uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

MAKTAB️

MAKTAB️

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali MAKTAB️ analitikasi

MAKTAB️ (@maktab_e) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 192 496 obunachidan iborat bo'lib, Taʼlim toifasida 474-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 184-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 192 496 obunachiga ega bo‘ldi.

20 Oktabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni 28 467 ga, so‘nggi 24 soatda esa 590 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 31.66% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 18.13% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 61 035 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 34 951 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 112 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da”

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 21 Oktabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Taʼlim toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

192 496
Obunachilar
+59024 soatlar
+5 3177 kun
+28 46730 kun
Postlar arxiv
MAKTAB️
192 496
⚡️OLIMPIADA NATIJALARI USTAMA OLISHNING ASOSIY KALITI. Asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarning o‘qituvchilariga Vazirlar Mahkamasining 823-sonli nizom talabi bo‘yicha baholash mezoni asosida maksimal 25 ball beriladi. Ushbu bo’lim uchun o’qituvchidan asoslovchi hujjat talab etiladi. Ya’niy 1-2-3-o’rinni olganligi haqida diplom, sertifikat va boshqa. Biroq, fan olimpiadasida 4 va undan keyingi o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar 50 balldan past natija qayd etgan bo‘lsa-chi? Masalan 10, 12, 15, 22 ball to‘plagan bo‘lsa. Baholash mezoni bo‘yicha ularga ustama olish uchun o‘qituvchilarga 10, 5 ball berishda quyidagilarga eʼtibor berishingiz tavsiya etiladi. ⚠️Demak!!! Diqqat bilan eʼtibor bering! Fan olimpiadasida masalan 9-sinf ona tili fanidan  "eng quyi" yaʼni 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi misol uchun 22 ball Undan keyingi o‘rindagi o‘quvchining to‘plagan balli 16 ball bo‘lsa; Birinchi amal   “16:22=0,72” Demak, bu yerda "16" ball  to‘plagan; "22" ball 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi;  Ikkinchi amal  0,72*100=72,7 Demak, bu yerda  o‘quvchi to‘plagan 16 ball, 3-o‘rinni egallagan o‘quvchining 22 balliga bo‘linadi. Chiqqan  natija yaʼni 0,72*100 ko‘paytirilganda 72,7 % qayd etildi. Baholash mezonida  yaʼni Eng quyi g‘olib ko‘rsatkichi 55% dan yuqori natija ko‘rsatganda  fan o‘qituvchilariga 5 ball; 70% foizdan yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lsa 10 ball bilan baholanishi belgilangan. Yuqoridagi natijalardan kelib chiqib, 9-sinf o‘quvchisi ona tili fanidan to‘plagan balli uchun  fan o‘qituvchisiga 72,7 foiz natija qayd etganligi sababli, ushbu fan o‘qituvchisiga baholash mezoni asosida ishchi guruh tomonidan  10 ball bilan baholashi mumkin. Ushbu band uchun o’qituvchi tomonidan ishchi guruhga asoslovchi hujjat taqdim etiladi. Asosiy fan olimpiadasi hakamlar hay’ati qaroridan ko’chirma. ⚠️Eslatma: Turli xil online olimpiada va nodavlat muassasalar tomonidan o’tkazilgan olimpiadalar ustamaga asos bo’lmaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ko’p hollarda ustama fayliga olimpiada uchun asos qilib faxriy yorliqlar solib qo’yiladi. Faxriy yorliqda ro’yxatga olish raqami bo’lishi kerak. Agar ro’yxatga olish raqami bo’lmasa, ushbu faxriy yorliq inobatga olinmasligi mumkin. Ushbu olimpiada tuman, shahar miqyosida o’tkazilgan bo’lishi kerak. Maktab miqyosidagi olimpiada ustama uchun inobatga olinmaydi. 💰Moliyachi bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
192 496
🇺🇿21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun! "Ming yillarkim bulbul kalomi O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha. Ammo sho‘rlik to‘tining holi O‘zgalarga taqlid hamisha. Ona tilim, sen borsan, shaksiz Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to‘ti bo‘lib qolaman." Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim! 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
192 496
⚡️TOIFAGA TEST TOPSHIRISH SANALARI MAʼLUM BO‘LDI. Maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra: 🔹26-oktabr (1 kun) Informatika va axborot texnologiyalari; 🔹 27-29-oktabr (3 kun) Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun); Oʻzbek tili (Davlat tili); ❗️Oʻzbek tili va adabiyoti fanidan test sinovlari Toshkent shahri va Toshkent viloyati pedagoglari uchun 28-noyabr (1 kun) kuni bo‘lib o‘tadi. 🔹30-31-oktabr (2 kun) Jismoniy tarbiya (Umumtaʻlim); Musiqa madaniyati; (jismoniy tarbiya (umumtaʻlim) va musiqa madaniyati fanlaridan koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun ham test sinovlari shu kuni  bo‘lib o‘tadi). 🔹2-7-noyabr (6 kun) Boshlangʻich taʻlim; 🔹9-10-noyabr (2 kun) Matematika; 🔹11-noyabr (1 kun) Fizika; 🔹12-13-noyabr (2 kun) Tarix; Davlat va huquq asoslari; Tarbiya; 🔹14-noyabr (1 kun) Texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi-qiz bolalar uchun); Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʻgʻil bolalar uchun); 🔹16-17-noyabr (2 kun) Rus tili (milliy maktablarda); Rus tili va adabiyoti; Qozoq tili va adabiyoti; Qirg‘iz tili va adabiyoti; Tojik tili va adabiyoti; Turkman tili va adabiyoti; 🔹18-20-noyabr (3 kun) Ingliz tili (Umumta'lim); Fransuz tili (Umumta'lim); Nemis tili (Umumta'lim); Xitoy tili; Yapon tili; Koreys tili; 🔹21-noyabr (1 kun) Tasviriy sanʻat va chizmachilik; Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik; Geografiya; Iqtisodiy bilim asoslari; 🔹23-24-noyabr (2 kun) Biologiya; Kimyo; 🔹25-noyabr (1 kun) Psixolog; Oʻqituvchi-defektolog (Umumtaʻlim); Oʻqituvchi-logoped (Umumtaʻlim); Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi taʼlim tashkilotlarining pedagoglari: 2-smena Koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun (jismoniy tarbiya (umumtaʻlim) va musiqa madaniyati fanlari pedagoglari bundan mustasno). 🔹26-27-noyabr (2 kun) Ingliz tili (Maktabgacha); Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi; Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi; Jismoniy tarbiya (Maktabgacha); Musiqa xodimi (Musiqa rahbari); Nemis tili (Maktabgacha); O‘qituvchi-defektolog (Maktabgacha); O‘qituvchi-logoped (Maktabgacha); Rus tili (Maktabgacha); Tarbiyachi-metodist (MTT direktor o‘rinbosari); 🔹27-28-noyabr (2 kun) Qoraqalpoq tili (Davlat tili); Qoraqalpoq tili va adabiyoti; ⚠️Eslatma: Pedagoglar malaka toifa (test) sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining olib kelishlari so‘raladi. Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar 👉 www.sinovtest.uz saytida namunaviy testlarni ishlab ko'rishlari mumkin. *Ushbu sinov kunlariga zarur hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda, bu haqida pedagoglar qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
192 496
⚡️HURMATLI BOSHLANG‘ICH TAʼLIM FANI USTOZLARI VA AZIZ O‘QUVCHILARI. Aqlvoy bot yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan
⚡️HURMATLI BOSHLANG‘ICH TAʼLIM FANI USTOZLARI VA AZIZ O‘QUVCHILARI. Aqlvoy bot yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan yangicha formatda ish boshlamoqda. Endilikda siz bir haftalik ishlagan testlaringiz natijasiga ko‘ra sertifikat olishingiz mumkin. Buning uchun "📋Sertifikat olish" bo‘limiga kirib kerakli amallarni bajarasiz va sertifikatni yuklab olasiz. Bu o‘quvchilarga qo‘shimcha motivatsiya beradi. ✅Aqlvoy botiga har shanba kuni bir haftalik mavzular asosida yangi testlar joylab boriladi. Testlar tajribali ustozlar tomonidan tuziladi. Sertifikat olish Aqlvoyga kirish

MAKTAB️
192 496
⚡️KUZGI TAʼTIL 4-NOYABRDAN BOSHLANADI. Amaldagi tartibga koʻra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 2026-yil 4-noyabrdan boshlanadi va 9-noyabrga qadar davom etadi. II chorak dars mashg‘ulotlari 2026-yil 10-noyabrdan boshlanadi. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
192 496
⚡️Oʼquvchi daftar tutmagani uchun uning ota-onasini MJK ning 47-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortish mumkin. Аssalomu aleykum. Men maktabda  informatika fanidan dars beraman. Darsda oʼquvchilar umuman daftar tutmasa yoki daftarim qolib ketibdi deb har hil baxonalar topib umuman daftar tutmasa, oʼqituvchi ayibdormi bunday holatda oʼqituvchiga qonunan jazo bormi oʼqituvchi nima qilishi kerak bunday vaziyatda oʼquvchilar fandan daftar tutmasa  oʼqituvchi qonunan ayibdor hisoblanadimi? YURIST JАVOBI: Oʼquvchi daftar tutmagani uchun oʼqituvchini emas, ota-onani javobgarlikka tortish kerak. Birinchidan, Taʼlim toʼgʼrisidagi qonun 51-moddasida voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining bir qator majburiyatlari qayd etilgan boʼlib, unga koʼra yuqoridagi shaxslar: ➖ oʼz bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, maʼnaviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi; ➖ oʼz bolalarining intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi; ➖ taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart. Аynan mana shu majburiyatlar oʼquvchining qonuniy vakillarining oʼquvchining huquqqa hilof harakatlari uchun javobgarlikni oʼz zimmasiga olishini anglatadi. Ikkinchidan, 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʼiga asosan tasdiqlangan oʼqituvchilarning lavozim majburiyatlarida oʼqituvchining oʼquvchilarga daftar tuttirish majburiyati qayd etilmagan. Bunday holatda ota-onaga Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qoʼllaniladi. Yaʼni Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʼllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʼlsa: ➖ bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
192 496
⚡️Milliy sertifikat imtihonlari uchun qabul jarayonlari yakunlandi! 👨‍💻 2026-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida qatnashish uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish jarayoni nihoyasiga yetdi. 🔹Jami kelib tushgan arizalar: 213 414 ta. 🔹my.gov.uz portali orqali: 45 596 ta. 🔹MyGov ilovasi orqali: 167 818  ta. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
192 496
⚡️Bugundan 4 ta fan bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! ☑ Bugun, 16-oktabrdan boshlab matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. 📅 Muhim sanalar: 🔹 Ro‘yxatdan o‘tish — 16–30-oktabr 🔹 To‘lov qilish — 24 soat ichida 🔹 Imtihonlar — noyabr oyida ⚠️E’tibor bering! Talabgorlar soniga limit belgilangan. Shu sababli joylar 30-oktabrdan oldin ham to‘lib qolishi mumkin. To‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganlarning arizalari bekor qilinadi va bo‘shagan o‘rinlarga qayta ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
192 496
⚡️PEDAGOG XODIMLAR ATTESTATSIYA NATIJALARIGA KO‘RA QUYIDAGI BALLARNI TO‘PLASHI KERAK 🔤oliy toifa uchun  80 ball va undan yuqori 1️⃣birinchi toifa uchun 70 ball va undan yuqori 2️⃣ikkinchi toifa uchun 60 ball va undan yuqori 🔤mutaxassis toifa uchun 55 balldan 59 ballgacha ⚠️55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanadi. Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno. 💰Moliyachi bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
192 496
⚡️IKKINCHI BOSQICH OLIMPIADANING O‘TKAZILISH SANALARI. Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 15–27-oktabr kunlari respublikamiz bo‘ylab o‘tkaziladi. 15-oktabr — Geografiya 16-oktabr — Tarix 17-oktabr — Kimyo 18-oktabr — Fizika 19-oktabr — Biologiya 20-oktabr — Matematika 21-oktabr — Informatika 22-oktabr — Rus tili va adabiyoti / Fransuz tili 23-oktabr — Qoraqalpoq tili / Tojik tili / Nemis tili 24-oktabr — O‘zbek tili (davlat tili) / Qozoq tili 25-oktabr — Ingliz tili 26-oktabr — Davlat va huquq asoslari 27-oktabr — Ona tili va adabiyoti 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
192 496
⚡️TOIFAGA TEST TOPSHIRISH SANALARI MAʼLUM BO‘LDI. Maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra: 🔹26-oktabr (1 kun) Informatika va axborot texnologiyalari; 🔹 27-29-oktabr (3 kun) Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun); Oʻzbek tili (Davlat tili); ❗️Oʻzbek tili va adabiyoti fanidan test sinovlari Toshkent shahri va Toshkent viloyati pedagoglari uchun 28-noyabr (1 kun) kuni bo‘lib o‘tadi. 🔹30-31-oktabr (2 kun) Jismoniy tarbiya (Umumtaʻlim); Musiqa madaniyati; (jismoniy tarbiya (umumtaʻlim) va musiqa madaniyati fanlaridan koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun ham test sinovlari shu kuni  bo‘lib o‘tadi). 🔹2-7-noyabr (6 kun) Boshlangʻich taʻlim; 🔹9-10-noyabr (2 kun) Matematika; 🔹11-noyabr (1 kun) Fizika; 🔹12-13-noyabr (2 kun) Tarix; Davlat va huquq asoslari; Tarbiya; 🔹14-noyabr (1 kun) Texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi-qiz bolalar uchun); Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʻgʻil bolalar uchun); 🔹16-17-noyabr (2 kun) Rus tili (milliy maktablarda); Rus tili va adabiyoti; Qozoq tili va adabiyoti; Qirg‘iz tili va adabiyoti; Tojik tili va adabiyoti; Turkman tili va adabiyoti; 🔹18-20-noyabr (3 kun) Ingliz tili (Umumta'lim); Fransuz tili (Umumta'lim); Nemis tili (Umumta'lim); Xitoy tili; Yapon tili; Koreys tili; 🔹21-noyabr (1 kun) Tasviriy sanʻat va chizmachilik; Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik; Geografiya; Iqtisodiy bilim asoslari; 🔹23-24-noyabr (2 kun) Biologiya; Kimyo; 🔹25-noyabr (1 kun) Psixolog; Oʻqituvchi-defektolog (Umumtaʻlim); Oʻqituvchi-logoped (Umumtaʻlim); Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi taʼlim tashkilotlarining pedagoglari: 2-smena Koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun (jismoniy tarbiya (umumtaʻlim) va musiqa madaniyati fanlari pedagoglari bundan mustasno). 🔹26-27-noyabr (2 kun) Ingliz tili (Maktabgacha); Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi; Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi; Jismoniy tarbiya (Maktabgacha); Musiqa xodimi (Musiqa rahbari); Nemis tili (Maktabgacha); O‘qituvchi-defektolog (Maktabgacha); O‘qituvchi-logoped (Maktabgacha); Rus tili (Maktabgacha); Tarbiyachi-metodist (MTT direktor o‘rinbosari); 🔹27-28-noyabr (2 kun) Qoraqalpoq tili (Davlat tili); Qoraqalpoq tili va adabiyoti; ⚠️Eslatma: Pedagoglar malaka toifa (test) sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining olib kelishlari so‘raladi. Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar 👉 www.sinovtest.uz saytida namunaviy testlarni ishlab ko'rishlari mumkin. *Ushbu sinov kunlariga zarur hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda, bu haqida pedagoglar qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
192 496
⚡️KASBIY RIVOJLANISH KUN TADBIRLARIDA (metod kunda) ISHTIROK ETMASA NIMA BO‘LADI? O'qituvchi o'quv yili davomida "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlarida uzrli sabablarga (mehnatga layoqatsiz bo'lgani, xizmat safarida bo'lgani va qonunchilikda belgilangan boshqa holatlar) ko'ra 12 soat qatnashmagan taqdirda unga "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasida tashkil qilingan maxsus o'quv kursida malaka oshirish orqali zarur bilim va ko'nikmalarni egallash uchun imkoniyat beriladi. O'qituvchi o'quv yili davomida "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlarida 12 soat uzrli sabablarsiz qatnashmagan taqdirda uning "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasida tashkil qilingan maxsus o'quv kursida shartnoma asosida malaka oshirishi talab qilinadi. O'quv yili davomida uzrli sabablarsiz qatnashmagan va "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasida tashkil qilingan maxsus o'quv kursida malaka oshirmagan o'qituvchiga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda ta'sir choralari qo'llaniladi. Asos: MMTV ning 2024-yil 7-avgust kungi 246-sonli buyrug‘i. 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
192 496
📣 TUMAN OLIMPIADASIGA BEPUL TAYYORLOV DARSI! 9–11-sinf o‘quvchilari, matematikadan tuman bosqichiga birga tayyorlanamiz! 🗓 Bugun, 15-oktabr — soat 20:00 💻 Zoom orqali jonli dars 💰 Mutlaqo bepul. Darsda tuman olimpiadasi darajasidagi test va masalalarni yechamiz, ularga yondashish va tezroq yechim topish usullarini o‘rganamiz 👩‍🏫 Ustoz — Madina Suyunova, xalqaro olimpiadalar g‘olibi. ✅ Oldingi darslarda qatnashmagan bo‘lsangiz ham, bemalol qo‘shiling! Zoom havolasi darsdan oldin kanalda beriladi 👇 👉 https://t.me/olimpiada_mathuz 👉 https://t.me/olimpiada_mathuz 👉 https://t.me/olimpiada_mathuz 📌 Matematika ustozlari, tuman olimpiadasiga qatnashadigan o‘quvchilaringizga yuboring!

MAKTAB️
192 496
⚡️TOIFAGA TEST TOPSHIRISH SANALARI MAʼLUM BO‘LDI. Maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra: 🔹26-oktabr (1 kun) Informatika va axborot texnologiyalari; 🔹 27-29-oktabr (3 kun) Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun); Oʻzbek tili (Davlat tili); ❗️Oʻzbek tili va adabiyoti fanidan test sinovlari Toshkent shahri va Toshkent viloyati pedagoglari uchun 28-noyabr (1 kun) kuni bo‘lib o‘tadi. 🔹30-31-oktabr (2 kun) Jismoniy tarbiya (Umumtaʻlim); Musiqa madaniyati; (jismoniy tarbiya (umumtaʻlim) va musiqa madaniyati fanlaridan koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun ham test sinovlari shu kuni  bo‘lib o‘tadi). 🔹2-7-noyabr (6 kun) Boshlangʻich taʻlim; 🔹9-10-noyabr (2 kun) Matematika; 🔹11-noyabr (1 kun) Fizika; 🔹12-13-noyabr (2 kun) Tarix; Davlat va huquq asoslari; Tarbiya; 🔹14-noyabr (1 kun) Texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi-qiz bolalar uchun); Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʻgʻil bolalar uchun); 🔹16-17-noyabr (2 kun) Rus tili (milliy maktablarda); Rus tili va adabiyoti; Qozoq tili va adabiyoti; Qirg‘iz tili va adabiyoti; Tojik tili va adabiyoti; Turkman tili va adabiyoti; 🔹18-20-noyabr (3 kun) Ingliz tili (Umumta'lim); Fransuz tili (Umumta'lim); Nemis tili (Umumta'lim); Xitoy tili; Yapon tili; Koreys tili; 🔹21-noyabr (1 kun) Tasviriy sanʻat va chizmachilik; Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik; Geografiya; Iqtisodiy bilim asoslari; 🔹23-24-noyabr (2 kun) Biologiya; Kimyo; 🔹25-noyabr (1 kun) Psixolog; Oʻqituvchi-defektolog (Umumtaʻlim); Oʻqituvchi-logoped (Umumtaʻlim); Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi taʼlim tashkilotlarining pedagoglari: 2-smena Koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun (jismoniy tarbiya (umumtaʻlim) va musiqa madaniyati fanlari pedagoglari bundan mustasno). 🔹26-27-noyabr (2 kun) Ingliz tili (Maktabgacha); Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi; Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi; Jismoniy tarbiya (Maktabgacha); Musiqa xodimi (Musiqa rahbari); Nemis tili (Maktabgacha); O‘qituvchi-defektolog (Maktabgacha); O‘qituvchi-logoped (Maktabgacha); Rus tili (Maktabgacha); Tarbiyachi-metodist (MTT direktor o‘rinbosari); 🔹27-28-noyabr (2 kun) Qoraqalpoq tili (Davlat tili); Qoraqalpoq tili va adabiyoti; ⚠️Eslatma: Pedagoglar malaka toifa (test) sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining olib kelishlari so‘raladi. Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar 👉 www.sinovtest.uz saytida namunaviy testlarni ishlab ko'rishlari mumkin. *Ushbu sinov kunlariga zarur hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda, bu haqida pedagoglar qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
192 496

MAKTAB️
192 496
⚡️O‘QUVCHILARGA MAKTAB HUDUDIDA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI. ❌taʼlim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan oʻgʻil bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq koʻrsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda boʻyni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi; ❌oʻzaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo soʻzlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zoʻravonlikni (bulling) koʻrsatishi; ❌bir guruh bolalar yoki bitta bola tomonidan boshqa bolaga yoki bolalarga nisbatan haqoratli laqablardan foydalanish u (ular) bilan har qanday muloqotni cheklab qoʻyishi yoki cheklab qoʻyishga urinishi; ❌tengdoshlarning yoki boshqa shaxslarning mol-mulkini olib qoʻyish va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazish, ularning oʻziga xos jismoniy, psixologik yoki  intellektual xususiyatlarini ommaviy muhokama qilishi; ❌qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos boʻlmagan yoki taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli, shuningdek, taʼlim muassasasi, oʻqituvchi va oʻquvchilarning obroʻsini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanishi; ❌dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali tasvirga olishi; ❌taʼlim muassasasi kompyuterlarida taʼlim muassasasiga tegishli boʻlmagan maʼlumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan bolalarning yosh xususiyatlariga mos boʻlmagan turli videomateriallar, taqiqlangan diniy maʼlumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zoʻravonlikni targʻib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlashi, saqlashi, foydalanishi va targʻib etishi; ❌har qanday kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish va boshqa tengdoshlarni jalb qilishi; ❌taʼlim muassasasi hududida tugʻilgan kun, Oʻzbekiston qonunchiligida belgilanmagan turli bayram tadbirlarini nishonlashi. Asos: MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
192 496
🚀 Minni Yordamchi — foydali vositalar bir joyda! 🤖 AI, tarjima, hujjatlar, eslatmalar, futbol, ob-havo va yana ko‘plab imko
🚀 Minni Yordamchi — foydali vositalar bir joyda! 🤖 AI, tarjima, hujjatlar, eslatmalar, futbol, ob-havo va yana ko‘plab imkoniyatlar — barchasi Telegram ichida! 🎁 Do‘stlaringizni taklif qiling va bonus ballar oling! 👇 Hozir bepul sinab ko‘ring: 👉 https://t.me/Minni_Yordamchi_bot

MAKTAB️
192 496
⚡️Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun beriladigan 30 foiz chegirma haqida ayrim ma’lumotlar Chegirma faqat DAVLAT oliygohida KUNDUZGI ta’limda o‘qiyotgan talabalar uchun beriladi; 👥 Chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi. Demak, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 foizlik chegirma beriladi. 📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish kerak. Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi. ❌ Quyidagilarga chegirma berilmaydi: ➖ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari uchun; ➖ nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun; ➖ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari uchun; ➖ qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun; ➖ xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlari uchun; ➖ kechki, masofaviy hamda sirtqi ta’lim shakli uchun. 🔁 Pedagog farzandlariga chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Demak, har yili qaytadan chegirma olish mumkin. ❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi. Ayrim savollarga javoblar: ❓Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi? Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilganPedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida465 ta lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi. ❓Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi? Javob: Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi. ❓Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi? Javob: yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi. ❓O‘quv markazlaridagi o‘qituvchilarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi? Javob: yo‘q, o‘quv markazlari ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi. ❓To‘liq bo‘lmagan grantda o‘qiyotgan (50% davlat granti, 50% kontrakt) talabaning kontrakt summasi uchun ham chegirma beriladimi? Javob: ha, chegirma beriladi. 50% kontrakt qismi uchun 30% chegirma qo‘llanadi. ❓Qaror chiqqunga qadar 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘liq yoki qisman kontrakt to‘lovini to‘lab qo‘yganlar uchun chegirma qanday hisoblanadi? Ortiqcha to‘langan summa qaytariladimi yoki keyingi yil hisobi uchun o‘tkaziladimi? Javob: ha, to‘lab qo‘yganlar uchun ham chegirma qo‘llanadi va ortiqcha to‘langan summani istasa qaytarib olishi, istasa kelasi o‘quv yili uchun o‘tkazib yuborishi mumkin. ❓Pedagog xususiy ta’lim tashkilotida ishlasa ham chegirma beriladimi yoki faqat davlat ta’lim tashkilotida ishlashi kerakmi? Javob: xususiy ta’lim tashkilotida, masalan, xususiy oliygoh, xususiy maktab yoki xususiy bog‘chada ishlayotgan pedagoglarning farzandlari uchun ham 30% chegirma beriladi. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
192 496
⚡️O‘zbekistonda bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi joriy etildi. Prezident Admistratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘z kanalida bu haqida shunday yozdi. "Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi. Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi. Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart." 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
192 496
⚡️14–21-OKTABR KUNLARI DEMO CHSBLARI O‘TKAZILADI. (YANGI BAHOLASHGAN O‘TGAN MAKTABLAR UCHUN) Quyidagi sinflarda tegishli fanlardan online DEMO CHSBlar 2026-yil 14-21-oktabr kunlari o‘tkaziladi.   🔹5-6-7-sinflarda Matematika, Ona tili 🔹8-sinfda Algebra, Fizika 🔹9-sinfda Algebra, Biologiya 🔹10-sinfda Algebra, Kimyo 🔹11-sinfda Algebra, Chet tili   DEMO CHSBni berish uchun ish o‘tkaziladigan sinf jurnaliga o‘ting va quyidagilarni tanlang: «BSB/CHSB chiqarish» → «CHSB» → « DEMO Berish» ⚠️Diqqat: Topshiriqlarni faqat shu sinfda tegishli fandan dars beradigan o‘qituvchi bera oladi. Administrator topshiriqlarni bera olmaydi. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e