ru
Feedback
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi

Открыть в Telegram

Rasmiy veb sayt: http://sammoi.uz Telegram kanal: t.me/sammohm Facebook kanal: facebook.com/sammoi.uz YouTube: https://www.youtube.com/c/Samarqandmalakaoshirishmarkazi Qayta tayyorlash bo'yicha murojaat:+998 93 071 29 98; +998 91 039 72 00

Больше
3 378
Подписчики
-824 часа
-287 дней
+5230 день
Архив постов
‼️‼️‼️ #Диққат_эълон 2026–2027-o‘quv yili uchun texnikumlarga hujjatlar qabuli boshlanmoqda! ⏰ 2026-yil 1-IYULdan boshlab tex
‼️‼️‼️ #Диққат_эълон 2026–2027-o‘quv yili uchun texnikumlarga hujjatlar qabuli boshlanmoqda!   ⏰ 2026-yil 1-IYULdan boshlab texnikumlarga ONLAYN qabul jarayonlari boshlanadi.  
9-sinf bitiruvchilari uchun:
📊 570 ta texnikumga hujjat topshirish imkoniyati mavjud bo’lib, mazkur muassasalarda 166 ta kasb-hunar turlari o’rgatiladi. Umumiy kvotalar soni — 202 657 ta. 🔴 Arizalar 1-20-iyul kunlari qabul qilinadi.  
11-sinf bitiruvchilari uchun:
📊 641 ta texnikumga hujjat topshirish mumkin, bu yerda 276 ta kasb va mutaxassislik yo’nalishlari mavjud. 🔹Umumiy kvota — 134 570 ta 🔹Shundan 61 298 tasi davlat granti 🔴 Arizalar 10-avgustdan 10-sentabrgacha qabul qilinadi.   🌐 Shuningdek, 14 ta Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarida 27 ta kasb va mutaxassislik o‘rgatiladi. 🔹Umumiy kvota — 1 760 ta qabul o‘rni 🔹Shundan 1 640 tasi davlat granti   🌐 Arizalarni my.edu.uz platformasi orqali onlayn yuborishingiz mumkin. 📊 Ma’lumot o‘rnida: joriy yilda 34 foiz 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga jalb etish rejalashtirilgan.   📢 Kelajagingiz sari ilk qadamni bugundan tashlang! O‘zingizga mos kasbni tanlang va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! #Texnikumlar 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar Prezident.uz|Facebook|Instagram|Yo
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar Prezident.uz|Facebook|Instagram|Yo
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar Prezident.uz|Facebook|Instagram|Yo
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from MARKAZDA YOSHLAR
#yoshlar_kuni #30_iyun Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. ✅ Mamlakatimizda har haftaning payshanb
#yoshlar_kuni #30_iyun Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. ✅ Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinib, barcha vazirlik va idoralar yoshlar muammolarini o‘rganish va yechim topish masalasiga to‘liq safarbar qilindi. ✅ Prezidentimiz amalga oshirilgan sa’y-harakatlar hisobiga yurtimizda yoshlar bilan ishlash muhiti tubdan o‘zgarganini ta’kidladi. ✅ Kecha Prezidentimiz mana shunday o‘g‘il-qizlarimizdan bir guruhini “Kelajak bunyodkori” medali va “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash haqidagi farmon va qarorni imzoladi. Bugun ushbu mukofotlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi. Prezidentimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtirokiga to‘xtalib o‘tdi.Har yili 500 ming o‘g‘il-qizni zamonaviy kasbga ega bo‘lishini ta’minlaydigan “Kelajak bilimlari ekotizimi” yo‘lga qo‘yiladi. Xalqaro kasb tanlovlarida g‘olib bo‘lgan davlat va xususiy texnikum o‘quvchilari 100 million so‘mdan, ularni tayyorlagan ustozlari 50 million so‘mdan mukofot oladi. ✅ Bugun xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlarimiz soni 650 mingdan oshdi.“Yoshlar mini-franshizasi” dasturi ishga tushiriladi. Ularga faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli shartlarda yer va kredit beriladi. ✅ Yosh liderlarni aniqlash bo‘yicha 5 ta yo‘nalishda “TOP-100” dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida “yangi iqtisodiyot”, AT va sun’iy intellekt, ta’lim, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yurtimizdagi yoshlar hamda chet eldagi vatandoshlarimiz uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi.“O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi. Yoshlarimiz o‘z natijasini platformaga kiritadi. Bu ma’lumotlar vazirliklar tomonidan o‘rganiladi va yoshlarga ball beriladi.Bank-moliya akademiyasi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha “aql markazi” sifatida belgilanadi. Bundan buyon akademiya tinglovchilari hududlarda yoshlar va tadbirkorlar bilan uchrashadi va tayyor biznes loyihalarni shakllantiradi. ✅ “Raqamli hukumat” markazida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Keyingi yil klaster quvvati 3 karra oshiriladi. Joriy yilda 20 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi. ✅ Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim” asosida o‘qishni davom ettiradi. Iqtidorli qizlar uchun muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha “Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etiladi. ✅ Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi ijtimoiy xavf guruhidagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Qanot” loyihasini ishga tushiradi.
Siz – aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: katta-katta marralar sari olg‘a qadam tashlang, o‘qing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang, qiyinchilikdan cho‘chimang, mehnatdan qochmang!
– dedi Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot yakunida. Davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

#Jarayon 🎥 📚 Kitobxonlar e'tirof etildi! 🏆 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida o'tkazilgan "Kitob o‘qish soati" tadbiri yakunida mutolaa va test sinovlarida yuqori natija qayd etgan xodimlar tantanali ravishda taqdirlandi. 📖 Kitob mutolaasi – bilim, tafakkur va ma'naviy yuksalish sari yetaklovchi eng ishonchli yo‘l. Markazda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bunday ezgu an'analar izchil davom etmoqda. 📲 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring:

Yangi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish – davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

📚 Kitob mutolaasi – ma'naviy yuksalish va intellektual taraqqiyot garovi 🏢Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida xo
+9
📚 Kitob mutolaasi – ma'naviy yuksalish va intellektual taraqqiyot garovi 🏢Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida xodimlar o‘rtasida “Kitob o‘qish soati” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar mutolaa qilgan asarlar yuzasidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, test savollariga faol javob berdilar. Kitobxonlikni targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda xodimlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan ushbu tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. 📚Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan ishtirokchilar Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov tomonidan pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandi. 📖 Kitob – bilim manbai, mutolaa esa tafakkur va muvaffaqiyat sari yetaklovchi eng ishonchli yo‘ldir. Bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar jamoada kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt

#Yutuqlarimiz #Bizning_shunday_xodimlarimiz_bor ⚡️ CHET TILINI BILISH DARAJASI SERTIFIKATINI QOʻLGA KIRITGAN XODIMLARIMIZ 🌏S
#Yutuqlarimiz #Bizning_shunday_xodimlarimiz_bor ⚡️ CHET TILINI BILISH DARAJASI SERTIFIKATINI QOʻLGA KIRITGAN XODIMLARIMIZ 🌏Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Boshlang'ich ta'lim metodisti Giyasova Shirin Kobilovna O'zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilgan chet tilini bilish darajasi to'g'risidagi imtixonlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, turk tilidan B1 sertifikatga ega bo‘ldi. 📚 Chet tili bilish - yangi imkoniyatlarni ko'paytirish. Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt

❗️⭕️⭕️ 👥 Рўйхатга олиш натижаларига кўра, Ўзбекистон аҳолиси сони 39 млн нафардан ошди 🟥 Айни вақтда аҳоли ва қишлоқ хўжали
❗️⭕️⭕️ 👥 Рўйхатга олиш натижаларига кўра, Ўзбекистон аҳолиси сони 39 млн нафардан ошди 🟥 Айни вақтда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирининг дастлабки натижаларига бағишланган матбуот анжумани бўлиб ўтмоқда. Матбуот анжуманида маълум қилинишича, рўйхатга олишнинг дастлабки натижаларига кўра, Ўзбекистон аҳолиси сони 39 047 321 нафарни ташкил этди.
Жорий статистик ҳисоб-китоблар бўйича ушбу кўрсаткич 38 236 704 нафар эди. Фарқ 810,6 минг нафарни ташкил қилди.
Шунингдек, аҳоли сони 1989 йилдаги рўйхатга олиш натижаларига нисбатан 2 баробарга ошгани маълум қилинди.

#Yutuqlarimiz #Bizning_shunday_xodimlarimiz_bor ⚡️ MILLIY SERTIFIKATNI QOʻLGA KIRITGAN OʻQITUVCHILARIMIZ SAFI KENGAYMOQDA 🌏S
#Yutuqlarimiz #Bizning_shunday_xodimlarimiz_bor ⚡️ MILLIY SERTIFIKATNI QOʻLGA KIRITGAN OʻQITUVCHILARIMIZ SAFI KENGAYMOQDA 🌏Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Boshlang'ich ta'lim metodisti Rajabova Xurriyat O'ktamboyevna O'zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilgan umumta'lim fanini bilish darajasi to'g'risidagi o'zbek tili va adabiyot fanidan B (91.23%) darajali milliy sertifikatga ega bo‘ldi. 📚 Mazkur natija – ustozlarimiz uchun katta muvaffaqiyat sari tashlangan muhim qadamlardan biridir. Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt

#Yutuqlarimiz #Bizning_shunday_xodimlarimiz_bor ⚡️ MILLIY SERTIFIKATNI QOʻLGA KIRITGAN OʻQITUVCHILARIMIZ SAFI KENGAYMOQDA 🌏S
+1
#Yutuqlarimiz #Bizning_shunday_xodimlarimiz_bor ⚡️ MILLIY SERTIFIKATNI QOʻLGA KIRITGAN OʻQITUVCHILARIMIZ SAFI KENGAYMOQDA 🌏Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Fanlarni rivojlantirish bo'limi bosh mutaxassisi Hasanova Qunduz Baxtiyor qizi O'zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Chet tilini bilish darajasi to'g'risidagi sertifikatga ega bo‘ldi. 📚 Mazkur natija – ustozlarimiz uchun katta muvaffaqiyat sari tashlangan muhim qadamlardan biridir. 🌏 Hasanova Qunduz Baxtiyor qizining kelgusidagi pedagogik va ilmiy faoliyatida muvaffaqiyat tilab qolamiz! Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt

30-iyun – Yoshlar kuni muborak! Aziz va shijoatli yoshlar! Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Samarqand viloyat
30-iyun – Yoshlar kuni muborak! Aziz va shijoatli yoshlar! Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Yurtimiz taraqqiyoti, ta'lim ravnaqi va jamiyatimizning ertangi kuni sizlarning bilim, iste'dod, tashabbus va fidoyiligingiz bilan chambarchas bog'liq. Sizlarning yuksak marralarni zabt etish yo'lidagi intilishlaringiz, Vatanga sadoqatingiz va ezgu maqsadlaringiz har birimiz uchun faxr va iftixor manbaidir. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, ilm-fan, ta'lim, sport va boshqa sohalarda ulkan yutuqlarga erishayotganingiz barchamizni quvontiradi. Sizlarga mustahkam sog'liq, cheksiz g'ayrat-shijoat, ulkan zafarlar, baxt-saodat va barcha ezgu orzu-maqsadlaringiz ro'yobini tilaymiz. Doimo Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo'lida fidoyilik bilan xizmat qiladigan, bilimli va vatanparvar yoshlar safida bo'lishingizni tilab qolamiz.

30-iyun — Yoshlar kuni 📹 Siz axir osmonni olmoqchi bo‘lsangiz, ne uchun yelkamni tutib bermayin — Prezident Shavkat Mirziyoyev. Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from E’zoza Karimova
Qadrli yoshlar! Barchangizni bugungi unutilmas bayram — Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Sizlarning yonib turgan
Qadrli yoshlar! Barchangizni bugungi unutilmas bayram — Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Sizlarning yonib turgan ko‘zlaringizni, yangilikka intilishingizni va bilimga chanqoqligingizni ko‘rib, yurtimiz kelajagi ishonchli qo‘llarda ekanidan doimo faxrlanaman. Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan barcha o‘zgarishlar, yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar bitta ezgu maqsadga qaratilgan. Bu — sizlarning o‘z qobiliyatingizni to‘laqonli ro‘yobga chiqarishingiz, jahon maydonida hech kimdan kam bo‘lmagan, kuchli va bilimli bo‘lib kamol topishingizdir. Aziz yoshlar, oldingizga doim katta maqsadlar qo‘ying hamda ularga yetishish uchun doimo izlaning. O‘z kuchingizga va bilimingizga doimo ishoning, biz esa bu yo‘lda sizni qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyormiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin, hayotingizda baxt va muvaffaqiyatlar doim hamroh bo‘lsin! Hurmat bilan, Eʼzoza Karimova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi Qarori — Постановлени
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi QaroriПостановление Президента Республики Узбекистан «О присуждении Государственной премии "Мард ўғлон"» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi FarmoniУказ Президента Республики Узбекистан «О награждении группы активных и инициативных представителей молодого поколения страны в связи с Днем молодежи» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Bugun Ilmiy kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi 🏢Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov raisligid
+9
#Bugun Ilmiy kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi 🏢Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov raisligida navbatdagi Ilmiy kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 📚Yigʻilish kun tartibiga muvofiq markaz bo‘lim va kafedralarining 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan hisobotlari ko‘rib chiqildi. ✔️Unda kafedra mudirlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha olti oylik faoliyat natijalari, shaxsiy ish rejalari ijrosi hamda KPI ko‘rsatkichlarining bajarilish holati to‘g‘risida axborot berdilar. 🖇Shuningdek, bo‘limlarning olti oylik hisobotlari yo‘nalishlar kesimida direktor o‘rinbosarlari tomonidan taqdim etilib, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ma’lumot berildi. ⚡️Yig‘ilish yakunida hisobotlar muhokama qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.

Элдор Шомуродовнинг голи – ЖЧ-2026 гуруҳ босқичининг энг сара 12 та голи қаторида ФИФА расмий сайтида «Турнирнинг энг яхши голи» учун овоз бериш жараёни бошланди. Ҳозирда биринчи босқич – гуруҳ ўйинларида урилган 215 та гол орасидан энг чиройли 12 таси танлаб олинди. Рўйхатда Лионель Месси, Килиан Мбаппе, Винисиус Жуниор каби юлдузлар билан бир қаторда, Ўзбекистон терма жамоаси сардори Элдор Шомуродовнинг Конго ДР дарвозасига йўллаган "парашют" зарбаси ҳам бор. ФИФА бу вазиятга шундай баҳо берди: "Сентиметригача аниқ ҳисобланган ва мукаммал ижро этилган бу гол Ўзбекистоннинг Жаҳон чемпионатидаги дебютининг энг ёрқин лаҳзаси бўлди". Овоз бериш учун ҳавола.
✈️Бизни кузатинг
🫥Oq boʻri

🎤 Tinglovchi fikri "Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida malaka oshirish kurslarida ishtirok etish biz uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi. Kurslar davomida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarimizni yanada mustahkamladik. Malakali professor-o‘qituvchilar, samimiy muhit va yaratilgan sharoitlar bizni yangi yutuqlar sari ruhlantirdi. Barcha ustozlarga va markaz jamoasiga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz. Kelgusida olgan bilimlarimizni ta'lim sifatini oshirish yo‘lida samarali qo‘llashga harakat qilamiz." - deydi, Samarqand shahridagi 32-maktab oʻqituvchisi Mehriniso Isakova.