CanadAli π¨π¦π€πΊπΏ
Kanalga Telegramβda oβtish
Kanada davlatiga o'qish, ishlash va yashash istagida bormoqchi bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun... Menga shaxsan bog'lanish uchun: @Mr_Ali_Canada Xizmatlar: www.canadali.net Instagram: https://instagram.com/kanadalik_uzbek
Ko'proq ko'rsatish8 791
Obunachilar
-124 soatlar
-57 kun
+2430 kun
Postlar arxiv
+5
Bu safar rekord yangilandi. 2 oyda yakuniy natija! Bunaqasi 1-marta. Sentyabr oyini o'zida 2-oila ham Kanadaga fransuz tili yordamida PR, ya'ni "doimiy yashash" huquqini olmoqda.
π¨π¦π₯³ππ
Mazkur oila vakili (ayoli) shu yilning aprel oyida fransuz tilidan TCF B2 sertifikatini qo'lga kiritdi. Avvaliga "hujjatlarni o'zim mustaqil qilib ko'rmoqchiman, nima deysiz?" deb taklif qilishdi. Biz aytdikki, "aslida o'zi ham qilsa bo'ladi hujjatni, lekin hujjat yig'ish jarayonida murakkab muammoli vaziyatlarda tajriba o'z so'zini aytadi", deb ogohlantirdik. "Shuncha qilgan mehnatim havoga uchmasin, yoshim ham 35 dan oshgan, bunaqa imkoniyat boshqa bo'lmasligi mumkin" deb oxir-oqibat baribir biz bilan oxirigacha ishlashga qaror qilishdi.
May oyida tanlovda (ITA) tanlanib, iyul oyida barcha hujjatlarni jamoamiz yordamida topshirgan edi. Yakuniy natija esa juda tez, ya'ni 2 oyda chiqdi.
Mazkur keys haqida qisqacha ma'lumot:
To'plagan bali: 489
Asosiy nomzod yoshi: 37
Ta'lim darajasi: Magistratura
Til bilish darajasi: TCF B2, IELTS ham bor
Ish tajribasi: 9 yil
Asli qayerdan: Toshkent
Fransuz tilini "0"dan o'rgangan.
Kanada student vizasidan 1 marta, AQSHdan 2 marta "otkaz" olgan ekan oldin.
Timeline:
Express Entry akkaunt ochilgan: 2-may
Taklif olgan: 28-may
Hujjat topshirgan: 23-iyul
Biometrika: 4-avgust
Yakuniy natija: 17-sentyabr
Hujjatlarni ko'rib chiqish jarayonida IRCC tomonidan turli xil "zapros"lar keladi odatda. Lekin qiziq tarafi bu oila hujjatlarida hech qandayqo'shimcha o'rganishlar bo'lmadi. Bittada ijobiy xulosa berishdi. Hujjatlarni puxta qilish uchun rosa "yugurtirish"ga to'g'ri keldi o'ziyam. π Asabiylashib, charchab ham ketishdi, "hali u kerak hali bu kerak" degan talablarimizga.
Xullas hammasi ijobiy yakun topdi va jamoamiz bilan yana bir O'zbekistonlik oilaning rejasi amalga oshishida hissa qo'shganimizdan xursandmiz. Aynan shu yo'nalishda harakat qilayotganlarga kuch-quvvat bersin va shu usulni boshlasakmikan deb o'ylab yurganlarga esa yana bir hayotiy motivatsion misol. Barchaga omad! Nasib qilsin niyat qilgan boshqalarga ham.
Eslatib oβtamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 boβlgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan koβrsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) boβlib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
π @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam uchun:
π www.canadali.net
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
Kanadaπ¨π¦ YevropaπͺπΊ Ittifoqiga a'zo bo'ldimi? Yevropada yashayotganlar Kanadaga vizasiz bora oladimi endi? Shengen vizasi borlar uchun qanday yengilliklar bor?
So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda "Kanada Yevropa Ittifoqiga qo'shilibdi, endi Shengen vizasi bilan Kanadaga borish mumkin ekan" degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Biroq bu ma'lumot haqiqatga mutlaqo to'g'ri kelmaydi.
Kanada Yevropa ittifoqining to'laqonli a'zosi emas, shunchaki assotsiatsiyalangan a'zosi. Yevropa Ittifoqi - faqat Yevropa qit'asida joylashgan davlatlarni birlashtiruvchi tashkilot. Kanada Shimoliy Amerikada joylashgan va geografik hamda siyosiy jihatdan YEIga to'liq a'zo bo'la olmaydi. Hozirgi a'zolik esa faqatgina ilmiy, texnologik, xavfsizlik, energiya va savdo masalalarida hamkorlikni nazarda tutadi.
Hozirda Shengen vizasi o'tmaydi Kanadaga kelish uchun, sababi Kanada Shengen hududiga kirmaydi. Shu sababli, Shengen vizasi yoki Yevropada yashash guvohnomasi (VNJ) borligi Kanadaga vizasiz kirish huquqini bermaydi.
O'zbekiston fuqarolari Yevropada Shengen yoki VNJ bilan yashasa ham, Kanadaga borish uchun baribir alohida viza talab qilinadi.
Hozirgi holatdan "vahima" yasab, endi Kanadaga borish uchun Yevropa vizasini oling deb "vasvasa" qilayotganlar ham rasmiy manbalar, yoki hech bo'lmasa "sun'iy intellekt" (AI) dan bu haqda to'liq bilib, keyin ma'lumot tarqatsalar to'g'ri bo'lar edi.
Kanadaga kelishni rejalashtirishda faqat rasmiy manbalarga va elchixona ma'lumotlariga tayanishingizni tavsiya etamiz!
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
Bizda navbatdagi xushxabar! Yana bir O'zbekistonlik oila Kanadaga π¨π¦ fransuz tili yordamida PR, ya'ni "doimiy yashash" huquqini oldi.
π₯³ππ
Shu yilning aprel oyida fransuz tilidan TCF B2 sertifikati yordamida tanlovda (ITA) tanlanib, iyun oyida barcha hujjatlarni jamoamiz yordamida topshirgan edi. Yakuniy natija esa juda tez, ya'ni 3 oyda chiqdi.
Hujjat topshirganidan keyin, javobni kutish jarayonida farzandli bo'lishdi va farzandi uchun ham alohida ariza berishga to'g'ri keldi. Bu biroz qo'shimcha ish, lekin qonunan shunday qilish mumkin.
Endi esa pasportlarini "immigrant" vizasini olish uchun pochta orqali yuborishadi va uzog'i bilan 1-2 oy ichida Kanadaga kirib kelishlari mumkin istashsa. Viza berilganidan keyin bemalol 12 oy ichida Kanadaga kirish mumkin va kirgandan keyin o'rtacha 1 oy ichida PR kartalari beriladi. Shu bilan hech qanday vizasiz Kanada hududida yashayveradi va O'zbekistonga ham borib kelib yuraveradi cheklovlarsiz.
Mazkur keys haqida qisqacha ma'lumot:
To'plagan bali: 466
Asosiy nomzod yoshi: 29
Ta'lim darajasi: Bakalavr
Til bilish darajasi: TCF B2, IELTS ham bor
Ish tajribasi: 2,5 yil
Asli qayerdan: Toshkent
Fransuz tilini "0"dan o'rgangan.
AQSHdan oldin 2 ta "otkaz"i bo'lgan.
Timeline:
Express Entry akkaunt ochilgan: 1-aprel
Taklif olgan: 16-aprel
Hujjat topshirgan: 14-iyun
Biometrika: 22-iyul
Yakuniy natija: 14-sentyabr
Hujjatlarni ko'rib chiqish jarayonida IRCC tomonidan turli "zapros"lar keldi. Jumlada: turmush o'rtog'ining harbiy xizmat holati, o'zining fransuz tilini o'rganish tarixi kabi. Barchasiga o'z vaqtida va puxta javoblar taqdim qilindi. Yuqorida yozilganidek orada farzandi tug'ilgani uchun farzandi hujjatlari ham keysga qo'shildi.
Xullas hammasi ijobiy yakun topdi va jamoamiz bilan yana bir O'zbekistonlik oilaning rejasi amalga oshishida hissa qo'shganimizdan xursandmiz. Aynan shu yo'nalishda harakat qilayotganlarga kuch-quvvat bersin va shu usulni boshlasakmikan deb o'ylab yurganlarga esa kichik bir hayotiy motivatsion misol. Barchaga omad! Nasib qilsin niyat qilgan boshqalarga ham.
Eslatib oβtamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 boβlgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan koβrsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) boβlib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
π @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam uchun:
π www.canadali.net
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
Ming-minglab odamlar orzu qiladigan va mashaqqat chekib qo'lga kiritadigan o'sha π¨π¦Kanada "doimiy yashovchisi" hujjati ko'rinishi qanaqa bo'ladi o'zi?
Bolalarga ham beriladimi? Bu hujjat bilan bemalol kelib-ketib yursa bo'ladimi O'zbekistonga ham? Keyin hech qanday viza kerak emasmi shunda?
Ushbu videoda shu haqda ko'rsatib berishga harakat qildim.
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish yo'llari aynan shu kanalda π https://t.me/CanadAli
Har doim ham emas, lekin ba'zi holatlarda yosh farzandiga student viza olishni π¨π¦Kanada hukumatidan so'ragan ota yoki onasi ham viza olishi mumkin bu davlatga. Mana bitta misol. π₯³
Aslida sizda Kanadaga kelish uchun imkoniyat kamroq bo'lsada, ingliz tilini yaxshi biladigan farzandingiz kelajakda siz uchun bu davlatga "eshik ochishi" mumkin.
Ushbu mijozlarimiz bizga bog'lanib, onasi ham qizi bilan birga vizaga topshirishini taklif qilganida, dastlab biz bunga rozi bo'lmadik. Sababi, farzandi bahona Kanadaga kelib olib qolib ketishi mumkin degan shubha uyg'onadi viza ofitserida deb. Biroq, barcha riskni tushunib harakat qilyapmiz, urinib ko'raylik degan qat'iy qarorini amalga oshirishda yordam berishga oxir oqibat rozi bo'ldik. O'xshadi, berdi onasiga ham viza. Nasib ekanda...
To'g'ri, hammaga ham bunaqa usulda viza beraverishmaydi, rad ham qilib turishadi. Lekin peshonada bu ham, oldindan taxmin qila olmaysiz ofitserning qarorini.
Farzandi Kanadaga o'qishga kelib, bitirib ishlab qolsa va doimiy yashash huquqini olsa, ota-onasini ham ushbu davlatga olib kelish huquqi bor albatta. Lekin buni kamida 5 yillik reja deb hisoblash zarur uzoqroq kelajak uchun. Ammo, o'qishga yuborish chog'ida birga borishi kabi mana shunaqa holatlar ham uchrab turadi amaliyotda.
Viza olgan ushbu mijozimiz keysi haqida qisqacha ma'lumot:
Ta'lim muassasasi: OCAD - Ontario Art and Design University. Toronto shahri, Ontario provinsiyasi.
Tanlagan yo'nalishi: Design - Experimental Animation. (4 yillik bakalavr dasturi)
Avval tugatgan o'qish joyi: O'rta ta'lim maktabi, 11 yillik.
Yoshi: 17
Til bilish darajasi: IELTS 7.5 ball
Asli qayerdan: Toshkent
Vizaga topshirgan 12-may, natija 7-iyul, jami 2 oy ketdi.
Biz bilan ishni boshlagan: 2026-yil mart, o'qishga kirgan 2026-yil aprel, vizaga hujjat yig'gan: aprel-may oylari 2026-yil.
Yana bir yosh va istiqbolli yurtdoshimizning Kanadaga kelishida hissa qo'shganimizdan mamnunmiz. βοΈ Sizga yoki farzandingizga ham Kanada student vizasida amaliy yordam zarur bo'lsa, bizga qanday aloqaga chiqishni bilsangiz kerak! Unutmang: "Natijalar gapiradi!" π
Eslatib oβtamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 boβlgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan koβrsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) boβlib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
π @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam uchun:
π www.canadali.net
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
Bugungi kun qanday voqealarga boy bo'ldi?
Kanada sari dadil qadam qo'yayotgan yurtdoshlarimizning mehnati tahsinga loyiq. π
Mana bu 4 ta qisqa epizod bilan tanishib ko'ringda. Balki sizga ham ilhom manbayi bo'lar...π€
Shaxsan bog'lanish uchun:
π @Mr_Ali_Canada
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
Moddiy toβkinlikdan ham muhimroq: π¨π¦Kanada hayotining oilaga beradigan eng katta tuhfasi. Ish va oila oβrtasidagi oltin muvozanat.
Chet elga, xususan Kanadaga koβchib o'tgan ko'plab insonlar uchun eng katta yutuq bu moddiy farovonlik emas, balki oilaga ajratish uchun vaqtning yetarli ekani. Ish soati tugagach, hayot toβxtab qolmaydi. Kanadadagi mehnat qonunchiligi va madaniyati insonning o'z oilasiga vaqt ajratishiga imkon beradi. Axir, hayot faqat ishdan iborat emasligi aniq, aynan mana shu holat bu davlatda yaqqol seziladi.
Dam olish kunlarini shunchaki divanda, ijtimoiy tarmoqlarda yoki televizor qarshisida emas, balki oila bilan birga tabiat qo'ynida, parklarda va ochiq havoda mazmunli o'tkazishga sharoit yaratib qo'yilgan.
Kuzatuvlarimga ko'ra mahalliy aholi o'zini mutlaqo ishga bag'ishlab yubormagan. Farzandining hayotida toβliq ishtirok etadi. Chunki bunga vaqti yetarli, sababi qilayotgan ishi yashash uchun yetarlicha daromad keltirishi sababli qo'shimcha ishlashiga ehtiyoj kam. Bolalarining qiziqishlari, hobbilari, sport va boshqa ko'ngilochar tadbirlarida ota-onasi ham birday qatnashadi ishidan ortib.
To'g'rida, ishdan keyin boshlig'i qachon uyga ketishini kutib o'tirmaydi. Ish soati tugashi bilan erkin uyiga keta oladi. Chala qolgan ishni ertasi kuni ham davom ettiraveradi. Chunki bosim mavjud emas, tizim asta-sekinlik bilan, shoshilmay harakatlanadi. Dam olish kunlari va ta'tillarda ish joyidan qo'ng'iroqlar yoki topshiriqlar bo'lmasligi, vaqtni to'liq oilaga bag'ishlashga imkon beradi.
Shahar va shaharchalarda har bir mahalla uchun moβljallangan bogβlar, bolalar maydonchalari va xavfsiz piyodalar yoβlakchalari mavjud. Kanadaning betakror tabiati (koβllar, milliy parklar, togβlar) hafta oxirida oila bilan kemping, baliq ovlash yoki shunchaki sayr qilayotganlar bilan to'la bo'ladi.
Ertangi kunga, xavfsizlikka va ijtimoiy himoyaga boβlgan ishonch insondagi doimiy stress va xavotirni kamaytiradi. Natijada, ruhiy xotirjam inson oβz yaqinlariga sifatli eβtibor va samimiy mehr bera oladi.
Bugungi shiddatli dunyoda eng qimmatli resurs - bu vaqt. Shunday ekan, vaqtimizdan ma'lum bir qismini albatta oila va yaqinlarga sarflashni esdan chiqarmaylik. Agarda aynan hozir buni uddalay olmayotgan bo'lsangiz, balki nimanidir o'zgartirish vaqti kelgandir.
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πhttps://t.me/CanadAli
Farzandingiz π¨π¦Kanada yoki πΊπΈAQSHda tugβildi.
πΊπΏOβzbekiston pasportini ham olsa bo'ladimi? Qay tartibda?
Maqolani yaxshi niyatda saqlab qo'yavering: kelajakda asqotib qolar balki. π
Kanada yoki AQSH hududida tugβilgan bolalar ushbu mamlakat qonunchiligiga koβra tugβilish boβyicha avtomatik ravishda mahalliy fuqarolikni oladi. Biroq, agar ota-onaning ikkalasi (yoki ulardan biri) Oβzbekiston fuqarosi boβlsa, bola Oβzbekiston fuqaroligini ham olish huquqiga ega.
Quyidagi ketma-ketlikka rioya qilish zarur bu borada:
1. Tugβilganlik haqida guvohnoma (Birth Certificate) apostil qilinadi. Kanadaning Ottava shahrida joylashgan Global Affairs Canada tashkiloti buni bepul amalga oshiradi. Metrikani pochtadan yuborish kerak xolos. Lekin Ontario, BC, Alberta, Saskatchewan va Quebec provinsiyalarida o'zining alohida apostil qiluvchi tashkiloti bor.
2. Vatanga qaytish guvohnomasini (Sertifikat) olish.
Bola Oβzbekistonga kirib kelishi uchun "Vatanga qaytish guvohnomasi" rasmiylashtirilishi kerak. Kanadada Oβzbekiston elchixonasi (hozircha) yoβq, shuning uchun bu hujjatni Kanadada yashaydigan Oβzbekiston fuqarolariga AQSHning Vashingtondagi Oβzbekiston Elchixonasi beradi. Mana bu saytda ushbu hujjatni olishga talablar belgilangan:
π Vatanga qaytish guvohnomasi
Zaruriy hujjatlar:
Bolaning metrikasi apostil qilingani hujjati.
Ota-onaning amaldagi Oβzbekiston pasportlari nusxasi va nikoh guvohnomasi;
Bolaning 3.5x4.5 sm oβlchamdagi fotosuratlari;
Belgilangan shakldagi ariza hamda konsullik yigβimi toβlovi.
Guvohnoma maβlum bir muddatga (3 oygacha) Oβzbekistonga bir martalik kirish uchun beriladi.
3. Oβzbekistonda biometrik pasport rasmiylashtirish.
Bola Vatanga qaytish guvohnomasi bilan Oβzbekistonga olib kelingandan soβng, doimiy roβyxatda turgan hududdagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boβlimiga (OVIIR) murojaat qilinadi.
U yerda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi:
Bolaning AQSH/Kanada tugβilganlik guvohnomasi (apostil va o'zbek tiliga tarjimasi bilan) va konsullikdan berilgan sertifikat taqdim etiladi. Bola Oβzbekiston fuqarosi sifatida doimiy roβyxatga (propiska) qoβyiladi. Fuqarolik tasdiqlangach, bolaga Oβzbekiston Respublikasining xorijga chiqish biometrik pasporti beriladi.
Shu tarzda, bola har ikkala davlat hujjatlariga ega boβlgan holda qonuniy ravishda Oβzbekiston fuqaroligini rasmiylashtirishi va Oβzbekiston pasportini olishi mumkin.
Diqqat bu muhim: Agarda bola O'zbekistonga xorijiy davlat pasporti bilan kirib kelsa unga fuqarolik berilmaydi. Boshqatdan, kelasi safar vatanga qaytish sertifikati bilan kirib kelishga majbur bo'ladi. Ovoragarchilik bo'lmasligi uchun o'sha sertifikatga ancha oldindan topshirib qo'yish tavsiya qilinadi, agar farzandingizga O'zbekiston pasportini ham olmoqchi bo'lsangiz. Ya'ni vatanga borishingizdan 2-3 oy avval harakatni boshlang.
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πhttps://t.me/CanadAli
"Kanadaga borish qiyinmi? Chekkaroq hududlariga immigratsiya osonroqmi?" deb nomlangan mavzuda YouTube platformasida batafsil video joyladik.
3 daqiqalik video davomida bu mavzudagi faktlarni to'liq yoritib berishga harakat qildim. O'ylaymizki, bu imkoniyat Kanadaga borish uchun yo'l qidirib yurganlarga ancha foydali bo'ladi.
Ko'rib "like" tugmasini bosish va izohlarda savollar yoki fikrlarni qoldirish orqali "prosmotr" oshirishda bizga yordam bersangiz xursand bo'lamiz. Raxmat kattakon! π€
Videoni mana bu havoladan ko'rish mumkin:π
https://youtu.be/rcSiDeovQ-w?si=0M5w1xl92TgXalhp
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πhttps://t.me/CanadAli
Mana shunday email olish nasib qilsin barcha Kanadaga harakat qilayotganlarga! π¨π¦
Kanada doimiy yashovchisi statusingiz tasdiqlanganidan soβng, sizga mana shunday mazmundagi eng soβnggi email keladi va hayotingizda yangi sahifa boshlanadi! π
@CanadAli π
Ball keskin pastladi. 382 ball bilan yana 5 mingta odam taklif oldi. ππ«π¨π¦
@CanadAli
"Hamma chet elga surishi kerakmi? Kimlar vatanda qolsa yaxshiroq?" deb nomlangan mavzuda YouTube platformasida batafsil video joyladik.
Bor yo'g'i 7 minutlik video davomida bu boradagi fikrimni to'liq yoritib berishga harakat qildim. Mazkur videoda Kanadaga yashash uchun kelganimdan keyin nimalarni his qilganimni va hozirga kelib qanday xulosa qilganimni shaxsiy tajribamdan yoritib berishga intildim. O'ylaymanki, bu fikrlar chet elga ketish yoki vatanda qolish qaroringiz uchun ancha foydali bo'ladi.
Ko'rib "like" tugmasini bosish va izohlarda savollar yoki fikrlarni qoldirish orqali "prosmotr" oshirishda bizga yordam bersangiz xursand bo'lamiz. Raxmat kattakon! π€
Videoni mana bu havoladan ko'rish mumkin:π
https://youtu.be/NQl9blEqj7o?si=YIG5Hjpiu9PIU7Kj
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πhttps://t.me/CanadAli
+1
Nomzodni ko'chma ma'noda π¨π¦Kanadaga "sota olsangiz", unga viza berishlari ehtimoli yuqori bo'ladi. Mana yaqqol misol! πXo'sh, student viza olish sirlaridan eng muhimi qaysi? π€
Avvalgi o'qigan sohasi, hozirgi kundagi kasbi va umuman olganda nomzodning o'tmishda bosib o'tgan yo'li va kelajakdagi rejalariga moslab o'qish va dastur tanlash student viza olishda katta ahamiyat kasb etadi. Ofitserlar ham ma'no va mantiq izlaydi baribir. "Nima uchun aynan hozir Kanada davlatida aynan shu o'qishda va shu yo'nalishda ta'lim olishni xohlab qoldingiz?" degan savol bo'ladi hujjat ko'rish jarayonida viza ofitserida.
E'tibor bering "svejiy" natijalarimizdan birining o'qigan universiteti va hozirgi kasbiga qanchalik mos tushgan tanlagan programmasi.
Viza olgan ushbu mijozimiz keysi haqida qisqacha ma'lumot:
Ta'lim muassasasi: Centennial college. Toronto shahri, Ontario provinsiyasi.
Tanlagan yo'nalishi: Construction Project Management. (1 yillik, 3 semester, Post Graduate Certificate dasturi)
Avval tugatgan o'qish joyi: Samarqand Arxitektura va Qurilish universiteti (bakalavr, Dizayn Interyerni Loyihalash yo'nalishi)
Kasbi: Arxitektor-interyer dizayner
Yoshi: 23
Til bilish darajasi: TOEFL 82 ball
Asli qayerdan: Samarqand
Vizaga topshirgan 16-iyun, natija 13-avgust, jami 2 oy ketdi.
Biz bilan ishni boshlagan: (2026-yil mart, o'qishga kirgan 2026-yil aprel, vizaga hujjat yig'gan: may-iyun oylari 2026-yil.
Yana bir yosh va istiqbolli yurtdoshimizning Kanadaga kelishida hissa qo'shganimizdan mamnunmiz. βοΈ Sizga yoki farzandingizga ham Kanada student vizasida amaliy yordam zarur bo'lsa, bizga qanday aloqaga chiqishni bilsangiz kerak! Unutmang: "Natijalar gapiradi!" π
Eslatib oβtamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 boβlgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan koβrsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) boβlib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
π @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam uchun:
π www.canadali.net
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
+1
Davlatdan pul olish bo'yicha "masterclass"mi bu yoki π¨π¦Kanada aholiga pul tarqataveradimi shunchaki? π€
Oziq ovqat narxlari butun dunyoda, shu jumladan Kanada davlatida ham oxirgi 1-2 yil ichida qimmatlashdi. Bunga sabablar ko'p, logistika, yoqilg'i narxlari, o'g'it narxi oshishi va xokazo.
Shu holatni hisobga olib Kanada hukumati aholiga oziq-ovqat narxlarini kompensatsiya qilish uchun moddiy yordam bermoqda.
Mana menga ham Kanada hukumati 533 dollar tashlab beribdi dastlabki to'lov sifatida, yilning 1-choragi uchun. Endi xuddi shu summada yil davomida yana 3 marta to'lab berishar ekan.
Buni olish uchun mamlakat fuqarosi bo'lish shart emas, qonuniy yashab soliqlarni o'z vaqtida to'lab yurgan chet elliklar ham uni olishga haqli.
Bu pulni olish uchun bir dunyo hujjat yig'ish va uzun navbatda turib ariza topshirish ham zarur bo'lmaydi. Vaqtida soliq deklaratsiyasini topshirgan bo'lsangiz, avtomatik ravishda hisoblangan summa bank hisob raqamingiz, odatda kartangizga kelib tushadi.
Summani oila a'zolari soni va oilaning jami umumiy daromad miqdoridan kelib chiqib to'lab berishyapti.
O'zi yana qaysidir davlatda bormikan shunaqa holat? Ya'ni, oziq-ovqat narxi oshgani uchun davlat o'zini ham qisman aybdor deb hisoblab, aholiga pul tarqatsa. π€
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πhttps://t.me/CanadAli
Amerikaga πΊπΈ o'qishga kelganlar o'qishni bitirib ishchi viza olisholmaydimi endi?π€ Bu holat π¨π¦Kanadada qanday?
AQSH Prezidenti Tramp tashabbusi bilan Amerikada o'qishni bitirib 1 yildan 3 yilgacha olish mumkin bo'lgan ishchi vizani (OPT - Optional Practical Training) olishda 100 ming dollar "boj" joriy etilishi ko'rib chiqilmoqda. Maqsad chet elliklar ish o'rinlarini egallab olishayotgani va umuman olganda immigrantlarga qarshi aksiyalardan biri. To'g'ri, hali rasman kuchga kirgani yo'q bu qaror. Lekin bilib bo'lmaydi yana nimalar bo'ladi bu davlatda yaqin kelajakda.
2025-yilda Tramp ma'muriyati H-1B vizasi, ya'ni chet elliklarning uzoq muddatli ishchi vizani olishda ham 100 ming dollar bojni ish beruvchi to'lashi kerak deyilgan qarorni ishlab chiqqan. Lekin AQSH Federal sud bu bojni bekor qilgan edi, chunki prezident bunday soliqni yagona o'zi joriy etishga vakolatli emas - bu Kongress ixtiyorida deb topgan. Ammo, bu ham hali hamon appelyatsiya jarayonida.
AQSHda ko'plab studentlar o'qishni yakunlagach, doimiy yashab qolib ketish, ya'ni "green card" olishda qiynalishadi. Axir har kim ham Google yoki Facebookga ishga kira olmaydida o'qishini tugatiboq. Ko'pincha student vizani qayta-qayta uzaytirish yoki qaysidir Amerikalik bilan nikoh tuzish orqali doimiy qolish yo'llarini izlashga majbur bo'lishadi Amerikada o'qigan studentlar.
Xorijda ta'lim olishni maqsad qilgan yoshlar 3 yillik ishchi vizani hech qanday "tovon puli" siz beradigan Kanadaga ko'proq qiziqmoqda butun dunyo bo'ylab. Sababi bu davlatda o'qishni tugatgandan so'ng, doimiy yashab qolish uchun bir nechta qonuniy dasturlar bor. Qolaversa, ta'lim olish narxi ham AQSHga solishtirganda anchagina arzonroq hisoblanadi Kanada universitetlarida.
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
Farzandi kamoli uchun harakat qiladigan otalarga tasanno. Aynan ularning harakatchanligi evaziga O'zbekistonlik yoshlar Kanadaga π¨π¦ ta'lim olish uchun kelishda davom etaveradi. π
18 yoshli bu yigitchaning Kanadaga student viza olishida otasi jonbozlik ko'rsatib bizga aloqaga chiqqan va bizning jamoa bilan ishlashga qaror qilgan edi. Nasib ekan, shuncha mehnatlari mevasini berdi. Endi bu yigit ham okean ortini zabt etish uchun yo'lga chiqadi.
Viza olgan ushbu mijozimiz keysi haqida qisqacha ma'lumot:
Ta'lim muassasasi: Algonquin college. Ottawa shahri, Ontario provinsiyasi.
Tanlagan yo'nalishi: Computer Programming. (2 yillik diplom dasturi)
Avval tugatgan o'qish joyi: Umumiy o'rta ta'lim maktabi. (11 yillik)
Yoshi: 18 (2008-yil)
Til bilish darajasi: IELTS 5.0 (til kursi ham qo'shib berishgan o'qishidan)
Asli qayerdan: Samarqand
Vizaga topshirgan 19-iyun, natija 31-iyul, jami 1.5 oy ketgan.
Biz bilan ishni boshlagan: (2025-yil noyabr, o'qishga kirgan 2026-yil fevral, vizaga hujjat yig'gan: mart-aprel-may oylari 2026-yil.
Xullas, yana bir yosh va umidli yurtdoshimizning Kanadaga kelishida hissa qo'shganimizdan mamnunmiz. βοΈ Sizga yoki farzandingizga ham Kanada vizasida amaliy yordam zarur bo'lsa, bizga qanday aloqaga chiqishni bilsangiz kerak! Unutmang: "Natijalar gapiradi!" π
Eslatib oβtamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 boβlgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan koβrsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) boβlib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
π @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam uchun:
π www.canadali.net
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
Qaysidir rivojlangan davlat pasportini olib berish - farzand uchun ota-ona tomonidan qilinadigan eng katta sovg'alardan birimi?
Tasavvur qiling, tug'ruqxona. Chaqaloq dunyoga keldi. Ota-onasi ikkalasi ham Kanadaga vaqtincha viza bilan kelgan(yoki umuman noqonuniy yashayapti, hujjati ham yo'q), ya'ni doimiy yashovchi statusi mavjud emas. Lekin bu bolakay avtomatik tarzda Kanada fuqarosi bo'lmoqda. Buning nomini "Jus soli" ya'ni "zamin huquqi" deyishadi.
Ota-onasining davlatdagi huquqiy maqomidan qat'iy nazar, Kanada hududida tug'ilgan har qanday bola fuqarolikni qo'lga kiritadi. Diplomatik va konsullik maqomiga ega chet elliklar farzandlaridan tashqari albatta.
Bu huquq boshqa rivojlangan davlatlarda ham bormi o'zi?
Masalan Angliyada 1983-yildan, Avstraliyada 1986-yildan, Yangi Zelandiyada 2006-yildan bekor qilingan bu holat. Ya'ni bu davlatlarda tug'ilgan chet ellik bolaning ota-onasidan biri o'sha davlat fuqarosi yoki doimiy yashovchisi bo'lishi shart, agar pasport olmoqchi bo'lsa. AQSHda esa tug'iliboq fuqarolik olish huquqi shu paytgacha bor edi, biroq Tramp Prezidentlikka kelganidan keyin buni yo'q qilishga urinib ko'rdi. Ammo bu tashabbus amalga oshmadi. Oliy Sud uning qarorini bekor qildi.
Kanada fuqaroligi nima beradi bolaga?
Bu bola start chizig'ida boshqa rivojlanayotgan davlatlarda tug'ilgan bolalardan bir necha qadam oldinda. Sababi ta'lim, tibbiyot va ekologiya bo'yicha yaxshiroq imkoniyatlarga ega. Ingliz tili 1-asosiy tili bo'ladi va dunyoga chiqishi osonroq va tezroq, agar o'z ustida ishlasa albatta. Sportda ham yutuqlarga tezroq erishishi mumkin, chunki sharoiti yaxshiroq davlatda o'sadi.
Kelajakda ham biror boshqa chet davlatga chiqmoqchi bo'lsa vizasiz boradi va unga "odamga o'xshab" muomala qilishadi. Chunki, tan olaylik, pasportga qarab kutib olishadi bugungi kunda istalgan davlatda ham. Fuqaroligi sababli biznesda ham ishonchliroq sherik sifatida qabul qilinadi.
Nega Kanada pasportiga talab yuqori?
Ko'pgina badavlat investorlar orasida allaqachon farzandlarini Kanadada dunyoga keltirish tendensiyasi paydo boβlgan. Buni "bola turizmi" deyishyapti. Kanadaga kelib bolasini dunyoga keltirib, bolaga pasport olib qo'yishmoqda kelajagi uchun. Chunki bilishadi, yaqin 50 yil ichida bu davlat har taraflama, ayniqsa ekologiya va tabiiy resurslari evaziga eng jozibador davlatga aylanishini.
Yiliga Kanada davlatida o'rtacha 350 ming nafar bola dunyoga kelsa, ularning 40 foizdan ko'prog'i, ya'ni 154 mingdan ortigβining onasi aslida Kanadalik emas, demak chet ellik ekan statistika bo'yicha.
Xulosa:
Dunyo boβyicha bolalarning juda kichik qismi (atigi 3 foizi) Kanada kabi rivojlangan davlatlarda tugβilish imkoniyatiga ega ekan. Qolaversa sizning qayerda tug'ilishingiz o'z qo'lingizda emas, uni tanlay olmaysiz. Lekin o'zi bu davlatda tug'ilmagan bo'lsa ham, farzandiga shu davlatda tugβilish imkoniyatini yaratish har kimning o'z qo'lida.
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
Kanadaga π¨π¦ 1-marta kirib kelganda chegarada nimalarni kutish kerak?
Kanadaga viza oldingiz deylik, lekin bu davlatga kirishda bir qancha talablarga rioya qilish zarur. Vizam bor-ku, bemalol kirib ketaveraman deyish xato. Chunki kamdan kam uchrasada, biror qo'pol xato sababli ortga qaytarib yuborish holatlari ham uchrab turadi.
O'zingiz bilan quyidagi hujjatlar boβlishi shart:
β’ Pasport.
β’ Kirishga ruxsat beruvchi shtrix kodli xat (Port of Entry letter yoki Letter of introduction deb nomlanadi va viza olgan akkauntingizdan yuklab olinadi).
Qo'shimcha talablar ruxsatnoma turiga qarab farqlanadi, masalan:
β’ O'qishga kelsangiz, study permit uchun: oβqishga qabul xati, tibbiy ko'rikdan o'tganlik natijasi, mablag' yetarliligini tasdiqlovchi hujjat (bank hisob raqam).
β’ Ish ruxsatnomasi, work permit uchun: ish talablariga javob berishni tasdiqlovchi hujjatlar (tajriba, ta'lim), ish beruvchining ijobiy LMIA nusxasi. Studentning turmush oβrtogβi boβlsangiz LMIA soβralmaydi.
β’ Immigratsiya uchun: Confirmation of Permanent Residence (COPR) xati, tibbiy ko'rikdan o'tganlik natijasi, mablag' yetarliligini tasdiqlovchi hujjat (bank hisob raqam).
Barcha muhim hujjatlar qo'l yukida bo'lishi, hech qachon topshiriladigan bagajga solinmasligi kerak. Shuningdek, Kanadada qayerda yashash manzili, muhim telefon raqamlari va bank kartasi yoki naqd pul bilan borish tavsiya etiladi.
Chegara suhbati:
Kanadaga kirganda Chegara xizmatlari agentligi (CBSA) xodimi bilan suhbat bo'ladi. U hujjatlarni tekshiradi, savollar beradi va kirish shartlariga javob berishingizni baholaydi. Xodim, shuningdek, sizning vaqtinchalik niyatingiz haqiqiyligini, ya'ni ruxsatnoma shartlariga rioya qilib, muddat tugagach Kanadadan chiqib ketishga tayyorligingizni tekshiradi. Agar ishonch hosil qilinmasa, kirishga ruxsatnoma berilmasligi mumkin. (Vaqtincha viza bilan kelganlar keyinchalik qonuniy yo'l bilan qolib ketishiga ruxsat beriladi) Agarda immigratsiya qilib kelsangiz bunday savollar berilmaydi.
Savollarga albatta rostgo'ylik bilan javob berish kerak. Yolg'on ma'lumot berish misrepresentation deb ataladi va 5 yillik taβqiqqa olib kelishi mumkin.
Suhbatdan so'ng, agar ma'qullansa, xodim ruxsatnomani beradi. Uni darhol tekshirib, xatolar bo'lsa (masalan, ism-familya, amal qilish muddati, ta'lim muassasasi nomi) darhol tuzatishni so'rash lozim.
Agar yakuniy manzilingiz boshqa shahar bo'lsa-da, birinchi ruxsatnomani albatta birinchi kirish nuqtasida olishingiz shart. Shuning uchun ichki reysga o'tish vaqtida yetarlicha qo'shimcha vaqt qoldiring.
Keng tarqalgan xatolar:
β’ 10 ming dollardan ortiq naqd pulni berkitish: bu miqdordagi va undan koβproq naqd pulni olib kirish mumkin, lekin deklaratsiya qilinishi shart, aks holda mablag' musodara qilinishi mumkin.
β’ Retseptli dorilarni haddan tashqari ko'p olib kirish: odatda shaxsiy foydalanish uchun taxminan 90 kunlik miqdor ruxsat etiladi. Dori original qadoqda saqlanishi, retsept nusxasi yoki shifokor xati bilan birga bo'lishi kerak.
β’ Oshkor qilinishi shart yoki taqiqlangan buyumlarni bilmaslik: oziq-ovqat, o'simlik va hayvonlar, alkogol, tamaki mahsulotlari (nos hamπ), o'qotar qurollari borligi aytilishi shart. Noqonuniy giyohvand moddalar, taqiqlangan qurollar, kasal hayvonlarni olib kirish butunlay taqiqlangan. Bunday narsalar borligini aytmaslik, agar oshkor bo'lib qolsa katta miqdorda jarimaga sabab boβladi.
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
