en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe 👈

Kasbiy ta’lim agentligi

Kasbiy ta’lim agentligi

Open in Telegram

Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/kasbiytalim instagram.com/kasb_edu facebook.com/kasb_edu youtube.com/@kasb_edu x.com/kasb_edu Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Murojaatlar uchun: @kasbedu_bot

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Kasbiy ta’lim agentligi

Channel Kasbiy ta’lim agentligi (@kasb_edu) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 11 172 subscribers, ranking 17 822 in the Education category and 7 003 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 11 172 subscribers.

According to the latest data from 11 October, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -84 over the last 30 days and by 0 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 67.31%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 50.97% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 7 525 views. Within the first day, a publication typically gains 5 699 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 16.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/kasbiytalim instagram.com/kasb_edu facebook.com/kasb_edu youtube.com/@kasb_edu x.com/kasb_edu Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Murojaatlar uchun: @kasbedu_bot”

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 12 October, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

11 172
Subscribers
No data24 hours
+687 days
-8430 days
Posts Archive
AIFU Pitch Day: yoshlar uchun innovatsion imkoniyat! Dasturchilar, dizaynerlar, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar
AIFU Pitch Day: yoshlar uchun innovatsion imkoniyat! Dasturchilar, dizaynerlar, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar sohasiga qiziquvchi yoshlar, startapchilar hamda innovatsion g‘oya mualliflari uchun AIFU Pitch Day tanlovi tashkil etilmoqda. Tanlov ishtirokchilari uchun imkoniyatlar: ✅ 100 000 AQSh dollarigacha investitsiya jalb qilish imkoniyati; ✅ 15 000 000 so‘m miqdoridagi sovrin jamg‘armasi; ✅ Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida tahsil olish uchun ta’lim grantlari; ✅ Soha ekspertlari va investorlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyati; ✅ Har bir ishtirokchi uchun sertifikat. 👉 Ro‘yxatdan o‘tish va onlayn saralash 2026-yil 11-oktabr kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Tanlovni baholash va qo‘llab-quvvatlash jarayonida Alibaba.com, IT Park, TOP CEO, Mentalaba.uz, Raqamli San’at ijodiy birlashmasi, shuningdek, Turkiya va Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: https://pitch-day.uz Yoshlarni o‘z innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etishga hamda mazkur imkoniyatdan samarali foydalanishga chorlaymiz.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Texnikum ustalarini attestatsiya qilish bekor qilinib, kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi Hukumatning 2026-yil 9-oktabrdagi 552-son qarori bilan kasbiy ta’lim tashkilotlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalariga malaka toifasi berish tartibi bekor qilinib, kasbiy sertifikat berish tizimi belgilandi.
— Kimlar va qanday tartibda o‘tadi? Kasbiy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ustalar har 5 yilda kamida bir marta majburiy tartibda sertifikatlashdan o‘tkaziladi. Sertifikat 5 yil muddatga beriladi. — Imtihon qanday o‘tkaziladi? Sinovlar 2 bosqichda, jami 100 ballik tizimda o‘tkaziladi: • 1-bosqich — nazariy bilimlar (maksimal 30 ball); • 2-bosqich — amaliy ko‘nikmalar (maksimal 70 ball). Sertifikat olish uchun nomzod har ikki bosqichning har birida kamida 70 foiz natija ko‘rsatishi va umumiy hisobda 70 ball yoki undan yuqori ball to‘plashi shart. — Sertifikatsiz ishlash mumkinmi? Majburiy sinovdan o‘ta olmagan ustaga uni bir marta qayta topshirish imkoniyati beriladi. Qayta sinovdan ham o‘ta olmagan ustaning mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi. — Kimlarga sertifikat sinovlarsiz beriladi? O‘quvchilari xalqaro yoki respublika miqyosidagi kasbiy tanlovlarda 1–3-o‘rinlarni egallagan ustalarga sinovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasbiy sertifikat beriladi. — Sertifikatlash uchun to‘lov qancha? Navbatdagi majburiy sertifikatlash bepul amalga oshiriladi. Ixtiyoriy, ya’ni navbatdan tashqari sertifikatlash uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki platforma orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma taqdim этилади.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi. Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi. Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi. — Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области. Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса. Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения. Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения. Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву. Facebook|Instagram|X

#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi
#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi. E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Mustaqil Davlatlar
+3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisida ishtirok etdi hamda nutq so‘zladi
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

RASMIY MUNOSABAT Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-son texnikum xodimining o‘quvchiga nisbatan nomaqbul xatti-har
RASMIY MUNOSABAT Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-son texnikum xodimining o‘quvchiga nisbatan nomaqbul xatti-harakat sodir etgani haqidagi ma’lumot yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Mazkur holat aniqlanishi bilan Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan zudlik bilan tegishli choralar ko‘rilib, texnikumda xizmat o‘rganishi tashkil etildi. O‘quvchiga nisbatan nomaqbul xatti-harakat sodir etgan texnikumning ishlab chiqarish ta’limi ustasi K. E. Erniyozov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mamlakatimizda belgilangan qonunchilik tartibi hamda Kasbiy ta’lim agentligi direktorining “Kasbiy ta’lim agentligi tizimida mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq bir tomonlama bekor qilindi, ya’ni ishdan bo‘shatildi. Kasbiy ta’lim agentligi o‘quvchilarning sha’ni, qadr-qimmati va shaxsiy daxlsizligiga tajovuz qiluvchi har qanday xatti-harakatni qat’iy qoralaydi. Kasbiy ta’lim tashkilotlarida bunday muhitni ta’minlash, shu kabi holatlarning oldini olish va kelgusida takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tizimli nazorat va profilaktika mexanizmlari ishlab chiqiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda har bir holatga nisbatan qat’iy va xolisona munosabat bildirish bo‘yicha mas’ul rahbar va xodimlarning javobgarligi kuchaytiriladi. 👉 Batafsil
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

O‘zbekiston va Avstriya: kasbiy ta’limda yangi hamkorlik istiqbollari 🎥Kasbiy ta’lim agentligi direktori boshchiligidagi delegatsiya Avstriyaga amaliy tashrifi doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazdi. 📌 Tashrif davomida Avstriya Parlamenti, Federal Ta’lim vazirligi, Federal Iqtisodiyot, energetika va turizm vazirligi vakillari bilan kasbiy ta’limni rivojlantirish, dual ta’lim modelini joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Kasbiy ta’lim loyihasiga 3 mln yevro qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida
+6
Kasbiy ta’lim loyihasiga 3 mln yevro qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida rivojlanish sohasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan muzokaralar bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida: — O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish; — dual ta’limni rivojlantirish va Germaniya tajribasini joriy etish; — “O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash II” loyihasiga 3 mln yevro miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi qayd etildi. 👉Batafsil
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda ta’lim tizimining barcha bosqichlari
+2
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi Taqdimotda kasbiy ta’lim bo‘yicha yoshlarning qiziqishlarini erta aniqlash, texnikumlar dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish va ularning moddiy bazasini mustahkamlashga alohida ahamiyat berildi. Korxonalar bilan hamkorlikda dual ta’limni kengaytirish, xalqaro dasturlar va zamonaviy o‘quv materiallarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi. 📌Shuningdek, Prezidentimiz ta’limning bog‘chadan oliygohgacha bo‘lgan barcha bosqichlari yagona vertikal sifatida ishlashi, ayniqsa maktab va universitet o‘rtasidagi uzviylik mustahkamlanishi zarurligini ta’kidladi. Har bir bosqichda ta’lim sifatiga e’tiborni kuchaytirish, bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash va bu qadriyatlarga butun ta’lim jarayonida va ilmiy faoliyatda tayanish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini amaliyotga joriy etishga alohida e’tibor qaratilib, rektorlar o‘z universitetining yaqin va o‘rta muddatli istiqbolda qanday rivojlanishi haqida aniq tasavvur va rejaga ega bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Dasturlash — kelajak sari yo‘l ochuvchi imkoniyat 17 yoshli Abdunabi To‘lqinov Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi talabasi. Texnologiya va dasturlashga bo‘lgan qiziqishini kasbga aylantirayotgan Abdunabi bugun 2 yillik tajribaga ega IT mentori sifatida yoshlarga bilim va tajribasini ulashmoqda. U uchun dasturlash nafaqat kasb, balki yangi g‘oyalarni amalga oshirish va foydali loyihalar yaratish imkoniyati.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Kasb tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? Kasb tanlash inson hayotidagi muhim qarorlardan biridir. Shu sababli kasbni faqat bugungi daromadiga qarab tanlash yetarli emas. 📌 Kasb tanlashda insonning qiziqishi, qobiliyati va imkoniyatlari bilan bir qatorda, tanlangan sohaning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini ham hisobga olish muhim.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

“Bir kasb – bir yaxshilik”: kasb orqali ko‘mak va mehr Kasb nafaqat daromad manbai, balki insonlarga yaxshilik ulashish va jamiyatga xizmat qilish imkoniyati hamdir. “Bir kasb – bir yaxshilik” loyihasi doirasida Kasbiy ta’lim agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi, Qorako‘l tumani hokimligi, Regihaydar MFY hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman bo‘limi bilan hamkorlikda mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy reyestrdagi oilalarga texnikum o‘quvchilaridan iborat mobil guruh tomonidan amaliy tadbir tashkil etildi. Yosh mutaxassislar chilangar-santexnik, payvandlovchi, tikuvchi, oshpaz, hamshiralik ishi va massaj terapiyasi kabi yo‘nalishlarda o‘z kasbiy ko‘nikmalarini amaliyotda namoyon etdi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

#Rasmiy_xabar #Kasbiy_taʼlim #Qabul2026 Texnikumlarda bo‘sh qolgan o‘rinlarga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf)
#Rasmiy_xabar #Kasbiy_taʼlim #Qabul2026 Texnikumlarda bo‘sh qolgan o‘rinlarga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) qo‘shimcha qabul boshlandi 2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga qo‘shimcha qabul e’lon qilinadi. 📌Abituriyentlarning hujjatlari joriy yilning 5-oktyabridan 14-oktyabriga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X