ar
Feedback
MAKTAB️

MAKTAB️

الذهاب إلى القناة على Telegram

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام MAKTAB️

تُعد قناة MAKTAB️ (@maktab_e) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 161 925 مشتركاً، محتلاً المرتبة 668 في فئة التعليم والمرتبة 246 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 161 925 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 18 سبتمبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار 24 164، وفي آخر 24 ساعة بمقدار 508، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 29.08‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 15.58‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 46 946 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 25 148 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 68.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 19 سبتمبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التعليم.

161 925
المشتركون
+50824 ساعات
+9 1917 أيام
+24 16430 أيام
أرشيف المشاركات
MAKTAB️
161 592
⚡️️SINF RAHBARLARINING LAVOZIM YO‘RIQNOMASIGA KO‘RA SINF RAHBARLARI QUYIDAGI HUJJATLARNI YURITADI Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 27- iyundagi 190-sonli buyrugʻiga 2-ilovada keltirilgan yo'riqnomaga ko'ra sinf rahbarlari quyidagi hujjatlarni yuritadi. 1. Sinf rahbari daftari; (sinf oʻquvchilari haqida umumiy ma’lumot, sinfning ijtimoiy xaritasi, kam ta’minlangan oilalar, toʻliq boʻlmagan oila, yetim va ota-onalik huquqidan mahrum etilganlarning farzandlari,sinf oʻquvchilarining toʻgarak va seksiyalarga qatnashish darajasi, ota-onalar bilan ishlash monitoringi, ota-onalar majlis bayonnomasi, biriktirilgan sinfda darslarni tahlil qilish, profilaktik ishlari, oʻquvchilarni kitob bilan ta’minlanganligi.) (Ushbu sinf rahbari daftarini ELEKTRON HOLDA HAM YURITISH MUMKINLIGI BELGILANDI.) 2. Maktabning ichki roʻyxatiga kiritilgan tartibbuzar, tarbiyasi ogʻir va surunkali dars qoldiruvchi oʻquvchilar bilan amalga oshirilgan ishlar yigʻma jildi. (308-sonli nizom boʻyicha qilingan ishlar) Shuningdek, sinf rahbarlari oʻquv yili choraklari va yakuni boʻyicha hisobotlar tayyorlaydi hamda faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha hisobotlarni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosariga topshiradi. Sinf rahbarlarining yuqorida koʻrsatilgan hujjatlaridan tayyor namunalarni va hisobotlarni kanalimiz orqali berib boramiz, bizni kuzatishda davom eting. 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
161 592
😄 ABITURIYENTLAR UCHUN YANA BIR IMKONIYAT! RASMAN: DAVLAT UNIVERSITETIDA QABUL DAVOM ETMOQDA! 🇺🇿Filial O‘zbekiston Respubl
😄 ABITURIYENTLAR UCHUN YANA BIR IMKONIYAT! RASMAN: DAVLAT UNIVERSITETIDA QABUL DAVOM ETMOQDA! 🇺🇿Filial O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ-4350-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan. 🏛 Toshkent shahridagi "MEI" Milliy tadqiqot universiteti filiali Sizni 2026/2027 o‘quv yili uchun 33 ta DAVLAT GRANTIga quyidagi ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘qishga taklif etadi: 👉 Kunduzgi ta'lim shakli uchun:
▫️ Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi Jami: 43 |⏺Grant: 11 |⏺Kontrakt: 32 ▫️ Elektr energetikasi va elektr texnikasi Jami: 48 |⏺Grant: 9 |⏺Kontrakt: 39 ▫️ Fundamental informatika va axborot texnologiyalari Jami: 10 |⏺Grant: 1 |⏺Kontrakt: 9 ▫️ Elektronika va nanoelektronika Jami: 21 |⏺Grant: 6 |⏺Kontrakt: 15 ▫️ Sifatni boshqarish Jami: 25 |⏺Grant: 6 |⏺Kontrakt: 19
👉 Muqobil ta'lim shakli uchun:
▫️Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi Jami: 21 |⏺Kontrakt: 21 ▫️Elektr energetikasi va elektr texnikasi Jami: 19 |⏺Kontrakt: 19 ▫️Fundamental informatika va axborot texnologiyalari Jami: 22 |⏺Kontrakt: 22 ▫️Sifatni boshqarish Jami: 17 |⏺Kontrakt: 17
☑️ Eng muhimi: Filialda viloyatlardan kelib tahsil oluvchi talabalar uchun barcha zarur sharoitlarga ega talabalar turar joyi mavjud. 📎 Hujjat topshirish 💬 Onlayn murojaat 📝 Kirish imtihonlari: Matematika va rus tili ⏲ Qabuli muddati: 27 sentabrgacha 📞 Call Center (Maslahat markazi): ☎️ +998555007740 ☎️ +998951457741 ☎️ +998951457742 Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube

MAKTAB️
161 592
⚡️BSB, CHSB  BO'YICHA OʻQUVCHIGA KUNLIK BAHO QUYIDAGICHA QOʻYILADI ❗️Formativ baholash (kunlik baholash): Oʻquvchi darsda: 9-10 ball qo‘yiladi, agar 👇👇 🔹faol, savollarga aniq va toʻgʻri javob bersa, guruh va juft boʻlib ishlashda ham faollik darajasi yuqori boʻlsa; 🔹ayrim qismlarida juda faol, savollarga toʻgʻri javob bersa, ayrim xatolarga yoʻl qoʻysa. 🏠Uyga vazifalarni bajarishi: 🔹uyga vazifani toʻliq va xatolarsiz bajargan boʻlsa; 🔹uyga vazifani toʻliq bajargan, baʼzi xatoliklar mavjud boʻlsa. 6-8 ball qo‘yiladi, agar 👇👇 🔹faol qatnashsa, fikrlarini qisman toʻgʻri bayon eta olsa; 🔹faol lekin savollarga ikkilanib javob bersa, guruh, juft boʻlib ishlaganda faollik darajasi past boʻlsa; 🔹faol boʻlishga harakat qilsa, mavzuga doir savollarning ayrimlariga toʻgʻri javob bersa. 🏠Uyga vazifalarni bajarishi: 🔹uyga vazifani bajargan, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa. 0-5 ball qo‘yiladi, agar👇👇 🔹faol ishtirok etsa va toʻgʻri boʻlmagan fikrlar bildirsa; 🔹savollarga notoʻgʻri javob bersa, oʻquvchilar orasida darsdagi faolligi sezilarli boʻlmasa. 🏠Uyga vazifalarni bajarishi: 🔹uyga vazifani qisman bajargan, xatoliklar koʻp boʻlsa; 🔹uyga vazifani bajarmagan boʻlsa. Asos: MMTV ning 2023-yil 16-avgustdagi 248-sonli buyrug‘i 💰Moliyachi bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
161 592

MAKTAB️
161 592
⚡️TARIXNI ENG YAXSHI TAYYORGARLIK BILAN O'RGANING! Tarix o'qituvchisimisiz — attestatsiya yoki milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanyapsizmi? Yoki milliy sertifikatga tayyorlanayotgan abituriyentmisiz? Qaysi biri bo'lmasin, sizga aynan mos manba topildi 👇 Kamron Vohidov — tarix bo'yicha maxsus, 100% BEPUL ta'lim kanali ✔️ O'qituvchilar uchun — attestatsiya va milliy sertifikat imtihoniga tayyor darslik materiallari ✔️ Abituriyentlar uchun — milliy sertifikat bo'yicha tizimli va izchil mavzular ✔️ Sodda, tushunarli va aniq tilda tayyorlangan qo'llanmalar ✔️ Ishonchli manbalar asosida tayyorlangan, xatosiz ma'lumotlar ✔️ Doimiy yangilanib turadigan kontent — hech qachon eskirmaydi 🎬 📱videolar — tarixiy shaxslar haqida qiziqarli 📱-videolar! 🤖 Shayboniyxon, Amir Temur, Saladin, Sulton Sulaymon va boshqa buyuk siymolar hayotini endi shunchaki o'qimaysiz — ularni ko'rib, his qilib o'rganasiz. Tarix endi zerikarli fan emas — u sizni jozibali sarguzashtga aylanadi. Minglab o'qituvchi va abituriyent allaqachon obuna bo'lgan. Siz-chi? Hoziroq qo'shiling:👇 https://t.me/Kamron_Vohidov_Tarix

MAKTAB️
161 592
⭕️⭕️⭕️ ⚡️RASMAN: Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har yili pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi. Bu haqda tegishli Hukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) qabul qilindi, 👥 Chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi. Demak, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 foizlik chegirma beriladi. 📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish kerak. Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi. ❌ Quyidagilarga chegirma berilmaydi: ➖ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari uchun; ➖ nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun; ➖ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari uchun; ➖ qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun; ➖ xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlari uchun; ➖ kechki, masofaviy hamda sirtqi talim shakli uchun. 🔁 Pedagog farzandlariga chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Demak, har yili qaytadan chegirma olish mumkin. ❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi. ©Xushnudbek 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
161 592
⚡️SINF JURNALIGA DAVOMAT BELGILARI QUYIDAGICHA KIRITILISHI SHART Xalq ta’limi vazirining (hozirgi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi) 2О22-уil 24-iyundagi 205-son buyrug‘iga asosan davomat belgilari quyidagicha qayd etiladi. ❗️Fan o‘qituvchilari tomonidan faqat kichik xarflarda qayd etiladi:👇 s — hech qanday sababsiz dars qoldirganini ko‘rsatish uchun; kq — darsga kechikishni ko‘rsatish uchun.(baxolash mumkin). ❗️Faqat sinf rahbari faqat kichik xarflarda qayd etadi: 👇 s — hech qanday sababsiz dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun; dq — sababli dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun; k — kasallik sababli dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun; kq — darsga kechikib kerganligini ko‘rsatish uchun; m — surunkali dars qoldirayotganligini ko‘rsatish uchun; ch — respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko‘rsatish uchun; q — ta’lim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini ko‘rsatish uchun; ns — ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini ko‘rsatish uchun; tq — turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini ko‘rsatish uchun qo‘yish belgilanadi. ⚠️ESLATMA: Fan o'qituvchilari darsda qatnashgan o'quvchilarning 30% ni baholashi va "Dars o'tildi" qaydiga belgi qo'yishi zarur. O‘quvchilar o‘z vaqtida (1 smenali maktablar uchun 9.00 dan 21.00 gacha, 2 smenali maktablar uchun joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha) baholanmasligi, belgining qo‘yilmasligi o‘qituvchini dars o‘tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to‘lanmaydi. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
161 592
⚡️QOZOG‘ISTONDA CHSB va BSB LAR BOSQICHMA-BOSQICH BEKOR QILINAR EKAN. Tegrinews.kz nashrining yozishicha, Qozog‘istonda CHSB va BSBlar bosqichma-bosqich hamma sinflarda bekor qilinadi. Taʼlim vazirining aytishicha, bu baholash yondashuvidan oldin 5-9 sinflarda, keyin 10-11sinflarda voz kechiladi. Taʼlim vazirligiga koʻra, CHSB va BSB tizimi oʻquvchilarga ortiqcha akademik va emotsional bosim oʻtkazmoqda hamda ularning bilimini toʻgʻri baholash imkonini bermayapti. Oʻzbekistonda ham Qozogʻistondan koʻchirilgan va taʼlim jarayoniga salbiy taʼsir koʻrsatayotgani aytilayotgan CHSB- BSB tizimini bekor qilish talabi aks etgan petitsiya koʻrib chiqish uchun yetarli 10 ming ovoz toʻplagan edi. Lekin vakolatli organlar tomonidan petitsiyani koʻrib chiqilgani va bu boʻyicha biron qarorga kelingani haqida haligacha biron-bir xabar berilmagan. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
161 592
⚡️BAYRAMGA MUKOFOT PULI QANCHA CHIQADI?   “1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan umum ta’lim maktablarida ishlayotgan xodimlar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga asosan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.   Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizi hozirda 1 mln 20 ming so‘mni tashkil etmoqda. Demak, mukofot puli 1 mln 20 ming so‘m. ⚠️Ammo, lekin,biroq. Ushbu summa direktor jamg‘armasi hisobida yetarli mablag‘lar bo‘lganda to‘lanadi. Agar mablag‘ ozroq bo‘lsa, mukofot puli ham ozroq to‘lanishi mumkin.   Shuningdek, 1-sentabrdan buydjet xodimlarining oyligi 7% ga oshirilgan.   ✔️Yangi dars taqsimoti, 7% oshgan narxda va mukofot pulini ham qo‘shgan holda sizga qancha oylik chiqishini o‘zingiz mustaqil hisoblab ko‘ring. Buning uchun Moliyachi botga kirib amallarni bajaring va yakunda plastikka tushadigan summa kelib chiqadi. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
161 592
🛑ЎҚИТУВЧИЛАР учун энг катта МУАММО бўлган АТТЕСТАЦИЯ имтиҳони ҳақида муҳим янгилик‼️ 💠Биламизки, АТТЕСТАЦИЯдан ўтолмаслик ўқитувчиларни энг катта 3 та МУАММОГА дучор қилади. ❇️1-Муаммо👇 (бу энг катта муаммо). АТТЕСТАЦИЯ ИМТИҲОНИДАН бир неча бор ўтолмаслик мактаб сиз билан қилган меҳнат шартномасини бекор қилишига олиб келади ва сиз ишсиз қоласиз. ❇️ 2-Муаммо (барча ўқитувчиларнинг дарди). АТТЕСТАЦИЯ имтиҳонидан ўтолмаслик коллектив олдида савиясиз, билимсиз ўқитувчи экан деб, ном олишингиз ва БОШИНГИЗ ЭГИЛИШИ га олиб келади. ❇️3-Муаммо (шуниси ёмонда😁) АТТЕСТАЦИЯ имтиҳонидан ўтолмаслик ОЙЛИГИНГИЗ ошмаслигига олиб келади ва ундан ҳам ёмони доимий имтиҳондан ўтолмаслик мактабда сизга кам дарс соатлари берилишига олиб келади. Бу эса жуда жуда паст ойлик олишингизга олиб келади. ♻️Бу уччала муаммога дуч келмаслигингиз учун мен сизга энг кучли тизимда тайёрланадиган мукаммал АТТЕСТАЦИЯ курсини таклиф етмокчиман. 👨‍🏫 9,5 йиллик кучли тажрибага эга бўлган, БУХОРОЛИК эксперт репетиторлар тажрибаси асосида АТТЕСТАЦИЯ ИМТИҲОНИДАН олиб ўтиш учун кучли ва тизимли курс ишлаб чиқилган. Эътиборли жиҳати шундаки, бу курсда тайёрланган 3401 та ўқитувчидан 3196 таси АТТЕСТАЦИЯ ИМТИҲОНИДАН ўтган. Бу дегани ўрта ҳисобда курсда тайёрланган 94.3 фоиз ўқитувчи АТТЕСТАЦИЯ ИМТИҲОНИДАН ўтган. ❇️Дарслар ОНЛАЙН ҳар бир киши билан алоҳида ИНДИВИДУАЛ тартибда платформада олиб борилади❗️Биз сизни 👇 ✅МАТEМАТИКА ✅КИМЁ ✅ИНГЛИЗ ТИЛИ ✅РУС ТИЛИ ✅ГEОГРАФИЯ ✅ТАРИХ ✅БОШЛАНҒИЧ ТАЪЛИМ ✅БИОЛОГИЯ ✅ОНА ТИЛИ фанларига 100% кафолат асосида тайёрлаймиз. 🔰Кафолатимиз шундан иборатки, биз сизни 100% АТТЕСТАЦИЯ имтиҳонидан ўтказамиз. Агар сиз бизнинг ҲАР КУНЛИК дарсларимизга қатнашиб, дарсларни ТЎЛИҚ ўқиб имтиҳондан ўтолмасангиз, ҳеч қандай гап сўзсиз 100% ПУЛИНГИЗ қайтариб берилади. ❗️Курсга ёзилиш учун 128 та жой бор, холос. Бошқа ўқитувчи олишни иложи йўқ. Чунки сифатли таълим бериб ҳаммани имтиҳондан ўтказишни иложи бўлмайди. . ⭕️РЎЙХАТДАН ЎТИНГ @bukharaedu_reg_bot @bukharaedu_reg_bot @bukharaedu_reg_bot

MAKTAB️
161 592
⚡️TO‘GARAK HUJJATLARI QAY TARTIBDA YURITILISHI KERAK? Hozirgi kunda maktablarda fan to‘garaklarni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma mavjud emas. Shuning uchun hozir biz beradigan javob faqatgina tavsiyaviy ahamiyatga ega ekanligini eslatib o‘tmoqchimiz. O‘quvchilarni to‘garakka qabul qilishda ularni yoshlarini, qiziqishlarini hisobga olinadi. Har bir to‘garak a'zosi o‘quv yili moboynida to‘garakdan chiqib ketishi, boshqa to‘garakka a'zo bo‘lishi va xohishi bo‘yicha bir vaqtning o‘zida bir nechta to‘garakda ishtirok etish huquqiga ega. 👆To‘garak rahbari quyidagi hujjatlarni yuritishi mumkin: 🔹To‘garakning yillik taqvim rejasi (past o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar uchun) 🔹To‘garak mashg‘ulotlar jurnali 🔹O‘quvchilar ota-onasining arizasi To‘garak ish rejasi ikki ko‘rinishda tuziladi. 1-past o‘zlashtruvchi o‘quvchilar uchun alohida. 2-iqtidorli o‘quvchilar uchun alohida. Ish reja maktab direktori tomonidan tasdiqlanishi va unga pechat bosilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, ish reja maktabning MMIBDO‘ va to‘garak rahbari tomonidan ham imzo qo‘yilib tasdiqlanishi kerak. To‘garak uchun ixtiyoriy ravishda quyidagi hujjatlar yuritilishi mumkin: Mashg‘ulotlar ishlanmasi To‘garak tadbirlaridan lavhalar Ko‘rgazmali qurollar. To‘garak jurnaldagi yozuvlar aniq, tartibli va muntazam olib borilishi kerak. Jurnalga to‘garak rahbari o‘zi olib boradigan to‘garakning nomini, muasasa rahbari tomonidan tasdiqlangan to‘garak mashg‘uloti jadvalini, to‘garak rahbarining ismi va familiyasini, otasining ismi, to‘garak sardorining to‘liq ismi familiyasini yozib qo‘yishi kerak. To‘garak ishini hisobga olish uchun jurnalda betlar ajratilgan bo‘lib, unda to‘garak a'zolari tarkibi ismi familiyasi to‘liq, mashg‘ulotlar mavzusi, to‘garak ishining bajarilgan soati va muddati jadvalga muvofiq ko‘rsatiladi. Direktor o‘rinbosarlari fan o‘qituvchilari tomonidan olib boriladigan to‘garak hujjatlarini to‘g‘ri yuritilishini muntazam ravishda nazorat qilib boriladi. 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
161 592
⚡️MAKTABLARDAGI “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBLARINING KOORDINATORIGA PUL MUKOFOTI BERILADI. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarorida shunday yozilgan 🔹"taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bo'lgan pedagoglarga direktor jamg'armasi hamda oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari jamg'armalari hisobidan bir oylik mehnatga haq to'lash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama to'lab beriladi." Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarorida ham quyidagicha qayd etilgan 🔹"umumtaʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bo'lgan o'qituvchilarga ularning taʼrif stavkasining 50 foizi miqdorida bir martalik to'lov to‘lash" 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
161 592
⚡️️O‘QITUVCHILARNING FORMASI BO‘YICHA QUYIDAGI TALABLAR MAVJUD. - jamoa a’zolari ish vaqtida erkin harakatlanish uchun qulay va estetik did bilan kasbga mos holda kiyinishlari - kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi hamda kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi erkaklar mavsumga qarab – klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog‘, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi ayollar mavsumga qarab – klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani ochiq ko‘rsatib turmaydigan kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, past poshnali poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi (Muassasa ustavi bilan ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining rangi va qo‘shimcha belgilariga mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.) - umume’tirof etilgan milliy an’analarga, shakllarga va ma’naviy-axloqiy tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari o‘qituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shuningdek, ta’lim muassasasi hududida o‘tkaziladigan turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar bundan mustasno) kiyimlarida bo‘lmasligi talab etiladi. Xodimlarning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagi talablar belgilanadi: - tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan bo‘lishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (g‘ayrioddiy) ranglarga bo‘yalmagan bo‘lishi ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurmasligi, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada pardoz qilmasligi, tirnog‘ini uzun qilib o‘stirmasligi talab etiladi. 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
161 592
⚡️MAKTABDAGI KUZATUV KENGASHI QUYIDAGI TARIBDA YURITILADI. Xalq ta’limi vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 16-mh sonli buyrug‘iga ko‘ra maktablarda kuzatuv kengashi quyidagi tarkibda tuziladi va u bir qancha huquq vakolatlarga egadir. Kengash 7 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga o‘quvchilarning ota-onalari orasidan kamida 2 nafar, sobiq bitiruvchilar orasidan 2 nafar va nafaqadagi sobiq pedagoglar orasidan 1 nafar hamda homiylar orasidan 2 nafar a’zo kiritiladi. Kengash a’zolarining soni cheklanmaydi. Kengashning birinchi yig‘ilishida oddiy ko‘pchilik ochiq ovoz berishi orqali Kengash raisi va kotibi saylanadi. Bunda, Kengash raisi va kotibi Kengash a’zolari tomonidan saylanadi. Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi har o‘quv yili boshida ko‘rib chiqilishi mumkin. Kengash har chorakda kamida bir marta yig‘iladi. Zarur hollarda navbatdan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin. Kengash yig‘ilishlarini tashkillashtirilishi va o‘tkazilishi hamda hujjatlarning to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirilishi uchun Kengash raisi mas’ul hisoblanadi. Maktab rahbari Kengash ishini tashkil qilish (hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash uchun zarur bo‘lgan xona, maktab faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar va kanselyariya jihozlari bilan ta’minlash) uchun mas’ul hisoblanadi. ❗️Kengashning huquq va vakolatlari 🔹maktabning tegishli davridagi faoliyati bo‘yicha maktab direktoridan ma’lumotlarni so‘rash va olish; 🔹maktabning moliyaviy hisobotlari bilan tanishish; 🔹homiylik va xayriya mablag‘larining kirim qilinishi hamda sarflanishi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish; 🔹maktab pedagoglarining sha’ni, qadr-qimmati, obro‘sini himoya qilish bo‘yicha takliflar kiritish. 🔹maktab direktori va direktor o‘rinbosarlarining boshqaruv faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etilishi hamda o‘quvchilar, ularning ota-onalaridan noqonuniy pul yig‘imlari undirilmasligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi; 🔹maktabning umumiy yig‘ilishlarida qatnashadi, o‘quvchilar va ota-onalarning manfaatlarini himoya qiladi; 🔹maktabda ijtimoiy-ma’naviy muhitning buzilishi, ta’lim sifatining pasayib ketishi, tizimli muammolarning kelib chiqishi, pedagoglar bilan ma’muriyat o‘rtasida yoki ota-onalar bilan ma’muriyat o‘rtasida nizoli holatlar kelib chiqqan taqdirda, maktab direktorini lavozimidan ozod etish bo‘yicha hududiy boshqarmalarga taklif kiritadi. ☝️Kengash a’zolariga yuqorida belgilanmagan vakolatlariga ega bo‘lishlariga, maktab direktorining qonunda belgilangan vakolatlariga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
161 592
❗️❗️❗️❗️ Attestasiya va milliy sertifikat imtihonlariga oz vaqt qoldi Biz sizga Tayyor dastur, tushunarli tushuntirish, muntazam nazorat testlari taqdim etamiz Kechikkanlar emas, boshlamaganlar mag'lub bo'ladi. Bugun boshlagan odam 1.5 oydan keyin natija bilan, "keyin boshlayman" degan odam esa yana bir bahona bilan qoladi. Bizda mavjud kurslar Ona tili milliy sertifikat guruhimiz Boshlang’ich ta’lim milliy sertifikat kuchaytirilgan guruh Boshlang’ich ta’lim attestatsiya kuchaytirilgan guruh Oson Matematika matematika milliy sertifikat guruhi Pedagogik mahorat guruhi Murojaat uchun @Nasibabdullayeva ga yozing Spam bo’lsangiz @Chatdaqatnashish_bot botga yozing Har kuni bepul darslar shu kanalda 2️⃣1️⃣:0️⃣0️⃣ da bepul darslar 👇👇👇👇 @AttestatsiyaNasiba

MAKTAB️
161 592
⚡️MAKTABDA TADBIRLARNI O‘TKAZISHDA QUYIDAGILARGA ETIBOR BERISH KERAK. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 6-avgustdagi 288-son buyrug‘iga ko‘ra Tadbirni tasdiqlashdan oldin uning xavf darajasi ishtirokchilarning yoshi va soni, oʻtkazish joyi va davomiyligi, transportdan foydalanish, jismoniy faollik, texnik va sahna jihozlari, tashqi mehmonlar ishtiroki, ob-havo sharoiti hamda boshqa xavf omillari asosida baholanadi. Tadbirning davomiyligi bolalarning yoshi, kun tartibi, taʼlim yuklamasi va dam olish ehtiyojlarini hisobga olgan holda quyidagicha belgilanadi. 1-4-sinf oʻquvchilari uchun – 45 daqiqadan; 5-9-sinf oʻquvchilari uchun – 60 daqiqadan; 10-11-sinf oʻquvchilari uchun – 90 daqiqadan oshmasligi lozim. Bolani sahnaga chiqishga, rol ijro etishga, shaxsiy fikri yoki maʼlumotini omma oldida bildirishga, shuningdek, unga psixologik noqulaylik tugʻdiradigan topshiriqni bajarishga majburlashga yoʻl qoʻyilmaydi. ❗️Bolaning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan, uni uyaltiradigan, mazax qilish yoki notoʻgʻri talqin etishga sabab boʻladigan foto, video va montaj materiallarini tayyorlash yoki tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan materiallar yuzasidan bolaga nisbatan haqorat, kamsitish yoki kiberbulling holatlarining oldini olish choralari koʻriladi. Ushbu Tartib talablariga rioya etilishini taʼminlash direktor zimmasiga yuklanadi. Tadbirni tashkil etishda ishtirok etgan pedagog, psixolog, tibbiy xodim va boshqa masʼul shaxslar oʻz vazifalari doirasida Tartib talablariga rioya etilishi uchun javobgar hisoblanadi. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
161 592
⚡️O‘QUVCHILARGA MAKTAB HUDUDIDA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI. ❌taʼlim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan oʻgʻil bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq koʻrsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda boʻyni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi; ❌oʻzaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo soʻzlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zoʻravonlikni (bulling) koʻrsatishi; ❌bir guruh bolalar yoki bitta bola tomonidan boshqa bolaga yoki bolalarga nisbatan haqoratli laqablardan foydalanish u (ular) bilan har qanday muloqotni cheklab qoʻyishi yoki cheklab qoʻyishga urinishi; ❌tengdoshlarning yoki boshqa shaxslarning mol-mulkini olib qoʻyish va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazish, ularning oʻziga xos jismoniy, psixologik yoki  intellektual xususiyatlarini ommaviy muhokama qilishi; ❌qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos boʻlmagan yoki taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli, shuningdek, taʼlim muassasasi, oʻqituvchi va oʻquvchilarning obroʻsini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanishi; ❌dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali tasvirga olishi; ❌taʼlim muassasasi kompyuterlarida taʼlim muassasasiga tegishli boʻlmagan maʼlumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan bolalarning yosh xususiyatlariga mos boʻlmagan turli videomateriallar, taqiqlangan diniy maʼlumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zoʻravonlikni targʻib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlashi, saqlashi, foydalanishi va targʻib etishi; ❌har qanday kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish va boshqa tengdoshlarni jalb qilishi; ❌taʼlim muassasasi hududida tugʻilgan kun, Oʻzbekiston qonunchiligida belgilanmagan turli bayram tadbirlarini nishonlashi. Asos: MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
161 592
⚡️UY TA’LIMIGA DARS O‘TUVCHI PEDAGOGLARNING MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA (Buni barcha pedagoglar bilishi kerak) o‘quvchining imkoniyatlari va tibbiy xulosani inobatga olgan holda o‘quv dasturlarining o‘zlashtirilishini ta’minlash; o‘quvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishini ta’minlash, atrof muhit va ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish; o‘quvchining ma’naviy-axloqiy sifatlarini yuksaltirish hamda estetik did va his-tuyg‘ularini tarbiyalash; o‘quvchida darsliklar, badiiy adabiyotlar va boshqa manbalar bilan mustaqil ishlash malakasini rivojlantirish; dars mashg‘ulotlari rejasini tuzish; dars mashg‘ulotlariga oid bo‘lgan hujjatlarni o‘z vaqtida yuritish hamda o‘quvchining o‘zlashtirishi bo‘yicha baholash daftariga qo‘yilgan baholarni sinf jurnaliga yoki o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga kiritib borish. O‘qituvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
161 592
⚡️DARSGA HALAQIT BERIB, DARSNI BUZADIGAN O‘QUVCHILARGA QANDAY CHORA KO‘RISH MUMKIN? Assalomu alaykum. O‘quvchi darsda xulqi yomon. Dars jarayonini buzadi. Boshqa o‘quvchi va o‘qituvchi bilan janjallashadi. Shu xodisaga qanday qonun doirasida chora ko‘rish mumkin YURIST JAVOBI: O'quvchiga nisbatan biror ta'sir chorasi qo'llanilmaydi, aksincha bunday vaziyatda uning ota-onasiga nisbatan ma'muriy javobgarlik chorasi qo'llaniladi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi 4-ilovada tasdiqlangan Umumiy o'rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 14-bandiga asosan o'quvchi dars mashg'ulotlarida: 🔹tеgishli darslik va zarur o'quv qurollari bilan ishtirok etish; 🔹darslarda o'quv jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan boshqa ishlarga chalg'imaslik; 🔹o'qituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bеrmoqchi bo'lganda qo'lini ko'tarib ruxsat so'rash; 🔹sanitariya-gigiеna va tеxnika xavfsizlik qoidalariga to'liq amal qilishi shart. Mana shu qoidaga binoan o'quvchi yuqoridagilarni bajarishi talab etiladi. Agar u mazkur majburiyatlarni bajarishdan bo'yin tovlasa, unda ota-onaga nisbatan ta'sir chorasi ko'rilishi mumkin. Bunday holatda ota-onaga Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodеks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qo'llaniladi. Ya'ni Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan kеyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa: bazaviy hisoblash miqdorining bеsh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e

MAKTAB️
161 592
⚡️TEKSHIRUV BO‘LMASDAN OLDIN HUJJATLARINGIZNI TO‘G‘RILLAB OLING. Sizlarga o‘zimiz tayyorlagan hujjatlarni tavsiya qilamiz. Hujjatlarimiz amaldagi qarorlar asosida tuzilgan boʻlib, oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlar chiqarib tashlangan. Hujjatlarimiz yangi baholash tizimiga (BSB, CHSB) oʻtgan maktablar uchun ham, oʻtmagan maktablar uchun ham mos keladi. 🔹Pedkengash hujjatlari 🔹Metodbirlashma hujjatlari 🔹Rahbar xodimlarning yillik ish rejasi 🔹Maktabning yillik ish rejasi Hujjatlarni sotib olish uchun quyidagi tugmalarni bosing: 👉@hujjatlar_mutahasisi