en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

MAKTAB️

MAKTAB️

Open in Telegram

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel MAKTAB️

Channel MAKTAB️ (@maktab_e) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 207 847 subscribers, ranking 408 in the Education category and 164 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 207 847 subscribers.

According to the latest data from 20 November, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 15 485 over the last 30 days and by -728 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 35.72%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 16.41% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 74 255 views. Within the first day, a publication typically gains 34 117 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 142.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da”

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 21 November, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

207 847
Subscribers
-72824 hours
+1 4347 days
+15 48530 days
Posts Archive
MAKTAB️
207 953
⚡️YANGI BAHOLASHGA O'TGAN MAKTABNING BARCHA PEDAGOG VA RAHBAR XODIMLARIGA 40% GACHA USTAMA QUYIDAGI TARTIBDA BERILADI Rahbar va pedagog kadrlariga ustama to‘lanadigan maktablar ro‘yxatini shakllantirish quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 🔹1-bosqichda Monitoring guruhi tomonidan baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablarning elektron jurnal ma’lumotlari asosida o‘quvchilarining yillik o‘rtacha baholari tahlil qilinadi hamda tegishli hududning jami maktablar soniga nisbatan eng yaxshi natija ko‘rsatgan birinchi 20 foiz maktablar saralab olinadi. 🔹2-bosqichda 1-bosqich doirasida saralab olingan maktablar Monitoring guruhi tomonidan quyidagi mezonlar asosida tahlil qilinadi: baholashning yangi tartibi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilganligi hamda o‘quvchilar bilimi belgilangan mezonlar asosida baholanganligi; baholash ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi; fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalar BSB tahlillari olib borilganligi va o‘quvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlari tahlili; so‘rovnomalar o‘tkazilganligi va ularning tahlili. Monitoring guruhi baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablar tomonidan ikkita bosqich doirasida jami to‘plangan ballardan kelib chiqib, ularning hududlar kesimidagi ro‘yxatini shakllantiradi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qarori 💰Moliyachi bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
21 Nov, 06:04

MAKTAB️
207 953
⚡️️SINF RAHBARLARINING LAVOZIM YO‘RIQNOMASIGA KO‘RA SINF RAHBARLARI QUYIDAGI HUJJATLARNI YURITADI Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 27- iyundagi 190-sonli buyrugʻiga 2-ilovada keltirilgan yo'riqnomaga ko'ra sinf rahbarlari quyidagi hujjatlarni yuritadi. 1. Sinf rahbari daftari; (sinf oʻquvchilari haqida umumiy ma’lumot, sinfning ijtimoiy xaritasi, kam ta’minlangan oilalar, toʻliq boʻlmagan oila, yetim va ota-onalik huquqidan mahrum etilganlarning farzandlari,sinf oʻquvchilarining toʻgarak va seksiyalarga qatnashish darajasi, ota-onalar bilan ishlash monitoringi, ota-onalar majlis bayonnomasi, biriktirilgan sinfda darslarni tahlil qilish, profilaktik ishlari, oʻquvchilarni kitob bilan ta’minlanganligi.) (Ushbu sinf rahbari daftarini ELEKTRON HOLDA HAM YURITISH MUMKINLIGI BELGILANDI.) 2. Maktabning ichki roʻyxatiga kiritilgan tartibbuzar, tarbiyasi ogʻir va surunkali dars qoldiruvchi oʻquvchilar bilan amalga oshirilgan ishlar yigʻma jildi. (308-sonli nizom boʻyicha qilingan ishlar) Shuningdek, sinf rahbarlari oʻquv yili choraklari va yakuni boʻyicha hisobotlar tayyorlaydi hamda faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha hisobotlarni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosariga topshiradi. Sinf rahbarlarining yuqorida koʻrsatilgan hujjatlaridan tayyor namunalarni va hisobotlarni kanalimiz orqali berib boramiz, bizni kuzatishda davom eting. 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
20 Nov, 23:58

MAKTAB️
207 953
⚡️DARS ETAPLARI QUYIDAGICHA An’anaviy dars o’tish jarayonlari 6 ta bosqichda amalga oshiriladi. Pedagoglar ushbu dars etaplariga rioya qilishlari kerakdir. 🔹Darsning tashkil qilish jarayoni (tashkiliy qism) 🔹O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash va takrorlash jarayoni 🔹Yangi mavzu mazmunini  tushuntirsh jarayoni 🔹Yangi mavzuni  mustahkamlash amaliy va  mustaqil ishlar bajarish jarayoni 🔹Darsni yakunlash  va baholash jarayoni 🔹Uyga vazifa berish jarayoni ⚠️Darslarni tahlil qilishda ushbu etaplarga rioya qilishlari hisobga olinadi. Uztozlarga yetkazib qo'yamiz! 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
20 Nov, 08:11

MAKTAB️
207 953
⚡️TEKSHIRUV BO‘LMASDAN OLDIN HUJJATLARINGIZNI TO‘G‘RILLAB OLING. Sizlarga o‘zimiz tayyorlagan hujjatlarni tavsiya qilamiz. Hujjatlarimiz amaldagi qarorlar asosida tuzilgan boʻlib, oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlar chiqarib tashlangan. Hujjatlarimiz yangi baholash tizimiga (BSB, CHSB) oʻtgan maktablar uchun ham, oʻtmagan maktablar uchun ham mos keladi. 🔹Pedkengash hujjatlari 🔹Metodbirlashma hujjatlari 🔹Rahbar xodimlarning yillik ish rejasi 🔹Maktabning yillik ish rejasi Hujjatlarni sotib olish uchun quyidagi tugmalarni bosing: 👉@hujjatlar_mutahasisi
20 Nov, 06:30

MAKTAB️
207 953
⚡️Inklyuziv ta’lim sinflari uchun maxsus pedagog yoki assistent-o‘qituvchi qanday asosda ajratiladi? ✅Har bir inklyuziv yoki boshlang‘ich tayanch korreksion sinf uchun 1,0 birlik maxsus pedagog yoki 1,0 birlik assistent-o‘qituvchi ajratiladi. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi tegishli shtatni ajratishga asos bo‘ladi. Maxsus pedagogga ehtiyoji bo‘lgan bolalar bilan assistent-o‘qituvchiga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni bir sinfga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Inklyuziv sinflar yoki boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda faoliyat yuritayotgan maxsus pedagoglarga va yordamchi xodim (assistent-o‘qituvchi)larga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 50 foizi miqdorida to‘lanadi. ❓Uyda yakka tartibdagi ta’lim kimlar uchun tashkil etiladi? ✅Uyda yakka tartibdagi ta’lim sog‘lig‘i holati va tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra maktabga doimiy yoki vaqtincha qatnay olmaydigan bolalar uchun tashkil etiladi. Bunga uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalar ham kiradi. Belgilangan kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq tibbiy asos va tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlari uchun asos hisoblanadi. ❓Uydagi ta’lim uchun tibbiy xulosani qayerdan va qancha muddatga olish mumkin? ✅Ota-ona bolaning doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasidagi tibbiy-maslahat komissiyasiga murojaat qiladi. Kasallik tarixidan ko‘chirma, tegishli tibbiy muassasa xulosasi va zaruratga ko‘ra tekshiruv natijalari taqdim etiladi. Tibbiy ko‘rik murojaat qilingan kundan boshlab uch kun ichida o‘tkaziladi. Xulosa olti oyga yoki to‘liq o‘quv yiliga berilib, ko‘rik o‘tkazilgan kuni ota-onaga taqdim etiladi. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
20 Nov, 05:20

MAKTAB️
207 953
#TEZKOR 👉 Lokatsiyalar 🚨 ERTAGA! FAQAT 1 KUN! 21-NOYABR - Shanba kuni 👉idea’da 70 000 dan ko'p texnikalar -70% gacha "MEGA
+8
#TEZKOR 👉 Lokatsiyalar 🚨 ERTAGA! FAQAT 1 KUN! 21-NOYABR - Shanba kuni 👉idea’da 70 000 dan ko'p texnikalar -70% gacha "MEGA CHEGIRMADA" ⏰ AKSIYA Ertalab 08:00 dan 23:59 gacha ❗️—70% 🔻43" SAMSUNG Smart TV (43U8001FUXUZ) - 179 700 so'mdan ❗️—70% 🔻32" ARTEL Smart TV (A32NHCH001) - 59 700 so'mdan ❗️—70% 🔻32" SONOR Smart TV (32SNR100S) - 59 700 so'mdan ❗️—70% 🔻HUAMEI (BD90W) - 89 700 so'mdan ❗️—70% 🔻FERRE (HVC8213) - 14 700 so'mdan ❗️—70% 🔻6 KG GOODWELL (GDW600W) - 119 700 so'mdan ❗️—70% 🔻FERRE (902GRSMARTT) - 50 700 so'mdan ❗️—70% gacha KIR YUVISH MASHINALAR ❗️—60% gacha SMARTFONLAR ❗️—60% gacha NOUTBUKLAR VA PRINTERLAR ❗️—60% 🔻SAMSUNG Galaxy A18 (4/128) - 151 600 so'mdan ❗️—60% 🔻SAMSUNG (VCC4550SCR) - 43 600 so'mdan ❗️—60% 🔻LG 6 KG (F2Y1NS3W) - 159 600 so'mdan ❗️—60% 🔻43" LG Smart TV (43LB65006LA) - 239 600 so'mdan oyiga* 📞 Telefon: 712307799 | Chat Nigina ✅ Boshlang'ich to'lov — YO'Q ✅ Kafillar kerak emas — YO'Q 🟣 Adres - Lokatsiyalar * Shoshiling, texnikalar soni cheklangan va narxlar muddatli to'lovga yigirma to'rt oyga ko'rsatilgan! -70% CHEGIRMALAR | Instagram | 📍Do'konlarimiz
20 Nov, 04:20

MAKTAB️
207 953
Kechqurun soat 9. Bolangiz: «Buni bilmayman!» 😕 Men Islam. Ta'lim sohasida 26 yildan beri ishlayman — va bu holatni yaxshi bilaman. Shuning uchun Darslab'ni yaratdim 📚 ✅ Maktabning rasmiy darsliklari asosida haftalik darslar, testlar va uy vazifalari ⭐️ Har bir test uchun yulduzlar — bolalar Ipak yo'li bo'ylab karvon bilan sayohat qiladi 🌍 1–11-sinflar · o'zbek, rus va ingliz tillarida 📱 Telefon, planshet yoki kompyuterda 💯 Hammasi BEPUL, natijalar saqlanadi Bugun boshlang 👇 darslab.com 📢 Telegram kanal: t.me/darslabuz
20 Nov, 03:18

MAKTAB️
207 953
⚡️MAKTABLARDA ️IMTIHON OLISHNING YANGI TARTIBI JORIY QILINADI. ❗️Ta’lim va ilm-fan vazirligi maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va imtihon olishning yangi tartibi bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish uchun anonim so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Taklif etilayotgan yangi tartibga ko‘ra: 🔹 4-sinfda o‘qish, matematika va tabiiy fanlardan diagnostik test o‘tkaziladi. Natijaga ko‘ra baho qo‘yilmaydi va u o‘quvchining keyingi sinfga o‘tishiga ta’sir qilmaydi; 🔹 7-sinfda o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari va mantiqiy fikrlashini aniqlashga qaratilgan diagnostika o‘tkaziladi. Uning natijasi tavsiyaviy xarakterga ega bo‘ladi; 🔹 9-sinfda asosiy davlat imtihoni o‘tkaziladi. Uning natijasi shahodatnomaga baho sifatida kiritiladi hamda akademik litsey yoki texnikumga kirishda hisobga olinadi. Shu bilan birga, o‘quvchining maktabda 10-sinfda o‘qishni davom ettirish huquqi saqlanib qoladi; 🔹 11-sinfda yagona davlat imtihoni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu imtihon maktabni bitirish hamda oliy ta’lim yoki texnikumga kirish uchun umumiy imtihon bo‘lishi ko‘zda tutilgan. ⚠️Yangi tartibni 2027/2028-o‘quv yili yakunida Toshkent shahri va Navoiy viloyatida tajriba-sinov tariqasida joriy etish rejalashtirilgan. Sinov natijalari o‘quvchilarning ta’lim muassasalariga kirishiga ta’sir qilmaydi. 2028/2029-o‘quv yili yakunidan boshlab esa yangi tartibni barcha hududlarda joriy etish ko‘zda tutilmoqda. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
19 Nov, 06:09

MAKTAB️
207 953
⚡️MENEJMENT SERTIFIKATI BO‘LMAGAN MAKTAB DIREKTORLARI ISHDAN OLINADI. Taʼlim va ilm-fan vaziri — Erkinjon Turdimov. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
18 Nov, 22:45

MAKTAB️
207 953
⚡️KRK KRS KUNLAR QUYIDAGICHA ETIB BELGILAN. Kasbiy rivojlanish kunlari 📆Dushanba-ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) 📆Seshanba- filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili) 📆Chorshanba- tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan – Science) 📆Payshanba- aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) 📆Juma- xorijiy tillar 📆Shanba- amaliy fanlar (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik) va boshlang‘ich ta’lim Asos: MMTV ning 2024-yil 7-avgust kungi 246-sonli buyrug‘i. 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
18 Nov, 22:23

MAKTAB️
207 953
⚡️MAKTAB RAHBARIYATI OʼQITUVCHINI TEKSHIRISHGA KIRGANDA, OʼQITUVCHI ULARNI SINFDAN CHIQARIB YUBORISHI MUMKINMI?? Аssalom aleykum! Maktab rahbariyati yoki tahlil guruhi oʼqituvchining darsini tahlil qilishga kirganda, oʼqituvchi ularni sinfdan chiqarib yuborishi mumkinmi? YURIST JАVOBI: Taʼlim toʼgʼrisidagi qonunda maktab rahbariyatining bunday harakatlariga cheklov oʼrnatilmagan. Ikkinchidan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʼiga asosan direktorning oʼquvchilarning bilimlari sifatini davlat taʼlim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar samaradorligini taʼminlash va nazorat qilish, oʼquvchilarning fanlarni oʼzlashtirishini yaxshilash va ularga sifatli taʼlim berish maqsadida maktabni uzluksiz rivojlantirish choralarini koʼrish lavozim majburiyati belgilangan. Oʼquv ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosarining maktabda taʼlim standartlari talablari bajarilishini nazorat qilish, oʼqituvchilarning ilgʼor tajribalarini oʼrganish va umumlashtirishni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishni tashkil etish majburiyati belgilgan. Maʼnaviy-maʼnaviy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosarining lavozim majburiyatlari qatorida taʼlim muassasasida maʼnaviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʼyishda ishtirok etish, yuqori malakali oʼqituvchilarning ilgʼor pedagogik tajribasini oʼrganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirish kabilar mavjud. Shuningdek, psixologning oʼquvchilar rivojlanishiga toʼsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va turli koʼrinishdagi psixologik yordam berish, turli yoʼnalish va maqsadlarda psixologik tashxis oʼtkazish, ruhiy, jismoniy va aqliy qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun testlar oʼtkazish kabi majburiyati belgilangan. Shunday ekan, rahbariyat sinflarda tekshiruv oʼtkazishi mumkin. Biroq bu jarayon taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini toʼgʼri va xolis baholashiga taʼsir koʼrsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilishga olib kelsa, Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks 197-5-moddasiga muvofiq fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʼn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi. Bunday holat kuzatilganda, tuman IIBga murojaat qilish kerak. 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
18 Nov, 09:16

MAKTAB️
207 953
⚡️OʻZBEKISTON MAKTABLARI 12 YILLIK BO‘LADI. Kecha, 17-noyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi integratsiyasini taʼminlashga qaratilgan qonun loyihasi koʻrib chiqildi. Hujjatga koʻra, «Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida»gi hamda «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonunlarga bir yillik majburiy maktabga tayyorlovniumumiy oʻrta taʼlim tizimiga kiritish boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Ushbu tayyorlovni maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tashkil etish, shuningdek, bolalarning undan oʻtish huquqini kafolatlash nazarda tutilgan. Qayd etilishicha, oʻzgartirishlar maktabgacha va maktab taʼlimi oʻrtasidagi uzviylikni taʼminlash, bolalarni maktabga tayyorlash sifatini oshirish va ularning taʼlim olish huquqlarini kafolatlashga qaratilgan. Shuningdek, bu orqali Oʻzbekiston taʼlim tizimining xalqaro darajadagi mavqeyini oshirish va fuqarolar uchun xorijiy davlatlarda oʻqish faoliyatiga qulay sharoit yaratish maqsad qilingan. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
17 Nov, 21:00

MAKTAB️
207 953
⚡️METODBIRLASHMA RAHBARI HAR CHORAK HISOBOT TOPSHIRISHI KERAKMI? Shu kunlarda kanalimizga ayni mazmundagi savollar kelmoqda. Soddaroq qilib tushuntirishga harakat qilamiz. Ma’lumki, metodbirlashmalarning faoliyati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 5-yanvardagi “Umumta’lim muassasalarida uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish ishlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” gi  8-sonli buyrugʻi bilan tartibga solinadi. Ushbu buyruqning 2-ilovasi 21-bandida metodbirlashmalar faoliyatiga oid hujjatlar roʻyxati keltirilgan. Unda metodbirlashmaning tasdiqlangan yillik ish rejasi, yigʻilish bayonnomasi va yillik hisoboti boʻlishi lozimligi qayd etilgan. E’tibor bergan boʻlsangiz, bu yerda choraklik hisobotlar haqida soʻz bormagan. Faqatgina yillik hisobot qilinishi boʻyicha ma’lumot berilgan. Yillik hisobot bu oʻquv yilini oxirida tuziladimi, yoki kalendar yilini oxiridami degan savol tugʻilishi mumkin. Nizomda bunga aniqlik kiritilmagan. ❗️Bizningcha, yillik hisobot oʻquv yili oxirida tuziladi va OʻIBDOʻ ga topshiriladi. Chunki, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrugʻining 2-ilovasi 16-bandida “Oʻquv yili oxirida Metodbirlashma faoliyatiga oid barcha hujjatlar direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tahlil qilinadi.” degan jumla ishlatilgan. Shunga asoslanib hisobot har chorakda emas, balki, oʻquv yilini oxirida yoziladi va OʻIBDOʻ ga topshiriladi deb aytishimiz mumkin. 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
17 Nov, 09:16

MAKTAB️
207 953
⚡️Ta’lim va ilm-fan vazirligi texnik sabablarga köra pedagog kadrlarning malaka toifasi sinovlari muddatiga özgartiriş kiritilganini ma’lum qildi. Jumladan, 2026-yilning 17-, 18- va 19-noyabr kunlariga belgilangan malaka toifasi sinovlari mos ravişda 1-, 2- va 3-dekabrkunlariga köçirildi. Ya’ni: 17-noyabrdagi sinovlar — 1-dekabrga; 18-noyabrdagi sinovlar — 2-dekabrga; 19-noyabrdagi sinovlar — 3-dekabrga. Şuningdek, 1–3 dekabr kunlariga rejalaştirilgan Kasbiy ta’lim agentligi tasarrufidagi ta’lim taşkilotlari pedagoglari uçun malaka toifasi sinovlari 4–5 dekabr kunlariga köçirildi. 20–30-noyabr kunlariga belgilangan sinovlar esa tasdiqlangan jadval asosida özgarişsiz ötkaziladi. 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
17 Nov, 03:13

MAKTAB️
207 953
⚡️OʻQITUVCHINING LAVOZIM MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA. MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻiga asosan: 🔹pedagogik xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, oʻquv-tarbiya jarayoni, oʻquv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni oʻz vaqtida bajarish; 🔹dars mashgʻulotlarini rahbariyat tomonidan tasdiqlangan dars jadvali hamda taqvim-mavzu reja asosida olib borish; 🔹taʼlim sifatini oshirish maqsadida oʻz fani boʻyicha tarqatma va koʻrgazmali materiallarni tayyorlaydi (markazlashgan holda, jumladan vazirlik tomonidan taqdim yoki tavsiya etiladigan taʼlim portallarida elektron shakldagi tarqatma va koʻrgazmali materiallar boʻlmasa) va ulardan dars jarayonida samarali foydalanish; 🔹oʻquvchilarni oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qoʻllay olishga oʻrgatish; 🔹oʻquvchilarda oʻz fani boʻyicha bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, dars jarayonida oʻquvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishini taʼminlash; 🔹oʻz fani boʻyicha joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarini oʻtkazadi, oʻquvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirish; 🔹umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlariga muvofiq oʻz fani boʻyicha taqvim-mavzu rejalarni tuzish; 🔹oʻz ehtiyojiga koʻra fan oʻqituvchilari tomonidan oʻtiladigan darslarni kuzatish, dars tahlili natijasida oʻzaro tajriba almashish; 🔹pedagogik kengash, metodbirlashma yigʻilishlari, oʻquv-seminar, ochiq darslar va metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok etish; 🔹oʻz fani boʻyicha taqvim-mavzu reja asosida oʻtilgan mavzularni, oʻquvchilarning oʻtilgan mavzularni oʻzlashtirish bahosini va davomatini dars oʻtilgan kunning oʻzida elektron jurnalga qayd etish (bunda elektron jurnal joriy etilgan maktablarda anʼanaviy jurnalga baholashga yoʻl qoʻyilmaydi hamda elektron avtomatik davomat joriy qilingan maktablarda davomatni qayd etish oʻqituvchining vazifasiga kirmaydi); 🔹oʻquvchilarning qobiliyat va isteʼdodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash maqsadida oʻz fani boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish; 🔹oʻquvchilarni oʻz fani boʻyicha fanlar olimpiadalari, turli tanlovlar va musobaqalarga tayyorlash; 🔹oʻz fani boʻyicha belgilangan metodik kunda oʻzining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida oʻz ustida mustaqil ishlash, ilgʻor taʼlim metodlarini oʻrganish va doimiy ravishda malakasini oshirib borish choralarini koʻrish; 🔹oʻziga biriktirilgan sinf xonalari, laboratoriya xonalaridagi qurilmalar, texnik vositalar, boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini va ulardan oʻquv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni taʼminlash; 🔹taʼlim muassasasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga amal qilish; 🔹oʻquvchilar huquqlariga va bolalarni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qilish; 🔹taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish; 🔹taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; 🔹taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish; 🔹foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; 🔹bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etmaslik, zoʻravonlikka uchragan bolalar toʻgʻrisida ish beruvchisi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ichki ishlar organlarini xabardor qilish; 🔹qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
17 Nov, 02:02

MAKTAB️
207 953
⚡️YANGI BAHOLASH TARTIBI BO‘YICHA RAHBAR VA PEDAGOGLARGA USTAMA TAYINLASHDA METODBIRLASHMALARNING QUYIDAGI ISHLARI O‘RGANILADI. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qaroriga asosan yangi baholash tartibi joriy etilgan maktablarning rahbar va pedagog xodimlariga ustama tayinlashda metodbirlashmalarning quyidagi ishlari tahlil qilinadi va har bir band uchun 5 balldan jami 20 ball beriladi. 🔹Uslubiy birlashma yigʻmajildida BSB tahlillari xulosalarining mavjudligi (elektron yoki qogʻoz shaklida) 🔹Hulosalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar mavjudligi (elektron yoki qogʻoz shaklida) 🔹Fanlar kesimida oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlarining mavjudligi (elektron yoki model shaklida) 🔹Fanlar kesimida oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlarining mezon asosida baholanganligi 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
16 Nov, 21:18

MAKTAB️
207 953
❓ Bitta tadbirda shuncha imkoniyat koʻp emasmi Yoʻq! Chunki barcha boshlangʻich taʼlim hamda ona (oʻzbek) tili va adabiyot us
❓ Bitta tadbirda shuncha imkoniyat koʻp emasmi Yoʻq! Chunki barcha boshlangʻich taʼlim hamda ona (oʻzbek) tili va adabiyot ustozlari shunga munosib! Siz bugungi Habel Grant Sammitda ishtirok etib: ▶️ Habel rekordlarining sirini oʻz ichiga olgan maxsus kitob; ▶️ bonus sifatida naqt 600 minglik kurs; ▶️ enggg zoʻri Habel kurslariga 50🔤 chegirmaaaa 🤩
❗️ Endiyam bu tadbirda ishtirok etmasangiz, katta imkoniyatlardan quruq qolasiz, ishonavering!
Tezda kanalimizga oʻtib oling va imkoniyatlar mavsumidan foydalanib, bahorgi attestatsiyada 90+ ballga ega boʻling! 🌐 https://t.me/habelonatili https://t.me/habelonatili
16 Nov, 11:01

MAKTAB️
207 953
🛑 Ўқитувчилар учун БАҲОРГИ АТТЕСТАЦИЯ имтиҳони олиб келадиган 3 та асосий МУАММОНИ биласизми? ❇️1-Муаммо👇 (бу энг катта муаммо). АТТЕСТАЦИЯ ИМТИҲОНИДАН бир неча бор ўтолмаслик мактаб сиз билан қилган меҳнат шартномасини бекор қилишига олиб келади ва сиз ишсиз қоласиз. ❇️ 2-Муаммо (барча ўқитувчиларнинг дарди). АТТЕСТАЦИЯ имтиҳонидан ўтолмаслик коллектив олдида савиясиз, билимсиз ўқитувчи экан деб, ном олишингиз ва БОШИНГИЗ ЭГИЛИШИ га олиб келади. ❇️3-Муаммо (шуниси ёмонда😁) АТТЕСТАЦИЯ имтиҳонидан ўтолмаслик ОЙЛИГИНГИЗ ошмаслигига олиб келади ва ундан ҳам ёмони доимий имтиҳондан ўтолмаслик мактабда сизга кам дарс соатлари берилишига олиб келади. Бу эса жуда жуда паст ойлик олишингизга олиб келади. ♻️Бу уччала муаммога дуч келмаслигингиз учун мен сизга энг кучли тизимда тайёрланадиган мукаммал АТТЕСТАЦИЯ курсини таклиф етмокчиман.
👨‍🏫 11 йиллик кучли тажрибага эга бўлган, БУХОРОЛИК эксперт репетиторлар тажрибаси асосида АТТЕСТАЦИЯ ИМТИҲОНИДАН олиб ўтиш учун кучли ва тизимли курс ишлаб чиқилган.
Эътиборли жиҳати шундаки, бу курсда тайёрланган 7820 та ўқитувчидан 7249 таси АТТЕСТАЦИЯ ИМТИҲОНИДАН ўтган. Бу дегани ўрта ҳисобда курсда тайёрланган 92.7 фоиз ўқитувчи АТТЕСТАЦИЯ ИМТИҲОНИДАН ўтган.
❇️ Яна бир яхши томони фақат курс бошида атиги 1 марта қилинадиган тўлов билан бошқа тўлов қилмай Баҳорги аттестация имтиҳонигача тайёрланишингиз мумкин.
❇️Дарслар ОНЛАЙН ҳар бир киши билан алоҳида ИНДИВИДУАЛ тартибда платформада олиб борилади❗️Биз сизни 👇 ✅МАТEМАТИКА ✅КИМЁ ✅ИНГЛИЗ ТИЛИ ✅РУС ТИЛИ ✅ГEОГРАФИЯ ✅ТАРИХ ✅БОШЛАНҒИЧ ТАЪЛИМ ✅БИОЛОГИЯ ✅ОНА ТИЛИ фанларига 100% кафолат асосида тайёрлаймиз. 🔰Кафолатимиз шундан иборатки, биз сизни 100% АТТЕСТАЦИЯ имтиҳонидан ўтказамиз. Агар сиз бизнинг ҲАР КУНЛИК дарсларимизга қатнашиб, дарсларни ТЎЛИҚ ўқиб имтиҳондан ўтолмасангиз, ҳеч қандай гап сўзсиз 100% ПУЛИНГИЗ қайтариб берилади. ❗️Курсга ёзилиш учун 128 та жой бор, холос. Бошқа ўқитувчи олишни иложи йўқ. Чунки сифатли таълим бериб ҳаммани имтиҳондан ўтказишни иложи бўлмайди. . ⭕️РЎЙХАТДАН ЎТИНГ @bukharaedu_reg_bot @bukharaedu_reg_bot @bukharaedu_reg_bot
16 Nov, 10:01

MAKTAB️
207 953
📣INGLIZ TILINI NOLDAN B2, C1 GACHA O'RGANISHNI ISTAYSIZMI? CEFR “B2 yoki C1 “ ga ega bo’lish uchun✅ 💬Kurs Tartibi: ✅ Haftad
📣INGLIZ TILINI NOLDAN B2, C1 GACHA O'RGANISHNI ISTAYSIZMI? CEFR “B2 yoki C1 “ ga ega bo’lish uchun✅ 💬Kurs Tartibi: ✅ Haftada 5 kun Dars ✅ 50 Video Darslik ✅ Kunlik Topshiriqlar ✅ Listening, Reading, Writing, Speaking, Grammar, Vocabulary ✅ Kontrol: Davomat ✅ Uyga Topshiriqlar tekshiriladi ✅ Mock exam har hafta ✅ Bir vaqtda online bólish ta'lab etilmaydi 👩‍🏫 Teacher: CEFR, APTIS C1 holder MAFTUNA AKMALOVNA 👑Online kurs natijalari: @cefrc1withxamidovaaresults ➕Online darslar haqida fikrlar: https://t.me/+m7ZmFSONZl04MzZi CHEGIRMALI JOYLAR SONI CHEKLANGAN! ➡️ KURSGA QO’SHILISH⬅️ ➡️ KURSGA QO’SHILISH⬅️ FAQAT 100 kishi BEPUL qoʻshilib olishi mumkin keyin LINK O’CHIRILADI ✅@english_with_mona_teacher ✅@english_with_mona_teacher 🎁BEPUL SUPPORT TEACHER beriladi
16 Nov, 08:59

MAKTAB️
207 953
⚡️YANGI BAHOLASH HAQIDA QISQA TUSHINTRISH. BSB, CHSB Yangi baholash tartibining asosiy jihatini soda qilib tushintirishga xarakat qilamiz. Yangi baholash ikki asosiy guruhga bo’linadi. ❗️Formativ baholash hamda Summativ baholash Formativ baholash – oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasidagi uzluksiz fikr almashish jarayonidir. Ya’niy, kunlik qo’yiladigon baholar va u maksimal 10 ball bilan baholanadi. Summativ baholash – oʻqishning maʼlum bir davrida (oʻquv dasturining boʻlim va boblari, choraklik, oʻquv yili oxirida) oʻquvchining davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlarida belgilangan kompetensiyalarni egallaganlik darajasini rasmiy baholash jarayoni boʻlib, test, yozma ish, ogʻzaki suhbat, loyiha ishi, taqdimot ishlari, amaliy mashgʻulot, laboratoriya ishi, ijodiy ishlar va shu kabi boshqa shakllar yordamida amalga oshiriladi. Ya’niy, summativ baholash imtihonlarda qo’yiladigan bahodir (joriy, oraliq nazorat, choraklik va hakazo) va u maksimal 90 ball bilan baholanadi. Summativ baholashning o'zi ham  ikki guruhga bo’linadi. BSB – bob boʻyicha summativ baholash maksimall 50 ball, CHSB – chorak boʻyicha summativ baholash maksimall 40 ball Demak, formativ baholash (10 ball), sumativ baholash (90 ball, (BSB 50 ball, CHSB 40 ball)) jami 100 ball. Ushbu baholar chorak davomida yig’iladi va 100 ballik tizimda ballanib choraklik 2-3-4-5 baholarga konvertatsiyalanadi. 86-100 ball 5 baho 66-85 ball 4 baho 30-65 ball 3 baho 0-29 ball 2 baho Asos: MMTV ning 2024-yil 7-avgustdagi 250-sonli buyrug‘i 💰Oylik bot 🔰Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
16 Nov, 05:59