es
Feedback
DSBA

DSBA

Ir al canal en Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi. Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://myurls.co/appa Murojaat: @dbacontactbot

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram DSBA

El canal DSBA (@dsba_official) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 14 199 suscriptores, ocupando la posición 14 361 en la categoría Educación y el puesto 5 812 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 14 199 suscriptores.

Según los últimos datos del 13 junio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -253, y en las últimas 24 horas de 96, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 16.90%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 10.72% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 2 399 visualizaciones. En el primer día suele acumular 1 522 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 0.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi. Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://myurls.co/appa Murojaat: @dbacontactbot

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 14 junio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.

14 199
Suscriptores
+9624 horas
+707 días
-25330 días
Archivo de publicaciones
DSBA
14 199
🗒️#QABUL–2026 ❓O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga huj
🗒️#QABUL–2026 ❓O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga hujjatni topshirib, to‘lovni ham amalga oshirgan nomzodning ish staji yetarli emasligi sababli hujjatlari qabul qilinmasa, to‘langan mablag‘ qaytariladimi? ✅ Javob: Ha, qaytariladi. Hujjat topshirish uchun to‘lovni amalga oshirgan, ammo belgilangan talablarga muvofiq kelmaganligi (jumladan, ish staji yetarli emasligi) sababli hujjatlari qabul qilinmagan nomzodlarga to‘langan mablag‘ qaytarib beriladi. Buning uchun nomzod O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishi lozim bo’ladi. Ariza asosida mablag‘ kelib tushganligi o‘rganilib 3 kundan 5 bank ish kunigacha bo‘lgan muddatlarda mablag‘lar to‘lovchiga qaytarib beriladi. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
Akademiyada PhD dissertatsiyalarining dastlabki ekspertizasi o‘tkazildi 😀O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Ilmiy-uslubiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida tayanch doktorantlarning dissertatsiya ishlari muhokama qilindi. Yig‘ilishda sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishlari dastlabki ekspertizadan o‘tkazildi. Jumladan:
🔹 “Ibn Sinoning davlat boshqaruvi konsepsiyasida ratsional yondashuvning sotsiologik tahlili”; 🔹 “Rahbar ayollar boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishning sotsiologik jihatlari” mavzularidagi dissertatsiyalar ko‘rib chiqildi.
Ilmiy-uslubiy kengash a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tadqiqot ishlarida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘ng ularni belgilangan tartibda keyingi bosqichlarga tavsiya etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. — В Академии состоялась предварительная экспертиза диссертаций на соискание степени PhD 😀На очередном заседании Научно-методического совета Академии государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан состоялось обсуждение диссертационных исследований докторантов. В рамках заседания были рассмотрены результаты предварительной экспертизы диссертационных работ, подготовленных на соискание учёной степени доктора философии (PhD) по социологическим наукам. В частности, были обсуждены диссертации на темы:
🔹 «Социологический анализ рационального подхода в концепции государственного управления Ибн Сино»; 🔹 «Социологические аспекты развития управленческих компетенций женщин-руководителей».
Члены Научно-методического совета представили свои предложения и замечания по совершенствованию представленных исследований. По итогам обсуждения были приняты соответствующие решения о рекомендации диссертационных работ к следующим этапам рассмотрения после устранения выявленных недостатков в установленном порядке. — The Academy Conducted a Preliminary Examination of PhD Dissertations 😀The Academy of Public Policy and Administration under the President of the Republic of Uzbekistan held a regular meeting of its Scientific and Methodological Council, during which doctoral research projects were reviewed. As part of the meeting, the Council conducted a preliminary examination of dissertation studies submitted in fulfilment of the requirements for the degree of Doctor of Philosophy (PhD) in Sociology. The following dissertation topics were considered:
🔹 “A Sociological Analysis of the Rational Approach in Ibn Sina’s Concept of Public Administration”; 🔹 “Sociological Aspects of Developing Managerial Competencies among Women Leaders”.
Members of the Scientific and Methodological Council provided recommendations and expert feedback aimed at further improving the quality of the research. Following the discussion, relevant decisions were adopted to recommend the dissertations for subsequent stages of academic review upon addressing the identified comments and recommendations in accordance with established procedures. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
😀 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Xitoy Xalq Respublikasining O‘z
+3
😀 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿🇨🇳 Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida davlat boshqaruvi, kadrlar tayyorlash, malaka oshirish hamda ilmiy-tadqiqot sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, Akademiyaning Xitoyning turdosh ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorligi, qo‘shma ta’lim dasturlari, akademik almashinuv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
—— 😀 В Академии государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан состоялась встреча с представителями Посольства Китайской Народной Республики в Республике Узбекистан. 🇺🇿🇨🇳 В ходе встречи были обсуждены текущее состояние и перспективы сотрудничества между Узбекистаном и Китаем в сферах государственного управления, подготовки кадров, повышения квалификации и научно-исследовательской деятельности. Также состоялся обмен мнениями по вопросам развития сотрудничества Академии с профильными образовательными и научно-исследовательскими учреждениями Китая, реализации совместных образовательных программ, академической мобильности и научных проектов.
По итогам встречи стороны выразили готовность к дальнейшему развитию взаимовыгодного сотрудничества.
—— 😀 A meeting was held at the Academy of Public Policy and Administration under the President of the Republic of Uzbekistan with representatives of the Embassy of the People's Republic of China in the Republic of Uzbekistan. 🇺🇿🇨🇳 During the meeting, the participants discussed the current state and future prospects of cooperation between Uzbekistan and China in the fields of public administration, personnel training, professional development, and research activities. The parties also exchanged views on expanding cooperation between the Academy and relevant Chinese educational and research institutions, as well as on opportunities for implementing joint educational programs, academic exchanges, and research projects.
At the conclusion of the meeting, the parties expressed their readiness to further strengthen mutually beneficial cooperation.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
🗒️#QABUL–2026 ❓O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga kir
🗒️#QABUL–2026 ❓O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga kirish imtihonini topshirish uchun til sertifikati talab etiladimi? ✅ Javob: Nomzodlardan xorijiy til sertifikati talab etilmaydi. ❗️ Biroq magistraturaga kirish test sinovlarida ingliz, fransuz yoki nemis tillaridan imtihon topshirish nazarda tutilgan. 🔵 CEFR standarti bo‘yicha kamida B2 darajadagi xorijiy tilni bilishini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega nomzodlar xorijiy til bo‘yicha test sinovlaridan ozod etiladi. 🔵 Bunday nomzodlarga xorijiy til fani bo‘yicha maksimal ball beriladi. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
Sharq mutafakkirlari merosi va zamonaviy boshqaruv tamoyillari muhokama qilindi 😀O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurid
+6
Sharq mutafakkirlari merosi va zamonaviy boshqaruv tamoyillari muhokama qilindi 😀O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Samarqand hududiy filiali hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida “Sharq mutafakkirlarining boshqaruvga doir qarashlari” mavzusida ilmiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni Akademiya ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova ochib berib, Sharq mutafakkirlarining davlat va jamiyat boshqaruviga oid ilmiy merosi bugungi boshqaruv amaliyoti uchun ham muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Davra suhbatida Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Nizomulmulk va Kaykovusning rahbarlik madaniyati, adolat, mas’uliyat, boshqaruv etikasi hamda davlat boshqaruvining ma’naviy-axloqiy asoslariga oid qarashlari muhokama qilindi.
🗣Tadbir davomida Sharq mutafakkirlari merosini chuqur o‘rganish, uni zamonaviy davlat boshqaruvi tizimiga tatbiq etish hamda boshqaruv kadrlarini tayyorlash jarayonida undan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.  — Обсуждены управленческие идеи мыслителей Востока и их значение для современного государственного управления 😀В сотрудничестве Самаркандского регионального филиала Академии государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан и хокимията Самаркандской области состоялся научный круглый стол на тему «Взгляды восточных мыслителей на управление».
Открывая мероприятие, проректор Академии по научной работе и международным связям Раима Ширинова подчеркнула, что богатое научное наследие восточных мыслителей в области государственного и общественного управления сохраняет свою теоретическую и практическую значимость и в современных условиях.
В ходе круглого стола были рассмотрены взгляды Абу Насра Фараби, Юсуфа Хоса Ходжиба, Амира Темура, Низамульмулька и Кайковуса на культуру управления, качества руководителя, справедливость, ответственность, управленческую этику, а также духовно-нравственные основы государственного управления.
🗣Участники также обменялись мнениями по вопросам углублённого изучения наследия восточных мыслителей, его внедрения в современную систему государственного управления и эффективного использования при подготовке управленческих кадров. — Eastern Thinkers’ Legacy and Contemporary Governance Principles Discussed 😀A scientific roundtable discussion entitled “Eastern Thinkers’ Perspectives on Governance” was held through the cooperation of the Samarkand Regional Branch of The Academy of Public Policy and Administration under the President of the Republic of Uzbekistan and the Samarkand Regional Administration.
Opening the event, Raima Shirinova, Vice-Rector for Research and International Relations of the Academy, emphasized that the rich intellectual heritage of Eastern thinkers on state and public governance continues to retain its theoretical and practical relevance in the modern era.
The discussion focused on the views of Abu Nasr al-Farabi, Yusuf Khos Khojib, Amir Temur, Nizam al-Mulk, and Kaykovus regarding leadership culture, justice, responsibility, governance ethics, and the moral and ethical foundations of public administration.
🗣Participants also exchanged views on the importance of studying the legacy of Eastern thinkers in greater depth, integrating its principles into contemporary public governance practices, and effectively utilizing this heritage in the training of managerial personnel. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
🗒️#QABUL–2026 ❓ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistraturasida ta
🗒️#QABUL–2026 ❓ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistraturasida tahsil olish uchun qanday talablar belgilangan? ✅ Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Akademiya magistraturasiga quyidagi toifadagi talabgorlar hujjat topshirishi mumkin: 🔹 Davlat buyurtmasi (grant va to‘lov-kontrakt) asosida: Davlat xizmatchilari uchun: 🔵oliy ma’lumotga ega; 🔵kamida 2 yillik boshqaruv ish stajiga ega; 🔵qoida tariqasida, Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan bo‘lishi lozim. “Davlat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishi uchun: 🔵45 yoshdan oshmagan (46 yoshga to‘lmagan), kamida respublika darajasida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat darajasida bo‘lim boshlig‘i yoki tuman (shahar) darajasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi kerak. 🔵Boshqa barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun 45 yoshdan oshmagan; 🔵oliy ma’lumotga ega; 🔵kamida 2 yillik boshqaruv lavozimidagi ish tajribasiga ega bo‘lishi zarur. 🔹 Ochiq tanlov asosida (faqat to‘lov-kontrakt): 🔵Oliy ma’lumotga va kamida 2 yillik umumiy mehnat stajiga ega; 🔵O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Akademiya magistraturasiga hujjat topshirish huquqiga ega. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
Aholi murojaatlari bilan ishlash – samarali boshqaruv mezoni Prezident Akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Admi
+6
Aholi murojaatlari bilan ishlash – samarali boshqaruv mezoni Prezident Akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – Xalq qabulxonasi boshlig‘i Farrux Omonov ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. 🗣Aholi murojaatlari bilan ishlashning boshqaruv samaradorligiga ta’siri” mavzusidagi mashg‘ulotda tinglovchilar murojaatlar bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlari va amaliy mexanizmlari bilan tanishdilar. 🔹 Murojaatlarni hal etish bilan bir qatorda, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash va bartaraf etish; 🔹 Davlat xizmatida “Inson manfaatlari” tamoyilini ustuvor qo‘yish; 🔹 Murojaatlar tahlili orqali hudud va tarmoqlardagi tizimli muammolarni aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🤔Tadbir yakunida tinglovchilarga Xalq qabulxonasi rahbari ishtirokchilarga amaliyot o‘tash hamda hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish yo'lida hamkorlikka tayyor ekanligini bildirildi. — Эффективная работа с обращениями граждан – важный показатель качества государственного управления 😀В Академии государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан состоялся мастер-класс с участием заместителя начальника Департамента коммуникаций Администрации Президента Республики Узбекистан – руководителя Народной приёмной Фарруха Омонова. 🗣В рамках занятия на тему «Влияние работы с обращениями граждан на эффективность государственного управления» слушатели ознакомились с современными подходами и практическими механизмами организации работы с обращениями населения. Особое внимание было уделено следующим вопросам: 🔹 не только своевременному рассмотрению обращений, но и выявлению и устранению причин, способствующих их возникновению; 🔹 обеспечению приоритетности принципа «Во имя интересов человека» в системе государственной службы; 🔹 использованию анализа обращений граждан в качестве инструмента выявления системных проблем в регионах и отдельных отраслях. 🤔В завершение мероприятия руководитель Народной приёмной выразил готовность к дальнейшему сотрудничеству с Академией, включая организацию стажировок для слушателей, а также реализацию совместных научно-исследовательских проектов. — Working with Citizens’ Appeals as a Measure of Effective Governance 😀The Academy of Public Policy and Administration under the President of the Republic of Uzbekistan hosted a masterclass featuring Farrukh Omonov, Deputy Head of the Communications Department of the Presidential Administration of the Republic of Uzbekistan and Head of the People’s Reception Office. 🗣During the session entitled “The Impact of Citizen Appeals Management on Governance Effectiveness”, participants explored contemporary approaches and practical mechanisms for organising and improving the system of handling public appeals. Particular attention was devoted to the following issues: 🔹 addressing not only individual appeals but also identifying and eliminating the underlying causes that give rise to them; 🔹 ensuring the primacy of the “Human Interests First” principle within the public service system; 🔹 leveraging the analysis of citizen appeals as an effective instrument for identifying systemic challenges across regions and sectors. 🤔At the conclusion of the event, the Head of the People’s Reception Office expressed readiness to further strengthen cooperation with the Academy, including providing internship opportunities for participants and implementing joint research initiatives. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
❓Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Magistraturaga kirish imtihonlari haqida ma'lumot bersangiz. Magistraturaga kiri
❓Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Magistraturaga kirish imtihonlari haqida ma'lumot bersangiz. Magistraturaga kirish imtihonlari joriy yilning iyul-avgust oylarida bo'lib o'tishi tegishli qaror bilan belgilangan. Imtihonlar ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich — nomzodlarni fanlarni bilish darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlari (Bunda 56 va undan yuqori balni qo'lga kiritgan talabgor keyingi suhbat bosqichiga yo'llanma oladi); Ikkinchi bosqich — nomzodlarning koʻnikmalarini baholash boʻyicha suhbat shaklida oʻtkaziladi (Suhbat vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, yetakchi professor-oʻqituvchilar va mustaqil ekspertlardan (kamida 7 kishidan) iborat tarkibda tuziladigan tanlov komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi). Testga tayyorgarlik ko‘rish uchun quyidagi havola orqali dastur bilan tanishishingiz mumkin. 🗣Test Suhbatga tayyorgarlik ko‘rish uchun quyidagi havola orqali dastur bilan tanishishingiz mumkin. 🗣Suhbat Imtihonga hujjatlarni qabul qilishning yakuniy bosqichi: 2026-yil 26-iyun. Tayyorgarlikni bugundan boshlang va qabul jarayoniga puxta hozirlik ko‘ring. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
😀 Akademiyada tahsil olishni rejalashtirayapsizmi? Masofaviy yoki kunduzgi magistratura — qaysi ta’lim shakli siz uchun maqb
😀 Akademiyada tahsil olishni rejalashtirayapsizmi? Masofaviy yoki kunduzgi magistratura — qaysi ta’lim shakli siz uchun maqbul? Ochiq tanlov va davlat buyurtmasi asosidagi magistratura dasturlariga hujjat qabul qilish jarayonlari davom etmoqda. Akademiya qabul komissiyasiga magistratura bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Talabgorlarni eng ko‘p qiziqtirayotgan savollar: 🔵 qabul imtihonlari qachon o‘tkaziladi? 🔵 hujjatlar qabul qilish muddati qachon yakunlanadi? 🔵 kontrakt miqdori qancha? 🔵 qabul kvotalari qanday taqsimlangan? 🔵 xotin-qizlar uchun qanday imkoniyatlar mavjud? Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Axborot xizmati qabul jarayonlariga oid eng dolzarb savollarga mas’ul mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida muntazam ravishda batafsil javob berib boradi. 📝 Sizni qiziqtirayotgan savollarni Akademiya сoll-markaz (71 232 61 44, 71 232 60 70) orqali yo‘llashingiz mumkin. Bizni kuzatib boring — keyingi materiallarda magistratura qabul jarayonlarining muhim jihatlari yuzasidan mutaxassislar izohlari va amaliy tushuntirishlar taqdim etiladi. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
😀 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Avstriyaning Zalsburg universit
+3
😀 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Avstriyaning Zalsburg universiteti professori, Eurasia-Pacific Uninet (EPU) xalqaro akademik tarmog‘i prezidenti Josef Strobl ishtirokida “Barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlarini kuzatish va baholashda geofazoviy texnologiyalardan foydalanish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn seminar tashkil etildi. ✍️ Seminarni Akademiyaning ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova ochib berib, EPU bilan hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi hamda istiqbolda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro grant loyihalari va akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi. ✍️ Tadbir davomida professor Josef Strobl geofazoviy texnologiyalar va GIS tizimlarining Barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlarini monitoring qilish va baholashdagi o‘rni, shuningdek, EPU doirasida amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar hamda ilg‘or xorijiy tajribalar haqida ma’ruza qildi. Batafsil✍️ —— 😀В Академии государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан состоялся международный научно-практический онлайн-семинар на тему «Использование геопространственных технологий для мониторинга и оценки показателей Целей устойчивого развития» с участием профессора Зальцбургского университета (Австрия), президента международной академической сети Eurasia-Pacific Uninet (EPU) Йозефа Штробля. ✍️ Семинар открыла проректор Академии по научной работе и международным связям Раима Ширинова, отметив, что сотрудничество с международной академической сетью Eurasia-Pacific Uninet последовательно развивается и открывает новые возможности для укрепления научных и образовательных связей. ✍️ В ходе выступления были озвучены предложения по расширению совместных научных исследований, разработке международных грантовых проектов и дальнейшему развитию программ академической мобильности. Подробно✍️ —— 😀 The Academy of Public Policy and Administration under the President of the Republic of Uzbekistan hosted an international scientific and practical online seminar entitled “The Use of Geospatial Technologies in Monitoring and Evaluating Sustainable Development Goal Indicators” with the participation of Professor Josef Strobl of the University of Salzburg (Austria), President of the Eurasia-Pacific Uninet (EPU) international academic network. ✍️ The seminar was opened by Raima Shirinova, Vice-Rector for Research and International Relations, who highlighted the steady development of cooperation with the Eurasia-Pacific Uninet international academic network and its growing contribution to strengthening scientific and educational partnerships. ✍️ During her remarks, proposals were put forward to expand joint research initiatives, develop international grant projects, and further enhance academic mobility programmes. Read more ✍️ Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
📚 Davlat boshqaruvida yangi yondashuvlar va institutsional transformatsiya jarayonlari 😀O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida 2026-yil may oyida amalga oshirilgan muhim tadbirlar, ilmiy-amaliy uchrashuvlar hamda ta’lim jarayonlariga oid ma’lumotlarni o‘zida jamlagan elektron katalog taqdim etildi.
📆Mazkur katalog Prezidentimiz tomonidan belgilangan davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish hamda zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan islohotlar ijrosining amaliy ifodasini aks ettiradi.
🖥Elektron katalog orqali ilmiy tadqiqotlar, malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlari, xalqaro hamkorlik, hududlar bilan ishlash, raqamli yondashuvlar hamda boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar bilan yaqindan tanishishingiz mumkin. 🚨 Elektron katalog bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://heyzine.com/flip-book/d6d24046df.html📚Новые подходы в государственном управлении и процессы институциональной трансформации 😀Представлен электронный каталог, в котором собрана информация о важных мероприятиях, научно-практических встречах и образовательных процессах, реализованных в Академии государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан в мае 2026 года.
📆Данный каталог отражает практическую реализацию реформ, направленных на модернизацию государственного управления, усиление интеграции науки, образования и практики, а также формирование современных управленческих компетенций, определённых Президентом страны.
🖥Через электронный каталог можно подробно ознакомиться с научными исследованиями, программами повышения квалификации и переподготовки, международным сотрудничеством, работой с регионами, цифровыми подходами и инициативами, направленными на повышение эффективности государственного управления. 🚨 Ознакомиться с электронным каталогом можно по ссылке: https://heyzine.com/flip-book/10f5887ae6.htmlNew Approaches in Public Administration and Institutional Transformation Processes 😀An electronic catalog has been presented featuring information on key events, scientific and practical meetings, and educational activities implemented at The Academy of Public Policy and Administration under the President of the Republic of Uzbekistan in May 2026.
📆The catalog reflects the practical implementation of reforms aimed at modernizing public administration, strengthening the integration of science, education, and practice, as well as developing modern managerial competencies defined by the President of the country.
🖥 Through the electronic catalog, readers can explore scientific research, professional development and retraining programs, international cooperation initiatives, regional engagement activities, digital approaches, and initiatives aimed at enhancing governance effectiveness. 🚨 More detailed information is available via the following link: https://heyzine.com/flip-book/a209a21522.html Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
Moskva shahriga uch kunlik tashrif davomida delegatsiyamiz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining bir
+6
Moskva shahriga uch kunlik tashrif davomida delegatsiyamiz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Administratsiya rahbarining o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Prezidentning strategik sheriklik va hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Vadim Titov, Prezidentning jamoat loyihalari boshqarmasi boshlig‘i Sergey Novikov hamda Prezidentning AKT va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Tatyana Matveyeva bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Shuningdek, Rossiyaning qator jamoat va yoshlar tuzilmalari, kreativ va media tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Asosiy e’tibor muntazam professional muloqotni rivojlantirish, matbuot xizmatlari, tahlil markazlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim tadbirlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Boshqaruv kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan zamonaviy markaz – “Senej” boshqaruv ustaxonasi faoliyati bilan tanishuv katta qiziqish uyg‘otdi. O‘tkazilgan uchrashuvlar tomonlarning media va kommunikatsiyalar sohasida ochiq muloqotga, tajriba almashishga hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi. — В ходе трехдневного визита в Москву наша делегация провела встречи с первым заместителем руководителя Администрации Президента Российской Федерации Сергеем Кириенко, заместителем руководителя Администрации – Пресс-секретарем Президента Дмитрием Песковым, начальниками Управления Президента по стратегическому партнёрству и сотрудничеству Вадимом Титовым, Управления Президента по общественным проектам Сергеем Новиковым и Управления Президента по развитию ИКТ и инфраструктуры связи Татьяной Матвеевой. Также состоялись встречи с представителями ряда российских общественных и молодежных структур, креативных и медийных организаций. Основное внимание было уделено развитию регулярного профессионального диалога и расширению взаимодействия между пресс-службами, аналитическими центрами и общественными организациями, а также проведению совместных образовательных мероприятий. Большой интерес вызвало знакомство с деятельностью Мастерской управления «Сенеж» – современной площадки по подготовке управленческих кадров. Проведенные встречи подтвердили нашу общую готовность к открытому диалогу, обмену опытом и реализации совместных проектов в сфере медиа и коммуникаций. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
AQSH savdo vaziri o‘rinbosari Devid Fogel bilan uchrashuv o‘tkazdik. O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan, sav
+3
AQSH savdo vaziri o‘rinbosari Devid Fogel bilan uchrashuv o‘tkazdik. O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan, savdo, investitsiyalar hamda sheriklikning yangi yo‘nalishlari xususida fikr almashdik. Hozirda Amerika biznes doiralari mamlakatimizdagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarga tobora katta qiziqish bildirmoqda. Ushbu e’tibor yaqin istiqbolda aniq kelishuvlar, yangi ish o‘rinlari va iqtisodiyot uchun keng imkoniyatlarga aylanishi juda muhim. Suhbat chog‘ida ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli muloqotni va amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashib kelayotgan Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi faoliyatini alohida ko‘rib chiqdik. — Состоялась встреча с заместителем министра торговли США Дэвидом Фогелем. Говорили о сотрудничестве Узбекистана и США, прежде всего о торговле, инвестициях и новых направлениях. Сегодня американский бизнес всё больше проявляет интерес к инвестиционным и инфраструктурным проектам в нашей стране. Важно, чтобы это внимание переходило в реальные договорённости, рабочие места и новые возможности для экономики. Отдельно обсудили работу Американо-узбекского делового и инвестиционного совета, который помогает бизнесу двух стран лучше понимать друг друга и налаживать практическое взаимодействие. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
😀 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Koreya Davlat boshqaruvi instit
+5
😀 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Koreya Davlat boshqaruvi instituti (Korea Institute of Public Administration – KIPA) katta ilmiy xodimi Li Do Sok bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ✍️ Uchrashuv davomida davlat boshqaruvi, davlat xizmati islohotlari, inson resurslarini boshqarish hamda davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, davlat xizmatchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🤔 Ma’lumot uchun, Li Do Sok davlat boshqaruvi, davlat xizmati islohotlari, davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash va inson resurslarini boshqarish yo‘nalishlarida katta tajribaga ega ekspert hisoblanadi. Hozirda u KIPA huzuridagi Davlat tashkilotlarini loyihalashtirish markazida katta ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda inson resurslarini boshqarish dasturini ishlab chiqish va institutsional salohiyatni mustahkamlash” (2025–2027) loyihasida ishtirok etmoqda.
—— 😀 В Академии государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан состоялась встреча со старшим научным сотрудником Корейского института государственного управления (Korea Institute of Public Administration – KIPA) Ли До Соком. ✍️ В ходе встречи были обсуждены перспективы сотрудничества в сферах государственного управления, реформирования государственной службы, управления человеческими ресурсами и оценки эффективности деятельности государственных органов. Также стороны обменялись мнениями по вопросам расширения научно-исследовательского сотрудничества, организации обмена профессорско-преподавательским составом и исследователями, разработки совместных образовательных программ по подготовке и переподготовке государственных служащих, а также реализации совместных научных проектов.
🤔Для справки: Ли До Сок является экспертом в области государственного управления, реформ государственной службы, оценки эффективности деятельности государственных органов и управления человеческими ресурсами. В настоящее время он работает старшим научным сотрудником Центра проектирования государственных организаций при KIPA. Кроме того, он участвует в проекте «Разработка программы управления человеческими ресурсами и укрепление институционального потенциала в Узбекистане» (2025–2027 гг.), финансируемом Корейским агентством международного сотрудничества (KOICA).
—— 😀 A meeting was held at the Academy of Public Policy and Administration under the President of the Republic of Uzbekistan with Mr. Lee Dosuk, Senior Research Fellow of the Korea Institute of Public Administration (KIPA). ✍️ During the meeting, the parties discussed prospects for cooperation in the fields of public administration, civil service reform, human resource management, and the evaluation of government performance. They also exchanged views on expanding joint research activities, establishing academic and researcher exchange programs, developing joint educational programs for the training and retraining of civil servants, and implementing collaborative research projects.
🤔 For reference, Mr. Lee Dosuk is an expert in public administration, civil service reform, performance evaluation of public institutions, and human resource management. He currently serves as a Senior Research Fellow at the Center for Government Organization Design under KIPA. He is also involved in the KOICA-funded project “Development of a Human Resource Management Program and Strengthening Institutional Capacity in Uzbekistan” (2025–2027).
Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
#Hududiy_filiallar_faoliyatidan 😀 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasini
+5
#Hududiy_filiallar_faoliyatidan 😀 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Guliston hududiy filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining Sirdaryo viloyati filiali hamkorligida “Buyuk ajdodlar merosi va zamonaviy davlat xizmati” mavzusida ilmiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, boshqaruv kadrlari, professor-o‘qituvchilar, olimlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
❤️ Davra suhbatini onlayn formatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi prorektori R.X. Shirinova ochib berdi. U o‘z nutqida zamonaviy davlat boshqaruvida innovatsion yondashuvlar bilan bir qatorda milliy qadriyatlar va tarixiy merosga tayangan boshqaruv madaniyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Batafsil✍️ —— 😀 В Гулистанском региональном филиале Академии государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан совместно с Сырдарьинским областным филиалом Агентства эффективности управления при Президенте Республики Узбекистан состоялся научный круглый стол на тему «Наследие великих предков и современная государственная служба». В мероприятии приняли участие руководители государственных органов и организаций, управленческие кадры, учёные, профессорско-преподавательский состав и специалисты отрасли.
❤️ Круглый стол в онлайн-формате открыла проректор Академии государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан Р.Х. Ширинова. В своём выступлении она подчеркнула важность формирования управленческой культуры, основанной не только на инновационных подходах, но и на национальных ценностях и историческом наследии.
Подробно✍️ —— 😀 A scientific roundtable discussion entitled “The Heritage of Great Ancestors and Modern Public Service” was held at the Gulistan Regional Branch of the Academy of Public Policy and Administration under the President of the Republic of Uzbekistan in cooperation with the Syrdarya Regional Branch of the Management Efficiency Agency under the President of the Republic of Uzbekistan. The event brought together heads of government institutions and organizations, public administration professionals, scholars, faculty members, and sector specialists.
❤️ The roundtable was opened online by R.Kh. Shirinova, Vice-Rector of the Academy of Public Policy and Administration under the President of the Republic of Uzbekistan. In her remarks, she emphasized the importance of developing a governance culture that combines innovative approaches with national values and historical heritage.
Read more ✍️ Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
🎙O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruv akademiyasi tomonidan o'tgan hafta davomida xal
🎙O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruv akademiyasi tomonidan o'tgan hafta davomida xalqaro hamkorlik, ilmiy faoliyat va kadrlar salohiyatini rivojlantirish yo‘lida bir qator vazifalar amalga oshirildi. Shular haqida e'lon qilingan muhim xabarlar bilan tanishing. 🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisida ishtirok etib, global iqtisodiy hamkorlik, mintaqaviy integratsiya va barqaror rivojlanish masalalari yuzasidan muhim tashabbuslarni bildirdi. 😀 Akademiya prorektori Raima Shirinova boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida “Better Government, Better Governance: Government Capacity and Governance Effectiveness in a Globalized World” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi. ➡️Akademiya professor-o‘qituvchilari va magistrlaridan iborat delegatsiya Ozarbayjon Respublikasida tajriba almashish hamda malaka oshirish dasturida ishtirok etib, davlat boshqaruvi va ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rgandi. ➡️Akademiyada Vengriyaning Lyudovika Davlat xizmati universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar davlat boshqaruvi ta’limi, ilmiy izlanishlar va akademik almashinuv istiqbollarini muhokama qildilar. ➡️ Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ekspertlari bilan uchrashuv davomida ayollar yetakchiligi, professional kompetensiyalarni rivojlantirish, ilmiy-nashriyot hamkorligi hamda raqamli infratuzilmani takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. ➡️ Akademiyada xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etilib, liderlik, strategik fikrlash va muvaffaqiyat omillari haqida muloqot qilindi. ➡️ Akademiyaning “Davlat xizmatlari samaradorligini oshirishning ilmiy tadqiq etish laboratoriyasi” izlanuvchilar uchun “Ilmiy tadqiqotlarda ma’lumotlarni to‘plash, saralash va tahlil qilish metodologiyasi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. ➡️ Davlat boshqaruvi tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etilgan kechki va masofaviy shakldagi ikki yillik magistratura dasturlarining yangi o‘quv yili boshlandi. ➡️ “Suv havzalarida xavfsizlik oyligi” doirasida Akademiyada profilaktik tadbir o‘tkazilib, tinglovchilar va xodimlar o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. ➡️Akademiyaning Qarshi hududiy filialida “Yoshlarni davlat xizmatiga tayyorlash: ta’lim, liderlik va innovatsion yondashuvlar” mavzusida respublika masofaviy davra suhbati tashkil etilib, davlat xizmatining zamonaviy modeli va yoshlar kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 📆Boshlangan ish haftasi yangi g‘oyalar, samarali tashabbuslar va muvaffaqiyatli natijalar olib kelsin. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
#xorijiy_OAV_nigohida 🇺🇿🇦🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi o‘qituvchilari va magistrlaridan iborat delegatsiya tajriba almashish va malaka oshirish dasturi doirasida Ozarbayjon Respublikasida amaliyot o'tadi. Mazkur jarayon hamdo'st davlat OAVlarida keng yorilidi. 🗣Azərbaycan Dövlət İnformasiya Agentliyi: IIVda O'zbekiston davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish va amaliyot o'tash dasturi yo'lga qo'yildi (DİA-da Özbəkistandan gələn dövlət qulluqçuları üçün təlim-təcrübə proqramına başlanılıb); 🗣Report İnformasiya Agentliyi: Urxon Alakbarov: Ozarbayjonda nisbatan kichik mablag‘ bilan davlat boshqaruvida katta yutuqlarga erishildi (UrxanƏləkbərov: Azərbaycanda dövlət idarəçiliyində nisbətən az vəsaitlə böyük nailiyyətlər əldə olunub); 🗣Report İnformasiya Agentliyi: Elchi: Boku va Toshkent ikki tomonlama munosabatlar rivojlanishining eng yuqori bosqichini boshidan kechirmoqda (Səfir: Bakı və Daşkənd ikitərəfli münasibətlərin inkişafının ən yüksək mərhələsini yaşayır); 🗣AZTV XƏBƏR: Ikki taraflama munosabatlar rivojlanmoqda (İkitərəfli əlaqələr inkişaf etdirilir); 🗣Day.Az: Ozarbayjon O‘zbekiston bilan raqamli boshqaruv tajribasi bilan o‘rtoqlashadi (Азербайджан делится опытом цифрового управления с Узбекистаном); 🗣Media.AZ: O‘zbekistonlik davlat xizmatchilari innovatsion boshqaruv usullarini o‘rganish maqsadida Bokuga tashrif buyurdi (Госслужащие Узбекистана приехали в Баку перенимать инновационный опыт управления); 🗣cbctv.az Ozarbayjon va O‘zbekiston ikki tomonlama munosabatlar rivojida misli ko‘rilmagan bosqichni boshidan kechirmoqda – Elchi (Азербайджан и Узбекистан переживают беспрецедентный этап развития двусторонних отношений - посол). Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
#Hududiy_filiallar_faoliyatidan 🎬O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Qarshi hududiy filiali hamda Boshqaruv samaradorligi agentligining Qashqadaryo viloyati filiali hamkorligida “Yoshlarni davlat xizmatiga tayyorlash: ta’lim, liderlik va innovatsion yondashuvlar” mavzusida respublika masofaviy davra haqida. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
“Strategik maqsadimiz – 2030-yilga qadar yurtimiz reytingini investitsiyaviy darajaga olib chiqish” – Saida Mirziyoyeva Globa
“Strategik maqsadimiz – 2030-yilga qadar yurtimiz reytingini investitsiyaviy darajaga olib chiqish” – Saida Mirziyoyeva Global beqarorlik hamda moliya bozorlaridagi mavhumlik sharoitida, Prezidentimiz rahbarligida O‘zbekiston izchil islohotlarni qat’iyat bilan davom ettirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarni xalqaro hamkorlarimiz e’tirof etayotgani biz uchun alohida ahamiyatga ega — “Fitch” xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga yaxshiladi. Bu xalqaro investorlar tomonidan mamlakatimizga bildirilgan yuksak ishonch belgisidir. Mamlakatimizning suveren kredit reytingini oshirish bo‘yicha ishchi guruh rahbari sifatida alohida ta’kidlamoqchimanki, biz hamkorlarimiz bilan faol aloqalarni davom ettiramiz. Strategik maqsadimiz — 2030-yilga qadar yurtimiz reytingini “investitsiyaviy” darajaga olib chiqish. — На фоне глобальной нестабильности и неопределённости на финансовых рынках Узбекистан продолжает последовательные реформы под руководством нашего Президента. Особенно важно, что эти изменения получают признание международных партнёров — Международное рейтинговое агентство Fitch улучшило прогноз суверенного кредитного рейтинга Узбекистана со «стабильного» на «позитивный». Для нас это важный сигнал доверия со стороны международных инвесторов. Как руководитель рабочей группы по повышению суверенного кредитного рейтинга страны хочу подчеркнуть, что мы продолжим активное взаимодействие с партнёрами. Наша стратегическая цель — к 2030 году вывести рейтинг страны на «инвестиционный» уровень. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
14 199
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"O‘zbekiston hatto hozirgi global beqarorlik sharoitida ham barqaror o‘sish dinamikasini namoyish etmoqda".
— Президент Шавкат Мирзиёев:
"Даже сейчас, в условиях глобальной нестабильности, Узбекистан продолжает демонстрировать устойчивую динамику роста".
Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube