kirgandan keyin o'rtacha 1 oy ichida PR kartalari beriladi. Shu bilan hech qanday vizasiz Kanada hududida yashayveradi va O'zbekistonga ham borib kelib yuraveradi cheklovlarsiz. Mazkur keys haqida qisqacha ma'lumot: To'plagan bali: 466 Asosiy nomzod yoshi: 29 Ta'lim darajasi: Bakalavr Til bilish darajasi: TCF B2, IELTS ham bor Ish tajribasi: 2,5 yil Asli qayerdan: Toshkent Fransuz tilini "0"dan o'rgangan. AQSHdan oldin 2 ta "otkaz"i bo'lgan. Timeline: Express Entry akkaunt ochilgan: 1-aprel Taklif olgan: 16-aprel Hujjat topshirgan: 14-iyun Biometrika: 22-iyul Yakuniy natija: 14-sentyabr Hujjatlarni ko'rib chiqish jarayonida IRCC tomonidan turli "zapros"lar keldi. Jumlada: turmush o'rtog'ining harbiy xizmat holati, o'zining fransuz tilini o'rganish tarixi kabi. Barchasiga o'z vaqtida va puxta javoblar taqdim qilindi. Yuqorida yozilganidek orada farzandi tug'ilgani uchun farzandi hujjatlari ham keysga qo'shildi. Xullas hammasi ijobiy yakun topdi va jamoamiz bilan yana bir O'zbekistonlik oilaning rejasi amalga oshishida hissa qo'shganimizdan xursandmiz. Aynan shu yo'nalishda harakat qilayotganlarga kuch-quvvat bersin va shu usulni boshlasakmikan deb o'ylab yurganlarga esa kichik bir hayotiy motivatsion misol. Barchaga omad! Nasib qilsin niyat qilgan boshqalarga ham. Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman. Bizga shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada Amaliy-huquqiy yordam uchun: 👉 www.canadali.net Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
5 001
9
Ming-minglab odamlar orzu qiladigan va mashaqqat chekib qo'lga kiritadigan o'sha 🇨🇦Kanada "doimiy yashovchisi" hujjati ko'r
Ming-minglab odamlar orzu qiladigan va mashaqqat chekib qo'lga kiritadigan o'sha 🇨🇦Kanada "doimiy yashovchisi" hujjati ko'rinishi qanaqa bo'ladi o'zi? Bolalarga ham beriladimi? Bu hujjat bilan bemalol kelib-ketib yursa bo'ladimi O'zbekistonga ham? Keyin hech qanday viza kerak emasmi shunda? Ushbu videoda shu haqda ko'rsatib berishga harakat qildim. Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish yo'llari aynan shu kanalda 👉 https://t.me/CanadAli
3 485
10
Har doim ham emas, lekin ba'zi holatlarda yosh farzandiga student viza olishni 🇨🇦Kanada hukumatidan so'ragan ota yoki onasi
Har doim ham emas, lekin ba'zi holatlarda yosh farzandiga student viza olishni 🇨🇦Kanada hukumatidan so'ragan ota yoki onasi ham viza olishi mumkin bu davlatga. Mana bitta misol. 🥳 Aslida sizda Kanadaga kelish uchun imkoniyat kamroq bo'lsada, ingliz tilini yaxshi biladigan farzandingiz kelajakda siz uchun bu davlatga "eshik ochishi" mumkin. Ushbu mijozlarimiz bizga bog'lanib, onasi ham qizi bilan birga vizaga topshirishini taklif qilganida, dastlab biz bunga rozi bo'lmadik. Sababi, farzandi bahona Kanadaga kelib olib qolib ketishi mumkin degan shubha uyg'onadi viza ofitserida deb. Biroq, barcha riskni tushunib harakat qilyapmiz, urinib ko'raylik degan qat'iy qarorini amalga oshirishda yordam berishga oxir oqibat rozi bo'ldik. O'xshadi, berdi onasiga ham viza. Nasib ekanda... To'g'ri, hammaga ham bunaqa usulda viza beraverishmaydi, rad ham qilib turishadi. Lekin peshonada bu ham, oldindan taxmin qila olmaysiz ofitserning qarorini. Farzandi Kanadaga o'qishga kelib, bitirib ishlab qolsa va doimiy yashash huquqini olsa, ota-onasini ham ushbu davlatga olib kelish huquqi bor albatta. Lekin buni kamida 5 yillik reja deb hisoblash zarur uzoqroq kelajak uchun. Ammo, o'qishga yuborish chog'ida birga borishi kabi mana shunaqa holatlar ham uchrab turadi amaliyotda. Viza olgan ushbu mijozimiz keysi haqida qisqacha ma'lumot: Ta'lim muassasasi: OCAD - Ontario Art and Design University. Toronto shahri, Ontario provinsiyasi. Tanlagan yo'nalishi: Design - Experimental Animation. (4 yillik bakalavr dasturi) Avval tugatgan o'qish joyi: O'rta ta'lim maktabi, 11 yillik. Yoshi: 17 Til bilish darajasi: IELTS 7.5 ball Asli qayerdan: Toshkent Vizaga topshirgan 12-may, natija 7-iyul, jami 2 oy ketdi. Biz bilan ishni boshlagan: 2026-yil mart, o'qishga kirgan 2026-yil aprel, vizaga hujjat yig'gan: aprel-may oylari 2026-yil. Yana bir yosh va istiqbolli yurtdoshimizning Kanadaga kelishida hissa qo'shganimizdan mamnunmiz. ✌️ Sizga yoki farzandingizga ham Kanada student vizasida amaliy yordam zarur bo'lsa, bizga qanday aloqaga chiqishni bilsangiz kerak! Unutmang: "Natijalar gapiradi!" 😎 Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman. Bizga shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada Amaliy-huquqiy yordam uchun: 👉 www.canadali.net Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
4 623
11
Bugungi kun qanday voqealarga boy bo'ldi? Kanada sari dadil qadam qo'yayotgan yurtdoshlarimizning mehnati tahsinga loyiq. 👏+3
Bugungi kun qanday voqealarga boy bo'ldi? Kanada sari dadil qadam qo'yayotgan yurtdoshlarimizning mehnati tahsinga loyiq. 👏 Mana bu 4 ta qisqa epizod bilan tanishib ko'ringda. Balki sizga ham ilhom manbayi bo'lar...🤗 Shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
4 529
12
Moddiy to‘kinlikdan ham muhimroq: 🇨🇦Kanada hayotining oilaga beradigan eng katta tuhfasi. Ish va oila o‘rtasidagi oltin muv
Moddiy to‘kinlikdan ham muhimroq: 🇨🇦Kanada hayotining oilaga beradigan eng katta tuhfasi. Ish va oila o‘rtasidagi oltin muvozanat. Chet elga, xususan Kanadaga ko‘chib o'tgan ko'plab insonlar uchun eng katta yutuq bu moddiy farovonlik emas, balki oilaga ajratish uchun vaqtning yetarli ekani. Ish soati tugagach, hayot to‘xtab qolmaydi. Kanadadagi mehnat qonunchiligi va madaniyati insonning o'z oilasiga vaqt ajratishiga imkon beradi. Axir, hayot faqat ishdan iborat emasligi aniq, aynan mana shu holat bu davlatda yaqqol seziladi. Dam olish kunlarini shunchaki divanda, ijtimoiy tarmoqlarda yoki televizor qarshisida emas, balki oila bilan birga tabiat qo'ynida, parklarda va ochiq havoda mazmunli o'tkazishga sharoit yaratib qo'yilgan. Kuzatuvlarimga ko'ra mahalliy aholi o'zini mutlaqo ishga bag'ishlab yubormagan. Farzandining hayotida to‘liq ishtirok etadi. Chunki bunga vaqti yetarli, sababi qilayotgan ishi yashash uchun yetarlicha daromad keltirishi sababli qo'shimcha ishlashiga ehtiyoj kam. Bolalarining qiziqishlari, hobbilari, sport va boshqa ko'ngilochar tadbirlarida ota-onasi ham birday qatnashadi ishidan ortib. To'g'rida, ishdan keyin boshlig'i qachon uyga ketishini kutib o'tirmaydi. Ish soati tugashi bilan erkin uyiga keta oladi. Chala qolgan ishni ertasi kuni ham davom ettiraveradi. Chunki bosim mavjud emas, tizim asta-sekinlik bilan, shoshilmay harakatlanadi. Dam olish kunlari va ta'tillarda ish joyidan qo'ng'iroqlar yoki topshiriqlar bo'lmasligi, vaqtni to'liq oilaga bag'ishlashga imkon beradi. Shahar va shaharchalarda har bir mahalla uchun mo‘ljallangan bog‘lar, bolalar maydonchalari va xavfsiz piyodalar yo‘lakchalari mavjud. Kanadaning betakror tabiati (ko‘llar, milliy parklar, tog‘lar) hafta oxirida oila bilan kemping, baliq ovlash yoki shunchaki sayr qilayotganlar bilan to'la bo'ladi. Ertangi kunga, xavfsizlikka va ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ishonch insondagi doimiy stress va xavotirni kamaytiradi. Natijada, ruhiy xotirjam inson o‘z yaqinlariga sifatli e’tibor va samimiy mehr bera oladi. Bugungi shiddatli dunyoda eng qimmatli resurs - bu vaqt. Shunday ekan, vaqtimizdan ma'lum bir qismini albatta oila va yaqinlarga sarflashni esdan chiqarmaylik. Agarda aynan hozir buni uddalay olmayotgan bo'lsangiz, balki nimanidir o'zgartirish vaqti kelgandir. Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
5 571
13
Farzandingiz 🇨🇦Kanada yoki 🇺🇸AQSHda tug‘ildi. 🇺🇿O‘zbekiston pasportini ham olsa bo'ladimi? Qay tartibda? Maqolani yaxsh
Farzandingiz 🇨🇦Kanada yoki 🇺🇸AQSHda tug‘ildi. 🇺🇿O‘zbekiston pasportini ham olsa bo'ladimi? Qay tartibda? Maqolani yaxshi niyatda saqlab qo'yavering: kelajakda asqotib qolar balki. 😉 Kanada yoki AQSH hududida tug‘ilgan bolalar ushbu mamlakat qonunchiligiga ko‘ra tug‘ilish bo‘yicha avtomatik ravishda mahalliy fuqarolikni oladi. Biroq, agar ota-onaning ikkalasi (yoki ulardan biri) O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsa, bola O‘zbekiston fuqaroligini ham olish huquqiga ega. Quyidagi ketma-ketlikka rioya qilish zarur bu borada: 1. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma (Birth Certificate) apostil qilinadi. Kanadaning Ottava shahrida joylashgan Global Affairs Canada tashkiloti buni bepul amalga oshiradi. Metrikani pochtadan yuborish kerak xolos. Lekin Ontario, BC, Alberta, Saskatchewan va Quebec provinsiyalarida o'zining alohida apostil qiluvchi tashkiloti bor. 2. Vatanga qaytish guvohnomasini (Sertifikat) olish. Bola O‘zbekistonga kirib kelishi uchun "Vatanga qaytish guvohnomasi" rasmiylashtirilishi kerak. Kanadada O‘zbekiston elchixonasi (hozircha) yo‘q, shuning uchun bu hujjatni Kanadada yashaydigan O‘zbekiston fuqarolariga AQSHning Vashingtondagi O‘zbekiston Elchixonasi beradi. Mana bu saytda ushbu hujjatni olishga talablar belgilangan: 👉 Vatanga qaytish guvohnomasi Zaruriy hujjatlar: Bolaning metrikasi apostil qilingani hujjati. Ota-onaning amaldagi O‘zbekiston pasportlari nusxasi va nikoh guvohnomasi; Bolaning 3.5x4.5 sm o‘lchamdagi fotosuratlari; Belgilangan shakldagi ariza hamda konsullik yig‘imi to‘lovi. Guvohnoma ma’lum bir muddatga (3 oygacha) O‘zbekistonga bir martalik kirish uchun beriladi. 3. O‘zbekistonda biometrik pasport rasmiylashtirish. Bola Vatanga qaytish guvohnomasi bilan O‘zbekistonga olib kelingandan so‘ng, doimiy ro‘yxatda turgan hududdagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (OVIIR) murojaat qilinadi. U yerda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi: Bolaning AQSH/Kanada tug‘ilganlik guvohnomasi (apostil va o'zbek tiliga tarjimasi bilan) va konsullikdan berilgan sertifikat taqdim etiladi. Bola O‘zbekiston fuqarosi sifatida doimiy ro‘yxatga (propiska) qo‘yiladi. Fuqarolik tasdiqlangach, bolaga O‘zbekiston Respublikasining xorijga chiqish biometrik pasporti beriladi. Shu tarzda, bola har ikkala davlat hujjatlariga ega bo‘lgan holda qonuniy ravishda O‘zbekiston fuqaroligini rasmiylashtirishi va O‘zbekiston pasportini olishi mumkin. Diqqat bu muhim: Agarda bola O'zbekistonga xorijiy davlat pasporti bilan kirib kelsa unga fuqarolik berilmaydi. Boshqatdan, kelasi safar vatanga qaytish sertifikati bilan kirib kelishga majbur bo'ladi. Ovoragarchilik bo'lmasligi uchun o'sha sertifikatga ancha oldindan topshirib qo'yish tavsiya qilinadi, agar farzandingizga O'zbekiston pasportini ham olmoqchi bo'lsangiz. Ya'ni vatanga borishingizdan 2-3 oy avval harakatni boshlang. Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
4 865
14
"Kanadaga borish qiyinmi? Chekkaroq hududlariga immigratsiya osonroqmi?" deb nomlangan mavzuda YouTube platformasida batafsil
"Kanadaga borish qiyinmi? Chekkaroq hududlariga immigratsiya osonroqmi?" deb nomlangan mavzuda YouTube platformasida batafsil video joyladik. 3 daqiqalik video davomida bu mavzudagi faktlarni to'liq yoritib berishga harakat qildim. O'ylaymizki, bu imkoniyat Kanadaga borish uchun yo'l qidirib yurganlarga ancha foydali bo'ladi. Ko'rib "like" tugmasini bosish va izohlarda savollar yoki fikrlarni qoldirish orqali "prosmotr" oshirishda bizga yordam bersangiz xursand bo'lamiz. Raxmat kattakon! 🤝 Videoni mana bu havoladan ko'rish mumkin:👇 https://youtu.be/rcSiDeovQ-w?si=0M5w1xl92TgXalhp Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
5 694
15
Mana shunday email olish nasib qilsin barcha Kanadaga harakat qilayotganlarga! 🇨🇦 Kanada doimiy yashovchisi statusingiz tas
Mana shunday email olish nasib qilsin barcha Kanadaga harakat qilayotganlarga! 🇨🇦 Kanada doimiy yashovchisi statusingiz tasdiqlanganidan so’ng, sizga mana shunday mazmundagi eng so’nggi email keladi va hayotingizda yangi sahifa boshlanadi! 😎 @CanadAli 🍁
6 067
16
Ball keskin pastladi. 382 ball bilan yana 5 mingta odam taklif oldi. 😎🛫🇨🇦 @CanadAli
Ball keskin pastladi. 382 ball bilan yana 5 mingta odam taklif oldi. 😎🛫🇨🇦 @CanadAli
6 652
17
"Hamma chet elga surishi kerakmi? Kimlar vatanda qolsa yaxshiroq?" deb nomlangan mavzuda YouTube platformasida batafsil video
"Hamma chet elga surishi kerakmi? Kimlar vatanda qolsa yaxshiroq?" deb nomlangan mavzuda YouTube platformasida batafsil video joyladik. Bor yo'g'i 7 minutlik video davomida bu boradagi fikrimni to'liq yoritib berishga harakat qildim. Mazkur videoda Kanadaga yashash uchun kelganimdan keyin nimalarni his qilganimni va hozirga kelib qanday xulosa qilganimni shaxsiy tajribamdan yoritib berishga intildim. O'ylaymanki, bu fikrlar chet elga ketish yoki vatanda qolish qaroringiz uchun ancha foydali bo'ladi. Ko'rib "like" tugmasini bosish va izohlarda savollar yoki fikrlarni qoldirish orqali "prosmotr" oshirishda bizga yordam bersangiz xursand bo'lamiz. Raxmat kattakon! 🤝 Videoni mana bu havoladan ko'rish mumkin:👇 https://youtu.be/NQl9blEqj7o?si=YIG5Hjpiu9PIU7Kj Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
6 293
18
Nomzodni ko'chma ma'noda 🇨🇦Kanadaga "sota olsangiz", unga viza berishlari ehtimoli yuqori bo'ladi. Mana yaqqol misol! 😎Xo'+1
Nomzodni ko'chma ma'noda 🇨🇦Kanadaga "sota olsangiz", unga viza berishlari ehtimoli yuqori bo'ladi. Mana yaqqol misol! 😎Xo'sh, student viza olish sirlaridan eng muhimi qaysi? 🤔 Avvalgi o'qigan sohasi, hozirgi kundagi kasbi va umuman olganda nomzodning o'tmishda bosib o'tgan yo'li va kelajakdagi rejalariga moslab o'qish va dastur tanlash student viza olishda katta ahamiyat kasb etadi. Ofitserlar ham ma'no va mantiq izlaydi baribir. "Nima uchun aynan hozir Kanada davlatida aynan shu o'qishda va shu yo'nalishda ta'lim olishni xohlab qoldingiz?" degan savol bo'ladi hujjat ko'rish jarayonida viza ofitserida. E'tibor bering "svejiy" natijalarimizdan birining o'qigan universiteti va hozirgi kasbiga qanchalik mos tushgan tanlagan programmasi. Viza olgan ushbu mijozimiz keysi haqida qisqacha ma'lumot: Ta'lim muassasasi: Centennial college. Toronto shahri, Ontario provinsiyasi. Tanlagan yo'nalishi: Construction Project Management. (1 yillik, 3 semester, Post Graduate Certificate dasturi) Avval tugatgan o'qish joyi: Samarqand Arxitektura va Qurilish universiteti (bakalavr, Dizayn Interyerni Loyihalash yo'nalishi) Kasbi: Arxitektor-interyer dizayner Yoshi: 23 Til bilish darajasi: TOEFL 82 ball Asli qayerdan: Samarqand Vizaga topshirgan 16-iyun, natija 13-avgust, jami 2 oy ketdi. Biz bilan ishni boshlagan: (2026-yil mart, o'qishga kirgan 2026-yil aprel, vizaga hujjat yig'gan: may-iyun oylari 2026-yil. Yana bir yosh va istiqbolli yurtdoshimizning Kanadaga kelishida hissa qo'shganimizdan mamnunmiz. ✌️ Sizga yoki farzandingizga ham Kanada student vizasida amaliy yordam zarur bo'lsa, bizga qanday aloqaga chiqishni bilsangiz kerak! Unutmang: "Natijalar gapiradi!" 😎 Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman. Bizga shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada Amaliy-huquqiy yordam uchun: 👉 www.canadali.net Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
6 381
19
Davlatdan pul olish bo'yicha "masterclass"mi bu yoki 🇨🇦Kanada aholiga pul tarqataveradimi shunchaki? 🤔 Oziq ovqat narxlari+1
Davlatdan pul olish bo'yicha "masterclass"mi bu yoki 🇨🇦Kanada aholiga pul tarqataveradimi shunchaki? 🤔 Oziq ovqat narxlari butun dunyoda, shu jumladan Kanada davlatida ham oxirgi 1-2 yil ichida qimmatlashdi. Bunga sabablar ko'p, logistika, yoqilg'i narxlari, o'g'it narxi oshishi va xokazo. Shu holatni hisobga olib Kanada hukumati aholiga oziq-ovqat narxlarini kompensatsiya qilish uchun moddiy yordam bermoqda. Mana menga ham Kanada hukumati 533 dollar tashlab beribdi dastlabki to'lov sifatida, yilning 1-choragi uchun. Endi xuddi shu summada yil davomida yana 3 marta to'lab berishar ekan. Buni olish uchun mamlakat fuqarosi bo'lish shart emas, qonuniy yashab soliqlarni o'z vaqtida to'lab yurgan chet elliklar ham uni olishga haqli. Bu pulni olish uchun bir dunyo hujjat yig'ish va uzun navbatda turib ariza topshirish ham zarur bo'lmaydi. Vaqtida soliq deklaratsiyasini topshirgan bo'lsangiz, avtomatik ravishda hisoblangan summa bank hisob raqamingiz, odatda kartangizga kelib tushadi. Summani oila a'zolari soni va oilaning jami umumiy daromad miqdoridan kelib chiqib to'lab berishyapti. O'zi yana qaysidir davlatda bormikan shunaqa holat? Ya'ni, oziq-ovqat narxi oshgani uchun davlat o'zini ham qisman aybdor deb hisoblab, aholiga pul tarqatsa. 🤔 Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
5 206
20
​@CanadAli
​@CanadAli
5 483