ru
Feedback
2 076
Подписчики
-124 часа
-197 дней
-730 дней
Архив постов
Andijon shahridagi yangi yoʻloʻtkazgich aholiga katta qulaylik yaratdi. — Новый путепровод в городе Андижане значительно облегчил передвижение жителей. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from Saida Mirziyoyeva
BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa yo‘qolib borayotgan hozirgi dunyoda
+5
BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa yo‘qolib borayotgan hozirgi dunyoda O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi haqida so‘zladim. Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz. Nutqimda Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tdim. Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor. — Выступила на 81-й Генеральной Ассамблее ООН. С трибуны этой организации я говорила о позиции Узбекистана в мире, где становится всё больше конфликтов и всё меньше доверия. Наш выбор ясен — открытость, добрососедство и диалог. Мы выступаем за мир, сотрудничество и уважение человеческого достоинства. Говорила о переменах в Центральной Азии, реформах в Узбекистане, экологии и трагедии Арала, развитии искусственного интеллекта, верховенстве закона и правах человека. Сегодня ни одна страна не может справиться с глобальными проблемами в одиночку. Узбекистан готов вносить свой вклад в мир, основанный на доверии и взаимном уважении.

“Vatanga sadoqat – oliy maqsadim” 🔅 Samarqand shahridagi Prezident maktabining 8–9-sinf o‘quvchilari ishtirokida Vatanga sad
+9
“Vatanga sadoqat – oliy maqsadim” 🔅 Samarqand shahridagi Prezident maktabining 8–9-sinf o‘quvchilari ishtirokida Vatanga sadoqat, fuqarolik mas’uliyati, huquqiy ong va siyosiy madaniyatni yuksaltirish, yoshlarning jamiyat va davlat hayotidagi faol ishtirokini kuchaytirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. ☀️ Tadbirda o‘quvchilar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarning o‘rni va mas’uliyati haqidagi fikrlarini mazmunli taqdimotlar orqali namoyon etdilar. 🌐 Bizni kuzating ijtimoiy tarmoqallarda kuzating: Veb sayt|Telegram|Fecebook | Youtube

#Yil_oʻqituvchisi AGENTLIK TIZIMIDAGI YANA BIR PEDAGOG — “YIL O‘QITUVCHISI” TANLOVI G‘OLIBI! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim mu
#Yil_oʻqituvchisi AGENTLIK TIZIMIDAGI YANA BIR PEDAGOG — “YIL O‘QITUVCHISI” TANLOVI G‘OLIBI! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Do‘stlik tumani ixtisoslashtirilgan maktabining biologiya fani o‘qituvchisi Ulug‘murod Fayzullayev “Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ushbu natija ustozning kasbiy mahorati, doimiy izlanishi hamda ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi samarali mehnatining munosib e’tirofidir. Ustozimizga kelgusi pedagogik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, shogirdlariga esa yuqori natijalar tilaymiz.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

Olmosning asosiy kimyoviy tarkibi nima?
Anonymous voting

Ummaviylar xalifaligining asosiy poytaxti qaysi shahar bo‘lgan?
Anonymous voting

QR-koddagi «QR» qisqartmasi nimani anglatadi?
Anonymous voting

Soat 3:15 bo‘lganda soatning ikki strelkasi orasidagi kichik burchak taxminan necha daraja bo‘ladi?
Anonymous voting

Repost from Saida Mirziyoyeva
BMT bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoq
+8
BMT bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoqda. Ular qatorida, jumladan, O‘zbekiston ham bor. Mamlakatimiz delegatsiyasi umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi. — Штаб-квартира ООН в рамках 81-й сессии Генеральной Aссамблеи принимает делегации почти 130 стран, включая Узбекистан. Делегация нашей страны в ходе общих прений заслушала доклады ряда глав государств.

#Rahbar_kubogi 🏆 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport, muhandislik va ixtisos
+3
#Rahbar_kubogi 🏆 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport, muhandislik va ixtisoslashtirilgan maktablarining 8-9-10-sinf o’quvchilari o’rtasida sportning mini-futbol hamda shaxmat turlari bo’yicha “Rahbar kubogi” sport musobaqalariga start berildi!
Ushbu musobaqaning sektor bosqichida 248 ta maktabdan jami 2480 nafar o’quvchi ishtirok etdi.
✅ Musobaqaning asosiy maqsadi — o‘quvchi-yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, jamoaviy o‘yinlar orqali sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashdan iborat. Musobaqaning hududiy (viloyat) bosqichini joriy yilning 1-10-oktyabr kunlari, Respublika bosqichini esa 5-7-noyabr kunlari Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida o’tkazish rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

QORAQALPOG‘ISTONLIK IQTIDORLI YOSHLAR — PREZIDENT MAKTABIDA 🎓 Qoraqalpog‘istonlik bir guruh iqtidorli o‘quvchi-yoshlar Toshk
+3
QORAQALPOG‘ISTONLIK IQTIDORLI YOSHLAR — PREZIDENT MAKTABIDA 🎓 Qoraqalpog‘istonlik bir guruh iqtidorli o‘quvchi-yoshlar Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurib, maktabdagi ta’lim muhiti va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida o‘quvchilarga maktabdagi ta’lim jarayoni, zamonaviy laboratoriya va sinfxonalar, kutubxona, oshxona hamda o‘quvchilar yotoqxonasi tanishtirildi. Yoshlar Prezident maktabida o‘quvchilarning bilim olishi va har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlarni bevosita ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar. Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2025-yil 30-noyabrdagi 02-PA-1/1-4176-sonli topshirig‘i bilan tasdiqlangan Kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosi doirasida tashkil etildi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#Qodiriy_izdoshlari 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Qodiriy izdoshlari” yangi loyihasi yo‘lga qo‘yildi. ✍️ #Qodiriy_izdoshlari rukni orqali maktabning iste’dodli o‘quvchilari ijodidan namunalar muntazam taqdim etib boriladi. Ruknning ilk sonida Marjona Eshqulovaning ijodiy ishlari bilan tanishishingiz mumkin.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-Y
+3
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.
Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi eng muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Prezident Administratsiyasi rahbarining Antoniu Guterrish bilan muloqoti O‘zbekistonning BMT maydonida dunyo miqyosidagi dolzarb chaqiriqlarga yangicha g‘oyalar bilan javob berish, global muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha qat’iy intilishini namoyon etadi.
Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

#21_sentabr #Xalqaro_tinchlik_kuni “Tinch osmon ostida — baxtli bolalik” 🕊 21-sentabr — Xalqaro tinchlik kuni munosabati bil
+9
#21_sentabr #Xalqaro_tinchlik_kuni “Tinch osmon ostida — baxtli bolalik” 🕊 21-sentabr — Xalqaro tinchlik kuni munosabati bilan Samarqand Prezident maktabining 5-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Tinch osmon ostida — baxtli bolalik” nomli amaliy va ijodiy tadbir tashkil etildi. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, “Tinchlik xaritasi” va “Tinchlik bog‘i” mavzularida jamoaviy rasmlar yaratdilar. Shuningdek, rangli kaft izlaridan tinchlik kabutari va ramziy daraxt kompozitsiyalarini hosil qildilar. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘z ijodkorligi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. 🌐 Bizni kuzating ijtimoiy tarmoqallarda kuzating: Veb sayt|Telegram|Fecebook | Youtube

#Ustoz_va_murabbiylar_kuni 💐 USTOZINGIZGA RAHMAT AYTISHGA TAYYORMISIZ? Hayotimizda bilimi, maslahati va qo‘llab-quvvatlashi
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni 💐 USTOZINGIZGA RAHMAT AYTISHGA TAYYORMISIZ? Hayotimizda bilimi, maslahati va qo‘llab-quvvatlashi bilan unutilmas iz qoldirgan insonlar bor. Ular — ustozlarimiz. 🎓 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan #Ustozimga_rahmat chellenjiga start beramiz. 🎥 Chellenjda ishtirok etish uchun hayotingizda alohida o‘rin tutgan ustozingiz haqida 30–60 soniyalik video tayyorlang. Unda ustozingizdan olgan eng muhim sabog‘ingiz va uning hayotingizdagi o‘rni haqida so‘zlab, “Ustozim, Sizga rahmat!” deya minnatdorligingizni bildiring. Imkon bo‘lsa, ustozingiz bilan uchrashing, unga qo‘ng‘iroq qiling yoki tayyorlagan videomurojaatingizni bevosita yetkazing. ✅ Videoni ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizga joylashtiring va quyidagi xeshteglardan foydalaning: #Ustozimga_rahmat #1_oktabr #Ustoz_va_murabbiylar_kuni #Bir_umrlik_iz
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#AvtomobilsizKun #WorldCarFreeDay #22Sentabr 🚗 Ertaga, 22-sentabr — Xalqaro avtomobilsiz kun! 🚲🚶‍♂️ Ertaga hech bo'lmagand
#AvtomobilsizKun #WorldCarFreeDay #22Sentabr 🚗 Ertaga, 22-sentabr — Xalqaro avtomobilsiz kun! 🚲🚶‍♂️ Ertaga hech bo'lmaganda bir kunga shaxsiy avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped uchish yoki jamoat transportidan foydalanish taklif etiladi. Nima uchun bu muhim? Toza havo: Zararli gazlar miqdori kamayib, shahar havosi tozaradi. Sog'liq uchun foyda: Piyoda yurish va velosiped uchish - yurak hamda tana uchun eng yaxshi mashq. Tirbandlikka barham: Kamroq mashina - erkinroq va tinchroq ko'chalar. Ertaga kichik bir sinov o'tkazib ko'ring: mashina kalitini bir chetga surib, yo'lga piyoda yoki velosipedda chiqing. Tanangiz ham, atrof-muhit ham sizdan minnatdor bo'ladi! 🌱✨ Siz ertaga ishga yoki o'qishga qanday borasiz? Izohlarda ulashing! Yangiliklarni kuzatib boring! 💚 Kanalga ulanish👇👇👇 🔹GreenGuardians_SamPS

#KelajakMarkazlari #JadidlarIzidan 📢"Jadidlar izidan" tanlovi yana Siz bilan! 🤐 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi tomonidan oʻtkaziladigan “Jadidlar izidan” respublika ko‘rik-tanlovining uchinchi mavsumi boshlanmoqda! ⚡️ Tanlov ikki yosh toifasida 6-8 hamda 9-10-sinf o‘quvchilari o'rtasida o‘tkaziladi. 🔗 Ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish: ✅6-8-sinf ✅9-10-sinf ▪️ Arizalar 15-oktabrgacha qabul qilinadi.
🟧Respublika bosqichi g’oliblari xorijga ta'lim sayohati va oliy ta'lim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonida soha bo‘yicha eng yuqori ball olish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.
🔗Tanlov NIZOMI bilan tanishing! 📚 Jadidlar merosini birgalikda o'rganamiz! 📱Veb-sayt 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱LinkedIn 📱YouTube

📹 O'ZBEGIM – Aibek. (Erkin Vohidovning "O'zbegim" qasidasi asosida) Bizni kuzating ijtimoiy tarmoqallarda kuzating: Veb sayt|Telegram|Fecebook | Youtube