MAKTAB️
Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram MAKTAB️
El canal MAKTAB️ (@maktab_e) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 175 842 suscriptores, ocupando la posición 570 en la categoría Educación y el puesto 213 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 175 842 suscriptores.
Según los últimos datos del 29 septiembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 31 093, y en las últimas 24 horas de 1 124, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: No verificado
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 27.48%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 14.16% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 48 205 visualizaciones. En el primer día suele acumular 24 844 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 78.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!
Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot
Reklama bo‘yicha: @reklama_da”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 30 septiembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.
Carga de datos en curso...
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 30 septiembre | +159 | |||
| 29 septiembre | +1 154 | |||
| 28 septiembre | +1 086 | |||
| 27 septiembre | +1 581 | |||
| 26 septiembre | +1 735 | |||
| 25 septiembre | +681 | |||
| 24 septiembre | +858 | |||
| 23 septiembre | +1 752 | |||
| 22 septiembre | +1 284 | |||
| 21 septiembre | +1 292 | |||
| 20 septiembre | +2 482 | |||
| 19 septiembre | +578 | |||
| 18 septiembre | +600 | |||
| 17 septiembre | +601 | |||
| 16 septiembre | +1 608 | |||
| 15 septiembre | +1 414 | |||
| 14 septiembre | +1 394 | |||
| 13 septiembre | +2 911 | |||
| 12 septiembre | +895 | |||
| 11 septiembre | +307 | |||
| 10 septiembre | +819 | |||
| 09 septiembre | +540 | |||
| 08 septiembre | +276 | |||
| 07 septiembre | +431 | |||
| 06 septiembre | +2 118 | |||
| 05 septiembre | +829 | |||
| 04 septiembre | +221 | |||
| 03 septiembre | +1 017 | |||
| 02 septiembre | +920 | |||
| 01 septiembre | +522 |
| 2 | ⚡️️DUNYO DAVLATLARI O‘QITUVCHILAR KUNINI QAYSI SANADA NISHONLASHADI?
1 Afg'oniston 5 oktabr
2 Albaniya, 7 mart
3 Jazoir 28 fevral
4 Argentina 11 sentabr
5 Armaniston 5 oktabr
6 Avstraliya oktabr oxirgi juma kuni
7 Ozarbayjon 5 oktabr
8 Bahrayn 5 oktabr
9 Bangladesh 5 oktabr
10 Belarussiya oktyabrning birinchi yakshanbasi
11 Belgiya 5 oktabr
12 Butan 2 may
13 Boliviya 6 iyun
14 Braziliya 15 oktabr
15 Bruney 23 sentabr
16 Bolgariya 5 oktabr
17 Kamerun 5 oktabr
18 Kanada 5 oktabr
19 Chili 16 oktabr
20 Xitoy 10 sentabr
21 Kolumbiya, 15 may
22 Kosta -Rika 22 dekabr
23 Xorvatiya 5 oktabr
24 Kuba 22 dekabr
25 Chexiya 28 mart
26 Dominikan Respublikasi 30 iyun
27 Ekvador 13 aprel
28 Misr 28 fevral
29 Salvador 22 iyun
30 Estoniya 5 oktabr
31 Gruziya 5 oktabr
32 Germaniya 5 oktabr
33 Gretsiya 30 yanvar
34 Gvatemala 25 iyun
35 Gonduras 17 sentabr
36 Gonkong 10 sentabr
37 Vengriya, iyun oyining birinchi yakshanbasi
38 Hindiston Ashadhaning to'lin oy kuni (iyun - iyul) va 5 sentyabr
39 Indoneziya 25 noyabr
40 Eron 2 may
41 Iroq, 1 mart
42 Isroil ibroniy taqvimida fuqarolik yilning uchinchi oyi va cherkov yilining to'qqizinchi oyida
43 Yamayka 6 may
44 Iordaniya 28 fevral
45 Qozog'iston oktabr oyining birinchi yakshanbasi
46 Kosovo 7 mart
47 Kuvayt 5 oktabr
48 Laos 7 oktabr
49 Latviya oktabrning birinchi yakshanbasi
50 Livan 9 mart
51 Liviya 28 fevral
52 Litva 5 oktabr
53 Malayziya 16 may
54 Maldiv orollari 5 oktabr
55 Mavrikiy 5 oktabr
56 Meksika 15 may
57 Moldova 5 oktabr
58 Mo'g'uliston 5 oktabr
59 Marokash 28 fevral
60 Myanma 5 oktabr
61 Nepal Ashadhaning to'lin oy kuni (iyun -iyul)
62 Niderlandiya 5 oktabr
63 Yangi Zelandiya 29 oktabr
64 Nigeriya 5 oktabr
65 Shimoliy Makedoniya 5 oktabr
66 Ummon 24 fevral
67 Falastin 14 -dekabr
68 Panama 1 dekabr
69 Pokiston 5 oktabr
70 Papua Yangi Gvineya 5 oktyabr
71 Paragvay 30 aprel
72 Peru 6 iyul
73 Filippin 5 oktabr
74 Polsha 14 oktabr
75 Portugaliya 5 oktabr
76 Puerto -Riko 20 may
77 Qatar 5 oktabr
78 Ruminiya 5 oktabr
79 Rossiya 5 oktabr
80 Saudiya Arabistoni 5 oktabr
81 Serbiya 5 oktabr
82 Singapur sentabrning birinchi juma kuni
83 Slovakiya 28 mart
84 Somali 21 noyabr
85 Janubiy Koreya 15 may
86 Janubiy Sudan 1 dekabr
87 Ispaniya 27 noyabr
88 Shri -Lanka 6 oktabr
89 Suriya mart oyining uchinchi payshanbasi
90 Tayvan 28 sentabr
91 Tailand 16 yanvar
92 Tunis 28 fevral
93 Turkiya 24 noyabr
94 Ukraina oktabr oyining birinchi yakshanbasi
95 Birlashgan Arab Amirliklari 5 oktabr
96 Buyuk Britaniya 5 oktabr
97 Qo'shma Shtatlar milliy o'qituvchilar kuni seshanba kuni may oyining birinchi to'liq haftasida bo'lib o'tadigan o'qituvchilarni qadrlash haftaligida nishonlanadi.
98 Urugvay 22 sentabr
99 O‘zbekiston 1-oktabr
100 Venesuela 15 yanvar
101 Vyetnam 20 noyabr
102 Yaman 28 fevral
💰Oylik bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 52 935 |
| 3 | ⚡️MAKTABDA OʻQUVCHI TELEFON ISHLATSA NIMA QILISH KERAK?
Amaldagi tartiga ko’ra o’quvchi dars jarayonida yoki maktab hududida mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini barcha pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari shaxsan nazorat qiladi.
Oʻqituvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramay dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etganda fan o‘qituvchisi, sinf rahbari, direktor o‘rinbosari, psixolog (inspektor-psixolog) ishtirokida oʻquvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) olib qoʻyiladi va holat yuzasidan maktab direktori hamda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari ogohlantiriladi. Maktabning “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida holat muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borilganidan soʻng mobil aloqa vositalari oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillariga qaytarib beriladi.
Shunday holat oʻquv yili davomida bir o‘quvchi tomonidan ikki va undan ortiq marotaba takrorlanganda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddasi asosida maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, oʻquvchi ichki ishlar organlarining profilaktik roʻyxatiga olinadi.
Asos: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-son buyrug‘i
💰Oylik bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 56 633 |
| 4 | +1 ⚡️RASMAN YANGI BAHOLASHGA O'TGAN VA IJOBIY NATIJA QAYD ETGAN MAKTABLARNING BARCHA PEDAGOGLARI HAMDA RAHBAR XODIMLARIGA USTAMALAR TAYINLANDI
MMTVning 2026-yil 23-sentabrdagi 359-sonli buyrug'i
💰Oylik bot
O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/uqituvchiga_hujjat | 31 370 |
| 5 | ⚡️KUNDALIK COMDA MAKTAB RAHBARLARINING VAZIFALARI ANIQ BELGILAB BERILGAN
Xalq ta’limi vazirining 2О22-уil 24-iyun 205-son buyrug‘iga ko‘ra maktab rаhbаryatining vazifalari quyidagicha etib belgilandi.
👉DIREKTORning vazifalari:
O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" 2019-уil 2-iyuldagi O'RQ-547-son Qonuni talablariga rioya etish;
elektron jurnalni o'z vaqtida yuritish;
elektron jurnalga kiritilgan ma'lumotlarga o'zgartirish kiritilishining oldini olish;
elektron jurnalni yuritishda, fan o'qituvchilari tomonidan yo'l qo'yilgan, inson omiliga bog'liq xatolarga o'zgartirish kiritish maqsadida tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limiga rasmiy xat bilan murojaat qilish;
maktab psixologi lavozimidagi xodimni Platformadagi sinflarga a'zo bo'lganini vа "Psixolog" guruhlarini tuzib, o'quvchilar hamda ota-ona (о'quvchining qonuniy vakili) bilan doimiy muloqotda bо'lishini muvofiqlashtirish;
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2021-yil 6-sentabrdagi 284-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Umumiy о'rtа ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash va arxivlash tartibi haqida nizom" talablariga muvofiq hujjatlarni arxivlashtirishni umumta'lim muassasasining o'zida tashkillashtirishni amalga oshiradi.
👉O‘IBDO‘ning vazifalari:
elektron jurnal yagona tizimida muassasaning tizimdagi bosh administrator faoliyatini olib borish;
fan o'qituvchilari tomonidan baholash mezoniga doir o'quvchilarni baholash jarayoni faqat dars o'tilgan sananing o'zida olib borilishini nazorat qilish;
o'qituvchilar tomonidan hаr bir o'zgartirilgan baholarning sababi vа omillarini aniqlagan holda tegishli hujjatlar to'plamini yig'ib muassasa rahbariga taqdim etish;
elektron jurnalni o'z vaqtida vа to'g'ri yuritilishi bo'yicha o'tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan izoh уozib qoldirish;
fan o'qituvchilari tomonidan dars rejasiga asosan tegishli mavzu yuzasidan "Darsni ishlab chiqish rejasi"ni tizimga yuklatilganligini nazorat qilishni amalga oshiradi.
👉MMIBDO‘ning vazifalari:
fan o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan o'quvchilar davomatini monitoring qilib, kun davomida statistik mа'lumоt to'plab, maktab direktoriga taqdim etilishi;
maktab hayotiga doir tadbirlarni "yangiliklar sahifasi" vа "tadbirlar" bо'limida yoritib borilishi;
5 ta muhim tashabbus doirasida umumta'lim muassasalarida tashkil etilgan to'garaklar, seksiyalar vа klublarda o'quvchilarning qamrovini tahlil qilish bilan birgalikda kiritilayotgan ma'lumotlarni monitoring qilib, choraklik hisobot olib borilishini ta'minlaydi.
💰Oylik bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 43 937 |
| 6 | ⚡️KUNDALIK COMDA (emaktab) SINF RAHBARINING VAZIFALARI QUYIDAGICHA
1⃣ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili) uchun Platformada рrоfil yaratib,
vaqtinchalik Login vа Parolni tarqatish;
2⃣ota-onalar va o'qituvchilar uchun unutilgan Login vа Parolni tiklash tartibi hamda o'quvchi vа ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning shaxsiy ma'lumotlarini uzatish uchun javobgar bо'lish;
3⃣ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning Platformadagi faolligini doimiy ravishda kuzatib borish, zarurat tug'ilganda ularga aloqaga chiqib profilaktik suhbat olib borish. Profilaktik suhbat o'z ijobiy natijasini bermagan taqdirda maktab direktoriga mа'lumot kiritish;
4⃣sababli (kasalligi, oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda) dars qoldirgan o'quvchilarni sinf jurnalida maxsus belgilar (s, dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) bilan belgilab chiqish;
5⃣o'quvchi sababsiz 3 soat dars qoldirsa kerakli hujjatlar to'plamini yig'ib, muassasa rahbariga taqdim etish;
6⃣umumiy o'rta ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizim bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqidagi nizomga muvofiq belgilangan
vazifalar bajarilishini ta'minlaydi.
Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyun kungi 205-sonli buyrug‘i.
💰Moliyachi bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 43 297 |
| 7 | ⚡️OʻQITUVCHINING LAVOZIM MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA.
MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻiga asosan:
🔹pedagogik xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, oʻquv-tarbiya jarayoni, oʻquv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni oʻz vaqtida bajarish;
🔹dars mashgʻulotlarini rahbariyat tomonidan tasdiqlangan dars jadvali hamda taqvim-mavzu reja asosida olib borish;
🔹taʼlim sifatini oshirish maqsadida oʻz fani boʻyicha tarqatma va koʻrgazmali materiallarni tayyorlaydi (markazlashgan holda, jumladan vazirlik tomonidan taqdim yoki tavsiya etiladigan taʼlim portallarida elektron shakldagi tarqatma va koʻrgazmali materiallar boʻlmasa) va ulardan dars jarayonida samarali foydalanish;
🔹oʻquvchilarni oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qoʻllay olishga oʻrgatish;
🔹oʻquvchilarda oʻz fani boʻyicha bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, dars jarayonida oʻquvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishini taʼminlash;
🔹oʻz fani boʻyicha joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarini oʻtkazadi, oʻquvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirish;
🔹umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlariga muvofiq oʻz fani boʻyicha taqvim-mavzu rejalarni tuzish;
🔹oʻz ehtiyojiga koʻra fan oʻqituvchilari tomonidan oʻtiladigan darslarni kuzatish, dars tahlili natijasida oʻzaro tajriba almashish;
🔹pedagogik kengash, metodbirlashma yigʻilishlari, oʻquv-seminar, ochiq darslar va metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok etish;
🔹oʻz fani boʻyicha taqvim-mavzu reja asosida oʻtilgan mavzularni, oʻquvchilarning oʻtilgan mavzularni oʻzlashtirish bahosini va davomatini dars oʻtilgan kunning oʻzida elektron jurnalga qayd etish (bunda elektron jurnal joriy etilgan maktablarda anʼanaviy jurnalga baholashga yoʻl qoʻyilmaydi hamda elektron avtomatik davomat joriy qilingan maktablarda davomatni qayd etish oʻqituvchining vazifasiga kirmaydi);
🔹oʻquvchilarning qobiliyat va isteʼdodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash maqsadida oʻz fani boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish;
🔹oʻquvchilarni oʻz fani boʻyicha fanlar olimpiadalari, turli tanlovlar va musobaqalarga tayyorlash;
🔹oʻz fani boʻyicha belgilangan metodik kunda oʻzining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida oʻz ustida mustaqil ishlash, ilgʻor taʼlim metodlarini oʻrganish va doimiy ravishda malakasini oshirib borish choralarini koʻrish;
🔹oʻziga biriktirilgan sinf xonalari, laboratoriya xonalaridagi qurilmalar, texnik vositalar, boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini va ulardan oʻquv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni taʼminlash;
🔹taʼlim muassasasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga amal qilish;
🔹oʻquvchilar huquqlariga va bolalarni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qilish;
🔹taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;
🔹taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
🔹taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
🔹foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
🔹bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etmaslik, zoʻravonlikka uchragan bolalar toʻgʻrisida ish beruvchisi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ichki ishlar organlarini xabardor qilish;
🔹qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin
💰Oylik bot
🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 46 248 |
| 8 | ⚡️SINF XONALARGA O’QUV JIHOZLARINI (PARTA, STOL-STUL) JOYLASHTIRISHDA QUYIDAGI TALABLARGA RIOYA ETILISHI KERAK
Umumta’lim maktablarida maktablarni saqlanishi va o’quvchilarni o’qitilishiga qo’yiladigan sanitar epidemiologik talablar (SanPiN № 0341-16) ga muvofiq sinf xonalaridagi parta stol-stullar quyidagi tartibda joylashtirilishi kerak
2 o’rinli stollar qatoridagi masofa 60 sm dan kam bo’lmasligi kerak;
Parta qatorlari bilan tashqi devor orasidagi masofa 50—70 sm;
Parta qatorlari bilan ichki devor, to’siq, shkaf orasidagi masofa 50 sm;
Oxirgi parta bilan devor orasi 70 sm;
Doska bilan birinchi parta orasi 240 sm;
Doska bilan oxirgi parta orasidagi masofa 860 sm;
Doskani pastki tomoni bilan pol orasidagi masofa 70-90 sm bo’lishi kerak.
💰Oylik bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 39 942 |
| 9 | IRN Republic Mathematics and English Olympiad 2026-2027
IRN Respublika Matematika va Ingliz tili Olimpiadasi 2026-2027 qabuli boshlandi. Olimpiadada Davlat va Nodavlat maktablarining 1-11-sinf o'quvchilari ishtirok eta olishadi. Olimpiada Matematika va Ingliz tili fanlaridan bo'lib o'tadi.
IRN Respublika Matematika va Ingliz tili Olimpiadasi 2 bosqichda bo'lib o'tadi: Saralash va Final bosqichlari
Saralash bosqichi
Olimpiada Saralash bosqichi 2026-yil Dekabr oyida Respublikaning barcha hududlarida Offline tarzda bo'lib o'tadi. Saralash bosqichida har bir sinf va fan kesimida 20 ta test savollari beriladi. 14 yoki undan ko'p savollarga to'g'ri javob bergan o'quvchilar yoki Saralash bosqichida 70 va undan yuqori ballga ega bo'lgan o'quvchilar Final bosqichiga yo'llanmaga ega bo'lishadi.
Final bosqichi
IRN Respublika Matematika va Ingliz tili Olimpiadasi Final bosqichi barcha finalistlar uchun Toshkent shahrida offline tarzda bo'lib o'tadi. Final bosqichida yuqori natija ko'rsatgan o'quvchilari, Oltin 🥇, Kumush 🥈, Bronza 🥉 Medallari bilan taqdirlanadi.
22 nafar Oltin 🥇 Medal sovrindorlari - Xitoy Xalq Respublikasiga bepul ekskursiya yo'llanmasi va bepul darslarni qo'lga kiritishadi 🇨🇳
22 nafar Kumush 🥈 Medal sovrindorlari - Qimmatbaho sovrin Kompyuterlar 💻
22 nafar Bronza 🥉 Medal sovrindorlari - Qimmatbaho sovrin Smartfonlar 📱
Matematika fanidan eng yuqori natija koo'rsatgan 1 nafar g'olib va Ingliz tili fanidan eng yuqori natija ko'rsatgan yana 1 nafar g'olib OLIY SOVRIN - 2 ta "BYD CHAZOR" Avtomobillarini qo'lga kiritishadi
Saralash bosqichiga Ro'yxatdan o'tish 2026-yil 25-Noyabr soat 22:00 gacha davom etadi
Ishtirok etish uchun bir martalik to'lov:
Matematika fani - 285,000 UZS
Ingliz tili fani - 280,000 UZS
Ro'yxatdan o'tish: irnolympiad.uz
+998900995722
+998901170702
@IRN_Coordinator_Main
@IRN_Olympiads | 34 790 |
| 10 | ⚡️AMALDAGI NIZOMGA KO'RA METODBIRLASHMA RAHBARI VA A'ZOLARINING MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA
✔️Metodbirlashma rahbarining majburiyatlari:
🔹Metodbirlashmaning ish rejasini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish;
🔹yosh oʻqituvchilarga uslubiy yordam koʻrsatish;
🔹tegishli fanlarni oʻqitish sifatiga eʼtibor berish, Metodbirlashma faoliyati yuzasidan pedagogik kengashga hisobot berish;
🔹taqvim-mavzu rejalarning oʻqituvchilarga yetkazilishini taʼminlash;
🔹ochiq dars hamda mahorat darslarini tashkillashtirish.
✔️Metodbirlashma har bir aʼzosining majburiyatlari:
🔸har bir oʻqituvchi kamida bitta Metodbirlashmaga aʼzo boʻlishi;
🔸Metodbirlashma oʻtkazadigan yigʻilishlari va tadbirlarda qatnashishi;
🔸uzluksiz kasbiy rivojlanish uchun doimiy harakatda boʻlish;
🔸pedagogning huquqiy-meʼyoriy faoliyatini bilishi va unga amal qilishi; formativ va summativ baholash jarayonlarini toʻgʻri tashkil etish;
🔸pedagogik faoliyatida oʻz-oʻzini tahlil qilib borishi lozim.
Asos: MMTV ning 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrug‘i
💰Oylik bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 40 134 |
| 11 | ⚡️PEDAGOG XODIMLAR ATTESTATSIYA NATIJALARIGA KO‘RA QUYIDAGI BALLARNI TO‘PLASHI KERAK
🔤oliy toifa uchun 80 ball va undan yuqori
1️⃣birinchi toifa uchun 70 ball va undan yuqori
2️⃣ikkinchi toifa uchun 60 ball va undan yuqori
🔤mutaxassis toifa uchun 55 balldan 59 ballgacha
⚠️55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanadi. Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno.
💰Moliyachi bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 40 645 |
| 12 | ⚡️Milliy sertifikat imtihonida qatnashish uchun ariza berish yana qayta ochiladi
Milliy sertifikat imtihoniga roʻyxatdan oʻtishga ulgurmagan talabgorlar uchun toʻlov muddati yakunlangach, boʻsh qolgan oʻrinlarga ariza berish imkoniyati qayta ochiladi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlum qildi.
Agentlikka koʻra, imtihonlar uchun belgilangan limitlar avvalgi imtihonlar statistikasi asosida shakllantirilgan.
Ayni paytda oktyabr oyidagi sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning 60 foizi hali toʻlovni amalga oshirmagan. Toʻlov qilinmagan arizalar bekor qilingach, boʻshagan oʻrinlarga yana ariza qabul qilinadi.
Ariza topshirish qayta ochilishi haqida bir kun avval eʼlon beriladi.
Masalan, oʻzbek tili va adabiyoti fanidan toʻlov muddati 3-oktyabrda yakunlansa, 4–5-oktyabr kunlari boʻsh oʻrinlar uchun qayta ariza topshirish imkoniyati berilishi mumkin.
Eslatma: biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi.
💰Oylik bot
🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 54 887 |
| 13 | ⚡️ EMAKTAB.UZ DA O’QITUVCHI QUYIDAGI FUNKSIYALARNI BAJARADI.
Xalq ta'limi vazirining 2022-yil 24-iyundagi 205-sonli buyrug’iga ko’ra pedagoglar elektron kundalik jurnalini yuritishda quyidagi funksiyalarni bajaradi.
🔹Chorak boshida ish rejalarni kundalikka joylaydi (mavzularni kunligini-kunda kiritsa ham bo’laveradi). Bayram yoki ishlanmaydigan kundagi mavzularni tig’izlatadi.
🔹Darsda qatnashgan o’quvchilarni kamida 30% ni baholaydi. Bunda 1 smenalik maktablar soat 9.00-21.00 gacha bo’lgan muddatda, 2 smenalik bo’lgan maktablar joriy kundan ertasi kuni soat 13:00 gacha baholashi kerakdir. O’quvchilarni o’z vaqtida baholamaslik, o’qituvchini dars o’tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to’lanmaydi.
🔹Online tartibda kiritilgan baholarni 72 soat ichida o’zgartirish, qo’shimcha kiritishga ruxsat beriladi.
🔹Dars boshlanganda davomatni online tarzda kiritadi. Bunda faqat ikkita belgini qo’yadi. Kichkina “s” belgisi-o’quvchi sababsiz dars qoldirganda. Kichik “kq” belgisi-o’quvchi kech qolganda (baholash mumkin). Davomat bo’yicha qolgan belgilarni (s,dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) sinf rahbari kiritadi.
Shuningdek 205-sonli buyrug’da maktab rahbarlari va sinf rahbarining ham vazifalari ko’rsatib o’tilgan. Bu haqda avvali postlarimizda xabar bergan edik.
💰Oylik bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 52 536 |
| 14 | ⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga muayyan hudud boʻyicha oʻtirish oʻrinlari soniga ro'yxatga olinadi
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sertifikatlash tizimidagi imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar yuzasidan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Ma’lumki, sertifikat imtihonlariga tashkiliy jihatdan sifatli, benuqson tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazishda adolat, shaffoflik va talabgorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish, natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining-2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Aynan mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, test sinovlarini o‘tkazish joyi, muayyan hududlar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni hamda imtihon sanalari belgilanadi.
Shundan kelib chiqqan holda 2026-yilning ikkinchi yarmi uchun, ya’ni sentyabr oyida 125 753 ta, oktyabr oyida 129 535 ta, noyabr oyida 112 335 ta va dekabr oyida 128 680 ta, jami 496 303 ta o‘tirish o‘rni belgilangan.
Shu bilan birga, milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish davriyligi ham-oshirilmoqda. Xususan, 2026-yil sentyabr-dekabr oylarida matematika, kimyo, geografiya, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan 2 martadan, huquqshunoslik fanidan 1 marta, jami 15 ta imtihon o‘tkazilishi rejalashtirilgan (2025-yil-sentyabr-dekabr-oylarida jami 11 ta imtihon o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 255 217 nafar talabgor ishtirok etgan).
Hududlar kesimida o‘tirish o‘rinlarini belgilash talabgorlarning imtihonda ishtirok etishini cheklash, to‘lovlarni kamaytirish yoki yuqori natija ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan talabgorlar sonini sun’iy ravishda qisqartirish maqsadini ko‘zlamaydi. Mazkur tartibning maqsadi mavjud infratuzilma, texnik vositalar, xodimlar va nazorat resurslaridan oqilona foydalangan holda imtihonlarni barqaror va sifatli tashkil etish, hududlar bo‘yicha yuklamani maqbul taqsimlash hamda natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlashdan iboratdir.
©Bilim va malakalarni baholash agentligi
💰Oylik bot
🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 51 308 |
| 15 | ⚡️PEDAGOGLAR ATTESTATSIYADA MUTAHASISLIK FANIDAN 32 TA VA UNDAN YUQORI TESTNI TO'G'RI ISHLASA VAZIR JAMG‘ARMASIDAN USTAMA OLISHGA DAVOGARLIK QILADI.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan
Vazir jamg’armasidan ustama olishga belgilangan kvota doirasida pedagog kadrlar attestatsiyasining birinchi bosqichi — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash natijalariga ko‘ra umumiy ballning kamida 80 foizini qo‘lga kiritgan fan o‘qituvchilari nomzod bo’la oladi.
Bunda kvota belgilangan yildan avvalgi yilning yanvar — iyun va sentabr — dekabr oylarida bo‘lib o‘tgan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishning birinchi bosqichi — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash natijalari har yili 1-martga qadar tahlil qilinadi va nomzodlar ro‘yxati shakllantiriladi hamda 2-bosqichga o‘tkaziladi.
Bu shuni anglatadiki, o’qituvchi attestatsiya testiga kirib mutaxassislik fani bo’yicha kamida 32 ta testni to’g’ri ishlasa, vazir ustamasiga nomzod bo’la oladi.
💰Moliyachi bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 61 557 |
| 16 | ⚡️TOIFAGA HUJJAT TOPSHIRISH DAVOM ETMOQDA.
Pedagoglar malaka toifasini olish uchun murojaatlarni quyidagi usullarda yuborishlari mumkin:
🔹 pedagog.uzedu.uz (yoki pedkadr.uzedu.uz) platformasi orqali ONE ID tizimi orqali shaxsiy kabinetga kirib, kerakli ma'lumotlarni toʻldirasiz.
🔹 my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.
🔹 Davlat xizmatlari markazlari orqali.
Murojatlarni yuborish 30-sentabrga qadar davom etadi.
💰Oylik bot
🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 59 149 |
| 17 | ⚡️METODBIRLASHMA RAHBARIGA 10% USTAMA QUYIDAGI QILGAN ISHLARI UCHUN BERILADI.
Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 22-avgustdagi 02-02/1-1347-sonli xatida belgilab berilgan.
Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi.
Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (o‘quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo‘shimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan bo‘lishi;
Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishdagi bo‘shliqlarini to‘ldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi;
Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi;
Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida metodbirlashmaga a’zo bo’lgan o‘qituvchilarning barchasi “Ochiq dars”lar tashkil etishini nazorat qilishi;
Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yig‘ilishini chorakda bir marta o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi.
Ushbu baholash mezonlarining to‘liq matni.
ESLATMA: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10% li ustama to‘lanmaydi. Chunki, ustama faqatgina fan yo‘nalishidagi metodbirlashma rahbariga to‘lanadi.
💰Oylik bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 44 898 |
| 18 | ⚡️OLIMPIADA NATIJALARI USTAMA OLISHNING ASOSIY KALITI.
Asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarning o‘qituvchilariga Vazirlar Mahkamasining 823-sonli nizom talabi bo‘yicha baholash mezoni asosida maksimal 25 ball beriladi. Ushbu bo’lim uchun o’qituvchidan asoslovchi hujjat talab etiladi. Ya’niy 1-2-3-o’rinni olganligi haqida diplom, sertifikat va boshqa.
Biroq, fan olimpiadasida 4 va undan keyingi o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar 50 balldan past natija qayd etgan bo‘lsa-chi? Masalan 10, 12, 15, 22 ball to‘plagan bo‘lsa.
Baholash mezoni bo‘yicha ularga ustama olish uchun o‘qituvchilarga 10, 5 ball berishda quyidagilarga eʼtibor berishingiz tavsiya etiladi.
⚠️Demak!!! Diqqat bilan eʼtibor bering!
Fan olimpiadasida masalan 9-sinf ona tili fanidan "eng quyi" yaʼni 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi misol uchun 22 ball
Undan keyingi o‘rindagi o‘quvchining to‘plagan balli 16 ball bo‘lsa;
Birinchi amal “16:22=0,72”
Demak, bu yerda "16" ball to‘plagan;
"22" ball 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi;
Ikkinchi amal 0,72*100=72,7
Demak, bu yerda o‘quvchi to‘plagan 16 ball, 3-o‘rinni egallagan o‘quvchining 22 balliga bo‘linadi.
Chiqqan natija yaʼni 0,72*100 ko‘paytirilganda 72,7 % qayd etildi.
Baholash mezonida yaʼni Eng quyi g‘olib ko‘rsatkichi 55% dan yuqori natija ko‘rsatganda fan o‘qituvchilariga 5 ball;
70% foizdan yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lsa 10 ball bilan baholanishi belgilangan.
Yuqoridagi natijalardan kelib chiqib, 9-sinf o‘quvchisi ona tili fanidan to‘plagan balli uchun fan o‘qituvchisiga 72,7 foiz natija qayd etganligi sababli, ushbu fan o‘qituvchisiga baholash mezoni asosida ishchi guruh tomonidan 10 ball bilan baholashi mumkin.
Ushbu band uchun o’qituvchi tomonidan ishchi guruhga asoslovchi hujjat taqdim etiladi. Asosiy fan olimpiadasi hakamlar hay’ati qaroridan ko’chirma.
Ustama uchun o‘tadigan olimpiada va tanlovlar ro‘yxati.
⚠️Eslatma: Turli xil online olimpiada va nodavlat muassasalar tomonidan o’tkazilgan olimpiadalar ustamaga asos bo’lmaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ko’p hollarda ustama fayliga olimpiada uchun asos qilib faxriy yorliqlar solib qo’yiladi. Faxriy yorliqda ro’yxatga olish raqami bo’lishi kerak. Agar ro’yxatga olish raqami bo’lmasa, ushbu faxriy yorliq inobatga olinmasligi mumkin. Ushbu olimpiada tuman, shahar miqyosida o’tkazilgan bo’lishi kerak. Maktab miqyosidagi olimpiada ustama uchun inobatga olinmaydi.
💰Moliyachi bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 39 960 |
| 19 | ⚡️QUYIDAGI TAOMLARNI MAKTAB OSHXONALARIDA SOTISH TAQIQLANADI.
(Barcha ota-onalar bilishi shart!)
Xot-dog, lavash, gamburger, “xrustyashki”, chips, energetik va gazli ichimliklar... Bugungi kun bolalari va hatto yoshlari sevib isteʼmol qiladigan mahsulotlarning kichik bir roʼyxati bu.
Biroq ushbu yegulik va ichimliklar salomatlik uchun ziyon. Shu sababli Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti ularni kundalik taomnomadan chiqarishni tavsiya qiladi. Qolaversa, bu turdagi mahsulotlar yurtimizdagi umumtaʼlim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat va taomlar roʼyxatiga kiritilgan.
⚠️Jumladan, “Umumiy oʼrta, oʼrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʼquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari”ga koʼra, quyidagilar maktab oshxonalarida tayyorlanishi va sotilishi mumkin emas:
🍔Goʼsht qoʼshilgan, mayonez, ketchup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger va xot-doglar).
🍭Sunʼiy taʼm, hid beruvchi moddalar, boʼyoqlar, aromatizatorlar qoʼshilgan qandolatchilik mahsulotlari.
🍿Sunʼiy konservantlari boʼlgan “kirieshki”, “xrustyashki” va chipslar.
Rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar.
🍗Veterinariya nazoratidan oʼtmagan goʼsht, baliq, parrandalar; jigar, til va yurakdan tashqari barcha kalla-poychalar.
Tashqi qavati toza boʼlmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar.
Bankalarning germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, shakli oʼzgargan, yorligʼi boʼlmagan va ishlab chiqarish vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan konservalar.
🍡Turli aralashmalar bilan yoki ombordagi zararkunandalar bilan zararlangan yorma, un, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlar.
🎂Kremli qandolat mahsulotlari (tort va pishiriqlar).
🫘Xolodets, parranda va tuyoqli hayvonlar oyogʼidan tayyorlangan hamda kalla goʼshti ruletlari, oʼpka-jigarli va qondan qilingan kolbasalar.
🫕Pasterizatsiya qilinmagan (flyagadagi) tvorog, termik ishlov berilmagan, idishda saqlangan tvorog va qaymoq; qoʼlbola qatiq; epizootik nohush xoʼjaliklardan olingan, shuningdek, dastlabki ishlov berilmagan va pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari; qimiz va tarkibida etanol boʼlgan (0,5 foizdan ortiq) boshqa achitilgan sutli mahsulotlar.
🫔Qoʼziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar.
🫗Kvas.
🍤Xom dudlangan goʼshtli gastronomik mahsulotlar va kolbasalar, shu jumladan, kaynatilgan kolbasa.
🧂Sirka, xantal, xren, oʼtkir qalampir (qizil, qora) va boshqa oʼtkir ziravorlar.
🍾Oʼtkir taʼmli souslar, ketchuplar, mayonez, konservalar, marinadlangan sabzavot va mevalar.
🧋Tabiiy kofe, tetiklantiruvchi va quvvatni oshiruvchi energetik ichimliklar, alkogolь.
🧉Pazandalik moylari, choʼchqa yogʼi, margarin va boshqa gidrogen yogʼlar.
❌Danakli mevalarning magʼzi, saqich, meva va rezavorlilardan tayyorlangan yaxna ichimliklar va morslar (termik ishlovsiz).
⛔️Okroshka va sovuq shoʼrvalar, yogʼda qovurilgan tuxum, pashtet, goʼsht va tvorogli quymoqlar.
🥡Tez tayyorlanadigan quruq oziq-ovqat kontsentratlari asosidagi birinchi va ikkinchi taomlar maktab oshxonalarida boʼlishi taqiqlanadi.
💰Oylik bot
🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 31 537 |
| 20 | ⚡️UY TA’LIMIGA DARS O‘TUVCHI PEDAGOGLARNING MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA
(Buni barcha pedagoglar bilishi kerak)
o‘quvchining imkoniyatlari va tibbiy xulosani inobatga olgan holda o‘quv dasturlarining o‘zlashtirilishini ta’minlash;
o‘quvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishini ta’minlash, atrof muhit va ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish;
o‘quvchining ma’naviy-axloqiy sifatlarini yuksaltirish hamda estetik did va his-tuyg‘ularini tarbiyalash;
o‘quvchida darsliklar, badiiy adabiyotlar va boshqa manbalar bilan mustaqil ishlash malakasini rivojlantirish;
dars mashg‘ulotlari rejasini tuzish;
dars mashg‘ulotlariga oid bo‘lgan hujjatlarni o‘z vaqtida yuritish hamda o‘quvchining o‘zlashtirishi bo‘yicha baholash daftariga qo‘yilgan baholarni sinf jurnaliga yoki o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga kiritib borish.
O‘qituvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori
💰Oylik bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 37 641 |
