Yoshlar ishlari agentligi
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram Yoshlar ishlari agentligi
El canal Yoshlar ishlari agentligi (@yoshlaragentligi) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 272 891 suscriptores, ocupando la posición 217 en la categoría Educación y el puesto 100 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 272 891 suscriptores.
Según los últimos datos del 05 septiembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -25 770, y en las últimas 24 horas de 41, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: Verificado (confirmado oficialmente por Telegram)
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 7.46%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 4.50% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 20 397 visualizaciones. En el primer día suele acumular 12 307 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 43.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 06 septiembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.
Carga de datos en curso...
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 06 septiembre | 0 | |||
| 05 septiembre | +316 | |||
| 04 septiembre | +236 | |||
| 03 septiembre | +1 | |||
| 02 septiembre | +24 | |||
| 01 septiembre | 0 |
| 2 | 🏃 Poytaxtda xalqaro yarim marafon
6-sentyabr kuni Toshkentda Tashkent International Half Marathon – 2026 bo‘lib o‘tdi. Professional va havaskor yuguruvchilar qatorida minglab yoshlar ham katta sport tadbirining faol ishtirokchisiga aylandi.
Beshta startda qariyb 24,5 ming kishi qatnashdi. Ularning 53 foizga yaqinini ayollar tashkil etdi. Marafon 50 ta mamlakatdan 2 mingdan ziyod xorijiy ishtirokchini ham bir maydonda jamladi.
Inklyuziv sportga ham alohida e’tibor qaratilib, maxsus startlarda qariyb 600 nafar ishtirokchi o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi. 21,1 km masofada 1-o‘rin uchun 15 mln so‘m, 2-o‘rin uchun 12 mln so‘m, 3-o‘rin uchun 10 mln so‘m, 5 km masofada esa kuchli uchlikka 3 mln, 2 mln va 1 mln so‘m pul mukofotlari topshirildi.
Batafsil
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 4 503 |
| 3 | Samarqanddagi XII global konferensiya o‘z yakuniga yetdi
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi o‘z ishini yakunladi. Yopilish marosimida anjumanning yakuniy deklaratsiyasi o‘qib eshittirildi.
Hujjatda inson huquqlarini himoya qilish, iqtisodiy bandlikni taʼminlash, barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, shuningdek, raqamli xavfsizlik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
To‘liq nutq — videoda.
#12IPU #Samarqand
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 5 344 |
| 4 | 🌱 Markaziy Osiyo yoshlarining iqlim bo‘yicha Bayonoti taqdim etildi
Samarqanddagi "RCOY Central Asia 2026" konferensiyasida mintaqa yoshlarining iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan Mintaqaviy yoshlar bayonoti taqdim etildi.
Tadbirda yoshlar o‘z taklif va tavsiyalarini Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva, BMT Bosh kotibi yordamchisi Felipe Paullier, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda hukumat va xalqaro tashkilotlar mas’ullariga rasman topshirdilar.
Mazkur hujjat yoshlarning fikrlarini eshitishdan ularni amaliy qarorlar va iqlim siyosatiga faol olib kirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Batafsil
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 10 942 |
| 5 | Sin texto... | 9 412 |
| 6 | 🌍 Samarqanddagi XII global konferensiya: Yoshlar huquqlari, raqamli xavfsizlik va iqlim barqarorligi muhokama qilindi
Samarqand shahrida davom etayotgan Parlamentlararo Ittifoqning Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi doirasida yoshlar hayotiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan muhim panel sessiyalari bo‘lib o‘tdi.
Asosiy yo‘nalishlar:
Yoshlar huquqlarini himoya qilish: Inqirozli vaziyatlarning yoshlar hayotiga taʼsiri, ularning taʼlim olishi va xavfsiz muhitda yashashini taʼminlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Raqamli makonda inson huquqlari: Raqamli muhitda shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, onlayn xavfsizlik va yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish muhokama qilindi.
Iqlim xavfsizligi va barqarorlik: Kelajak avlodlar uchun toza, sog‘lom va barqaror atrof-muhitni taʼminlash hamda iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish masalalari ilgari surildi.
Sessiyalarda xalqaro tashkilotlar va turli mamlakatlar parlamentlari vakillari o‘zaro tajriba almashib, yoshlar manfaatlarini himoya qilishda parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladilar.
Konferensiya o‘z yo‘nalishi bo‘yicha muhokama va sessiyalarni davom ettirmoqda.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 15 352 |
| 7 | 🌍 Kelajak ovozi Samarqandda: RCOY Central Asia 2026 boshlandi!
Samarqand shahrida 4–6-sentyabr kunlari BMTning Markaziy Osiyo yoshlar iqlim konferensiyasi — RCOY Central Asia 2026 o‘z ishini boshladi.
Nufuzli anjumanda mintaqaning 9 ta davlatidan kelgan 100 nafarga yaqin faol yoshlar, ekspertlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ekologiya, iqlim o‘zgarishi va suv resurslarini boshqarish masalalarini muhokama qilish uchun bir maydonda jamlandi.
Anjuman doirasida yoshlar tomonidan tayyorlangan mintaqaviy bayonot va eng ilg‘or tashabbuslar joriy yilning noyabr oyida Turkiyada o‘tkaziladigan BMTning COP31 iqlim sammitida taqdim etiladi.
Konferensiya o‘z yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishlar va muhokamalarni davom ettirmoqda.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 18 515 |
| 8 | 🇺🇿 Yosh parlament a’zolari Samarqandda
Ayni damda Samarqand viloyatida Oliy Majlis Senati va Parlamentlararo ittifoq hamkorligida Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi bo’lib o’tmoqda.
Konferensiyada yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilinmoqda.
Mazkur konferensiyaning Samarqandda o‘tkazilayotgani katta ahamiyatga ega. Chunki bu tadbir yoshlarning siyosiy va ijtimoiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ularning fikr va tashabbuslarini xalqaro darajada ilgari surish uchun muhim maydon yaratadi.
#12IPU #Samarqand
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 21 638 |
| 9 | Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament aʼzolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 15 637 |
| 10 | 🇺🇿Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoqning Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi o‘z ishini boshladi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
#12IPU #Samarqand
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 16 038 |
| 11 | Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga o‘tkaziladi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 18 071 |
| 12 | Tuman shtablari kimga qancha kredit berish, uni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, mablag‘ni qaytarish muddatini uzaytirish va to‘lov grafigini biznes turiga moslashtirishni mustaqil hal qiladi.
Shuningdek, inklyuziv moliyalashtirish masalalari ham shtablar vakolatiga o‘tkaziladi.
Hozir oilaviy tadbirkorlik uchun 1 trillion 370 milliard so‘m, yoshlar tadbirkorligi uchun esa 450 milliard so‘m resurs mavjud.
Tuman shtablariga mahalliy sharoit va loyihalarning samaradorligidan kelib chiqib, moliyalashtirish masalalarini mustaqil hal etish imkoniyati beriladi.
Lider tadbirkor 10 ta oila bilan kooperatsiya qilsa, 500 million so‘mgacha, 100 ta oila bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysa, 5 milliard so‘mgacha garovsiz kredit olishi mumkin bo‘ladi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 21 394 |
| 13 | Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi.
Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas.
Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.
Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor.
Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 15 690 |
| 14 | Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda.
Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi.
Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 13 038 |
| 15 | Sin texto... | 13 988 |
| 16 | 🌎 Yoshlarning ekologik tashabbuslarini rivojlantirishga qaratilgan “Yashil kelajak” oromgohi o‘tkazildi
Yashil tashabbuslar jamg‘armasi hamda Xalqaro ekologik yoshlar qo‘mitasi hamkorligida Xalqaro shaxmat maktabida “Yashil kelajak” oromgohi tashkil etildi.
Batafsil
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 17 462 |
| 17 | 🏫Yangi o‘quv yili yangi orzular va katta maqsadlar bilan boshlandi
Bugun Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 220-maktabda yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etib, maktab o‘quvchilariga davlatimiz rahbarining yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigini yetkazdi.
Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida Alisher Sa’dullayev 11-sinfning 30 nafar o‘quvchisi uchun “Kelajak soati” darsini o‘tib berdi. Dars davomida yoshlar bilan ularning kelajakdagi maqsadlari, kasb tanlovi, sifatli ta’lim olish va mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni haqida samimiy suhbat qurildi.
Maktab kutubxonasiga o‘quvchilarning bilim olishi va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan kitoblar to‘plami ham taqdim etildi. Jumladan, 100 ta kitob, 40 ta “Garvard” to‘plami hamda “Ming kitob” loyihasining 4 ta to‘plami sovg‘a qilindi.
🕊Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilar uchun yangi bilimlar, katta imkoniyatlar va ulkan yutuqlarga boy bo‘lsin!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 20 154 |
| 18 | 🔲 Startapingizni Yandex Uzbekistan ofisida taqdim eting!
Startapingiz yoki texnologik g‘oyangiz bormi? Uni soha mutaxassislari va investorlar oldida taqdim etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
StartupFest va Yandex Uzbekistan hamkorligida Catalyst Pitch Day uchun arizalar qabul qilinmoqda.
Tadbir ishtirokchilari:
🔹 o‘z startapi yoki texnologik g‘oyasini mutaxassislar va investorlarga taqdim etish;
🔹 Yandex ekspertlari bilan muloqot qilish;
🔹 o‘z loyihasi bo‘yicha fikr-mulohaza va tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Startap jamoalari, texnologik g‘oya egalari, dasturchilar, talabalar hamda jamoalarga qo‘shilishni istagan yoshlar ariza topshirishlari mumkin.
Tadbir Yandex Uzbekistan ofisida oflayn formatda bo‘lib o‘tadi.
Ariza topshirish uchun havola.
Arizalar 2-sentabr soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 14 955 |
| 19 | 🌷“Moda yo‘li” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari yakuniga yetdi
Tanlovning hududiy bosqichlari mamlakatimizning turli hududlarida o‘tkazilib, unda yuzlab yosh dizaynerlar o‘zining ijodiy ishlari, yangi g‘oyalari va betakror kolleksiyalarini namoyish etdilar.
Tanlov davomida ishtirokchilarning ijodiy ishlari soha mutaxassislaridan iborat professional hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Bunda liboslarning badiiy-estetik va konstruktiv yechimi, mualliflik g‘oyasi, materiallardan foydalanish mahorati, kolleksiya yaxlitligi hamda taqdimot saviyasiga alohida e’tibor qaratildi.
Endi Toshkent, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida bo‘lib o‘tgan hududiy har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etgan yosh dizaynerlar aniqlandi.
Barcha ishtirokchilarni munosib ishtiroki va ijodiy izlanishlari bilan tabriklaymiz!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 18 377 |
| 20 | Qadrli yoshlar va kitobsevar vatandoshlar! 🇺🇿
Mustaqillik — qalbimizdagi Vatan tuyg‘usi bo‘lsa, kitob uni anglatuvchi eng buyuk ma’rifat manbaidir.
Kitobxonlik jamg‘armasi tomonidan tayyorlangan ushbu maxsus videorolik orqali tafakkuri ozod avlod qiyofasini namoyon etamiz. Chunki to‘xtatib bo‘lmaydigan kuch — bu Yangi O‘zbekiston avlodi!
✨ Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 18 852 |
