CanadAli π¨π¦π€πΊπΏ
Open in Telegram
Kanada davlatiga o'qish, ishlash va yashash istagida bormoqchi bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun... Menga shaxsan bog'lanish uchun: @Mr_Ali_Canada Xizmatlar: www.canadali.net Instagram: https://instagram.com/kanadalik_uzbek
Show more8 747
Subscribers
-424 hours
-237 days
-7630 days
Posts Archive
Kanadaga π¨π¦ 1-marta kirib kelganda chegarada nimalarni kutish kerak?
Kanadaga viza oldingiz deylik, lekin bu davlatga kirishda bir qancha talablarga rioya qilish zarur. Vizam bor-ku, bemalol kirib ketaveraman deyish xato. Chunki kamdan kam uchrasada, biror qo'pol xato sababli ortga qaytarib yuborish holatlari ham uchrab turadi.
O'zingiz bilan quyidagi hujjatlar boβlishi shart:
β’ Pasport.
β’ Kirishga ruxsat beruvchi shtrix kodli xat (Port of Entry letter yoki Letter of introduction deb nomlanadi va viza olgan akkauntingizdan yuklab olinadi).
Qo'shimcha talablar ruxsatnoma turiga qarab farqlanadi, masalan:
β’ O'qishga kelsangiz, study permit uchun: oβqishga qabul xati, tibbiy ko'rikdan o'tganlik natijasi, mablag' yetarliligini tasdiqlovchi hujjat (bank hisob raqam).
β’ Ish ruxsatnomasi, work permit uchun: ish talablariga javob berishni tasdiqlovchi hujjatlar (tajriba, ta'lim), ish beruvchining ijobiy LMIA nusxasi. Studentning turmush oβrtogβi boβlsangiz LMIA soβralmaydi.
β’ Immigratsiya uchun: Confirmation of Permanent Residence (COPR) xati, tibbiy ko'rikdan o'tganlik natijasi, mablag' yetarliligini tasdiqlovchi hujjat (bank hisob raqam).
Barcha muhim hujjatlar qo'l yukida bo'lishi, hech qachon topshiriladigan bagajga solinmasligi kerak. Shuningdek, Kanadada qayerda yashash manzili, muhim telefon raqamlari va bank kartasi yoki naqd pul bilan borish tavsiya etiladi.
Chegara suhbati:
Kanadaga kirganda Chegara xizmatlari agentligi (CBSA) xodimi bilan suhbat bo'ladi. U hujjatlarni tekshiradi, savollar beradi va kirish shartlariga javob berishingizni baholaydi. Xodim, shuningdek, sizning vaqtinchalik niyatingiz haqiqiyligini, ya'ni ruxsatnoma shartlariga rioya qilib, muddat tugagach Kanadadan chiqib ketishga tayyorligingizni tekshiradi. Agar ishonch hosil qilinmasa, kirishga ruxsatnoma berilmasligi mumkin. (Vaqtincha viza bilan kelganlar keyinchalik qonuniy yo'l bilan qolib ketishiga ruxsat beriladi) Agarda immigratsiya qilib kelsangiz bunday savollar berilmaydi.
Savollarga albatta rostgo'ylik bilan javob berish kerak. Yolg'on ma'lumot berish misrepresentation deb ataladi va 5 yillik taβqiqqa olib kelishi mumkin.
Suhbatdan so'ng, agar ma'qullansa, xodim ruxsatnomani beradi. Uni darhol tekshirib, xatolar bo'lsa (masalan, ism-familya, amal qilish muddati, ta'lim muassasasi nomi) darhol tuzatishni so'rash lozim.
Agar yakuniy manzilingiz boshqa shahar bo'lsa-da, birinchi ruxsatnomani albatta birinchi kirish nuqtasida olishingiz shart. Shuning uchun ichki reysga o'tish vaqtida yetarlicha qo'shimcha vaqt qoldiring.
Keng tarqalgan xatolar:
β’ 10 ming dollardan ortiq naqd pulni berkitish: bu miqdordagi va undan koβproq naqd pulni olib kirish mumkin, lekin deklaratsiya qilinishi shart, aks holda mablag' musodara qilinishi mumkin.
β’ Retseptli dorilarni haddan tashqari ko'p olib kirish: odatda shaxsiy foydalanish uchun taxminan 90 kunlik miqdor ruxsat etiladi. Dori original qadoqda saqlanishi, retsept nusxasi yoki shifokor xati bilan birga bo'lishi kerak.
β’ Oshkor qilinishi shart yoki taqiqlangan buyumlarni bilmaslik: oziq-ovqat, o'simlik va hayvonlar, alkogol, tamaki mahsulotlari (nos hamπ), o'qotar qurollari borligi aytilishi shart. Noqonuniy giyohvand moddalar, taqiqlangan qurollar, kasal hayvonlarni olib kirish butunlay taqiqlangan. Bunday narsalar borligini aytmaslik, agar oshkor bo'lib qolsa katta miqdorda jarimaga sabab boβladi.
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
+1
50 ming dollar grant! π¨π¦
Kanadaga navbatdagi student viza.
Nufuzli universitetga grant asosida qabul qilinish, kamiga har oy stipendiya olish har kimga ham nasib qilavermaydi. Bu keys kim uchundir motivatsiya bo'ladi degan umiddamiz.
Viza olgan ushbu mijozimiz keysi haqida qisqacha ma'lumot:
Ta'lim muassasasi: University of Saskatchewan. Saskatoon shahri, Saskatchewan provinsiyasi.
Tanlagan yo'nalishi: Master of Computer Science.
Avval tugatgan o'qish joyi: Woosong university, (Koreya) Bachelor of Data Science.
Yoshi: 24 (2002-yil)
Til bilish darajasi: IELTS 8.5
Asli qayerdan: Buxoro
Grant yutgan: 50 ming dollar CAD π
Vizaga topshirgan sanasi 23-aprel, "medical" ya'ni tibbiy ko'rik so'rovi kelgan sana 8-iyun, ijobiy natija 22-iyun. Demak jami 2 oyda natija chiqdi. Aytgancha, Kanada vizasiga O'zbekistondan turib hujjat topshirildi, chet davlatdan emas.
Universitetga kirish va grant olish harakatlarini mustaqil o'zi amalga oshirib keyin bog'langan bizga, viza masalasida yordam olish uchun. Bizdan grant qanday olsa bo'ladi deb so'rab turishadi. Mana yaqqol misol: grant olishga loyiq bo'lganlar aslida o'zlari kuchli nomzodlar bo'ladi va uni qanday olish mumkinligini o'zlari izlab topa oladi. Qo'pol aytganda grant olish uchun boshqalardan najot kutganlar grantga loyiq bo'lmaydi ko'pincha.
Xullas, yana bir talantli yigitning Kanadaga kelishida hissa qo'shganimizdan mamnunmiz. βοΈ Sizga ham Kanada vizasida amaliy yordam zarur bo'lsa, bizga qanday aloqaga chiqishni bilsangiz kerak! Unutmang: "Natijalar gapiradi!" π
Eslatib oβtamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 boβlgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan koβrsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) boβlib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
π @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam uchun:
π www.canadali.net
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
"Kanadaga kelgandΠ° birinchi bo'lib nima qilish kerak?" deb nomlangan mavzuda YouTube platformasida batafsil video joyladik.
Bor yo'g'i 5 minutlik video davomida mavzuni to'liq yoritib berishga harakat qildik. Mazkur maqolada Kanadaga uzoq muddatga yashash uchun kelgandan keyin dastlabki kunlarda qilish zarur bo'lgan muhim vazifalarni yoritib o'tdim shaxsiy tajribamdan. O'ylaymanki, bu tavsiyalar yangi davlatga tezda moslashib ketishingizda ancha foydali bo'ladi.
Ancha foydali bo'ldi deb umid qilamiz. Ko'rib "like" tugmasini bosish va izohlarda savollar yoki fikrlarni qoldirish orqali "prosmotr" oshirishda bizga yordam bersangiz xursand bo'lamiz. Raxmat kattakon! π€
Videoni mana bu havoladan ko'rish mumkin:π
https://youtu.be/dRyrqAv6Ro4?si=w7g4BT4hm0Ga6oaj
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πhttps://t.me/CanadAli
Yaqin 15-20 yil ichida butun dunyo bo'ylab "iqlim immigrantlari"ning "katta ko'chishi"ga guvoh bo'lsak kerak. Qayerda o'zingni yaxshi his qilsang, o'sha yer sen uchun "vatan"mi shunda?
Ayniqsa yer yuzining ekvatorga yaqinroq markaziy hududlarida joylashgan davlatlarda global isish ta'sirida yashash juda qiyinlashib ketishi prognoz qilinayotgani hech kimga yangilik emas. Nafaqat havo haroratining keskin ko'tarilishi, shuningdek toza suv zaxiralarining kamayib borishi natijasida qurg'oqchilik avj olib, suv resurslari uchun ham ayovsiz kurash kelib chiqadi deyilmoqda.
Ana shunday sharoitda shimoliy hududlarda joylashgan davlatlarga immigratsiya qilish tendensiyasi tobora avj oladi. Uzoqni oldindan ko'ra bilganlar allaqachon harakatga tushib qolishgan. Ayniqsa badavlat insonlar o'z davlatidan tashqari, shimolda joylashgan davlatlardan ham 2-pasportni olib qo'yishni boshlab yuborgan.
Aytgancha, yozni o'rtasida, ayni "chilla" paytida +27 daraja haroratda, tip-tiniq ko'l bo'yida sayr qilib shu fikrlarni hayol qilib ushbu postni "qoralab" qo'ydim. Vaqtida ulgurib qolibmiz shekilli...
Chunki bir paytlar men hurmat qilgan, hayotni ko'p past balandini ko'rgan bir inson aytgan edi: "Qayerdaki o'zingni qulay his qilsang, demak o'sha yer sening joying. O'sha yerda o'z o'rningni topishga harakat qilaver, tug'ilib o'sgan yurtingni esa hech qachon esdan chiqarma. Tez-tez kelib-ketib tur. Butun yer yuzi aslida inson uchun vatan."
O'sha fikr tez-tez yodimga tushaveradi. Hayotiy shiorga aylanib ketdi desam ham bo'laveradi. Sizchi? Qo'shilasizmi yuqoridagi mavzu va shaxsiy fikrga?
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
Nega bu yerda hamma narsa bunchalik sodda? Nahotki odamlarning bir-biriga ishonchi shunchalik kuchli? π¨π¦π€
Videoda ham shuni ko'rsatdim.
Kanada davlatida (masalan Yukon viloyatida) avtomobil sotish va xarid qilish jarayoni biz oβrgangan "o'zbekcha" tizimga qaraganda ancha sodda.
Avtomobil egasi registratsiya hujjatining tegishli qismini imzolab xaridorga beradi. Bundan tashqari, sotuvchi va xaridor avtomobilning narxi, sana va tomonlarning maβlumotlari koβrsatilgan bill of sale, yaβni oldi-sotdi hujjatini (oq-qora 1 varaqli qog'oz) toβldiradi.
Buning uchun notariusga borish, hujjatga muhr bostirish yoki murakkab shartnoma tayyorlatish talab qilinmaydi. Xaridor avtomobilni sugβurta qiladi va kerakli hujjatlar bilan Motor Vehicles ofisiga borib, uni oβz nomiga roβyxatdan oβtkazadi.
Bu yerdagi registratsiya hujjati biz bilgan texpasportga oβxshamaydi. Oddiy oq-qora qogβoz. Shunchaki shtrix kodi bor. Unda katta muhrlar yoki rangli himoya belgilarining yoβqligi dastlab gβalati tuyuladi.
Kanadaga yangi kelganimda koβplab hujjatlarda nega muhr yoki qoβlda qoβyilgan imzo yoβq, deb hayron boβlardim. Goβyo qoβlimga oddiy qogβoz nusxasi berilgandek tuyulardi. Keyinchalik tushundimki, hujjatning ishonchliligi uning tashqi koβrinishiga emas, balki davlatning elektron bazasidagi maβlumotlarga bogβliq.
Ba'zan o'ylab qolaman, qanday qilib bu davlatda odamlar bir-biriga bunchalik ishonadi. Nega bunday sodda tizim firibgarlikka keng yoβl ochib bermaydi? Nega bir-birini aldab "kiydirib" ketmaydi odamlar deb. Qiziq, balki ko'zi to'q bo'lgani uchun, balki madaniyatida birovni haqiga xiyonat qilish tabiati yo'q bo'lgani uchundir.
Menimcha, bu faqat odamlarning bir-biriga ishonishi sababli emas. Tizim elektron maβlumotlar bazasi va yolgβon maβlumot berganlik uchun qonuniy javobgarlikka tayanadi. Yaβni qogβozlar sodda koβrinsa ham, ularning ortidagi nazorat tizimi unchalik sodda emas.
Xullas, davlat tizimining qulay va sodda boβlishi nazorat yoβq degani emas. Balki haqiqiy qulaylik - odamni ortiqcha muhr, notarius va qogβozbozlik bilan qiynamasdan, kerakli nazoratni elektron tizim orqali amalga oshirishdir.
Sizningcha, bu kabi soddalik jamiyat uchun foydalimi yoki firibgarlik xavfini oshiradimi? π€
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
+3
π¨π¦Kanadaning Vancouver shahri yashash uchun dunyoning 10 ta eng yaxshi shaharlari reytingidan o'rin olibdi.
Economist Intelligence Unit (EIU) tashkiloti tomonidan e'lon qilingan reytingda ushbu shahar top 10 talik orasida Shimoliy Amerikadagi yagona shahar bo'lib ro'yxatga kirgan.
Ekspertlar jaxonning 170 dan ortiq shaharlari orasidan ushbu reytingni tibbiyot sifati, ta'lim sifati, xavfsizlik, ekologiya, infrastruktura, madaniy imkoniyatlar kabi faktorlarga tayanib tuzishgan.
π€Ha, bu bir qarashda juda jozibador ma'lumot. Lekin masalaning ikkinchi tarafi ham bor. Yashash uchun eng qulay ekanligi omili tufayli bu kabi shaharlarga talab oshiadi va o'z-o'zidan uy-joy narxi va yashash xarajatlari yuqorilashib borishiga ham sabab bo'ladi.
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
π¨π¦Kanada anchadan beri oβylab yurgan, lekin qilishga hech vaqt topa olmayotgan hobbilarni qilish uchun juda qulay davlatda! ππ£π
Baliq ovi uchun litsenziya kerak Kanada davlatida. Shuni oldim yaqinda. 1 yilga amal qiladi. 18 dollar to'ladim. Shunchaki pulini to'lab sotib olish kerak ekan xolos. Maxsus saytga kiriladi, ma'lumotlar to'ldiriladi va hujjat yuklab olinadi to'lovdan so'ng.
Avvallari o'ylardimki, qandaydir ma'lumotlarni o'qib o'rganib test topshirish zarur bo'lsa kerak deb. Yo'q, unday emas ekan. Rasmiyatchilik uchun zarur bu hujjat. Lekin bu hujjatsiz baliq ovlasangiz va sizni tabiatni himoya qiluvchi ofitser ko'rib qolsa 100-200 dollar jarima to'lashingizga to'g'ri keladi. Shuning uchun Kanada davlatida baliq ovlasangiz, risk qilmasdan albatta litsenziyani olib qo'yavering.
Baliq ovlash gashtini esa faqat erkak kishilar tushunadi, chunki bir necha soat suvga tikilib, asablarga dam berish mazasini ayol kishi baribir tushunmasa kerak...π
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
Agar nasib qilgan boβlsa π¨π¦ Kanadaga Oβzbekistonlik oilalar kelishda davom etaveradi. Biz esa jamoamiz bilan bu borada qoβldan kelganicha yordam berib kelmoqdamiz.
Eslatib oβtamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 boβlgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan koβrsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) boβlib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
π @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
π www.canadali.net
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
+4
Biz davom etamiz. Oβzbekistonliklar safini Kanada davlatida yanada oshirishga hissa qoβshishdan mamnunmiz. π«π¨π¦π
Har bir keys boβyicha oβqib koβrsangiz batafsilroq maβlumot berishga harakat qildik.
Barcha nomzodlar Oβzbekistondan hujjat topshirgan vizaga. Kelgusi natijalarni ham kutyapmiz.
Eslatib oβtamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 boβlgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan koβrsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) boβlib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
π @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
π www.canadali.net
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
Kanadada "och qolish" mumkin emas desam ishonasizmi?
Ishi yo'q, uyi yo'q odam ham och qolib ketmaydi. Qanday qilib?
"Foodbank" deyilgan maxsus tashkilot bor. Kanadaning barcha katta-kichik shaharlarida. Aynan shu tashkilot binosiga borib, yashash uchun eng muhim oziq-ovqatlar (sabzavotlardan tortib sut mahsulotlarigacha, tuxumdan tortib mevalargacha, sariyog', non, shakar, guruch, makaron, un, baliq, pishloq va xokazolar)ni mutlaqo bepulga olish mumkin.
Ayrim food banklarda odamlar tayyor qutini olish o'rniga kichik supermarketga o'xshash zalga kirib, mavjud mahsulotlardan o'z oilasi uchun keraklilarini tanlab olishlari mumkin. Bu insonlarning qadr-qimmatini saqlash va isrofni kamaytirishga yordam beradi.
Food bank nima?
Food bank - bu notijorat tashkilot bo'lib, vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan odamlarga bepul oziq-ovqat beradi.
Kimlar foydalanishi mumkin?
Ishsizlar, yangi immigrantlar, talabalar, yolg'iz ota-onalar, kam daromadli oilalar, nogironligi bor shaxslar, kutilmagan moliyaviy qiyinchilikka uchragan har qanday odam.
Bu tizim faqat uysizlar uchun emas, istalgan odam borsa boβladi. Hech kim sizdan pul so'ramaydi. Bu yordam mutlaqo bepul.
Nimalar beriladi?
Toβliq roβyxat: Sut, tuxum, sariyog', pishloq, yog', non, guruch, makaron, un, shakar, kartoshka, sabzi, piyoz, salat barglari, mavsumiy sabzavotlar va mevalar, dukkakli mahsulotlar, choy, kofe, sharbat, konserva mahsulotlari, tunets yoki losos konservasi, go'sht (muzlatilgan), bolalar ovqati, pampers, gigiyena vositalari va xokazo.
Bu mahsulotlar food bankning zaxirasi va xayriyaga qarab o'zgaradi, ammo ko'plab food banklar yangi (fresh) mahsulotlar bilan birga konservalangan mahsulotlarni ham beradi.
Oziq-ovqat qayerdan keladi?
Supermarketlar, fermerlar, restoranlar, oddiy fuqarolar, kompaniyalar, xayriya aksiyalari. Ko'plab do'konlar sotilmay qolgan, ammo iste'mol qilish uchun mutlaqo yaroqli mahsulotlarni tashlab yuborish o'rniga food banklarga beradi.
Aholini oβzi qanday yordam beradi?
Kassada xarid qilayotganda $2, $5 yoki $10 xayriya qilishadi, maxsus oziq-ovqat yig'ish aksiyalari bo'ladi, maktab o'quvchilari ham mahsulot yig'ishadi, ko'ngillilar minglab soat bepul ishlab berishadi.
Faqat oziq-ovqat emas:
Ba'zi food banklarda ish topishga yordam, soliq deklaratsiyasini to'ldirish, moliyaviy maslahat, yangi immigrantlarga yo'l-yo'riq, oshpazlik kurslari, til kurslariga yo'naltirish kabi xizmatlar ham mavjud.
Foydalanish tartibi:
Odatda: 1-marta foydalanganda ro'yxatdan o'tiladi. Ism va manzil tasdiqlanadi. Oilada nechta odam yashashi aytiladi. Shunga qarab mahsulot miqdori beriladi.
Har kuni borsa bo'ladimi?
Ko'p food banklarda yordam: haftasiga bir marta, yoki ikki haftada bir, yoki oyiga bir marta beriladi. Bu tizim odamni to'liq boqish uchun emas, qiyin davrni yengib o'tishga yordam berish uchun yaratilgan.
Qiziqarli fakt:
Kanadada ko'plab universitetlarning ham o'z food banklari mavjud. Talabalar hech qanday uyalmasdan undan foydalanishadi.
Yana bir qiziqarli ma'lumot:
Ko'plab supermarketlarda "Buy one, donate one" yoki oziq-ovqat yig'ish qutilarini ko'rish mumkin. Bayramlar arafasida esa minglab odamlar food banklar uchun mahsulot hadya qiladi.
Muhim jihat:
Food bankdan foydalanish: immigratsion maqomga salbiy ta'sir qilmaydi va kelajakda doimiy yashash (PR) arizasiga avtomatik ravishda zarar yetkazmaydi.
Xulosa:
Kanadada hayot qimmat bo'lishi mumkin. Ishsiz qolish yoki vaqtinchalik qiyinchilikka duch kelish ham hech gap emas. Ammo bu davlatda odamlarning och qolib ketmasligi uchun butun boshli xayriya tizimi shakllangan. Eng muhimi - yordam so'rashdan uyalmaslik. Chunki bugun siz yordam olishingiz mumkin, ertaga esa o'zingiz boshqalarga yordam beradigan inson bo'lishingiz ehtimoldan xoli emas.
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πhttps://t.me/CanadAli
Kanadaga kelgandΠ°, birinchi bo'lib qilish kerak bo'lgan muhim jarayonlar qaysilar. ππ¨π¦βοΈ
Mazkur maqolada Kanadaga uzoq muddatga yashash uchun kelgandan keyin dastlabki kunlarda qilish zarur bo'lgan muhim vazifalarni yoritib o'tdim shaxsiy tajribamdan. O'ylaymanki, bu tavsiyalar yangi davlatga tezda moslashib ketishingizda ancha foydali bo'ladi. Quyida oβqishingiz mumkin maqolani.
πBatafsilπ
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πhttps://t.me/CanadAli
Mana pasport soβrovlari ham kelishni boshladi! π₯³π¨π¦π
Boshqalarga ham nasib qilsin! π€
https://t.me/CanadAli
+2
Bizda juda yaxshi xabarlar! π€π₯³π
3 ta keys boβyicha "medical request" keldi. Bu vizaga 1 qadam degani. π«π¨π¦
Barcha nomzodlar Oβzbekistondan topshirgan vizaga.
2 ta boβydoq student, bittasi magistratura va ikkinchisi baklavr. 1 ta oilaviy student viza, turmush oβrtogβiga ishchi viza va farzandiga visitor viza.
Eslatib oβtamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 boβlgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan koβrsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) boβlib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
π @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
π www.canadali.net
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
+2
Xullas Kanada yana pul berdi βshunchakiβ, begβaraz. ππ Bu safar bolalar sporti uchun. 1000 dollar miqdorida. π¨π¦
Bu summaga sayohat uchun bolalar kolyaskasi, shuningdek "picnic" va "camping"ga chiqish uchun palatka sotib oldik. Chunki bu buyumlar ham sport buyumlari qatoriga kirar ekan.
Bolalar rivojlanishi uchun kichik e'tibor yoxud nega Kanada π¨π¦ 1000 dollarni bizga shunchaki berdi?
Xabaringiz bor, Kanada davlatida tug'ilish darajasi yuqori emas. Shuning uchun ham farzandingiz bo'lsa davlat ularga har taraflama g'amxo'rlik qilishni o'z burchi deb biladi. Yaβni, bola ota-onasi uchun βmoddiy yukβ boβlmasligini xohlaydi.
Aynan yosh avlod uchun turli darajadagi imtiyozlardan biri haqida aytib bermoqchiman, lekin ular son-sanoqsiz aslida. Xattoki xabarimiz ham yo'q ba'zilaridan. Sekin sekin bilib boryapmiz va foydalanishga harakat qilyapmiz.
Yaqindagina Yukon viloyatida mavjud bo'lgan(balki boshqa provinsiyalarda ham bor boβlishi kerak) va mahalliy hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan kichik bir dasturga ariza berib ko'rdim. "Kids Recreation Fund" deb nomlanadigan bu loyiha 18 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun. Mazkur loyiha maqsadi bolaning sport bilan shug'ullanishi uchun har bir farzandga har yili bir martalik 500 dollardan mablag' ajratish ekan. Mazkur mablag'ni faqatgina sport jihozlari yoki qandaydir sport to'garagi uchun a'zolik badaliga sarflash mumkin. Chunki kvitansiya talab qilishadi, mablag' to'g'ri maqsadda sarflanganini nazorat qilish uchun.
Ariza berganim ertasi kuni natijasi tasdiqlandi va mablag' o'tkazib berishdi. Hech qanday ortiqcha qog'ozbozliksiz va byurokratiya to'siqlarisiz. Bundan tashqari har bir bola uchun har oylik to'lov usulida to'lab beriladigan "bola puli" ham bor. Xullas, farzandi bor oilalar uchun farzand bilan bog'liq xarajatlarning katta qismi davlat tomonidan qoplab berilishi ham dunyo bo'ylab ko'plab insonlarning aynan shu davlatga intilishi uchun sabablardan biri bo'lsa kerak.
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
Bu sohadagi eng ijobiy hislar har safar natijalar va minnatdorchiliklardan keyin paydo bo'ladi. To'g'ri, hujjatbozlik asabni o'ynatadi, sabrni sinaydi. Ammo, kimnidir hayotida ozgina bo'lsada o'zgarish qila olsak hamma qiyinchiliklarni yuvib ketadi.
Ba'zida esga kelganda yoki motivatsiyani ko'tarish uchun ham bo'layotgan natijalarga misollarni sizlar bilan bo'lishib turamiz. Lekin har bir natijani ulashib bora olmaymiz, ba'zan mijoz iltimos qiladi sir saqlashni, ba'zan esa vaqtimiz yetmaydi. To'g'ri tushunasiz.
Eslatib oβtamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 boβlgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan koβrsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) boβlib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
π @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
π www.canadali.net
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
π https://t.me/CanadAli
Eng ko'p uchraydigan 10 ta xatoni bilasizmi, Kanadaga immigratsiya qilishda. Bularni aslo qila ko'rmang, bu davlatga yashash uchun kelmoqchi bo'lsangiz.
Kanadaga "doimiy yashash huquqi"ni olish anchagina murakkab jarayon bo'lib, ba'zida bitta xato sababli barcha qilingan mehnatlar zoye ketishi va ariza rad qilinib, natijada qayta topshirishga to'g'ri kelishi mumkin. Odatda, quyidagi xatolar sababli ofitser qo'shimcha hujjat so'rash yoki izohlashni talab qilish o'rniga, arizani shunchaki rad etib qo'yaqoladi. Ushbu xatolarni qilmaslik PR uchun beriladigan arizani "silliq" o'tib ketishida muhim rol o'ynaydi.
Demak ushbu xatolar quyidagilar:
1. Ish tajribani asoslashda NOC kodni xato tanlash.
Kanada davlatida har qanday kasb nomi maxsus kodlashtirilgan. Ish tajribani ko'rsatishda faqatgina lavozim nomi mos kelgani uchun emas, qilingan ishlar ham ushbu kodga mos ekanligini to'g'ri ko'rsatmaslik eng katta xato.
2. Oldin boshqa davlatlardan olingan vizadan "otkaz"lar, ya'ni rad javoblarini yashirish.
10 yil oldin AQSHdan olgan "otkaz"ni Kanadaga aytib o'tirishim shart emas deb o'ylash juda katta xato. Kanada va yana 4 ta davlat (AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yangi Zellandiya) bu borada ma'lumot almashadi va agarda "otkaz" berkitilsa buni osongina bilib olishadi va arizangiz nafaqat rad etiladi, shuningdek 5 yillik ta'qiq ham qo'yiladi.
3. Shaxsiy hayotidagi tushuntirib berilmagan bo'shliqlar va manzillar tarixi.
18 yoshingizdan boshlab (yoki oxirgi 10 yildan boshlab) hozirgi kunga qadar bo'lgan shaxsiy tarixingizni har bir yil va oyda nima bilan band bo'lganingiz va qaysi manzillarda yashaganingizni ochiqlash talab qilinadi. Xattoki 1-2 oy hayotingiz ham bo'sh ko'rsatilmasligi shart, hech nima qilmagan bo'lsangiz ham "ishsiz", "ta'tilda", "shaxsiy rivojlanish", "davolanish" kabi sabablarni ko'rsatish zarur.
4. Moliyaviy holatni isbotlashda yetarlicha mablag' borligini asoslay olmaslik.
Kimdandir kattaroq summa olib, hisob raqamga qo'yilsa ushbu summaning kelib chiqish manbasini isbotlay olmaslik. Katta summa hisob raqamga qo'yilgan bo'lsa, uning qaysi manbadan kelganini, masalan qandaydir kattaroq mol-mulk sotilgani, hadya qilinganini hujjat bilan asoslamaslik ham rad etilishiga sabab bo'lishi mumkin.
5. Moliyaviy holatni ko'rsatganda amalda ishlatish mumkin bo'lgan summani ko'rsatmaslik.
Faqat mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli buyumlarnigina asosiy moliyaviy manba sifatida ko'rsatish qabul qilinmaydi. Mablag' istalgan paytda ishlatish mumkin bo'lgan hisob raqamda ko'rsatilishi muhim.
6. Muddati o'tgan hujjat taqdim qilish.
Masalan, muddati o'tgan til sertifikati, muddati eskirgan sudlanmaganlik ma'lumotnomasi. Agarda xorijiy davlatda 6 oydan ko'p yashagan bo'lsangiz, o'sha davlatdan ham sudlanmaganlik ma'lumotnomasi siz o'sha davlatni butunlay tark etganingizdan keyingi davrda olingan bo'lishi lozim.
7. Hujjat topshirishga taklif olgandan keyin hayotidagi muhim o'zgarishlar bo'yicha xabar bermaslik.
Masalan turmush qurish, farzand ko'rish, ishdan bo'shash kabi masalalar taklif olinganidan keyin yuz bersa bu haqda xabar berish lozim. Chunki qaysidir holat sizning umumiy to'plagan balingizga ta'sir qilishi mumkin.
8. Tarjima qilinmagan hujjat yoki xato tarjima qilingan hujjat taqdim etish.
Masalan, hujjatlar tarjima qilish vakolati bo'lmagan shaxslar xizmatidan foydalangan holda, o'zi yoki do'sti tomonidan tarjima qilinmasligi kerak. Notarial tasdiqlangan va tarjima vakolatiga ega shaxs tomonidan tarjima qilinishi zarur hujjat.
9. Hujjatlarga imzo qo'ymaslik, ayniqsa blankalarga.
Ba'zi elektron blankalarga imzo qo'yish shart emas, lekin ism familya yozib qo'yilmasa, demak imzolanmagan hisoblanadi.
10. Sifatsiz skaner qilingan xira holatdagi hujjatlarni taqdim etish. Kanadaga hujjatlar elektron shaklda topshirilishi inobatga olinsa, hujjatni to'g'ri shaklda pdf holatga keltirish muhim. Ayniqsa muhr, QR kod va boshqa asosiy parametrlarini buzilgan holatda taqdim qilish hujjatlarga shubha uyg'otadi.
π¨π¦ π @CanadAli
Xullas Kanada yana pul berdi shunchaki. Bu safar bolalar sporti uchun. Mana 1000 dollar miqdorida.
Bu summaga sayohat uchun bolalar kolyaskasi va piknik va campingga chiqish uchun palatka olsak bo'ladi. Chunki bu buyumlar ham sport buyumlari qatoriga kirar ekan.
O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari haqida Kanadaliklar iliq fikrlarni yozib chiqmoqda.
Jumladan, 1-iyunda bo'lib o'tgan Kanada-O'zbekiston o'rtoqlik o'yinida o'yindan so'ng O'zbekistonliklar mag'lub bo'lganiga qaramasdan kiyinish xonasidagi doskaga mehmondo'stlik uchun minnatdorchilik so'zlarini va Kanadaga jaxon chempionatida omad tilaklarini yozib ketishibdi.
Shuningdek, o'zlaridan keyin kiyinish xonasini toza va ozoda qilib yig'ishtirib ketgani uchun O'zbekistonlik futbolchilar nomiga Kanadaning turli ijtimoiy tarmoqlarida olqishlar yozilmoqda ayni paytda.
Mana shu jihatdan yurtdoshlarimizning boshqa davlatlarda iliq taassurot qoldirishlari tahsinga sazovor albatta. Ayniqsa Kanada kabi mehmondo'st davlatlarga borganda. π
Manba: π dailyhive.com
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πhttps://t.me/CanadAli
Ertalab yo'lga chiqyapmiz.
O'zbekiston va Kanada milliy terma jamoalari o'rtasidagi futbol bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvini stadiondan tomosha qilib kelamiz. Ushbu videolarda o'yin oldidan fikrlarni ko'rishingiz mumkin. Stadiondagi muhit va boshqa videolarni borganda joylaymiz.
Kanada π¨π¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πhttps://t.me/CanadAli
