Yo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov
Open in Telegram
💬 Shaxsiy fikrlar va qarashlar 📚 Kitob tahlili 🎬 Kino taqriz Murojaat uchun: @javokhir_makhkamov
Show more426
Subscribers
-124 hours
No data7 days
-2030 days
Posts Archive
#mutolaa
Jek Londonning "Temir tovon" romani
Eng birinchi distopik romanlardan hisoblanadi. Asar haqida diqqatga sazovor bir nechta jihatlar bor: erkak yozuvchi tomonidan yozilgan kitobda kuchli ayol birinchi shaxsda voqealarni hikoya qiladi: bu asar yozilgan davr uchun ancha noodatiy holat, menimcha.
Muallif o‘zining sotsialist sifatidagi siyosiy qarashlarini yashirmaydi; u o‘quvchilarning ranjishidan unchalik tashvishlanmagani aniq. Men, shuningdek, Jek Londonning bu kitobdagi uzoqni ko‘ra bilish qobiliyatini hayratlanarli deb bilaman. Afsuski, nashr etilganidan beri o‘tgan 100 yildan ortiq vaqt ichida ijtimoiy tuzilmalar keskin o‘zgarmaganini aytib o'tishimiz kerak.
Oligarxik zulm har qachongidan ham kuchliroq, siyosatchilar endi xalq uchun ishlamaydi, ommaning zulm ostida qolishi esa yanada kuchaygan. Yetishmayotgani faqat inqilob — shunda bu roman butunlay haqiqatga aylangan bo‘lardi.
Qanaqadir keskin voqealar rivojini emas, intellektual dialoglar Sizga ko'proq manzur kelsa, demak bu asar Sizga aniq yoqadi.
8/10 ✅
AQSh-Isroil birgalikda Eronga qarshi harbiy hujumlarni boshladi...
Shu ikkala davlat - dunyo uchun eng xavfli parazitlar!
Ular Eron xalqini ular oppressiv hukumatdan xalos qilishyapti deydiganlar, Sizlar ko'rsizlar!
Aql ishlatishdan voz kechgan inson bilan bahslashish — xuddi o‘likka dori berish bilan barobar.
Yaqin kunlarda do'stlar bilan birgalikda film tomosha qilganimizda, bir qiziq tendensiyani kuzatyapman. Ko'pchilikning filmni ko'rib bo'lishi bilan so'raydigan savollari "Bu film nima demoqchi? U qanday g'oyani ilgari suryapti?" bo'lib qolibdi. Lekin, film mumtoz asar hisoblanishi uchun biron bir narsani propaganda qilishi shart emas.
Bunday holatni ko'p kuzatamiz, albatta: filmlar ko‘pincha “chuqur”, “mazmunli” yoki “ijtimoiy ahamiyatli” bo‘lgani uchun maqtaladi, go‘yo hikoya albatta axloqiy, siyosiy yoki falsafiy saboq berishi shartdek.
Biroq bu qarash san’atning, ayniqsa kinoning, imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Film aniq bir 'message' ega bo‘lmasdan ham durdona asar bo‘lishi mumkin. U shunchaki kuchli tajriba yaratgani, shaklni mukammal egallagani yoki hayotdagi biror haqiqatni shiorga aylantirmasdan tasvirlagani uchun buyuk bo‘la oladi.
Kino tarixidagi eng buyuk kinolardan biri hisoblangan Stenli Kubrikning "2001: Fazo Odisseyasi"dan message qidirsangiz, kinokartinaning jozibasini his qilolmay qolishingiz mumkin. Chunki, barcha buyuk hikoyalar ham o‘rgatishni maqsad qilmaydi; ba’zilari kuzatadi, tadqiq qiladi yoki shunchaki tomoshabinni o‘z olamiga sho‘ng‘itadi.
Umuman olganda, ko'p hollarda san’atning eng katta yutug‘i — ma'lum savolga javob berish emas, balki ekran qoraygandan keyin ham biz bilan qoladigan lahzalarni yaratishdir. Va faqat shu narsaning o‘ziyoq filmni durdona deb atash uchun yetarlidir.
#mutolaa
Asarning ko'plab qismlari haqida spoylerni eshitgan bo'lsam-da, kitobning oxirigacha "o'sha spoyler faqat filmniki, kitobning oxiri boshqacharoq bo'lsa kerak" degan umid bilan o'qidim. Lekin, ne ajabkim, deyishadi-yu!
Roman menga juda ham yoqdi: men o'qigan o'zbek adabiyotidan eng zo'ri, deb bemalol ayta olaman. Qodiriyning voqealar zanjirini ulashida qandaydir boshqacha bir uslubni sezdim va bu juda yoqdi.
Ko'pchilik mengacha ko'p bora ta'kidlab o'tganidek, asar faqatgina muhabbat dostoni emas. Tarix, siyosat, o'zlik va boshqa mavzular mohirona ko'tarilgan.
Kitobdan so'ng, hech ham kutib o'tirmay, tezda filmni ham ko'rdim. Ammo, (kutilganidek) film menga manzur bo'lmadi. Individual qismlari yaxshi olingan bo'lishi mumkin kinematografik jihatidan, lekin kitobda men asar uchun muhim deb o'ylagan ko'plab detallar filmda yoki yo'q, yoki o'ta tez ko'rsatib o'tib ketilgan. Xuddi shunday tuyg'u Martin Iden kinosini ko'rganimda ham bo'lgandi. Menimcha, agar kinematografiyamiz yaxshi ahvolda bo'lganda, yangi remeyk suratga olish kerak.
Umuman olganda, top asar! Barchaga tavsiya qilaman!
7/30 ✅
Hozirda shu kitobni o'qiyapman.
Bir qiziq narsani tushunib qoldim. 1950-60-yillarda Sharqiy Yevropa blokida va umuman sotsializmga harakat qilayotgan Sobiq Sovet Ittifoqida ayollarga bo'lgan e'tibor kuchli bo'lgan, ularning ijtimoiy xavsizligi to'liq ta'minlangan.
Bu paytda esa, ko'pchilik biladi, AQShda anti-kommunistik kayfiyat o'ta yuqori darajada bo'lgan. Amerika jamiyatida esa "erkaklar ta'minlovchi, ayollar uy bekasi" degan qarash keng tarqalgan bo'lgan.
Aynan shu Sovuq Urush mahalida, AQSh ideologik raqibi bo'lgan SSSRdan ortda qolib ketmaslik uchun ham ayollarga ko'proq e'tibor berishni boshlagan. Ularning ta'limiga, sportga katta investitsiya qilishni boshlagan. Natijada ayollar savodxonligi, ta'limi, ularning jamiyatdagi o'rni va qadri misli ko'rinmagan darajada oshgan.
Bundan kelib chiqyaptiki, SSSRda sotsializm ayollarga olib kelgan foyda bevosita AQShdagi ayollar hayotiga ham ta'sir o'tkazgan ekan. Qiziq...
Repost from Dunyoi Digar | Samandar Erkinjonov
Yoshimiz ulg‘ayib, hayotning temir qoidalari bo‘ynimizdan bo‘g‘ishni boshlaganda, boshimiz “realizm” deb atalmish sovuq devorlarga urilavergach, beixtiyor o‘yga tolamiz: Aslida kim aqldan ozgan? O‘z hayotini oliyjanob doston deb bilgan Don Kixotmi yoki uni masxara qilib, maqsadsiz kunlarni kechirayotgan biz, “sog‘lom” odamlarmi?
Batafsil muhokama buyerda:
https://oyina.uz/uz/article/4467
Repost from Yo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov
Psixoanalizga katta hissa qo'shgan Erix Frommning Karl Marks tasavvur qilgan sotsializm nima ekanligi haqidagi fikrlari.
Kimga sotsializm g'oyasi jozibali bo'lib tuyilsa, bir o'qib ko'ring. Mazza qildim o'qib!
Kim Farg'onada markazda bo'lsa, 1 soat ichida kelsa, suhbatlashishimiz mumkin u yoq-bu yoqdan; Bolajon ko'chasida Mellio qahvaxonasidaman. Bir piyola choy ustida deganidek...
#mutolaa
Davlatlarda cheklovsiz kapitalizm (muallif buni falokat kapitalizmi deb ataydi) urchisa, qanday oqibatlar kelib chiqishini bilmoqchi bo'lsangiz, ushbu kitob o'qish uchun ideal variant. Naomi opa kapitalizm va demokratiya bir paytda mavjud bo'lishi mumkin emasligiga ko'plab keyslar beradi.
Bularning orasida Augusto Pinoshe tomonidan siqilgan Chili, xuntalar xo'rlagan Argentina, suv tekinga "sotilgan" Boliviya, Boris Yeltsin qo'lida xor bo'lgan Rossiya va yana ko'plab boshqa misollar bor.
Bu kitobni o'qiganingiz sari insonlar, tizimlar va ideologlar qanchalik razilliklarga qodirligini o'qib hayron qolasiz va bir muddat umidsizlik sizni o'rab olishi ham mumkin. Lekin, aynan bugungi kun geosiyosiy maydonini pushti ko'zoynaklarsiz ko'rish uchun ham bu kitobni o'qish shart.
6/30 ✅
+1
Kech kirganda nimadir ko'rgim kelib, Kiarostamidan nimadir ko'raman dedim-da, qisqa metrajli film ko'rgim keldi. Erinishda endi, nima deysizlar )
Kiarostamining eng so'nggi filmi ekan keyin bilsam. Film g'irt ajoyib: unda asosiy qahramon - futbol koptogi. Oq-qora rangli fonda siz ushbu koptokning o'yinqaroq tarzda pastga yumalab tushishini tomosha qilasiz. Naqda 15 daqiqa.
Lekin, Kiarostami bu film orqali bir tarafdan dunyoni tasvirlayotgandek. Ya'ni bir jismning doimiy harakati va bu harakatga atrof-muhit ta'sir qiladi. Hayot ham shunday-ku!
Boshqa tarafdan, filmda meditativ bir his mavjud. Shunchaki 15 daqiqa to'pni zinalar orqali pastga tushishini ko'rib ichim mazza qildi. Qandaydir poetik kinematografiya.
Bu Kiarostamining kino haqida so'nggi izhoriga ham o'xshaydi qaysidir ma'noda. Xuddiki u bizga "Mana film faqatgina shundan iborat bo'lishi va shu ham qiziqarli bo'lishi mumkin" degandek.
Qiziq bo'lsa, bir ko'rib ko'ring. 15 daqiqa sabr chidarmikan )
So‘nggi kunlarda butun dunyoni larzaga solgan “Epstein ishi” oddiygina bir jinoiy voqea emas. Bu — zamonaviy jamiyatning yuragiga qo‘yilgan oynadir. Bu voqea bizga bir narsani juda ochiq ko‘rsatdi: boylik va siyosiy qudrat ozchilik qo‘lida haddan tashqari jamlanganda, inson asta-sekin inson bo‘lishdan chiqadi. Atrofdagilar endi shaxs emas, balki “tovar”, “resurs”, “foydalaniladigan buyum”ga aylanadi.
Cheksiz boylik insonni to‘ydirmaydi — u faqat uni buzadi. Kecha hashamatli uy, bugun superkar, ertaga esa yana kattaroq yaxta ham yetarli bo‘lmay qoladi. Chunki bu boylik ruhiy bo‘shliqni to‘ldira olmaydi. Va ana shu bo‘shliqni to‘ldirish istagi tobora dahshatli shakllarga kiradi: zo‘ravonlik, xo‘rlash, qiynash, hatto boshqa odamlarning hayoti ustidan hukmronlik qilish orqali “qoniqish” izlashga o‘tiladi. Eng dahshatlisi shundaki, bunday jinoyatlar ko‘pincha jazosiz qoladi. Pul va ta’sir adolatni sotib oladi. Qonun esa kambag‘allar uchun ishlaydi, boylar uchun esa chetlab o‘tiladigan to‘siqqa aylanadi.
Bu tasodif emas. Bu — tizimning mantiqiy natijasi. Boylikning tobora kamroq odamlar qo‘lida to‘planishi kapitalistik jamiyatning “tabiiy” yo‘nalishidir. Bu tizim boylarni yanada boy, kambag‘allarni esa yanada ojiz qiladi. Natijada “Tramplar” va “Epsteinlar” sinfi paydo bo‘ladi: iqtisodiy va siyosiy kuchni qo‘lida jamlagan, qolgan jamiyatni esa faqat xizmat qilishi kerak bo‘lgan omma sifatida ko‘radigan qatlam.
Jamiyat boylar va kambag‘allarga bo‘lingan ekan, kambag‘allar boylar uchun har doim “tovar” bo‘lib qoladi. Ularning mehnati sotiladi, vaqti sotiladi, oxir-oqibat esa o‘zlari ham sotiladigan narsaga aylanadi. Shunday sharoitda zo‘ravonlik, ekspluatatsiya va adolatsizlik — istisno emas, balki qoida bo‘lib qoladi. Muammo alohida yomon odamlarda emas. Muammo — ana shunday odamlarni doimiy ravishda yetishtirib chiqaradigan tizimning o‘zidadir.
Bozor iqtisodi mavjud ekan, u yana va yana yangi “Epsteinlar”ni yarataveradi. Yana va yana boylik va hokimiyat ozchilik qo‘lida to‘planadi. Yana va yana inson qadri pul narxiga almashtiriladi. Va yana va yana eng zaiflar eng kuchlilarning o‘yinchog‘iga aylanadi.
“Epstein ishi” bizga shuni eslatadi: gap faqat bitta jinoyatchi haqida emas. Gap — butun bir tartib haqida. Insonni inson emas, foyda manbai sifatida ko‘radigan tartib haqida. Agar biz bu vahshiyliklarning tugashini istasak, unda faqat alohida shaxslarni qoralash yetarli emas. Bu qabohatlarni muqarrar qilib chiqarayotgan tizimning o‘zini ham savol ostiga qo‘yishimiz kerak.
Ochiqchasiga fashistik!
AQSh davlat kotibi Marko Rubio XXI asrda men ko‘rgan eng ochiqcha mustamlakachilik tarafdori bo‘lgan nutqlardan birini hozirgina so‘zladi.
AQSh imperiyasi Yevropadan Global Janubni qayta mustamlaka qilishda yordam berishni xohlayapti.
Rubio G‘arb mustamlakachilarini “yangi qit’alarni o‘zlashtirgani, butun dunyo bo‘ylab cho‘zilgan ulkan imperiyalarni barpo etgani” uchun maqtadi.
Keyin esa Rubio Global Janubning dekolonizatsiyasidan shikoyat qilib, uni makkor kommunistik fitna sifatida tasvirladi.
Rubio "afsus" bilan shunday dedi: “Buyuk G‘arb imperiyalari yakuniy tanazzul bosqichiga kirgan edi, bu jarayonni xudosiz kommunistik inqiloblar va dunyoni o‘zgartirib yuboradigan hamda keyingi yillarda xaritaning keng hududlarini qizil bolg‘a va o‘roq bilan qoplaydigan anti-mustamlakachilik qo‘zg‘olonlari tezlashtirdi”.
Rubio bu nutqni Myunxen Xavfsizlik Konferensiyasida, yevropalik yetakchilar qurshovida so‘zladi va ular unga tik turib olqishlashdi. Ularga bu mustamlakachilikni qo‘llab-quvvatlovchi chaqiruv manzur tushdi va buni ular olqishlashdi.
AQSh davlat kotibi Shimoliy Amerika va Yevropa imperialistlari “G‘arbning tanazzuli”ni orqaga qaytarish, “G‘arbning ustunlik davri”ni qayta jonlantirish va “insoniyat tarixidagi eng buyuk sivilizatsiya”ni “yangilash” uchun birlashishi kerakligini ta’kidladi.
Bu AQSh imperiyasining G‘arb mustamlakachiligini qayta tiriltirish va Global Janubni (ya’ni Global Ko‘pchilikni) qayta mustamlaka qilish haqidagi ochiqcha chaqirig‘idir.
AQSh imperiyasi G‘azoga, Venesuelaga va hozirda Kubaga qilgan ishlarini butun Global Janubga nisbatan qilishni xohlayapti.
Bu AQSh Davlat departamenti e’lon qilgan rasmiy stenogrammadan olingan:
https://www.state.gov/releases/office-of-the-spokesperson/2026/02/secretary-of-state-marco-rubio-at-the-munich-security-conference
Repost from Илм-фан | Science | Наука
+4
Бугун, 12 февраль, буюк олим, табиатшунос ва мутафаккир Чарльз Дарвин таваллуд топган кун. Унинг илмий мероси дунёқарашимизни бутунлай ўзгартириб юборган.
Дарвин туфайли инсоният турларнинг келиб чиқиши ва табиатдаги ривожланиш қонуниятлари ҳақида янгича тушунчага эга бўлди.
Дарвин давридан буён эволюция назарияси бир жойда тўхтаб қолгани йўқ. У янги фан соҳалари билан бойитилди:
Генетика ва Биокимё - Ирсият механизмлари молекуляр даражада исботланди.
Антропология - Инсоннинг келиб чиқиши ҳақидаги жумбоқлар ечилди.
Эволюция назарияси шунчаки назарий билим эмас, у тиббиёт ва фармацевтикада ҳаётий аҳамиятга эга. Бактериялар ва вируслар доимий равишда эволюцияга учрайди. Микроорганизмларнинг ўзгаришини тушуниш олимларга янги авлод антибиотикларини яратишга ёрдам беради. Бактерияларнинг дориларга мослашиши - табиий танланишнинг кўз ўнгимиздаги амалий исботи
Ҳозирги вақтда эволюционизм биологиянинг асосий устуни ҳисобланиб, дунёдаги барча илмий изланишларнинг пойдевори бўлиб хизмат қилмоқда
Science
Repost from Politeconom_uz
Сўнгги бир-икки йилда иқтисодий сиёсатимиз нотўғри йўналишда кетаётганини айтсанг, жавобан "Одамлар шунчалик қийналаётган бўлса, унда хар бир уй олдида қаторлаб турган машиналарни ким олиб ётибди?" аргументини кўп эшитадиган бўлиб қолдиқ.
Вахоланки, бу саволнинг жавоби оддий (ва у айнан иқтисодий сиёсатимиз нотўғри йўналишда кетаётганини кўрсатиб туради):
– 2016 йилда бўйнида қарзи (кредити) бор иқтисодий фаол ахоли улуши 5% дан кам бўлган булса, 2026 йилга келиб, бу улуш 33% (!) дан ошган (ва ошишда давом этмоқда). Бу хар 3 кишидан бири бўйнида қарзи бор, дегани;
– Бунда ушбу қарздорларнинг 40% и (салкам ярими) ўз маошининг 50% (ярими)дан кўпини кредит бўйича тўловларга сарфлайди (яъни келажакдаги харидларидан воз кечяпти, бугунги истеъмол учун);
– Автомобиллар борасида, мисол учун, 2023 йилда банклар умумий хисобда 38.4 ТРИЛЛИОН сўм кредит ажратган бўлса, бундан 90.2% (34.6 трлн) — АВТОКРЕДИТЛАР бўлган. Бунда автокредитчилар ўз маошларининг салкам 70%ини кредит тўловларига сарфлаб келишган (2025 йилда МБ чекловлари сабабли ушбу кўрсаткич 61% гача тушган);
– 2024 йилда кредит олган жисмоний шахсларнинг аксарияти (68%) бўйнида биттадан кўп кредит бўлган.
Хўш, уйлар олдида қаторлаб турган, йўлларни босиб кетган (айниқса ички эммиграцияга очиб қўйилган Тошкентда) автомобиллар аксарият ахолининг хаёт даражаси бирдан ошиб кетганидан дарак берадими, демак?
Маълумот учун, 2025 йилда Ўзбекистон бўйлаб ўртача (хақиқий ўртача, яъни медиана) маошлар 20% га, Тошкентда ўртача маошлар 40% га (!) ПАСАЙГАНИНИ эслатаман.
