cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Mobil kutubxona

Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ @reklama_servis

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
9 111
Suscriptores
-1724 horas
+157 días
-34630 días
Distribuciones de tiempo de publicación

Carga de datos en curso...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Análisis de publicación
MensajesVistas
Acciones
Ver dinámicas
01
​​«O‘n besh yoshimda o‘z fikrlarimni o'qishga qaratdim. O'ttiz yoshimda mustaqillikka erishdim. Qirq yoshimda shubhalardan qutuldim. Ellik yoshimda osmon irodasini anglab yetdim. Oltmish yoshimda haqiqatni yolg'ondan farqlashni o'rgandim. Yetmish yoshimda qalbim istaklariga ergasha boshladim va taomillarni buzmadim». 📚 Syu Fancheng, «Konfutsiylik» kitobidan 📚 @kitoblar_apk
2090Loading...
02
📓 "Ong osti sirlari" 👤 Ozoda Turmuxamedova Insoniyat borliqdagi barcha mavjudotlardan ongli hayoti bilan farq qiladi. Ong orqali fikrlaydi, borliqni anglaydi. Ongning imkoniyatlari juda cheksiz. Uni o‘stirib borish orqali juda ko‘plab yutuqlarga erishish mumkun. Psixologiyada ong osti degan tushuncha ham borki, inson hayotida uning roli qanchalik muhim ekanligini hamma ham tushunavermaydi. E’tiboringizga havola etilayotgan kitobda ongning cheksiz imkoniyatlari, uni shakllantirish usullari haqida batafsil to‘xtalgan hamda mavzular hayotiy misollar asosida yoritib berilgan. 📚 @kitoblar_apk
4330Loading...
03
🎙 «Savdogarlar ustozi» kitobi 10 daqiqada | Haqiqiy omad kaliti kitobining mazmuni 📚 @kitoblar_apk
3890Loading...
04
🎥 Lev Tolstoyning "Tirilish" romaniga buktreyler 📚 @kitoblar_apk
4150Loading...
05
📗 "O'gay ona" 👤 Ahmad Lutfi Qozonchi Roman o’n to’qqiz yoshli go’zal qiz Fotimaning ikki yetim farzandi bor erkakka turmushga chiqishi, yetimlarni hech kimdan kam qilmay parvarish qilishi va ibratli hayotiga bag’ishlanadi. Xo’sh, uni bunday qurbonlikka nima majbur qildi?.. Gulday yoshligini o’ziga munosib tarbiyali, bilimli, yosh yigit bilan o’tkazsa ham bo’lardiku! Asarni o'qir ekanmiz, ushbu savollarga muallif tomonidan chiroyli va ishonchli tarzda javoblar berilganligini anglab boramiz. 📚 @kitoblar_apk
7290Loading...
06
Ibrohim Haqqul: Odamlardagi ichki qo‘rquv, adabiyotdagi sayozlik va "labbaychi" rahbarlar haqida 📚 @kitoblar_apk
8530Loading...
07
📓 "Nurul-yaqin" 👤 Muhammad Xuzariy Payg'ambarimiz s.a.v.ning hayoti haqida batafsil ma'lumot beruvchi ushbu asar Islom dini tarixini o'rganishda eng qadrli manbalardan biri hisoblanadi. 📚 @kitoblar_apk
9530Loading...
08
#iqtibos «Bizning vatanda hech kim mas’uliyatni yoqtirmaydi. Buyruqlarga shu zahotiyoq bo‘ysunamiz – bu asrlar davomida mag‘rur qonimizga singib ketgan odat. Mustaqil qaror qabul qilish borasida esa ahvol chatoq». ✍ Remark. "Qora haykal" kitobidan 📚 @kitoblar_apk
9820Loading...
09
#Bir_kitob_haqida ​​Бу китобни шунчаки сотиб олманг! Бу оддий китоб эмас... “...бахтсиз миллатнинг бири икки бўлмай, шу қолажаги бўлса , мутелик унга шарафли қисмат бўлиб битилмиш экан..." . Шундай китоблар ва шундай асарлар бор-ки, сен уни қўлингга олишинг билан ўтирган жойингга “михлаб” қўяди. Атига 5-10 та китобнигина оҳиригача ўқиганман. Лекин “Қонли гуллар водийси”ни бир ўтиришда “қотиб ўтириб” ўқидим. Сабаби менинг болалик саволларимга жавоблар топилди! Асарни ўқиган одамда, ўша кунларда ўзи яшаётгандек, ўша воқеаларда ўзи бордек , ўша хиёнатларда айбдордек ҳаяжон ва титроқ пайдо бўлади. Англашимча, ёзувчига осон бўлмаган бироқ, Бахтиёр Абдуғафур бу “Қонли гуллар водийси” дан бизга тарихни юлиб олиб чиқишни аъло даражада уддалаган. Ўзбек адабиётига мана шундай тарихнинг қора кунларини “ютимли” қилиб, содда ўзбекнинг дардини, исёнини, шерюрагини, алам ва изтиробларини, ватани- туғилган тупроғини жонидан азиз билган кишилари борлигини эслатиб тургувчи мана шундай китобни хадя қилган асар муаллифига оддий китобхон номидан чуқур ташаккур айтаман. Китобни бир ўқинг! Сўнг юрагингизга Ватан нима –деб савол беринг! Жавобини топасиз, иншаоллоҳ! © Гули Назарова 📚 @kitoblar_apk
9920Loading...
10
#NOTCOIN OLINADI Walletda turgan bo'lsa 10k -750000 so'm. Walletda bo'lmasa ham kelishamiz. @OncoPhobe Shoshiling. Narx tushib ketish ehtimoli katta.
3970Loading...
11
​​📕 "Notiqlik san'ati" 👤 Deyl Karnegi U XX asrning eng muvaffaqqiyatli shaxslaridan biri. Uning kitoblari insonlar uchun o'ziga xos hayot darsligiga aylanib ketgan. Inson psixologiyasini qunt bilan o'rgangan Karnegining eng ustun tarafi hayot haqiqatlarini oddiy va sodda qilib tushuntirib bera olganidir. Ushbu kitobda Karnegi muvaffaqiyatli shaxs bo'lishdagi eng muhim omillardan biri bo'lgan notiqlik  haqida o'z fikrlari va tavsiyalarini o'quvchilar bilan o'rtoqlashadi. 📚 @kitoblar_apk
1 0740Loading...
12
• Shaxsiyatni oʻzgartirish • Odatlarni shakllantirish • Uyqu haqida faktlar • Ilmiy maqolalar • Kitobdan olingan Iqtiboslar • Ulamolar fikrlari ↪️ Manashu bloglarni barchasi tartibli ravishda qoʻyib boriladigan kanal ochilibdi Tavsiy qilaman 💡 📎 https://t.me/+y6dKAkQv0lM0NmFi
7460Loading...
13
Нимага биз Шекспирни билгандай Навоийни билмаймиз? Бу ҳақиқий фожиа... 📚 @kitoblar_apk
1 2950Loading...
14
📚 TOP-64 jahon adabiyoti durdonalari ✅ Bepul yuklab oling 01. Anna Karenina 02. Telba 03. Farengeyt bo‘yicha 451 daraja 04. Usta va Margarita 05. Andisha va g‘urur 06. Jarayon 07. Aka-uka Karamazovlar 08. Yolg‘izlikning yuz yili 09. Kichkina shahzoda 10. G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q 11. Jinoyat va Jazo 12. Martin Iden 13. Dorian Grey portreti 14. Choliqushi 15. Asrni qaritgan kun 16. Abadiyat qonuni 17. Qizil va qora 18. Buyuk Getsbi 19. Tirilish 20. Uch og‘ayni 21. Robinzon Kruzo 22. Begona 23. Uliss 24. Bovari xonim 25. Yevgeniy Onegin 26. Gorio ota 27. Otalar va bolalar 28. Cho‘l bo‘risi 29. Alvido qurol 30. Azizim 31. Iqrornoma 32. Uch mushketyor 33. Qimorboz 34. Buzrukning kuzi 35. Chol va dengiz 36. Alkimyogar 37. Koinot oqimlari 38. Tom tog‘aning tog‘asi 39. Don Kixot 40. Qo‘rqinchli Tehron 41. Chol va dengiz 42. Mushuklar saltanati 43. Cho‘qintirgan ota 44. Yo‘l-yo‘l poyjoma kiygan bolakay 45. Tinch Don 46. Zamonamiz qahramoni 47. Yovvoyi yo‘rg‘a 48. Avliyo Sergiy 49. Yashik odam 50. Shamol ortidan yugurib 51. Graf Monte-Kristo 52. Amerika fojiasi 53. Jaloliddin Rumiy 54. Parma ibodatxonasi 55. Vatandoshlik dasturi 56. Faust 57. Muhabbatnoma 58. Ba’zilar olisdan sevarlar 59. Shamollarda qolgan hislarim 60. Qora haykal 61. Jeyn Eyr 62. Omma psixologiyasi 63. Ozodlikdan qochish 64. Kitoblar qanday o‘qiladi?
1 2140Loading...
15
https://t.me/konkursjon_bot?start=5852278937 1)kirib start bosing 2)2 ta kanalga azo bo’ling 3)Sovg’alarga ega bo’ling)
5830Loading...
16
👤 Ulug'bek Hamdam 📙 "Muvozanat" (roman) "Muvonazat" keyingi yillarda o‘zbek adabiyotida yaratilgan eng yaxshi romanlardan biri bo'ldi. 1997-yilda yozib tugatilgan va 2002-yilda eʻlon qilingan "Muvozanat" romani adabiy hayotimizda oʻziga xos voqea boʻldi. Roman shu kecha-kunduzda yashab, mehnat qilayotgan zamondoshlarimiz va ularning qalb tovlanishlari haqida. Asarda xalqning turli qatlamlariga mansub va har-xil sohalarda ishlaydigan qator qaxramonlar borki, ularning oʻy-tashvishlariyu maqsad-intilishlari zamonamiz kishilarining ruhiyatlari bilan uygʻunlashib ketadi. Asar bosh qaxramoni Yusuf murakkab davr evrilishlaridan insonga munosib bir tarzda chiqish uchun kurashadi..." 📚 @kitoblar_apk
1 3650Loading...
17
💡Robert Kiyosaki - motivatsiya beradigan video rolik 📚 @kitoblar_apk
1 4150Loading...
18
✍ Abdulhamid Ismoil 📖 "Murtad" 📚 @kitoblar_apk
1 6140Loading...
19
📙 O'rta asr arab adabiyoti yodgorligi bo'lgan "Ming bir kecha" ertagiga bag'ishlangan videorolik 📚 @kitoblar_apk
1 7320Loading...
20
Arab tilini noldan, tartibli va tizimli o‘rganmoqchi bo‘lsangiz soha mutaxassislaridan professional darslar shu yerda:
5000Loading...
21
#Kitobxon_fikri ​​📚 «Mukammal xotira» Men dasturchiman, qariyb 6 yil mobaynida matematika bo’yicha shug’ullandim, o’qituvchilik qildim, mantiqiy fikrlashga ko’p duch keldim. «Mukammal xotira» kitobini sotib olishda biroz ikkilandim, chunki xotirani mustahkamlash, miya faoliyatini yaxshilashga doir bir qancha kitoblarim bor edi. Ammo, ushbu kitoblar menda qiziqish uyg’ota olmadi. Kitobni sotib olganimdan so’ng, mening xotiram o’zim o’ylaganimdan sustligini anglab yetdim. Men matematik bo’lganligim uchun miyam o’z vaqtida oziqlanyapti va bundan ortig’i ham bo’lmaydi deb o’ylar edim. Kitob esa nafaqat fikrlashimni, balki dunyoqarashimni o’zgartirdi, turli-xil mashqlar va harakatlar odatiy turmush tarzimni qamrab oldi. Endilikda eng ulkan dushmanim erinchoqlik va dangasalikga qarshi kurashishda o’zimda kuch topa olyapman. Turmush tarzim o’zgardi, bilim olish usulim o’zgardi va eng asosiysi xotiramdagi o’zgarishlarni sezishni boshladim. Bugungi kunda matematika, dasturlash, informatika bilan bir qatorda biotexnologiya, kibernetika, kriptografiya va astronomiya bilan shug’ullanmoqdaman. Oldin menda vaqt yo’q edi. Kitob go’yoki menga bir dunyo vaqt ato etdi. Menda endi ortiqcha vaqt ham mavjud. Xotiramni to’g’ri ishlatishni, miyani to’g’ri ozuqlantirishni o’rgandim. Muallif bir uchrashuvda “Qani edi ushbu bilimlarga oldinroq erishganimda” degan edi. Darhaqiqat men ham ushbu kitobga vaxtliroq erishganimda edi. Ammo, nima bo’lganda ham 3000 nusxada chop etilgan ushbu kitobdan bittasini o’qib chiqish menga nasib etdi va men bunday foydali asarni birinchilardan o’qishga erishdim. Ushbu kitobni do’stlarimga taklif qilmayman, ulardan talab qilaman. Zero, har bir muvaffaqiyatga erishmoqchi bo’lgan shaxslar ushbu kitobni bir marta o’qishi va o’zida kuch topa olib, berilgan tavsiyalarga amal qilishi lozim.  Har bir odam buyuk qobiliyatlarga ega, faqat o’zi buni bilmaydi, xolos. Kitobni o’qiyotganingiuzda siz o’z xotirangizning kutilmagan imkoniyatlarini ochib, o’zingizni bilib olasiz.   Dilmurod Rahmatov, kitobxon #kitobxon_mulohazalari 📚 @kitoblar_apk
1 7880Loading...
22
❓Tezlik bilan, bugun bor ertaga yo'q bunday imkoniyat Notcoinlaringizni bizga soting. Birjada sotmoqchi bolsangiz ishi ko’p Va Siz da U programmalar yuq Va % Ham Katta bo’lib ketadi 🔥Biz shu narxlarda sotib olamiz Birjada ham deyarli shu narx 1NOT = 0.004$ (o'zgarib turadi) 10 000 NOT = 500 000so'm (Hohlagan miqtordagi notcoinlaringizni soting) ✅Shoshiling! narx tushib bormoqda, sababi juda ko'pchilik notlarni sotib yubormoqda. Soniya ham g'animat. BARCHA malumot 👇👇 💸Murojaat uchun: @NotCoinLong 🔄 ISBOTLAR 🔄
2790Loading...
23
📱 "Mukoshafat-ul qulub" (Qalblar kashfiyoti) 👤 Imom G'azzoliy Islom Sharqining buyuk olimi Abu Homid G’azzoliy ning «Mukoshafat-ul-qulub» asari mana necha asrlardan buyon insoniyat uchun ziyo manbai bo‘lib xizmat qilib kelmoqda, iztirob va huzursizliklar ichida qiynalib yashayotgan shaxslarga, jamiyatlarga va xalqlarga xotirjamlik xamda saodat yo‘llarini ko‘rsatmoqda. «Mukoshafat-ul Qulub» G’azzoliyning necha asrlar ilgari yoqqan yuzlab mash’alalaridan bir donasidir. Bu mash’ala sochgan mangu so‘nmas ziyo dastalari zamonlar osha so‘ngsizlik sari oqib borgusidir. Inson nasli to qiyomatgacha mavjud bo‘larkan, bu asar ham insoniyat uchun mangu ziyo manbai bo‘lib, azob-uqubatlar, g‘am-tashvishlar va behuzurliklar ichida iztirob chekayotgan shaxslar, siymolar va millatlarga huzur-halovat va baxt-saodat yo‘llarini ko‘rsatajak. 📚 @kitoblar_apk
1 2630Loading...
24
Audio kitoblarning bir faylga jamlangan to‘liq shaklini izlayapsizmi? Mana ular: 💿 Qur’oni Karim (O’zbek tilida ma’nolar tarjimasi) 💿 Payg‘ambarlar tarixi 💿 Tarixi Muhammadiy 💿 Ilm olish sirlari 💿 Amir Temur saltanati 💿 Qiyomat va oxirat 💿 Mahzun bo‘lma 💿 Riyozus solihiyn 💿 Ulamolar nazdida vaqtning qadri 💿 Hazrat Umar 💿 Alkimyogar 💿 Million dollarlik xatolar 💿 Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar 💿 O‘tkan kunlar 💿 Mehrobdan chayon 💿 Chunki sen Allohsan... 💿 Munabbihot 💿 Halqa 💿 Jangchi 💿 Turmush o‘rtog‘imning tengi yo‘q 💿 O‘kinma 💿 Jannat vasfi 💿 Turkiston qayg‘usi 💿 Oq nilufarlar yurtida 💿 Jarayon 💿 Men: Bas qil, ey nafs! 💿 Sir: Oshiqlar o‘lmas 💿 Ey qizim 💿 To'siqlarga qaramay sevdik 💿 Yashash fursati 💿 Partiyaning oltinlari 💿 Mungli ko‘zlar 💿 O‘nta negr bolasi 💿 Ajal ta'qibi 💿 Izlash 💿 Hazrat imom al-Buxoriy 💿 Otamdan qolgan dalalar 💿 Tanishishni unutibmiz 💿 Imomning maneken qizi 💿 Iblis va Prim xonim 💿 O‘gay ona 💿 Halol luqma 💿 Gonkongdan kelgan tobut 💿 Ikki karra ikki — besh 💿 Kaktuslar ham gullaydi 💿 Oybegim mening 💿 Buyuk boburiylar tarixi 💿 Devona 💿 Alpomish 💿 Millioner singari fikrlashni o'rganing 💿 Boburnoma 💿 Jumali 💿 Portobello jodugari 💿 Daftar hoshiyasidagi bitiklar 💿 O‘lsang kim yig‘laydi 💿 Sarafan Marketing 💿 Jimjitlik 💿 Morrining seshanba darslari 💿 Quloq oshiq bo‘larkan ko‘zdan avval 💿 Mafiya a'zosining iqrori 💿 Oshxonadagi qotillik 💿 Ravshan 💿 Bir vijdon uyg‘onur 💿 So‘nggi to‘fon 💿 Hazrati Uvays Qaraniy 💿 Odamiylik mulki 💿 Peshonamdagi nur 💿 Dor ostidagi odam 💿 Voy, onajonim! 💿 Dunyoning ishlari 💿 Vido cho‘qqisi 💿 Temur tuzuklari
1 0680Loading...
25
🇷🇺RUS TILIDA SIZ ANIQ BILMAGAN QIZIQARLI 2TA FAKT😉 ✅JAVOBNI BILISH UCHUN PASTDAGI TUGMANI BOSING👇
6520Loading...
26
▶️ Abdulla Qahhor uy-muzeyiga telesayohat! 📚 @kitoblar_apk
1 4050Loading...
27
Tez o‘qish ko‘nikmasini xosil qilish haqida yozilgan kitob haqida so‘raldi Tez o‘qish, tez topish, tez hisoblash, tezaytish, tez chopish, tez otish, tez yotib turish – albatta miya va badan a’zolarni harakatda ushlab turish uchun yaxshi mashg‘ulotlardir. Ammo tez-o‘qish o‘qish va uqish uchun zaruriy shartlar emas. O‘qishdagi eng mashaqqatli narsa tushunish. Negadir “tez tushunish” mashqlari haqida eshitmaymiz. Bu bir tarafdan to‘g‘ri, chunki tez tushunilgan narsa yo avvalidan ma’lum va tushunilgan narsa bo‘ladi yoki umuman tushunilmagan bo‘ladi. Suxbatdoshim tez-o‘qish ko‘p o‘qishga imkoniyat beradi, ko‘p o‘qish esa ko‘p narsani bilishni ta’minlaydi degandek bo‘ldi. Men “bu masalada tezlik va miqdor sifatni ta’minlamaydi” dedim. Chunki oz o‘qilsin-u, soz o‘qilgani, yaxshilab mag‘zi chaqilib ishlangani yaxshi. Olinayotgan ma’lumotlardan ko‘ra shu ma’lumotlar ostidagi asoslarni talab qilib o‘qigan afzal. Asoslarni bilish ko‘p mayda ma’lumotlarni bilish zaruratidan ozod qiladi. Asoslar esa siz  hozirgi lahzada uchun muhim bo‘lgan masala bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Quruq eruditlikning to‘tiqushlikdan farqi yo‘q. Shuning uchun “qanday qilib tez va ko‘p o‘qiy olaman?” degan savolga javob topgandan ko‘ra qanday manbalarni va nimani o‘qishim kerak degan savolni qo‘ying. Tezlik esa vaqt bilan xosil bo‘laveradi. Va yana, ba’zi matnlar yashin tezligi bilan o‘qilsa, ba’zilarining yarim beti yillar davomida hazm bo‘ladi. Tezlik o‘z xususiyatiga ko‘ra nisbiy tushuncha. Agar izohda mendan: “qanday kitoblarni tavsiya qilasiz?” deb so‘rasangiz, demak nima yozganimni tushunmabsiz. Boshqatdan o‘qing. Jamshid Muslimov 📚 @kitoblar_apk
1 7230Loading...
28
Bu kitobni o'qisangiz, muammolarga ko'z yumasiz Jamiyatimizda kitobxonlikning keng targ'iboti uchun "Abadiyat" loyihasini qarshi oling! Loyihada turli insonlardan qahramonlar tanlab olinadi va kitob taqdim qilinadi. Loyiha davomida yigitlar o'zlari uchun ko'p narsani isbotladilar, biri ota-onasini xursand qilishni, ikkinchisi esa onasining qarzlarini uzishni maqsad qildi. Batafsil YouTubeda tomosha qiling. 👉 https://youtu.be/1w7NtRtbuik @abadiyat_uz
7380Loading...
29
📓 "Mo'minalar silsilasi" 📚 @kitoblar_apk
1 3530Loading...
30
#iqtibos Insonni harakatlantiruvchi ko‘plab kuchlar mavjud. Ayrim kishilarni o‘z qiziqishlari, boshqasini — burchlilik hissi, yana birini — mas’uliyat hissi, boshqa birini esa — ehtiyoj, faollikka undaydi. Ba’zilar uy (oila) tuyg‘usidan ilhomlanadi. Shunday insonlar borki,  ular avvalo vatandoshlik tuyg‘ulari bilan oldinga intiladi. 📖 Yulo Vooglaydning "Vatandoshlik dasturi" kitobidan 📚 @kitoblar_apk
1 5820Loading...
31
Kitoblar turkumi: Islomiy Kitoblar tartib raqami: 01-20 📖 01. Qur'oni karim ma'nolari tarjimasi 📖 02. Sahihi Buxoriy 📖 03. Tarixi Muhammadiy 📖 04. Saodat asri qissalari 📖 05. Mukoshafat-ul qulub 📖 06. Ilm olish sirlari 📖 07. Til ofatlari 📖 08. Ar-rahiq al-maxtum 📖 09. Nurul-yaqin 📖 10. Shamoili Muhammadiyya 📖 11. Sunani Termiziy 📖 12. Al-Adab al-Mufrad 📖 13. Riyozus solihiyn 📖 14. Payg‘ambarlar tarixi 📖 15. Tanbehul g‘ofilin 📖 16. Ibodati islomiya 📖 17. Gunohi kabiralar 📖 18. Qiyomat va oxirat 📖 19. Bo‘ston ul-orifiyn 📖 20. Ey, farzand Kitoblar turkumi: Mumtoz Kitoblar tartib raqami: 21-30 📖 21. Ichindagi ichindadur 📖 22. Temur tuzuklari 📖 23. Siyosatnoma 📖 24. Shohnoma 📖 25. Qobusnoma 📖 26. Tazkirat ul-avliyo 📖 27. Yusuf va Zulayxo 📖 28. Makorim ul-axloq 📖 29. Mantiqut tayr 📖 30. Boburnoma Kitoblar turkumi: Tarixiy Kitoblar tartib raqami: 31-40 📖 31. Amir Temur saltanati 📖 32. Buyuk Temur 📖 33. Ulug‘bek xazinasi 📖 34. Navoiy 📖 35. Yulduzli tunlar 📖 36. Avlodlar dovoni 📖 37. Ko‘hna dunyo 📖 38. Sulton Jaloliddin Manguberdi 📖 39. Zafarnoma 📖 40. Spitamen Kitoblar turkumi: Bolalar adabiyoti Kitoblar tartib raqami: 41-60 📖 41. Kichkina shahzoda 📖 42. Mittivoy va Karlson 📖 43. Rim ertaklari 📖 44. Maugli 📖 45. Pinokkioning boshidan kechirganlari 📖 46. Alisa mo'jizalar mamlakatida 📖 47. O'n besh yoshli kapitan 📖 48. Tom Soyerning sarguzashtlari 📖 49. Tom Soyerning yangi sarguzashtlari 📖 50. Gulliverning sayohatlari 📖 51. Jelsomino yolg'onchilar mamlakatida 📖 52. Alisaning sayohatlari 📖 53. Bilmasvoy Quyosh shahrida 📖 54. Bilmasvoy va do'stlarining boshdan kechirganlari 📖 55. Qor odam 📖 56. Oltin bola 📖 57. Mumu 📖 58. Ko'r muzikachi 📖 59. Rim ertaklari 📖 60. Uch baqaloq Kitoblar turkumi: O‘zbek adabiyoti Kitoblar tartib raqami: 61-80 📖 61. O‘tkan kunlar 📖 62. Mehrobdan chayon 📖 63. Kecha va kunduz 📖 64. Yulduzli tunlar 📖 65. Avlodlar dovoni 📖 66. Ufq 📖 67. Jimjitlik 📖 68. Lolazor 📖 69. Chinor 📖 70. Ulug‘bek xazinasi 📖 71. Ko‘hna dunyo 📖 72. Shum bola 📖 73. Navoiy 📖 74. Qutlug‘ qon 📖 75. Bolalik 📖 76. Farg‘ona tong otguncha 📖 77. Ko'ngil ozodadur 📖 78. Shinelli yillar 📖 79. Oltin zanglamas 📖 80. Bozor
1 4430Loading...
32
✍ Jaloliddin RUMIY 📖 "Masnaviydan ibratli hikoyalar" 📚 @kitoblar_apk
1 3810Loading...
33
🎥Kitob haqida ajoyib video rolik! 😊 Ko'ring va xulosa qiling! 📚 @kitoblar_apk
1 6340Loading...
34
​​РАУФ ПАРФИ: «УШЛАБ БЎЛМАЙДИГАН НАРСАЛАР ҲАҚИДА...» *** Рауф Парфи ва Шомирза Турдимов суҳбатидан парча (Рауф Парфининг 2 жилдлик китобидан) *** Ш. Т.: – Санъатнинг туб мавзуси ўлим эканлигини кенгроқ ифодалаб берсангиз. Р. П.: – Масалан, Шекспир асарлари ёки Навоий ҳазратларини олиш мумкин. Улар ўлим ҳақида ёзишган. Александр Блок – ўлим шоири, буни ўрисларнинг ўзлари ҳам билмайди. Ш. Т.: – Нега ўлим? Р. П.: – Чунки ўлим инсонларни поклаш учун керак. Тепадан буюрилган. Ўлимни кўрсатиб тозалаш. Поклаш. Бу дунё бесаранжомликларини ўлим орқали жой-жойига қўйиш. Бу ерда бир нарсада янглишиш мумкин. Ичингизда англайсиз, ифода қилиб бўлмайди… оғир. Инсон ухлаяпти. Турадими, йўқми, билмайди. Ухлаётган одам ўлимга тайёрланган одам. Ш. Т.: – Ҳушёр одам-чи? Р. П.: – Ҳушёр одам, у қайси тариқатдан бўлмасин, йўлдаги одам. Аслида ҳамманинг йўли битта – Оллоҳни англаш. Йўқ! Оллоҳни билиш, етишиш, бу атамаларнинг қайсиси тўғри, айтолмайман. Ҳушёр одамнинг яна бир фарқи – ухлаётганда ўлаётганини билади. Ш. Т. : – Уйқу ўлимдир! Р. П.: – Уйқу – ўлим. Бир хилда ҳамма ерда ёзилган. Одам уйқуга кетаяптими унча-мунча тўғри гапни айтиб ётади. Биз уйқу деймиз-а? Қандай гўзал сўз!!! Уй-қ-у!!! Биз тахминан инсон озодлиги ҳақида гаплашяпмиз. Руҳсиз одам, яъни Оллоҳсиз одам деймиз. Руҳсиз одам тутқун. Худосиз дегани қўпол чиқади. Руҳсиз одам қул бўлади. Ичида Оллоҳи бор одам эркин. Унинг ҳеч нарсада қўрқуви йўқ. Ҳамма нарсадан эркин бўлади. Қафасдаги одам Худосиз бўлганлиги учун қафасда. Уларнинг қафаси нимадан, Худо билади. Темирданми, тошданми, пулданми: кўчада юрибди – барибир, қафасда. Улар ҳукм қилинган одамлар. Улар ўзларини қафасга ўзлари солган. Улар токи Оллоҳни топмагунча бу қафасдан чиқолмайди. Топса – ҳаммаси бир пул бўлиб қолади. Руҳи бор одам учун зулм институтлари ҳеч нарса эмас. Оллоҳ, Оллоҳ! Булар – ўлим ва ҳаёт – битта нарса. Булар ҳақида асли гаплашиб бўлмайди. Биз ушлаб бўлмайдиган нарсалар ҳақида гаплашиб ўтирибмиз. Бизнинг кўнглимизга Оллоҳ солган нарса – ёвузликка қарши кураш туйғуси. 📚 @kitoblar_apk
1 5720Loading...
35
O'zgarish eng avvalo ongdan boshlanadi, tashqi ko'rinishni, o'zni tutishni o'zgartirish ko'pga cho'zilmaydi, barbir o'zingizni soxtaligingizdan o'zingiz zerika boshlaysiz va avvalgi holatingizga qayta boshlaysiz. Ammo fikrlashingizni o'zgartirishga erishsangiz atrofga boshqa nazarla qaray boshlaysiz va avval oddiy ko'ringan narsalar sizga mo'jiza bo'lib ko'rinadi. O‘zgarishni shu yerdan boshlang: https://t.me/ilmnafas
8330Loading...
36
📖 "Keng rizq va baraka omillari" 👤 Ziyovuddin Rahim, Odilxon Yunusxon o‘g‘li Har bir inson umri davomida yaxshi yeb-ichishni va farovon hayot kechirishni istaydi, ammo u faqat rizq-nasibadan ortig‘iga muyassar bo‘lmaydi. Shu ma’noda aytish mumkinki, diniy-ma’rifiy mavzuda bitilgan ushbu risola rizq tushunchasi, rizqni hosil qiladigan kasb-hunar va shu rizq ko‘payib-kamayishiga sabab bo‘ladigan omillar xususida atroflicha mushohada qilish va fikr yuritishga undaydi. Shu bois qo‘lingizdagi risola shu mavzuga qiziqqan barcha o‘quvchilarni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz. 📚 @kitoblar_apk
1 4200Loading...
37
«Adabiyot, she’riyat nima uchun ilm-fan yo sportdek uzluksiz taraqqiy etmaydi?» — degan savolingizga kelsak, shuni aytish joizki, inson bolasi tug‘ilibdiki, hamma narsani noldan — boshidan boshlaydi. Agar salaflar yetib kelgan joydan boshlaganida edi, siz aytgandek, uzluksiz taraqqiyot bo‘lardi. Biroq bunday emas, bugungi shoir o‘z faoliyatini Navoiy yetib borgan yuksaklikdan emas, balki Navoiy boshlagan quyilikdan — ibtidodan boshlaydi. Shuning uchun u ham turtinadi, surtinadi, alaloqibat, o‘z kuch-qudratiga, Xudoyim yurak bag‘riga jo qilgan imkoniga yarasha «yo‘l bosadi». Shunga ko‘ra bosilgan yo‘llarning uzun-qisqaligi har xil bo‘ladi. 📝 Ulug‘bek Hamdam, «Jahon adabiyoti: modernizm va postmodernizm» 📚 @kitoblar_apk
1 3980Loading...
38
#Audiosuhbat ​💿 Oʻzbekistondagi eng katta onlayn oʻzbek kutubxonasi asoschisi bilan suhbat Loyihaning navbatdagi soni mehmoni 2013-yilda “Milliy internet tanlovi”da gʻolib boʻlgan, internet-jurnalistika yoʻnalishida xalqaro “Oltin qalam” milliy mukofotini qoʻlga kiritgan, 2018-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan — Davronbek Tojialiyev boʻldi. Mehmon juda koʻp yurtdoshlarimizning ilm olishlarida beminnat xizmat qilgan ziyouz.com onlayn kutubxonasining asoschisi hisoblanadi. Navbatdagi suhbatdan yurtimizdagi eng katta onlayn kutubxonaning ochilish tarixi, kitoblar tanlash, ilm olishda maqsad qoʻyish, farzand tarbiyasi, hozirgi va oʻtgan davrdagi jurnalistika hamda taʼlim tizimi mavzulariga oid foydali ma'lumot va xulosalar olishingizga ishonamiz. 📚 @kitoblar_apk
1 3930Loading...
39
​​#Kitobxon_fikri Ўтган йили "Учдан кейин кеч"ни ўқигандим. Унда ўғлим икки ёшдан ошиб қолганди. Эр-хотин ўзимиз яшаганимиз учунми, бола тарбиясида катталар ёрдамига тез-тез эҳтиёж сезардик. Масару Ибуканинг маслаҳат-тавсияларини ўқидиму, тарбия борасида гид (йўлбошловчи)ни топгандек бўлдим. Бугун болам уч ёшдан ўтди. Китобдаги маслаҳатларни учдан кейин ҳам қўллаш мумкин экану, лекин учгача вақтни қамчиласангиз, кўп нарсадан ютаркансиз. 📌 Масалан, ўғлимнинг мусиқий, жисмоний қобилиятларида ривожланиш сезилди; 📌 Икки (тожик ва ўзбек) тилда алла айтганимгами, ҳозир янги тилни ўрганишга иштиёқи баланд; 📌 Телевизион дастурларни чеклаб, ёшига муносибини кўрсатганим учун деярли бундай қурилмалар (телефон, планшет)га "эҳтиёж" сезмайди; 📌Расмли китобларни кўп олиб берганим, биргалашиб ўқиганим учун дефектолог-логопедга ортиқча иш қолмади; 📌 Ибуканинг тавсиясига амал қилиб, фақат 2 дона ўйинчоқ тутқаздим ва шу билан янги-янги ўйинларни ўйлаб топишга ундадим. Икки ярим ёшида "Lego"ни совға қилгандим. Энди шу ўйин билан андармон ҳозир. Ҳар куни янги бинолар қурамиз. Бизники камдан кам қулаб тушяпти🤗 Хуллас, китобда амалда қўллагулик тавсия-маслаҳатлар жуда кўп экан. Эҳтимол, ҳаммасиям сизга тўғри келмас ёки маъқулламассиз. Лекин менга фойда бергани учун сизга ҳам илингим келди. Китобнинг давоми ҳам таржима қилинибди. "Учгача айни вақти" деб номлашибди. Энди униям ўқиб, 76 та маслаҳатдан кераклисини синаб кўрмоқчиман. Севара Ҳусанова, фармацевт Фарғона вилояти 📚 @kitoblar_apk
1 2800Loading...
40
#sotuvda #Jahonadabiyoti #chegirma #xushxabar Siz bizdan xarid qiling qolganini bizga qo'yib bering😉 ✅ Arzon narx 😘 ✅ O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati 😍 ✅ Podcastlar va Quiz testlar 😀 ✅ Chegirmalar 😋 ✅ Va hokazolar... 😭 Buyurtma uchun @Escorial_Admin @Escorial_Bot O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚗 🧡@escorial_uz - Siz eng yaxshisiga loyiqsiz!
6690Loading...
​​«O‘n besh yoshimda o‘z fikrlarimni o'qishga qaratdim. O'ttiz yoshimda mustaqillikka erishdim. Qirq yoshimda shubhalardan qutuldim. Ellik yoshimda osmon irodasini anglab yetdim. Oltmish yoshimda haqiqatni yolg'ondan farqlashni o'rgandim. Yetmish yoshimda qalbim istaklariga ergasha boshladim va taomillarni buzmadim». 📚 Syu Fancheng, «Konfutsiylik» kitobidan 📚 @kitoblar_apk
Mostrar todo...
👍 2🤔 1
📓 "Ong osti sirlari" 👤 Ozoda Turmuxamedova Insoniyat borliqdagi barcha mavjudotlardan ongli hayoti bilan farq qiladi. Ong orqali fikrlaydi, borliqni anglaydi. Ongning imkoniyatlari juda cheksiz. Uni o‘stirib borish orqali juda ko‘plab yutuqlarga erishish mumkun. Psixologiyada ong osti degan tushuncha ham borki, inson hayotida uning roli qanchalik muhim ekanligini hamma ham tushunavermaydi. E’tiboringizga havola etilayotgan kitobda ongning cheksiz imkoniyatlari, uni shakllantirish usullari haqida batafsil to‘xtalgan hamda mavzular hayotiy misollar asosida yoritib berilgan. 📚 @kitoblar_apk
Mostrar todo...
Ong osti sirlari.apk10.16 MB
10:12
Video unavailableShow in Telegram
🎙 «Savdogarlar ustozi» kitobi 10 daqiqada | Haqiqiy omad kaliti kitobining mazmuni 📚 @kitoblar_apk
Mostrar todo...
Savdogarlar-ustozi-kitobi-10-daqiqada-Haqiqiy-omad-kaliti-ki.mp432.36 MB
👍 2
03:06
Video unavailableShow in Telegram
🎥 Lev Tolstoyning "Tirilish" romaniga buktreyler 📚 @kitoblar_apk
Mostrar todo...
Lev Talstoyning Tirilish romani 2.mp448.96 MB
👍 1
📗 "O'gay ona" 👤 Ahmad Lutfi Qozonchi Roman o’n to’qqiz yoshli go’zal qiz Fotimaning ikki yetim farzandi bor erkakka turmushga chiqishi, yetimlarni hech kimdan kam qilmay parvarish qilishi va ibratli hayotiga bag’ishlanadi. Xo’sh, uni bunday qurbonlikka nima majbur qildi?.. Gulday yoshligini o’ziga munosib tarbiyali, bilimli, yosh yigit bilan o’tkazsa ham bo’lardiku! Asarni o'qir ekanmiz, ushbu savollarga muallif tomonidan chiroyli va ishonchli tarzda javoblar berilganligini anglab boramiz. 📚 @kitoblar_apk
Mostrar todo...
O'gay ona.apk9.97 MB
👍 4 3
1:01:14
Video unavailableShow in Telegram
Ibrohim Haqqul: Odamlardagi ichki qo‘rquv, adabiyotdagi sayozlik va "labbaychi" rahbarlar haqida 📚 @kitoblar_apk
Mostrar todo...
IBROHIM_HAQQUL:_ODAMLARDAGI_ICHKI_QOʻRQUV,_ADABIYOTDAGI_SAYOZLIK.mp4124.95 MB
📓 "Nurul-yaqin" 👤 Muhammad Xuzariy Payg'ambarimiz s.a.v.ning hayoti haqida batafsil ma'lumot beruvchi ushbu asar Islom dini tarixini o'rganishda eng qadrli manbalardan biri hisoblanadi. 📚 @kitoblar_apk
Mostrar todo...
Nurul yaqin.apk10.21 MB
👍 4
#iqtibos «Bizning vatanda hech kim mas’uliyatni yoqtirmaydi. Buyruqlarga shu zahotiyoq bo‘ysunamiz – bu asrlar davomida mag‘rur qonimizga singib ketgan odat. Mustaqil qaror qabul qilish borasida esa ahvol chatoq». ✍ Remark. "Qora haykal" kitobidan 📚 @kitoblar_apk
Mostrar todo...
👍 1
#Bir_kitob_haqida ​​Бу китобни шунчаки сотиб олманг! Бу оддий китоб эмас... “...бахтсиз миллатнинг бири икки бўлмай, шу қолажаги бўлса , мутелик унга шарафли қисмат бўлиб битилмиш экан..." . Шундай китоблар ва шундай асарлар бор-ки, сен уни қўлингга олишинг билан ўтирган жойингга “михлаб” қўяди. Атига 5-10 та китобнигина оҳиригача ўқиганман. Лекин “Қонли гуллар водийси”ни бир ўтиришда “қотиб ўтириб” ўқидим. Сабаби менинг болалик саволларимга жавоблар топилди! Асарни ўқиган одамда, ўша кунларда ўзи яшаётгандек, ўша воқеаларда ўзи бордек , ўша хиёнатларда айбдордек ҳаяжон ва титроқ пайдо бўлади. Англашимча, ёзувчига осон бўлмаган бироқ, Бахтиёр Абдуғафур бу “Қонли гуллар водийси” дан бизга тарихни юлиб олиб чиқишни аъло даражада уддалаган. Ўзбек адабиётига мана шундай тарихнинг қора кунларини “ютимли” қилиб, содда ўзбекнинг дардини, исёнини, шерюрагини, алам ва изтиробларини, ватани- туғилган тупроғини жонидан азиз билган кишилари борлигини эслатиб тургувчи мана шундай китобни хадя қилган асар муаллифига оддий китобхон номидан чуқур ташаккур айтаман. Китобни бир ўқинг! Сўнг юрагингизга Ватан нима –деб савол беринг! Жавобини топасиз, иншаоллоҳ! © Гули Назарова 📚 @kitoblar_apk
Mostrar todo...

👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
#NOTCOIN OLINADI Walletda turgan bo'lsa 10k -750000 so'm. Walletda bo'lmasa ham kelishamiz. @OncoPhobe Shoshiling. Narx tushib ketish ehtimoli katta.
Mostrar todo...
🤓 1