es
Feedback
MAKTAB️

MAKTAB️

Ir al canal en Telegram

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram MAKTAB️

El canal MAKTAB️ (@maktab_e) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 135 702 suscriptores, ocupando la posición 879 en la categoría Educación y el puesto 332 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 135 702 suscriptores.

Según los últimos datos del 01 agosto, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -8 349, y en las últimas 24 horas de -133, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 22.67%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 11.80% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 30 777 visualizaciones. En el primer día suele acumular 16 025 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 64.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 02 agosto, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.

135 702
Suscriptores
-13324 horas
-1 2127 días
-8 34930 días
Archivo de publicaciones
MAKTAB️
135 744
⚡️Bugundan farzandini mikrohududdan tashqaridagi maktabga bermoqchi bo‘lganlar uchun arizalar qabul qilish boshlanadi Bunda birinchi bosqichda topshirilgan arizani bekor qilish shart emas. Ikkinchi bosqich uchun my.gov.uz portalidagi “1-sinfga qabul”(https://my.gov.uz/uz/service/797) xizmati orqali yangiariza yuborish kerak. Buning uchun ariza topshirishda “Ariza topshirishning hududiy darajasi” maydonida “Tuman doirasida qabul” bandini tanlash kerak. Shundan so‘ng tizim mikrohududdantashqaridagi, bo‘sh o‘rin mavjud maktablarni tanlash imkoniyatini beradi. Yangi ariza tasdiqlansa, tizim maktabga hujjattopshirishsanasini avtomatik belgilaydi va bu haqda xabarnoma yuboradi. Shundan keyin ota-onalar farzandining hujjatlarini tanlangan maktabga shaxsan olib borishi lozim. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
135 744
⚡️BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIGA MILLIY SERTIFIKAT BERISH TARTIBIBELGILANDI. Vazirlar Mahkamasining “Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra: 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab: 🔹boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish; 🔹huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish; 🔹xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pushtu, urdu, hindiy va uygʻur tillaridan chet tilini bilishning koʻp darajali (Multi-level) test tizimi joriy etiladi. 🔹boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining boshlangʻich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, oʻqitish metodikasi va pedagogik mahoratini aniqlash boʻyicha malaka imtihoni jarayonlari Bilim va malakalarni baholash agentligining “onlayn test” axborot tizimi orqali tashkil etiladi; 🔹malaka imtihoni natijalariga koʻra sertifikat talabini bajargan boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga uch yil muddatga amal qiladigan A+, A, B+, B, C+, C darajali elektron sertifikat beriladi; 📆2026-2027-oʻquv yilidan boshlab: 🔸B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega boʻlgan, boshlangʻich sinflarda dars beruvchi boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan (sertifikatning amal qilish muddati davomida) lavozim maoshiga har oyda 15 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama toʻlab boriladi; 📆 2026-yildan boshlab: 🔸bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi; 🔸magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʻlo) baho (90-100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi beriladi. 👉 Qaror bilan tasdiqlangan “Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish boʻyicha malaka imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan: ⚠️malaka imtihonida ishtirok etishda talabgordan roʻyxatdan oʻtish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi. 🔸Ijtimoiy reestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur davlat xizmatini koʻrsatishda belgilangan toʻlovning 50 foizi, Ijtimoiy reestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga esa 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllanadi. ❗️ Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga malaka imtihoni natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga koʻra: 🔹 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali; 🔹 65 - 69,9 ball olgan talabgorga A darajali; 🔹 60 - 64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali; 🔹 55 - 59,9 ball olgan talabgorga B darajali; 🔹 50 - 54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali; 🔹 46 - 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
135 744
Repost from BaholashUz
DTM natijangiz bilan imtihonsiz talaba bo‘ling! DTM natijangiz qo‘lingizdami? Endi orzularingizni ortga surmang! Osiyo Xalqar
DTM natijangiz bilan imtihonsiz talaba bo‘ling! DTM natijangiz qo‘lingizdami? Endi orzularingizni ortga surmang! Osiyo Xalqaro Universitetida DTM natijangiz asosida imtihonsiz talaba bo‘lish imkoniyati sizni kutmoqda. Zamonaviy ta’lim, 35 ta bakalavr yo‘nalishi, 320 та грант, xorijda amaliyot va AQSH bilan qo‘shma dasturlar kelajagingiz uchun mustahkam poydevor yaratadi. Bugun hujjat topshiring, ertaga muvaffaqiyat sari dadil qadam tashlang. Qabul jarayonlari davom etmoqda, kvotalar to‘lib bormoqda. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va kelajagingizni Osiyo Xalqaro Universiteti bilan boshlang! 📞 Oliygoh bilan bog‘lanish uchun: +998553050009 qabul.oxu.uz

MAKTAB️
135 744
⚡️B2 sertifikati yo‘q xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish taklif etildi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ‘‘Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida’’gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Loyihaga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 9-bandiga yangi norma kiritilishi taklif etilmoqda. Unga koʻra, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til oʻqituvchilari uchun talab etiladigan tegishli sertifikatga ega boʻlmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi. Xorijiy til oʻqituvchilarining kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega boʻlish talabi amaldagi hukumat qarorida avvaldan belgilangan. Muhokamaga qoʻyilgan loyiha esa ushbu talab bajarilmagan taqdirda qoʻllaniladigan huquqiy normani aniqlashtirmoqda. Loyiha 2026-yil 12-avgustga qadar jamoatchilik muhokamasida boʻladi. Yakuniy qaror muhokama natijalariga koʻra qabul qilinadi. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
135 744
#rasman 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 🇺🇿Prezidentimizdan Xalqaro Memarandum 🏛️TOP-1000 UNIVERSITETLARDA GRANT ASOSIDA MASOFAVIY TA’LIM OLING Qulayliklar:Kontrakt to‘lovi yo‘q4 kun ichida Prikaz olishXalqaro Top-1000 Universitet Diplom Masofaviy/Sirtqi ta’lim (haftada 1 kun dars) Bakalavr Yo’nalishlar: 🔹 Huquqshunoslik 🔹 Xalqaro huquq 🔹 Sud va prokurorlik ishi 🔹 Iqtisodiyot 🔹 Moliya 🔹 Buxgalteriya hisobi va audit 🔹 Menejment 🔹 Dasturiy injiniring (IT) 🔹 Maktabgacha ta’lim 🔹 Pedagogika va psixologiya 🔹 Boshlang‘ich ta’lim 🔹 Ingliz tili 🔹 Defektologiya 🔹 Mehmonxona va restoran biznesi va yana 120 dan ortiq Bakalavr yo’nalishlari mavjud Barcha yo’nalishlar ko’rish👈🏻 📄Prezident Farmoni (5 bandi Top-1000 Universitet diplomi egalariga 15 barobar BHMda qoshimcha ustama berilishi ko’rsatilgan) ☎️ Murojaat uchun: +998 55 506 65 65 👩🏻‍💻@Maftuna_Grant 👩🏻‍💻@Shabbona_Grant 👩🏻‍💻@Muhlisa_Grant 👩🏻‍💻@injuna_Grant 📍 Manzil: Toshkent sh., Bektemir tumani, Rohat metro, Jac Auto Saloni 2 qavat LOCATSIYA 📄№ 308405027 Litsenziya asosida faoliyat yurituvchi agentlikTelegram | Instagram

MAKTAB️
135 744
⚡️YANGI BAHOLASH TARTIBI BO‘YICHA RAHBAR VA PEDAGOGLARGA USTAMA TAYINLASHDA METODBIRLASHMALARNING QUYIDAGI ISHLARI O‘RGANILADI. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qaroriga asosan yangi baholash tartibi joriy etilgan maktablarning rahbar va pedagog xodimlariga ustama tayinlashda metodbirlashmalarning quyidagi ishlari tahlil qilinadi va har bir band uchun 5 balldan jami 20 ball beriladi. 🔹Uslubiy birlashma yigʻmajildida BSB tahlillari xulosalarining mavjudligi (elektron yoki qogʻoz shaklida) 🔹Hulosalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar mavjudligi (elektron yoki qogʻoz shaklida) 🔹Fanlar kesimida oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlarining mavjudligi (elektron yoki model shaklida) 🔹Fanlar kesimida oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlarining mezon asosida baholanganligi 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
135 744
+1
#yordam 🥺 8 yoshli Muhammadjon ogʻir hastalik bilan kurashmoqda. Bir necha yillardan beri yurolmay qolgan, endi boshi va koʻzidan infeksiya tushibdi. Hozir Hindistonda ekan, muolaja qimmatlashib ketib qoʻllari kaltalik qilib qolibdi. Yordam uchun: Humo: 9860120104006081 Uzcard: 5614681408331258 Visa: 4198130016356809 +99899. 810 50 27 Onasi nomeri Plastik onasi Abdivoxapova Umida nomida. Ehsoningiz qabul boʻlsin.

MAKTAB️
135 744
⚡️YANGI BAHOLASHGA O'TGAN MAKTABNING BARCHA PEDAGOG VA RAHBAR XODIMLARIGA 40% GACHA USTAMA QUYIDAGI TARTIBDA BERILADI Rahbar va pedagog kadrlariga ustama to‘lanadigan maktablar ro‘yxatini shakllantirish quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 🔹1-bosqichda Monitoring guruhi tomonidan baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablarning elektron jurnal ma’lumotlari asosida o‘quvchilarining yillik o‘rtacha baholari tahlil qilinadi hamda tegishli hududning jami maktablar soniga nisbatan eng yaxshi natija ko‘rsatgan birinchi 20 foiz maktablar saralab olinadi. 🔹2-bosqichda 1-bosqich doirasida saralab olingan maktablar Monitoring guruhi tomonidan quyidagi mezonlar asosida tahlil qilinadi: baholashning yangi tartibi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilganligi hamda o‘quvchilar bilimi belgilangan mezonlar asosida baholanganligi; baholash ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi; fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalar BSB tahlillari olib borilganligi va o‘quvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlari tahlili; so‘rovnomalar o‘tkazilganligi va ularning tahlili. Monitoring guruhi baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablar tomonidan ikkita bosqich doirasida jami to‘plangan ballardan kelib chiqib, ularning hududlar kesimidagi ro‘yxatini shakllantiradi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qarori 💰Moliyachi bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
135 744
⚡️NAVBATDAN TASHQARI KASBIY SERTIFIKATLASH IMTIHONI 7-AVGUST KUNI O‘TKAZILADI. Sinov jarayonlari quyidagi manzillarda tashkil etiladi. Ushbu sinovlarda pedagoglarning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 balldan, jami 100 ball bilan baholanadi. 🔹56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor test sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi. Navbatdan tashqarikasbiy sertifikatlash sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan quyida tanishishingiz mumkin. ⚠️Navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish 2026-yil 31-iyul (shu kuni ham)ga qadar davom etadi. ©️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
135 744
⚡️Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani? Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik
⚡️Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani? Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin. 👉Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida: 🔹Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi; 🔹Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan. ‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi. ©Xushnudbek 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
135 744
⚡️BUGUNDAN OLIY TA'LIM MUASSASALARI VA TA'LIM YO'NALISHLARINI TANLASH BOSHLANADI Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustgacha (shu kuni ham) 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.   Buning uchun  my.uzbmb.uz  platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.   🔹Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.   Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan  beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.   ❗️Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.   Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.   🖱 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.   Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
135 744
Repost from BaholashUz
📢DTM natijangiz siz kutgandek chiqmadimi? Xafa bo‘lishga shoshilmang. Agar oliy ta'limni bu yilning o‘zida boshlashni istasa
📢DTM natijangiz siz kutgandek chiqmadimi? Xafa bo‘lishga shoshilmang. Agar oliy ta'limni bu yilning o‘zida boshlashni istasangiz, yana bir imkoniyat bor. 🎓Osiyo Xalqaro Universitetining Buxoro va Xorazm filiallarida DTM natijangiz asosida imtihonsiz talaba bo‘lish imkoniyati mavjud. Universitetda Pedagogika, Texnika, Temir yo‘l, Siyosatshunoslik, Xalqaro munosabatlar, Soliq, Kadastr, Matematika, Tibbiyot va boshqa ko‘plab talabgir yo‘nalishlar bo‘yicha ta'lim olishingiz mumkin. ⏳ Qabul jarayoni davom etmoqda. Agar siz ham bu imkoniyat haqida batafsil ma'lumot olishni istasangiz, quyidagi raqamlarga murojaat qiling! 💼Hujjat topshirish: qabul.oxu.uz 📍Buxoro filiali: +998553050009 📍Xorazm filiali:+998553100009

MAKTAB️
135 744
⚡️MAKTABDA OʻQUVCHI TELEFON ISHLATSA NIMA QILISH KERAK? Amaldagi tartiga ko’ra o’quvchi dars jarayonida yoki maktab hududida mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini barcha pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari shaxsan nazorat qiladi. Oʻqituvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramay dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etganda fan o‘qituvchisi, sinf rahbari, direktor o‘rinbosari, psixolog (inspektor-psixolog) ishtirokida oʻquvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) olib qoʻyiladi va holat yuzasidan maktab direktori hamda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari ogohlantiriladi. Maktabning “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida holat muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borilganidan soʻng mobil aloqa vositalari oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillariga qaytarib beriladi. Shunday holat oʻquv yili davomida bir o‘quvchi tomonidan ikki va undan ortiq marotaba takrorlanganda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddasi asosida maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, oʻquvchi ichki ishlar organlarining profilaktik roʻyxatiga olinadi. Asos: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-son buyrug‘i 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
135 744
⚡️MAKTAB XODIMLARIGA NECHA KUN MEXNAT TA’TILI (OTPUSKA) BERILADI. Dierktor, O’IBDO’, MMIBDO’ va o’qituvchilar = 56 kuni Psixolog = 42 kun Xo’jalik mudiri, kutubxonachi, kadrlar bo’yicha menejr = 27 kun Farrosh, xovli supuruvchi, qorovul, bog’bon, bino xizmatchisi = 21 kun Otpusnoyni hisoblash uchun bot👇 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
135 744
Endilikda har 5 nafar abituriyentdan 2 nafari — GRANT asosida tahsil oladi! Siz ham ular qatorida bo‘lishingiz mumkin! 🔥 240
Endilikda har 5 nafar abituriyentdan 2 nafari — GRANT asosida tahsil oladi! Siz ham ular qatorida bo‘lishingiz mumkin! 🔥 240 ta bakalavriat o‘rni 🎁 96 ta GRANT o‘rni Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda. Nima uchun aynan biz?
🎓 Rossiya Federatsiyasining davlat namunasidagi diplom 📜 Diplom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 608-son qarori asosida O‘zbekistonda ham, Rossiyada ham tan olinadi. ✅ Barcha ta'lim yo‘nalishlari akkreditatsiyadan o‘tgan! 💼 Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar ✅ Ta'lim jarayoni to‘liq O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladi 🗣 Rus tilini professional darajada o‘rganish imkoniyati
Ta'lim yo‘nalishlari:
📊 Iqtisodiyot 🌿 Ekologiya va tabiatdan foydalanish 🐟 Suv bioresurslari va akvakultura 🥛 Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi
Qabul muddati: 📌 Bakalavriat — 15-avgustgacha 📌 Magistratura — 25-avgustgacha 🎯 96 ta grant o‘rni o‘z egalarini kutmoqda. Balki ulardan biri sizniki bo‘lar! 📞 Murojaat uchun: +998 (99) 813-36-47 +998 (55) 503-01-27 🌐 www.astu.uz Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali— Rossiya ta'limi, xalqaro imkoniyatlar va ishonchli kelajak sari birinchi qadam!

MAKTAB️
135 744
Endilikda har 5 nafar abituriyentdan 2 nafari — GRANT asosida tahsil oladi! Siz ham ular qatorida bo‘lishingiz mumkin! 🔥 240
Endilikda har 5 nafar abituriyentdan 2 nafari — GRANT asosida tahsil oladi! Siz ham ular qatorida bo‘lishingiz mumkin! 🔥 240 ta bakalavriat o‘rni 🎁 96 ta GRANT o‘rni 🇷🇺 Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali 2026/2027-o‘quv yili uchun qabulni boshladi! Nima uchun aynan biz?
🎓 Rossiya Federatsiyasining davlat namunasidagi diplom 📜 Diplom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 608-son qarori asosida O‘zbekistonda ham, Rossiyada ham tan olinadi. ✈️ Rossiyada amaliyot o‘tash imkoniyati 💼 Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar 🗣 Rus tilini professional darajada o‘rganish imkoniyati
Ta'lim yo‘nalishlari:
📊 Iqtisodiyot 🌿 Ekologiya va tabiatdan foydalanish 🐟 Suv bioresurslari va akvakultura 🥛 Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi
Qabul muddati: 📌 Bakalavriat — 15-avgustgacha 📌 Magistratura — 25-avgustgacha 🎯 96 ta grant o‘rni o‘z egalarini kutmoqda. Balki ulardan biri sizniki bo‘lar! 📞 Murojaat uchun: +998 (99) 813-36-47 +998 (55) 503-01-27 🌐 www.astu.uz ASTU Toshkent filiali — Rossiya ta'limi, xalqaro imkoniyatlar va ishonchli kelajak sari birinchi qadam!

MAKTAB️
135 744
⚡️Navbatdan tashqari attestatsiya va kasbiy sertifikat sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lov miqdori 50 foizga tushirildi ✔️ Pedagog kadrlar attestatsiyasining navbatdagi majburiy hamda kasbiy sertifikatlash sinovlarida birinchi marta ishtirok etish bepul! 🔤Ma’lumki, navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestatsiyasi hamda kasbiy sertifikatlash sinovlariga murojaat yuborishda davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undirilar edi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-son qaroriga asosan, endilikda pedagoglarga ushbu yig'im bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida etib belgilandi!
🔹 Pedagoglar murojaat yuborishda quyidagi usullardan foydalanishlari mumkin: Vazirlikning rasmiy pedagog.uzedu.uz platformasi orqali ➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali ➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 👉 Ma'lumot uchun: hozirgi kunda kasbiy sertifikatlash sinovlarida ishtirok etish uchun murojaat yuborish davom etmoqda. Qabul joriy yil 31-iyulgacha davom etadi. ➖ Avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka (test) sinovlarida ishtirok etish uchun qabul 1-avgustdan boshlanishi rejalashtirilgan. ©Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
135 744
⚡️Maktab maslahatchisi lavozimi uchun oʻtkazilayotgan tanlovning yakuniy natijalari e'lon qilinmoqda Xabaringiz bor, joriy yilning 6-18-iyul kunlari respublikamiz boʻylab maktab maslahatchisi lavozimi uchun oʻtkazilayotgan tanlovning ikkinchi mavsumi suhbat bosqichi boʻlib oʻtdi. ➖ Unda yurtimizdagi 7 695 ta umumtaʼlim maktabi uchun maslahatchilarni saralash jarayonlari oʻtkazildi. Maktab maslahatchisi lavozimi uchun oʻtkazilayotgan tanlovning yakuniy natijalari bugun tanlov.uzedu.uz platformasi orqali nomzodlarning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Tanlov komissiyasining maxsus tavsiyanomasini olgan talabgorlar maktab maslahatchisi sifatida ish boshlaydi. Ma’lumot uchun: tanlovning ikkinchi mavsumiga jami 42 932 ta ariza kelib tushgan. Belgilangan talablarga javob bergan 38 303 nafar talabgor testda ishtirok etdi. Test sinovlarida yuqori natija koʻrsatgan 19 294 nafar nomzod suhbat bosqichiga tavsiya etildi. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
135 744
🔊 DIQQAT EʼLON! ‼️ONA TILI MILLIY SERTIFIKAT KURSI ✅ Grammatika 0 dan📚 ✅Esse yozish texnikasi✍🏼 ✅Matnlar bilan ishlash📝 ✅
🔊 DIQQAT EʼLON!
‼️ONA TILI MILLIY SERTIFIKAT KURSI
Grammatika 0 dan📚 ✅Esse yozish texnikasi✍🏼 ✅Matnlar bilan ishlash📝 ✅Gʻazal tahlili📜 ✅ Diagnostik test va tahlili (imtihon tipida)💯 🛑DARSLAR A DARAJALI, OLIY TOIFALI OʻQITUVCHILAR TOMONIDAN, ONLINE JONLI CHATDA OLIB BORILADI👩🏼‍🏫 💰KURS NARXI➡️150 MING (oyiga) 📆 Boshlanish vaqti 1-avgustdan Qoʻshimcha savol va murojaat uchun:@malika212829💬 Bizning tekin guruh manzili: https://t.me/tilchilarakademiyasi SHOSHILING!!!🏃🏼‍♀️ HARAKAT VA NATIJA🚀

MAKTAB️
135 744
⚡️KUNDALIK COMDA MAKTAB RAHBARLARINING VAZIFALARI ANIQ BELGILAB BERILGAN Xalq ta’limi vazirining 2О22-уil 24-iyun 205-son buyrug‘iga ko‘ra maktab rаhbаryatining vazifalari quyidagicha etib belgilandi. 👉DIREKTORning vazifalari: O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" 2019-уil 2-iyuldagi O'RQ-547-son Qonuni talablariga rioya etish; elektron jurnalni o'z vaqtida yuritish; elektron jurnalga kiritilgan ma'lumotlarga o'zgartirish kiritilishining oldini olish; elektron jurnalni yuritishda, fan o'qituvchilari tomonidan yo'l qo'yilgan, inson omiliga bog'liq xatolarga o'zgartirish kiritish maqsadida tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limiga rasmiy xat bilan murojaat qilish; maktab psixologi lavozimidagi xodimni Platformadagi sinflarga a'zo bo'lganini vа "Psixolog" guruhlarini tuzib, o'quvchilar hamda ota-ona (о'quvchining qonuniy vakili) bilan doimiy muloqotda bо'lishini muvofiqlashtirish; O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2021-yil 6-sentabrdagi 284-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Umumiy о'rtа ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash va arxivlash tartibi haqida nizom" talablariga muvofiq hujjatlarni arxivlashtirishni umumta'lim muassasasining o'zida tashkillashtirishni amalga oshiradi. 👉O‘IBDO‘ning vazifalari: elektron jurnal yagona tizimida muassasaning tizimdagi bosh administrator faoliyatini olib borish; fan o'qituvchilari tomonidan baholash mezoniga doir o'quvchilarni baholash jarayoni faqat dars o'tilgan sananing o'zida olib borilishini nazorat qilish; o'qituvchilar tomonidan hаr bir o'zgartirilgan baholarning sababi vа omillarini aniqlagan holda tegishli hujjatlar to'plamini yig'ib muassasa rahbariga taqdim etish; elektron jurnalni o'z vaqtida vа to'g'ri yuritilishi bo'yicha o'tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan izoh уozib qoldirish; fan o'qituvchilari tomonidan dars rejasiga asosan tegishli mavzu yuzasidan "Darsni ishlab chiqish rejasi"ni tizimga yuklatilganligini nazorat qilishni amalga oshiradi. 👉MMIBDO‘ning vazifalari: fan o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan o'quvchilar davomatini monitoring qilib, kun davomida statistik mа'lumоt to'plab, maktab direktoriga taqdim etilishi; maktab hayotiga doir tadbirlarni "yangiliklar sahifasi" vа "tadbirlar" bо'limida yoritib borilishi; 5 ta muhim tashabbus doirasida umumta'lim muassasalarida tashkil etilgan to'garaklar, seksiyalar vа klublarda o'quvchilarning qamrovini tahlil qilish bilan birgalikda kiritilayotgan ma'lumotlarni monitoring qilib, choraklik hisobot olib borilishini ta'minlaydi. 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️ - Estadísticas y analítica del canal de Telegram @maktab_e