Yo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov
Open in Telegram
💬 Shaxsiy fikrlar va qarashlar 📚 Kitob tahlili 🎬 Kino taqriz Murojaat uchun: @javokhir_makhkamov
Show more426
Subscribers
-124 hours
No data7 days
-2030 days
Posts Archive
#mutolaa
Qiziq ketyapti. Birinchi martta o'qishim, filmni ham ko'rmaganman.
Repost from Islom Nurmurod | Philosopher
Altruizm - bu boshqalar manfaatini o‘z shaxsiy foydasidan ustun qo‘yish. Masalan hech bir manfaat kutmasdan kimgadir yordam berish, minnat qilmaslik. Qisqacha aytganda,
altruist “men nima yutaman?” deb emas, “u nima yo‘qotyapti?” deb o‘ylaydi. Azaldan faylasuflar va psixologlar mana shu savol bilan andarmon bo’lgan. Ya’ni inson tabiatan egoistmi yoki u boshqasi uchun ham yashay oladimi?
Ogyust Kont altruizmni jamiyatning axloqiy poydevori deb bilgan. Uningcha, ijtimoiy barqarorlik faqat o‘zaro fidokorlik orqali ta’minlanadi.
Kant esa masalani yanada qat’iy qo‘yadi: yaxshilik his-tuyg‘u uchun emas, burch uchun qilinadi. Agar sen yordam berganingdan rohat olsang, bu hali axloqiy soflik emas. Axloqiylik - manfaatdan xoli bo’lish.
Ammo zamonaviy psixologiya bunga shubha bilan qaraydi. Ko‘p holatlarda inson “yaxshilik” qilar ekan, buni avvalo o’zi uchun qiladi. Aytaylik o‘zini kerakli his qilish, aybdorlik hissidan xalos bo‘lish va yoki ijtimoiy maqomini mustahkamlash vajidan.
Shu sabab “pok altruizm” degan tushuncha bahsli. Ko‘pincha u yashirin egoizm bilan aralashib ketgan. Bugungi davrda ayniqsa bu masala yanada murakkablashib bormoqda. Total pragmatizm. Hatto xayriya ham ba’zan brend strategiyasiga aylanib ketgan. Shunday sharoitda altruizmni egoizmdan farqlash mumkinmi?
Ya’ni agar sen yordam berayotganingni hamma bilishini istasang - bu axloqiymi yoki ijtimoiy kapital yig‘ishmi?
Agar sen “men yaxshiman” degan tasavvurni saqlash uchun yaxshilik qilsang - bu altruizmmi yoki o‘zini oqlashmi?
Menimcha, masala oq-qora emas. Inson mutlaq egoist ham, mutlaq fidokor ham bo’lolmaydi. Lekin egoizmni tabiiy, altruizmni esa tanlov deb hisoblayman.
@islom_nurmurod
+1
#film
Abbos Kiarostamining “Do‘stimning uyi qayerda?” filmi eng kichik hikoyalar ham qanchalik kuchli bo‘lishi mumkinligini isbotlaydi. Juda sodda g‘oyaga qurilgan bu film yoshi kattalar o'ta band, qotib qolgan va ko‘pincha chinakam tinglashni bilmaydigan dunyoda harakatlanayotgan bir bolani kuzatadi. Shu oddiy vaziyatdan Kiarostami sokin, ammo chuqur insoniy asar yaratadi.
Filmning hissiy markazi — qat’iyat. Bu yerda ulug‘vor qahramonlik yo‘q — faqatgina bir bola o‘z zimmasiga tushgan axloqiy mas’uliyatni qo‘yib yubormaslikka qaror qiladi. Kiarostamining sabrli ritmi, uzun kadrlar va tabiiy ijro tufayli, bu harakatni biz shunchaki ko‘rmaymiz — uni his qilamiz.
Vizual va uslubiy jihatdan film juda ixcham va aniq. Haqiqiy joylar, professional bo‘lmagan aktyorlar, minimal musiqa va takrorlanib turadigan yo‘l motivi oddiy makonlarni axloqiy manzaraga aylantiradi — bu yerda odat va rahm-shafqat sekin-asta to‘qnashadi. Hech narsa zo‘rlab uqtirilmaydi, hech narsa oshirib ko‘rsatilmaydi.
Mavzu jihatidan esa film qoidalar va vijdon, odat va hamdardlik, kattalik va bolalik o‘rtasidagi taranglikda yashaydi. U bir vaqtning o‘zida ham umumiy axloqiy masal bo‘lib ishlaydi, ham esa muayyan jamiyat manzarasini sokin tasvirlaydi — tizimlar va kundalik tartiblar qanday qilib oddiy insoniy e’tiborni ko‘pincha ko‘rmay qolishini ko‘rsatadi.
Kamtar, muloyim va chuqur ta’sirli bu film e’tibor talab qilmaydi — u uni o‘zi qozonadi va tomosha tugagandan keyin ham uzoq vaqt siz bilan qoladi.
Tavsiya qilaman!
#mutolaa
Kitobni taxminan 5 yilcha oldin o'qigan edim: endi Adabiyot klubimiz doirasida qayta o'qish nasib qildi. Ancha detallar yodimdan ko'tarilgan ekan. Bu safar Tolstoyning mahoratini yaxshiroq tushundim.
Asar o'z vaqti uchun misli inqilobiy deb ko'rilsa ham bo'ladi, menimcha. Chunki u paytda ayollarning "jinsiy inqilobi" hali sodir bo'lmagan, ayol erkinligi haqidagi asarlar son bilan sanoqli edi.
Asar ikki asosiy parallel hayotning rivojlanishi asosiga qurilgan. Bir yoqda o'sha maftunkor Anna Karenina bo'lsa, narigi tomonda Konstantin Levin. Menimcha, Levin Tolstoyning "shaxsiy alter egosi".
Ko'tarilgan mavzular dolzarb: sevgi, ehtiros, burch, hayotdan ekzistensial ma'no qidirish, aristokratik elita hayotining naqadar bo'sh va bema'noligi va hokazo.
Tarixdagi eng buyuk romanlardan biri - shubhasiz!
5/40 ✅
"Ushbu film qandaydir g'ayrioddiy qahramonlik haqida emas. U shunchaki bir insonning o'z sayohatida davomida o'zgarishga duch kelishi haqida".
Janubiy Amerikani do'sti bilan aylanib chiqqan Ernesto har xil davlatlardagi oddiy aholi hayotini ko'radi, kuzatadi, ular haqida mulohaza qiladi, ularga yordam beradi va u o'z sayohatini butunlay boshqa odam sifatida yakunlaydi.
Tavsiya!
Repost from Politeconom_uz
15 миллиондан зиёд ўзбекистонликларнинг маълумотлари утечкаси рўй берибди, давлат базаларидан.
Мен ўзи бошиданоқ бизнинг бугунги хукумат одатий ховлиқмалик ва "саллани олиб кел деса, каллани олиб келиш" йўсинида бошлаган "оммавий цифровизация"га қарши бўлиб келганман. Бундай цифровизация аксарият ахоли манфаатига фақатгина социалистик жамиятда хизмат қилиши мумкин, капиталистик жамиятда (айниқса қолоқ капиталистик жамиятларда) бу шунчаки хар бир хатти-харакат назорат қилинувчи, хар қандай сиёсий оппозиция овози осон ўчирилувчи, одамлар манфаатига хизмат қилмайдиган солиқлар/божлар осонроқ ундирилувчи, турли реклама спами ва фирибгарлар ишини осонлаштирувчи "цифровой концлагерь"га айлантиради, холос.
Insoniyat sotsialistik dunyoni utopiya deb bildi, ammo bir guruh buzuq odamlarning barcha resurslarni qo‘lga kiritib, global pedofiliya tarmog'ini barpo etishini mutlaqo normal va inson tabiatiga mos deb hisobladi. Qanchalar fojiali!
Repost from Iqtisodchi Kundaligi
Ta'limni foyda manbasi etib ko'rishlari menga yoqmaydi. Ta'limni yoki ilmning foydasi o'sha - ilm. Ya'ni ta'limni asl mukofoti - ilm. Uni mukofoti pul yoki bir mansab deb qarab, o'qigan odam boy bo'ladi, o'qigan odam falon bo'ladi deb aytishlari doim yoqmay kelgan menga.
Bugun qiziq juma o'qib qoldim:
Ta’lim do‘stlikka o‘xshaydi: u yordam, taskin, kuch-quvvat, imtiyoz va muvaffaqiyat olib keladi. Do‘stlikning foydali ekani shubhasiz albatta.
Ammo odam hech qachon do‘stlikni u keltiradigan foyda uchun qadrlamasligi kerak. Do‘stlikka vosita sifatida qarash, do‘st bo‘la olish qobiliyatini yo‘qotish demakdir. Do'stingizni manfaat tarozisida o‘lchay boshlaganingiz zahoti u endi sizning do‘stingiz bo‘lmay qoladi.
Ta’lim ham xuddi shunday: ta’limning “foydasi” yoki mukofoti siz olib ketmaguningizcha saqlanib turadi.
So‘nggi paytlarda bir narsani tez-tez sezayapman: odamlar juda ko‘p savol beradi, lekin juda kam qaror qabul qiladi. Kimdandir so‘rash oson, tanlash esa og‘ir. Chunki tanlov — bu mas’uliyat. Mas’uliyat esa har doim ham yoqimli emas.
Maslahat so‘rashning o‘zi yomon emas. Muammo shundaki, ko‘pchilik maslahatni yo‘l ko‘rsatish uchun emas, balki javobgarlikni ko‘chirish uchun so‘raydi. Agar ish yurishib ketsa — “o‘zim qilgandim”, agar xato bo‘lsa — “falonchi shunday degandi”. Shuning uchun ham maslahatlar ko‘pincha bajarilmaydi: ular qarorni yengillashtirmaydi, faqat vijdonni tinchlantiradi.
Bugun imkoniyatlar haddan tashqari ko‘p. Kitoblar, kurslar, videolar, bepul darslar, sun’iy intellekt — hammasi bor. Lekin shunga qaramay, “qaysi birini tanlay?” degan savol odamni falaj qilib qo‘yadi. Tanlov ko‘paygani sari odam o‘z ichki ovoziga kamroq quloq soladigan bo‘lib qolgan. O‘z didini, o‘z ehtiyojini aniqlash o‘rniga, birovning ro‘yxatini kutadi.
Menimcha, muammo bilim yetishmasligida emas, izlanishga chidamsizlikda. Buni o'qituvchi sifatida o'quvchilarim holatida ko'p ko'rganman. Biror narsaga chin qiziqqan odam boshqadan so‘rashdan oldin kamida ozgina o‘zi urinib ko‘radi. O‘qiydi, xato qiladi, solishtiradi. Aynan shu jarayonda o‘ziga mos yo‘lni topadi. Tayyor javob esa insonni o‘stirmaydi — faqat vaqtincha qulaylik beradi.
Bu degani maslahat so'ramaslik kerak demoqchimasman. Hamma qatori men ham maslahat so‘rayman. Lekin bu “nima qilay?” degan savol emas. Bu — “Vaziyatni men ko‘rmagan tomoni bormi?” degan savol. Farqi juda katta. Chunki yakunda qarorni baribir o‘zim qabul qilaman. Natijasi yaxshi bo‘ladimi, yomon bo‘ladimi — u mening tanlovim bo‘ladi. Aynan shu his odamni tom ma'noda ulg'aytiradi desak ham bo'lar.
Shuni anglab yetgan paytdan boshlab, maslahat ham boshqacha qadrlanadi. Kitob ham, yo‘l ham, tanlov ham shaxsiy bo‘lib qoladi. Birov tavsiya qilgani uchun emas, o‘zing xohlaganing uchun qilingan ish foyda beradi.
Xulosa oddiy: hammamizga buyuk reja kerak emas. Katta sakrash ham shart emas. Faqat biroz mustaqil harakat yetarli. O‘ylab ko‘rish, izlab ko‘rish, adashib ko‘rish. Aynan shunda inson birovning maslahatiga muhtoj bo‘lmay qoladi — lekin berilgan maslahatni chinakam tushunadigan darajaga yetadi.
Kuzatyapsizlarmi bilmadimu-u, AQShda Epstein fayllari atrofidagi holat jinnixona bo'lyapti.
Dunyo bunga tayyormasmidi deb o'ylayapman...
Repost from Politeconom_uz
Мана бу иккита хабарга қараб, уларни боғлаб турувчи мантиқни топишга харакат қилиб кўринг.
Биринчи хабарда, аввал давлат бўйнида бўлиб, кейин хусусийлаштирилган соха (ЖКХ)нинг буткул коррупция ва носамарадорлик ботқоғига ботиб, ахолининг оммавий норозилик билдириши оқибатида соханинг қайта ДАВЛАТ НАЗОРАТИ остига олиниши хақида бўлса, иккинчи хабарда Газ сохасидаги самарадорсизликка ХУСУСИЙЛАШТИРИШ (яъни ХАЛҚ мулкини алохида буржуйларга топшириб қўйиш) орқали бархам бериш режалаштирилябди.
Мантиқни кўрябсизми бу ерда? Бир қарашда у йўқдек туюлиши мумкин. Лекин марксистик нуқтаи назардан қарасак (давлат — мамлакатдаги хукмдор синф қуроли эканини эсласак), уни аниқ кўра бошлаймиз. Хамма гап шундаки, хусусийлаштириш — бирон сохадаги самарадорсизликни бартараф этиш учун АМАЛГА ОШИРИЛМАЙДИ, балки:
а) Давлат бюрократларининг халқ олдидаги мажбурият ва масъулиятларининг бир қисмидан "озод бўлиши" (бирон муаммо чиқса, "ана, сизга хизмат кўрсатувчи фирмангизга боринг" деб футбол қила олиш учун)
б) Конкрет пулдор капиталистлар ва амалдорлар (кўпинча бу иккиси бир амалдорнинг ўзида акс этади) келишуви орқали иккови шахсий даромадга эришиши учун амалга оширилади. Давлат корхонасига келиб тушувчи пуллар бюджетга кетади, уларни туғридан-тўғри ўзлаштириш қийин ва ноқонуний. Нархлар оширилиши хам хукуматга нисбатан одамлар норозилигини кучайтиради. Соха хусусийлаштирилса эса, бюджетга кетувчи пуллар энди буткул қонуний равишда кимнингдир хусусий даромадига айланади, унинг бир қисмигина энди солиқ сифатида бюджетга келиб тушади. Нархларни 400% оширилиши хам одамлар норозилигининг бир қисмини хукуматдан хусусий корхоналарга кўчиради.
Одамларимиз "Хусусийлаштириш = қимматлашиш" қонуниятини миясига қўрғошиндек қуйиб олиб, бу жараёнга қарши кураша бошламас экан, бу ёғига хам сает/газ/сув/ер/тиббиёт/дори-дармон/таълим нархлари жадал ривишда ошиб бораверишига (сифат ошишисиз) тайёр бўлаверишсин.
Repost from Ajnabiy filmlar
"Matritsa" filmini diniy talqinlari bir nechta. Lekin ularning eng kuchlisi, Buddizm g'oyalari bilan o'xshashligi bo'lsa kerak.
🖥 Nega bundayligini esa quyidagi maqolada tushuntirishga harakat qilganman:
https://www.afisha.uz/uz/cinema/2026/01/29/neo-matrixP.S. Bu maqolada kamida oladigan narsangiz: Buddizmni bir qancha asosiy tushunchalarini "Matritsa" bilan uyg'unlashgan ta'riflari.
+1
#mutolaa
Che Gevaraning "Motosikl kundaligi" kitobidan so'ng, qiziqqanimdan undan keyingi sayohatlar kundaligini ham o'qidim.
Birinchi sayohatdan keyin, universitetni bitirib, endi doktor sifatida Lotin Amerikasi bo'yicha 2-martta sayohatga chiqadi. Ammo, bu safargi sayohat maqsadi boshqacharoq edi.
Birinchi sayohat u yosh, qiziqqon, kuzatuvchi bo'lgan bo'lsa, ikkinchi sayohat uni siyosiy qarashlari mustahkamlanishiga olib kelgan. Ayniqsa 1954-yilgi Guatemaladagi AQSh uyushtirgan davlat to'ntarishiga o'z ko'zlari bilan guvoh bo'lgan va bu barcha hodisalar uning siyosiy "ko'zini" yanada ochgan.
Sayohat oxiriga kelib, u deyarli butunlay inqilobchi bo'lishga va butun Lotin Amerikasini imperializm balosidan qutqarishga ahd qiladi.
Tarix va siyosatga qiziqadiganlarga tavsiya qilaman.
Qizlarni asosan ona rolida ko'rishlari, uning qadrini shunga bog'lashlari juda ham noto'g'ri tuyuladi menga.
Repost from Islom Nurmurod | Philosopher
Universitetga boraman va auditoriyalarda o‘g‘il bolalarga qaraganda qizlar ko‘pligiga guvoh bo‘laman. (Ayrim tabiiy fan yo‘nalishlarida esa guruhning taxminan 90–95 foizini qizlar tashkil qiladi.) Kutubxonaga kiraman, yana o‘sha manzara. Kitob do‘konlariga qarayman, nisbat deyarli o‘zgarmagan. Bular statistik ma’lumotlar emas, balki shaxsiy kuzatuvlarim. Lekin aynan shunday kuzatuvlar ko‘pincha muhim savollarni tug‘diradi.
Xo‘sh, yigitlar qayerda? Ular nima bilan band?
Nazarimda, ularning katta qismi bugun ilm bilan emas, tirikchilik bilan band. Ishlayapti, pul topyapti. Ba’zilari chet elga migratsiya qilgan, ba’zilari esa shu yerda qanday bo‘lmasin ko‘proq daromad qilish ilinjida. Universitetlarga o‘g‘il bolalar avvalgidek ko‘p topshirmayapti. Bakalavrni aytmay qo‘ya qolaylik, magistraturada ayniqsa bu tafovut yaqqol seziladi, ayrim yo‘nalishlarda qizlar taxminan 80–85 foizni tashkil qiladi.
Bu holat nimadan dalolat?
Bu shunchaki “yigitlar ilmga qiziqmayapti” degan sodda xulosa emas. Bu - pragmatizmning keskin kuchayganidan dalolat. Ko‘pchilik yigitlar bir narsani tushunib yetdi: agar aniq kasb, aniq yo‘l bo‘lmasa, faqat diplom uchun 4 yil vaqt sarflashning iqtisodiy foydasi kam. Shuning uchun ular tezroq pul topish yo‘lini tanlaydi. Mashina, uy, to‘y, moddiy barqarorlik - bular ustuvor maqsadga aylanadi. Chunki jamiyatning o‘zi ularga shuni singdirgan: “avval pul, keyin hammasi”.
Ayni paytda bir achchiq haqiqat ham bor. Ko‘plab qizlar insonning o‘zini emas, balki u taqdim etadigan komfortni tanlaydi. Natijada yigitlar o‘zini rivojlantirishga emas, tezroq “tayyor bo‘lishga” majburdek his qiladi. Bu esa ilmni sekin-asta chetga surib qo’yishga olib keladigan asosiy omil.
To‘g‘ri, hammada ham ilm olishga bir xil qiziqish va salohiyat bo‘lmaydi. Bu tabiiy. Lekin qiziqishi bor-u, moddiyat sabab o’qishini tashlab ketayotgan yigitlarga bitta gap: o‘qishni tashlamang. Ha, balki tengdoshlaringizga qaraganda kechroq mashina olarsiz, kechroq uy sotib olarsiz, kechroq uylanishingiz ham mumkin. Lekin vaqtdan yutaman, pul ishlayman deb ilmni qurbon qilganingiz uchun, vaqti kelib o‘sha vaqtingizni sog‘inasiz. (O’zimni boshimdan o’tgan.)
Chet elda 5 yil ishlaysiz. Yaxshi. 10 yil ham ishlarsiz. Lekin bir kuni o‘zingizga yoqmagan, ichingizni to‘ldirmaydigan ishlardan charchaysiz. Va aynan o‘sha paytda savol tug‘iladi: “Men aslida kim bo‘lishim mumkin edi?”
Endi yana bir muhim nuqtaga qaytamiz. Qizlarning ta’limda ko‘pligi - bu muammo emas. Aksincha, bu jamiyat uchun katta yutuq, aslida. Chunki mana shu qizlar ertaga ona bo‘ladi, farzand tarbiyalaydi, jamiyatning intellektual va axloqiy poydevorini shakllantiradi. Bilimli ona - bu kelajakdagi ongli jamiyat degani.
Lekin shu bilan birga, yigitlar ham faqat pragmatizm g‘ildiragiga butun tanasi bilan kirib ketmasligi kerak. Hayot faqat tez pul topishdan iborat emas. Ilm - bu kechroq natija beradigan, lekin chuqur ildiz otadigan investitsiya. Pul topish mumkin. Lekin yo‘qotilgan intellektual imkoniyatlarni keyinchalik qayta tiklash juda qiyin.
Muammo shundaki, bugun ko‘pchilik tezlikni tanlayapti, ma’lum bir yo‘lni emas. Natijada jamiyatda muvozanat buzilmoqda: ta’limda asosan ayollar, iqtisod esa erkaklashib boryapti. Bu esa uzoq muddatda qanday oqibatlarga olib kelishini endi sotsiologlar tahlil qilib berishi kerak.
@islom_nurmurod
Fikrimcha, turmushning sinovi ehtirosda emas, balki charchoqdadir. Ikkala inson ham holdan toygan, qo‘rqqan va o‘ziga ishonchi yo‘q paytda ham kim mehribon bo‘lib qola oladi — mana asl sinov.
