Mobil kutubxona
Открыть в Telegram
Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
Больше8 086
Подписчики
-424 часа
-317 дней
-12430 день
Архив постов
8 086
- Nimadan boshlay?
- Yaxshi niyyatdan boshlang.
Doim qalbingizda goʻzal niyyat boʻlsin ✨
go‘zal niyyat ila qo‘shilib olamiz azizlarim
👇👇👇👇👇👇👇
🟢 https://t.me/Alifim_kitoblari
8 086
Sevgini tirik tutgan, saqlagan, yashatgan narsa nima?
– Axloq, to‘g‘rilik, juftiga sadoqat, sevgi va o‘zaro hurmat! Ana shu ifodalarni o‘z ichiga olgan munosabatning nomidir sevgi.
“Ishq imtihoni” kitobidan📚 @kitoblar_apk
8 086
Men oltmish yashar qizman. Uch avlod ustida ko‘prik bo‘lib umrim o‘tdi. Muhabbat nimaligini, turmushga chiqish neligini bilmay o‘tdim.
O‘n yoshimda ukamni ko‘tarar, unga qo‘shiqlar aytib berar edim. O‘ttiz yoshimda shu ukam uylandi. Endi uning bolalarini ko‘tara boshladim. Uning bolalari ham uylandi. Endi horigan ko‘ksim ustida ularning bolalari yotar edi. Qolgan umrim shular bilan o‘tadi shekilli...
Siz oltmish yil chanqoq holda qirg‘oqda yashash neligini bilmaysiz. Buni anglashingiz mumkin emas. Chunki siz buni tajriba qilib ko‘rmagansiz. Siz erkak kishisiz.
Yoshligimda erkaklar ko‘cha, maktab uchun yaratilgan. Ayollar esa oshxona uchun yaratilgan deyishar edi.
Otamning iqtisodiy holatlari o‘rtacha edi. Farzandlarini universtitetda o‘qitishni orzu qilar edilar. Onam vafot etganlaridan so‘ng bu orzuning badali men bo‘ldim. Uydan chiqa olmay qoldim. Pishirar edim, yuvar edim, kafellarni artar edim. Qisqasi xodimaga beriladigan maoshni saqlab qolib otamga yordam berar va uning orzularini amalga oshishiga ko‘maklashar edim. Yosh avlod universtitetga kirishi, ta’lim olishi va "biz erkaklarmiz" deyishi uchun go‘sht va qonidan to‘laydigan to‘lov bo‘ldim.
Men bu fidokorlikdan baxtiyor edim. Men ko‘ksimda tarbiya topgan uch avlodning bokira onasi edim.
Ammo hozir atrofimdagi olam o‘zgarib qolgan. O‘zimni begona olamdagi begona insondek his qilayapman. Bunda safsata, g‘urur, sevgi, xudosizlik va boylik liq to‘la.
O‘zim tarbiya qilgan, yoshligimni va umrimni ularga bergan qizlar va bolalar menga bir buyum va eski narsa singari boqishadi. Meni masxara qilishadi. Chunki men ularning zamonidan, siyosatdan, sevgidan bexabarman. Ustimdan kulishadi.
Oshxonadagi hukmronligim ham tugagan. Uni yangi oshpaz egallagan. Deraza oldiga kelib hech kimga sezdirmasdan yig‘lab olaman. Bitta narsaga ega bo‘lishni hohlar edim. U qadr...
Ammo shunga ham ega bo‘la olmadim. Qanchalar baxtsizman...
--------------------------
Doktor Mustafo Mahmud bu ayolga javob beradi:
"Aziz ona! Zamonadan, siyosatdan va muhabbatdan xabardor qizlaringiz aslida muhabbatdan hech narsani tushunmas ekan. Ular sizga xizmatkor bo‘lishga ham loyiq emaslar. Muhabbat bu siz, ey ona! Siz sharafsiz, fidokorliksiz va fazilatsiz. Siz yangi avlod uchun to‘lov bo‘lishga rozi bo‘ldingiz. Ular sizning qo‘lingizdan olgan ilm, madaniyat va hurriyat sarmoyasiga badal bo‘ldingiz. Bu safsatalar barisi sizning dasturxoningizdagi uvoqlardir. Agar ulardan aziyat ko‘rgan bo‘lsangiz, ular sizga oq bo‘lishgan bo‘lsa siz ularni kechiring. Bu payg‘ambarlar odati va ziynatidir . Sizga buyuk narsa bunyod qilgan ayol ekaningizni his qilishingizni o‘zi kifoya qiladi. Men sizga ta’zim qilib qo‘lingizni o‘paman, ey pokiza Maryam!
✍️Mustafo Mahmud. "Muhabbat madrasasi" kitobidan.📚 @kitoblar_apk
8 086
‼️Prezident maktabi imtihonlarigacha 38 kun qoldi 📚⏳
🤔 Ko'p ota-onalar bir xil muammoga duch keladi — farzandi aqlli, lekin Prezident maktabi imtihoniga qanday tayyorlanishni bilmaydi.
👨🏫 Assalomu alaykum, men Abrorbek Butaev — 5 yildan beri Prezident maktablariga o'quvchi tayyorlayman. 2000+ o'quvchi va ulardan deyarli barchasi Prezident, Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug'bek va ixtisoslashgan maktablarda o'qimoqda.
🎓 Tajribalarimda bunday muammolarga ko'p duch kelganman. Ota-onalar — Imtihon yaqinlashmoqda, vaqt esa kam deb farzandlarini o'quv markazlar, kurslarga berishadi.
🗓 Har yili yuzlab bolalar shu ko'rinishda tayyorgarliksiz imtihonga kiradi va tabiiyki, hatto birinchi bosqichdan o'ta olmaydi.
⏰Bugun 20:30 da Prezident maktablari to'g'risida tayyorgarlik ko'rish to'g'risida jonli bepul dars o'tkazayapman.
Ulanish uchun quyidagi havolani bosing! 👇
🔗Havola
🔗Havola
🔗Havola
8 086
Totalitar tuzumlar insonni jismonan emas, avvalo ma’nan bo‘ysundiradi.
inson gapira olmaydi → demak, fikrlay olmaydi;
inson eslay olmaydi → demak, kimligini bilmaydi.
Tilshunoslikda keng muhokama qilingan Sapir–Whorf gipotezasiga ko‘ra:
Inson qanday tilda gapirsa, dunyoni shunday tasavvur qiladi.
Demakki til erkinligi yo‘q joyda tafakkur erkinligi bo‘lmaydi!
📚 @kitoblar_apk
8 086
📜Nafsni pirining soyasidan boshqa hech narsa oʻldirmaydi. Nafsni oʻldirganning etagiga mahkam yopish. Bu pastkash nafs sendan oʻtkinchi manfaat istaydi. Tokaygacha bunday behuda ishlar bilan ovvora boʻlasan, yetar bas!
📜Aql haj qilish uchun tuya topguncha, Muhabbat Kaʼbani aylanib boʻldi!
📜Bir ulug‘ zotdan so‘radilar:
-Tasavvuf nima?
U zot shunday javob qildi:
-Siqilgan paytda ko‘ngilda farahning bo‘lishi tasavvufdir!
Alloh taolo: «Yo‘qotgan narsalaringizga achinmang, hatto bo‘ri kelib echkingizni yesa ham», dedi. Bu balo – kattaroq balolarni daf etish, bu ziyon – dahshatliroq ziyonlarning oldini olish uchundir...
© Mavlono Jaloliddin Rumiy, Ichindagi ichindadur📚 @kitoblar_apk
8 086
📝Ayollar har bir qilingan yaxshilikni ko‘paytirib qaytaradi. Tongda ishga ketayotganda, unga birgina sevishingni aytganing uchun to qaytguningcha sendan boxabar boladi. Faqat birinchi qadamni erkak tashlashini kutishadi xolos. Fahm-farosatli erkaklar birgina tashabbus bilan ayollarining hurmat va muhabbatini qozona olishadi, bunga ahamiyatsiz bolgan erkaklar esa oila binosi poydevorining mo'rtlashib qolishiga sabab bo'lishadi. Loqaydlik va gilingan zulmga ham o'n barobar qilib javob qaytarishadi. Butun boshli erkak ekaningga tupurishadi. Shuni ham unutma!
📝Muhabbat odamni tarbiyalaydi, kamolotga eltadi, xulqlarni shakllantiradi, fidokorlik ila himmat bilan siylaydi, maqsad hamda maslak bilan ta'minlaydi va hatto qurbonlikka ham shay qiladi. Men havas yoki garmonlar oyini haqida gapirmayapman, balki chin sevgi haqida gapiryapman.
Omar Xalilning "Jurʼat" kitobidan.📚 @kitoblar_apk
8 086
📊O'lchamagan narsangizni boshqara olmaysiz!
FMTestPro bilan Milliy sertifikat va imtihon testlariga tayyorgarlik darajangizni o'lchang!
Bu bot orqali nimalar qilish mumkin? 🤔
Bepul rejimda:
📚 Fizika va matematika testlarini ishlashingiz mumkin
✅ Javoblarni darhol tekshirishingiz mumkin
📉 Xatolaringizni ko'rib, qaysi mavzuda ko'proq ishlash kerakligini bilib borasiz
Premium imkoniyatlar:
🎯 Fizika va Matematika fanlaridan Milliy sertifikat formatiga yaqin MOCK testlar
⏱️ Vaqtni sozlash imkoniyati
📈 Natijalar tarixi saqlanib boriladi
📊 MiniApp orqali statistikani kuzatish
🧐 Testlar bo'yicha batafsil tahlil
🤖 AI yordamida maslahat va yo'nalish olish
FMTestPro oddiy test bot emas! U tayyorgarlik jarayonini tartibga solishga, natijani kuzatishga va har safar yaxshiroq ishlashga yordam beradi. 💪
FMTestPro bilan o'z potensialingizni kashf qiling! 🚀✨
Botga kirish:
@fmtestpro_bot
Obuna: 33000 so'm/oy
Savol va takliflar uchun: @fmtestpro_admin
Boshlash uchun botga kirib "Testni boshlash" tugmasini bosing. 🚀
8 086
Angliya 100 yil ham eplolmagan Hindistonni Turklar 1300 yil boshqargan. Yevropaning qudratli davlatlari 60 yilda quvilgan arab davlatlarida Turkiy sulolalar 1000 yil hukmron bo‘lgan. Yevropa tiz cho‘ktira olmagan va Eron deb yaqindagina atalgan forslar mamlakitini Turklar 1300 yil boshqargan! Turklar Ossuriyani, Misrni, Arab xalifaligini, Xitoyni egallab, 3 qit’ada hukmronlik qildi. G‘arbda Rim papasini tiz cho‘ktirgan Xunlar Sharqda Xitoyni Buyuk devor qurishga majbur qildi. Turklar 300 yil Rossiyani boshqargan Oltin O‘rda imperiyasini tuzdilar, 3 ta yirik salib yurishini to‘xtatdilar. Chingizxon boshchiligida Yevroosiyo qit’asida hukmronlik qilib, Vena devorlarigacha yetib bordilar. Usmonlilar qiyofasida 600 yil yashagan Sharqiy Rim imperiyasini qulatib, poytaxtini Istanbulga aylantirdilar. Turklar Osiyoda 2500 yil, Yevropada 1500 yil, shimoliy Afrikada 400 yil hukmronlik qildilar.📚 @kitoblar_apk
8 086
🇺🇿🤗Türkçeyi zevkle öğrenelim🇹🇷🙃
📢TURK TILIDAN ONLINE DARSLAR.
🇹🇷 YOZGI TURK TILI KURSI — 0 DAN BOSHLAYMIZ! 🇹🇷
🇹🇷 Turk tilini oson va zavq bilan o'rganing!
📚 Yangi boshlanuvchilar uchun turk tili kurslari.
✨Natijaga yönaltirilgan darslar.
🔹 Onlayn format - dunyoning istalgan nuqtasidan o'qish.
🇺🇿 Milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlov.
📝 Abiturentlar, 🎓, 📚 Talabalar, Magistratura va doktorantura bosqichidagilar uchun.
📚Darslar haftada 5 kun.
👥Dars shakli: Guruhlar yoki yakka tartibdagi individual dars ko'rinishida.
📚 Kurs davomida: • Turkcha o‘qish, yozish va gapirishni o‘rganasiz.
• Kundalik suhbatlarda o‘zingizni erkin ifoda qila boshlaysiz.
🇺🇿🤗🇹🇷🇺🇿🤗🇹🇷🇺🇿🤗🇹🇷🇺🇿🤗🇹🇷
📩 Hoziroq roʻyxatdan oʻting va qisqa vaqt ichida turk tilida erkin muloqot qilishni boshlang!
Murojat uchun:✔️@tercihet
🇺🇿🤗🇹🇷🇺🇿🤗🇹🇷🇺🇿🤗🇹🇷🇺🇿🤗🇹🇷
8 086
Ko‘pincha aziyatlarni o‘zimiz paydo qilamiz. Bizni kamsitadigan joylarga boramiz va gap so‘zi ranjitadigan kishilarga ergashamiz. Kayfiyatingiz qadrli, uni buzishlariga yo‘l qo‘ymang.
Sizga aziyat beradigan narsadan uzoq bo‘ling, uning hadeb ozor berishiga yo‘l qo‘ymang.
Jarohatlovchi munosabatlar sizga kerak emas, aslida zarurati bo‘lmagan azob beruvchi do‘stlik ham.
Allohning keng yerini sizga tor qiladigan joyga o‘zingizni urmang.
Odamlar orasida undan behojat bo‘linmagan biror kishi yuk. Bir arab shoiri aytganidek, odamlarda (do‘stni, mahbubini) almashtirish bor, tark qilishda rohat bor.
"Muhammad alayhissalomga yaqinlar"📚 @kitoblar_apk
8 086
🎯✨ INGLIZ TILI — ENDI MUAMMO EMAS! ✨🇬🇧
💰 Atigi 170 000 so‘m 💸
⏳ BIZ BILAN ANIQ NATIJA! 🚀
📌 Yo‘nalishlar:
🔹 Beginner (1 oy) 📗
🔹 Elementary (3 oy) 📘
🔹 Intermediate (3 oy) 📙
🔹 Speaking Course (1 oy — faqat gapirish) 🗣️🔥
🔹 Multilevel tayyorlov (2 oy — imtihon uchun) 🎯📊
📚 Kurs davomida siz:
✔ Speaking 🗣️
✔ Writing ✍️
✔ Listening 🎧
✔ Reading 📖
✔ Grammar 📚
✔ Vocabulary 🧠
✔ Pronunciation 🔊
🔥 Amaliy mashg‘ulotlar + Speaking practice + doimiy nazorat + motivatsiya 💪
💯 Natija bo‘lmasa — pulingiz qaytariladi! 💵
📩 Hoziroq yozing:
👉 @Teacher_Ravshanova💬
📅 Daberman 5-iyundan boshlanadi! 🗓️ KUNDUZGI VA KECHKI GURUHLAR MAVJUD
🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🌟
8 086
Yaxshi inson bo‘l! Lekin shunday ekaningni birovga aytishga urinma.
Xato qilish insonga xos ish. Ammo shu xatoni oqlash esa shaytoniy ishdir.
Lev. N. Tolstoy
📚 @kitoblar_apk
8 086
Behalovat, notinch xonadonda tug‘ilib-o‘sgan bo‘lsangiz signal tugmangiz har doim yonib turadi. Har lahza ko‘ngilsizlik ro‘y beradi, har on bir asabiy taranglik chiqadi, har mavhumlik noxushlik keltiradi deya o‘ylashdan zehningizni qutqarolmaysiz.
Mutaassil faol bo‘lgan rejim sokinlikni ko‘tarolmaydi. Ohistalikka toqat qilolmaydi. Jimjitlikka chidolmaydi. Ohistalik, sokinlik, jimjitlik bunday kishilar uchun yo g‘azablanish, yo boshqaruv ostiga olinish yoxud bo‘rondan oldingi sukunat o‘laroq qabul qilinadi...
Behalovat xonadonda tug‘ilib o‘sgan bo‘lsangiz biroz sovuqqonlik bilan sabr qilishga, bo‘shliq va sukunatga qarashga harakat qiling. Ularda halovat va xotirjamlik bor.
"Zehn tuzoqlari"📚 @kitoblar_apk
8 086
"Saltanat bog‘idan 100 g‘uncha"Umar ibn Abdulazizning vafoti yaqinlashib qolganida huzuriga o‘n ikki o‘g‘lini chaqirtirdi. O‘g‘illariga qarab turar ekan, ko‘zlariga yosh kelib: «Ey Xudo, kimlarni faqir ahvolda tashlab ketyapman-a!» dedi. Shunda Maslama ibn Abdulmalik so‘radi: «Ularni boy qilib qo‘yishdan sizni nima to‘smoqda? Axir (ota sifatida) o‘zingizdan mol-davlat qoldirsangiz, hech kim sizni ta’na qilmaydi-ku!» Umar shunday dedi: «Ey Maslama, dunyoda bu ishni xayolimga ham keltirmadim. Endi shuni qilib oxiratga ketamanmi?! Mening bolalarim ikki xil: yo Allohga toatli, yoki Unga osiy. Agar toatli bo‘lsa, Alloh uni o‘ylamagan joyidan rizqlantirib qo‘yadi. Agar osiy bo‘lsa, uning ma’siyatiga yordam bermoqchi emasman!» 📚 @kitoblar_apk
8 086
✍ Qo‘lim bilan barpo qilgan hamma narsani tilim bilan yakson qilardim...
✍ ... tobe kishi boshqa insonlarning ham o‘ziga tobe bo‘lishini istaydi.
✍ ... biror salbiy holatga duch kelganimizda darrov vahimaga berilmaymiz. Bu his shu ish tufayli salbiy natija berganini, vaqt o‘tib bu bir lahzalik ko‘ngilsizlik ekanligini, hali hammasi yaxshi bo‘lishini qabul qilamiz. Balki bu ish o‘xshamagani uchun xafa bo‘lishimiz mumkin, ammo bu meni qadrsiz, saviyasiz ekanimni yoki meni yaxshi ko‘rmasliklarini bildirmaydi. Abadiy davom etadigan baxtim, xursandchiligim uchun o‘tkinchi xafagarchilikka yo‘l qo‘ymayman. Unga asir bo‘lmayman. Aynan mana shu meni parhezim hisoblanadi.
📚 "ZEHN TUZOQLARI" kitobidan.📚 @kitoblar_apk
8 086
Ta’limni erkin qo‘yib bo‘lmaydi, u majburiy bo‘lishi shart! Chunki sening johilliging mening hayotimga ta’sir qiladi.
"Zehn tuzoqlari"📚 @kitoblar_apk
8 086
🇷🇺 Rus tilini 7 kunda "jonlantiramiz"!
🚀 Sizni 7 kunlik interaktiv rus tili marafoniga taklif qilamiz. Mutlaqo yangicha formatda:
✅ Real hayot: Har kuni bitta hayotiy vaziyat ichiga kirasiz. ✅ Qiziqarli format: Qisqa audio darslar va real dialoglar. ✅ Interaktiv: Kanalning o‘zida mini-testlar yordamida o‘rganasiz.Shunchaki kanalga oʻting, qatnashing va 7 kunda farqni his qiling! 👇 https://t.me/+thJzxS7pfDI5Mjdi https://t.me/+thJzxS7pfDI5Mjdi
8 086
Dangasalik odamni qashshoq holga olib keladi, bolam deyish — bu ta'lim. Dangasalik qilsang, ertaga qashshoq boʻlasan, bolam deyish — bu tarbiya. Dangasa boʻlsang, anavi gadoylarga oʻxshab qolasan, bolam deyish — bu targʻibot. Birinchisi tushuncha beradi va bu maktabga xos. Ikkinchisi islohga chaqiradi va bu oilaga xos. Uchinchisi tabaqalash hamda oʻzaro nafratni hosil qiladi va bu siyosatga xos. Farzandingizga avvalo siz mudarrissiz. Uni toʻgʻri shakllantirishda sizning uslubingiz katta roʻl oʻynaydi.
kitobni sotib olish
Omar Xalilning "Jurʼat" kitobidan.📚 @kitoblar_apk
8 086
📜Mol-dunyoga yetishni orzu qilgan odam qo‘rqinchu dahshatlar markabiga minib olsin.
📜Yusufiy aql egasi ishning soʻngiga qaraydi, havoyu havas Zulayxosi shu soat bilangina oziqlanadi.
📜Yusufni aql qaytardi, Zulayxodan tabiati ustun keldi.
📜Donishmandlardan biri aytdi: “Insonning biror kishini aldamasligi
uning hushyorligidan, biror kishiga aldanmasligi esa aqlining
komilligidandir”.
📜Kim jazolanishga ishonsa, yomonlik qilmaydi.
📜Neʼmatni yoʻqqa chiqarishda zulmdan koʻra tezroq narsa yoʻq.
"Unvon ul bayon" kitobidan.📚 @kitoblar_apk
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
