en
Feedback
DSBA

DSBA

Open in Telegram

📈 Analytical overview of Telegram channel DSBA

Channel DSBA (@dsba_official) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 13 362 subscribers, ranking 14 953 in the Education category and 5 937 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 13 362 subscribers.

According to the latest data from 05 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -490 over the last 30 days and by -12 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Verified (Officially confirmed by Telegram)
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 24.45%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 16.98% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 3 270 views. Within the first day, a publication typically gains 2 271 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 0.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Veb-sayt: https://dsba.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/dsba.uz Instagram: https://www.instagram.com/dsba_ Youtube: https://youtube.com/channel/UCbT2l2Ou8JbCluuEf0X-rjA

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 06 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

13 362
Subscribers
-1224 hours
-1447 days
-49030 days
Posts Archive
DSBA
13 362
Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament aʼzolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik — Поздравление уча
Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament aʼzolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga tabrikПоздравление участникам XII Всемирной конференции молодых парламентариев Межпарламентского союза Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

DSBA
13 362
“Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday
“Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani qayd etildi. Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlandi.
O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti,
– dedi davlatimiz rahbari. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
13 362
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosq
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo'lib o'tmoqda. Yig'ilishda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda qayd etilgan natijalar bilan bir qatorda, resurslardan samarali foydalanish, boshqaruv qarorlarining sifati va quyi bo‘g‘indagi mas’uliyat masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Hususan, yil boshida 2,2 million nafarni tashkil etgan ehtiyojmand aholi soni hozir 1,5 million nafarga tushgan. 49 ta tuman va 3 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanmoqda. Shu bilan birga, hududlar kesimida natijadorlik o‘rtasida sezilarli tafovutlar mavjud. O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratilgan. Biroq bir xil hajmdagi resurs turli hududlarda turlicha natija bergan.
Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
13 362
Birinchi Prezidentimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yod
+5
Birinchi Prezidentimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasini abadiylashtirish boʻyicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Toshkentda Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Samarqandga tashriflar chogʻida uning maqbarasini ziyorat qilish ezgu anʼanaga aylandi. Marosimda Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi. Islom Karimovning mamlakatimiz mustaqilligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlari yodga olindi.
Отдана дань уважения памяти Первого Президента нашей страны. Президент Шавкат Мирзиёев посетил Научно-просветительский мемориальный комплекс имени Ислама Каримова и возложил венок к подножию памятника Первому Президенту.
По инициативе и при внимании Президента Шавката Мирзиёева проведена большая работа по увековечению памяти Первого Президента. В Ташкенте создан Научно-просветительский мемориальный комплекс имени Ислама Каримова. Доброй традицией стало посещение его мавзолея во время поездок в Самарканд. На церемонии были прочитаны суры из Корана и произнесены дуа. Были отмечены заслуги Ислама Каримова в обретении независимости страны, обеспечении мира и стабильности, повышении благосостояния народа.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

DSBA
13 362
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi “ShHT plyus” uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌BMT o‘zining markaziy, mu
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi “ShHT plyus” uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌BMT o‘zining markaziy, muvofiqlashtiruvchi rolini saqlab qolishi, mintaqaviy tuzilmalar esa uning sa’y-harakatlarini to‘ldirishi lozim; 📌Yangi dunyo tartiboti nafaqat xalqaro munosabatlar tizimidagi global kuchlar nisbatini mustahkamlashi, balki mintaqaviy muammolarning adolatli hal etilishiga ham xizmat qilishi kerak; 📌“ShHT plyus” maydoni davlatlar, mintaqalar va tashkilotlarni umumiy kun tartibi atrofida birlashtirishga qodir. Bu yerda turli tashabbuslarni o‘zaro uyg‘unlashtirish va global boshqaruv arxitekturasini shakllantirish bo‘yicha muloqot olib borish mumkin va zarur; 📌O‘zbekiston Yevroosiyo makonida ochiq va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish tarafdori; 📌Biz shunday ko‘p qutblilik tarafdorimizki, u yangi ajratuvchi chiziqlarni yaratmaydi, balki imkoniyatlar makonini kengaytiradi, mintaqaviy loyihalar va tashabbuslar o‘zaro raqobatlashmaydi, balki bir-birini samarali to‘ldiradi; 📌“ShHT plyus” formatini mintaqalararo muloqot maydoni sifatida rivojlantirishni muhim deb hisoblayman; 📌“ShHT plyus” mintaqaviy tashkilotlarning Hamkorlik tarmog‘ini yaratish uchun platforma bo‘lib xizmat qilishi mumkin; 📌BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda mintaqaviy tashkilotlar salohiyatidan yanada faol foydalanish lozim; 📌Tabiatdan foydalanish, “yashil” energetika, raqamli xizmatlar va sog‘liqni saqlash sohalarida mintaqalararo loyihalar va texnologiyalarning Ochiq bankini shakllantirishni taklif etaman; 📌“ShHT plyus” madaniyatlar va sivilizatsiyalar doimiy forumini ta’sis etishni taklif etaman. Ushbu tadbirni BMTning manfaatdor tuzilmalari bilan birgalikda Xiva shahrida o‘tkazishga tayyormiz; 📌O‘zbekiston bundan buyon ham umumiy farovonlikni mustahkamlash va ko‘p tomonlama sheriklikni rivojlantirishga salmoqli amaliy hissa qo‘shishga tayyor. Facebook|Instagram|X

DSBA
13 362
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌O‘tgan
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌O‘tgan 25 yil davomida ShHT teng huquqli muloqotni ta’minladi, mintaqaviy barqarorlik va mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashdi;   📌Hamkorligimiz markazida ShHTning geografik va strategik o‘zagi bo‘lgan Markaziy Osiyo turganini alohida qadrlaymiz;   📌Yaqin Sharqda muloqotni qayta tiklash va keskinlikni yumshatishning qat’iy tarafdorimiz;   📌ShHT mamlakatlarining ulkan insoniy, tabiiy, ishlab chiqarish va intellektual resurslari, eng avvalo, xalqlarimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi kerak;   📌“ShHT – 2040: umumiy taraqqiyot makoni” konseptual qarashini ishlab chiqishga kirishishni taklif etaman. Uning asosiy maqsadi o‘zaro bog‘liq va barqaror makonni shakllantirishdan iborat bo‘lishi lozim;   📌Maxsus iqtisodiy zonalar, ishlab chiqarish jarayonlari, sotuv bozorlari va logistikani birlashtiradigan ShHT Sanoat kooperatsiyasi xaritasini ishlab chiqishni taklif etamiz;   📌Hozirning o‘zidayoq umumiy tamoyillarni kelishish bosqichidan ShHT Taraqqiyot bankini amaliy ishga tushirishga o‘tishni zarur deb hisoblaymiz;   📌Sun’iy intellekt sohasida hamkorlik bo‘yicha Butunjahon tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusni olqishlaymiz;   📌Kelgusi yili Toshkent shahrida ShHTning sun’iy intellekt va yangi raqamli yechimlar bo‘yicha forumini o‘tkazishga tayyormiz;   📌Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlar mamlakatlarimizning oziq-ovqat, suv va energetik xavfsizligiga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu ShHT doirasida ushbu masalalar bo‘yicha yagona kun tartibini shakllantirish zaruratini taqozo etmoqda;   📌ShHTga a’zo davlatlarning temir yo‘l makonlari integratsiyasi bo‘yicha kengash ta’sis etishni maqsadga muvofiq deb hisoblayman;   📌Xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qilish uchun ShHTning Afg‘oniston bilan muntazam muloqotini qayta tiklash vaqti keldi. Facebook|Instagram|X

DSBA
13 362
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida o‘tayotgan ShHT sammiti doirasida BMT Bosh kotibi Ant
+3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida o‘tayotgan ShHT sammiti doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi. — На полях саммита ШОС в городе Бишкеке Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Генеральным секретарем Организации Объединенных Наций Антониу Гутерришем. #Mirziyoyev #uchrashuv #BMT #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

DSBA
13 362
#Mustaqillik_35 🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” O‘zbekiston Respublikasi Prezident
#Mustaqillik_35 🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi barcha yurtdoshlarimizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi! Mustaqillik — davlat suvereniteti, milliy davlatchilik, erkin tafakkur va taraqqiyotimizning mustahkam poydevoridir. Istiqlol yillarida ilm-ma’rifat va intellektual salohiyat yuksalib, inson qadri jamiyat rivojining ustuvor mezoniga aylandi. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, Vatanimiz ravnaqi bardavom, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Mustaqillik bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar! Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
13 362
#Mustaqillik_35 🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi masofaviy magistratura tinglovchilari barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi. Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin! Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin! Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
13 362
O‘zbekiston va Hindiston munosabatlarni yangi darajaga olib chiqishga kelishib oldilar Hindiston bosh vaziri Narendra Modinin
+2
O‘zbekiston va Hindiston munosabatlarni yangi darajaga olib chiqishga kelishib oldilar Hindiston bosh vaziri Narendra Modining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda tovar ayirboshlash hajmini 2030 yilga qadar 5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi (o‘tgan yili bu ko‘rsatkich ilk bor 1 mlrd dollardan oshdi). Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi. Ular savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Mazkur tashrif tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Bundan tashqari, Narendra Modi O‘zbekistonning “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
13 362
MAGISTRATURAGA QABUL: TEST SINOVLARI NATIJALARI E’LON QILINDI 😀O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosat
MAGISTRATURAGA QABUL: TEST SINOVLARI NATIJALARI E’LON QILINDI 😀O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga qabul doirasida o‘tkazilgan test sinovlari natijalari e’lon qilindi. 🗣 Davlat buyurtmasi asosida test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalari bilan bsa.dsba.uz elektron platforma orqali tanishishlari mumkin. 🗣 Ochiq tanlov asosida imtihon topshirgan talabgorlar tes😀t sinovi natijalarini qabul.dsba.uz elektron platformasidagi shaxsiy kabineti orqali ko‘rishlari mumkin. 🗣Shuningdek, test sinovlari natijalarini Akademiyaning rasmiy Telegram boti — @natijadsbabot orqali ham bilib olishingiz mumkin. Test sinovlarining birinchi bosqichida 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlar Akademiyada o‘tkaziladigan imtihonning ikkinchi bosqichi — suhbatda ishtirok etishadi. 📍 Suhbatning o‘tkazilish sanasi, vaqti va manzili haqida qo‘shimcha ma’lumotlar Akademiyaning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadi. Test natijalari hamda qo’shimcha savollar yuzasidan murojaat uchun: +998 71 239 12 98 +998 71 239 49 02 (Qo‘ng‘iroqlar faqat ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.) Test sinovlarining birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha talabgorlarni samimiy tabriklaymiz! Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
13 362
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikk
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism): 📌 Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir; 📌 Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi; 📌 Kelgusi yillarda yurtimizda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshiramiz; 📌 Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi; 📌 Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tamiz. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi; 📌 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi; 📌 To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi; 📌Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz; 📌Mahalla jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantiriladi; 📌 O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘pqirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz; 📌 Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz; 📌 Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘q; 📌 Matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetadi. Facebook|Instagram|X

DSBA
13 362
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (bir
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (birinchi qism): 📌Buyuk istiqlolimizning ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi; 📌 Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas dinimizni, ona tilimizni, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi; 📌 Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz, jadidlar xotirasiga ta'zim bajo keltiramiz; 📌 Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yod etamiz; 📌 Islohotlarni boshlagan birinchi kunlardanoq xalqning qalbiga quloq soldik, aholining dardiga darmon bo‘lishni maqsad qildik; 📌 "Paxta qulligi", "majburiy mehnat va bolalar mehnati", "konvertatsiya cheklovi", "propiska" kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berdik; 📌 Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyatni barpo etish uchun keyingi 10 yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik. O‘zbekistonni dunyoga keng ochdik; 📌 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazishni reja qilgan edik. Bu vazifani shu yilning o‘zida ortig'i bilan amalga oshiramiz va daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiramiz; 📌 Bugungi kunda kambag'allik darajasini 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushurishga erishdik. 10 million nafar insonning turmush sifati yaxshilandi; 📌 Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarining yarmidan ko‘pini qizlar va ayollar tashkil etadi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod, ma’rifatli jamiyat deganidir; 📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarni ham taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili deb bilamiz; 📌 Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. Facebook|Instagram|X

DSBA
13 362
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikk
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism): 📌 Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir; 📌 Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi; 📌 Kelgusi yillarda yurtimizda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshiramiz; 📌 Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi; 📌 Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tamiz. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi; 📌 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi; 📌 To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi; 📌Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz; 📌Mahalla jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantiriladi; 📌 O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘pqirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz; 📌 Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz; 📌 Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘q; 📌 Matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetadi. Facebook|Instagram|X

DSBA
13 362
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantana
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqiВыступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 35-летию государственной независимости Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

DSBA
13 362
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomo
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling: — Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам: Telegram Youtube Facebook Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

DSBA
13 362
🇺🇿Davlatimiz rahbari Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. — 🇺🇿Глава нашего государства возложил цветы к Монументу независимости. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
13 362

DSBA
13 362
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35-YILLIGI” ESDALIK NISHONLARI TOPSHIRILDI Davlat siyosati va boshqaruvi akademiya
+9
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35-YILLIGI” ESDALIK NISHONLARI TOPSHIRILDI Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayramona tadbir o‘tkazildi. Bayramona tadbirda Prezident Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishonlari Akademiyaning bir guruh xodimlariga tantanali ravishda topshirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek:
“35 yil tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi”.
Ushbu yuksak e’tirof Akademiya jamoasining ilm-fan, ta’lim, kadrlar tayyorlash va zamonaviy davlat boshqaruvi uchun inson kapitalini rivojlantirish yo‘lidagi mehnatiga berilgan munosib e’tirofdir. Ayniqsa, esdalik nishonlari orasida ko‘p yillik tajribaga ega xodimlar bilan bir qatorda yangi avlod mutaxassislarining ham borligi — tajriba va salohiyat uyg‘unligining yorqin ifodasidir. 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, Yangi O‘zbekistonning kelajagi yanada porloq bo‘lsin!В АКАДЕМИИ ВРУЧЕНЫ ПАМЯТНЫЕ ЗНАКИ «35 ЛЕТ НЕЗАВИСИМОСТИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН» В Академии государственной политики и управления состоялось праздничное мероприятие, посвящённое 35-летию независимости Республики Узбекистан. В рамках торжественной церемонии сотрудникам Академии были вручены памятные знаки «35 лет независимости Республики Узбекистан», учреждённые в соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан. Как отметил Президент Шавкат Мирзиёев:
«35 лет — очень короткий срок для истории. Но прошедшие годы по своему масштабу, достижениям и результатам стали периодом, достойным целого века».
Эта высокая оценка является признанием вклада коллектива Академии в развитие науки и образования, подготовку кадров и укрепление человеческого капитала для современной системы государственного управления. Особое значение имеет то, что памятными знаками отмечены как сотрудники с многолетним профессиональным опытом, так и представители нового поколения специалистов. Это яркое свидетельство преемственности опыта, знаний и профессионального потенциала. 🇺🇿 Пусть независимость нашей Родины будет вечной, в стране царят мир и стабильность, народ живёт благополучно, а будущее Нового Узбекистана будет ещё более светлым!COMMEMORATIVE BADGES MARKING THE 35TH ANNIVERSARY OF UZBEKISTAN’S INDEPENDENCE PRESENTED A festive event dedicated to the 35th anniversary of the independence of the Republic of Uzbekistan was held at the Academy of Public Policy and Administration. As part of the ceremony, commemorative badges marking the 35th anniversary of the independence of the Republic of Uzbekistan, established pursuant to a Presidential Decree, were presented to a group of Academy staff members. As President Shavkat Mirziyoyev noted:
“Thirty-five years is a very short period in the context of history. Yet, in terms of its scale, achievements and results, the years behind us have been worthy of a century.”
This high recognition reflects the contribution of the Academy’s staff to advancing science and education, developing professional talent, and strengthening human capital for modern public administration. Of particular significance is the fact that the commemorative badges were presented both to experienced staff members with many years of professional service and to representatives of a new generation of specialists. This reflects the continuity of knowledge, experience and professional potential across generations. 🇺🇿 May our independence remain eternal, our country peaceful, our people prosperous, and the future of New Uzbekistan ever brighter! Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
13 362
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nepalning Tibet bilan chegarasida yuz bergan kuchli suv toshqini oqiba
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nepalning Tibet bilan chegarasida yuz bergan kuchli suv toshqini oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani, jarohat olgani hamda katta talafot ko‘rilgani munosabati bilan Nepal Prezidenti Ram Chandra Paudelga hamdardlik yo‘lladi. Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил соболезнования Президенту Непала Раму Чандре Пауделу в связи с многочисленными человеческими жертвами и пострадавшими, а также значительным ущербом в результате сильного наводнения в районе границы Непала с Тибетом. Глава нашего государства передал слова сочувствия и поддержки родным и близким погибших, пожелал скорейшего выздоровления пострадавшим. Facebook|Instagram|X