Muhammadsaid - Blog
Open in Telegram
Dasturchilik, sun’iy intellekt va tilshunoslik haqida. Tahrirchi loyihasining asoschisi @tahrirchi_uz
Show moreUzbekistan138 338The category is not specified
224
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Repost from Shokir Tursun qarashlari
Davlat tilini rivojlantirish departamentiga tezkor munosabat uchun katta rahmat! Sanalgan muammolar deyarli hal etilgan. Endi rasmiy saytdan quyidagilarni yuklab olsangiz boʻladi:
O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati
O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati
O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati
Kimyo atamalari izohli lug‘ati
O‘zbek tili frazeologik lug‘ati
O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati
O‘zbek xalq so‘zlari
Yuridik terminlarning ruscha-o‘zbekcha lug‘ati
Xalqaro terminelementlarning izohli-illyustrativ lug‘ati kitobi
Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati
Diplomatik terminlar izohli lugʻati
Tibbiy atamalar lugʻati
Oʻzbekiston joy nomlarining izohli lugʻati
O‘zbek tilining imlo lug‘ati (kirill)
Davlat tilida ish yuritish (lotin)
O‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish metodikasi
"Jadid" gazetasi sonlari
Ana sizlarga shuncha boylik.
@birgap
Repost from Sputnik Узбекистан
Конкурент "Google" и "Яндекса": в РУз программисты создают узбекский переводчик
В видеоролике @SputnikUzbekistan Мухаммадсаид Мамасаидов поделился историей успеха. Он победил в конкурсе "President Tech Award", выиграв $100 тыс.
Он занял первое место в области ИИ с проектом "Тахрирчи" (Редактор).
Сейчас молодой программист работает над новыми проектами.
Repost from Sanjar Nazar
O‘zbek tilidagi kitoblarga xos uyatli holatlardan biri — hatto eng mukammal nashrlarda ham bo‘g‘in ko‘chirish xatolari uchraydi. Ayniqsa, lotin alifbosidagi nashrlarda. Buning noshirlarga bog‘liq bo‘lmagan jiddiy sababi bor.
Kitob sahifalash uchun ishlatiladigan Adobe InDesign dasturi boshqa ko‘plab dasturlar singari o‘zbek tilini “bilmaydi”. Kirill alifbosida muammo kamroqligining sababi qardosh qirg‘izlar o‘z tillarini “bildirish” uchun Adobe InDesign dasturiga kengaytma ishlab chiqishgan. Bundan xabari bor noshirlar shu kengaytmani o‘zbek tili uchun ham ishlatib kelishardi. Ha, noo‘ng‘ay vaziyat. Ana shu kengaytmani o‘zbek tili uchun ham ishlab chiqishni 10 yillardan buyon dasturchilardan qayta-qayta iltimos qilib kelardim. Ehtimol kichik ish bo‘lib ko‘ringani uchun yoki eplolmaganliklaridan iltimosim javobsiz qolaverardi.
Telegramdagi o‘zbek tilining rivojiga befarq bo‘lmaganlar uchun Mehrinoz Abbosova bir guruh ochgan. Aʼzolari 20 taga ham bormaydi. Shu yerda mavzudan tashqari bo‘lsa ham oraga suqilib o‘sha iltimosimni yana bir bor takrorladim. Karnaychiga “puf”dan osoni bormi ))) Tilga befarq bo‘lmagan har bir o‘zbek taniydigan va minnatdor bo‘lib yuradigan Orif Tolib bu muammoni yechishi mumkin bo‘lgan odamlar — Tahrirchi jamoasi bilan bizni bog‘lab qo‘ydi.
Vaziyatdan foydalanib Orif Tolibga o‘zbek tili rivoji uchun qilayotgan ko‘plab xizmatlari qatori bu yordami uchun ham rahmat aytib qo‘ymoqchiman. Shuncha yillik muammo 1-2 oy ichida hal bo‘ldi. Yosh yigitlar, ammo vazifani biz kutganimizdan mukammalroq qilib bajarishdi. Kitobni sahifalashda bo‘g‘in ko‘chirish muammolari deyarli to‘liq hal bo‘ldi.
Masalan, “Akademnashr”da 20 bosma taboqli kitobning bo‘g‘in ko‘chirishini to‘g‘rilab chiqish uchun kamida 2 kun yo‘qotardik. Bu tomonlama yengillik bo‘ldi. Kengaytma nafaqat bo‘g‘in ko‘chirishdagi xatolarni bartaraf etadi, balki imlo xatolarini ham topishingizga, tuzatishingizga yordam beradi. Xullas, “Kitob xatosiz bo‘lmas ... ” maqoli muomaladan chiqadigan bo‘lib turibdi.
▪️ https://tahrirchi.uz/product/indesign – bu kengaytmaning imkoniyatlari haqida maʼlumotlar.
▪️ @tahrirchi_uz – bu esa kengaytma muallifi.
Telegram | Instagram | Facebook
Tilimizdagi dixotomiya
Til — millat ko‘zgusi. Shunday ekan, keling, tilimizda uchraydigan ayrim noaniq hodisalar haqida gaplashamiz. O‘zbek tilida ikkitalik, ikkiga ajralish (dixotomiya) juda ko‘p:
- So‘zlar imlosida: barobar va baravar, andaza va andoza, berkitmoq va bekitmoq.
- Alifboda: X va H, okina va tutuq belgisi (O‘ va ’), n+g va ng, sh va s+h.
- Qoidalarda: qilarkan va qilar ekan, aql va aqllilik, sentyabr va sentabr, behurmatlik va hurmatsizlik, qila oldim va qiloldim, bora berdim va boraverdim.
- Imloda: lotin va kirill yozuv tizimi.
- Savodda: adabiy va "sheva" (aslida esa bilmaydi yozishni) tili
Bizga bu holat yoqadi. Inaction is action. Bizning xalq tanlashdan negadir qo‘rqadi, doimo shunday dixotomiya holatida turish, qat’iyatsizlik haqiqatan ham tilda ham, fe’l-atvorda ham bor narsa. Qachonlardir shu o‘lkalarda dadil, matonatli insonlar yashagan, butun Osiyo va Yaqin Sharqni titratgan askarlar bo‘lgan. Ammo oxirida negadir "sentabr" va "sentyabr" ustida bahslashib, oxirida hech qaysi bir to‘xtamga kelolmaydiganlar qolgani menga haligacha noma’lum.
@muhammadsaid_dev
Repost from Insider.uz
Ташкент сегодня утром.
Снято с одной из высоток Ташкент Сити.
Фото Артема Пронина.
Из группы @xplaces
AQI ko’rsatkichini chekilgan sigaretga o’girib beruvchi dastur:
https://jasminedevv.github.io/AQI2cigarettes/
190 AQI bo’lsa, kuniga 6 ta sigaret chekyapmiz ekan. Kashanda bo’ldik 🫠
Juda ko’p jabhalarda biz “status quo”ga o’rganib qolibmiz. Bugun Safiadan pishiriq olgandim, e’tibor bersam, hamma yozuvlar ruscha ekan.
Hm… keyin opadan so’radim, qani o’zbekcha deb. Javobi o’rinli chiqdi — o’zbekcha qilganimizda hech kim tushunmadi, tarjima qilsak ham odamlar pishiriq nimaligini bilmayapti dedi. Hmm… o’zimiz ham pishibmiz-da, dedim
O’zbek tili haqida o’ylab turgan payt kinoga tushish haqida o’ylab qoldim. Seanslarni ochsam, hammasi ruscha ekanligiga e’tibor berib qoldim. Demak ruscha bilmaydigan o’zbek kinoga tusholmas ekan-da? Subtitr ham yo’q… WTF
@muhammadsaid_dev
O‘zbekcha askiya = ayollarni kamsitish
E’tibor berganmisiz, askiyada doimo xotin kishi anqov, esi past bo‘lib tasvirlanadi? Nega?
Raqobat va kapitalizm do‘st emas
Nuqsonsiz raqobatli muhitda hech kim foyda ko‘rmaydi. Faqatgina monopoliya foyda ko‘rib, kapitalni jamlay oladi. Bundan kelib chiqadiki, raqobat — kapitalizm tamoyiliga to‘g‘ri kelmas narsa.
Startapim bor, boshqa raqobatchilarim bilan bellashishim kerakmi? Qisman, ha. Lekin bu yakuniy maqsad bo‘lmasligi kerak. Maqsad — bozor uchun mahsulot qilib, mijoz ehtiyojlarini qondirish. Masalan, Windows planshetlarni 2000-yillar boshida qilgan, ulardan keyin HP qilgan va yana bir nechta kompaniyalar uringan. Lekin bitta taqdimotdayoq hammasini sindirgan Jobsning iPad’i bo‘ladi. Aynan iPad planshetlar qanday bo‘lishini belgilab bergan mahsulot.
Shunday ekan, foydalanuvchi ehtiyojidan kelib chiqib mahsulot yarating, qilganga yarasha bu narsa hamma yoqni “yorvorsin”.
Tahrirchining birinchi bozorbop ko‘rinishi — kopirayting uchun yechim
Yaqindan beri kopirayterlar hamjamiyati Tahrirchini juda yoqtirib qoldi. Suratdagi xudi bunga misol: bir kompaniya o‘z xodimlariga kopiraytingga bag‘ishlab maxsus xudi sovg‘a qilibdi. U yerda Word, Telegram va ChatGPT qatori Tahrirchi ham turibdi. Men uchun bu juda katta e’tirof. Tahrirchi oxirida umuman boshqa narsa bo‘lib ketishi hech gap emas. Masalan, matn generatori, kopirayting uchun qurol, tarjimon, hatto. Yoki hammasi birda. Muhimi, mijozlari ko‘p bo‘lishi kerak.
@muhammadsaid_dev
Vikipediyachilarga salom!
Ular qilgan tahrirlarni yig‘ib, 80k dan ziyod tahrir juftliklarini avtomatik ravishda yaratdik! Ya’ni gapning grammatikasi yoki imlosini tuzatadigan tahrirlarni bitta formula orqali topib, tahrirdan oldingi va keyingi gaplarni yig‘dik. Biz buning asosida yanada yaxshi model qilamiz, u esa o‘z navbatida ularga yordam beradi.
Ushbu jarayon "gold data", ya’ni oltin berilmalar yig‘ish uchun xizmat qiladi. Oltin berilmalar — odamning bevosita ishtiroki bilan yaralgan berilmalar. Ko‘plab masalalarda ularni topish va yig‘ish qimmatli ishdir. Vikidepiya holatida esa buni avval bitta muharrirga berib, sifatli tahrirlarni ajratib olish kerak.
@muhammadsaid_dev
"Foydalanuvchilar o‘z xohishini bilmaydi" yoxud nega foydalanuvchilar talabini qondiraman deb jonni jabborga bermaslik kerak
O‘tgan yilning bahorida Tahrirchi veb-saytini qilayotganimda uni pullash yo‘llarini qidirgan edim. O‘shanda deyarli hamma Word uchun plagin qilsang, juda ommabop bo‘ladi, degandi. Qarab ko‘rdim, qilsa bo‘ladigan ish, boshqa o‘xshash startaplar ham qilgan-ku, mening nimam kam deb ishni boshladim. Ikki oycha dasturlashdan keyin so‘ragan odamlarga ko‘rsatdim — ularga yoqdi. Lekin uni pullash veb-saytim bilan bir xil, muammo yo‘qolmaganligini angladim. Ikki-uchta odamga ishonib, ikki oy startap deyarli to‘xtab qoldi. Bunaqa qilmang.
Masalan, nashriyotlar yoniga borib, ularni qiynayotgan muammolarni birma-bir yozib, shunga qarab ish ko‘rish kerak edi. Qarabsizki, nashriyotdagilar oddiygina so‘zlarni ko‘chirishga qiynalar ekan: de-ngiz, sho-shi-linch kabi ko‘chirishni kitoblarni taxlayotganda avtomatlashtirish uchun pul berishga tayyor ekan. Ichiga yana imlo tekshiruvini tiqib bersak, yanada ko‘p pul beradi. Bir oyda qilinadigan narsa Tahrirchi tarixida topgan pulini bir oyda topib qo‘yadi. Mana shuni vaqtliroq qilish kerak edi.
Hozir har kuni Tahrirchiga takliflar keladi. Hamma o‘z tajribasiga tayanib taklif beradi. Bu yaxshi narsa, foydalanuvchilar taklif qilishi yaxshi. Lekin muammo yoki baloning ildizini topish startaperning ishi. Shu sabab har bitta narsani to‘laqonli o‘rganib, dasturlash uchun dasturlamasdan ish ko‘rish kerak.
@muhammadsaid_dev
Факт 24 | «President Tech Award» – 1 миллион долларлик мукофот жамғармасига эга IT-танлов
“O‘zbekcha NLP: tilni qayta ishlash sohasini o‘zbek tiliga moslab o‘rganamiz”
Shunaqa kitob yozmoqchiman, darslik desa ham bo’ladi. Boshqa NLP haqidagi kitoblardan farqi bu o‘zbek tili muammolari e’tibor markazida bo‘lishidir. Ya’ni oddiygina classifier’dan boshlab spellchecker qilishgacha barchasi o‘zbek tili uchun bo‘ladi.
Maqsad? Tilshunoslar, sun’iy intellektga qiziqadiganlar va tabiiy tilni qayta ishlashni o‘rganmoqchi bo‘lgan odamlarni soha bilan tanishtirish. 100% mutaxassis bo‘lib chiqmaysiz-u, lekin kitobni o‘qigandan keyin portfolioda kamida 5 ta loyiha bo‘ladi.
Kitob bepul bo’lishi kerak, qog‘ozli variantini nasib etsa qayerdadir chop ettiraman 🙃
Nima deysiz?
