Adolat SDP Farg'ona viloyati Kengashi (RASMIY KANAL)
رفتن به کانال در Telegram
🇺🇿 “Адолат” СДП Фарғона вилояти кенгашининг телеграмдаги расмий саҳифаси 🏛️ Фарғона шаҳри, Мураббийлар кўчаси, 2-уй. Мўлжал: Фарғона шаҳар давлат хизматлари маркази 📞 Боғланиш учун: +99894-812-06-36 +99891-651-40-12 +99873-244-61-44
نمایش بیشتر314
مشترکین
-924 ساعت
-237 روز
-7930 روز
در حال بارگیری داده...
کانالهای مشابه
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
اکتبر '26اکتبر '26
اکتبر '260
در 3 کانالها
سپتامبر '26
+2
در 3 کانالها
Get PRO
اوت '26
+10 362
در 7 کانالها
Get PRO
ژوئیه '26
+1
در 1 کانالها
Get PRO
ژوئن '26
+7
در 5 کانالها
Get PRO
مه '26
+9 980
در 1 کانالها
Get PRO
آوریل '26
+9
در 4 کانالها
Get PRO
مارس '26
+7
در 2 کانالها
Get PRO
فوریه '26
+6
در 5 کانالها
Get PRO
ژانویه '26
+5
در 3 کانالها
Get PRO
دسامبر '25
+11
در 7 کانالها
Get PRO
نوامبر '25
+4
در 3 کانالها
Get PRO
اکتبر '25
+42
در 7 کانالها
Get PRO
سپتامبر '25
+346
در 2 کانالها
Get PRO
اوت '25
+4
در 5 کانالها
Get PRO
ژوئیه '25
+11
در 2 کانالها
Get PRO
ژوئن '25
+22
در 5 کانالها
Get PRO
مه '25
+24
در 6 کانالها
Get PRO
آوریل '25
+10
در 4 کانالها
Get PRO
مارس '25
+5
در 3 کانالها
Get PRO
فوریه '25
+4
در 5 کانالها
Get PRO
ژانویه '25
+5
در 4 کانالها
Get PRO
دسامبر '240
در 2 کانالها
Get PRO
نوامبر '240
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '24
+20
در 4 کانالها
Get PRO
سپتامبر '24
+7
در 5 کانالها
Get PRO
اوت '24
+3
در 2 کانالها
Get PRO
ژوئیه '24
+3
در 3 کانالها
Get PRO
ژوئن '24
+15 940
در 1 کانالها
Get PRO
مه '24
+8
در 5 کانالها
Get PRO
آوریل '24
+1 014
در 4 کانالها
Get PRO
مارس '24
+7
در 4 کانالها
Get PRO
فوریه '24
+2 037
در 1 کانالها
Get PRO
ژانویه '24
+23
در 1 کانالها
Get PRO
دسامبر '23
+2
در 6 کانالها
Get PRO
نوامبر '23
+6
در 5 کانالها
Get PRO
اکتبر '23
+289
در 3 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 14 اکتبر | 0 | |||
| 13 اکتبر | 0 | |||
| 12 اکتبر | 0 | |||
| 11 اکتبر | 0 | |||
| 10 اکتبر | 0 | |||
| 09 اکتبر | 0 | |||
| 08 اکتبر | 0 | |||
| 07 اکتبر | 0 | |||
| 06 اکتبر | 0 | |||
| 05 اکتبر | 0 | |||
| 04 اکتبر | 0 | |||
| 03 اکتبر | 0 | |||
| 02 اکتبر | 0 | |||
| 01 اکتبر | 0 |
پستهای کانال
Repost from Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
🏢XALQARO HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI
Bugun O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi va tashabbuskorligi parlamentlararo hamkorlikda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Xususan, Tanzaniyaning Arusha shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning 153-assambleyasi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tinchlik va barqaror taraqqiyot masalalarini muhokama qilishga qaratilgan muhim maydon bo‘ldi.🚨 BATAFSIL 🏢 Veb-sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook| 📱 YouTube | 📱 Instagram| 📱 X | 🔄 ParlamentTV_RADIO | ◽️ Yoshlar parlamenti
| 2 | ❇️IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
«Adolat» SDPdan Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I. Fayzullayev «Sobir Abdulla» mahallasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini o‘rganish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish davomida Yangi dehqon ko‘chasi, 10-B-uyda yashovchi Y. Komilov xonadonida bo‘lib, uning ijtimoiy ehtiyojlari va mavjud muammolari bilan tanishildi.
Muloqot chog‘ida fuqaro son protezi bilan ta’minlangani, biroq undan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan ijtimoiy xodimga fuqaroni Farg‘ona shahridagi reabilitatsiya markaziga yo‘llash uchun zarur yo‘llanmani rasmiylashtirish masalasini hal etish bo‘yicha tegishli topshiriq berildi va nazoratga olindi. | 12 |
| 3 | ❇️IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
«Adolat» SDPdan Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I. Fayzullayev «Sobir Abdulla» mahallasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini o‘rganish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish davomida Yangi dehqon ko‘chasi, 10-B-uyda yashovchi Y. Komilov xonadonida bo‘lib, uning ijtimoiy ehtiyojlari va mavjud muammolari bilan tanishildi.
Muloqot chog‘ida fuqaro son protezi bilan ta’minlangani, biroq undan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan ijtimoiy xodimga fuqaroni Farg‘ona shahridagi reabilitatsiya markaziga yo‘llash uchun zarur yo‘llanmani rasmiylashtirish masalasini hal etish bo‘yicha tegishli topshiriq berildi va nazoratga olindi. | 52 |
| 4 | HAR BIR YOSHNING KELAJAGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
«Adolat» SDP vakillari Istiqlol mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandilar.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G. Sobirova, Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi M. Mahmudov hamda «Adolat» SDP tuman Kengashi raisi G‘. Yo‘ldoshev ishtirokida mahallada yoshlar bilan ishlash samaradorligi 24 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha tahlil qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Istiqlol mahallasida 1 159 nafar yosh istiqomat qiladi. Yoshlar yetakchisi O. Mo‘ydinov ko‘magida 78 nafar ishsiz yoshning bandligi ta’minlangan, 2 nafar yoshga tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit ajratilgan. Joriy yilda esa 25 nafar yosh oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan.
O‘rganish davomida erishilgan natijalar bilan bir qatorda, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarga amaliy yechim topish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. | 53 |
| 5 | ❇️TA’LIM MUASSASALARI SHAROITI VA MUAMMOLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati R. Yakubjonov tashabbusi bilan Dang‘ara tumanidagi ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va mavjud shart-sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganishda tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi I. Ergashev hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A. Sodiqov ishtirok etdi.
O‘rganish davomida 26-sonli umumta’lim maktabida jiddiy muammo aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, «Agro Rishton ta’mir servis» MCHJ tomonidan joriy yil iyul oyidan buyon maktab hududidagi maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmagan.
Ushbu holat yuzasidan soha mas’ullari bilan muhokama o‘tkazilib, muammoni bartaraf etish, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqib ketish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
«Adolat» SDP deputatlari ta’lim muassasalarida nazorat ishlarini davom ettiradi. | 23 |
| 6 | TA’LIM MUASSASALARI SHAROITI VA MUAMMOLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati R. Yakubjonov tashabbusi bilan Dang‘ara tumanidagi ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va mavjud shart-sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganishda tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi I. Ergashev hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A. Sodiqov ishtirok etdi.
O‘rganish davomida 26-sonli umumta’lim maktabida jiddiy muammo aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, «Agro Rishton ta’mir servis» MCHJ tomonidan joriy yil iyul oyidan buyon maktab hududidagi maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmagan.
Ushbu holat yuzasidan soha mas’ullari bilan muhokama o‘tkazilib, muammoni bartaraf etish, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqib ketish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
«Adolat» SDP deputatlari ta’lim muassasalarida nazorat ishlarini davom ettiradi. | 1 |
| 7 | ❇️MAHSULOT SIFATI VA NARHLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
«Adolat» SDPdan Xalq deputatlari Uchko‘prik tuman Kengashi deputati Lazizjon To‘ranov «Yangi bog‘» MFY hududidagi savdo shoxobchalarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Jumladan, Dilfuza Davronovaga tegishli oziq-ovqat do‘konida aholi uchun zarur mahsulotlar mavjudligi, go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari sifati, narxlarning mutanosibligi hamda savdo madaniyatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahsulotlarni saqlash sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi va xaridorlar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, narxlar barqarorligini qo‘llab-quvvatlash hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishdir.
«Adolat» — xalq manfaati va farovon hayot uchun! | 21 |
| 8 | 🟦🟦🟦
🎖Бағдодда партиямиз фидойиси тақдирланди
"Адолат" СДП Сиёсий Кенгаши раиси ўринбосари Ислом Ҳамроев Фарғона вилоятига хизмат сафари давомида Бағдод туманидаги "Самандарак" маҳалласида бўлди.
➡️"Еттилик" аъзолари ва аҳоли вакиллари билан мулоқотда бугунги ўзгаришлар, ижтимоий масалалар ҳамда уларни ҳал этишда партия ва депутатларнинг ўрни атрофлича муҳокама қилинди.
Ислом Ҳамроев маҳалладаги муҳит, одамлар билан мулоқот қилиш тизими ва ҳудудни обод этишда кўрсатилаётган хайрли ташаббусларга алоҳида тўхталди. Айниқса, бир вақтнинг ўзида ҳам маҳалла раиси, ҳам партия туман кенгаши раҳбари ҳамда маҳаллий Кенгаш депутати сифатида меҳнат қилаётган Исломжон Аҳмедовнинг фаолиятини юқори баҳолади.
➡️ — Депутатлик — сайловчи муаммосидан қочмай, ечим излаш дегани. Шу боис, орамизда фидойи, ташаббускор ва кенг фикрлайдиган халқ вакиллари кўпайишини хоҳлаймиз. Чунки депутатларимиз қанчалик фаол бўлса, партиямиз обрўси шунча юксалади. Аксинча бўлса, ишончи йўқолади. Исломжон бу борада бошқаларга ўрнак қилиб кўрсатса арзийдиган сафдошларимиздан, — деди Сиёсий Кенгаш раиси ўринбосари.
Тадбирда Ислом Ҳамроев И.Аҳмедовга "Адолат" кўкрак нишони ҳамда кундалик фаолиятида фойдаланиш учун замонавий моноблок жамланмасини топширди.
Ўз навбатида, Исломжон Аҳмедов юксак эътибор учун миннатдорлик билдириб, аҳоли манфаати йўлида бундан буён ҳам сидқидилдан меҳнат қилишини таъкидлади.
⚖️ Расмий саҳифаларимиз | 11 |
| 9 | Манзура САЛИМОВА,
ХАЛҚАРО АЛОҚАЛАРНИНГ ЯНГИ БОСҚИЧИ
Дунёнинг 130 дан ортиқ мамлакатларидан 700 га яқин парламент вакиллари иштирок этган анжуманда Ўзбекистон делегацияси ҳам мамлакатимизда амалга оширилаётган ислоҳотлар, устувор ташаббуслар ва халқаро ҳамкорликка доир ёндашувларни илгари сурди.
⚖️ Расмий саҳифаларимиз | 17 |
| 10 | 🟦🟦🟦🟦
🏆 Фарғонада партия фаоллари мукофотланди
Халқ ишончи, адолатли жамият ва юксак мақсадлар йўлидаги фидойилик ҳамиша эътирофга муносиб.
Партиямизнинг нуфузини мустаҳкамлашни сидқидилдан адо этаётганлар орасида фарғоналикларнинг ҳам муносиб ўрни бор.
Мамлакатимиз мустақиллигининг 35 йиллиги арафасида партиянинг вилоят, шаҳар ва туман кенгашларида фаолият юритаётган фидойи раислар ҳамда депутатларнинг меҳнати муносиб тақдирланди.
Хусусан, “Адолат” кўкрак нишонининг фарғоналик партиядошларимизга топширилиши уларнинг кўп йиллик саъй-ҳаракатлари, ташаббускорлиги ва партия ғояларига садоқатининг эътирофи бўлди.
Партия Сиёсий Кенгаши раиси ўринбосари Ислом Ҳамроев вилоят кенгаши бош мутахассислари Дилноза Эрматова, Саидахон Холматова ҳамда Қўштепа туман кенгаши раиси Илҳомжон Қосимжоновни фидокорона меҳнатлари эътирофи билан қутлади.
Бу мукофот замирида партия манфаатларини халқ манфаатлари билан уйғунлаштириш, ҳар бир мурожаатга бефарқ бўлмаслик, одамларни ўйлантираётган муаммоларга ечим излаш ва адолат тамойилларини ҳаётга татбиқ этиш йўлидаги меҳнат мужассам.
Зеро, партиянинг ҳақиқий нуфузи баландпарвоз шиорлар билан эмас, балки халқ орасидаги фаолияти, одамлар ишончини қозониши ва амалий натижалари билан белгиланади.
Бу йўлда меҳнат қилаётган ҳар бир фаолнинг ютуғи — бутун партиянинг ютуғидир.
Эътироф — масъулият, ишонч эса янада катта мақсадлар сари чорлов. Демак, мукофот эгаларининг янги марралар ва халқ манфаати йўлидаги янада самарали фаолиятига куч-ғайрат бағишлайди.
⚖️Расмий саҳифаларимиз | 16 |
| 11 | Халқ ишончи, адолатли жамият ва юксак мақсадлар йўлидаги фидойилик ҳамиша эътирофга муносиб!
Ўзбекистон «Адолат» социал-демократик партиясининг ҳаётимиздаги ўрни ва нуфузини мустаҳкамлаш, унинг дастурий ғояларини аҳоли орасида кенг тарғиб этиш, фуқаролар манфаатларини ҳимоя қилишдек масъулиятли вазифаларни сидқидилдан адо этаётган фаоллар орасида фарғоналик адолатчиларнинг ҳам муносиб ўрни бор.
Мамлакатимиз мустақиллигининг 35 йиллиги арафасида партиянинг вилоят, шаҳар ва туман Кенгашларида фаолият юритаётган фидойи раислар ҳамда депутатларнинг меҳнати муносиб тақдирланди. Айниқса, партия Сиёсий Кенгаши томонидан таъсис этилган «Адолат» кўкрак нишонининг фарғоналик партиядошларимизга топширилиши уларнинг кўп йиллик саъй-ҳаракатлари, ташаббускорлиги ва партия ғояларига садоқатининг эътирофи бўлди.
Партия Сиёсий Кенгаши раиси ўринбосари Ислом Ҳамроев вилоят Кенгаши бош мутахассислари Дилноза Эрматова, Саидахон Холматова ҳамда Қўштепа туман Кенгаши раиси Илҳомжон Қосимжоновни эзгу мақсадлар йўлидаги фидокорона меҳнатлари эътирофи билан билан қутлаб, уларга кўкрак нишонларини тантанали равишда топширди.
Бу мукофот шунчаки эътироф эмас. Унинг замирида партия манфаатларини халқ манфаатлари билан уйғунлаштириш, ҳар бир мурожаатга бефарқ бўлмаслик, одамларни ўйлантираётган муаммоларга ечим излаш ва адолат тамойилларини ҳаётга татбиқ этиш йўлидаги меҳнат мужассам.
Зеро, партиянинг ҳақиқий нуфузи баландпарвоз шиорлар билан эмас, балки халқ орасидаги фаолияти, одамлар ишончини қозониши ва амалий натижалари билан белгиланади. Бу йўлда меҳнат қилаётган ҳар бир фаолнинг ютуғи — бутун партиянинг ютуғидир.
Эътироф — масъулият, ишонч эса янада катта мақсадлар сари чорловдир. Фарғоналик адолатчиларга топширилган ушбу кўкрак нишонлари партиядошларимиз учун янги ташаббуслар, янги марралар ва халқ манфаати йўлидаги янада самарали фаолиятга куч-ғайрат бағишлайди. | 5 |
| 12 | Халқ ишончи, адолатли жамият ва юксак мақсадлар йўлидаги фидойилик ҳамиша эътирофга муносиб!
Ўзбекистон «Адолат» социал-демократик партиясининг ҳаётимиздаги ўрни ва нуфузини мустаҳкамлаш, унинг дастурий ғояларини аҳоли орасида кенг тарғиб этиш, фуқаролар манфаатларини ҳимоя қилишдек масъулиятли вазифаларни сидқидилдан адо этаётган фаоллар орасида фарғоналик адолатчиларнинг ҳам муносиб ўрни бор.
Мамлакатимиз мустақиллигининг 35 йиллиги арафасида партиянинг вилоят, шаҳар ва туман Кенгашларида фаолият юритаётган фидойи раислар ҳамда депутатларнинг меҳнати муносиб тақдирланди. Айниқса, партия Сиёсий Кенгаши томонидан таъсис этилган «Адолат» кўкрак нишонининг фарғоналик партиядошларимизга топширилиши уларнинг кўп йиллик саъй-ҳаракатлари, ташаббускорлиги ва партия ғояларига садоқатининг эътирофи бўлди.
Партия Сиёсий Кенгаши раиси ўринбосари Ислом Ҳамроев вилоят Кенгаши бош мутахассислари Дилноза Эрматова, Саидахон Холматова ҳамда Қўштепа туман Кенгаши раиси Илҳомжон Қосимжоновни эзгу мақсадлар йўлидаги фидокорона меҳнатлари эътирофи билан билан қутлаб, уларга кўкрак нишонларини тантанали равишда топширди.
Бу мукофот шунчаки эътироф эмас. Унинг замирида партия манфаатларини халқ манфаатлари билан уйғунлаштириш, ҳар бир мурожаатга бефарқ бўлмаслик, одамларни ўйлантираётган муаммоларга ечим излаш ва адолат тамойилларини ҳаётга татбиқ этиш йўлидаги меҳнат мужассам.
Зеро, партиянинг ҳақиқий нуфузи баландпарвоз шиорлар билан эмас, балки халқ орасидаги фаолияти, одамлар ишончини қозониши ва амалий натижалари билан белгиланади. Бу йўлда меҳнат қилаётган ҳар бир фаолнинг ютуғи — бутун партиянинг ютуғидир.
Эътироф — масъулият, ишонч эса янада катта мақсадлар сари чорловдир. Фарғоналик адолатчиларга топширилган ушбу кўкрак нишонлари партиядошларимиз учун янги ташаббуслар, янги марралар ва халқ манфаати йўлидаги янада самарали фаолиятга куч-ғайрат бағишлайди. | 1 |
| 13 | Танзанияда ўтказилган Парламентлараро иттифоқнинг 153-ассамблеяси доирасидаги халқаро семинарда иқлим ўзгариши шароитида аҳолини хавфсиз ва сифатли озиқ-овқат билан таъминлаш масалалари муҳокама қилинди.
🔴 Семинарда нутқ сўзлаган Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати, «Адолат» СДП фракцияси аъзоси Манзура Салимова озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлашнинг ижтимоий аҳамиятига эътибор қаратди:
— Иқлим ўзгариши ва сув танқислиги шароитида ҳар бир оилани хавфсиз, сифатли ва ҳамёнбоп озиқ-овқат билан барқарор таъминлаш — ижтимоий адолатнинг муҳим шартидир. Бунинг учун сув ресурсларидан оқилона фойдаланиш, тежамкор ва «ақлли» технологияларни кенг жорий этиш ҳамда халқаро ҳамкорликни мустаҳкамлаш зарур.
⚖️ Расмий саҳифаларимиз | 22 |
| 14 | ❇️SIFATLI VA HAMYONBOP GO‘SHT MAHSULOTLARI — PARTIYAVIY NAZORATDA
Aholi dasturxoniga sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish muhim vazifalardan biridir.
Partiya Siyosiy Kengashi Markaziy-apparatining-2026-yil-30-sentyabrdagi 01-02/276-sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida «Adolat» SDP Quva tuman Kengashi raisi Sh. Mamajonova va tuman Kengashi deputati M. Hakimovalar Quva MFY hududidagi tuman dehqon bozorida joylashgan go‘sht do‘konlarida o‘rganish olib bordilar. Shuningdek, xaridorlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
O‘rganish jarayonida go‘sht mahsulotlarining sifati, savdo jarayonida sanitariya talablariga amal qilinishi, narxlarning aholi uchun maqbulligi hamda iste’molchilar manfaatlariga e’tibor qaratildi.
«Adolat» SDP vakillari jamoatchilik nazoratini davom ettiradilar. | 81 |
| 15 | ❇️SIFATLI MAHSULOT, HALOL SAVDO VA BARQAROR NARX — E’TIBOR MARKAZIDA
Aholini sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Shu maqsadda «Adolat» SDP Farg‘ona shahar Kengashi raisi Saidumarxon Valiyev Farg‘ona shahar dehqon bozorida go‘sht va go‘sht mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Muloqot davomida mahsulotlar sifatini ta’minlash, sanitariya talablariga rioya qilish, narx-navo barqarorligini saqlash hamda xaridorlarga halol va sifatli mahsulot yetkazib berish masalalari muhokama qilindi. Savdo faoliyatida mas’uliyatli bo‘lish, aholi manfaatlarini ustuvor qo‘yish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Zero, bozordagi tartib-intizom, mahsulot sifati va narxlarning barqarorligi aholi roziligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois bu boradagi tushuntirish ishlari va jamoatchilik nazorati muhim ahamiyat kasb etadi. | 55 |
| 16 | ❇️50-SONLI MTTDAGI QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
🇺🇿 Xalq deputatlari Beshariq tuman Kengashi deputati Q. Uzoqov tomonidan 50-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida «Tashabbusli byudjet» loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, obyekt uchun 1 mlrd 648 mln so‘m limit ajratilgan. 2026 yilgi shartnoma qiymati 1 mlrd 520 mln so‘mni tashkil etadi. Hozirga qadar 608 mln so‘mlik ishlar bajarilib, 456 mln so‘m mablag‘ moliyalashtirilgan.
O‘rganishda qurilish sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va mablag‘lardan maqsadli foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. Mas’ullarga ishlarni sifatli yakunlash hamda korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tavsiyalar berildi.
Deputatlik nazorati davom etadi. | 42 |
| 17 | ❇️163 NAFAR YOSH — YANGI BILIM, YANGI IMKONIYAT VA KASB SARI!
Bugun yoshlar uchun bilim olishning o‘zi kifoya emas. Eng muhimi — egallangan bilimni amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy kasblarni o‘zlashtirish va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishdir. Buvayda tumanida tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslari ana shu maqsadga xizmat qilmoqda.
Buvayda jamoat salomatligi texnikumi direktori, Farg‘ona viloyati Kengashi deputati N. E. Jumaboyev hamda «Adolat» SDP Buvayda tuman Kengashi raisi Xayrulla Turg‘unov ishtirokida o‘quv kurslarini tamomlagan yoshlarga sertifikatlar topshirildi.
To‘rt yo‘nalish — kelajak uchun muhim qadam. Sog‘lomlashtiruvchi massaj, kompyuter axborot texnologiyalari, veb-sayt yaratish va ingliz tili bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlarda 163 nafar yosh bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirdi.
Bu sertifikatlar yoshlar uchun shunchaki hujjat emas, balki yangi kasbni egallash, ish topish va kelgusida o‘z daromad manbaini yaratish yo‘lidagi muhim bosqichdir. | 49 |
| 18 | 163 NAFAR YOSH — YANGI BILIM, YANGI IMKONIYAT VA KASB SARI!
Bugun yoshlar uchun bilim olishning o‘zi kifoya emas. Eng muhimi — egallangan bilimni amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy kasblarni o‘zlashtirish va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishdir. Buvayda tumanida tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslari ana shu maqsadga xizmat qilmoqda.
Buvayda jamoat salomatligi texnikumi direktori, Farg‘ona viloyati Kengashi deputati N. E. Jumaboyev hamda «Adolat» SDP Buvayda tuman Kengashi raisi Xayrulla Turg‘unov ishtirokida o‘quv kurslarini tamomlagan yoshlarga sertifikatlar topshirildi.
To‘rt yo‘nalish — kelajak uchun muhim qadam. Sog‘lomlashtiruvchi massaj, kompyuter axborot texnologiyalari, veb-sayt yaratish va ingliz tili bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlarda 163 nafar yosh bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirdi.
Bu sertifikatlar yoshlar uchun shunchaki hujjat emas, balki yangi kasbni egallash, ish topish va kelgusida o‘z daromad manbaini yaratish yo‘lidagi muhim bosqichdir. | 1 |
| 19 | ❇️ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANADI: MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIDA
«Adolat» SDP Marg‘ilon shahar Kengashi raisi S. Azizov shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari hamda soha mas’ullari bilan birgalikda Miltiqsoz MFY hududida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida MFY hududidagi Baraka va M. Hofiz ko‘chalari kesishmasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar aniqlandi.
Mavjud muammoni bartaraf etish maqsadida hududda yangi elektr podstansiyasi o‘rnatish rejalashtirildi. Bu esa aholini qiynayotgan elektr ta’minoti muammosini hal etish va xonadonlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
«Adolat» SDP vakillari aholi muammolarini soha mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganish, ularning yechimiga erishish va ijrosini nazorat qilish ishlarini davom ettiradi.
«Adolat» — xalq manfaati yo‘lida! | 23 |
| 20 | 🟦🟦🟦
📢 "Адолатчи" аралашгач: Бувайдадаги 30-мактабда эшиклар янгиланди
Таълим сифатини ошириш замонавий инфратузилмани яратишдан бошланади. Маҳаллий Кенгашлар бунда ижтимоий соҳа объектларидаги муаммоларга ечим топиб, фаоллашмоқда.
📅 Ана шундай амалий ташаббуслардан бири Фарғона вилоятининг Бувайда туманида амалга оширилди. Кенгаш сессиясида таълим муассасаларининг моддий-техник базасини яхшилаш масалалари муҳокама қилинган эди.
Депутат Наргизахон Ўринова мазкур масала доирасида тумандаги 30-мактабнинг ҳолатини ўрганди. Синфхоналар ва ёрдамчи хоналарга кириш эшиклари эскиргани, ноқулайлик туғдираётгани маълум бўлди.
✈️ Батафсил
⚖️ Расмий саҳифаларимиз | 16 |
