es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi

Ir al canal en Telegram

Rasmiy veb sayt: http://sammoi.uz Telegram kanal: t.me/sammohm Facebook kanal: facebook.com/sammoi.uz YouTube: https://www.youtube.com/c/Samarqandmalakaoshirishmarkazi Qayta tayyorlash bo'yicha murojaat:+998 93 071 29 98; +998 91 039 72 00

Mostrar más
3 282
Suscriptores
+524 horas
+77 días
+2730 días
Archivo de publicaciones
Repost from Saida Mirziyoyeva
Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi majmuasida bo‘lib, yuqori texnologiyalar, xususan, mudofaa sanoati sohasidagi ilg‘or loyihal
+4
Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi majmuasida bo‘lib, yuqori texnologiyalar, xususan, mudofaa sanoati sohasidagi ilg‘or loyihalari bilan tanishdim. Bunday yutuqlar zamirida ko‘p yillik ilmiy izlanishlar, iqtidorli muhandislarning mehnati hamda milliy texnologiyalarni rivojlantirishga kiritilgan investitsiyalar turibdi. Turkiyaning bu boradagi tajribasi O‘zbekiston uchun ham muhim amaliy ahamiyatga ega. Mutaxassislarimiz o‘rtasida tajriba almashish hamda texnologik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun imkoniyatlar borligini koʻrmoqdaman. — Посетила комплекс турецкой компании Baykar и познакомилась с её разработками в сфере высоких технологий, в том числе в области оборонной промышленности. За этими достижениями стоят многолетние исследования, работа талантливых инженеров и инвестиции в собственные технологии. Опыт Турции в этой сфере интересен и для Узбекистана. Вижу возможности для обмена опытом между нашими специалистами и совместной работы над технологическими проектами.

Boku shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi
+3
Boku shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammiti boshlandi. Kongress markazida davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi. — В Баку с участием Президента Шавката Мирзиёева начался седьмой саммит Совещания по взаимодействию и мерам доверия в Азии. В Конгресс-центре главу нашего государства приветствовал Президент Азербайджанской Республики Ильхам Алиев. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇹🇷🇺🇿 Ta’limda an’ana va innovatsiya uyg‘unligi: O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida yangi imkoniyatlar O‘zbekiston Respub
+2
🇹🇷🇺🇿 Ta’limda an’ana va innovatsiya uyg‘unligi: O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida yangi imkoniyatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidoğu” maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ta’lim muassasalarining o‘qitish uslublari, yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar bilan tanishildi.
“Bu yerda ta’lim sifatiga, yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan”, - deya ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.
Uning qayd etishicha, tashrif davomida ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish, maktab o‘quvchilari, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
📌Ibn Xaldun universiteti — 2015-yilda tashkil etilgan xususiy tadqiqot universiteti. Unda gumanitar va ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor qaratiladi, ta’lim ingliz, turk va arab tillarida olib boriladi. Universitetda 1 800 nafardan ortiq talaba tahsil oladi. Oliy ta’lim muassasasi O‘zbekistonning sakkizta yetakchi universiteti bilan hamkorlik memorandumlarini imzolagan. 📌“Yenidoğu” maktabi esa maktabgacha ta’limdan yuqori sinflargacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oladi. Ta’lim jarayonida an’anaviy qadriyatlar zamonaviy metodlar bilan uyg‘unlashtirilgan. Bolalarda tanqidiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish, xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish, ijodiy hamda amaliy loyihalarga jalb etishga alohida e’tibor beriladi.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#Ijodiy_uchrashuv 📚 ADABIYOT O‘QITISH METODIKASINING KECHASI, BUGUNI VA ERTASI 🏢Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markaz
+9
#Ijodiy_uchrashuv 📚 ADABIYOT O‘QITISH METODIKASINING KECHASI, BUGUNI VA ERTASI 🏢Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan taniqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 📖 “Adabiyot o‘qitish metodikasining kechasi, buguni va ertasi” mavzusida tashkil etilgan uchrashuvni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
O‘z so‘zida markaz direktori ona tili va adabiyot ta’limini rivojlantirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, yosh avlodda kitobxonlik madaniyati va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda bunday ijodiy muloqotlarning ahamiyatini ta’kidladi.
📚 Uchrashuv davomida professor Qozoqboy Yo‘ldoshevning ilmiy qarashlari, hayotiy kuzatishlari va adabiyot ta’limiga doir mulohazalari ishtirokchilar uchun mazmunli muloqot maydonini yaratdi.

#Axborot24 | 15.10.2026 Xalqaro fizika olimpiadasi mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Bokuda uchrashdilar. — Президенты Узбекистана и Азербайджана провели встречу в Баку. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Kun_hikmati ✍️Mahmudxo'ja Behbudiy "Har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadurgʻon oyinayi hayoti til va adabiyotidir.
#Kun_hikmati ✍️Mahmudxo'ja Behbudiy "Har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadurgʻon oyinayi hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yoʻqatmak, millat ruhini yoʻqotmakdur". Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇Telegram|Facebook|Youtube|Rasmiy sayt

Zo‘ravonlikning ko‘rinishi turlicha. Bolaning himoyasi esa har qanday holatda ta’minlanishi kerak. Zo‘ravonlik faqat jismoniy zarar yetkazish bilan cheklanmaydi. Tahdid qilish, kamsitish, haqoratlash, qo‘rqitish yoki bolaning zarur ehtiyojlarini e’tiborsiz qoldirish ham uning hayoti va rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bugun, 14-oktabr kuni Prezident tomonidan imzolangan qonun bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, jumladan, jinsiy zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadi. Shuningdek, zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish hamda tergov va sud jarayonlarida ularning manfaatlarini himoya qilish kafolatlari mustahkamlanmoqda. 🤝 Bolalarni himoya qilishda har birimizning e’tiborimiz muhim. Agar bola zo‘ravonlik haqida aytib bersa, uni xotirjam tinglang, ayblamang va yordam so‘rashini qo‘llab-quvvatlang. 📞 Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari haqida 1246 ishonch telefoniga xabar berishingiz mumkin. Befarq bo‘lmang. Sizning murojaatingiz bolaning himoya va yordam olishiga yo‘l ochishi mumkin. Har bir bola zo‘ravonliksiz, xavfsiz muhitda ulg‘ayishga haqli. Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🔬 TABIIY FANLAR TA’LIMIDA INNOVATSION YONDASHUV: AMALIYOT, RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA KASBIY MAHORAT 📋 Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 17-maktabda "Barqaror rivojlanish ta’limi asosida tabiiy fanlarda loyiha ishlarini tashkil etish" mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Kattaqo‘rg‘on tuman va shahar tabiiy fanlar metod birlashma rahbarlari hamda soha vakillari ishtirok etdilar. 💡 Seminar-trening jarayonida : 🔹 Raqamlashtirish va virtual laboratoriyalar: Tabiiy fan darslarida virtual laboratoriya vositalaridan foydalanib, tajriba-sinov jarayonlarini samarali modellashtirish, Kelajak soatlarining o'tilish tartibidagi o'zgarishlar; 🔹 Xalqaro baholash va mantiqiy fikrlash: O‘quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga (PISA va boshqalar) tayyorlashda tanqidiy, mantiqiy va tahliliy fikrlashni rivojlantiruvchi muammoli topshiriqlar metodikasi; 🔹 Ta’lim jarayonida Sun’iy intellekt (SI) imkoniyatlaridan samarali foydalanish tartibi amaliy mashgʻulotlar asosida tushuntirib berildi.

🏆 #YUTUQLARIMIZ 🌐 XALQARO E’TIROF — KASBIY MAHORAT SAMARASI! Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining yana bir quvo
+1
🏆 #YUTUQLARIMIZ 🌐 XALQARO E’TIROF — KASBIY MAHORAT SAMARASI! Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining yana bir quvonchli yutug‘i! Markazning Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Abduyev Sheroz Babirovich hamda Boshlang‘ich ta’lim metodisti Giyasova Shirin Kabilovna xalqaro Google for Education Professional sertifikatiga sazovor bo‘ldilar. 👏 Ushbu yutuq pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirish va xalqaro tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yo‘lidagi izlanishlarining e’tirofidir. 🎉 Hamkasblarimizni ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularga kelgusi faoliyatlarida yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar va yanada ko‘plab yutuqlar tilaymiz! 📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosab
O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov maktabgacha va mak
+3
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi mavjud holat va dolzarb masalalar, shuningdek, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan taqdimotlari bilan tanishdi. Unda ta’lim tizimini rivojlantirish, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish masalalari xususida so‘z bordi. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi. O‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni puxta o‘zlashtirishi, mustaqil fikrlashi hamda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bunda ta’lim mazmunini hayotiy ehtiyojlar bilan uyg‘unlashtirish, yoshlarni kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlash, ularning qiziqish va qobiliyatlarini erta aniqlash hamda munosib rivojlantirish uchun zarur imkoniyatlarni yaratish muhimligi qayd etildi. Taqdimotlar davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha ustuvor vazifalarni aniq belgilash, ularning ijrosi yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish va amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini ta’minlashga qaratilgan yondashuvlarni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida mahallalarni obodonlashtirish, yangi maktab va bog‘chalar qurish hamda shahar
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida mahallalarni obodonlashtirish, yangi maktab va bog‘chalar qurish hamda shahar muhitini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. (yangilanmoqda) — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией проектов, направленных на благоустройство махаллей, строительство новых школ и детских садов, а также развитие городской среды в городе Ташкенте. (обновляется) #Mirziyoyev #taqdimot #Toshkent #bunyodkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from Saida Mirziyoyeva
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Pre
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi. Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi. Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart. — Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах. Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений. Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет. Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.

#Ijodiy_uchrashuv 📚 ADABIYOT O‘QITISH METODIKASINING KECHASI, BUGUNI VA ERTASI 🇺🇿 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilga
#Ijodiy_uchrashuv 📚 ADABIYOT O‘QITISH METODIKASINING KECHASI, BUGUNI VA ERTASI 🇺🇿 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida taniqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 📖 Uchrashuv mavzusi: “Adabiyot o‘qitish metodikasining kechasi, buguni va ertasi”. 🗓 Sana: 2026-yil 15-oktyabr 🕥 Vaqt: soat 10:30 📍 Manzil: Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi, faollar zali. 💡 Uchrashuvda adabiyot o‘qitish metodikasining bugungi holati, ona tili va adabiyot hamda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini yuksaltirishga doir muhim masalalar, o‘zbek tilining nufuzi, milliy adabiyotimizning kelajagi va yosh avlod tafakkurini shakllantirishda adabiyot ta’limining o‘rni yuzasidan fikr-mulohazalar almashiladi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo'ladi. ▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt

📚 ARMGA TASHRIF: BILIM VA IZLANISH SARI MUHIM QADAM Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy va amaliy fanlarni
+6
📚 ARMGA TASHRIF: BILIM VA IZLANISH SARI MUHIM QADAM Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy va amaliy fanlarni o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 2-guruh tarix fani tinglovchilari Markaz Axborot-resurs markaziga tashrif buyurdilar. 📖 Tashrif davomida tinglovchilar o‘zlari tanlagan loyiha ishlari yuzasidan ARM fondidagi ilmiy, metodik manbalar va badiiy adabiyotlardan foydalandilar. Shuningdek, zarur ma’lumotlarni izlash, tarixiy bilimlarini boyitish hamda mustaqil izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar. ✨ Bunday amaliy mashg‘ulotlar tinglovchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda loyiha ishlarini puxta va mazmunli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

#FIPhO_2026 🌍 FIPhO–2026: XALQARO FIZIKA OLIMPIADASINING NAZARIY BOSQICHI BOSHLANDI! Al-Farg‘oniy nomidagi Xalqaro fizika ol
+9
#FIPhO_2026 🌍 FIPhO–2026: XALQARO FIZIKA OLIMPIADASINING NAZARIY BOSQICHI BOSHLANDI! Al-Farg‘oniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasining nazariy bosqichiga start berildi! 🕔 5 soat davom etadigan nazariy imtihonda ishtirokchilar 3 ta topshiriq orqali o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyati va ilmiy salohiyatlarini namoyon etadilar. 🎥 Nazariy imtihon jarayonini jonli efirda kuzating! 🏆 Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz! 📲 Bizni kuzatib boring!

APK viruslar endi sizga xavf sola olmaydi va kartangizdan pul oʻgʻirlanmaydi! Buning uchun “APK Qoʻriqchi” ilovasini oʻrnatish kifoya. 👇👇👇👇 ILOVANI OʻRNATISH Telegram | Instagram | Youtube

#FIPhO_2026 ⭐️ FIPhO 2026: Olimpiadaning Nazariy bosqichi BOSHLANISH ARAFASIDA! 🕓 Olimpiadaning nazariy bosqichi 5 soat davo
+3
#FIPhO_2026 ⭐️ FIPhO 2026: Olimpiadaning Nazariy bosqichi BOSHLANISH ARAFASIDA! 🕓 Olimpiadaning nazariy bosqichi 5 soat davom etadi. ❗️Nazariy bosqichda ishtirokchilarga 3 ta topshiriq beriladi. 🎥Nazariy imtihon jarayonini real vaqt rejimida jonli kuzatishingiz mumkin. 🔴Jonli efir ✅ Barcha ishtirokchilarga omad yor boʻlsin! Bizni kuzatib boring: ✅Veb-sayt ✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook 🔹 YouTube 🔹 Linkedin