ch
Feedback
DSBA

DSBA

前往频道在 Telegram

📈 Telegram 频道 DSBA 的分析概览

频道 DSBA (@dsba_official) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 13 282 名订阅者,在 教育 类别中位列第 15 038,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 5 968

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 13 282 名订阅者。

根据 11 九月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -567,过去 24 小时变化为 0,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 已认证(Telegram 官方确认)
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.24%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.55% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 3 219 次浏览,首日通常累积 2 331 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 0

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Veb-sayt: https://dsba.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/dsba.uz Instagram: https://www.instagram.com/dsba_ Youtube: https://youtube.com/channel/UCbT2l2Ou8JbCluuEf0X-rjA

凭借高频更新(最新数据采集于 13 九月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 教育 类别中的关键影响点。

13 282
订阅者
无数据24 小时
-1057 天
-56730 天
帖子存档
DSBA
13 282
SIFATLI TA’LIM UCHUN YANGI METODOLOGIYA O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiy
+6
SIFATLI TA’LIM UCHUN YANGI METODOLOGIYA O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi professor-o‘qituvchilari uchun Training of Trainers (ToT) treningi bo‘lib o‘tmoqda.
Maqsad — professor-o‘qituvchilarning zamonaviy trenerlik va fasilitatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirish, katta yoshdagi tinglovchilar bilan ishlashning samarali metodlarini amaliyotga joriy etish hamda ta’lim jarayonining sifati va natijadorligini oshirish.
Trening doirasida: 🔵 zamonaviy o‘qitish metodologiyasi va andragogik yondashuvlar; 🔵 interaktiv ta’lim va fasilitatsiya usullari; 🔵 trening dizayni va o‘quv kontentini ishlab chiqish; 🔵 tinglovchilar ehtiyojlarini tahlil qilish; 🔵 samarali taqdimot va auditoriya bilan ishlash; 🔵ta’lim natijalarini baholashning amaliy usullari ko‘rib chiqilmoqda. Batafsil✍️НОВАЯ МЕТОДОЛОГИЯ ДЛЯ КАЧЕСТВЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В Академии государственного управления при Президенте Республики Узбекистан проходит Training of Trainers (ToT) для профессорско-преподавательского состава Академии.
Цель тренинга — развитие современных тренерских и фасилитационных компетенций профессорско-преподавательского состава, внедрение эффективных методов работы со взрослыми слушателями, а также повышение качества и результативности образовательного процесса.
В рамках тренинга рассматриваются: 🔵современные методологии обучения и андрагогические подходы; 🔵 интерактивные методы обучения и фасилитации; 🔵 разработка дизайна тренингов и образовательного контента; 🔵 анализ образовательных потребностей слушателей; 🔵 эффективные методы презентации и работы с аудиторией; 🔵 практические инструменты оценки результатов обучения. Подробно✍️ A NEW METHODOLOGY FOR QUALITY EDUCATION The Academy of Public Policy and Administration under the President of the Republic of Uzbekistan is conducting a Training of Trainers (ToT) programme for its faculty.
The programme is designed to strengthen faculty members’ competencies in training and facilitation, advance effective approaches to adult learning, and enhance the quality and impact of the educational process.
The training addresses: 🔵 contemporary teaching methodologies and principles of andragogy; 🔵 interactive learning and facilitation techniques; 🔵 training design and the development of educational content; 🔵 the assessment and analysis of learners’ needs; 🔵 effective presentation and audience engagement; 🔵 practical approaches to evaluating learning outcomes.   Read more✍️ Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
13 282
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Sha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi. Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan. Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi. Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega. — Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан Мирзиёева Саида Шавкатовна назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью. Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях. Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра. В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг. Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
13 282
Senat lotin alifbosidagi to‘rtta harfni o‘zgartirishni ma’qulladi Oliy Majlis Senati lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbos
Senat lotin alifbosidagi to‘rtta harfni o‘zgartirishni ma’qulladi Oliy Majlis Senati lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, alifbodagi to‘rtta harf quyidagicha o‘zgartirilishi ko‘zda tutilgan: G‘ g‘ → Ğ ğ O‘ o‘ → Ö ö Sh sh → Ş ş Ch ch → Ç ç Qonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar muomalada qoladi. Davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, peshlavha hamda ko‘rsatkichlaridan esa ular yaroqsiz holga kelguniga qadar yoki belgilangan muddatgacha foydalanishga ruxsat beriladi. Ma'lumot uchun ayni daqiqalarda Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi bo'lib o'tmoqda. Majlis muhokamalarini Senatning YouTube sahifasi orqali onlayn kuzatish mumkin. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
13 282
Oʻzbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarda yangi bosqichning boshlanishi sifatida tarixga kiradi. — Первый визит Президента Узбекистана в Сербию войдет в историю как начало нового этапа в отношениях между двумя странами. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

DSBA
13 282
DAVLAT BOSHQARUVI KADRLARI UCHUN YANGI TA’LIM VA TAJRIBA IMKONIYATLARI KENGAYTIRILADI 😀🤝O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
+3
DAVLAT BOSHQARUVI KADRLARI UCHUN YANGI TA’LIM VA TAJRIBA IMKONIYATLARI KENGAYTIRILADI 😀🤝O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Hanns Zaydel jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy rahbari Konstantin Blashke hamda jamg‘armaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralarda davlat xizmatchilarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish hamda Germaniya va xalqaro tajribani ta’lim dasturlariga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shu maqsadda hamkorlikning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:
Uzoq muddatli qo‘shma ta’lim. An’anaviy seminar va treninglar bilan bir qatorda, uzoq muddatli qo‘shma ta’lim hamda malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
«Hokimlar maktabi» — Germaniya tajribasi. Qo‘shma dastur ishtirokchilaridan 10 nafarini joriy yil oktabr oyida Germaniya Federativ Respublikasiga tajriba almashinuvi doirasida yuborish. Tashrif davomida hududlarni barqaror rivojlantirish va samarali mahalliy boshqaruv bo‘yicha o‘quv-amaliy dastur tashkil etiladi;
Batafsil✍️БУДУТ РАСШИРЕНЫ НОВЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ ДЛЯ ОБУЧЕНИЯ И ОБМЕНА ОПЫТОМ КАДРОВ ГОСУДАРСТВЕННОГО УПРАВЛЕНИЯ 😀🤝В Академии государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан состоялась встреча с региональным руководителем Фонда Ханса Зайделя по Центральной Азии Константином Блашке и представителями представительства Фонда в Узбекистане. В ходе переговоров обсуждены вопросы совершенствования системы подготовки и повышения квалификации государственных служащих, развития современных управленческих компетенций, а также внедрения немецкого и международного опыта в образовательные программы. В этих целях определены следующие приоритетные направления сотрудничества:
Долгосрочное совместное обучение. Наряду с традиционными семинарами и тренингами будут реализовываться долгосрочные совместные образовательные программы и программы повышения квалификации;
«Школа хокимов» — опыт Германии. 10 участников совместной программы будут направлены в октябре текущего года в Федеративную Республику Германия в рамках обмена опытом. В ходе визита будет организована учебно-практическая программа по вопросам устойчивого развития территорий и эффективного местного управления;
Подробно✍️NEW EDUCATION AND EXPERIENCE-SHARING OPPORTUNITIES FOR PUBLIC ADMINISTRATION PROFESSIONALS TO BE EXPANDED 😀🤝The Academy of Public Policy and Administration under the President of the Republic of Uzbekistan held a meeting with Konstantin Blaschke, Regional Director of the Hanns Seidel Foundation for Central Asia, and representatives of the Foundation’s Office in Uzbekistan. The discussions focused on strengthening the system for training and professional development of civil servants, developing modern management competencies, and integrating German and international experience into educational programmes. To this end, the following priority areas of cooperation were identified:
Long-term joint education. Alongside traditional seminars and training programmes, long-term joint educational and professional development programmes will be launched;
“School of Hokims” — German experience. Ten participants of the joint programme will be sent to the Federal Republic of Germany in October this year as part of an experience-sharing programme. The visit will include a practical learning programme focused on sustainable territorial development and effective local governance;
Read more✍️ Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
13 282
Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament aʼzolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik — Поздравление уча
Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament aʼzolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga tabrikПоздравление участникам XII Всемирной конференции молодых парламентариев Межпарламентского союза Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

DSBA
13 282
“Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday
“Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani qayd etildi. Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlandi.
O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti,
– dedi davlatimiz rahbari. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
13 282
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosq
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo'lib o'tmoqda. Yig'ilishda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda qayd etilgan natijalar bilan bir qatorda, resurslardan samarali foydalanish, boshqaruv qarorlarining sifati va quyi bo‘g‘indagi mas’uliyat masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Hususan, yil boshida 2,2 million nafarni tashkil etgan ehtiyojmand aholi soni hozir 1,5 million nafarga tushgan. 49 ta tuman va 3 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanmoqda. Shu bilan birga, hududlar kesimida natijadorlik o‘rtasida sezilarli tafovutlar mavjud. O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratilgan. Biroq bir xil hajmdagi resurs turli hududlarda turlicha natija bergan.
Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
13 282
Birinchi Prezidentimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yod
+5
Birinchi Prezidentimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasini abadiylashtirish boʻyicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Toshkentda Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Samarqandga tashriflar chogʻida uning maqbarasini ziyorat qilish ezgu anʼanaga aylandi. Marosimda Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi. Islom Karimovning mamlakatimiz mustaqilligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlari yodga olindi.
Отдана дань уважения памяти Первого Президента нашей страны. Президент Шавкат Мирзиёев посетил Научно-просветительский мемориальный комплекс имени Ислама Каримова и возложил венок к подножию памятника Первому Президенту.
По инициативе и при внимании Президента Шавката Мирзиёева проведена большая работа по увековечению памяти Первого Президента. В Ташкенте создан Научно-просветительский мемориальный комплекс имени Ислама Каримова. Доброй традицией стало посещение его мавзолея во время поездок в Самарканд. На церемонии были прочитаны суры из Корана и произнесены дуа. Были отмечены заслуги Ислама Каримова в обретении независимости страны, обеспечении мира и стабильности, повышении благосостояния народа.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

DSBA
13 282
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi “ShHT plyus” uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌BMT o‘zining markaziy, mu
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi “ShHT plyus” uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌BMT o‘zining markaziy, muvofiqlashtiruvchi rolini saqlab qolishi, mintaqaviy tuzilmalar esa uning sa’y-harakatlarini to‘ldirishi lozim; 📌Yangi dunyo tartiboti nafaqat xalqaro munosabatlar tizimidagi global kuchlar nisbatini mustahkamlashi, balki mintaqaviy muammolarning adolatli hal etilishiga ham xizmat qilishi kerak; 📌“ShHT plyus” maydoni davlatlar, mintaqalar va tashkilotlarni umumiy kun tartibi atrofida birlashtirishga qodir. Bu yerda turli tashabbuslarni o‘zaro uyg‘unlashtirish va global boshqaruv arxitekturasini shakllantirish bo‘yicha muloqot olib borish mumkin va zarur; 📌O‘zbekiston Yevroosiyo makonida ochiq va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish tarafdori; 📌Biz shunday ko‘p qutblilik tarafdorimizki, u yangi ajratuvchi chiziqlarni yaratmaydi, balki imkoniyatlar makonini kengaytiradi, mintaqaviy loyihalar va tashabbuslar o‘zaro raqobatlashmaydi, balki bir-birini samarali to‘ldiradi; 📌“ShHT plyus” formatini mintaqalararo muloqot maydoni sifatida rivojlantirishni muhim deb hisoblayman; 📌“ShHT plyus” mintaqaviy tashkilotlarning Hamkorlik tarmog‘ini yaratish uchun platforma bo‘lib xizmat qilishi mumkin; 📌BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda mintaqaviy tashkilotlar salohiyatidan yanada faol foydalanish lozim; 📌Tabiatdan foydalanish, “yashil” energetika, raqamli xizmatlar va sog‘liqni saqlash sohalarida mintaqalararo loyihalar va texnologiyalarning Ochiq bankini shakllantirishni taklif etaman; 📌“ShHT plyus” madaniyatlar va sivilizatsiyalar doimiy forumini ta’sis etishni taklif etaman. Ushbu tadbirni BMTning manfaatdor tuzilmalari bilan birgalikda Xiva shahrida o‘tkazishga tayyormiz; 📌O‘zbekiston bundan buyon ham umumiy farovonlikni mustahkamlash va ko‘p tomonlama sheriklikni rivojlantirishga salmoqli amaliy hissa qo‘shishga tayyor. Facebook|Instagram|X

DSBA
13 282
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌O‘tgan
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌O‘tgan 25 yil davomida ShHT teng huquqli muloqotni ta’minladi, mintaqaviy barqarorlik va mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashdi;   📌Hamkorligimiz markazida ShHTning geografik va strategik o‘zagi bo‘lgan Markaziy Osiyo turganini alohida qadrlaymiz;   📌Yaqin Sharqda muloqotni qayta tiklash va keskinlikni yumshatishning qat’iy tarafdorimiz;   📌ShHT mamlakatlarining ulkan insoniy, tabiiy, ishlab chiqarish va intellektual resurslari, eng avvalo, xalqlarimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi kerak;   📌“ShHT – 2040: umumiy taraqqiyot makoni” konseptual qarashini ishlab chiqishga kirishishni taklif etaman. Uning asosiy maqsadi o‘zaro bog‘liq va barqaror makonni shakllantirishdan iborat bo‘lishi lozim;   📌Maxsus iqtisodiy zonalar, ishlab chiqarish jarayonlari, sotuv bozorlari va logistikani birlashtiradigan ShHT Sanoat kooperatsiyasi xaritasini ishlab chiqishni taklif etamiz;   📌Hozirning o‘zidayoq umumiy tamoyillarni kelishish bosqichidan ShHT Taraqqiyot bankini amaliy ishga tushirishga o‘tishni zarur deb hisoblaymiz;   📌Sun’iy intellekt sohasida hamkorlik bo‘yicha Butunjahon tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusni olqishlaymiz;   📌Kelgusi yili Toshkent shahrida ShHTning sun’iy intellekt va yangi raqamli yechimlar bo‘yicha forumini o‘tkazishga tayyormiz;   📌Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlar mamlakatlarimizning oziq-ovqat, suv va energetik xavfsizligiga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu ShHT doirasida ushbu masalalar bo‘yicha yagona kun tartibini shakllantirish zaruratini taqozo etmoqda;   📌ShHTga a’zo davlatlarning temir yo‘l makonlari integratsiyasi bo‘yicha kengash ta’sis etishni maqsadga muvofiq deb hisoblayman;   📌Xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qilish uchun ShHTning Afg‘oniston bilan muntazam muloqotini qayta tiklash vaqti keldi. Facebook|Instagram|X

DSBA
13 282
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida o‘tayotgan ShHT sammiti doirasida BMT Bosh kotibi Ant
+3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida o‘tayotgan ShHT sammiti doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi. — На полях саммита ШОС в городе Бишкеке Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Генеральным секретарем Организации Объединенных Наций Антониу Гутерришем. #Mirziyoyev #uchrashuv #BMT #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

DSBA
13 282
#Mustaqillik_35 🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” O‘zbekiston Respublikasi Prezident
#Mustaqillik_35 🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi barcha yurtdoshlarimizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi! Mustaqillik — davlat suvereniteti, milliy davlatchilik, erkin tafakkur va taraqqiyotimizning mustahkam poydevoridir. Istiqlol yillarida ilm-ma’rifat va intellektual salohiyat yuksalib, inson qadri jamiyat rivojining ustuvor mezoniga aylandi. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, Vatanimiz ravnaqi bardavom, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Mustaqillik bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar! Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
13 282
#Mustaqillik_35 🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi masofaviy magistratura tinglovchilari barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi. Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin! Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin! Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
13 282
O‘zbekiston va Hindiston munosabatlarni yangi darajaga olib chiqishga kelishib oldilar Hindiston bosh vaziri Narendra Modinin
+2
O‘zbekiston va Hindiston munosabatlarni yangi darajaga olib chiqishga kelishib oldilar Hindiston bosh vaziri Narendra Modining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda tovar ayirboshlash hajmini 2030 yilga qadar 5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi (o‘tgan yili bu ko‘rsatkich ilk bor 1 mlrd dollardan oshdi). Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi. Ular savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Mazkur tashrif tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Bundan tashqari, Narendra Modi O‘zbekistonning “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
13 282
MAGISTRATURAGA QABUL: TEST SINOVLARI NATIJALARI E’LON QILINDI 😀O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosat
MAGISTRATURAGA QABUL: TEST SINOVLARI NATIJALARI E’LON QILINDI 😀O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga qabul doirasida o‘tkazilgan test sinovlari natijalari e’lon qilindi. 🗣 Davlat buyurtmasi asosida test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalari bilan bsa.dsba.uz elektron platforma orqali tanishishlari mumkin. 🗣 Ochiq tanlov asosida imtihon topshirgan talabgorlar tes😀t sinovi natijalarini qabul.dsba.uz elektron platformasidagi shaxsiy kabineti orqali ko‘rishlari mumkin. 🗣Shuningdek, test sinovlari natijalarini Akademiyaning rasmiy Telegram boti — @natijadsbabot orqali ham bilib olishingiz mumkin. Test sinovlarining birinchi bosqichida 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlar Akademiyada o‘tkaziladigan imtihonning ikkinchi bosqichi — suhbatda ishtirok etishadi. 📍 Suhbatning o‘tkazilish sanasi, vaqti va manzili haqida qo‘shimcha ma’lumotlar Akademiyaning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadi. Test natijalari hamda qo’shimcha savollar yuzasidan murojaat uchun: +998 71 239 12 98 +998 71 239 49 02 (Qo‘ng‘iroqlar faqat ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.) Test sinovlarining birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha talabgorlarni samimiy tabriklaymiz! Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

DSBA
13 282
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikk
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism): 📌 Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir; 📌 Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi; 📌 Kelgusi yillarda yurtimizda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshiramiz; 📌 Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi; 📌 Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tamiz. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi; 📌 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi; 📌 To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi; 📌Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz; 📌Mahalla jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantiriladi; 📌 O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘pqirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz; 📌 Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz; 📌 Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘q; 📌 Matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetadi. Facebook|Instagram|X

DSBA
13 282
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (bir
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (birinchi qism): 📌Buyuk istiqlolimizning ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi; 📌 Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas dinimizni, ona tilimizni, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi; 📌 Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz, jadidlar xotirasiga ta'zim bajo keltiramiz; 📌 Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yod etamiz; 📌 Islohotlarni boshlagan birinchi kunlardanoq xalqning qalbiga quloq soldik, aholining dardiga darmon bo‘lishni maqsad qildik; 📌 "Paxta qulligi", "majburiy mehnat va bolalar mehnati", "konvertatsiya cheklovi", "propiska" kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berdik; 📌 Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyatni barpo etish uchun keyingi 10 yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik. O‘zbekistonni dunyoga keng ochdik; 📌 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazishni reja qilgan edik. Bu vazifani shu yilning o‘zida ortig'i bilan amalga oshiramiz va daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiramiz; 📌 Bugungi kunda kambag'allik darajasini 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushurishga erishdik. 10 million nafar insonning turmush sifati yaxshilandi; 📌 Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarining yarmidan ko‘pini qizlar va ayollar tashkil etadi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod, ma’rifatli jamiyat deganidir; 📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarni ham taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili deb bilamiz; 📌 Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. Facebook|Instagram|X

DSBA
13 282
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikk
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism): 📌 Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir; 📌 Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi; 📌 Kelgusi yillarda yurtimizda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshiramiz; 📌 Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi; 📌 Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tamiz. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi; 📌 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi; 📌 To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi; 📌Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz; 📌Mahalla jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantiriladi; 📌 O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘pqirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz; 📌 Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz; 📌 Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘q; 📌 Matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetadi. Facebook|Instagram|X

DSBA
13 282
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantana
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqiВыступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 35-летию государственной независимости Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X