Kasbiy ta’lim agentligi
Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/kasbiytalim instagram.com/kasb_edu facebook.com/kasb_edu youtube.com/@kasb_edu x.com/kasb_edu Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Murojaatlar uchun: @kasbedu_bot
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام Kasbiy ta’lim agentligi
کانال Kasbiy ta’lim agentligi (@kasb_edu) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 11 172 مشترک است و جایگاه 17 822 را در دسته آموزش و رتبه 7 003 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 11 172 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 11 اکتبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -84 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر 0 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 67.31% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 50.97% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 7 525 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 5 699 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 16 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali
gov.uz/kasbiytalim
instagram.com/kasb_edu
facebook.com/kasb_edu
youtube.com/@kasb_edu
x.com/kasb_edu
Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Murojaatlar uchun: @kasbedu_bot”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 12 اکتبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 10 اکتبر | +24 | |||
| 09 اکتبر | +10 | |||
| 08 اکتبر | +20 | |||
| 07 اکتبر | +25 | |||
| 06 اکتبر | +36 | |||
| 05 اکتبر | +3 | |||
| 04 اکتبر | +8 | |||
| 03 اکتبر | +19 | |||
| 02 اکتبر | +4 | |||
| 01 اکتبر | +7 |
| 2 | Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va kasbi bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash va ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
O‘qituvchining jamiyatdagi obro‘si va nufuzini yuksaltirish, uning mehnati qadrlanishi, o‘z ustida ishlashi va bor e’tiborini ta’limga qaratishi uchun munosib sharoit yaratish ham muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.
Erkinjon Turdimov muammolarni sanab o‘tish bilan cheklanmasdan, har biri bo‘yicha amaliy yechim qilish zarurligini ta’kidladi. Xodimlarga o‘quvchi, talaba va pedagog hayotida ijobiy o‘zgarish beradigan aniq takliflar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 4 605 |
| 3 | Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilmoqda.
Bu yer zamonaviy biznes, ta’lim, tibbiyot, turizm va xizmat ko‘rsatishni o‘ziga jalb etadigan mustaqil iqtisodiy markazga aylanishi kerak. Lekin hozirgacha ajratilgan yerlarning uchdan ikki qismi uy-joy loyihalariga to‘g‘ri kelishi ta'kidlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o’z jamoasiga:
Har oy viloyat hokimlari besh kun davomida Yangi Toshkentda bo‘lib, loyiha ishlari bilan bevosita shug‘ullanadi.
Bu — Yangi O‘zbekiston, bu — tarix. Yana bir marta aytaman: 50–100 yildan keyin avlodlarimiz: “Otalarimizga rahmat, shunday joy yaratib ketishgan ekan. Biz bugun erkin, xavfsiz va yashil makonda farzandlarimizni tarbiyalayapmiz. Ular maktabga, oliy ta’lim muassasalariga boryapti. Eng zamonaviy shifoxonalarda davolanish imkoniyatiga ega”, deb faxr bilan aytishi kerak.
Shu bois viloyat hokimlari Yangi Toshkent loyihasiga faol hissa qo‘shishi zarur. Yirik ko‘chalarga viloyatlar nomini berish, o‘ziga xos mahallalar tashkil etish orqali har bir hududning bu shaharda o‘z o‘rni bo‘lishi kerak.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 1 790 |
| 4 | 📺📰Kasbiy ta’limda amalga oshirilayotgan ishlar — OAV nigohida
🏷 “O‘zbekiston 24” telekanali:
🔵Zamonaviy kasblar uchun yangi imkoniyatlar
🔵Dual ta’lim: maqsadli kadrlar tayyorlash imkoni
🔵Kasbiy ta’lim delegatsiyasi Avstriya parlamentida
🔵Kasbiy ta’limda menejerlik bilimiga ega kadrlar rahbarlikka qo‘yiladi
🔵Dual ta’lim — malakali kadrlar tayyorlashning zamonaviy modeli
🔵Olis qishloqda Oliy liga jamoasini tashkil etib, chempionlarni tarbiyalayotgan murabbiy
🏷 “UZA.uz” saytida:
🔵Kasbiy ta’lim yangi bosqichda
🔵Ustozlik maqomi — muqaddas!
🔵Sharafli kasbimdan faxrlanaman!
🏷 “Xorazm” MTRK:
🔵Dual ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligi
🏷 “Samarqand” MTRK:
🔵Germaniyalik mutaxassislar kasbiy ta‘lim muassasalari faoliyatini o‘rgandi
🏷 “Farg'ona” MTRK:
🔵Germaniyaning “Prosica” kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 2 978 |
| 5 | AIFU Pitch Day: yoshlar uchun innovatsion imkoniyat!
Dasturchilar, dizaynerlar, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar sohasiga qiziquvchi yoshlar, startapchilar hamda innovatsion g‘oya mualliflari uchun AIFU Pitch Day tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlov ishtirokchilari uchun imkoniyatlar:
✅ 100 000 AQSh dollarigacha investitsiya jalb qilish imkoniyati;
✅ 15 000 000 so‘m miqdoridagi sovrin jamg‘armasi;
✅ Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida tahsil olish uchun ta’lim grantlari;
✅ Soha ekspertlari va investorlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyati;
✅ Har bir ishtirokchi uchun sertifikat.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish va onlayn saralash 2026-yil 11-oktabr kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Tanlovni baholash va qo‘llab-quvvatlash jarayonida Alibaba.com, IT Park, TOP CEO, Mentalaba.uz, Raqamli San’at ijodiy birlashmasi, shuningdek, Turkiya va Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: https://pitch-day.uz
Yoshlarni o‘z innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etishga hamda mazkur imkoniyatdan samarali foydalanishga chorlaymiz.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 5 784 |
| 6 | بدون متن... | 4 716 |
| 7 | Texnikum ustalarini attestatsiya qilish bekor qilinib, kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi
Hukumatning 2026-yil 9-oktabrdagi 552-son qarori bilan kasbiy ta’lim tashkilotlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalariga malaka toifasi berish tartibi bekor qilinib, kasbiy sertifikat berish tizimi belgilandi.
— Kimlar va qanday tartibda o‘tadi?
Kasbiy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ustalar har 5 yilda kamida bir marta majburiy tartibda sertifikatlashdan o‘tkaziladi. Sertifikat 5 yil muddatga beriladi.
— Imtihon qanday o‘tkaziladi?
Sinovlar 2 bosqichda, jami 100 ballik tizimda o‘tkaziladi:
• 1-bosqich — nazariy bilimlar (maksimal 30 ball);
• 2-bosqich — amaliy ko‘nikmalar (maksimal 70 ball).
Sertifikat olish uchun nomzod har ikki bosqichning har birida kamida 70 foiz natija ko‘rsatishi va umumiy hisobda 70 ball yoki undan yuqori ball to‘plashi shart.
— Sertifikatsiz ishlash mumkinmi?
Majburiy sinovdan o‘ta olmagan ustaga uni bir marta qayta topshirish imkoniyati beriladi. Qayta sinovdan ham o‘ta olmagan ustaning mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi.
— Kimlarga sertifikat sinovlarsiz beriladi?
O‘quvchilari xalqaro yoki respublika miqyosidagi kasbiy tanlovlarda 1–3-o‘rinlarni egallagan ustalarga sinovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasbiy sertifikat beriladi.
— Sertifikatlash uchun to‘lov qancha?
Navbatdagi majburiy sertifikatlash bepul amalga oshiriladi. Ixtiyoriy, ya’ni navbatdan tashqari sertifikatlash uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki platforma orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma taqdim этилади.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 13 580 |
| 8 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.
Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области.
Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.
Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения.
Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения.
Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву.
Facebook|Instagram|X | 2 148 |
| 9 | #RASMIY_XABAR
Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 7 248 |
| 10 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisida ishtirok etdi hamda nutq so‘zladi
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 3 395 |
| 11 | RASMIY MUNOSABAT
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-son texnikum xodimining o‘quvchiga nisbatan nomaqbul xatti-harakat sodir etgani haqidagi ma’lumot yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Mazkur holat aniqlanishi bilan Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan zudlik bilan tegishli choralar ko‘rilib, texnikumda xizmat o‘rganishi tashkil etildi. O‘quvchiga nisbatan nomaqbul xatti-harakat sodir etgan texnikumning ishlab chiqarish ta’limi ustasi K. E. Erniyozov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mamlakatimizda belgilangan qonunchilik tartibi hamda Kasbiy ta’lim agentligi direktorining “Kasbiy ta’lim agentligi tizimida mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq bir tomonlama bekor qilindi, ya’ni ishdan bo‘shatildi.
Kasbiy ta’lim agentligi o‘quvchilarning sha’ni, qadr-qimmati va shaxsiy daxlsizligiga tajovuz qiluvchi har qanday xatti-harakatni qat’iy qoralaydi.
Kasbiy ta’lim tashkilotlarida bunday muhitni ta’minlash, shu kabi holatlarning oldini olish va kelgusida takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tizimli nazorat va profilaktika mexanizmlari ishlab chiqiladi.
Shuningdek, o‘quvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda har bir holatga nisbatan qat’iy va xolisona munosabat bildirish bo‘yicha mas’ul rahbar va xodimlarning javobgarligi kuchaytiriladi.
👉 Batafsil
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 5 708 |
| 12 | بدون متن... | 6 009 |
| 13 | بدون متن... | 3 903 |
| 14 | O‘zbekiston va Avstriya: kasbiy ta’limda yangi hamkorlik istiqbollari
🎥Kasbiy ta’lim agentligi direktori boshchiligidagi delegatsiya Avstriyaga amaliy tashrifi doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
📌 Tashrif davomida Avstriya Parlamenti, Federal Ta’lim vazirligi, Federal Iqtisodiyot, energetika va turizm vazirligi vakillari bilan kasbiy ta’limni rivojlantirish, dual ta’lim modelini joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 5 179 |
| 15 | Kasbiy ta’lim loyihasiga 3 mln yevro qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida rivojlanish sohasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan muzokaralar bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida:
— O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish;
— dual ta’limni rivojlantirish va Germaniya tajribasini joriy etish;
— “O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash II” loyihasiga 3 mln yevro miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi qayd etildi.
👉Batafsil
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 6 831 |
| 16 | بدون متن... | 4 301 |
| 17 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi
Taqdimotda kasbiy ta’lim bo‘yicha yoshlarning qiziqishlarini erta aniqlash, texnikumlar dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish va ularning moddiy bazasini mustahkamlashga alohida ahamiyat berildi. Korxonalar bilan hamkorlikda dual ta’limni kengaytirish, xalqaro dasturlar va zamonaviy o‘quv materiallarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.
📌Shuningdek, Prezidentimiz ta’limning bog‘chadan oliygohgacha bo‘lgan barcha bosqichlari yagona vertikal sifatida ishlashi, ayniqsa maktab va universitet o‘rtasidagi uzviylik mustahkamlanishi zarurligini ta’kidladi. Har bir bosqichda ta’lim sifatiga e’tiborni kuchaytirish, bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash va bu qadriyatlarga butun ta’lim jarayonida va ilmiy faoliyatda tayanish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini amaliyotga joriy etishga alohida e’tibor qaratilib, rektorlar o‘z universitetining yaqin va o‘rta muddatli istiqbolda qanday rivojlanishi haqida aniq tasavvur va rejaga ega bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 13 894 |
| 18 | بدون متن... | 6 495 |
| 19 | Dasturlash — kelajak sari yo‘l ochuvchi imkoniyat
17 yoshli Abdunabi To‘lqinov Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi talabasi. Texnologiya va dasturlashga bo‘lgan qiziqishini kasbga aylantirayotgan Abdunabi bugun 2 yillik tajribaga ega IT mentori sifatida yoshlarga bilim va tajribasini ulashmoqda.
U uchun dasturlash nafaqat kasb, balki yangi g‘oyalarni amalga oshirish va foydali loyihalar yaratish imkoniyati.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | 3 526 |
| 20 | بدون متن... | 4 672 |
