es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete 👈

2 059
Suscriptores
Sin datos24 horas
-17 días
-4130 días
Archivo de publicaciones
🦅 NAVBATDAGI MUVAFFAQIYAT: HUSNORADAN IELTS 8.0! 🎓 Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Husnora Tursunboyeva IE
🦅 NAVBATDAGI MUVAFFAQIYAT: HUSNORADAN IELTS 8.0! 🎓 Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Husnora Tursunboyeva IELTS xalqaro imtihonidan 8.0 ball qayd etdi. Ushbu natija Husnoraning ingliz tilini o‘rganish yo‘lidagi muntazam tayyorgarligi, izlanishlari va mehnati samarasidir. Husnorani yuqori natijasi bilan tabriklaymiz va kelgusi ta’limiy maqsadlarida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

🏺 TARIX SARI SAYOHAT — MEROSIMIZGA EHTIROM! 📜 Maktabimizning 8-sinf o‘quvchilari Samarqand shahridagi O‘zbekiston madaniyat
+9
🏺 TARIX SARI SAYOHAT — MEROSIMIZGA EHTIROM! 📜 Maktabimizning 8-sinf o‘quvchilari Samarqand shahridagi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, xalqimizning boy tarixiy merosi, nodir osori-atiqalari va milliy qadriyatlari bilan yaqindan tanishdilar. ✨ Bunday ma’rifiy sayohatlar yosh avlod qalbida milliy g‘urur, tarixga hurmat va ajdodlar merosiga ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlaydi. 📱 Veb sayt|📱Telegram|📱Fecebook | 📱 Youtube

🇺🇿 O‘zbekiston yosh muhandislari — FIRST Global Challenge 2026 mutlaq chempionlari! Janubiy Koreyaning Incheon shahrida qar
🇺🇿 O‘zbekiston yosh muhandislari — FIRST Global Challenge 2026 mutlaq chempionlari! Janubiy Koreyaning Incheon shahrida qariyb 200 ta davlat vakillari ishtirokida o‘tkazilgan "FIRST Global Challenge 2026" xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijaga erishdi! 🥇 Terma jamoamiz 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, musobaqaning mutlaq chempioniga aylandi. Yosh muhandislarimiz 16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 637 ball to‘pladi va musobaqa rekordini qayd etdi. ➖ Quvonarlisi, terma jamoa a’zolaridan biri — Pardayev Umarbek Sherzod o‘g‘li “Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturi ishtirokchisi hisoblanadi. U mamlakatimiz yoshlarining yuksak salohiyati va erishayotgan muvaffaqiyatlari e’tirofi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi. 🟡 Mazkur g‘alaba yoshlarimizning ilm-fan, robototexnika va muhandislik sohalaridagi salohiyatini, shuningdek, O‘zbekistonda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan sa’y-harakatlar samaralarini yana bir bor namoyon etadi. 👏 Umarbekni ushbu yuksak mukofot bilan muborakbod etamiz! Kelgusida ham yangi yutuqlar va ulkan marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!
Bizni kuzating
💻web🌐Telegram ▶YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙Portal

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylarini mukofo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni — Указ Президента Республики Узбекистан «О награждении победителей международного турнира по робототехнике и их тренеров» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

«OVOZ» — G‘OYALAR MINBARI 🎙 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida o‘quvchilarning intellektual salohiya
«OVOZ» — G‘OYALAR MINBARI 🎙 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida o‘quvchilarning intellektual salohiyati, mustaqil fikrlashi va notiqlik mahoratini rivojlantirishga qaratilgan «OVOZ» intellektual ma’ruzalar loyihasi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. TED va TED-Ed formatlaridan ilhomlangan loyiha yoshlarning dolzarb masalalar yuzasidan o‘z qarashlarini erkin ifoda etishi, yangi g‘oyalarni ilgari surishi va ularni keng auditoriyaga yetkazishi uchun imkoniyat yaratadi. 💡 Ishtirokchilar raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar, tarix va shaxsiyat, shaxsiy qarashlar hamda jamiyat va maktab hayotiga oid yo‘nalishlarda o‘z g‘oyalarini taqdim etishlari mumkin. Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlarning fikrlash madaniyati, nutq ko‘nikmalari va o‘z g‘oyalarini asosli ravishda ifoda etish qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir. 🖥 Ro‘yxatdan o‘tish 17-oktabrga qadar davom etadi. Ishtirok etish shartlari va barcha talablar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot uchun: @ovozadm1n.
Bizni kuzating
💻web🌐Telegram ▶YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙Portal

Erkinjon Turdimov: Oliy ta’limda asosiy mezon — sifatli bilim, puxta egallangan kasb va yoshlarning kelajagi O‘zbekiston Resp
+6
Erkinjon Turdimov: Oliy ta’limda asosiy mezon — sifatli bilim, puxta egallangan kasb va yoshlarning kelajagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov oliy ta’lim yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning tizimdagi mavjud holat, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan tayyorlagan taqdimotlari bilan tanishdi. Taqdimot davomida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalar uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning chuqur bilim olishi, xorijiy tillarni o‘rganishi, tanlagan kasbini puxta egallashi, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi hamda o‘qishni tamomlagach, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topishiga ko‘maklashish kabi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi. Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, professor-o‘qituvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari ham e’tibor markazida bo‘ldi. Asosiy maqsad — oliy ta’limni shunchaki diplom beradigan tizim emas, balki yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, chuqur bilimga va puxta kasbiy tayyorgarlikka ega, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi etib tarbiyalaydigan muhitga aylantirish. Taqdimotlar davomida mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish, ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish hamda belgilangan vazifalarni amaliy natijalar bilan bog‘lash zarurligiga alohida urg‘u berildi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligida Kanadaning nufuzli universitetlari vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi �
+3
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligida Kanadaning nufuzli universitetlari vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi 🇺🇿🇨🇦Bugun Agentlik direktori Sevara Shakirova hamda Kanadaning yetakchi oliy ta'lim muassasalari vakillari o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Kanadaning quyidagi universitetlari delegatlari ishtirok etdi: ➖ Saint Mary's University vakili May Zaw ➖ Simon Fraser University vakili Dina Thompson ➖ York University vakili Sunera Ali Muzokaralar davomida quyidagi muhim masalalar va istiqbolli rejalar muhokama qilindi: ✅ Ta'lim grantlari va qabul: Agentlik tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari uchun Kanada universitetlariga qabul jarayonida maxsus shartlar yaratish hamda ta'lim grantlari (scholarships) ajratish masalalari. ✅ Almashinuv dasturlari: O'quvchilar uchun Kanada va O'zbekiston o'rtasida yozgi oromgohlar tashkil etish hamda talabalar tashriflarini yo'lga qo'yish. ✅ Malaka oshirish: Maktab maslahatchilari (school counselors) hamda STEM fanlari o'qituvchilari uchun xalqaro tajriba asosida maxsus treninglar o'tkazish. ✅ Rasmiy hamkorlik: Har uchala universitet bilan rasmiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Hamkorlik memorandumlarini (MoU) imzolash imkoniyatlari.
Bizni kuzating
💻web🌐Telegram ▶YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙Portal

FIPhO 2026: Olimpiadaning amaliy bosqichi yakunlandi! 🌍Mazkur bosqichda ishtirokchilar o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash, murakkab laboratoriya topshiriqlarini aniqlik va puxtalik bilan bajarish ko‘nikmalarini namoyon etdilar. 🕓 Amaliy bosqich jami 5 soat davom etdi. 🤩 Olimpiadaning navbatdagi — nazariy bosqichi 14-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Bizni kuzating
💻web🌐Telegram ▶YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙Portal

#sohaga_doir_hujjatlar ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvch
#sohaga_doir_hujjatlar ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida: ➖ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi; ➖ 12 nafar shtat birligidan iborat bo‘lgan Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi. 👉 Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatining: ➖ 5 ta shtat birligi — Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘limi hisobidan; ➖ 7 ta shtat birligi — qayta tashkil etilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan shakllantiriladi. 👉 Farmonga ko‘ra: ➖ Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qiladi, ularni muvofiqlashtiradi. 👉 Farmonning to‘liq matni
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

🎓 SAT VA AP DAY: PLENAR SESSIYALAR BOSHLANDI 📍 Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan College Board SAT | Advanced Placement (AP
+6
🎓 SAT VA AP DAY: PLENAR SESSIYALAR BOSHLANDI 📍 Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan College Board SAT | Advanced Placement (AP) Day xalqaro tadbiri doirasida plenаr sessiyalar o‘z ishini boshladi. 🎤 Sessiyalar davomida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Prezident maktablari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Nursulu Baltabayeva O‘zbekistonda maktab maslahatchilarining o‘rni va ahamiyati, shuningdek, ularning o‘quvchilarni xalqaro universitetlarga yo‘naltirishdagi vazifalari haqida ishtirokchilarga ma’lumot berdi. 🌐 Tadbirda Agentlik tizimidagi maktablarning maktab maslahatchilari ham faol ishtirok etmoqda. Ular nufuzli xalqaro universitetlarga qabul jarayonlari, TOP universitetlarga kirish talablari hamda o‘quvchilarni ushbu jarayonga tayyorlash bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqda. ✅ Bunday muloqotlar maktab maslahatchilarining tajribasini oshirish, xalqaro ta’lim imkoniyatlari haqidagi bilimlarini kengaytirish va o‘quvchilarni xorijiy oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
💻web🌐Telegram ▶️YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙️Portal

#bizning_faxrimiz #SAT_result 🔹Samarqand shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Xujayarov Diyorbek Shayxiddinov
#bizning_faxrimiz #SAT_result 🔹Samarqand shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Xujayarov Diyorbek Shayxiddinov IELTS imtihonidan 8 ball hamda SATdan imtihonidan 1530 ball toʻplab, xalqaro darajadagi imtihonlarda katta muvaffaqiyatga erishdi. 💫Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz! 📱 Veb sayt|📱Telegram|📱Fecebook | 📱 Youtube

Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish, kadrlarning kasbiy kompetentligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi O‘z
+4
Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish, kadrlarning kasbiy kompetentligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik markaziy apparati xodimlari bilan muloqot qildi. Uchrashuvda maktabgacha va maktab ta’limi sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Mavjud strategiya va dasturlar ijrosi ko‘rib chiqilib, har bir yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Erkinjon Turdimov sohadagi muammolarni chuqur o‘rganish, ularga amaliy yechim topish va natijasini ta’lim muassasalari faoliyatida namoyon etish zarurligini ta’kidladi. Muloqot yakunida mas’ullarga ta’lim sifatini yaxshilash va kadrlarning kasbiy kompetentligini oshirishga qaratilgan aniq taklif hamda tashabbuslarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini
+6
Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va kasbi bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash va ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. O‘qituvchining jamiyatdagi obro‘si va nufuzini yuksaltirish, uning mehnati qadrlanishi, o‘z ustida ishlashi va bor e’tiborini ta’limga qaratishi uchun munosib sharoit yaratish ham muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi. Erkinjon Turdimov muammolarni sanab o‘tish bilan cheklanmasdan, har biri bo‘yicha amaliy yechim qilish zarurligini ta’kidladi. Xodimlarga o‘quvchi, talaba va pedagog hayotida ijobiy o‘zgarish beradigan aniq takliflar tayyorlash vazifasi qo‘yildi. Manba 📱Veb-sayt 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱LinkedIn 📱YouTube

📚 “USTOZ VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR” 🏫 Samarqand shahridagi Prezident maktabida “Ustozga ehtirom” oyligi doirasida “Ustoz
+9
📚 “USTOZ VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR” 🏫 Samarqand shahridagi Prezident maktabida “Ustozga ehtirom” oyligi doirasida “Ustoz va zamonaviy texnologiyalar” mavzusida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi. 💡 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalar, internet va sun’iy intellektning o‘rni, ulardan samarali va mas’uliyatli foydalanish masalalarini muhokama qildilar. Mavzu doirasida ustozning jamiyatdagi beqiyos o‘rni, zamonaviy ta’limdagi vazifalari hamda texnologiyalar bilan uyg‘un faoliyatining ahamiyati yoritildi. ✨ Zero, texnologiyalar bilim olish imkoniyatlarini kengaytiradi, ustoz esa yosh avlodga bilim, tarbiya va hayotiy yo‘l ko‘rsatadi! https://t.me/SamarqandPM

☀️ ERTALABKI SAFLANISH Bugun Samarqand shahridagi Prezident maktabida navbatdagi ertalabki saflanish tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🇺
+5
☀️ ERTALABKI SAFLANISH Bugun Samarqand shahridagi Prezident maktabida navbatdagi ertalabki saflanish tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. 📋 O‘quvchilar kengashi rejalari Saflanish davomida maktabimiz O‘quvchilar kengashi tomonidan kelgusi ikki hafta davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar va tashabbuslar taqdim etildi. Ushbu rejalar maktab hayotini yanada faol va mazmunli tashkil etish, o‘quvchilarni turli tadbirlar va tashabbuslarga keng jalb qilishga qaratilgan. ✨ Yangi rejalar va tashabbuslar o‘quvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratib, maktab muhitini yanada qiziqarli va faol qilishga xizmat qiladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 🌐 Veb-sayt | Telegram | Facebook | YouTube

#FIPhO_2026 #Sam_PS 🔭 Ko‘hna va navqiron Samarqandda Al-Farg‘oniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi start oldi. Unda Samar
#FIPhO_2026 #Sam_PS 🔭 Ko‘hna va navqiron Samarqandda Al-Farg‘oniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi start oldi. Unda Samarqand shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Alibekov Behruz ham ishtirok etmoqda. Maʼlumot uchun: mazkur olimpiadada dunyoning 15 ta mamlakati: 🇨🇳 Xitoy, 🇯🇴 Iordaniya, 🇰🇿 Qozog‘iston, 🇰🇼 Quvayt, 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇱🇻 Latviya, 🇲🇾 Malayziya, 🇲🇳 Mongoliya, 🇶🇦 Qatar, 🇷🇴 Ruminiya, 🇷🇺 Rossiya, 🇹🇷 Turkiya, 🇹🇲 Turkmaniston, 🇻🇳 Vyetnam, 🇺🇿 O‘zbekiston davlatlaridan terma jamoalar qatnashadi. 🤝 Prezident maktabi jamoasi Behruzga omad, yuksak natijalar va g‘alaba tilaydi! https://t.me/SamarqandPM

🍽 Pazandachilik to‘garagi — milliy qadriyat va mahorat maktabi! 🔹 Samarqand shahridagi Prezident maktabida 5–8-sinf o‘quvch
+7
🍽 Pazandachilik to‘garagi — milliy qadriyat va mahorat maktabi! 🔹 Samarqand shahridagi Prezident maktabida 5–8-sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida navbatdagi “Pazandachilik to‘garagi” amaliy mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. 🔹 Ushbu mashg‘ulotlar qizlarimizda xonadon sabog‘i, ro‘zg‘orshunoslik va pazandachilik sirlarini shakllantirib, ularni sharqona odob-axloq va boy milliy qadriyatlarimiz ruhida voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda. 🔹 Zukko va pazanda qizlarimiz — xonadonlarimiz ko‘rki va milliy an’analarimiz davomchisidir! 🌐 Bizni kuzating ijtimoiy tarmoqallarda kuzating: Veb sayt|Telegram|Fecebook | Youtube

#FIPhO_2026 #Opening_ceremony FIPhO 2026: Xalqaro olimpiadaning tantanali OCHILISH MAROSIMI oʻtkazildi! ⭐️ Bugun ko‘hna va na
+9
#FIPhO_2026 #Opening_ceremony FIPhO 2026: Xalqaro olimpiadaning tantanali OCHILISH MAROSIMI oʻtkazildi! ⭐️ Bugun ko‘hna va navqiron Samarqandda Al-Farg‘oniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
✅Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari X.Shakirov, Samarqand viloyat Hokimi o‘rinbosari X.To‘xtayev, Fan olimpiadalari markazi direktori T.Shermatov, Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i R.Yo‘ldoshev ishtirok etdi.
➖ Oʻzbekistonda ikkinchi marotaba oʻtkazilayotgan mazkur olimpiada fizika fanidan tashkil etilmoqda. 📢Olimpiadaga dunyoning 15 ta mamlakati — 🇨🇳 Xitoy, 🇯🇴 Iordaniya, 🇰🇿 Qozog‘iston, 🇰🇼 Quvayt, 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇱🇻 Latviya, 🇲🇾 Malayziya, 🇲🇳 Mongoliya, 🇶🇦 Qatar, 🇷🇴 Ruminiya, 🇷🇺 Rossiya, 🇹🇷 Turkiya, 🇹🇲 Turkmaniston, 🇻🇳 Vyetnam, davlatlaridan kelgan hamda 🇺🇿Oʻzbekiston vakillaridan iborat eng iqtidorli oʻquvchi-yoshlar ishtirok etadi. ❗️ Olimpiada bahslari 12- va 14-oktabr kunlari 2 turda oʻtkaziladi. Olimpiada topshiriqlari xalqaro olimpiada standartlari asosida baholanadi. ⭐️ Shuningdek, mazkur nufuzli ilmiy musobaqaga xorijiy davlatlardan yuqori malakali xalqaro ekspertlar, yetuk olimlar hamda professorlar jalb etilgan. 👉 Olimpiada so‘nggida gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan oltin, kumush, bronza medallari bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

⚡️SAMARQANDDA II AHMAD AL-FARG‘ONIY NOMIDAGI XALQARO FIZIKA OLIMPIADASINING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati    📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube📱Veb-sayt📱instagram

SAMARQANDDA II AHMAD AL-FARG‘ONIY NOMIDAGI XALQARO FIZIKA OLIMPIADASINING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI 📍 Bugun Samarqand s
+9
SAMARQANDDA II AHMAD AL-FARG‘ONIY NOMIDAGI XALQARO FIZIKA OLIMPIADASINING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI 📍 Bugun Samarqand shahridagi Yoshlar markazida II Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli xalqaro bilimlar bellashuvi turli mamlakatlardan kelgan iqtidorli yoshlarni bir maydonga jamlab, ilm-fan, do‘stlik va hamkorlikni o‘zida mujassam etdi. 🎓 Tantanali marosimda viloyat hokimi o‘rinbosari Husan To‘xtayev hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari Hasan Shokirov so‘zga chiqib, olimpiada ishtirokchilarini qutladi. Ular yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, fizika sohasidagi iqtidor va salohiyatni rivojlantirish hamda xalqaro miqyosda tajriba almashish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tiladilar. 🔔 Marosimning muhim lahzalaridan biri olimpiadaning rasmiy ochilish tugmasini bosish bo‘ldi. Fan olimpiada markazi direktori Turaboy Shermatov, viloyat hokimi o‘rinbosari Husan To‘xtayev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari Hasan Shokirov hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Rustam Yo‘ldoshev olimpiadaning rasman ochilganini e’lon qildilar. Mazkur olimpiadada dunyoning 20 ga yaqin mamlakatidan 200 nafarga yaqin xorijiy yoshlar hamda O‘zbekistondan 100 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etmoqda. Bu esa xalqaro bellashuvning ko‘lami va turli davlatlar yoshlari o‘rtasida ilmiy muloqotni rivojlantirishdagi ahamiyatini namoyon etadi. 🔬 Fizika — tabiat qonunlarini anglash, murakkab jarayonlarni tahlil qilish va yangi kashfiyotlar sari yo‘l ochuvchi muhim fanlardan biri. Mazkur olimpiada yoshlarning bilim va salohiyatini namoyon etishi, mantiqiy fikrlash qobiliyatini sinovdan o‘tkazishi, shuningdek, xalqaro miqyosda do‘stlik va tajriba almashish uchun muhim imkoniyat yaratishi bilan ahamiyatlidir. 📚 10–17 oktyabr kunlari davom etadigan olimpiada doirasida iqtidorli yoshlar o‘z bilimlarini namoyon etib, yangi tajriba va taassurotlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati    📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube📱Veb-sayt📱instagram