Yetim dasturchi kundaligi
Murakkablik - avvalgisidan unchalik yaxshi bo'lmagan voqeligingizni qabul qilishingizdir. https://manu.uz/ https://diary.manu.uz/ Bog'lanish uchun: @yetim_robot
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram Yetim dasturchi kundaligi
El canal Yetim dasturchi kundaligi (@yetimdasturchi) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 33 902 suscriptores, ocupando la posición 3 823 en la categoría Tecnologías y Aplicaciones y el puesto 2 269 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 33 902 suscriptores.
Según los últimos datos del 07 octubre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -2 350, y en las últimas 24 horas de -110, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: No verificado
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 18.72%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 7.10% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 6 356 visualizaciones. En el primer día suele acumular 2 409 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 87.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Murakkablik - avvalgisidan unchalik yaxshi bo'lmagan voqeligingizni qabul qilishingizdir.
https://manu.uz/
https://diary.manu.uz/
Bog'lanish uchun: @yetim_robot”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 08 octubre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Tecnologías y Aplicaciones.
Carga de datos en curso...
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 07 octubre | 0 | |||
| 06 octubre | +2 | |||
| 05 octubre | 0 | |||
| 04 octubre | 0 | |||
| 03 octubre | 0 | |||
| 02 octubre | 0 | |||
| 01 octubre | 0 |
| 2 | Cyberkentdagi STM32 challengeni nega hech kim yecha olmadi?
Kecha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Cyberkent 4.0 — O‘zbekiston Milliy Kiberxavfsizlik Musobaqasida STM32 firmwaresiga oid bir topshiriqni hech kim yecha olmaganini aytishdi. Qiziqib firmwareni biroz titkilab ko‘rdim. Boshida unchalik dahshatli ko‘rinmaydi, lekin ichkariga kirgan sari topshiriq ancha puxta o‘ylanganini sezadi odam.
Eng qizig‘i, bir joyini yechganingizda masala tugamaydi, aksincha keyingi bosqichda butunlay boshqa muammo chiqadi. Shu tariqa boshida oddiy ko‘ringan topshiriq oxiriga borib nega hech kim yecha olmagan darajada qiyinlashib ketganini quyida qisqacha ko‘rib chiqamiz 👇
https://telegra.ph/Cyberkentdagi-STM32-challengeni-nega-hech-kim-yecha-olmadi-10-07
@yetimdasturchi | 2 792 |
| 3 | Selom hozirdan o'rgangan yaxshi. AI ishimizni olib qo'ysa shunaqa dehqonchilik bilan shug'ullanaveramizda) | 2 805 |
| 4 | Faqat qishlaqda aerofobiyasi bor odamni tepaga olib chiqib uzum ham tervor deb paqir uzatishsa kerak) | 2 778 |
| 5 | Mensaje de video | 2 736 |
| 6 | Windowsda .exeni debug qilyapsan, bir qarasang allaqachon qandaydir DLL ichida yuribsan. Linuxda GDB bilan bunaqa adashib ketganim esimda yo‘q. Balki Windows debugging muhiti menga hali ham begonadir.
Aslida Linuxda ham .solar ichiga tushib ketish mumkin, faqat GDB odatda source-level debugging bilan ishlashga o‘rgatgan. Albatta, stepi bilan instruction level yursang, manzara unchalik farq qilmaydi.
Demak, masala qaysi muhit murakkabroq ekanida emas, qaysi birining murakkabligiga ko‘zing o‘rganib qolganida. | 3 117 |
| 7 | Bugun reverse engineering bo‘yicha o‘z rekordimni yangiladim. Bir dasturni buzib ko‘rishga atigi bir soatcha vaqt ketdi.
Tabiatan x86_64 assemblyni uncha yoqtirmayman. ARM va turli mikrokontrollerlarning assemblysi menga ancha qiziqroq tuyuladi. Lekin strukturani tushunsangiz, aslida ularning hech biri katta muammo emas.
Mantiqan qaraganda, assembly va boshqa low-level tillar ko‘p high-level tillardan ham sodda. Abstraksiya kam, hamma narsa deyarli ko‘z oldingizda. Muammo ularning qiyinligida emas detallarining cheksizligida.
Shuning uchun low-levelni o‘rganish qiyin emas, uni to‘liq o‘rganishga va unda ishlashga shunchaki umr kamlik qiladi )) | 2 989 |
| 8 | Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozirgi aksiya orqali uni 18 oyga atigi 10$ evaziga olish mumkin. (Ishonchli to'lovni obuna muvaffaqiyatli olingandan keyin qilasiz, xohlasangiz.)
‼️ Linklar soni atigi 15 ta qoldi.
Obuna sizning rasmiy Google akkauntingizga olinadi.
Google AI tarkibida:
• Gemini Pro
• Video yaratish • Rasm yaratish
• Coding • Antigravity
• 5 TB bulutli xotira • +20 Imkoniyatlar
Olib berish narxi bir martalik 10$. To'lovni obuna muvaffaqiyatli olinganidan keyin qilishingiz mumkin.
Kimga kerak bo'lsa @javohircoder ga «Gemini PRO» deb yozing. | 3 019 |
| 9 | Manabuyerda matematikaka oid shunaqa boshqotirma emas bosh og'riq bo'ladigan qiziq narsalarni yana topsangiz bo'ladi: https://t.me/otabekmath | 3 210 |
| 10 | Odatda asabiy bo‘lsam, miyamni qiynab ko‘radigan odatim bor. Bir-biriga umuman o‘xshamagan narsalarni chatishtirib ko‘raman. Albatta, bu qo‘chqor bilan echki bo‘lmaydi hech qachon. Turli algoritmlar, metodlar yoki yondashuvlar bo‘lishi mumkin, xolos. Harna, odam shu bilan chalg‘iydi.
Xullas, videodagi dasturni yasaganimga 10 yil bo‘libdi. O‘sha davrda trendda bo‘lgan Object Pascalda qilingan. Lekin undagi metodlarni eslab, qiziq bir narsani eksperiment qilib ko‘rdim.
Odatda Rubik kubigini dasturiy yechishda Two-Phase (Kociemba) algoritmi ishlatiladi. Judayam mazoxist bo‘linsa yoki buning tagida nima yotganini chuqurroq tushunishni xohlaganlar uchun Group Theory va CSP ham qo‘l keladi. To‘g‘ri, bular algoritm emas. Biri matematik struktura, ikkinchisi esa masalani cheklovlar orqali ifodalash modeli. Lekin Rubik kubigini tushunishda ikkalasi ham juda qiziq nuqtai nazar beradi.
Men esa bularni morfologiya bilan ozgina chatishtirib ko‘rish haqida o‘ylab qoldim.
Rubik kubigida barcha mumkin bo‘lgan holatlarni bazaga yozib chiqmaymiz. Boshlang‘ich holat bor, ruxsat etilgan transformatsiyalar bor va kerakli holatga olib boradigan yo‘l hisoblanadi. Morfologiyada ham bunga biroz o‘xshash manzara bor.
Masalan: kitob > kitoblar > kitoblarimiz > kitoblarimizni
Bularni alohida-alohida tayyor so‘z sifatida saqlash mumkin. Yoki kitobni boshlang‘ich holat deb olib, ko‘plik, egalik va kelishik kabi operatsiyalarni hamda ularning qaysi tartibda ishlashi mumkinligini saqlash mumkin.
Shunda masala bazadan kitoblarimizni degan qatorni topishdan, kitob holatidan berilgan grammatik xususiyatlarga olib boradigan to‘g‘ri yo‘lni topishga aylanadi. Teskari yo‘nalishda esa kitoblarimizni > kitob > PL > POSS.1PL > ACC. Ya’ni morfologik analiz ham ma’lum ma’noda state-space search bo‘lib qoladi.
CSP esa masalaga boshqa tomondan qaraydi. Unda yechim tayyor variantlar orasidan qidirilmaydi, balki o‘zgaruvchilar, ularning mumkin bo‘lgan qiymatlari va ular orasidagi cheklovlar beriladi. Morfologiyada ham so‘zning turkumi, soni, egaligi, kelishigi yoki boshqa grammatik xususiyatlarini shunday o‘zgaruvchilar sifatida ko‘rish mumkin. Masalan, ot uchun kelishik mavjud bo‘lishi mumkin, fe’l uchun esa zamon va shaxs boshqa qoidalar asosida ishlaydi. Shu cheklovlarning barchasini qanoatlantirgan kombinatsiya to‘g‘ri morfologik holatga aylanadi.
Shunda ikki fikr bir joyda uchrashadi. Transformatsiyalar mumkin bo‘lgan holatlar orasida yurish imkonini beradi, CSP esa qanday holat va kombinatsiyalar umuman mumkinligini belgilaydi. Qidiruv esa shu variantlardan kerakli yechimni topadi. Bunga ko‘ra lemma, transformatsiyalar, cheklovlar va qidiruv birgalikda morfologik analiz va generatsiyani hosil qiladi.
Xullas, eksperimentning maqsadi yuz minglab generatsiya qilingan so‘z shakllarini bazada tayyor saqlash qanchalik zarurligini tekshirish edi. Ularning qanchasini faqat lemma, transformatsiya qoidalari va cheklovlar orqali qayta tiklash mumkin? Va bundan ham qiziqrog‘i, shu yondashuvda db hajmi qanchaga kichrayadi, qidirish tezligiga qanday ta’sir qiladi va aniqlikdan yutamizmi yoki yo‘qotamizmi? Hozircha gemoroyga uchradik xolos.
Rubik kubigi bilan o‘zbek morfologiyasining qarindoshligi yo‘q, albatta. Lekin ba’zida bir sohada ishlaydigan fikrlash usulini boshqa sohaga olib o‘tib ko‘rishning o‘zi qiziq natija beradi yoki yo‘l ochadi. Natija bermasa ham, hech bo‘lmasa asabni buzgan narsadan chalg‘ib, asabni buzadigan boshqa narsa topilib keladi.
@yetimdasturchi | 3 381 |
| 11 | Katta maqsad qo‘yib, uning ortidan harakat qilishning foydasi faqat o‘zingizga tegmasligi mumkin. Ba’zida bir odamning maqsadi, mehnati va harakati uning atrofidagi joyni ham, odamlarni ham o‘zgartiradi.
Behruzning o‘zi bunga yaxshi misol. Chekka bir tumandan chiqqan oddiy bola milliy terma jamoagacha, Jahon chempionatigacha va Yevropa klubigacha yetib bordi.
Menimcha, uning eng katta yutuqlaridan biri faqat futbol maydonidagi natijalari ham emas. U shu yerdagi ko‘plab bolalar va ularning ota-onalariga “demak, bizdan ham chiqishi mumkin ekan” degan ishonchni bera oldi.
Oldin katta futbol, terma jamoa yoki Yevropa klublari bu yerdagi bola uchun juda uzoq narsadek tuyulgan bo‘lsa, bugun mahalladagi bir bola Behruzga qarab buning imkoni borligini ko‘radi. Ota-ona ham bolasini mashg‘ulotga olib borayotganda uning oldida haqiqiy misol borligini biladi.
Menimcha, bir odamning yutug‘i boshqalarning imkoniyat haqidagi tasavvurini o‘zgartira olsa, bu ham juda katta natija.
Masalan, buning yana bir ko‘rinadigan natijasi bu stadion. Uni xalq orasida “Eski stadion” deb atashardi. Sababi tumanimizda ikkita katta stadion bor, bunisi esa juda ko‘p yillar davomida deyarli qarovsiz qolgan edi.
Bolaligimdan eslayman, bu stadionning sigir boqish, vertolyot qo‘nishi va bekinmachoq o‘ynashdan boshqa narsaga foydasi tekkanini deyarli ko‘rmaganman.
Aslida mening bolaligimning bir qismi ham shu yerda o‘tgan. Kech tushishi bilan butun mahalla bolalari stadionga chiqardik. Qorong‘i tushguncha o‘ynardik, shu vaqt ichida qorovuldan yer yuzida mavjud bo‘lgan so‘kinish va qarg‘ishlarning katta qismini eshitib ulgurganmiz. Menimcha, so‘kinish bo‘yicha boshlang‘ich tajribam ham aynan shu yerda shakllangan))
Men futbolga o‘zi unchalik qiziqmayman.
Lekin Behruz Karimov va uning ustozining katta maqsadlari ortidan qilayotgan harakatlari sabab bugun shu stadionning yaxshilanayotgani, uning ortidan mahallamiz ham asta-sekin chiroyliroq joyga aylanayotgani meni xursand qiladi.
Shunda katta maqsadning natijasi faqat o‘zing bilan tugamasligini yana bir bor tushunasan.
Sen o‘zing uchun nimadir qurayotgandirsan, biror natijaga erishishga harakat qilayotgandirsan. Lekin shu yo‘lda yaratgan narsalaring, qilgan ishlaring va ortingdan qoladigan o‘zgarishlar boshqa odamlarga ham foyda berishi mumkin.
Menimcha, hozirdanoq shunaqa maqsadlar haqida o‘ylash kerak. Faqat “men nimaga erishaman?” emas, “men erishsam, atrofimda yana nima yaxshi tomonga o‘zgaradi?” degan savolni ham o‘zimizga berib turish foydali.
Albatta, chetdan qaraganda bularning hammasi chiroyli ko‘rinadi. Aslida esa katta natijaning ortida ko‘p mehnat, vaqt, sabr va ko‘p narsadan voz kechish turadi. Havas qiladigan natijaga yetib kelish, odatda, havas qiladigan darajada oson bo‘lmaydi.
Balki katta maqsadlarning eng yaxshi tomoni ham shudir. Unga erishish uchun qilgan mehnating oxir-oqibat faqat sening hayotingni emas, atrofingdagi odamlar hayotini ham oz bo‘lsa-da yaxshilashi mumkin.
https://youtu.be/-upxUllX_A0 | 3 574 |
| 12 | Bazan ichim to'lib ketsa shuyerga kirib ko'z yoshlarimni to'kib chiqaman. Bu Linux Mint distrosi uchun donat sahifasi. Uyerda donation statistikasi ham bor qiziq tomoni.
Bizda odatda Maryam opa samolyot olaman desa butun tarmoq shunga yopisha oladi. Lekin opensource yoki boshqa turdagi dasturiy ta'minotlarni qo'llash uchun emas.
O'zbek open source segmentida ham juda ko'p foydali narsalar bor, ammo buni orqasidan ko'kargan biror dastur muallifini bilmayman.
https://www.linuxmint.com/donors.php | 3 360 |
| 13 | Dasturlar uchun foydalanish shartlarini yozgan aka bilan raqobat qilmoqchiman)
P.S: Kimdir macbook sovg'a qilsa relizga chiqarib qo'ysa ham bo'ladi hamma os uchun) | 4 168 |
| 14 | Odatda O‘qituvchilar kunida ko‘pchilik ustozlarimni tabriklashga harakat qilardim.
Kecha esa ustozimning xonadonida farzandlari vafot etgani bilan bog‘liq noxush holat bo‘ldi. Telefon qilishganida miyamga kelgan birinchi narsa o‘zlari yaxshimikan? degan o‘y bo‘ldi. Yuraklari bilan muammosi bor edi, bunaqa holatni qabul qilish esa oson emas.
Borganimda rostdan ham ahvollari yaxshi emas ekan, tez yordamni endigina chaqirishgan edi.
Oramizdagi yosh farqi juda katta bo‘lsa ham, munosabatimiz faqat ustoz-shogirdlik bilan cheklanmagan. Oilaviy yaqinligimiz azaldan bor, keyinchalik esa ustoz-shogird bo‘lish bilan birga ulfat ham bo‘lib ketganmiz. Ustoz sifatidagi hurmat o‘z joyida, lekin oramizda yosh farqini sezdirmaydigan, do‘stlardek erkin munosabat ham bor.
Ba’zan gap orasida hazillashib hali ko‘p muvaffaqiyatlarni birga yuvishimiz kerak. Siz ham bir betayinni odam qilganman deb faxrlanib yurasiz, derdim. Hazil bo‘lsa ham, tagida rost gap bor edi. Chunki bugun nimagadir erishayotgan bo‘lsam, buning ichida u kishidan olganlarim ham ko‘p.
Elektronika bo‘yicha menga ko‘p narsani aynan shu inson o‘rgatgan. Lekin bergan bilimlaridan tashqari, o‘rganganlarimni amalda sinab ko‘rishim uchun juda katta erkinlik va sharoit ham yaratib berganlar. Biror narsani buzib qo‘yishimdan qo‘rqib tajribalarimga to‘sqinlik qilmas, aksincha, sinab ko‘r deb qo‘llab-quvvatlardilar. Uskuna yoki detal kerak bo‘lsa, topib berishga harakat qilardilar.
Bir safar shoshilinch boshqa shahardagi tanlovga borishim kerak bo‘lib qolgandi. O‘shanda yonlaridagi bor pulni chiqarib sen borib, yutib kelaver, qolganini bir amallab hal qilamiz, deganlari hali ham esimda. Adashmasam, bergan pullari o‘sha paytda o‘zlarining uch-to‘rt kunlik xarajatiga yetadigan pul edi. Shunga qaramay, bir soniya ham ikkilanmay menga tutqazganlar. Hozir o‘ylasam, gap pulning o‘zida ham emas ekan, gap mening imkoniyatimni o‘zlarinikidan ustun qo‘ya olganlarida ekan.
Shu sabab juda yoshligimdan elektronikani faqat nazariy o‘rganib qolmay, sxemalarni o‘z qo‘lim bilan yig‘ib, ishlamasa sababini izlab, buzib, qaytadan qilib ko‘rib o‘rganganman. Hozir ham yangi narsalarni qo‘rqmay sinab ko‘rishimda o‘sha paytda olgan bilimlarim, yig‘gan tajribam va menga bildirilgan ishonchning o‘rni katta.
Sen uchun shuncha narsa qilgan, hayotingda katta iz qoldirgan insonni bunaqa holatda ko‘rish og‘ir. Ayniqsa unaqa ahvolda ko‘rganingda nima deyishni va qilaringni ham bilmaysan.
Men kasallik, o‘lim va yo‘qotishlarga nisbatan ancha sovuqqon odamman. To‘g‘rirog‘i, bunaqa vaziyatlarda o‘zimni nazorat qila olaman. O‘sha paytda hissiyotga berilmay, nima qilish kerak bo‘lsa, shuni qilishga harakat qilaman. Keyinroq yolg‘iz qolganimda portlasam ham, lekin vaziyatning o‘zida o‘zimni ushlab turaman.
Balki shuning uchun ham kimningdir yaqini olamdan o‘tganda ko‘p gapirishni xohlamayman. Sabr tilab, bo‘lgan voqeani qayta-qayta eslatish ham menga to‘g‘ri tuyulmaydi. Chunki o‘sha paytda odamning o‘z o‘ylari, o‘z og‘rig‘i bo‘ladi. Sen nima desang ham, uning ichida kechayotgan narsani o‘zgartirib qo‘ya olmaysan. Shunaqa paytda ba’zan gapirishdan ko‘ra, shunchaki yonida bo‘lish muhimroqdek tuyuladi.
Bugun O‘qituvchilar kuni. Ustozimni qanday tabriklashim, nima tilashim haqida o‘yladim, lekin odatda aytiladigan gaplarning hech biri hozir o‘rniga tushmaydigandek. Hozir chin dildan xohlayotganim tezroq o‘zlariga kelib, sog‘ayib ketishlari. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, vaqt o‘tib bu og‘ir yo‘qotishni ko‘tara olishlari. Bu yil ustozimga eng katta tilagim shu. | 5 265 |
| 15 | Xato yozilgan kod ❌
Operativka ishlatish emulyatori ✅
Matizni yarim puli 💀 | 5 501 |
| 16 | Бу хамма компанияда тез тез учраяпти.
Янги кучадан келган одамни сухбат килиб олинади.
Катта ойликка.
Ва унга аввалдан ишлаб келаётган ходим, кайсики ундан паст ойликка ишлаетган ходим иш ургатади. Уни фикри эшитилмайди. Аммо ёкимли, янги мутахассис ишининг фундаменти, эски ходим базаси булади.
Агар эски ходим ургатмаса рахбар ва жамоа олдида гнида, яни куролмайдиган ходим булиб колади.
Ургатса, унинг тан олинмаган, эшитилмаган фикрлари муаллифи узгариб, бошка шахс учун олкишлар олиб келади.
Мен тушунмайман, сурашга уяламан.
Янги, катта ва яхши маошли лавозимга келган ходимни олдикку, уни профессионалрок деб олган булсак, натижасини шунга яраша бериши керакми?
Агар бермаса, ва кам натижага рози булсак, уни нега олдик.
Бу купчиликни кийнайди.
Айникса отни калласидек ойлик оладиган экспатинг булсаю, уни кизикарди ва жозибадор слайдига хамма курсаткични сенинг мехнатларинг натижасида килиб берсанг.
Охир окибат карсаклар унга булса.... Бу нозик туйгу. Гап карсакларда эмас. Карсаксиз хам индамай киммат ишларни жим килиб юрган мутахассисларимизнинг этибор ва хурмат, тан олинишдан четда колиб кетаётганида...
⚠️ Post muallifi men emasman, post qanday bo‘lsa, shundayligicha joylangan. | 7 218 |
| 17 | C qiziquvchanlikni o‘ziga xos tarzda mukofotlaydi. Tilni qanchalik chuqur bilsangiz, noto‘g‘ridek ko‘rinadigan, lekin mutlaqo valid bo‘lgan kod yozish shunchalik osonlashadi. Tashqaridan qaraganda noto‘g‘ridek. Compilerga esa baribir hammasi OK.
Masalan bu kichik misolda bir nechta cursed C usullari bir joyga yig‘ilgan:
— 2[a] - a[2] bilan bir xil, chunki a[b] aslida *(a + b) sifatida ishlaydi. a + 2 bilan 2 + a pointer arifmetikasida bir xil manzilga olib boradi.
— case 'A' ... 'Z' - bu GCCning range extensioni. Compiler buni 'A' dan 'Z' gacha bo‘lgan qiymatlarni bitta case diapazoni sifatida qabul qiladi.
— switch(c) while(0) - switch body sifatida while statement ishlatilgan. switch mos case labeliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakragani uchun while(0) sharti boshida tekshirilmay qoladi va uning bodysi bajarilib ketadi.
— continue - switchga emas, eng yaqin loop bo‘lgan while(0)ga tegishli. continuedan keyin boshqaruv while shartiga qaytadi, 0 tekshiriladi va loop shu yerda tugaydi.
Xullas, C o‘zingizga muammo yaratish uchun yetarlicha erkinlik beradigan til.
P.S. Bu lo‘licha usullarni productionda ishlatish tavsiya qilinmaydi. Compiler kechiradi, hamkasblar emas 😄 | 5 647 |
| 18 | Menimcha, bu loyihani yozishni boshlagandagi homilador bo‘lgan ayol keyingi oy tug‘sa kerak 🙃
Bunday o‘xshatishdan boshlaganim bejiz emas. Katta loyihani boshlashdan oldin odatda birinchi savollardan biri “qancha vaqtda bitadi?” bo‘ladi. Masalan 9 oy desangiz, albatta kimdir “unda 9 ta odam qo‘shsak, bir oyda bitadimi?” deb so‘raydi. Bu xuddi 9 ta homilador ayolni olib kelsak, bolani bir oyda tug‘dirib bera olasizlarmi? degandek. Bunday paytda odatda tabassum qilib, ishni davom ettirish kerak.
Chunki katta loyihalarda vaqtning hammasi kod yozishga ketmaydi va muddat o‘sha rejalangan kunga borib qoladi. Ba’zan bir necha qator kodning ortida kunlab eksperiment qilish, dokumentatsiya o‘qish, yangi narsalarni o‘rganish, turli yechimlarni sinab ko‘rish, xato qilish, qaytadan boshlash va oxirida hammasini barqaror ishlaydigan holatga keltirish yotadi.
Dasturchilar orasida bir dasturchi bir oyda qiladigan ishni ikki dasturchi ikki oyda qiladi degan gap bor. Hazil, albatta. Lekin gap tagida muhim haqiqat bor, odam sonini ko‘paytirish har doim ham muddatni qisqartirmaydi. Ba’zan aksincha kommunikatsiya, koordinatsiya va bir birining ishiga moslashishning o‘zi qo‘shimcha vaqt talab qiladi.
Xullas, bu muddatning katta qismi aynan shunday jarayonlar bilan o‘tdi. O‘rganish, eksperimentlar, ishlamagan variantlar, qayta yozishlar, debug va yana debug... Shunga qaramay, ortga qarab hisoblasam, natijada 230 ming qatordan ortiq multi stack kod yig‘ilibdi. Bugun esa nihoyat oxirgi deployni qildim. Albatta, buni mutlaq oxirgisi deb bo‘lmaydi. Hali ko‘zga tashlanmagan kamchiliklar bor, ishlatish jarayonida yangi xatolar chiqishi va ular uchun yana bugfixlar qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Muhandislikda tamom degan so‘zning o‘zi nisbiy. Lekin eng asosiysi hozir yelkadan bir tog‘ ag‘darilgandek. Shuncha oy arxitektura, kod, eksperiment, debug, nega ishlamayapti?, endi nega ishlayapti?lardan keyin tizim nihoyat productionda.
Menimcha bugungi deploydan keyin relif mazdan surib potolokka qarab tirjayib uxlasam bo‘ladi. Uxlashdan avval kimdir yelkalarimni massaj qilib qo'ysayam yo'q demasdim)) | 6 744 |
| 19 | Agarda kelajakda robotlar qo'zg'oloni bo'lsa birinchi qasosni men va meni jamoamdagilardan olishsa kerak.
Robot korpusiga qarab kelgan fikrlar:
- Откуда этот шрам?
- Это не шрам, а п*зда! | 6 247 |
| 20 | Bizning xalq olimlarga ergashmaydi. Chunki olimlarning bitta katta muammosi bor ular haddan tashqari aqlli. Bizning odamlarga esa aql negadir unchalik jozibali tuyulmaydi. Aqllilarni na kundalik hayotda, na ishxonada uncha xushlashadi. Qizlar ham kitobdan bosh ko‘tarmaydigan yigitlarni ko‘rib hushidan ketmaydi, ularning to‘shagiga o‘zini otmaydi. Ba’zan shu botaniklar qanday qilib naslini davom ettirayotganiga hayron qolaman.
Ustiga-ustak, olimlarning nima qilayotganini tushunishning o‘zi alohida masala. Bugungi ilm-fan, shubhasiz, mo‘jizalar yaratyapti. Lekin ko‘pchiligimiz bu mo‘jizalarning qanday yaratilishini ham, natijasi nimani anglatishini ham tushunmaymiz.
Kollayderni yoqdik, ikkita bozonni to‘qnashtirdik, natijada erkin neytrino hosil bo‘ldi. Zo‘r! Lekin aksariyatimiz uchun bu xuddi shahzoda Ivan qurbaqani o‘pdi, qurbaqa esa malikaga aylandi degan ertakdek eshitiladi. Nimadir g‘aroyib ish sodir bo‘lgani aniq, lekin bundan menga qanday foyda tushunarsiz.
Shuning uchun Shvetsiyada moddaning topologik fazalarini kashf etganlik uchun millionlik Nobel mukofoti topshirilayotganini ko‘rsang, o‘zingni egasining shaxmat o‘ynashini kuzatayotgan itdek his qilasan, muhim bir ish bo‘layotganini sezasan, lekin nimaligini tushunmaysan. Insoniyat oldinga ketayotganidan xursandsan, ammo bu taraqqiyotga qo‘sha oladigan yagona hissang dumingni likillatish. | 8 191 |
