Mobil kutubxona
Kanalga Telegram’da o‘tish
Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
Ko'proq ko'rsatish7 487
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-207 kun
-10730 kun
Postlar arxiv
7 490
«Qo‘ylar, eng yovuzi bo‘ridir, deydi.
Bo‘rilar qotilning zo‘ridir, deydi.
Bilsalar cho‘pondan hayiqardilar,
Qo‘ylarni bo‘ridan ko‘proq u yeydi...»
✍️Xayrulla Hamidov
📚 @kitoblar_apk
7 490
#mutolaa
Hazrat Umar roziyallohu anhu hikoya qiladilar: "Sayyidul Anbiyo sollallohu alayhi vasallam Tabuk safari oldidan qo'shinga moddiy yordam kerakligini ma'lum qildilar. O'sha kunlari qo'limda yetarli mol bor edi. Yarmini ajratdim. O'z-o'zimga: "Abu Bakrdan o'tsam, shu safar o'taman", dedim.
Katta miqdordagi molni olib bordim. Shunda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Oilangga ham qoldirdingmi?", dedilar.
- Bir qismini qoldirdim, - dedim. Birozdan so'ng Abu Bakr roziyallohu anhu ham molini keltirdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ayni shu savolni unga ham berdilar.
- Ularga Alloh taoloni va Payg'ambarini qoldirdim, - javob berdilar.
Abu Bakr hamma molini keltirgan edi. Shundan keyin undan aslo o'tolmasligimga ishonch hosil qildim".
✍️Ahmad Lutfiy Qozonchining "Hazrat Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu)" kitobidan
📚 @kitoblar_apk
7 490
РУС ТИЛИ онлайн октябрь ойи учун набор очилди
ОСОНЛАШТИРИЛГАН рус тили 👇👇👇
✅ Гурух 3 кишилик-350 минг
🤝 Гурух 6 кишилик- 250минг
☑️индивидуал-1 кишилик 800минг
( Нольдан 2 ойда разговор даражасига чикиш)
☑️ 🔴Грамматика+ сузлашув тезлаштирилган методика
☑️🔴 Фан устозларига рус синфларда дарс бериш учун ( proffkurs)
☑️🔴 Чет элдан дарс олувчилар учун кулай дарс вакти( 23:00 дан кейин ва эрталабки 6:00 дан)
✔️🔴 Нольдан В2 даражасига обчикиш (3 ойда мукаммал сузлашув)
☑️🔴 Сухбатга, рус филологияси талабалари ва иш фаолияти учун таййорлов ( разговорга каратилган дарс)
🛎 Олий маълумотлик университет устозларидан рус тили урганинг
Админ. @TchLova
https://t.me/+BWeBi7B1M8ZlOWEy
7 490
SEVGI O‘LIMI
Yomg‘ir tinmay yog‘di kun bo‘yi,
Yomg‘irli kun kabi ezildi dardim.
Yaydoq ko‘chalarda jim yurgan ko‘yi
Sening izlaringni axtardim.
Ufqlarda esa achchiq bir tuman
Mening ko‘zlarimga quyardi zahar.
Uvishgan qalbimni sokinlik bilan
Ezar edi bo‘m-bo‘sh bu shahar.
Endi sen tutmassan aslo qo‘limni,
O‘tgan sevgim uchun ochmassan aza,
Oh, qanday o‘lim bu, sevgi o‘limi
Unga na qabr bor va na janoza.
✍Abdulla ORIPOV
📚 @kitoblar_apk
7 490
📌 Har kuni bir dona chuqur ma’noli ibora hayotingizni o‘zgartirishi mumkin...
Siz ham oddiy gaplardan zerikdingizmi?
Unda bizning kanal aynan siz uchun 👇
🧠 Falsafiy va hayotiy iboralar
💭 O‘ylashga majbur qiladigan fikrlar
📖 Donolar so‘zlari va motivatsiya
🔥 Har kuni yangi postlar
Bu kanal sizni:
— chuqurroq fikrlashga
— hayotga boshqacha qarashga
— va o‘zingizni rivojlantirishga yordam beradi
🚀 Hoziroq qo‘shiling va fikrlaringizni yangi darajaga olib chiqing!
👉 https://t.me/sar_satir
7 490
«Sochilgan sochingday sochilsa siring,
Anor yuzlaringni kimga tutasan?
O‘zing-ku: «Ularda vafo yo‘q!» deding,
Nimaga ularni tag‘in kutasan?»
✍️Cho‘lpon
📚 @kitoblar_apk
7 490
Ko‘zimdan o‘pib qo‘y, Osima!
Senga olma bergum mag‘z-mag‘zi oltin.
Tishlasang, tishlaring hammasi tilla,
Lablaring yolqin...
Xohlasang beraman sehrgar kaklik,
Sayrasa bo‘g‘zidan tushadi guhar,
Uning bir qanoti atirgul, biri
Nilufar.
Istasang zumurrad tarog‘im senga,
Sochingni tarasang yarmisi zumrad.
Silasang qo‘lingu barmog‘ing bo‘lgay
Lojuvard.
...Eshikni yop deysan,
Sovuq-ku axir.
Boshim og‘riyapti, boshim.
Uh, tortib oynadan g‘ijirlar sovuq,
Ayoz ishqab o‘tar eshikka betin.
Ququlab yuborar hovlida tovuq,
Daraxtdan uzilib
Tushadi — olma —
Oltinnn,
Ol-tinnn,
Doo-o-dey...
✍️Abduvali QUTBIDDIN
📚 @kitoblar_apk
7 490
Biz qachon qaysi yozuvni ishlatganmiz?
Biz turli yozuvlardan foydalanib kelganmiz, oʻtgan asrning oʻzida esa atigi 64 yil ichida alifbomiz 3-marta oʻzgartirilgan. Mavjud manbalarga asoslanib yozuv tarixini shartli ravishda toʻrt davrga boʻlish mumkin:
1. XII asrdan 1929-yilgacha — arab alifbosiga asoslangan yozuv.
2. 1929-yildan 1940-yilgacha — lotin alifbosiga asoslangan yozuv.
3. 1940-yildan 1993-yilgacha — rus yozuvi, kirill alifbosiga asoslangan yozuv.
4. 1993-yildan hozirgi davrgacha esa lotin alifbosiga asoslangan yozuv amalda boʻlmoqda.
📚 @kitoblar_apk
7 490
#Nazmiy
📜
Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim,
Endi menga baribir kelsang, kelmasang.
Qo‘lingdan kelsa gar osmonni tashla,
Endi menga baribir sevsa, sevmasang!
Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim,
Xo‘p, telba ko‘nglimga cho‘pchaklar aytdim.
Aldashni o‘rgandim yurakni boplab,
Daryoga oborib suqormay qaytdim.
Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim,
Tili bo‘lsa aytsin shu to‘rt devorning.
Endi men sira ham yig‘lamay qo‘ydim,
Qo‘limga olmayman qaytib ishq tornini.
Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim,
Axir ne orttirdim kuyib-kuyinib.
Yashayman endi men bir odam bo‘lib,
Qornim to‘q, ustim but, shunga suyiniib.
Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim,
Ko‘ksimga bir mushtlab oxir unuttim.
Endi sen kimsan-u nedir muhabbat,
Bu o‘t peshonamni qismatga tutdim.
Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim...
✍️ Farida Afruz
📚 @kitoblar_apk
7 490
To‘rt narsa do‘stlar orasidagi gina-adovatni ketkazadi:
1. Ishlarida shaxsan yordamlashish;
2. Lutf bilan so‘zlashish;
3. Moddiy ko‘mak berish;
4. Yo‘qligida haqqiga duo qilish.
© Hotamul Asom
📚 @kitoblar_apk
7 490
🌸 Turmushimizga 34 yil bo‘ldi, lekin haligacha o‘z uyimiz yo‘q, ijarada yashaymiz. Mening mashinam yo‘q. Lekin men, xo‘jaynim va farzandlarim dunyoning eng baxtli oilasimiz. Biror marotaba nega o‘z uyimiz yo‘q demadim. Chunki, xo‘jaynim halol rizq topadi. Xo‘jaynim kechqurun uyga keladi, bola-chaqamiz ham kechqurun uyga qaytamiz. Dunyoda mendan boy odam yo‘q. Uymi? Uyni pulim bo‘lsa olarman. Bizning boyligimiz farzandlarimiz...
Boyligimiz – farzandlarimiz
©Soliha Erdim
📚 @kitoblar_apk
7 490
#bilasizmi
📊 Kitoblarga oid rekordlar
Dunyoga mashhur "Guinness world records" tashkiloti kitoblar bilan bogʻliq rekordlarni ham qayd etib borishadi. Quyida ulardan baʼzilarini misol oʻrnida keltiramiz.
💰 "Bay psalm book" deb nomlanuvchi ibodat kitobi dunyodagi eng qimmat bosma kitob hisoblanadi. Kitob Nyu-Yorkdagi Sotheby's auksionida 14 165 000 AQSH dollariga sotilgan. Mazkur kitob 1640-yilga mansub. Uni sotib olgan Devid Rubenshteyn "Forbes" jurnalining eng boy odamlar roʻyxatidan joy olgan.
👧🏻 Doroti Strayt eng yosh kitob nashr ettirgan adiba hisoblanadi. Uning "Dunyo qanday boshlangan?" nomli asari 4 yoshligida 1964-yil avgustida Pantheon Books nashriyoti tomonidan chop etilgan.
👦🏻 Singapurlik Saarh Khanna Sohum ikki tilda kitob yozgan eng jajji muallifdir. Uning "Bahaybat Tuo va loviya poyasi" asari 2007-yil 6 yosh-u 60 kunligida nashrdan chiqqan.
🧟♂ J. K. Rouling qalamiga mansub Garri Potter asarlari seriyasi eng koʻp sotiladigan asarlar sirasiga kiradi. "Garri Potter va ajal tuhfalari" 24 soat ichida eng koʻp sotilgan kitob sifatida rekord oʻrnatgan. Asar bir sutkada 8.3 million dona sotilgan. Yaʼni bir soatda 345 883 ta kitob xaridorlar qoʻliga yetib borgan.
🏛 JW Marriot mehmonxonasi dunyodagi eng baland kutubxonasi bilan rekordlar kitobidan oʻrin olgan. Kutubxona Shanhaydagi Tomorrow Square koʻchasida qad rostlagan mehmonxonaning 60-qavatida, koʻcha sathidan 230.9 metr balandlikda joylashgan. Hamma uchun ochiq kutubxonadagi 103 ta javon ingliz va xitoy tilidagi kitoblar bilan liq toʻla.
📚 @kitoblar_apk
7 490
Repost from Assanheya
Qiymati milliard so'mdan ortiq 7×7 konkurs 2-fasliga ga start beramiz!
@Assanheyabot orqali Shohruh Karimov tomonidan ishlab chiqilgan maqsad xaritasi 7 ta modulini to'ldirasiz va sizga Assanheya group tomonidan maxsus sertifikat taqdim etiladi.
Sertifikatingiz nusxasini ushbu post ostiga yuborishingiz bilan hamma g'alaba qozonadigan o'yin ishtirokchisiga aylanasiz.
1. 7 kishiga Men klubi jonli darslariga 3 oylik yo'llanma (qiymati 6.8mln so'm) 2. 1 kishi uchun Shohruh Karimov bilan Men kimman suhbati ( qiymati 1.5mln so'm) 3. 1 kishi 1 oylik mindset kurslari uchun yo'llanma (qiymati 1mln so'm) 4. Eng ko'p do'sti @Assanheyabot 7 ta modelni to'ldirgan 1-2 va 3- o'rinlarga 17promax planshet 4-5-6- o'rinlarga 700 ming so'm pul mukofoti ; 7-8-9-o'rinlarga Men klubi online live kurslari uchun yo'llanmani qo'lga kiriting. 5. Yana 4 ta planshet (random ) 6. 4 ta 700 ming so'mlik pul mukofoti (random) 7. 7 ta do'stingizni maqsad xaritasi 7 ta modulini to'ldirishga erishsangiz qiymat 3.8 mln so'mlik men klubi yozib olingan 12 ta strategiya darslariga yo'llanmani qo'lga kiritasiz.G'oliblar 24 - oktabr kuni 19:00 da jonli efirda random orqali @Assanheya kanalida aniqlanadi.
Maqsadimiz 1mln kishiga global maqsadini topishida ko'mak berishga qaratilgan. Shunchaki ulashing tarqating va hamma chempion bo'la oladigan challenge ishtirokchisiga aylaning. @Assanheya - biz ilm eksport qilamiz. Telegram | Instagram | You Tube
7 490
РУС ТИЛИ онлайн набор очилди
https://t.me/+BWeBi7B1M8ZlOWEy
⏰Кечки✅
🛎Тонги✅
🕒Кундузги✅
ОСОНЛАШТИРИЛГАН рус тили 👇👇👇 А1,А2 В1,В2 даража учун
✅ Гурух 3 кишилик-350 минг
🤝 Гурух 5-6 кишилик- 300 минг
☑️индивидуал-1 кишилик 800 минг
( Нольдан 2 ойда разговор даражасига чикиш)
☑️ 🔴Грамматика+ сузлашув тезлаштирилган методика
☑️🔴 Рус тилида гаплашмокчи булган хаммага( proffkurs)
☑️🔴 Иммигрантлар учун рус тили ( 23:00 дан кейин ва эрталабки 6:00 дан)
✔️🔴 Нольдан В2 даражасига обчикиш (4 ойда мукаммал сузлашув)
☑️🔴 Грамотная разговорная речьга каратилган дарс
🛎 Толов 2 булиб тулаш имкони бор ва каналда намуна дарслар колдирилган 👇👇👇
Админ. @TchLova
https://t.me/+BWeBi7B1M8ZlOWEy
7 490
Tomas Edison bir kuni maktabdan uyga keldi va onasiga bir qog'oz uzatib, "O'qituvchim buni sizga berishimni tayinladi",- dedi. Onasi xatni ko'z yoshlari ichida o'g'liga o'qib berdi:
"O'g'lingiz - daho. Bu maktab uning uchun torlik qiladi, uni o'qitadigan qobiliyatli o'qituvchimiz yo'q. O'g'lingizni o'zingiz o'qiting".
Oradan yillar o'tib, onasi vafot etganida Tomas eng taniqli va ulug' shaxslardan biriga aylanib ulgurgan edi. Kunlardan bir kuni uydagi eski ashyolarni ko'zdan kechirarkan, bir qog'oz topib oladi. Edison uni olib, o'qiydi. Qog'oz ancha yillar ilgari o'qituvchisi onasiga berib yuborgan xat bo'lib, unda: "O'g'lingiz esi past bir bola. Maktabimizda o'qishiga ruxsat bera olmaymiz", deb yozilgan edi.
Shularni o'qigan Edison soatlarcha yig'laydi, so'ngra kundaligiga shunday yozadi:
"Tomas Edison qahramon bir ona tomonidan yuz yillikning dahosi holiga keltirilgan, "esi past bir boladir".
✍️Murat Tosunning "Olim yetishtirgan onalar" kitobidan
7 490
🏆 Bugun 5 daqiqa kitob o‘qiganga iPhone 17 Pro Max sovg‘a qilamiz!
😊 25-sentabr “Mutolaa”da “Omadli kun” va bu kunda ilovada istalgan kitobni kamida 5 daqiqa o‘qigan hammaga 1 haftalik BEPUL Mutolaa Premium sovgʻa qilinadi.
📱Bugun 5 daqiqa kitob oʻqiganlar orasidan bir kishiga esa random tarzda iPhone 17 Pro Max ham sovg‘a qilamiz!
🤝 Bugundan kitob oʻqish odatini shakllantirishingiz uchun zo’r imkon! Yaxshi tashabbus.👉 Hoziroq ilovaga kirib, kitob mutolaa qiling: https://me-qr.com/E8U1zNFP
7 490
Nahotki ko‘rmayotgan bo‘lsangiz?!
- «Biz sizsiz hech kimmiz», deyishadi. Uzoqdan tomosha qildirib bo‘lsa ham 50-60 ming pulingizni olishadi.
- Hammasini birma-bir taniysiz. Lekin ularning birortasi sizni tanimaydi. Sovuqda sovuqotib bo‘lsa ham o‘yinini tomosha qilasiz, ular qimmatbaho, lyuks mashinalarda uyga ketishadi, siz esa taksi yoki avtobusda qaytasiz.
- Million-milliardlab pul topishadi. Lekin sizga bir piyola choy ulashishmaydi. Uyingizni har bir burchagiga rasmlarini ilib qo‘yasiz, holbuki, birortasi bilan birga tushgan rasmingiz yo‘q.
- Juda qattiq yaxshi ko‘rib, muxlislik qilasiz, boshqa jamoaga sotilmaysiz, lekin ular 5-10 so‘m ko‘proq beramiz, degan jamoaga taraddudsiz transfer bo‘lib, sotilib ketadilar.
- Bu ham yetmaganidek siz muxlislik qilyotgan jamoaga gol urib, sevinib, ustingizdan kulib ketishadi. Buni professionallik, deb o‘zlarini oqlashadi.
- Siz «Goooool!» deb baqirganingizda hech narsa o‘zgarmasligini, ularning hisoblariga million-million pul tushishini nahot ko‘rmasangiz, nahotki bilmasangiz?!
YOQUTLAR TOPILAR VAQTLAR BILAN,
VAQTLAR TOPILMAS YOQUTLAR BILAN
© Abdulloh Rahimboyev tarjimasi
