Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi
رفتن به کانال در Telegram
Rasmiy veb sayt: http://sammoi.uz Telegram kanal: t.me/sammohm Facebook kanal: facebook.com/sammoi.uz YouTube: https://www.youtube.com/c/Samarqandmalakaoshirishmarkazi Qayta tayyorlash bo'yicha murojaat:+998 93 071 29 98; +998 91 039 72 00
نمایش بیشتر3 267
مشترکین
+524 ساعت
-97 روز
-1930 روز
آرشیو پست ها
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonotidan asosiy fikrlar:
📌Ochiq ruhda kechgan muloqotlar davlatlarimiz o‘rtasidagi samimiy do‘stlik, yuksak hurmat va o‘zaro ishonchning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi;
📌Hindiston bizning jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor va nufuzga ega bo‘lgan salohiyatli strategik sherigimizdir;
📌Hamkorligimiz yangi sifat darajasi – keng qamrovli strategik sheriklik bosqichiga ko‘tarildi;
📌Kelishuvlarimizning ijrosini to‘liq ta’minlash maqsadida Tashqi ishlar vazirlari darajasida alohida mexanizm yaratishga qaror qildik;
📌O‘tgan yili o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 33 foizga o‘sib, 1,3 milliard dollardan ortdi, 2030-yilga qadar ushbu raqamni 5 milliardga yetkazmoqchimiz;
📌Hukumatlararo qo‘shma komissiya va Ishbilarmonlar kengashi faoliyatini yanada jadallashtirishga kelishdik;
📌Energetika, o‘ta muhim minerallar, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, elektronika, zargarlik va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik kuchaytiriladi;
📌BMT, ShHT, Qo‘shilmaslik harakati, BRICS kabi nufuzli tuzilmalar va Global Janub doirasida bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashni bundan keyin ham davom ettiramiz;
📌O‘zbek va hind xalqlarini bir necha ming yillik tarixiy, madaniy va ma’rifiy ildizlar chambarchas bog‘lab turadi;
📌O‘zaro madaniyat haftaliklari, kinofestivallar va boshqa yirik tadbirlarni o‘tkazish bilan birga yangi qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini ham ishga tushiramiz;
📌30 kunlik vizasiz tartib joriy etilishi o‘zaro qatnovlarni yanada faollashtirishga xizmat qiladi;
📌Qabul qilingan hujjatlar, erishilgan kelishuvlar ijrosini to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida keng qamrovli “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.
Facebook|Instagram|X
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi.
—
Премьер-министра Индии Нарендру Моди торжественно встретили в Куксарое.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Samarqand viloyati hokimligi 🇺🇿
+9
Samarqand shahridagi "Mo‘jiza" amfiteatrida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali bayram tadbiridan foto lavhalar
Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Samarqand viloyati hokimligi 🇺🇿
+6
Samarqandda Mustaqillikning 35 yilligi tantanali nishonlanmoqda
Ayni paytda Samarqand shahridagi “Mo‘’jiza” amfiteatrida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazilmoqda. Unda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan fidoyi yurtdoshlarimiz, jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etmoqda.
Tantanali marosimda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qutlug‘ bayram — Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Bayram tadbiri davom etmoqda.
Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+4
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI SAMARQANDDA KO‘TARINKI RUHDA NISHONLANDI
Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” amfiteatrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 Bayram tadbirida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov boshchiligidagi jamoasi vakillari ham faol ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda yurtimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, xalqimizning tinch va farovon hayoti, Vatanimizning bugungi taraqqiyoti va kelajakka bo‘lgan ishonchi o‘z ifodasini topdi.
🎶 Bayramona kuy-qo‘shiqlar, dilbar raqslar va san’atkorlarning chiqishlari tadbirga o‘zgacha ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, yig‘ilganlarga unutilmas taassurot ulashdi.
✨ Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati!
🇺🇿 Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q.
—
За тридцать пять лет независимого развития мы глубоко осознали одну истину: если народ и государство объединят усилия на пути к единой цели, то для них не будет недостижимых рубежей.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ o‘ttiz besh yillik bayrami katta iftixor va tantana bilan nishonlandi.
—
C огромной гордостью, торжественно отпраздновано 35-летие независимости нашей священной Родины.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (birinchi qism):
📌Buyuk istiqlolimizning ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi;
📌 Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas dinimizni, ona tilimizni, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi;
📌 Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz, jadidlar xotirasiga ta'zim bajo keltiramiz;
📌 Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yod etamiz;
📌 Islohotlarni boshlagan birinchi kunlardanoq xalqning qalbiga quloq soldik, aholining dardiga darmon bo‘lishni maqsad qildik;
📌 "Paxta qulligi", "majburiy mehnat va bolalar mehnati", "konvertatsiya cheklovi", "propiska" kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berdik;
📌 Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyatni barpo etish uchun keyingi 10 yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik. O‘zbekistonni dunyoga keng ochdik;
📌 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazishni reja qilgan edik. Bu vazifani shu yilning o‘zida ortig'i bilan amalga oshiramiz va daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiramiz;
📌 Bugungi kunda kambag'allik darajasini 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushurishga erishdik. 10 million nafar insonning turmush sifati yaxshilandi;
📌 Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarining yarmidan ko‘pini qizlar va ayollar tashkil etadi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod, ma’rifatli jamiyat deganidir;
📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarni ham taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili deb bilamiz;
📌 Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur.
Facebook|Instagram|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
—
Выступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 35-летию государственной независимости Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Rasmiy axborot
🇺🇿Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.🔷Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan. 🔷Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan. 🔷Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investisiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan. 🔷Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
+1
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA EʼTIROF
🏅 Samyayev Anvar Kadirovich “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan taʼlim-tarbiya sohasida samarali mehnat qilib, pedagoglar kasbiy mahoratini oshirish, taʼlim sifatini yuksaltirish va metodik xizmatni rivojlantirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fidoyi xodimlar eʼtirof etilmoqda.
🇺🇿 Shu munosabat bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri Samyayev Anvar Kadirovich “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
👏 Ushbu yuksak eʼtirof Anvar Kadirovichning taʼlim rivoji yoʻlidagi koʻp yillik samarali mehnati, fidoyiligi va kasbiy faoliyatiga berilgan munosib bahodir.
💐Sizga mustahkam sogʻlik, oilaviy xotirjamlik va kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
+2
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA MUNOSIB E’TIROF
🏅 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi xodimi Ashurova Barno Ne’matovna munosib taqdirlandi.
✨ Barno Ne’matovna ta’lim tizimidagi samarali faoliyati, fidokorona mehnati va soha rivojiga qo‘shib kelayotgan munosib hissasi uchun “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
👏 Ushbu yuksak e’tirof bilan Barno Ne’matovnani samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va yangi zafarlar tilaymiz.
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
+3
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA YUKSAK E’TIROF
🏅 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Sobirov Anvar Kuvondikovich yurtimiz taraqqiyoti, ta’lim sohasini rivojlantirish hamda fidokorona mehnatdagi xizmatlari uchun “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
✨ Ushbu yuksak e’tirof Anvar Kuvondikovichning ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish va sohada samarali islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi mehnatlariga berilgan munosib bahodir.
🤲 Jamoamiz nomidan Anvar Kuvondikovichni ushbu munosib mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!
🌟 Kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Repost from Rasmiy axborot
Prezident Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.
Kechqurun davlatimiz rahbari Vatanimiz tarixidagi qutlug‘ sana – mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etib, xalqimizni bayram bilan tabriklaydi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие в церемонии поминовения жертв репрессий в мемориальном комплексе «Шаҳидлар хотираси», а также возложит цветы к Монументу независимости в парке «Янги Узбекистон».
Вечером глава нашего государства примет участие в торжественном мероприятии, посвященном знаменательной дате в истории нашей Родины – 35-летию независимости страны, и обратится к народу Узбекистана с праздничным поздравлением.
Facebook|Instagram|X
+9
Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
A.Avloniy nomidagi institut huzuridagi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.07 – Ta’limda menejment ixtisosliklari bo‘yicha tadqiqotchilarning dissertatsiya ishlari muhokama qilindi.
Seminar davomida:
➖ Eshkuvatov Jasur Buriboyevichning “Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarida kreativlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (UKR kurslari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi;
➖ Ishanova Barno Baxadirovnaning “Ta’lim samaradorligini oshirishda boshqaruv mexanizmlarini kollaborativ yondashuv asosida takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Yig‘ilishda dissertatsiya tadqiqotlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tadqiqotchilarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
🗣 ISHGA MARHAMAT!
Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi quyidagi vakant lavozimlarga OCHIQ TANLOV e'lon qiladi!!!
✅Markazning tegishli kafedrasiga:
✅Milliy g‘oya, huquq va ma’naviyat fani o‘qituvchisi qabul qilinadi.
🟡 Talablar:
🟢O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi, "Ta'lim to'g'risida"gi, "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonunlar hamda soha bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlardan to'liq xabardor bo'lishi;
🟢Davlat tilida mukammal ish yurita olishi (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilishi ham afzallik beradi);
🟢 Microsoft Office amaliy dasturlar paketida bemalol ishlay olish qobiliyati;
🟢Zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
🟢 Doimiy ravishda malaka oshirgan bo'lishi kerak.
🌐Talabgor nomzodlar o'z hujjatlarini www.sammoi.uz manzili orqali topshirishi lozim.
💻Ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.
🗓 Qabul muddati: 24.08.2026- 24.09.2026 y
📍 Manzil: Samarqand shahar H.Obiddinov ko’chasi 7-uy
📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: +99897-912-92-01 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
🎄Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
‼️‼️‼️
#Диққат_эълон
Yangi baholash tizimi joriy etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi
✅ O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini aniq mezonlar asosida xolis baholash, ta’lim natijalarini muntazam tahlil qilib borish hamda yangi baholash tizimi qamrovini yanada kengaytirish maqsadida 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab qo‘shimcha 1 568 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida mezonlarga asoslangan baholash tizimi joriy etiladi.
📊 Natijada mazkur tizim respublika bo‘yicha 5 000 dan ortiq maktabni qamrab oladi.
👉 MAKTABLAR RO‘YXATI
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
“Vatanning obro‘si — bizning obro‘yimiz”: Amerikadagi 500 vatandoshdan Prezidentga maktub keldi
AQSH va Kanadada yashayotgan 500 nafar o‘zbekistonlik Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llab, Yangi O‘zbekistondagi o‘zgarishlar va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalayotganini alohida e’tirof etdi.
Murojaatda so‘nggi yillarda davlatning ochiqligi, xorijdagi vatandoshlar bilan munosabat mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgani, ular bilan muloqot qilish, fikrini eshitish va Vatan bilan aloqalarini mustahkamlashga katta e’tibor qaratilayotgani qayd etilgan.
🇺🇸🇺🇿 Ayniqsa, O‘zbekiston va AQSH munosabatlarining yangi bosqichga ko‘tarilayotgani vatandoshlarda katta umid uyg‘otayotgani ta’kidlangan. Ular Prezident Shavkat Mirziyoyevning Donald Tramp bilan bo‘lajak bevosita va ishonchli muloqoti, oliy darajadagi uchrashuvlar, shuningdek, AQSH hukumati, Kongressi va ishbilarmon doiralari bilan kengayib borayotgan hamkorlik O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar ochishiga ishonch bildirgan.
“Siz olib borayotgan siyosat bizga nafaqat yangi imkoniyatlar yaratmoqda, balki zimmamizga katta mas’uliyat ham yuklamoqda. Biz xorijda yashayotgan vatandoshlar O‘zbekistonning munosib vakillari bo‘lishimiz, Vatanimizning haqiqiy qiyofasini keng jamoatchilikka yetkazishimiz kerak”, — deyiladi murojaatda.Vatandoshlar amerikalik tadbirkor va investorlarni O‘zbekistonga jalb qilish, yangi texnologiyalar, bilim va tajribalarni Vatanga olib borish, ta’limiy va madaniy aloqalarni kuchaytirishga hissa qo‘shishga tayyor ekanini bildirgan. Murojaatda yana bir muhim fikr alohida urg‘ulangan:
🔷“Vatanning obro‘si — bizning obro‘yimiz. O‘zbekistonning yutug‘i — bizning yutug‘imiz. O‘zbekiston bayrog‘ining dunyo maydonida baland ko‘tarilishi — har bir vatandoshimiz uchun faxr va iftixordir”.Maktub yakunida vatandoshlar Prezident Shavkat Mirziyoyevni va O‘zbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, mamlakat tinchligi, xalq farovonligi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi islohotlarga muvaffaqiyat tilagan. Murojaat “Vatan Global Alliance” jamiyati raisi Ozod Soliyev, O‘zbekiston xalq artistlari Erkin Malakov va Muhabbat Shamayeva, Vatan Filadelfiya jamiyati raisi Saidullo Ahmedov, Vatan Nyu-York jamiyati raisi Baxtiyor Qodirov hamda Amerikada yashayotgan 500 nafar vatandosh nomidan yo‘llangan. Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🔈"OCHIQ ESHIKLAR KUNI" TADBIRLARIGA MARHAMAT!
🎭 Aziz san'at ixlosmandlari!
🎬 Samarqand viloyati musiqali drama teatri sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtadigan "Ochiq eshiklar kuni" tadbirlariga taklif etadi.
🗓 2-sentabr kuni ⏱️soat 18:00 da "BAHODIR YALANGTOʻSH" spektakli.
🗓 3-sentabr kuni ⏱️soat 18:00 da "IBRAT" spektakli.
🗓 5-sentabr kuni ⏱️soat 17:00 da "MAHMUDXOʻJA BEHBUDIY" spektakli.
namoyish etiladi.
🎫 Kirish (Ochiq eshiklar kuni munosabati bilan) mutlaqo bepul.
Ma’lumot uchun telefonlar:
📞+998 93353-67-06
📞+998 97396-94-96
🏛 Manzil: Samarqand shahar Koʻksaroy maydoni 3-uy.
Moʻljal: (Amir Temur haykalining roʻparasida).
Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan madaniy tadbirlar, konsert tomoshalar va koʻngil ochar dasturlardan xabardor boʻlib turishni istasangiz quyidagi telegram kanalimizga aʼzo boʻlishingiz mumkin.👇
https://t.me/TeatrSamarqandYangiliklari
