Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi
Відкрити в Telegram
Rasmiy veb sayt: http://sammoi.uz Telegram kanal: t.me/sammohm Facebook kanal: facebook.com/sammoi.uz YouTube: https://www.youtube.com/c/Samarqandmalakaoshirishmarkazi Qayta tayyorlash bo'yicha murojaat:+998 93 071 29 98; +998 91 039 72 00
Показати більше3 259
Підписники
-424 години
-57 днів
-2630 днів
Архів дописів
+9
QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI YOD ETILDI
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda yurtimiz tarixining og‘riqli sahifalaridan biri — qatag‘on siyosati, uning begunoh qurbonlari va millatimiz ziyolilarining taqdiri haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Davra suhbatida Markaz Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent G‘anisher Tagayev ma’ruza qilib, qatag‘on yillari, o‘sha davrda xalqimiz boshidan kechirgan sinovlar hamda istiqlol yillarida tarixiy haqiqatni tiklash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
🕊 Tadbir davomida qatag‘on qurbonlarining xotirasi yod etilib, ularning hayoti va xalqimiz ozodligi hamda kelajagi yo‘lidagi xizmatlari haqida so‘z yuritildi. Ularni tarannum etuvchi kuy-qo'shiqlar yangradi.
Tarix — xotira. Xotira esa millatning ma’naviy tayanchidir.
✍️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
+6
PEDAGOGLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
✅Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida pedagoglar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, ichki tartib-qoidalarga rioya etish hamda mehnat intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.
✨Tadbirda markaz direktori o‘rinbosari Jasur Abdurahmonov ma’ruza qilib, markaz faoliyatida belgilangan ichki tartib-qoidalar, mehnat intizomi, xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashish hamda jamoada sog‘lom ish muhitini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
✔️Shuningdek, markaz yuriskonsulti Ibrohim Doniyorov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, korrupsion holatlarning oldini olish va qonuniylikka qat’iy rioya etish yuzasidan ma’lumotlar berildi.
💬 Ochiq muloqot davomida pedagoglarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
✍️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament aʼzolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik
—
Поздравление участникам XII Всемирной конференции молодых парламентариев Межпарламентского союза
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+6
🤝 HAMKORLIK — TA’LIM SIFATI VA TAJRIBA ALMASHINUVI YO‘LIDA MUHIM QADAM
🏢Samarqand va Jizzax pedagogik mahorat markazlari o‘rtasida hamkorlik mustahkamlanmoqda.
📚Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi hamda Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedralari hamkorligida o‘zaro tajriba almashish, pedagogik faoliyatni yanada takomillashtirish va metodik xizmat samaradorligini oshirishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.
⌛Tadbir doirasida Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazining professor-o‘qituvchilari va bo‘lim xodimlari Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markaziga tashrif buyurdi.
✔️Uchrashuv davomida ikki markazning Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida hamkorlik shartnomalari imzolandi.
✅Mazkur kelishuvlar doirasida ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, metodik ishlanmalar almashinuvi, ilmiy-metodik tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
✍️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Repost from N/a
Samarqand bolalar kelajagi bo‘yicha global muloqot maydoniga aylanadi
2026-yil 21–22-oktabr kunlari Butunjahon sammiti “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo’l” bo‘lib o‘tadi.
Sammit 100 dan ortiq mamlakat vakillarini — siyosiy yetakchilar, vazirlar, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati, akademik doira hamda bolalar va o‘smirlarni bir maydonga jamlaydi.
Bugungi kunda bolalar global chaqiriqlar — mojarolar, iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy beqarorlik va ortib borayotgan tengsizlikning eng og‘ir oqibatlarini his qilayotgan guruhlar qatorida turibdi.
Muhokamalar markazida kelajak avlod taqdirini belgilovchi yo‘nalishlar bo‘ladi: • bolalar manfaatiga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya; • bolalarni himoya qilish va integratsiyalashgan qo‘llab-quvvatlash tizimlarini rivojlantirish; • qulay va barqaror sog‘liqni saqlash tizimi; • bolalar saratoniga qarshi kurash; • erta bolalik rivoji va inklyuziv ta’limda hamkorlikdagi yechimlar.Sammit doirasida shuningdek II xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ham o‘tkaziladi. Uchrashuvning asosiy natijalaridan biri sifatida Samarqand bolalar farovonligiga investitsiya qilish bo‘yicha deklaratsiya qabul qilinadi — bu aniq harakatlar va xalqaro hamkorlikka chaqiriq bo‘ladi. Bolalarga investitsiya qilish — barqaror, adolatli va tinch kelajakka investitsiya qilish demakdir.
2026-yil 21–22-oktabr Samarqand shahri, O’zbekistonBatafsil ma’lumot: investinchildren.uz Ijtimoiy tarmoqlarimiz: https://taplink.cc/investinchildren
Repost from Rasmiy axborot
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda
📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.
📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.⚡Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir. 👍 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi. ❗️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.
✅CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.✅ Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from Saida Mirziyoyeva
Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Hazrati Oliylari bilan uchrashganimdan xursandman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdim.
O‘zbekiston va Qatarni do‘stona hamda yuksak ishonchga asoslangan rishtalar bog‘lab turadi, bu hamkorlik yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Muloqot chog‘ida o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qildik. Shubhasiz, mamlakatlarimiz o‘rtasida mushtarak manfaatlar hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud.
—
Была рада встрече с Его Высочеством Шейхом Тамимом бин Хамадом Аль Тани, Эмиром Государства Катар. Передала ему искренние приветствия и самые добрые пожелания Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.
Узбекистан и Катар связывают тёплые и доверительные отношения, которые с каждым годом становятся крепче. Обсудили дальнейшее сотрудничество и новые совместные инициативы. У наших стран много общих интересов и хороших возможностей для новых проектов.
#Sayyor_qabul
📣 Samarqandda sayyor qabul tashkil etiladi
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Sobirov Anvar Kuvondikovichning jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabuli tashkil etiladi.
📅 Sana: 2026-yil 7-sentabr
⏰ Vaqti: 10:00
📍 Manzil: Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi
🤝 Sayyor qabul davomida fuqarolar hamda yuridik shaxslarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanadi.
📌 Murojaat qilish istagida bo‘lgan fuqarolarni belgilangan vaqtda sayyor qabulda ishtirok etishga taklif etamiz.
📞 Batafsil ma’lumot uchun:
+998 88 393 18 00
+998 66 238 80 99
✍️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
#Ayni_paytda
🍇 SAMARQAND PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA "UZUM SAYLI" O‘TKAZILDI
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt
+5
🚫 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH — MUROSASIZ MUNOSABAT VA YUKSAK MAS’ULIYAT
🟡 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish va jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🎙 Tadbirda markaz direktori Anvar Sobirov, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishi uchun mas’ul Xasan Bekmirzayev hamda direktor o‘rinbosari Jasur Abdurahmonov ma’ruza qilib, korrupsiyaning oldini olish, qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat vazifalarini halollik tamoyillari asosida bajarish masalalariga to‘xtalib o‘tdilar.
💬 Shuningdek, tadbir davomida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ta’lim tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
🤝 Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina mas’ul xodimlarning emas, balki har bir jamoa a’zosining muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt
+5
📚 TINGLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: MUAMMO, TAKLIF VA YECHIMLAR
🏢 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida sentyabr oyida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
💬 Markaz direktori Anvar Sobirov boshchiligida o‘tkazilgan muloqotda tinglovchilarning ta’lim jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligi hamda malaka oshirish kurslarini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr va takliflari tinglandi.
🤝 Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuv davomida tinglovchilarni qiynayotgan masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
⌛ Bunday ochiq muloqotlar pedagoglarning fikr-mulohazalarini o‘rganish, ta’lim sifatini oshirish va malaka oshirish jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.
Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard so‘m ajratilgan.
Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi.
Bir haftada ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
– Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi,– dedi davlatimiz rahbari. Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi.
Ular sentabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish majburiyatini oladi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi.
Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali vaucher orqali qoplab beriladi
Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.
Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard so‘m ajratilgan.
Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi.
Bir haftada ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
– Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi,– dedi davlatimiz rahbari. Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi. Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga doir o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi.
Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas.
Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.
Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor.
Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
+6
#Ayni_paytda
🍇 PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA UZUM SAYLI KO‘TARINKI RUHDA O‘TKAZILDI
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov tashabbusi bilan markazda milliy qadriyatlarimiz va fayzli kuz ne’matlarini tarannum etuvchi “Uzum sayli” tashkil etildi.
-Tadbir davomida turli navdagi uzumlar ko‘rgazmasi namoyish etilib, ishtirokchilarga Samarqand vohasining serhosil bog‘lari mahsulotlari taqdim etildi. Sayl jamoa a’zolarining o‘zaro hamjihatligi, do‘stona muhit va milliy an’analarimizga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlaydi, - deydi markaz rahbari Anvar SobirovMazkur tadbir nafaqat kuz faslining mo‘l-ko‘l ne’matlaridan bahramand bo‘lish, balki pedagoglar o‘rtasida samimiy muloqot va ko‘tarinki kayfiyatni qaror toptirishga xizmat qildi. 🍇 Milliy qadriyatlar e’zozlangan, birlik va hamjihatlik mujassam bo‘lgan “Uzum sayli” barchada unutilmas taassurot qoldirdi. Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt
+1
#OAVDA_BIZ
🗓"Zarafshon" gazetasining 2026-yil 27-avgust kungi 75-sonida
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi professori Haydarov Komil Donaboyevichning "Mustaqillik va maʼrifiy ong' sarlavhali maqolasi chop etildi.
Gazetadagi maqolalarni zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt
