Kasbiy ta’lim agentligi
Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/kasbiytalim instagram.com/kasb_edu facebook.com/kasb_edu youtube.com/@kasb_edu x.com/kasb_edu Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Murojaatlar uchun: @kasbedu_bot
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Kasbiy ta’lim agentligi
Channel Kasbiy ta’lim agentligi (@kasb_edu) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 11 393 subscribers, ranking 17 357 in the Education category and 6 886 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 11 393 subscribers.
According to the latest data from 04 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 85 over the last 30 days and by 121 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 68.93%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 32.07% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 7 848 views. Within the first day, a publication typically gains 3 651 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 15.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali
gov.uz/kasbiytalim
instagram.com/kasb_edu
facebook.com/kasb_edu
youtube.com/@kasb_edu
x.com/kasb_edu
Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Murojaatlar uchun: @kasbedu_bot”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 05 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 05 September | +9 | |||
| 04 September | +125 | |||
| 03 September | +7 | |||
| 02 September | +23 | |||
| 01 September | +5 |
Bizni kuzatingWebsite | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
| 2 | Tadbirkorlar uchun superyangilik: texnikumlar bilan dual taʼlimni yo‘lga qo‘ygan tashkilotlarga kredit beriladi
Texnikum bilan hamkorlikda dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan tashkilotlarga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi.
📌Buning uchun o‘zingizga yaqin bo‘lgan texnikumga murojaat qiling. Imtiyozli kreditdan unumli foydalaning
🎥 Batafsil ma’lumotni video orqali bilib oling.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 5 244 |
| 3 | No text... | 3 235 |
| 4 | 📢 Texnikumlarga qabul boʻyicha ovozli chat
2026/2027-o‘quv yili uchun 11-sinf bitiruvchilari qabul jarayonlariga bag‘ishlangan ovozli chat 04-sentabr soat 16:00da Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanalida bo‘lib o‘tadi.
Oldindan savol yuborish uchun havola:
👉 @kasbedu_bot
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 8 655 |
| 5 | No text... | 7 212 |
| 6 | 11-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga!
📢 Texnikumlarga qabul boʻyicha ovozli chat
2026/2027-o‘quv yili uchun 11-sinf bitiruvchilari qabul jarayonlariga bag‘ishlangan ovozli chat 04-sentabr soat 16:00da Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanalida bo‘lib o‘tadi.
💬 Ovozli chat davomida mutaxassislar tomonidan:
🟢 texnikumlarga qabul tartibi va muddatlari;
🟢 hujjat topshirish jarayoni va talab etiladigan hujjatlar;
🟢 ta’lim shakllari, qabul o‘rinlari va davlat granti asosida o‘qish imkoniyatlari;
🟢abituriyentlar uchun muhim tavsiyalar hamda qabul jarayoni yuzasidan savollarga javoblar beriladi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 12 131 |
| 7 | No text... | 5 657 |
| 8 | Xorazmda 48 ming nafar bolani kasb-hunarga jalb etish masalasi ta’kidlandi
Mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emasligi qayd etildi.
Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.
646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor.
Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 4 139 |
| 9 | Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi.
Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi.
Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda.
Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga o‘qitib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qo‘yildi.
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 3 358 |
| 10 | Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda.
Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi.
Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 3 154 |
| 11 | No text... | 4 101 |
| 12 | Kasbiy ta'limni rivojlantirish bo‘yicha innovatsion loyiha va g‘oyalar tanlovi e'lon qilinadi
Sizda kasbiy ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan innovatsion loyiha yoki g‘oya bormi?
🚀 Kasbiy ta'limni rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi tashabbus va takliflar tanlovida ishtirok eting!
🎯Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z g‘oyalaringizni taqdim etishingiz mumkin:
🔵yangi ta'lim loyihalari;
🔵xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tashabbuslari;
🔵zamonaviy kasblarni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yechimlar;
🔵texnikumlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar;
🔵kasbiy ta'lim tizimini takomillashtirishga xizmat qiladigan boshqa innovatsion loyiha va g‘oyalar.
👥 Tanlovda yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib ishtirok etish mumkin.
📝 Ma'lumot va tanlov shartlari bilan:
👉 Batafsil
📆 Takliflaringizni 2026-yil 10-sentabrga qadar quyidagi usullardan biri orqali yuborishingiz mumkin:
➖ Telegram bot — @kasbedu_bot
➖ Rasmiy sayt — https://innovation.kasbedu.uz/
➖ Elektron pochta — prkasb@kasbedu.uz
📂 Kelib tushgan barcha takliflar Kasbiy ta'lim agentligi mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Eng yaxshi 3 ta loyiha va g‘oya saralab olinadi hamda natijalar Agentlikning rasmiy axborot resurslarida e'lon qilinadi.
🏆 G‘olib mualliflar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi hamda istiqbolli loyiha va g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 8 749 |
| 13 | Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi!
📝 2026/2027-o‘quv yili uchun Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarining kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yakunlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi.
🔎Natijalarni quyidagi usullar orqali bilish mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali
Abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIRini kiritish orqali yakuniy tanlov natijasini ko‘rish mumkin.
2️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Test natijalari qaydnomasi tibbiyot texnikumlariga 2026-yil 3-sentabr kuni taqdim etiladi.
📌 Abituriyentlarga natijalarni belgilangan tartibda tekshirishlarini tavsiya etamiz.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 8 136 |
| 14 | Mehnat va sadoqatning munosib e’tirofi
Kasbiy ta’lim agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida samarali ishlarni tashkil etishga qo‘shgan munosib hissasi, tashabbuskorligi va fidokorona mehnati uchun Ta’lim jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Saxibov Oybek Kuyliyevich III darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bunday mukofot nafaqat erishilgan natijalarning munosib bahosi, balki kelgusidagi faoliyat uchun yanada katta mas’uliyat va yangi marralarga intilish uchun muhim rag‘batdir.
📌Ushbu e’tirof samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi natijalarga erishish uchun munosib rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 3 660 |
| 15 | Islom Karimov xotirasiga ehtirom koʻrsatildi
2-sentabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.
Islom Karimov mamlakatimiz tarixining gʻoyat murakkab va masʼuliyatli davrida Oʻzbekistonga rahbarlik qildi. Uning nomi mustaqillikning qoʻlga kiritilishi, milliy davlatchiligimizning tiklanishi va yurtimizning mustaqil taraqqiyot yoʻliga chiqishi bilan uzviy bogʻliq.
Mustaqillik, eng avvalo, bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 4 235 |
| 16 | No text... | 3 324 |
| 17 | 📺📰Kasbiy ta’limda amalga oshirilayotgan ishlar — OAV nigohida
🏷 “O‘zbekiston 24” telekanali:
🔵Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi
🔵Mustaqillik bayrami arafasida fidoyi vatandoshlarimiz taqdirlandi
🏷 “Sevimli” telekanali:
🔵Yangi hayot – kasbiy ta’limni ommalashtirish
🏷 “Andijon MTRK” telekanali:
🔵Andijon ilg‘or kasbiy-mahorat texnikumida imtihon jarayonlari
🏷 “Jizzax MTRK” telekanali:
🔵Mirzacho‘l tumani 2-son texnikumida yangi o‘quv yilida xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan markaz faoliyati ish boshladi
🏷 “Farg‘ona MTRK” telekanali:
🔵Farg‘onada “Zamonaviy kasbiy ta’lim — sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya” shiori ostida sho‘ba yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🏷 “Namangan MTRK” telekanali:
🔵Namanganda mustaqillikning 35 yilligi keng nishonlandi
🏷 “Nurafshon” telekanali:
🔵Kasbiy ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligining yangi bosqichi
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 3 180 |
| 18 | Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga
Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.
Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin!
Maktab bag‘ridan katta hayotga yo‘llanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz.
Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilg‘or mutaxassislarni jalb etamiz.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 10 112 |
| 19 | Mustaqillik — o‘z yo‘lingni tanlash imkoniyati
Kimdir o‘z mahorati bilan dasturxonimizga fayz kiritadi, kimdir zamonaviy texnologiyalar orqali yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etadi. Yana kimdir ijodi, mehnati va kasbiy mahorati bilan insonlar hayotiga go‘zallik baxsh etadi.
🎥 Bugun turli kasb egalarining Mustaqillikning inson hayotidagi o‘rni, yaratgan imkoniyatlari va kelajak haqidagi fikrlarini tinglaymiz.
🇺🇿 Mustaqil yurtimizda o‘z kasbimiz bilan kelajakni birga yaratamiz!
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 6 082 |
| 20 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahriga tashrifi doirasida VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
“Bishkek-Arena” stadionida boʻlib oʻtgan tadbirda ShHT davlatlari rahbarlari va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.
Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi, jumladan, Oʻzbekistondan 141 nafar vakil ishtirok etmoqda. Yurtdoshlarimiz 30 ta sport turi, xususan, kurash, sambo, armrestling, kamondan oʻq otish, ot sporti boʻyicha bellashadilar.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 4 220 |
