ru
Feedback
Kasbiy ta’lim agentligi

Kasbiy ta’lim agentligi

Открыть в Telegram

Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/kasbiytalim instagram.com/kasb_edu facebook.com/kasb_edu youtube.com/@kasb_edu x.com/kasb_edu Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Murojaatlar uchun: @kasbedu_bot

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала Kasbiy ta’lim agentligi

Канал Kasbiy ta’lim agentligi (@kasb_edu) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 11 416 подписчиков, занимая 17 438 место в категории Образование и 7 025 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 11 416 подписчиков.

Согласно последним данным от 27 июля, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 53, а за последние 24 часа — -22, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 53.40%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 38.51% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 6 095 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 4 395 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 14.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/kasbiytalim instagram.com/kasb_edu facebook.com/kasb_edu youtube.com/@kasb_edu x.com/kasb_edu Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Murojaatlar uchun: @kasbedu_bot

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 28 июля, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Образование.

11 416
Подписчики
-2224 часа
-507 дней
+5330 день

Загрузка данных...

Похожие каналы
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Облако тегов
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Входящие и исходящие упоминания
---
---
---
---
---
---
Привлечение подписчиков
июль '26
июль '26
+391
в 244 каналах
июнь '26
+549
в 181 каналах
Get PRO
май '26
+714
в 161 каналах
Get PRO
апрель '26
+3 087
в 176 каналах
Get PRO
март '26
+639
в 143 каналах
Get PRO
февраль '26
+2 831
в 140 каналах
Get PRO
январь '26
+1 008
в 132 каналах
Get PRO
декабрь '25
+738
в 104 каналах
Get PRO
ноябрь '25
+3 251
в 22 каналах
Get PRO
октябрь '25
+719
в 5 каналах
Дата
Привлечение подписчиков
Упоминания
Каналы
28 июля+7
27 июля+1
26 июля+3
25 июля+12
24 июля+9
23 июля+8
22 июля+6
21 июля+8
20 июля+32
19 июля0
18 июля+8
17 июля+7
16 июля+14
15 июля+3
14 июля+14
13 июля+6
12 июля0
11 июля+3
10 июля+12
09 июля0
08 июля+17
07 июля+24
06 июля+10
05 июля+1
04 июля+8
03 июля+40
02 июля+35
01 июля+103
Посты канала
Texnikumlarda xorijiy til fanlarini o‘qitish soatlari — 600 soat Kasbiy ta’lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitishga alohida e’tibor qaratilayotgani o‘z samarasini bermoqda. Buxoro 1-son texnikumi o‘quvchisi Malayziyadagi Xiamen universitetiga o‘qishga qabul qilindi. O‘quvchimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 📌Asadova Sabrina ingliz tilidan tashqari rus, tojik, turkman va arab tillarida ham erkin muloqot qila oladi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

2
Dual ta’lim va bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik mustahkamlanmoqda Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘r+3
Dual ta’lim va bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik mustahkamlanmoqda Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari Shihnazar Sharofaddinov va “Uzeltexsanoat” uyushmasi vakillari o'rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida: 🔵Samarqand viloyatining Urgut tumani texnikumlarida dual ta’lim shaklida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish; 🔵Zomin tuman 1-son texnikumi va Ohangaron shahar texnikumidagi injenerlar maktabi o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish va bu bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish; 🔵elektronika yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalarning mutaxassislarga ehtiyoji o‘rganilib buyurtma berish va texnikumlarda o‘qitish; 🔵ish beruvchilarning ta’lim jarayonidagi ishtirokini kuchaytirish va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash; 🔵korxonalarda qisqa muddatli malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. ✔️Tomonlar kasbiy ta’lim va sanoat hamkorligini kuchaytirish, yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlash hamda ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
3 283
3
“ACWA” kompaniyasining Shirin energetika texnikumidagi tajribasi yana 3 ta viloyatda joriy etiladi Prezident Shavkat Mirziyoy+2
“ACWA” kompaniyasining Shirin energetika texnikumidagi tajribasi yana 3 ta viloyatda joriy etiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun barcha sohalarda, xususan, energetikada zamonaviy kadrlar zarurligini ta’kidladi. Hozir 25 ta texnika oliygohida bu yo‘nalishda yiliga 5,5 ming mutaxassis tayyorlanmoqda. “Ochig‘i, ta’lim amaliyot bilan bog‘lanmagani uchun bitiruvchining ishga kirishib ketishiga 2-3 yil ketyapti”, – dedi Prezidentimiz. Mas’ullarga bir oyda oliygohlardagi yoqilg‘i-energetika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq yangilash topshirildi. 1-sentabrgacha laboratoriya va poligonlarni yangi talablarga moslashtirish boshlanadi. Yangi o‘quv yilidan 3-kurs talabalarining yarmi, 4-kurs talabalarining barchasi dual ta’limga qamrab olinadi. Chunki kelgusi 2-3 yilda quyosh va shamol generatorlari, elektr zaryadlash uskunalari kabi yo‘nalishlarda minglab mutaxassislarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi Shirin energetika texnikumini jihozlab, yiliga 220 nafar yoshni yangi kasblarga tayyorlamoqda. Yangi o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Navoiydagi bittadan texnikumda ham ushbu tajriba joriy etiladi. Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
4 107
4
Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan foydali va qiziqarli yangi loyiha start oldi 😀Kasb.ai instagram sahifasida turli kasblar o
Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan foydali va qiziqarli yangi loyiha start oldi 😀Kasb.ai instagram sahifasida turli kasblar olami, zamonaviy yo‘nalishlar va kelajakda talab yuqori bo‘ladigan mutaxassisliklar haqida qiziqarli videolarni taqdim etib boramiz. ⚡️ Masalan, bir kun dunyoda birorta ham elektr muhandisi qolmasa nima bo’ladi? 🏠 Uylar qorong’ida qoladi. 🔥 Qisqa tutashuvlar yong’inlarga sabab bo’ladi. 🏭 Zavodlar to’xtaydi. 🚦 Svetoforlar ishlamaydi. 📲 Obuna bo’ling — @kasbAI Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
4 464
5
Texnikumlarda Karyera markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda Kasbiy ko‘nikmalar markazlari negizida tashkil etilgan texnikum+3
Texnikumlarda Karyera markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda Kasbiy ko‘nikmalar markazlari negizida tashkil etilgan texnikumlarda Karyera markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu markazlarning samarali ishlashini ta’minlash maqsadida agentlik mutasaddilari va texnikum direktorlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida: 🔵Karyera markazlarining asosiy vazifalari; 🔵bitiruvchilar bandligini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlari; 🔵ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish; 🔵mehnat bozori talablariga mos xizmatlarni yo‘lga qo‘yish; 🔵Karyera markazlari faoliyatini yagona tizim asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Karyera markazlari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘riqnoma va amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
3 572
6
Andijonda kasbiy ta’lim sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda Kasbiy+3
Andijonda kasbiy ta’lim sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda Kasbiy ta’lim agentligi direktori Andijon viloyatiga xizmat safari doirasida hududdagi kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyati bilan tanishdi hamda pedagoglar, yoshlar va mahalla faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Tashrif davomida: 🔵Andijon tumani 3-son hamda viloyat 2-son texnikumlarida o‘quv jarayonlari va yoshlar uchun yaratilgan amaliyot sharoitlari ko‘zdan kechirildi; 🔵Izboskan tumani 1-son texnikumi faoliyati o‘rganilib, tumandagi “Urganji” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi; 🔵o‘quvchilarni xalqaro mehnat bozoriga tayyorlash va yoshlar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi; 🔵Andijon shahridagi 7-sonli texnikumi 80 nafar bitiruvchisiga Germaniyaga jo‘nab ketishlari uchun sertifikatlar topshirildi. 📌 Mazkur xizmat safari viloyatda kasbiy ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash hamda bitiruvchilarning nufuzli xorijiy davlatlarda munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishlarini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
3 333
7
Andijonda kasbiy ta’lim rivoji bo‘yicha muhim uchrashuvlar Kasbiy ta’lim agentligi direktori Andijon viloyatiga xizmat safari+3
Andijonda kasbiy ta’lim rivoji bo‘yicha muhim uchrashuvlar Kasbiy ta’lim agentligi direktori Andijon viloyatiga xizmat safari doirasida Andijon shahar 3-son texnikumida bo‘lib, pedagoglar va o‘quvchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. ✔️Uchrashuvda kasbiy ta’lim sifatini yanada oshirish, zamonaviy kasblar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash hamda ishlab chiqarish bilan integratsiyani kuchaytirish yuzasidan o‘z tavsiya va takliflarini bildirdi. Xizmat safari davomida: ⚫️ tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan, shuningdek, o‘z tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan yoshlar bilan tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etdi; ⚫️“Uz-Sae Myung Co” korxonasida dual ta’lim tizimi asosida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
4 615
8
Erkin iqtisodiy zonalar uchun malakali kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi Kasbiy ta’lim agentligida Yaponiya xalqaro hamkorl+3
Erkin iqtisodiy zonalar uchun malakali kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi Kasbiy ta’lim agentligida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi — JICAning “O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha batafsil rejalashtirish missiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida: 🔵erkin iqtisodiy zonalar; 🔵sanoat korxonalari ehtiyojlari uchun malakali kadrlar tayyorlash; 🔵kasbiy ta’lim tizimining mavjud imkoniyatlari; 🔵istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
4 440
9
#ShavkatMirziyoyev Bugun, 24-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud topgan kun.
#ShavkatMirziyoyev Bugun, 24-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud topgan kun. Yangi O‘zbekiston yoshlarining dadil qadamlari, yuksak intilishlari va xalqaro yutuqlari ortida shaxsan Sizning ulkan ishonchingiz hamda g‘amxo‘rligingiz mujassamdir. Yurtimiz rivoji, xalqimiz farovonligi, barqaror iqtisodiyotimiz, qudratli armiyamizni barpo etish hamda tenglik tamoyillariga asoslangan  diplomatiyamizni rivojlantirishdan charchamang, yaratganning oʻzi madadkor boʻlsin! Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin! Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
5 682
10
“Avtotexxizmat” dilerlik markazi yosh mutaxassislar uchun mahorat maydoniga aylandi Joriy yilning 18–19-iyul kunlari Toshkent
“Avtotexxizmat” dilerlik markazi yosh mutaxassislar uchun mahorat maydoniga aylandi Joriy yilning 18–19-iyul kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining “Avtomobil texnologiyasi” kasbi bo‘yicha respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovni yuqori saviyada tashkil etish hamda yoshlarning o‘z kasbiy ko‘nikmalarini amaliy sharoitda namoyon etishi uchun zarur imkoniyatlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘i ijrosi doirasida tanlov “O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi “Avtotexxizmat” MCHJ dilerlik markazida o‘tkazildi. Zamonaviy texnik jihozlarga ega markazda ishtirokchilar uchun maxsus ish joylari tayyorlanib, Chevrolet Cobalt avtomobillarida amaliy topshiriqlarni bajarish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. Tanlovning respublika bosqichida hududiy saralash bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 70 nafar yosh uchta modul bo‘yicha o‘zaro bellashib, kasbiy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda belgilangan vazifalarni tegishli talablar asosida bajarish mahoratini namoyon etdi. Ularning texnik yechimlarni to‘g‘ri qo‘llashi, bajarilgan ishlarning sifati va xavfsizlik talablariga rioya etishi soha mutaxassislari tomonidan baholandi. Tanlov jarayonlari Kasbiy ta’lim agentligi, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, “O‘zavtosanoat” AJ, “UzAuto Motors” AJ hamda “Avtotexxizmat” MCHJ hamkorligida tashkil etildi. “O‘zavtosanoat” AJ kelgusida ham kasbiy ta’limni rivojlantirish, avtomobilsozlik sohasi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashiga ko‘maklashishga qaratilgan tashabbuslarni izchil qo‘llab-quvvatlaydi. — Дилерский центр «Avtotexxizmat» стал площадкой профессионального мастерства для молодых специалистов 18–19 июля текущего года в Ташкенте состоялся республиканский этап национального конкурса профессионального мастерства «Созидатели Нового Узбекистана» на приз Президента Республики Узбекистан по профессии «Автомобильные технологии». В целях проведения конкурса на высоком уровне и создания необходимых условий для демонстрации молодыми специалистами своих профессиональных навыков состязания прошли в дилерском центре ООО «Avtotexxizmat», входящего в структуру АО «Узавтосаноат». Конкурс был организован в рамках исполнения поручения Президента Республики Узбекистан. В центре, оснащённом современным техническим оборудованием, для участников были подготовлены специальные рабочие места и созданы все необходимые условия для выполнения заданий на автомобилях Chevrolet Cobalt. В республиканском этапе конкурса приняли участие 70 молодых специалистов, ставших победителями региональных отборочных этапов. Они соревновались по трём модулям, демонстрируя профессиональные знания, практические навыки и умение выполнять поставленные задачи в соответствии с установленными требованиями. Отраслевые специалисты оценивали правильность применения технических решений, качество выполненных работ и соблюдение требований безопасности. Конкурс был организован совместно Агентством профессионального образования, Агентством по промышленной кооперации и государственным закупкам, АО «Узавтосаноат», АО «UzAuto Motors» и ООО «Avtotexxizmat». АО «Узавтосаноат» и впредь будет поддерживать инициативы, направленные на развитие профессионального образования, подготовку квалифицированных специалистов для автомобильной промышленности и содействие молодёжи в освоении современных профессий. Web-site|Facebook|Telegram|YouTube| Instagram|see
3 281
11
🎓 Har bir muvaffaqiyatning o‘z yo‘li bor Kimdir universitetni tanlaydi, kimdir esa texnikumni. Muhimi — o‘zingiz sevgan kasb
🎓 Har bir muvaffaqiyatning o‘z yo‘li bor Kimdir universitetni tanlaydi, kimdir esa texnikumni. Muhimi — o‘zingiz sevgan kasbni tanlash va uni puxta egallash. Bugun malakali mexanik, dasturchi, elektrik, oshpaz yoki boshqa kasb egalari nafaqat yaxshi daromad topmoqda, balki o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, boshqalarga ham ish o‘rinlari yaratmoqda. 📌 Sevgan kasbingizni tanlang. Texnikumda tahsil oling. Kelajagingizni bugundan boshlang! Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
5 570
12
Bitiruvchilarni ichki va tashqi mehnat bozoriga tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi Kasbiy ta’lim agentligi direktori va “G+3
Bitiruvchilarni ichki va tashqi mehnat bozoriga tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi Kasbiy ta’lim agentligi direktori va “Getwork” xususiy bandlik agentligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida: 🔵texnikum bitiruvchilarining bandligini ta’minlash; 🔵ularni ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos kasblarga tayyorlash; 🔵zamonaviy mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib, bitiruvchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish; 🔵kasb va xorijiy tillar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
15 626
13
#hududlardan_xabarlar Hududlarda kasbiy ta’limni rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim tadbirlar bo‘
#hududlardan_xabarlar Hududlarda kasbiy ta’limni rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi Quyida mavzuga oid so‘nggi uchrashuvlar bilan tanishing: Dual ta’limni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi | Sirdaryo viloyati ➡️Batafsil Qiziltepa tuman 2-son texnikumi va “Ihlas Elektrik” MChJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi | Navoiy viloyati ➡️Batafsil “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi Qoraqalpog‘istonda | Qoraqalpog‘iston Respublikasi ➡️Batafsil Kasbiy ta’lim tashkilotlarida qabul jarayonlari, bitiruvchilar bandligi va korrupsiyaning oldini olish masalalari muhokama qilindi | Namangan viloyati ➡️Batafsil Qashqadaryo viloyatidagi 6 ta texnikumda Germaniya ta’lim standartlariga asoslangan kasbiy ta’lim dasturlari joriy etildi | Namangan viloyati ➡️Batafsil Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
4 126
14
Kasbiy ta’limda raqamli boshqaruv va malaka oshirish tizimi takomillashtirilmoqda Kasbiy taʼlimni rivojlantirish institutida+4
Kasbiy ta’limda raqamli boshqaruv va malaka oshirish tizimi takomillashtirilmoqda Kasbiy taʼlimni rivojlantirish institutida kasbiy ta’lim tashkilotlari boshqaruv va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini rivojlantirishga qaratilgan amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar-trening davomida: 🔵prof-emis.edu.uz va my.moqt.uz platformalaridan samarali foydalanish; 🔵malaka oshirish jarayonlarini elektron shaklda boshqarish; 🔵ma’lumotlarni platformalarga to‘g‘ri va sifatli kiritish hamda monitoringini yuritish; 🔵raqamli boshqaruv samaradorligini oshirish; 🔵elektron tizimlarda uchrayotgan texnik va metodik muammolarni bartaraf etish; 🔵ichki monitoring tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
4 535
15
🎓 Texnikum — bu shunchaki ta’lim emas, kelajak sari ishonchli qadam! Texnikum nima? ❓ Kasb o‘rgatadimi? ❓ Zamonaviy yo‘nalis
🎓 Texnikum — bu shunchaki ta’lim emas, kelajak sari ishonchli qadam! Texnikum nima? ❓ Kasb o‘rgatadimi? ❓ Zamonaviy yo‘nalishlar bormi? ❓ Bitirgach ish topish mumkinmi? Javob — albatta, ha! 💻IT 🤖Robototexnika 👍Tibbiyot ⚙️Muhandislik Texnik va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari hamda boshqa ko‘plab zamonaviy kasblarni texnikumlarda o‘rganishingiz mumkin. Bu yerda siz: ✅Nazariy bilim bilan birga amaliy tajriba orttirasiz; ✅Zamonaviy uskunalarda ishlashni o‘rganasiz; ✅Jamoada ishlash va kasbiy ko‘nikmalaringizni rivojlantirasiz; ✅Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassis bo‘lib yetishasiz. 📌 Kelajagingizni bugundan yarating — sizni ham texnikumlarda kutamiz! Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
7 197
16
📺📰 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Respublika bosqichi — OAV nigohida 🏷 “O‘zbekiston 2
📺📰 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Respublika bosqichi — OAV nigohida 🏷 “O‘zbekiston 24” telekanali: 🔵Nukus shahrida "Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari kasbiy mahorat milliy tanlovi" haqida lavha 🔵Toshkent shahrida texnikum bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha tashkil qilingan shtab faoliyatidan reportaj 🔵“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari-2026” kasbiy mahorat milliy tanlovining respublika bosqishidan reportaj 🔵Республиканский этап конкурса «Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari-2026» 🏷 🏷 "MY5" telekanalida: 🔵“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat tanlovining final bosqichi Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
3 830
17
Inklyuziv ta’lim va bandlikni ta’minlash yo‘lidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari+3
Inklyuziv ta’lim va bandlikni ta’minlash yo‘lidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari va “Paynet” AJ vakillari bilan aqliy rivojlanishida imkoniyati cheklangan yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida: 🔵barqaror bandligini ta’minlashga qaratilgan inklyuziv ta’lim loyihasini amalga oshirish; 🔵ta’lim faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari, litsenziyalash tartibi, ta’lim dasturlariga qo‘yiladigan talablar, o‘qituvchilar tarkibi, moddiy-texnik baza; 🔵loyiha doirasidagi hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
4 791
18
Ipakchilik sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik kengaymoqda Kasbiy ta’lim agentligi direktori va “O‘zb+3
Ipakchilik sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik kengaymoqda Kasbiy ta’lim agentligi direktori va “O‘zbekipaksanoati” uyushmasi vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv davomida hamkorlik memorandumi imzolandi. Muloqot davomida: 🔵ipakchilik sohasi uchun zamonaviy, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash; 🔵ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan yanada uzviy bog‘lash; 🔵dual ta’limni kengaytirish, o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish; 🔵bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. 📌 Memorandum kasbiy ta’lim tizimi va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, amaliyot bazalarini kengaytirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
4 977
19
"Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat milliy tanlovining Respublika bosqichi o‘z nihoyasiga yetmoqda Toshkent tran
"Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat milliy tanlovining Respublika bosqichi o‘z nihoyasiga yetmoqda Toshkent transport texnikumida "Kompyuter grafikasi" yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda ishtirokchilar ijodiy yondashuv, grafik dizayn va raqamli texnologiyalar bo‘yicha kasbiy mahoratini namoyon etdi. 📌Respublika bosqichi g‘oliblari pul mukofotlari hamda “WorldSkills” xalqaro chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritishadi. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
5 975
20
“Kasbiy Ta’lim Tur” loyihasi doirasida texnikum o‘quvchilarining yirik sanoat korxonalariga tashriflari tashkil etiladi “Avto+3
“Kasbiy Ta’lim Tur” loyihasi doirasida texnikum o‘quvchilarining yirik sanoat korxonalariga tashriflari tashkil etiladi “Avtomobil texnologiyasi” kasbi Respublika final bosqichi doirasida Kasbiy ta’lim agentligi hamda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi oʻrtasida “Kasbiy ta’lim va sanoat mutaxassislarini tayyorlash” sohasida memorandum imzolandi. Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda tizimli ishlar amalga oshiriladi: ➖sanoat yo‘nalishlarida mehnat bozori ehtiyojlarini o‘rganish yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazish; ➖“Kasbiy Ta’lim Tur” loyihasi doirasida texnikum o‘quvchilarining yirik sanoat korxonalariga muntazam tanishuv tashriflarini tashkil etish; ➖“Robototexnika va Reverse Engineering (teskari muhandislik)” markazlarini tashkil etish va rivojlantirish; ➖kasbiy ta’lim tashkilotlari hamda yirik sanoat korxonalarining kadrlar tayyorlash, tajriba almashish va moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish bo‘yicha hamkorligini yo‘lga qo‘yish; ➖ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib qabul parametrlarini shakllantirish hamda bitiruvchilarni bo‘sh ish o‘rinlariga jalb etish; ➖pedagoglar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va korxona mutaxassislari uchun stajirovka hamda malaka oshirishni tashkil etish; ➖texnikum o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini kengaytirish va dual ta’limni rivojlantirish; ➖startaplar, kasbiy mahorat tanlovlari, seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, konferensiyalar, forumlar va ko‘rgazmalarni hamkorlikda tashkil etish. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
4 461