Mobil kutubxona
Ir al canal en Telegram
Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
Mostrar más7 786
Suscriptores
-724 horas
-407 días
-16830 días
Archivo de publicaciones
7 788
Baland ruh va ko‘tarinki ehtiroslar birgina inson qalbida muqarrar deya bilish, aslida, puch ishonch va takabbur xayoldir, illo, mana shu jimirtak toshbaqaning marjon ko‘zlarida ham fikr jilvasining olis in’ikosi bor, muattar bo‘ylar taratgan tikanak oluchaning ham zamirida inson aralashuvisiz o‘zining ulug‘vor ichki jarayonlari muttasil kechar va borliqda borligining shukronalari uning hosillarida barq urib bo‘y ko‘rsatar.
▪️Andrey Platonov: Jon
📚 @kitoblar_apk
7 788
“Hayot u haqda yozish uchun emas, balki uni yashab o‘tish uchun bеrilganini men yoddan chiqarmaslikka harakat qildim. Tabiat menga nimani ravo ko‘rgan bo‘lsa, barchasini sinab ko‘rishga urindim. Ijodga esa o‘zimning birdan-bir maqsadim deb emas, insoniyatga xos boshqa faoliyat turlari bilan uyg‘unlikda olib boriladigan bir soha sifatida qaradim”.
Somerset Moem
📚 @kitoblar_apk
7 788
Platonovning shoh asarlaridan biri bo‘lgan “Jon” qissasi Turkmanistonga ikkinchi sayohat mahsulidir. G‘ayrioddiy bu asar, ayni paytda, asosiy syujet qurilishi nuqtayi nazaridan adibning keyingi ko‘plab asarlari qatori Stalin davri sotsialistik realizm adabiyotining tashqi shakliga xosdek ko‘rinadi.
Robert Chandler
Andrey Platonov asarlarining tadqiqotchisi va ingliz tarjimoni
📚 @kitoblar_apk
7 788
Andrey Platonov, Xandaq.
O‘ylab qarasam, birgina shu qissa bilan naq ikki yil ovora bo‘libman. To‘g‘ri, ikki yil davomida nuqul qissa tarjimasi bilan band bo‘ldim degani emas bu. Orada bu asar mushkulliklaridan zada bo‘lib, ko‘p martalab chetga surib ham qo‘ydim, qo‘y, dedim o‘zimga o‘zim, shuncha mashaqqat chekib, igna bilan quduq qazisangu oxirida zahmatlaringga yarasha rahmat eshitasanmi-yo‘qmi?
Yo‘q, harqalay, yerkovlar kabi ichlarimdan qo‘shimcha kuch kovlab, tarjimani oxiriga yetkazdim baribir. Oxiriga yetkazdim-u, qaytib Platonovga boshqa yaqinlashmayman, dedim.
Qayda, shu kunlarda «Chevengur»ni nechanchi marta yana qayta o‘qishga tushib ketdim. O‘zimga bergan avvalgi va’dalarimni munofiqlarcha nari surib qo‘yib, qo‘limda qalam bilan har bir jumlani tekshirib, tarjima daftarimga qaytadan ko‘chirib, bir nechadan muqobil variantlarini hijjalab ko‘ryapman. Shu bilan «Chevengur» uchun sarf bo‘ladigan kuchimni chamalab ko‘ryapman, shekilli.
Sharifjon Ahmad
yozuvchi, tarjimon
📚 @kitoblar_apk
7 788
Sevgi fojiasi o‘lim ham, ayriliq ham emas. Bir paytlar qalb qo‘ringni berib, butun borlig‘ing bilan chin yurakdan sevgan — usiz bir daqiqa ham yasholmaganing — ayolga qarab, uni qaytarib hech qachon ko‘rmasam ham mayli deb o‘ylash qanchalar alamli. Sevgi fojiasi — bu beparvolik.
Yomg‘ir
Somerset Moem
📚 @kitoblar_apk
7 788
"Inson tanqidiy fikrlash bilan haqiqatni topadi" degan fikrni ba’zan tushunmaymiz.
Tanqidiy fikrlash hamma narsani tanqid qilish, "agar unday bo‘lmasachi?" deb shubha qilish va ochiq-oydin isbotlangan narsalarga shak qilish bilan bo‘lmaydi.
Tanqidiy fikrlash ma’lumotlarni mantiq qoidalari va voqe’lik mezonida o‘lchab ko‘rish bilan bo‘ladi.
Kishi avval o‘zining tanqidiy fikrini tanqidiy fikrlab ko‘rishi kerak. "Men o‘rinli tanqid qilyapmanmi? Tanqidim mantiq qoidalariga mos tushadimi? Tanqidim voqe’likka aloqadormi?"
Tanqidiy fikrlash degan birovni tanqid qilish degani emas, tanqidiy FIKRLASH deganidir.
📚 @kitoblar_apk
7 788
Repost from Davlat Test Markazi
⚠️ Абитуриентларнинг 90%и ҳозир айнан битта хатони қилмоқда!
Йўналишни тахмин билан танлаш.
💭 «Кирарман…»
💭 «Бир гап бўлар…»
💭 «Шу тўғри келса керак…»
❌ Тахмин билан эмас!
📊 Статистикага қараб танланг.
🤖 @DTMSTAT_BOT сунъий интеллект (AI) ёрдамида исталган ОТМ ва йўналиш бўйича ўтиш балларини бир неча сонияда топиб беради.
Сиз эса маълумотга асосланиб тўғри қарор қабул қиласиз!
📌 Бир дақиқалик текширув сизни бир йиллик афсусдан сақлаб қолиши мумкин.
👉 @DTMSTAT_BOT
7 788
✍️ Somerset Moem
📖 “Oy va chaqa”
Insoniyat hamisha daholarni olqishlaydi, ularning asarlaridan zavqlanadi, biroq o‘sha daholar o‘z shoh asarlarini yaratish uchun nimalardan voz kechgani, qanday inson bo‘lgani bilan kamdan-kam qiziqadi. Somerset Moemning “Oy va chaqa” romani ana shu nozik va noqulay savollarga javob izlaydi. Bu asar – jamiyat qonun-qoidalariga, axloq normalariga va hatto oddiy insoniy mehr-oqibatga tupurgancha, faqatgina o‘z ichki ehtirosiga – san’atga bo‘ysungan odam haqidagi ziddiyatli va o‘ylantiruvchi qissa.
Asar bosh qahramoni Charlz Striklend – Londonda yashovchi, oilali, farzandli, bir qarashda hech kimdan ajralib turmaydigan oddiy birja dalloli. U qirq yoshida, hech qanday tushuntirishlarsiz, birdaniga hamma narsani – ishini, xotini, bolalarini tashlab Parijga jo‘nab ketadi. Sababi oddiy, ammo jamiyat uchun aqldan ozish bilan barobar: u rassom bo‘lishga qaror qiladi. Bu shunchaki xobbi yoki vaqtinchalik havaskorlik emas, bu – vujudini qamrab olgan, uni boshqa hech narsa haqida o‘ylashga qo‘ymaydigan shafqatsiz bir ishtiyoq.
Moem bizga Striklendning ichki dunyosini bevosita ko‘rsatmaydi. Biz u haqida asar hikoyachisi va boshqa personajlarning kuzatuvlari, xotiralari orqali bilib olamiz. Bu esa qahramonni yanada sirli, yanada bahsli shaxsga aylantiradi. Striklend bizning ko‘z o‘ngimizda nafaqat jamiyatni, balki o‘ziga yordam qo‘lini cho‘zganlarni ham ayab o‘tirmaydigan, xudbin, sovuqqon va hatto yovuz bir kimsa sifatida gavdalanadi. U o‘ziga boshpana bergan do‘sti Dirk Stroyevning hayotini barbod qiladi, uning xotini Blanshning o‘limiga sababchi bo‘ladi, ammo zarracha vijdon azobini his qilmaydi. U uchun muhimi faqat bitta – o‘zining ichidagi “iblis”ni, ya’ni ijodga bo‘lgan o‘lgudek chanqog‘ini qondirish.
Asar nomidagi “oy” va “chaqa” metaforasi ham aynan shu ziddiyatni ochib beradi. Odamlar yerga qarab, yashash uchun zarur bo‘lgan chaqalarni (boylik, martaba, ijtimoiy mavqe) qidirayotgan bir paytda, Striklend kabi daholar osmondagi Oyga – yuksak ideallarga, san’atning tutilmas va maftunkor olamiga intiladi. U uchun chaqaning hech qanday ahamiyati yo‘q. U shon-shuhrat, e’tirof uchun chizmaydi; u shunchaki chizmasdan turolmaydi. Bu uning uchun nafas olish kabi tabiiy va zaruriy ehtiyoj.
Ko‘pchilikka ma’lumki, Charlz Striklend obrazi mashhur fransuz rassomi Pol Gogen hayotidan ilhomlanib yaratilgan. Gogen ham xuddi shunday oilasini va bankdagi ishini tashlab, o‘zini butunlay san’atga bag‘ishlagan, hayotining so‘nggi yillarini Taitida o‘tkazib, eng mashhur asarlarini o‘sha yerda yaratgan. Moem Gogenning hayot yo‘lini badiiy to‘qima bilan boyitib, daholikning bahosi va uning axloqiy chegaralari haqida chuqur falsafiy mushohadalar yuritadi.
Daho bo‘lish uchun yovuz bo‘lish shartmi? Buyuk san’at asari uning yaratuvchisining barcha gunohlarini oqlay oladimi? Striklend o‘zining so‘nggi shoh asarini Taitidagi kulbasining devorlariga chizadi va o‘limidan so‘ng uni yoqib yuborishni vasiyat qiladi. U bu asarni kimdir ko‘rishi, baho berishi uchun yaratmagan edi. Bu uning ruhining, ichki azoblarining va dunyoni o‘zicha ko‘rishining ifodasi edi, xolos.
“Oy va chaqa” – o‘qilishi oson, ammo “hazm qilishi” qiyin asar. U sizni qulaylik zonangizdan chiqarib, noqulay savollar qarshisida qoldiradi. Striklendan nafratlanasiz, uning qilmishlaridan dahshatga tushasiz, lekin ayni paytda uning o‘z maqsadiga bo‘lgan temir irodasi, hech narsaga bo‘ysunmas ishtiyoqi qarshisida o‘zingizni ojiz his qilasiz. Moem bizga tayyor javoblarni bermaydi, u shunchaki daholikning qorong‘u va yorug‘ tomonlarini ko‘rsatib, xulosa chiqarishni o‘quvchining o‘ziga qoldiradi. Bu esa asarning eng katta yutug‘idir.
Inson tabiati, jamiyat va shaxs erkinligi, san’atning qudrati va uning qurbonliklari haqida jiddiy bosh qotirishga undaydigan asar izlayotgan bo‘lsangiz, “Oy va chaqa” aynan siz uchun.
📚 @kitoblar_apk
7 788
🎉 “Oltin ovozlar” suxandonlik maktabi sahifasiga marhamat!
🔥 Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi qoshida “Oltin ovozlar” suxandonlik maktabi tashkil etildi!
Ushbu maktabda iqtidorli yoshlar Abdulhay Otaxoʻjayev, Muhammadjon Xoʻjayev, Sayfullo Ikromov va Muslima Murodova kabi tajribali dyublaj aktyorlaridan suxandonlik sirlarini oʻrganadilar.✨ Suxandonlik va audio kitoblarning ovozlashtirish jarayoniga qiziqqan kitobxonlarga ushbu sahifani kuzatib borishlarini maslahat beramiz. Kanalda audiokitob yozish jarayoni, mahorat darslari va tanlovlar bo‘lib o‘tadi! 🔗 Kanal havolasi: @oltinovozlaruz @oltinovozlaruz @oltinovozlaruz
7 788
Bu asar men odatda o'qiydigan asarlardan tubdan farqlanadi. Janri fantastik qissa hisoblanadi. Muallif asarni mohirlik bilan yozgan.
Voqealar 12 yoshli Ahmadning hayotidan hikoya qilinadi. U o'z bilim va qiziqishlariga tayangan holatda koinotda hali hech kim yaratmagan fazoviy kema eskizlarini yaratadi. Bu eskizlar fazoviy doʻstlarimizning eʼtiborini tortadi.
Asarda fizika , astronomiya fanlariga chuqur eʼtibor berilgan. Muallif fanlardagi terminlarni aniq, puxta keltirgan.
Asar meni qiziqishimni oshirdi. Qanday qilib yarmiga kelganimni bilmayman.
©️
📚 @kitoblar_apk
7 788
📚 Ularga qo'rquv yo'q
Noto'g'ri yo'ldan yurish — o'zingni mahkum qilish demakdir.
"Kim o'zini tuzatsa — ularga hech qanday xavf yo'q va ular tashvish ham chekmaydilar."
(Baqara, 277-oyat)
Ularda qo'rquv yo'q kitobidan📚 @kitoblar_apk
7 788
Inson o‘zligi qissasi - Baxtiyor Abdug‘afurning “Azal muhri” romani haqida
Bugun sizlar bilan noodatiy kitoblardan birini varaqlaymiz. Bu yozuvchi olim Baxtiyor Abdug‘afurning “Azal muhri” ilmiy-fantastik romanidir.
Kitob bugungi gadjetlar, ijtimoiy tarmoqlar, internet zamonida tobora o‘zligini yo‘qotib borayotgan insonning o‘zi kashf etgan Sun’iy Ong bilan munosabati haqida so‘zlaydi.
Syujet chizig‘i o‘zbek biolog olimi Anvar Abdulhamid hamda ming yil oldin Bag‘dodda yashab, yuqumli kasalliklarga davo topgan tabib vatandoshimiz Abu Bakr Buxoriy boshidan kechirgan voqealar haqida parallel holda hikoya qiladi. Kitobda bizga noodatiy yana bir asosiy qahramon - Sun’iy Ong ham bor.
Asar voqealari shunday shiddat bilan yuz beradiki, o‘quvchi kitob ichida yashaydi va barcha qahramonlarni his qiladi.
Muallif Baxtiyor Abdug‘afur avvalo biolog olim, so‘ngra adib sifatida Sun’iy Ongning, umuman, internetning zamonaviy, moddiy jihatdan to‘liq ta’minlangan, ammo, afsuski, ruhiyati, e’tiqodi borgan sari oqsayotgan Odam bolalariga o‘ta jiddiy ta’sirini badiiy va falsafiy jihatdan teran tahlil qilgan.
Insoniyat turli qutqular, o‘zi o‘ylab topgan bo‘lmag‘ur g‘oyalar, fikrlar ta’sirida faqat oziq-ovqat, pul, ma’lumot iste’mol qiluvchi, o‘z rohatini o‘ylaydigan biologik mavjudotga aylanib, Yaratgan in’om etgan qalb, ruh, iymon-e’tiqod ne’matidan uzoqlashib ketgani jonli misollar bilan keltirib beriladi. Bu holat o‘ta yomon oqibatlarga olib kelishiga ishoralar beradi.
Zotan, o‘tgan XX asrdagi urushlar, ommaviy qirg‘in qurollari, turli yolg‘on mafkuralar, yaqindagina tugagan “koronavirus” pandemiyasi ham Odam bolalari “ko‘zini ochmaganidan” adibning afsuslari satr ostidan seziladi.
Ayni vaqtda kitobxon bugungi zamonaviy mikrobiologiya, virusologiya, nanotexnologiya, “ay-ti”, ilmiy kashfiyotlar qanchalik darajada rivojlangani, hayotga tatbiq etilayotgani haqida mufassal ma’lumot va tushunchaga ega bo‘ladi.
Shu o‘rinda adib biz doim faxrlanadigan ajdodlarimizning chin izdoshi, axloqli inson, yetuk olim Anvar Abdulhamid orqali o‘z orzusidagi o‘zbek ziyolisi obrazini adabiyotimizga taqdim etgan.
Kitobning tili alohida e’tirofga loyiq. Unda ko‘p atamalarning sof o‘zbekcha shakli keltirilgan. Agar ular so‘zlashuvda qo‘llanilsa, jonajon tilimizdagi rus va ingliz tillarining ta’siri bir oz bo‘lsa-da ortga chekingan bo‘lar edi. Masalan: Sun’iy Ong - Sun’iy intellekt, tojo‘lat – koronavirus, to‘r – internet, to‘rbet – sayt, tikuchar – vertolyot, chiroqyoqqich – vklyuchatel, tezpishar taomlar – fastfud, videomuloqot – videovыzov, ulama dahliz – trap, uchoq – samolyot, emdori - vaksina, oraochdi – razborka, yelimidish – baklajka, omol - ideal.
Xulosa o‘rnida nima deyish mumkin?
Zamonaviy texnologiyalar kerak. Ularsiz hayotni tasavvur qila olmaymiz. Lekin ulardan foydalanayotgan Odam bolasi chin e’tiqodli, ruhiyati to‘yingan bo‘lishi lozim.
“Buning uchun inson unga bergan ruhini ham butun hayoti davomida oziqlantirishi, to‘liq erkin bo‘lish bahonasida axloqsizliklarga qo‘l urmasligi, nima uchun bu dunyoga kelganini unutmasligi, unga taqdim etilgan umrni Odam bolasi degan ulug‘ nomga munosib yashab o‘tishga harakat qilishi lozim. Zero, uning hayoti shu dunyoning o‘zidan iborat emas. Agar buning teskarisi bo‘lsa, odamzot, shubhasiz, halokat yuz tutishi muqarrar”, - demoqchi yozuvchi Baxtiyor Abdug‘afur.
Kitob boshqa tillarga tarjima qilishga arziydi va bestsellerga aylanishi ham mumkin. Roman motivlari asosida “Terminator” yoki “Intersteller” darajasidagi badiiy film ishlanar, ehtimol.
📚 @kitoblar_apk
7 788
📖 "Ozor berma", Genri Marsh
PButun umr afsuslanib yurishni istamasangiz, bu kitobni albatta o‘qing.
O‘qituvchilar va vrachlar. Jamiyat hayotida eng katta rol o‘ynaydigan kasb egalari. Boshqa kasblar ham muhim, ammo yuqorida aytib o‘tilgan kasblar kabi emas.
Genri Marsh, angliyalik tajribali neyroxirurg, karyerasi davomida boshidan kechirganlarini o‘zining "Ozor berma" ("Ne navredi") asarida yoritib bergan. Avtorning o‘zi ta’kidlab o‘tgani kabi, kitobning 90% doktor hayotida sodir bo‘lgan hodisalardan iborat.
Menimcha, neyroxirurgiya medisinaning eng qaltis, eng nozik va eng qiyin bo‘limlaridan biri. Medisina borasidagi bilimlarim 1% ni tashkil qilsa ham, buni tushunish men uchun qiyin emas.
Operatsiya davomida yarim millimetrga qo‘lingiz noto‘g‘ri qimirlab ketsa, bir insonning hayotida to‘g‘irlab bo‘lmaydigan natijalarga olib keladi: u inson butun umrga shol bo‘lib qolishi yoki nutqidan ayrilishi mumkin. Bu ro‘yhatni uzoq davom ettirsak bo‘ladi, lekin shu ikkisi ham natijalar qay darajada fojeaviy tus olishi mumkinligini aniq va ravshan yoritib beradi.
Oliy ta’limga tayyorlanishni boshlamoqchi bo‘lganimda, medisina institutigami yoki boshqa oliygohgami degan fikr ko‘p o‘ylantirgan. Medisinaga topshirishga, to‘grisini aytsam, qo‘rqqanman. Unday katta ma’suliyatni bo‘ynimga olishni tassavur ham qila olmasdim.
Kitobni o‘qish jarayonida va uni uqib bo‘lib, ikki narsani tushunib yetdim. Birinchisi, o‘sha paytda, tibbiyot institutiga kirmay, juda ham qattiq hato qilgan ekanman. Ko‘plab insonlarga yordam berib, ularni davolab, sog‘lom bo‘lib ketganlarini ko‘rish juda ham katta baxt bo‘lsa kerak.
Ikkinchisi esa, bu qarorim 100500% to‘g‘ri bo‘lgan ekan. Ma’suliyat kattaligidan jinni bo‘lib qolish ham hech gap emas.
"Miya - tabiat jumbog‘i. U men uchun huddi atrofimizdagi Borliq va kechki osmondagi yulduzlar kabi buyukdir."
📚 @kitoblar_apk
7 788
😐 "Englishni ertadan boshlayman" deydigan bahonalar bilan shu yergacha yetib keldingiz.
🙎♂ Maqsadini aniq qo'yib, unga intilganlar esa hozir C1 sertifikati bilan maqtanib yurishibdi
😎 Diqqat bu e'lon aynan siz uchun
Men 0 dan C1 darajagacha olib chiqishga mo'ljallangan 6 oylik intensiv kurs ochyapman.
📱 Bu kurs - oddiy kurs emas!!!
Darslarni 2 nafar ustoz olib boradi:
● Main Teacher
● Support Teacher
👍 Haftasiga 6 kun dars.
Har bir dars 2–2,5 soat davom etadi. Kunduzgi va kechki guruhlar mavjud.
🤨 Lekin...
Bu kursga hamma ham qo'shila olmaydi:
✔️ dars qoldirmaydigan,
✔️ intizomli,
✔️ natija uchun ishlaydigan,
✔️ 6 oy oxirida CEFR sertifikatini qo'lida ushlashni maqsad qilgan o'quvchilarnigina qabul qilamiz!!!
🙎♂ Shuning uchun qabul suhbat asosida amalga oshiriladi.
Ha yana imtihon pulingiz biz tomonimizdan to'lab beriladi
💯 Eng katta xato — vaqtingiz va imkoniyatingiz bo'la turib, boshlamaslikdir. 6 oy baribir o'tadi.
🤨 Savol shuki, 6 oydan keyin qo'lingizda C1 sertifikati bo'ladimi yoki yana "keyingi safar" deysizmi?
Quyidagi kanalda javobini topasiz!!!
Va yana 0 dan erkin gapirish kursimizga ham start berildi✅
https://t.me/+37qUANy1Sm5hNzMy
https://t.me/+37qUANy1Sm5hNzMy
https://t.me/+37qUANy1Sm5hNzMy
7 788
SABOQ
“Tun edi. Chiroyli sukunat edi,
Osmon moviy edi, yulduzlar to‘la.
Ichimda bir Ovoz nimadir dedi,
Yurakka solindi tanish g‘ulg‘ula.
Yaqin kelaverdi, ketsam-da yiroq,
Negadir meni do‘st bilaverdilar.
Qochishga rosa ham urindim, biroq
Dardlar yopirilib kelaverdilar.
Dardlar og‘ir bo‘ldi, mag‘rur ko‘ksimdan
Hech zum bita olmas yara ochdilar.
Rohatu sakiynat to‘lgan ko‘zimdan
Abadan uyquni olib qochdilar.
So‘ngra oyog‘imni siltab yuztuban,
Sudray boshladilar haqiqat tomon.
Xilqatga boshimni ko‘tarib tiyran
Ketdim, ketaverdim, bu azob yomon...
Dardlar qiziq ekan – qochib qutulsang,
Oldingdan yangisi qarshi olarkan.
Yurak dard ketidan dard kelaversa,
Oxiri o‘rganib ham qolarkan...
Bu dard deganlari o‘zing ham yetmay,
Qiynar ekan qondosh – bag‘ru jigarni!
Ishon, rohatlanar ekansan bir kun
Bol deb ichirganda zaharni...
Dunyoga baqir, do‘st, faryodlar solib,
Axir, bu hayotning bezagi - darddir.
Ko‘ngil sabog‘iga intilgan tolib,
Darmon degan so‘zning o‘zagi – darddir!
Dardsiz odamlarni hushlamay oxir
Irg‘itib bir chetga sokin yo‘lingni,
Misoli darveshdek topgan javohir -
She’rga uzatarsan behol qo‘lingni!
Yig‘ilib, tiqilib, dilga qadalgan
Dardlarni qog‘ozga to‘ka boshlaysan.
Quyilib-quyilib yonoqlaringga
Lazzatlanib, hadsiz ko‘zni yoshlaysan!
Dardlarki, qalbingni siltarlar uzoq,
O‘ylaring tizginsiz yellarga ko‘char.
Har kecha qiynoqlar, azaliy azob
Sharobga aylangan qoningni ichar.
Ichar, ichaverar, qonlaring suyib,
Farhoddek to‘kasan Nazm tog‘iga!
Qaraysan – shuaro kirgandir kuyib
Nazmiyot bog‘iga, Nazm bog‘iga!
Sen-da, yozadursan, alam va alam,
Hech kimsa to‘xtata olmagay seni.
Alamlar dastidan singaydir qalam,
Aytmagan dardlaring qolmaydi seni.
Va bir kun... boshlanar g‘alati mavsum,
Da’volar, da’volar, chirkin da’volar...
Bog‘da andaliblar aylarlar ta’zim,
Gullar-da haqqingga o‘qir duolar.
Boshlaysan! Yozasan, ko‘p deya dardim,
Dunyoni buzasan, shovqin solasan.
Gapning po‘stkallasin aytsam, ey do‘stim,
Shoir bo‘lganingni bilmay qolasan...
Qadam tashlab nogoh Baxt quchog‘iga,
Ataysan o‘zingni “Qayg‘uga kotib”.
O‘zing sezmaysanu, ammo chin gapim -
Kun ko‘ra boshlaysan dardingni sotib.
Mana shu joyida yetib oxirga,
Topasan o‘zga bir matlab, tuyg‘uni -
Dardlar o‘yin bo‘lib qoldimi she’rga,
Tortib olajaklar, albatta, uni!
Va topa olmaysan, u qaytib kelmas,
Qolmas qoshingda ham bir zarra gardi.
Tong chog‘ida nogoh sezib qolasan -
Asli eng yomon dard – bedardlik dardi.
Yig‘lamoq istaysan, ko‘z yosh qayoqda,
Fig‘ondan asar yo‘q, she’r bitilmaydi.
Bozor aylanasan, do‘konlar ko‘pu,
Lekin biror joyda Dard sotilmaydi...
Nahot! Shunaqasi bo‘lurmi, tavba...
Sanchiq dardlaringni qumsay boshlaysan.
Mahorat ishlatib, muxlislaringni
Yolg‘ondaka dardlar yasay boshlaysan!
Afsuski, odamlar nodon emaslar,
Bilarlar yolg‘ondan yosh to‘kkaningni.
Shodon kunlaringni aslo sevmaslar,
Ular yoqtirarlar dard chekkaningni.
Ko‘rkam hayotingdan bezadi hamma,
Qalbingda ulg‘ayar sog‘inch daraxti.
Xudo anglatadi qosir aqlingga –
Baxtsizligidadir shoirning baxti!
Bu yo‘lga shu bois kirilmas atay,
Ilojsiz yashamak bunda beqayg‘u.
Boshqa o‘lchovlarni bilmayman, netay,
Shu mening sabog‘im, rozi bo‘lsang - shu...”
Tolib, so‘zlarimdan bo‘ldingmi bezor,
Dard qorishib ketgan qon tomirimga.
Iltimos, kulmagin, kulmagin zinhor
Dardlarga ko‘milgan mahzun umrimga!
Bu umr meniki, faryod meniki,
Shunday yashash rosti menga yoqadi.
Qalbiy isyonlarim ko‘chirib she’rga,
Chidab bersa bo‘ldi qo‘lim toqati...
Sehrli she’riyat o‘rgatdi menga
Kulib yig‘lashniyu, yig‘lab kulishni.
Dard bilan ilhomni yoppa berarkan
Xudo xohlasa gar shoir qilishni.
Hamma saboqlarim beg‘araz, tekin,
Oldingga qo‘yaman faqat shu shartni:
Istagan narsangni so‘ragin, lekin
Baribir berolmam, so‘rama Dardni!
Baxtlarga ko‘milib yashardi jo‘shqin
Shoirga tole’lar kulib boqqanda:
Dueldan cho‘chisa - bo‘lmasdi Pushkin,
Mashrab bo‘lmas edi Dordan qo‘rqqanda!
She’rimni tugatay, cho‘zildi biroz,
Dard ajib ne’matdir, men senga aytsam.
Nima deysan endi, uyat bo‘lar-a,
Shuncha gapdan keyin yo‘limdan qaytsam???
✍️Xayrulla Hamidov
📚 @kitoblar_apk
7 788
Repost from Bilimni baholash agentligi yangiliklari
14-15-iyul kuni testda tushgan savollarni ishlab koʻring❗️
Imtihondan avval necha ball olishingizni hoziroq bilib oling!
🇺🇿 Respublika miqyosida, 15-16-iyul, Vatan universiteti homiyligida Edu-talim.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL onlayn BLOK testga start berildi!🏆Pul yutugʻi: 1.000.000 so'm! 🎓 Yo'nalish tanlang: 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Ingliz tili + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Matematika + Ona tili 👉 Matematika + Fizika 👉 Ona tili + Tarix 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Ingliz tili 👉 Tarix + Ona tili 👉 Biologiya + Ona tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Kimyo + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH;
🏛 Vatan universiteti — 12 ta bakalavriat, 3 ta magistratura, 200 ta grant, Janubiy Koreya bilan qo‘shma dastur va 30+ xalqaro hamkor universitetlar;👨🏻💻 Testga ro'yxatdan o'tish: 👉 Ro'yxatdan o'tish 👉 Ro'yxatdan o'tish 🔖Test yakunida sertifikat va test tahlili beriladi!
7 788
Imom Ahmad bir ayolga uylanmoqchi edilar. Shunda avvalo uning chiroyi haqida so‘radilar. Chiroyini maqtashgandi, endi diyonati haqida so‘radilar. Agar maqtashsa uylanmoqchi, edilar. Agar maqtashmasa rad etishlari dinu diyonat uchun bo‘lardi.
U zot birinchi bo‘lib diyonati haqida so‘ramadilar. Chunki u maqtalsa, keyin chiroyi haqida so‘rardilar. Xunuk bo‘lsa, rad etardilar va rad etishlari dinu diyonat uchun emas, balki chiroy uchun bo‘lardi.
Imom rahimahullohning fiqh va taqvolari mana shunday edi.
Biz bo‘lsa o‘zimizni ana shunday buyuk zotlarga tenglashtirib yuribmiz. Balki "Ahmaddan ko‘ra Molikning so‘zi kuchliroq" deya ilmlariga qozilik ham qilmoqdamiz.
©️
📚 @kitoblar_apk
7 788
Repost from N/a
Premios del sorteo
5 suscripciones Premium de Telegram por 3 meses
Fecha de finalización
