cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Sanjar Nazar

Show more
Tajikistan5 543The language is not specifiedBooks16 701
Advertising posts
312
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

06:08
Video unavailableShow in Telegram
“O‘QIMAGAN BOLALAR” Muallif: @Shodmonqul_SALOM Kompozitor: @Muinzoda Tasvirchi: Hojiakbar Nurmuhammedov Colorist (bo’yoqchi): Asilbek Umarov Ijrochi: Erkin Bozorov Ijodiy hamkorlarimiz: “NAJOT TA’LIM”, “CAMBRIDGE”, “ORBITAL education” o’quv markazlari.
Show all...
IMG_8456.MP432.18 MB
Repost from Mubaşşir Ahmad
Photo unavailableShow in Telegram
Бугунда мусулмонлар шаклий диндорлик билан мубталолар. Дин расм-русум ва маросимларга айланганда қийматини йўқотади. Чунки дин аввало тирик қалб, уйғоқ виждон ва покиза кўнгилдир. Шайх Муҳаммад Ғаззолий @MubashshirAhmad
Show all...
​​Istalgan harakatning boshlang‘ich nuqtasi bor – siljish nuqtasi. Xuddi shuningdek istalgan fojianing ham boshlanish nuqtasi bor, ammo bu nuqta hali fojia bo‘lib ko‘rinmasligi, fojia sifatida anglanmasligi mumkin. O‘risning esi-hushi joyida qolgan jurnalistlaridan biri Leonid Parfyonov 2010 yillarda bugungi urushning ehtimoli haqida gapirgan ekan. U Yuriy Dudga bergan intervyusida bugungi insoniyat tarixining ulkan fojialaridan biri – Ukrainaga nisbatan bosqinchilik urushining boshlang‘ich nuqtalari, ildizlari, urug‘lari haqida ajoyib fikrlarni ilgari surgan. 2010 yildan ancha oldinroq boshlanan imperiyachilik, buyuk davlatchilik, katta og‘achilik g‘oyalarining ilk belgilari aslida bugungi urushning ilk belgilari edi. Shunday. Jamiyatdagi baʼzi jarayonlar nisbatan olisroq, 5-10 yil naridagi voqealarni taxmin qila olish imkonini beradi. Qaysidir chet mamlakatlardagina emas, o‘zimizda ham ishlaydi bu qonuniyat. Bundan bir necha yillar avvaliga uyg‘ur, keyin o‘zbek millatiga mansub “xalqaro terrrorchilar”ning paydo bo‘lishi (AQSH va Turkiyada terror harakatlarini eslang) juda kutilgan holat ekanligi haqida yozgandim. O‘zbeklar, asosan, kelib chiqishi o‘shlik bo‘lgan o‘zbeklar edi. Chunki ular zulm ko‘rishgandi va ularning harakatlari o‘sha zulmning aks-sadosi edi xolos.  So‘nggi paytlarda bo‘layotgan voqealardan shaxsan men qattiq xavotirdaman. Yo‘q, blogerlarning yoppasiga 10-15 kun o‘tirib chiqishayotgani fojia emas, o‘zi tushunmagan ashulani tarqatgani uchun yosh umrlarning qaymoq pallasi tuproqqa qorishayotganiga ham chidash mumkin, qozilar qizlarimizni zo‘rlaganiga ham ... chidaganmiz, chidayapmiz. Ammo bular kelajakdagi ulkan fojialarining siljish nuqtasini harakatga tushirib yuborayotgan bo‘lsa-chi. Agar shunday bo‘lsa, oqibatiga chidash qiyin bo‘ladi. Chidayolmaysizlar!!! Bugun suratini keltirayotganim otaga qo‘shilishib yig‘lamagan erkak kam bo‘lsa kerak. Ularning ko‘z yoshlari sabr kosalaridan toshmayotganligiga kim kafolat beradi?! Balki bu otaning o‘g‘li aslidayam jinoyatchi bo‘lgandir, balki rostanam o‘zini 4-qavatdan tashlab nobud bo‘lgandir, ammo shunda ham xalqni bir og‘iz to‘g‘ri axborotga arzitmagan, shu axborotning olish yo‘llarini tambalab tashlayotganlarning yelkasidagi yuk yengillamaydi.
Show all...

Турфирмалар одамларни жиҳодга юборяпмиз, деб ўйлаяпти, шекилли, тирик қайтса ғозий, ўлса – шаҳид, деб.
Show all...
Repost from Ilyos Safarov
Kecha, 1 aprel – hazil va bolalar orasida o‘zaro “yolg‘on” kuni edi. Bugun esa 2-aprel. Bu kun shoir Usmon Azim ta'biri bilan aytganda, “rostlik”, “haqiqat” kuni. O‘qirmanlar uchun ma'lumot, shoirning “2-aprel” nomli nazmiy kitobi ham bor. O‘sha joyda bugungi kun rostlik, haqiqat kuni sifatida ta'riflanadi. Kun haqida gap ketarkan, 2-aprel butun dunyoda Xalqaro bolalar kitobi kuni sifatida ham nishonlanadi. Ana shu – jamiyatda garchi eshitilishidan zerikarli bo‘lsa-da, lekin mazmunan juda muhim va bugun deyarli barcha muammolarimizning tub ildizi bo‘lgan – bolalar kitobi, kitobxonligi, O‘zbekistonda bu yo‘nalishning ahvoli haqida soha vakillari bilan intervyu o‘tkazdik. Intervyu mehmonlari – noshir Sanjar Nazar, sobiq "Kamolot" YoIH Markaziy kengashi raisi, bu lavozimda “Kamolot kutubxonasi” rukni ostida 100 nomdagi minglab kitoblar chop etilishiga bosh qosh bo‘lgan Bahodir G‘aniev va bolalar yozuvchisi Sa'dullo Qur'onov bo‘ldi. 📹👉https://youtu.be/VKjOwg-bR-Q @haqiqatdaIlyos
Show all...
Nega biz kitobxon millat emasmiz?

Kun.uz muxbiri jamiyatda garchi eshitilishidan zerikarli bo‘lsa-da, lekin mazmunan juda muhim va bugun deyarli barcha muammolarimizning tub ildizi bo‘lgan – bolalar kitobi, kitobxonligi, O‘zbekistonda bu yo‘nalishning ahvoli haqida soha vakillari bilan intervyu o‘tkazdi. Intervyu mehmonlari – noshir Sanjar Nazar, sobiq "Kamolot" YIH Markaziy kengashi raisi, bu lavozimda “Kamolot kutubxonasi” rukni ostida 100 nomdagi millionlab kitoblar chop etilishiga bosh qosh bo‘lgan Bahodir G‘aniev va bolalar yozuvchisi Sa’dullo Qur’onov bo‘ldi. 00:00 – Tizer 01:02 – Kirish 02:11 – O‘zbekistonlik bolalar dunyo bolalari bilan solishtirganda, qanchalik ko‘p yoki kam kitob o‘qiyapti? 11:08 – Nega biz kitobxon millat emasmiz? 32:04 – Nega bolalar yozuvchilari chiqmay qo‘ydi? 37:42 – O‘zbekistonda yangi asarlar tarjimasi nega buncha kam? 50:34 Kitob o‘qimay qo’ysak ahvolimiz qanday bo’ladi? Rasmiy vebsayt: http://kun.uz Telegram kanalimiz:

https://telegram.me/kunuzofficial

Facebook`da kuzating:

https://www.facebook.com/kunuznews

Twitter`da kuzating:

https://twitter.com/KunUzNews

Instagram`da kuzating:

https://www.instagram.com/kun.uz

OK.ru`da kuzating: http://ok.ru/kunuznews VKontakte`da kuzating:

https://vk.com/kun_uz

TikTok`da kuzating:

https://www.tiktok.com/@kunuznews

Photo unavailableShow in Telegram
Kirib kelgan mohi Ramazon muborak bo‘lsin! 📚 @akademnashr
Show all...
2003 yilda yozgan ekanman: «... sheʼriyatdagi o‘zgarishlar, yaʼni muayyan davr sheʼriyatining o‘ziga xos xususiyatlari avvalo shoirning qiyofasi — yuz ifodasi, kiyinishi, o‘zini tutishida aks etar ekan. Ishonmasangiz, ularning suratlarini toping-da, bunga amin bo‘ling. Keling, kuzatishni fotosuratlari yaxshi saqlangan davr shoirlaridan boshlaymiz. 40-50-yillar shoirlari arboblarga xos ko‘rinish kasb etmaganmi?! 60-yillar avlodiga qarang. O‘zgarishni sezayapsizmi? Ulardagi devonavorlik, bezovtalik ufurib turgan nigohlarga eʼtibor bering. 70-80-yillar shoirlari: jangchilar. Jangovorlik, isyonkorlik va shiddat bu davr shoirlarining taʼrifi uchun eng ko‘p qo‘llanadigan sifatlar ekanligi shubhasiz. 90-yillar, yaʼni bugungi kun shoirlari qiyofasini suratlarsiz ham eslay olasiz: parkda, butalar va gullar quchog‘ida, qo‘lida g‘uncha yoki majnuntol novdasi». Bugun, ancha tanaffusdan so‘ng yangi sheʼriyat, yangicha shoir qiyofasi shakllana boshlagandek. Maqolaning to‘lig‘ini bu yerda o‘qishingiz mumkin.
Show all...
ШАКЛСИЗ ҚИЁФА

Ҳар бир даврнинг ўз шеърияти бўлади. Шу туфайли бўлса керак, бизда шеърият даврларга бўлиб ўрганилади. Шахсан мен бундай муносабатга ҳеч қачон қўшила олмаганман. Шеърият яратилган давридан эмас, бошқа сифатларидан келиб чиққан тарзда тадқиқ этилиши керак деб ҳисоблаганман. Ҳозир ҳам шу фикрдаман. Бироқ шеър ва у дунёга келган даврнинг алоқаси ҳақидаги тасаввурларим анчагина ўзгарган. Гап шундаки, вақт ўтиши билан шеърият муқаррар шаклий ўзгаришларга дучор бўлар экан. Буни ўтган аср шеърияти мисолида ҳам бемалол…

02:40
Video unavailableShow in Telegram
"Туркий элнинг шиддати сўнганга ўхшаётир..." Нажмиддин Эрматов 📺 "Қақнус" 👉 @mm_telekanal
Show all...
10.46 MB
Қуйидагиларни 25 йиллар аввал, “ижтимоий ўлим” ҳақида мушоҳада юритишга уринаётиб ёзган эканман. ... Агар ижтимоий тузумда шахснинг роли камситилса ёки бутунлай бўлмаса, шахс «кўричак»ка айланади. Яъни у ижтимоий нуқтаи назардан қараганда ишламаётган, ўз вазифасини бажармаётган, яна-да даҳшатлиси, функционал жиҳатдан кераксиз аъзога айланади. Ишлатилмаган ханжар, ханжарлигига фақат шаклигина исбот бўла оладиган темир парчасига, функционал аҳамиятини йўқотган микроскоп болалар ўйинчоғига айлангани янглиғ шу кўйга тушган фуқаро мамлакатнинг нуфуси эътибори билангина аҳамиятга эга бўлган саноққа эврилади. Ўз асл қиёфаси ва ўрнига кўра жамият аъзоси, яна-да тўғрироғи, унинг мўъжаз зарраси сифатида кўричакнинг ҳолатига тушади. ... Алоҳида шахсга жамият томонидан муттасил хавф мавжуд бўладиган тоталитар, авторитар, диктаторлик тузумларида киши жон сақлаш учун зуғум келаётган манба – жамиятдан узилишга, уни унутишга интилади. У жамиятга нисбатан мурда ҳолатига киради. Жамиятни, ундаги қоидалар, тартиблар ва бошқа муносабатларни «билмасликка» интилади. «Билдим дединг – тутилдинг, билмадим дединг – қутулдинг», қабилида. Яқин ўтмишида юқоридаги тузумлардан етарлича озор топган ўзбек ҳам ўзини шу янглиғ ҳимоя этмаётганмикан!?
Show all...
Repost from MehrNoz
Photo unavailableShow in Telegram
*** Olamda boshqa hech O’zbekiston yo’q. Mirzo Kenjabek Vatan qani, sevgi qani, iymon qani, Biz ishongan, biz sig’ingan yolg’on qani, Shior qani, qadr qani, inson qani, Quyosh qani, ko’z yosh qani, osmon qani? Qismatimiz yo’qlikmidi, nochorlikmi, O’z yerida qullikmidi, xor-zorlikmi, Epladingiz, do’ndirdingiz tujjorlikni, Nega jimsiz? Itlar qani, karvon qani? Qo’rqamanki, bundan battar chog’lar kelur, Yo’limizga siz qazigan chohlar kelur, Dengiz-dengiz, to’lqin-to’lqin “oh”lar kelur, Xalq qayerda, kuch qayerda, Cho’lpon qani? Otay desam, qo’limdagi toshim yetmas, Yig’lay desam, ko’zimdagi yoshim yetmas. Qolay desam, bu tahqirga doshim yetmas, Ketay desam, boshqa O’zbekiston qani?! ✍️ Mehrinoz @abbosova_mehrinoz
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.