en
Feedback
Yo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov

Yo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov

Open in Telegram

💬 Shaxsiy fikrlar va qarashlar 📚 Kitob tahlili 🎬 Kino taqriz Murojaat uchun: @javokhir_makhkamov

Show more
425
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-1830 days

Data loading in progress...

Attracting Subscribers
September '26
September '26
+5
in 0 channels
August '26
+11
in 0 channels
Get PRO
July '26
+21
in 0 channels
Get PRO
June '26
+15
in 1 channels
Get PRO
May '26
+37
in 2 channels
Get PRO
April '26
+56
in 6 channels
Get PRO
March '26
+25
in 0 channels
Get PRO
February '26
+22
in 2 channels
Get PRO
January '26
+25
in 2 channels
Get PRO
December '25
+41
in 1 channels
Get PRO
November '25
+27
in 1 channels
Get PRO
October '25
+32
in 3 channels
Get PRO
September '25
+34
in 0 channels
Get PRO
August '25
+35
in 1 channels
Get PRO
July '25
+39
in 3 channels
Get PRO
June '25
+48
in 0 channels
Get PRO
May '25
+38
in 3 channels
Get PRO
April '25
+43
in 1 channels
Get PRO
March '25
+59
in 1 channels
Get PRO
February '25
+48
in 2 channels
Get PRO
January '25
+85
in 5 channels
Get PRO
December '24
+19
in 0 channels
Get PRO
November '24
+41
in 2 channels
Get PRO
October '24
+42
in 0 channels
Get PRO
September '24
+45
in 1 channels
Get PRO
August '24
+54
in 0 channels
Get PRO
July '240
in 0 channels
Get PRO
June '24
+31
in 0 channels
Get PRO
May '240
in 0 channels
Get PRO
April '24
+56
in 0 channels
Get PRO
March '240
in 0 channels
Get PRO
February '240
in 0 channels
Get PRO
January '24
+78
in 3 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
08 September0
07 September+1
06 September0
05 September0
04 September0
03 September+4
02 September0
01 September0
Channel Posts
Repost from Bek Olimjon
Homeschoolingdan bir dars Yarim soat vaqt oldi chamamda. Qizim o'lchash uchun metr so'radi. Berdim. Keyin pastga tushsam ilmi
Homeschoolingdan bir dars Yarim soat vaqt oldi chamamda. Qizim o'lchash uchun metr so'radi. Berdim. Keyin pastga tushsam ilmiy tadqiqot qilyapti ekan (onasi bilan). Yaqinroqdan kuzatdim ************** Tadqiqot savoli quyidagicha: A4 qog'ozdan yasalgan samolyot uzoqroq uchadimi yoki A5 yoki A6 qog'ozdan yasalgani? Gipoteza: qizim: "A6 dan yasalgani uzoqroq uchadi. Sababi u eng yengili bo'ladi, havo qarshiligi eng kam bo'ladi va havodan tez o'ta oladi." deb yozdi. Tadqiqot usuli: - 3 ta samolyot yasash (A4, A5 va A6) - har birini 3 martadan otish - uzoqlik masofani o'lchash - natijalarni yozish - har biri uchun o'rtachasini hisoblash Natija: O'rtachasini olganda eng uzoqqa A5 samolyot uchdi. Undan keyin A4, undan keyin A6 samolyot. Eng yengili eng qisqa masofaga uchdi. Nega bunday bo'ldi?: balki A5 juda og'ir emas edi, balki uning uchi uchliroq edi. Natijaga ta'sir etishi mumkin bo'lgan omillar (error sources): Otish kuchidagi farq. Agar mashina otganida bu xato yo'qolgan bo'lar edi. Xulosa: Samolyot uzoqqa uchishida uning vazni eng muhim omil emas. Dastlabki gipotezamiz xato ekan. *************** Men qilgan PhD ilmiy tadqiqot ishlari strukturasi ham shunday edi. Savol -> Gipoteza -> Test -> Natija -> Xulosa 😊 Bek Olimjon 04.09.26 Norvegiya

2
Odamlarni kambag‘al qiladigan uch narsa Yaqinda bir chala guruning videosini ko'rib qoldim. Nima emish, odamlarni kambag‘al qiladigan narsalar uchta ekan asosan: ta'sirchanlilik, mag‘rurlik va o‘jarlik. Go‘yo kambag‘allikning sababi insonning xarakterida yashiringandek. Ammo bu ro‘yxatda bir nechta muhim bandlar tushib qolgan. Birinchisi — qarzga asoslangan global iqtisodiy tizim. Zamonaviy iqtisodiyot shunday ishlaydiki, boylik ko‘pincha mehnat qilayotganlardan kapitalga ega bo‘lganlarga tomon oqadi. Inflyatsiya pulning qiymatini pasaytiradi va shu bilan mehnat evaziga olinadigan daromadning real qiymatini yemiradi. Ayni paytda uy-joy, yer, aksiyalar va boshqa aktivlar qiymati pulga nisbatan oshib borishi mumkin. Natijada kapitalga egalik qiluvchi qatlamning boyligi yanada mustahkamlanadi. Shunga qaramay, bizga doim bir xil maslahat beriladi: “O‘zingni o‘zing oyoqqa turg‘iz. Ko‘proq ishlagin. Moliyaviy savodxon bo‘l. Boyib ket!” Albatta, shaxsiy mas’uliyat muhim. Lekin butun jamiyatga ta’sir qilayotgan tizimli muammolarni faqat alohida insonning yelkasiga yuklash — odamlar jamoaviy ravishda ezilayotgan tizimda ulardan yakka holda g‘alaba qozonishni talab qilish bilan barobar. Internetdagi “tez boyib ketish” kurslari esa ko‘pincha odamlarning e’tiborini muammoning ildizidan chalg‘itadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiyotni hisobga olmay turib moliyani o‘rgatish — quyosh borligini tan olmay turib kunduzgi yorug‘lik haqida dars berishga o‘xshaydi. Ikkinchi omil — ayollarni ezish va ularning imkoniyatlarini cheklash. Jamiyatda ayollarning ta’lim olishi, ishlashi, iqtisodiy qarorlar qabul qilishi va ijtimoiy jihatdan yuqorilashi qanchalik erkin bo‘lsa, o‘sha jamiyatning iqtisodiy salohiyati ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Aksincha, ayollarning imkoniyatlarini cheklash — aholining deyarli yarmining salohiyatini behuda sarflash demakdir. Zo‘ravonlik masalasi ham bundan mustasno emas. Qo‘rquv, zo‘ravonlik va ruhiy jarohatga duchor bo‘lgan insondan maksimal mehnat unumdorligini kutish, ochig‘i, juda “aqlli” strategiya emas. Ayollarni jamiyatda “o‘z joyida ushlab turish” uchun ularning imkoniyatlarini kesib tashlash aslida jamiyatning ikki oyog‘idan birini kesib tashlashi bilan barobar. Bir oyog‘ingni ataylab sindirib olib, keyin nega yugura olmayotganingga hayron bo‘lish — unchalik zo‘r strategiya emas, azizlar. Uchinchi omil esa eng paradoksalidir: kambag‘allikning sabablaridan biri — boylikning o‘zi. Tabiiy resurslarga boy mamlakat kambag‘al bo‘lishi mumkinmi? Albatta. Neft, litiy, kobalt, koltan va noyob yer metallari kabi resurslarga ega bo‘lish avtomatik ravishda xalq farovonligini ta’minlamaydi. Aksincha, bunday resurslar yirik davlatlar va korporatsiyalar uchun nihoyatda qimmatli bo‘lsa, ularni nazorat qilish uchun kurash boshlanadi. Tarixan bu jarayon Yevropa mustamlakachiligi bilan boshlangan, keyinchalik iqtisodiy va siyosiy jihatdan kuchaygan davlatlar, xususan, AQSh boshchiligidagi tizimlar tomonidan davom ettirilgan. Kuchli davlatlar resurslarga muhtoj bo‘lganida, resurs egasi bo‘lgan zaif mamlakatlarning manfaatlari har doim ham birinchi o‘rinda turmaydi. Eng achinarlisi shundaki, resurslarni qazib olishdan keladigan boylik ko‘pincha o‘sha resurslar joylashgan hududlarda yashovchi odamlarga teng taqsimlanmaydi. Ular o‘z yerining boyligini ko‘rib turib, undan kambag‘al bo‘lib qolishi mumkin. Bu jarayon ko‘pincha beqarorlik, zo‘ravonlik va ijtimoiy himoyaning zaiflashuvi bilan birga kechadi. Bunday sharoitda esa eng himoyasiz qatlamlar — ayollar va bolalar — yanada ko‘proq zarar ko‘radi. Shunday qilib, uchala omil bir-biri bilan bog‘lanadi: iqtisodiy tizim boylikni yuqoriga to‘playdi, ayollarning imkoniyatlarini cheklash jamiyatning salohiyatini kamaytiradi, tabiiy resurslar esa boylik yaratgan holda uning egalarini kambag‘al qoldirishi mumkin. Demak, kambag‘allikni faqat “yetarlicha harakat qilmaganing uchun kambag‘alsan” degan oddiy formula bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Insonning shaxsiy tanlovlari muhim, lekin u tanlovlar amalga oshiriladigan iqtisodiy, siyosiy va tarixiy tizim undan ham muhimroq bo‘lishi mumkin. Eng katta paradoks esa shundaki: dunyodagi eng katta boyliklar ba’zan dunyodagi eng katta kambag‘allikning manbaiga aylanadi. Muammo boylikning mavjudligida emas. Muammo — u kimning qo‘lida to‘planayotgani, kim tomonidan yaratilayotgani va undan kim foyda ko‘rayotganida.
212
3
Ijtimoiy selektivlik nima? Ijtimoiy selektivlik (inglizcha social selectivity) — shaxsning ijtimoiy aloqalarning soni, yaqinligi va kimlar bilan munosabat o‘rnatishini tanlab tashkil qilishi, ya’ni barcha odamlar bilan bir xil darajada aloqa qilish o‘rniga, ayrim insonlar bilan yaqinroq munosabatni afzal ko‘rishidir. Muhim jihati shundaki, ijtimoiy selektivlikning o‘zi na ijobiy, na salbiy shaxs xususiyati. Uning sababi va qanday namoyon bo‘lishiga qarab, u mutlaqo turlicha mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, tasavvur qilaylik, besh do‘st piknikka chiqmoqchi. Ulardan biri: «Boshqa odamni chaqirmaylik, o‘zimiz erkinroq o‘tiramiz», deydi. Bu xatti-harakatning o‘zi hali hech narsani aniqlamaydi. U odam: 1. Yaqin munosabatlarni afzal ko‘rishi mumkin. «Men notanish odamlar bilan bo‘lgandan ko‘ra, yaqin do‘stlarim bilan o‘zimni qulayroq his qilaman.» Bu ijtimoiy selektivlik. 2. Ko‘p odam bilan muloqotdan charchashi mumkin. «Ko‘pchilik bo‘lsa, o‘zimni noqulay his qilaman.» Bu holda introversiya bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoli bor. 3. Boshqa odamni o‘zidan past deb hisoblashi mumkin. «U bizning darajamizdagi odam emas.» Bu esa ijtimoiy selektivlikning o‘zidan ko‘ra ijtimoiy ustunlik hissi, snobizm yoki kibr bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ijtimoiy selektivlik — xatti-harakat, uning ortidagi motiv esa boshqa psixologik xususiyat bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy selektivlik introversiyadan nimasi bilan farq qiladi? Introversiya — nisbatan barqaror temperament/shaxs xususiyati bo‘lib, odamning ijtimoiy stimulyatsiya va yolg‘izlikka bo‘lgan afzalliklari bilan bog‘liq. Ijtimoiy selektivlik esa odamning kim bilan, qanchalik yaqin va qanday shaklda munosabat qilishni tanlashini bildiradi. Nima uchun odamlar ijtimoiy jihatdan selektiv bo‘ladi? Buning sabablari juda ko‘p. Birinchisi — yaqinlik. Odam ko‘pincha katta tanishlar tarmog‘idan ko‘ra, kam sonli, ammo chuqur munosabatlarni afzal ko‘radi. Ikkinchisi — ishonch. Ishonch shakllanishi vaqt talab qiladi. Shu sababli odam o‘zining shaxsiy fikrlari, zaif tomonlari yoki sirlarini faqat ayrim insonlar bilan bo‘lishishi mumkin. Uchinchisi — o‘zaro moslik. Qiziqishlar, qadriyatlar, hazilni tushunish, dunyoqarash yoki xarakterdagi o‘xshashlik odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. To‘rtinchisi — psixologik qulaylik. Ayrim odamlar yonida inson o‘zini «rol o‘ynamasdan» tutishi mumkin. Bu ayniqsa yaqin do‘stliklarda muhim. Beshinchisi — resurslarni tejash. Ijtimoiy munosabat vaqt, e'tibor va emotsional energiya talab qiladi. Shuning uchun inson barcha odamlar bilan bir xil darajada munosabat qilishga intilmaydi. Oltinchisi — avvalgi tajriba. Odam ilgari xiyonat, rad etilish, manipulyatsiya yoki boshqa salbiy tajribaga ega bo‘lgan bo‘lsa, keyingi munosabatlarda ehtiyotkorroq va selektivroq bo‘lishi mumkin. Selektivlik — odamni rad etishning o‘zi emas, tanlov mezonining mavjudligidir. Masalan, kimdir 100 ta tanishining ichidan 5 nafarini eng yaqin do‘sti sifatida tanlashi juda tabiiy. Bu boshqa 95 kishini yomon ko‘radi degani emas. Shuning uchun sog‘lom ijtimoiy selektivlikni quyidagicha ifodalash mumkin: «Men hamma bilan yaxshi munosabatda bo‘lishim mumkin, lekin hamma bilan bir xil darajada yaqin bo‘lishim shart emas.» @filtrsiz_psixologiya
171
4
Mustaqillikni nishonlashga arziydi — nafaqat bir erkin davlatning dunyoga kelishi sifatida, balki hech bir xalq boshqa bir xalq hukmronligi ostida yashamasligi kerakligini eslatuvchi kun sifatida. Ammo siyosiy erkinlik hech qachon masalaning butun mohiyatini qamrab olmaydi/ololmaydi. Bu erkinlikdan qanday foydalanishimiz, uning insonlarga qadr-qimmat, tenglik va yaxshiroq hayot olib kelishi — har bir avlod oldida turgan eng muhim masaladir. Mustaqillik qog‘ozdagi suverenitetdan ko‘ra kengroq ma’noga ega bo‘lishiga tilakdoshman. U xalq hayotida ham o‘zining haqiqiy ifodasini topsin! Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
338
5
Şu kunlarda dolzarb bölgan taksist va blogerlar mojarosiga yondashuvda va umuman qonunçilikda şu qoidaga amal qilinadi
Şu kunlarda dolzarb bölgan taksist va blogerlar mojarosiga yondashuvda va umuman qonunçilikda şu qoidaga amal qilinadi
326
6
84 ga kirib, hali ham mehmonni ideal kutish hayotining eng muhim rituali deb hisoblaydigan buvam kulib qo'ydi :) Umumlashtirish qiyinov.
365
7
Sevgi tarbiyaviy kuchdir, lekin unga erishish qiyin, mehnat talab qiladi. Chunki ma'lum bir lahzaga emas, oxirigacha sevish kerak. Har bir inson vaqtinchalik muhabbatni his qilishi mumkin, hatto kichik jinoyatchi ham. "Aka-uka Karamazovlar" @dostoyevskiydan_qaydlar
362
8
Kim Shanba oqshomini maroqli o'tkazmoqchi bo'lsa - manzil: Mellio! O'zim ham o'sha yerda bo'laman. Spider Man ko'rmaganlar, kelorilar
560
9
🎬 MOVIE NIGHT AT MELLIO 🕷 SPIDER-MAN: BRAND NEW DAY 🕸 Ready to spend your evening with your favorite hero? 🕸 🥤 Big scree
🎬 MOVIE NIGHT AT MELLIO 🕷 SPIDER-MAN: BRAND NEW DAY 🕸 Ready to spend your evening with your favorite hero? 🕸 🥤 Big screen, cozy atmosphere, and a FREE DRINK waiting for you. BUY A TICKET 📍 Mellio Cafe next to Najot Talim 🗓 22 AUGUST · 19:00 🎟 70,000 SUM 🇬🇧 The movie will be in English.
492
10
#mutolaa Yelena: G‘oyat olisdaman, ham yaqindaman Sening yoningdaman, bunda, bundaman. Faust: Hayajondan nafas olurman bazo'r
#mutolaa Yelena: G‘oyat olisdaman, ham yaqindaman Sening yoningdaman, bunda, bundaman. Faust: Hayajondan nafas olurman bazo'r Tushmi bu yoki o'ng? O, qanday huzur! Yelena: Hayotim so‘ngida qayta tug'ildim, Sening muhabbating ila yo‘g‘rildim. Faust: Ne naf, muhabbatdan ko‘p qilma‐yu arz, Bir dam bo‘lsin — yasha. Yashamoq — bu farz. Gyote " Faust ". @eski_z
531
11
No text...
446
12
Kutilmagan javob
Kutilmagan javob
472
13
Ya'ni, Siz boshqa odamni o‘z fikrini o‘zgartirishga majburlay olmaysiz. Uni shunchalik qattiq bosim ostida qoldirib, oxir-oqibat siz bilan bir xil fikrga kelishiga erishishning iloji yo‘q. Bu deyarli hech qachon ishlamaydi. Buning o‘rniga, siz odamga uning noto‘g‘ri tushunchalari, xato qarashlarini tahlil qilishda yordam berishingiz mumkin. Maqsad — uni o‘zingizning fikringizga majburan ishontirish emas, balki mustaqil fikrlashi va ongli qaror qabul qilishi uchun imkon yaratish. Chunki odamning qarori sifatsiz ma’lumot, noto‘g‘ri tushunchalar yoki propaganda ta’sirida shakllangan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun unga tayyor javob berishdan ko‘ra, savollar berish juda muhim.
543
14
Odamlarni fikrini o‘zgartirishga majburlashga urinmang. Ularga o‘z xato qarashlarini ko‘rib chiqish va mustaqil fikrlashga yordam bering.
453
15
MEN KIMNIDIR KUTAMAN MAHZUN, Men kimgadir yig‘lamog‘im shart, Tanholik-la turibman o‘zim, Mening bilan birgina zulmat. Yiroqlarda ingranar List ham, Qulog‘imga bo‘zlaydi Furqat. Huzurimga chiqmas bir odam, Men baribir kutgayman faqat. O‘ksib-o‘ksib axtaraman nur, Qorong‘uda bo‘lgayman ado. Qo‘ng‘iroqlar jarangi kelur, Qanday mash’um bu go‘zal sado. Shilliqurtday to‘lg‘anar ariq, Suyanaman badburush tolga, Osmon yuzi shundayin sariq, Sovuqlikni qaylardan olgan? Kular-da va qalqib borar oy, Kimni aldab, balqib borar oy – Tevarakda kecha qorasoch. Men kutgayman, eltmas uyqu, Men kimgadir yig‘lamog‘im shart. Ayting, nechun tashlab ketdi u, Nechun tashlab ketdi muhabbat? Tugab borar tun yanglig‘ toqat, Saharlarga bergayman hisob. Qayga ketdi, qayga muhabbat? Yuragimda muqaddas azob. Rauf Parfi, 1965
493
16
Insonning eng katta illyuziyalaridan biri - hayotni, yoki istalgan bir narsani tushunganiga ishonish. Bir nechta kitob. Bir nechta nazariya. Biroz tajriba. Shu kifoya. Odam hayotning algoritmini topgandek boshqalarga uni tushuntira boshlaydi. Algoritm qisman bordirkuya. Hamma narsada qonuniyatlar bordir. Ammo xaosning o'rni kattaroq. Hayotni bir necha formulaga, psixologik modelga yoki falsafiy qarashga sig'dirishga urinish - murakkablikni soddalashtirish xolos. Shuning uchun hayotni eng ko'p tushuntiradiganlar meni ishontira olmaydi. Aksincha, hayotning murakkabligini tan oladiganlar ko'proq ishonch uyg'otadi. Hayotni tushunish va hayotni tushundim deb ishonish - bir-biridan butunlay boshqa narsalar. @Qudrat
483
17
Eshitgan qo'shiqlarim orasida eng ma'noli matnga ega qo'shiq shu, manimcha! Har bir satrini alohida tahlil qilib, fikrlab ko'rishga arziydi. Qo'shiq she'ri juda falsafiy va hayotning o'zgaruvchanligi, inson tabiati, muhabbat, do'stlik va taqdir haqida chuqur mulohaza yuritadi.
500
18
Ishonaman, aytganlaring samimiy bari Lekin, birdek tutolmaymiz mayli rag′batni Ehtirosning mahsulidir ahd ila paymon Ammo o'sha olov bir kun so′nar begumon Butoqdagi meva rosa pishgandan keyin Bir kun yerga shart uzilib tushmog'i tayin Yashash uchun qasamlarni unutish lozim Qasamlarki shosha-pisha ichamiz doim Yolg'iz bitta rag′bat uchun yashamaymiz bas! Almashinib turar bizda ishtiyoq, havas Alvon-alvon sur′atida sevinch va qayg'u Bir-birini sovuradi, suradi yog′u Sevinch degan ko'rinadi qayg′uga xira Qayg'uning ham sevinch bilan ishi yo′q sira Hamma narsa muvoqiddir, foniydur hayhot Qaydan ketsa muhabbatning umriga sabot Kim kimniki, buni hali yechmoq kerakdir Taqdirni ishq yuritarmi yo ishqni taqdir Yiqilganda do'stlaring ham yuzin o'girar Yuksalganda dushmanlaring do′st bo′lib turar Xo'sh, nimadir ataymi yo tasodifmi bu? Kimki do′stdan bezor bo'lsa, uning do′sti mo'l Do′stga muhtoj bo'lib do'stni o′ylagan odam Oxir dushman qilib qo′yar yolg'iz do′stni ham Boshlagandim, o'sha gapga qaytaman yana Dunyo degan tuganmas bir tasodifxona Kerak paytda bizning izmu-ixtiyorda bas Orzu qilar, istak qilar, mahsuli qolmas Siz ikkinchi er qilishdan etsangiz xazar To birinchi bevalikka yetgunga qadar Taqdir shartlarga berolmay bardosh Tashlab ketdi mana yosh bir qalam-qosh Bir deganda ketdi ham do′st ham sirdosh O'ylab ko′r sababi nima? Maosh.
489
19
radius-21-monolog.mp3
377
20
Dushanba haqida qisqacha @kinoekrani
Dushanba haqida qisqacha @kinoekrani
427