Boshqaruv samaradorligi agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi Facebook: https://www.facebook.com/BSA.pressa/ Instagram: https://www.instagram.com/bsa.uz/ Youtube: https://www.youtube.com/@%D0%91%D0%BE%D1%88%D2%9B%D0%B0%D1%80
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram Boshqaruv samaradorligi agentligi
El canal Boshqaruv samaradorligi agentligi (@bsa_uz) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 70 260 suscriptores, ocupando la posición 855 en la categoría Política y el puesto 987 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 70 260 suscriptores.
Según los últimos datos del 04 septiembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 968, y en las últimas 24 horas de 41, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: Verificado (confirmado oficialmente por Telegram)
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 11.09%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 8.72% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 7 787 visualizaciones. En el primer día suele acumular 6 123 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 0.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi
Facebook: https://www.facebook.com/BSA.pressa/
Instagram: https://www.instagram.com/bsa.uz/
Youtube: https://www.youtube.com/@%D0%91%D0%BE%D1%88%D2%9B%D0%B0%...”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 05 septiembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Política.
Carga de datos en curso...
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 05 septiembre | +60 | |||
| 04 septiembre | +72 | |||
| 03 septiembre | +113 | |||
| 02 septiembre | +78 | |||
| 01 septiembre | +11 |
| 2 | Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|in|Aloqa | 3 634 |
| 3 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|in|Aloqa | 4 865 |
| 4 | Hududni rivojlantirish: Ishtixonda ilg‘or loyihalar
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida hududni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ilg‘or loyihalar amalga oshirilmoqda.
Loyihalar doirasida hududning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish, iqtisodiy faollikni oshirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
▫️Tafsilotlar lavhada.
#HududniRivojlantirish #IshTixon #Samarqand #IlgorLoyihalar #SamaraliBoshqaruv
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|in|Aloqa | 3 048 |
| 5 | “MyDX” — davlat xizmatchisining raqamli yordamchisi
Davlat xizmatchilarining kundalik faoliyati, kasbiy rivojlanishi va karyerasi uchun barcha muhim imkoniyatlar — “MyDX” mobil ilovasida!
📱Ilovaning qulay imkoniyatlari orqali davlat xizmatchilari:
➡️shaxsiy ma’lumotlarini boshqarishi;
➡️ tashkilot faoliyatini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarini ilgari surishi;
➡️ shaxsiy rivojlanish rejasini shakllantirishi;
➡️ bo‘sh ish o‘rinlariga onlayn ariza topshirishi va karyerasini rivojlantirishi;
➡️eng sara onlayn kurslarda ta’lim olib, sertifikatlarga ega bo‘lishi;
➡️ elektron kitoblardan foydalanib, bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borishi mumkin.
📊Bugungi kunga qadar “MyDX” ilovasi 100 000 martadan ortiq yuklab olingan.
Davlat xizmati — raqamli imkoniyatlar bilan yanada qulay!
“MyDX”ni yuklab oling va imkoniyatlardan foydalaning!
▫️Google Play
▫️AppStore
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|in|Aloqa | 4 944 |
| 6 | Sin texto... | 1 827 |
| 7 | Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.
Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard so‘m ajratilgan.
Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi.
Bir haftada ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
– Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi,
– dedi davlatimiz rahbari.
Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi.
Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi.
Ular sentabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish majburiyatini oladi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi.
Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|in|Aloqa | 5 567 |
| 8 | Kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar bilan belgilash amaliyotidan voz kechilishi ma’lum qilindi.
Endi Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bank hududlar salohiyatidan kelib chiqib, moliyalashtirish mexanizmlarini har chorakda yangilab boradi.
Tuman shtablari mahallalardagi hokim yordamchilarini “loyihabay” ishlash tizimiga o‘tkazadi.
Buning uchun 8 ming 992 ta mahalladagi hokim yordamchilari vazifa bajaruvchi etib tayinlanadi, fidoyi va tashabbuskor kadrlar lavozimiga qayta tayinlanib, ishiga noloyiqlar yangilanadi.
Facebook|Instagram|X | 1 |
| 9 | Kredit tarixida kechikish bo‘lgan ehtiyojmand aholining loyihalarini ham individual baholash asosida imtiyozli moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.
Kambag‘allik jamg‘armasidagi 240 milliard so‘m, Bandlik jamg‘armasidagi 100 milliard so‘m va uchta “daftar”dagi 760 milliard so‘m mablag‘ tuman shtablari ixtiyoriga beriladi.
Endi tuman shtabi subsidiya yoki foizsiz ssuda berish masalasini ham mustaqil hal qiladi.
Tadbirkorlik kompaniyasining kompensatsiyalar uchun yil yakuniga qadar nazarda tutilgan 300 milliard so‘mlik qoldig‘i ham shtablar orqali ajratiladi.
Shu tariqa tumanlar ixtiyoriga jami 3 trillion 200 milliard so‘m resurs yo‘naltirilib, mablag‘larning aniq natija berishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|in|Aloqa | 2 561 |
| 10 | Yig‘ilishda mahalla bankirlari va hokim yordamchilarining loyihalar bilan ishlash ko‘nikmalari tanqidiy baholandi.
Ularning aksariyati kimga kredit kerakligi, qaysi loyihani lizing, faktoring, kafolat, sug‘urta, aylanma mablag‘ yoki shartnoma asosida moliyalashtirish mumkinligini tushunmasligi qayd etildi.
Bankirlar va hokim yordamchilari loyiha tayyorlashdan oldin hamon “Garovi bormi?” degan savolni qo‘yayotgani tanqid qilindi.
Tadbirkorlarga kredit ajratishda byurokratik to‘siqlar saqlanib qolayotgani, kreditni qaytarish grafiklari esa biznes turiga moslashtirilmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Kreditlarni qaytarish muddatlarini dehqonchilik, savdo va boshqa biznes yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga o‘tkazilishi belgilandi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|in|Aloqa | 1 |
| 11 | Xorazm misolidagi tahlillar barcha viloyatlarga taalluqli ekani qayd etilib, kambag‘allik bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.
Mazkur tizimga muvofiq, “mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar, viloyat va tuman hokimlari hamda banklar kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tadi.
Har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida shtablar tashkil etiladi.
Banklar va bandlikka ko‘maklashish idoralari ushbu shtablarga joylardagi masalalarni hal etishga ko‘maklashadi.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari butun iqtisodiy kompleks bilan haftada uch kun faqat kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|in|Aloqa | 755 |
| 12 | Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi.
Ular zamonaviy iqtisodiyotdagi tebranishlar va tezkor o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglamayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Hududlarda so‘nggi bir yilda tashkil qilingan 86 ming kichik korxonadan 15 mingtasi, ya’ni 17 foizi faoliyatini to‘xtatgan.
Bankdan kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi kreditni qaytarishga qiynalayotgani qayd etildi.
Buning sababi sifatida atigi 1 mingta mahalladagi hokim yordamchisi va mahalla bankiri “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashni bilishi ko‘rsatildi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|in|Aloqa | 1 |
| 13 | Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi.
“Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani qayd etildi.
Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi.
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlandi.
– O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti,
– dedi davlatimiz rahbari.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|in|Aloqa | 1 442 |
| 14 | Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda.
Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi.
Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|in|Aloqa | 1 |
| 15 | Buyuk Britaniya Davlat xizmati kolleji bilan davlat xizmati uchun professional kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Ishchi guruhi a’zolari Buyuk Britaniya Davlat xizmati kolleji strategik maslahatchisi Mayk Drayver bilan uchrashdi.
Uchrashuvda davlat xizmatchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi hamda quyidagi muhim kelishuvlarga erishildi:
▫️har yili kamida 50 nafar yuqori va o‘rta bo‘g‘in rahbar kadrlari uchun maxsus o‘quv dasturlari tashkil etiladi;
▫️xalqaro moliya, huquqshunoslik, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini boshqarish, strategik boshqaruv va hududlarni rivojlantirish yo‘nalishlarida o‘quv dasturlari yo‘lga qo‘yiladi;
▫️Kollej bilan hamkorlikda davlat xizmati uchun yosh iste’dodlarni aniqlash bo‘yicha pilot loyiha amalga oshiriladi.
Erishilgan kelishuvlarni amaliyotga joriy etish maqsadida Agentlik va Kollej o‘rtasida нamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu sheriklik davlat boshqaruviga ilgʻor xorijiy amaliyotlar, raqamli yechimlar va natijadorlikka (KPI) asoslangan yondashuvlarni integratsiya qilish imkonini beradi. Hamkorlik doirasida rahbarlarning yetakchilik salohiyati uzluksiz oshirib boriladi va davlat xizmatiga yangi avlod yosh mutaxassislarini jalb etishning samarali „karyera pillapoyasi“ (talent pool) tizimi yaratiladi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 3 944 |
| 16 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi hamda unga yondosh zamonaviy shaharcha barpo etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 4 793 |
| 17 | Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish yakunlari hamda milliy statistika tizimida islohotlarni jadallashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 3 525 |
| 18 | Davlat xizmati uchun xalqaro ta’lim: Imperial College London bilan hamkorlik kengayadi
Ishchi guruhning Angliyaga xizmat safari doirasida Imperial College London universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktori Frank Dalson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Imperial College London — dunyoning yetakchi ilmiy-tadqiqot universitetlaridan biri bo‘lib, 1907-yilda Londonda tashkil etilgan.
Universitet “QS” reytingida jahonda TOP-2, Buyuk Britaniya va Yevropada TOP-1 o‘rinni egallaydi.
Universitetning asosiy yo‘nalishlari — sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili, muhandislik, kiberxavfsizlik, robototexnika, energetika, tibbiyot va sog‘liqni saqlash, matematika va fizika, shuningdek, innovatsiyalar va biznes boshqaruvi.
👍 Muloqot davomida hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi:
▫️joriy yil yakuniga qadar 30 nafar davlat xizmatchisini sun’iy intellekt, muhandislik, elektrotexnika va tog‘-kon yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlariga yuborish;
▫️Yangi Toshkent shahrida Imperial College London filialini ochish hamda davlat xizmatchilarini tayyorlash markazini tashkil etish.
Qayd etilgan masalalarni amalga oshirish maqsadida tomonlar o‘rtasida qo‘shma ishchi guruhi tuziladi hamda tegishli “chora-tadbirlar” dasturi ishlab chiqiladi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 4 407 |
| 19 | Birinchi Prezidentimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 4 874 |
| 20 | “Istiqbolli davlat xizmatchisi” tanlovi g'oliblari taqdirlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamkorligida o‘tkazilgan “Istiqbolli davlat xizmatchisi” tanlovi yakunlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A. T. Orinbayev, Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori o‘rinbosari A. A. Salixov, tanlov ishtirokchilari, OAV vakillari qatnashgan tadbirda tanlov natijalari e’lon qilinib, g'oliblar taqdirlandi.
Ma'lumot uchun, tanlov 5 bosqichda tashkil etildi.
1-bosqich – ishtirokchilarni malaka talablariga mosligini aniqlash va saralash;
2-bosqich – sohaviy va boshqaruvga oid bilim va ko'nikmalarini baholash;
3-bosqich – “Case-study” metodikasi asosida nomzodlarning muammoli vaziyatlarda vaziyatni o‘rganib baholashi, tahlil qilishi, xavf-xatarlarni aniqlashi, ularga huquqiy yechimlarni belgilashi va mustaqil fikrlashini baholash;
4-bosqich – chorak final bo'lib, uchinchi bosqichda yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarning xorijiy tillarni bilish ko‘nikmalari baholandi;
5 bosqich – yakuniy suhbat bosqichi. Unda chorak finalda yuqori natijalar ko'rsatgan ishtirokchilarning liderlik, samarali boshqaruv, natijadorlik kabi yo'nalishlardagi kompetensiyalari baholandi.
👍 Tanlov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan quyidagi ishtirokchilar g'olib deb topildi:
1-o‘rin — Prenov Amangeldi Barlikbayevich,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari
Aldabergenov Isatay Maratovich,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilik sho‘basi boshlig‘i
2-o‘rin — Umarov Botir Komiljonovich,
Xo‘jayli tumani "Jayxun" mahallasi yoshlar yetakchisi
3-o‘rin — Allashukurov Nuriddin Kalbayevich,
Taxiatosh tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi
Yangi makon MFYda ijtimoiy xizmatlar ko'rsatuvchi xodim.
Shuningdek, sohaviy nominatsiyalar bo‘yicha quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:
Davlat va jamiyat boshqaruvi — Saxiyev Aydarali Maxambetaliyevich, Mo'ynoq tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi direktori
Inson resurslarini boshqarish — Muratbayev Islam Jalgasbayevich, Nukus shahri "Jipek joli" MFY yoshlar yetakchisi
Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalari — Yesbergenov Aziz Rustamovich, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb qilish va donorlar bilan ishlash markazi bosh mutaxassisi
Ta’lim sohasi — Kulmanova Gulmira Batirbayevna, Xo‘jayli agroiqtisodiyot kolleji ingliz tili fani o‘qituvchisi
Moliya-iqtisodiyot sohasi — Turkmenbayev Nurbek Saatbayevich , Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi davlat soliq katta inspektori
Arxitektura va qurilish sohasi — Aitbayev Kabilbek Baxitbekovich, Qurilish sohasida nazorat bo‘yicha hududiy inspeksiya boshlig‘i
Qishloq va suv xo‘jaligi — Sherbayev Rinat Tauyekelovich, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – bosh agronom
Investitsiya va turizm — Sadullayeva Dilnoza Aybekovna, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasining PR, marketing tadqiqotlari, xalqaro aloqalar va reytinglar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi
Ekologiya va "Yashil iqtisodiyot" — Polatov Ajiniyaz Paraxat uli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassisi
Sog‘liqni saqlash sohasi — Kayrullayeva Aygerim Raxat qizi, Kegeyli tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi epidemiolog shifokori.
Tanlov g‘oliblariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy byudjeti hisobidan bir martalik pul mukofoti va Jo‘qorg‘i Kengesning Faxriy yorliqlari topshirildi.
Tanlovning barcha bosqichlarida yuqori natija ko‘rsatgan 100 nafar iqtidorli kadrlardan iborat TOP-100 ro‘yxati tasdiqlandi.
👍Tanlov g‘oliblari “TOP-100” ro‘yxatiga kiritilib, lavozim pog‘onalarida o'stirilib boriladi hamda xorijda malaka oshirishga yuboriladi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 8 256 |
