es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete 👈

Yetim dasturchi kundaligi

Yetim dasturchi kundaligi

Ir al canal en Telegram

Murakkablik - avvalgisidan unchalik yaxshi bo'lmagan voqeligingizni qabul qilishingizdir. https://manu.uz/ https://diary.manu.uz/ Bog'lanish uchun: @yetim_robot

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram Yetim dasturchi kundaligi

El canal Yetim dasturchi kundaligi (@yetimdasturchi) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 33 645 suscriptores, ocupando la posición 3 922 en la categoría Tecnologías y Aplicaciones y el puesto 2 336 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 33 645 suscriptores.

Según los últimos datos del 11 octubre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -2 152, y en las últimas 24 horas de 0, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 17.86%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 7.04% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 6 039 visualizaciones. En el primer día suele acumular 2 380 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 80.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Murakkablik - avvalgisidan unchalik yaxshi bo'lmagan voqeligingizni qabul qilishingizdir. https://manu.uz/ https://diary.manu.uz/ Bog'lanish uchun: @yetim_robot”

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 12 octubre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Tecnologías y Aplicaciones.

33 645
Suscriptores
Sin datos24 horas
-4407 días
-2 15230 días
Archivo de publicaciones
Telegramda batch replace yo'q ekan)

+1
Dasturlash, elektronika va robototexnikaga qiziquvchilar ko‘p. Lekin sohaga endi kirib kelayotganlarning aksariyatida nimadan boshlash, qanday bilimlar va jihozlar kerakligi, umuman, nimalarga tayyor bo‘lish lozimligi haqida yetarlicha tasavvur bo‘lmaydi. Ayniqsa, farzandini shu yo‘nalishga qiziqtirmoqchi bo‘lgan ota-onalarda bunday savollar ko‘p uchraydi. Menimcha, bu sohalar bilan tanishish uchun Arduino yaxshi boshlang‘ich nuqtalardan biri. Chunki unda dasturlash, elektronika va fizika bir-biri bilan bevosita bog‘liq. Yozgan kodingizning natijasini haqiqiy qurilmada ko‘rasiz. Bir necha yillik tajribam va izlanishlarim asosida avval yozgan ikkita qo‘llanmamni bepul ulashishga qaror qildim. 🔸 Arduino va uning so‘zsiz tarixi — platformaning kelib chiqishi, rivojlanishi, texnik tuzilishi, imkoniyatlari va cheklovlari haqida. 🔸 Arduino. Yangi va ilg‘or foydalanuvchilar uchun qo‘llanma — kerakli jihozlar, elektronika asoslari, radiokomponentlar, dasturlash muhiti, amaliy loyihalar va xavfsizlik qoidalari haqida. Hozirda Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator — UZINFOCOM’da apparat-dasturiy biznes yechimlarni amalga oshirish bo‘limiga rahbarlik qilaman. Asosan R&D, reverse engineering, robototexnika va turli maqsadlardagi qurilmalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanamiz. Qizig‘i, bularning barchasi bir paytlar oddiy elektronika, radiokomponentlar va dasturlashga bo‘lgan qiziqishimdan boshlangan. Ko‘p narsani mustaqil izlanish, qurilmalarni titkilash, buzish, qayta yig‘ish va tajribalar orqali o‘rganganman. Bugun esa o‘sha qiziqish va bilimlar ancha murakkab loyihalar ustida ishlashimga imkon beryapti. Albatta, bu qo‘llanmalarni to‘laqonli darslik deb bo‘lmaydi. Maqsad 60 sahifani o‘qib, muhandis bo‘lib chiqish emas. Shunchaki, sohaga kirishdan oldin umumiy tasavvur hosil qilish, nimalarga tayyor bo‘lishni tushunish va keyingi mustaqil izlanishlar uchun boshlang‘ich nuqtani topish. Kim biladi, bugun oddiy LEDni yoqishni o‘rganayotgan odam ertaga qanday qurilmalar yaratadi. Muhimi, qiziqish va izlanishdan to‘xtamaslik. Xullas, ikkala PDFni ham shu yerda qoldiraman. Kimlargadir asqotib qolar. @yetimdasturchi

Qiziqib bu rasmlar oilaviy albomga qanday qo'shilib qolganini kattalardan surishtirib ko'rdim pastda o'tirganlarda biri buvim
Qiziqib bu rasmlar oilaviy albomga qanday qo'shilib qolganini kattalardan surishtirib ko'rdim pastda o'tirganlarda biri buvim ekan. Va rostdanam o'sha davrda jadidlardan va jadidchilikga doir ta'lim olishgan ekan. Buvim Namanganda birinchi savodsizlikka qarshi ta'lim berishni boshlaganlardan. Bular orasida va boshqa rasmlarda qatag'on davrida aynan shu ta'limlar orqasidan aybdor deb topilganlar va qurbon bo'lganlaram bor ekan. Uyda nega o'qish pod kapot majburiy bo'lgani, nostandart o'rgatish miyyaga quyilgani, fors tili default bo'lgani (mengayam majburlab o'rgatilingan). Tarixiy narsalar ko'pligi endi yanada qiziqroq bo'lib qolarkan odamga. Uyda kitoblar ham ko'p bo'lardi doim. Bazan qoplab qo'yilganini ham ko'rganman bolaligimda. Rasmdagi ayolni viloyat kutubxonasi rahbari bo'lgan deyishdi. Uyam xuddi shu albomlar orasida bor. Eng qizig'i tirikligida birov bunga izoh bermagani yanada ajablanarli. Bazan gapni olib qochishardi prosta. Nimalarnidir yashirishga urinishardi.

Hayot judayam qiyin deb o'ylaydigan odam menimcha rich editor yasab ko'rmagan. Haqiqiy rasvo ish ekan. Unisini qilsa bunisi,
Hayot judayam qiyin deb o'ylaydigan odam menimcha rich editor yasab ko'rmagan. Haqiqiy rasvo ish ekan. Unisini qilsa bunisi, bunisini qilsa unisi ishkal chiqarib turadi. Albatta o'ziyam pachti ms worddek bo'lib ketdi, lekin asablarni qulatdi. Export modellar bilan ishlashni deb excel va word faylinini esa pachti koddan yasab beradigan bo'lib qoldi odam.

1978-yildagi holatga hisoblasa 170-180 rubl 1000-1500$ degani (taxminan). Qolgan to'lovlar va boshqaniyam hisobga olib qo'shi
1978-yildagi holatga hisoblasa 170-180 rubl 1000-1500$ degani (taxminan). Qolgan to'lovlar va boshqaniyam hisobga olib qo'shib ko'rdim umumiy summani. O'sha davrda bir o'qituvchining oylik daromadi hozirgi kursda 4000-5000$ ga to'g'ri kelgan ekan (balkim hammada unday bo'lmagandir).

Bunisi esa yoshingizni testdan o'tkazadigan daftar 😅 Old schoollar bu modani bilishadi.
Bunisi esa yoshingizni testdan o'tkazadigan daftar 😅 Old schoollar bu modani bilishadi.

1947-yilda chop etilgan "Массовая радиобиблиотека" (Ommaviy radiotexnika kutubxonasi) turkumidagi broshyura. Men elektronikan
1947-yilda chop etilgan "Массовая радиобиблиотека" (Ommaviy radiotexnika kutubxonasi) turkumidagi broshyura. Men elektronikani asosiy qatlamini shulardan o'qib o'rganganman. Hozirgi har qanday indusdan ko'ra yaxshiroq tushuntirib berilgan buyerda. Qanday tuzilgan va nega ishlayapti degan savolga erinmasdan javob berishgan. Elektronikani faqat amaliy emas. Nazariy o'rganish uchun ham eng yaxshi manbaalardan.

Buyerda rasmga tushayotgan bolalar o'zlarini yuz yildan keyin tasavvur qilib ko'rishmagan bo'lishsa kerak. Fotoaparatni o'zi
Buyerda rasmga tushayotgan bolalar o'zlarini yuz yildan keyin tasavvur qilib ko'rishmagan bo'lishsa kerak. Fotoaparatni o'zi ular uchun shaytonmashina bo'lgan. Menimcha hozir internetdan bu narsani tomosha qila olishni o'zi esa ularga tushuntirish uchun alohida masala bo'lardi.

Xullas uydagi arxivlarni ochib ko'rdim. To'g'risi bitta muzey ochib soqqa qilsayam bo'ladigan holat aslida. Oldin qiziqib qar
+1
Xullas uydagi arxivlarni ochib ko'rdim. To'g'risi bitta muzey ochib soqqa qilsayam bo'ladigan holat aslida. Oldin qiziqib qaramagan ekanman. Albomlar ichida 19-asrdan boshlab 21-asr oralig'igacha rasmlar bor ekan. Lekin hozirgi instagram yoki boshqa joylardagi rasmlardan ko'ra tabiiy va qiziq.

Asl mutaxassisligim bo‘yicha radiotexnikman yoki harbiy tilda aytganda, aloqachi. Bu sohani o‘rganayotgan vaqtimizda bizga ur
Asl mutaxassisligim bo‘yicha radiotexnikman yoki harbiy tilda aytganda, aloqachi. Bu sohani o‘rganayotgan vaqtimizda bizga urushda aloqachilar birinchilardan bo‘lib nishonga olinishi ochiq-oydin o‘rgatilgan. Ularni o‘ldirish yoki asirga olish harbiy jihatdan muhim natija hisoblanadi, buning uchun hatto yaxshigina mukofot va obro‘ ham berilishi mumkin. Chunki zamonaviy urushlarda aloqa nafaqat qo‘shinlarni boshqarish, balki razvedka, navigatsiya, logistika va deyarli barcha harbiy tizimlarning o‘zaro muvofiq ishlashini ta’minlaydigan asosiy infratuzilmalardan biridir. Shu sababli aloqachi sifatida bunday infratuzilmalarga boshqacharoq qarash vaqt o‘tishi bilan kasbiy odatga aylanib qoladi. Lekin kecha Yandex data-markazi bilan bog‘liq voqeani ko‘rib, bunday zarbalarni har doim ham oqlab bo‘lmaydi, deb o‘yladim. Sababi XXI asrda data-markazlar shunchaki serverlar joylashgan binolar emas. Ular zamonaviy raqamli infratuzilmaning asosiy qismlaridan biri. Minglab saytlar, ilovalar, bizneslar va oddiy foydalanuvchilarning kundalik hayoti bevosita yoki bilvosita ularga bog‘liq. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush boshlanganidan beri server uskunalari, hosting va infratuzilma xizmatlari bozorida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. Sanksiyalar, logistika va uskunalar ta’minotidagi muammolar narxlarga ham ta’sir ko‘rsatdi. Endi mavjud data-markazlarning jismonan yo‘q qilinishi bu vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin. Albatta, Yandex kabi yirik kompaniyalarda zaxira data-markazlar, trafikni qayta yo‘naltirish va avariyadan tiklanish mexanizmlari bor. Ammo bular xizmatlarning uzluksizligini ta’minlashga yordam beradi, xolos. Yo‘qotilgan infratuzilmani tiklash uchun baribir vaqt, mablag‘ va resurslar kerak bo‘ladi. Bu xarajatlar esa oxir-oqibat xizmatlar narxiga ham ta’sir qilishi mumkin. Harbiy nuqtayi nazardan aloqa va hisoblash infratuzilmasining strategik ahamiyatini yaxshi tushunaman. Ammo bugungi kunda harbiy va fuqarolik raqamli infratuzilmasi bir-biriga shu qadar bog‘lanib ketganki, biriga berilgan zarba ikkinchisiga ham ta’sir qilmasligiga kafolat yo‘q. Shu sababli bunday hodisalarga faqat qancha server yo‘q qilingani yoki qaysi kompaniya qancha zarar ko‘rgani nuqtayi nazaridan qarash yetarli emas. Bu infratuzilmadan foydalanayotgan, urushga umuman aloqasi bo‘lmagan odamlar va bizneslar ham borligini unutmaslik kerak. Texnik, harbiy yoki strategik jihatdan nimanidir ishdan chiqarish mumkinligi uni ishdan chiqarish har doim ham to‘g‘ri degani emas. Urushda kim g‘alaba qozonishidan qat’i nazar, eng katta yo‘qotish baribir farzandidan ayrilgan ota-onalar, beva qolgan ayollar va yetim qolgan bolalar zimmasiga tushadi. Menimcha, bu ro‘yxatning yanada uzayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ham har bir qarorning insoniy oqibatlarini hisobga olish kerak. @yetimdasturchi

— Ishingizda stress bo‘lmasa kerak-a? Kompyuter qarshisida mazza qilib o‘tirasiz. — Ha, faqat ba’zida butun karyerangiz bitta
— Ishingizda stress bo‘lmasa kerak-a? Kompyuter qarshisida mazza qilib o‘tirasiz. — Ha, faqat ba’zida butun karyerangiz bitta connection lostga bog‘liq bo‘lib qoladi.

🚨 Iskratel Innbox routerlarida xavflilik darajasi 9.8 ball bo‘lgan kritik zaiflik aniqlandi! Bu xabar ayniqsa O‘zbekiston uchun juda dolzarb. Chunki mamlakatimizda internet abonentlarining katta qismi aynan Iskratel Innbox routerlaridan foydalanadi. Aniqlangan zaiflik hujumchiga routerga login va parolsiz, masofadan turib buyruqlar yuborish va ularni root (administrator) huquqi bilan bajarish imkonini beradi. Ya’ni hujumchi qurilma ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritishi mumkin. Bu qanday xavflarni keltirib chiqaradi? 🔸 Router sozlamalarini foydalanuvchidan yashirincha o‘zgartirish; 🔸 Internet trafikni kuzatish yoki boshqa manzilga yo‘naltirish; 🔸 DNS sozlamalarini o‘zgartirib, foydalanuvchilarni soxta saytlarga yo‘naltirish; 🔸 Routerni botnet tarmog‘iga qo‘shib, kiberhujumlarda foydalanish; 🔸 Internet aloqasini uzish yoki qurilmani ishdan chiqarish. Eng xavfli jihati hujum uchun foydalanuvchining hech qanday harakati talab qilinmaydi. Ya’ni zararli havolani bosish, fayl yuklab olish yoki parolni kiritish shart emas. Hujumchi zaif boshqaruv interfeysiga tarmoq orqali kira olsa, shuning o‘zi yetarli. ⚠️ O‘zbekiston uchun xavf nimada? Iskratel Innbox qurilmalari mamlakatimizda keng tarqalganini hisobga olsak, ushbu zaiflik mahalliy internet infratuzilmasi uchun ham jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Albatta, barcha Innbox modellari zaif degani emas bu. Qurilmaning modeli va dasturiy ta’minot versiyasiga bog‘liq. Nima qilish kerak? Internet provayderlari qurilmalarning firmware versiyalarini tekshirishi, zaif modellarni aniqlashi va xavfsizlik yangilanishlarini taqdim etishi zarur. Foydalanuvchilarga esa router boshqaruv paneliga internet orqali kirishni cheklash va yangilanishlar bo‘yicha provayderga murojaat qilish tavsiya etiladi. 🔴 Texnik ma’lumotlar: Zaiflik turi: Unauthenticated Remote Code Execution (RCE) Zaif endpoint: /login.xgi Muammo: autentifikatsiyasiz buyruqlar bajarilishi (CWE-78, CWE-306) CVSS 3.1: 9.8/10 — Critical CVSS 4.0: 9.4/10 — Critical Router shunchaki internet tarqatuvchi qurilma emas. U butun uy yoki ofis tarmog‘ining internetga chiqish nuqtasi. Uning xavfsizligi buzilishi esa unga ulangan barcha qurilmalar uchun qo‘shimcha xavf tug‘dirishi mumkin. @yetimdasturchi

Cyberkentdagi STM32 challengeni nega hech kim yecha olmadi? Kecha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Cyberkent 4.0 — O‘zbekiston
Cyberkentdagi STM32 challengeni nega hech kim yecha olmadi? Kecha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Cyberkent 4.0 — O‘zbekiston Milliy Kiberxavfsizlik Musobaqasida STM32 firmwaresiga oid bir topshiriqni hech kim yecha olmaganini aytishdi. Qiziqib firmwareni biroz titkilab ko‘rdim. Boshida unchalik dahshatli ko‘rinmaydi, lekin ichkariga kirgan sari topshiriq ancha puxta o‘ylanganini sezadi odam. Eng qizig‘i, bir joyini yechganingizda masala tugamaydi, aksincha keyingi bosqichda butunlay boshqa muammo chiqadi. Shu tariqa boshida oddiy ko‘ringan topshiriq oxiriga borib nega hech kim yecha olmagan darajada qiyinlashib ketganini quyida qisqacha ko‘rib chiqamiz 👇 https://telegra.ph/Cyberkentdagi-STM32-challengeni-nega-hech-kim-yecha-olmadi-10-07 @yetimdasturchi

Selom hozirdan o'rgangan yaxshi. AI ishimizni olib qo'ysa shunaqa dehqonchilik bilan shug'ullanaveramizda)

Faqat qishlaqda aerofobiyasi bor odamni tepaga olib chiqib uzum ham tervor deb paqir uzatishsa kerak)

Mensaje de video00:07

Windowsda .exeni debug qilyapsan, bir qarasang allaqachon qandaydir DLL ichida yuribsan. Linuxda GDB bilan bunaqa adashib ket
Windowsda .exeni debug qilyapsan, bir qarasang allaqachon qandaydir DLL ichida yuribsan. Linuxda GDB bilan bunaqa adashib ketganim esimda yo‘q. Balki Windows debugging muhiti menga hali ham begonadir. Aslida Linuxda ham .solar ichiga tushib ketish mumkin, faqat GDB odatda source-level debugging bilan ishlashga o‘rgatgan. Albatta, stepi bilan instruction level yursang, manzara unchalik farq qilmaydi. Demak, masala qaysi muhit murakkabroq ekanida emas, qaysi birining murakkabligiga ko‘zing o‘rganib qolganida.