Prezident maktabi |Samarqand shahri
الذهاب إلى القناة على Telegram
2 072
المشتركون
-1024 ساعات
-337 أيام
-14430 أيام
أرشيف المشاركات
+9
XORIJIY TILLARGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB PEDAGOGLARI UCHUN O‘QUV-SEMINAR
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat rahbar va pedagog xodimlari uchun Toshkent shahridagi Prezident maktabida o‘quv-seminar tashkil etildi.
📚 Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad — rahbar va pedagog xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy ta’lim metodlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni Kembrij xalqaro dasturi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. Seminarda maktab rahbariyati bilan bir qatorda mahalliy va xorijiy pedagoglar ham ishtirok etdi.
O‘quv-seminarning ochilish marosimida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova hamda «Cambridge Assessment International Education» tashkiloti maslahatchisi Stiv King so‘zga chiqdi. Unda yangi maktabda o‘quvchilarning xorijiy tillarni puxta o‘rganishi, STEM fanlarini chuqur o‘zlashtirishi hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun ilg‘or xalqaro ta’lim yondashuvlarini samarali joriy etish muhimligi ta’kidlandi.
O‘quv-seminarga xalqaro tajribaga ega mutaxassislar jalb etilib, ishtirokchilar uchun yo‘nalishlar kesimida mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mashg‘ulotlarda xalqaro ta’lim tajribalarini o‘quv jarayoniga samarali tatbiq etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish hamda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Samimiy_tabrik
Hurmatli Boltayev Farrux Farxodovich!
🏵 Sizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanganingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, faoliyatingizda ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz!
Hurmat bilan Samarkand shahridagi Prezident maktabi jamoasi
#Samimiy_tabrik
Hurmatli Bolyayev Farrux Farxodovich!
🏵 Sizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanganingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, faoliyatingizda ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz!
Hurmat bilan Samarkand shahridagi Prezident maktabi jamoasi
#avgust_kengashi
#OAV_biz_haqimizda
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan Avgust kengashi – o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
✅ Avgust kengashi doirasida 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, zamonaviy ta’lim boshqaruvi, liderlik, innovatsion yondashuvlar hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Mustaqillik_menga_nima_berdi
Chekka hududdan — dunyo sahnasigacha!
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Nukus filiali o‘quvchisi Ko‘mekbaev Xasilbek Maxsetbaevich o‘zining bilim va intilishi bilan yuqori natijalarga erishmoqda. U IELTS — 7.5, SAT — 1320, matematika fanidan B+, ingliz tilidan B2 milliy sertifikat sohibi. Shuningdek, STEM olimpiadasi hamda Asosiy fanlar olimpiadasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida informatika fanidan 2-o‘rinni egallagan.
🇨🇦 Bugun ana shu izlanish va mehnat o‘z samarasini bermoqda — Xasilbek “El-yurt umidi” jamg‘armasi dasturi orqali Kanadaning Toronto universitetida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu natija — iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning salohiyatini rivojlantirish va katta maqsadlar sari yo‘naltirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning yana bir yorqin samarasidir.
✨ Qoraqalpog‘istondan Kanadagacha bo‘lgan bu yo‘l — orzu, imkoniyat, mehnat va bilim orqali erishilgan natija. Xasilbekning muvaffaqiyati yurtimizning turli hududlarida katta maqsadlar bilan yashayotgan yoshlar uchun ham munosib ibrat: qayerda yashashingizdan qat’i nazar, bilim, qat’iyat va izlanish katta marralarga yo‘l ochadi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from Sevara Shakirova
+9
#avgust_kengashi
🌿 Kelajakni yaratayotgan maktablar kuchli liderlardan boshlanadi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik Avgust kengashi — o‘quv-seminarini yakunladik.
Unda Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar hamda yangi tashkil etilgan muhandislik maktablari direktorlari bilan 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini oshirish va maktab boshqaruvini yanada takomillashtirish bo‘yicha oldimizda turgan muhim masalalarni atroflicha muhokama qildik.
Bu yilgi kengashning asosiy g‘oyasi — kuchli maktab kuchli liderlikdan boshlanadi.
❗ Seminar davomida Prezident maktablarining ilg‘or tajribalarini ixtisoslashtirilgan maktablarga integratsiya qilish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va inventarizatsiya jarayonlarini raqamlashtirish, ta’lim sifatini monitoring qilish va tahlil etish, ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish, xolis reyting va natijadorlikni oshirish mexanizmlari bo‘yicha fikr va tajriba almashdik. ❗ Shuningdek, HR siyosati va pedagoglarni boshqarishda ijtimoiy muloqot instrumentlaridan samarali foydalanish, ta’lim va sport integratsiyasi, zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar, ta’lim muassasalarida sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik. ❗ Maktab rahbarlari bilan huquqni qo‘llash va shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda uchraydigan muammolar hamda ularning yechimlari, korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha ham muhim masalalarni ko‘rib chiqdik. ❗ Shu bilan birga, ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quv reja va tarifikatsiyani shakllantirish, kelajak maktablari uchun rahbar va pedagog kadrlarni saralashning zamonaviy mexanizmlari hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab oldik.Mazkur yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha Agentligimizning tegishli boshqarma va bo‘limlari mas’ullari tomonidan seminar mashg‘ulotlari tashkil etilib, maktab direktorlari bilan mavjud muammolar, amaliy tajribalar va ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Eng muhimi, bu uchrashuvlar faqat ma’lumot berish bilan cheklanmay, joylardagi muammolarni bevosita rahbarlarning o‘zidan eshitish, fikr va takliflarni muhokama qilish hamda kelgusidagi vazifalarni birgalikda belgilab olish uchun amaliy maydon bo‘ldi. Men uchun maktab direktori — faqat ta’lim jarayonini boshqaruvchi rahbar emas. U jamoani bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, yangilikka ochiq, tashabbus ko‘rsatadigan va eng muhimi, natija uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan liderdir.
Ikki kun davomida ushbu kengashni mazmunli tashkil etish, har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tayyorlash va o‘tkazishga hissa qo‘shgan Agentligimiz jamoasi, boshqarma va bo‘limlarimiz mas’ullariga, shuningdek, o‘z tajribasi, fikr va takliflari bilan faol ishtirok etgan barcha maktab direktorlariga minnatdorlik bildiraman.🖌 Oldimizda yangi o‘quv yili va katta vazifalar turibdi. Ishonamanki, bir jamoa bo‘lib, aniq maqsad va mas’uliyat bilan harakat qilsak, ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqamiz. ✅ Rasmiy sahifalar
Bugatti avtomobillari qaysi davlatda ishlab chiqariladi?
Toshkent metrosining eng birinchi ishga tushirilgan yoʻli (liniyasi) qaysi ?
+6
#avgust_kengashi
✨ AVGUST KENGASHI: ZAMONAVIY YONDASHUV VA SOG‘LOM TA’LIM MUHITI
Avgust kengashi doirasidagi navbatdagi mashg‘ulotlarda maktabda zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, jamoada sog‘lom munosabatlarni shakllantirish va rahbarlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ “Ta’lim va sport integratsiyasi: zamonaviy yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbolli tajribalar” mavzusida ta’lim jarayonida sportning o‘rni, zamonaviy yondashuvlar va samarali tajribalar muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, ta’lim muassasalarida sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash, bu borada tizimli yondashuv va hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
✅ Maktab rahbarlari uchun huquqni qo‘llash va shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda uchraydigan muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha ham zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+6
#avgust_kengashi
✨ AVGUST KENGASHI: OCHIQLIK, MAS’ULIYAT VA NATIJADORLIK
Avgust kengashining navbatdagi yig‘ilishi ta’lim muassasalarida qonuniylik, samarali faoliyat, kadrlar salohiyati va ijro intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlandi.
✅ Ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlari, shuningdek, Ichki mehnat tartibi hamda Odob-axloq qoidalari talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
✅ Shuningdek, ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quv rejalar va tarifikatsiyani shakllantirish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
✅ Kelajak maktablari uchun rahbar va pedagog kadrlarni saralashning zamonaviy mexanizmlari yuzasidan fikr almashilib, professional va salohiyatli kadrlarni tanlashning ahamiyati qayd etildi.
✅ Shu bilan birga “Ijro intizomi — samaradorlik omili” mavzusida rahbarlarning topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlashi, mas’uliyat va natijadorlikni oshirish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
O‘zbekiston va Ozarbayjon munosabatlarining negizini mushtarak tarixiy ildizlar, ko‘p asrlik do‘stlik, buzilmas ma’naviy qadriyatlar, o‘xshash madaniyat va an’analarni mujassam etgan yagona sivilizatsion kod tashkil etadi.
Repost from Uzcosmos
+5
O‘zbekistonlik ikki qiz sun’iy yo‘ldoshning muhandislik modelini yig‘ishda ishtirok etmoqda🛰️
Ayni vaqtda Hindistonda Mission ShakthiSAT xalqaro kosmik ta’lim loyihasi bo’lib o’tmoqda.
108 ta davlatdan kelgan 12 ming nafardan ziyod yosh muhandis qizlar orasida O’zbekistonning ikki vakilasi ham ishtirok etmoqda.
Uzcosmos ko‘magida ular nafaqat saralash va ta’lim bosqichlaridan o‘tish, balki ShakthiSat-1 sun’iy yo‘ldoshining muhandislik modulini amaliy yig‘ish jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Loyihaning asosiy maqsadi — qizlarni STEM, xususan, aerokosmik muhandislik va kosmik texnologiyalar sohasiga jalb qilish hamda kelajakdagi ayol muhandislar va kosmik soha mutaxassislarini tayyorlashdir.
Dastur ishtirokchilarga kosmik muhandislik va texnologiyalar sohasida amaliy tajriba orttirish imkonini bermoqda.
———
Две девушки из Узбекистана участвуют в сборке инженерной модели спутника 🛰️
В настоящее время в Индии проходит международный образовательный космический проект Mission ShakthiSAT, направленный на развитие навыков и знаний молодых девушек в сфере космических технологий.
Среди более чем 12 тысяч молодых девушек-инженеров из 108 стран мира в проекте принимают участие и две представительницы Узбекистана.
При поддержке Uzcosmos они не только успешно прошли этапы отбора и образовательной подготовки, но и получили возможность принять непосредственное участие в практической сборке инженерного модуля спутника ShakthiSAT-1.
Основная цель проекта — привлечь девушек к направлениям STEM, в частности к аэрокосмической инженерии и космическим технологиям, а также создать возможности для подготовки нового поколения женщин-инженеров и специалистов космической отрасли.
Программа даёт участницам практический опыт в области космической инженерии и технологий.
+9
✨ AVGUST KENGASHI O‘Z ISHINI BOSHLADI
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan Avgust kengashi — o‘quv-seminari o‘z ishini boshladi.
✅ Kengashning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova so‘zga chiqib, yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish, maktab boshqaruvini takomillashtirish hamda rahbarlarning mas’uliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdilar.
✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilayotgan ikki kunlik tadbirda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar, shuningdek, yangi tashkil etilgan muhandislik maktablari direktorlari ishtirok etmoqda.
✅ Avgust kengashi doirasida 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, zamonaviy ta’lim boshqaruvi, liderlik, innovatsion yondashuvlar hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from Samarqand TVR | MTRK
"UCHINCHI RENESSANS BUNYODKORLARI" KO‘RSATUVI
#samarqandmtrk
Rasmiy sahifalar:✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston – Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi hamda Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в город Бухару для участия в мероприятиях второго дня узбекско-азербайджанского саммита и посетил мавзолей Бахауддина Накшбанда.
#Mirziyoyev #safar #Buxoro #ziyorat
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Mustaqillik35
#Samarqand
🏵 “Mustaqillik menga nima berdi?”
Samarqand shahridagi Prezident maktabining 6-sinf o‘qituvchisi Xasan Norboyev ishtirokidagi videorolikda Mustaqillikning yoshlar hayoti, ta’lim olish imkoniyatlari va kelajak sari intilishimizdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritiladi.
Bugungi tinch va farovon hayot — Mustaqillikning eng ulug‘ ne’matlaridan biridir. Zero, erkin va mustaqil Vatan — buyuk kelajak poydevoridir!
Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM
#YagonaVatan35
#BirBayroqBirYurak
#Mustaqillik35
🇺🇿 YAGONA VATAN — YAGONA XALQ — YAGONA KELAJAK!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim maskanlarida bayramona ruhni aks ettiruvchi ko‘rgazmali axborot lavhalari va raqamli axborot panellari o‘rnatilmoqda.
🖌 Yangi 2026/2027-o‘quv yili arafasida amalga oshirilayotgan mazkur tashabbuslar ta’lim muassasalarida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va istiqlol qadriyatlarini yanada keng targ‘ib etish, yosh avlod qalbida ona yurt taqdiriga daxldorlik, birlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
🇺🇿Zero, Vatanga muhabbat — uning buguni bilan faxrlanish, kelajagi uchun bilim va salohiyat bilan munosib hissa qo‘shishdan boshlanadi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
E’TIROF MUBORAK!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmoniga muvofiq, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘qituvchisi Diana Daniyar qizi Baxtiyarova “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak davlat mukofoti — yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, ularning sportdagi iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi fidokorona mehnatga berilgan munosib e’tirofdir.
💐 Diana Baxtiyarovani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi faoliyatida yangi yutuqlar, ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
