en
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

Open in Telegram

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi Ā© Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

Show more

šŸ“ˆ Analytical overview of Telegram channel Pulli Gap

Channel Pulli Gap (@pulli_gap) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 31 532 subscribers, ranking 3 838 in the Economy & Finance category and 2 503 in the Uzbekistan region.

šŸ“Š Audience metrics and dynamics

Since its creation on невіГомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 31 532 subscribers.

According to the latest data from 03 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -787 over the last 30 days and by -64 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 45.32%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects N/A% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 0 views. Within the first day, a publication typically gains 0 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 0.

šŸ“ Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
ā€œIqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi Ā© Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligapā€

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 04 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Economy & Finance category.

31 532
Subscribers
-6424 hours
-1937 days
-78730 days
Posts Archive
Pulli Gap
31 496
Kartadan-kartaga foizsiz pul o'tkazuvchi ilovalar šŸš— Chakana Pay ilovasida — bir oyda 10 mln soā€˜mgacha 0% šŸ¦ Alliance Pay ilovasida — bir oyda 10 mln soā€˜mgacha 0% (Humo kartalari orasida 100 mln soā€˜mgacha) šŸ¦ BRB mobile ilovasida — bir oyda 5 mln soā€˜mgacha 0% šŸ¦ MKBank Mavrid ilovasida — bir oyda 5 mln soā€˜mgacha 0% šŸ¦ SQB Mobile ilovasida — bir oyda 5 mln soā€˜mgacha 0% šŸ¦ Anorbank ilovasida — bir oyda 5 mln soā€˜mgacha 0% (ushbu limit dastlabki ikki oy davomida amal qiladi) šŸ¦ Hamkor Mobile ilovasida — bir oyda 5 mln soā€˜mgacha 0% šŸ¦ Open bank ilovasida — bir oyda 5 mln soā€˜mgacha 0% ā–Ŗļø Sello Pay ilovasida bir oyda 5 mln soā€˜mgacha 0% šŸ¦ Davr Mobile 2.0 ilovasida bir oyda 3.5 mln soā€˜mgacha 0% šŸ¦ Milliy 2.0 ilovasida bir oyda 3 mln soā€˜mgacha 0% āž–alif mobi ilovasida bir oyda 1 mln soā€˜mgacha 0% šŸ’° Humans ilovasida bir oyda 1 mln soā€˜mgacha 0% ā–«ļøOQ ilovasida bir oyda 1 mln soā€˜mgacha 0%. šŸ¦ TBC Bankā€˜ning Salom kartasi bilan TBC ilovasida komissiyasiz oā€˜tkazmalarni amalga oshirish mumkin šŸ’³Ushbu limitlar deyarli barcha bank ilovalari va toā€˜lov tizimlarida mavjud. Eng muhim jihati — Uzcard yoki Humo kartangiz boā€˜lsa kifoya. ā—ļøEslatma: ayrim limitlardan oshganda qoā€˜shimcha komissiya olinishi mumkin. Shu sababli toā€˜lovlarni belgilangan limit ichida amalga oshirish tavsiya etiladi — shunda ortiqcha xarajat qilmaysiz Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap
31 496
šŸŽ™ Pulli Gap Talk'ning yangi sonida restorator, "Khanate" restorani asoschisi Faxriddin Atamuratov mehmonimiz bo'ldi. Suhbat davomida biz quyidagilar haqida gaplashdik: šŸ”¹ Restoran ochish uchun kerak boā€˜ladigan boshlangā€˜ich sarmoya šŸ”¹ Ofitsiantlik haqidagi keng tarqalgan stereotiplar šŸ”¹ Kuchli raqobat bo'lgan bozorda qanday ajralib turish mumkinligi šŸ”¹ Xorazm taomlarining oā€˜ziga xosligi va ularni toā€˜gā€˜ri tanishtirish sirlari šŸ’” Faxriddin Atamuratovning fikricha, ofitsiantlik — ā€œyengilroq kasbā€ emas. Aksincha, toā€˜gā€˜ri ishlatilsa, u katta daromad, katta mas’uliyat va katta madaniyat talab qiladigan soha. šŸ“ŗ Videoni tomosha qiling, izohlarda fikringizni qoldiring va doā€˜stlaringiz bilan ulashing: https://youtu.be/SgU-t0Zi110

Pulli Gap
31 496
ā“Ekologik stikerlar nima va uni qayerdan olsa bo'ladi? Xabaringiz bor, avtotransportlarning ekologik toifasini aniqlash va ul
ā“Ekologik stikerlar nima va uni qayerdan olsa bo'ladi? Xabaringiz bor, avtotransportlarning ekologik toifasini aniqlash va ularga stiker berish tartibi tasdiqlandi. Bu nima degani? Endi mashinangizning ekologik holati rasmiy mezonlar asosida baholanadi va natijaga qarab ā€œyashilā€, ā€œsariqā€ yoki ā€œqizilā€ stiker beriladi. Eng qulay tomoni — bularning barchasini my.gov.uz orqali ham olish mumkin. 🚘 Mashina qanday mezonlarga koā€˜ra baholanadi? Ekologik toifa — bu avtomobilingizning qanchalik ā€œtozaā€ yoki ā€œiflosā€ ekanini bildiruvchi daraja. Nizomga koā€˜ra: šŸ”¹ Benzin, LPG, CNG (gaz)da yuradigan mashinalar: Yevro-2 va yuqori — ā€œtozaā€ Yevro-0, Yevro-1 — ā€œoā€˜rtaā€ šŸ”¹ Dizel mashinalar: Yevro-4 va yuqori — ā€œtozaā€ Yevro-3 — ā€œoā€˜rtaā€ Yevro-0, 1, 2 — ā€œzararliā€ šŸ”¹ Gibridlar, muqobil yoqilgā€˜i va 3 yildan kichik mashinalar: Doim ā€œtozaā€ toifaga kiradi. 😊Stickerlarni kim beradi? Roā€˜yxatdan oā€˜tkazish yoki qayta roā€˜yxatdan oā€˜tkazishda ekologik stikerlar Yoā€˜l harakati xavfsizligi boā€˜limlarida ekologik operatorlar tomonidan beriladi. šŸ’”Stickerlar uch xil rangda bo'ladi: 🟢 Yashil — toza 🟔 Sariq — oā€˜rta šŸ”“ Qizil — zararli Eng muhimi — stikerlar muddatsiz, ya’ni bir marta olasiz, tamom. šŸ–„ Qanday olish mumkin? Stiker olish uchun: IIV YHX xizmatining rasmiy saytiga yoki my.gov.uz (YIDXP) ga kirib ariza topshirasiz. Arizangiz mezonlarga mos boā€˜lsa, mashinangizga tegishli ekologik stiker tayyorlab beriladi. Yangi tartib bilan avtomobillarni ekologik nazoratga moslashtirish orqali shahar havosi yanada toza boā€˜lishi kutilmoqda. Postni barcha mashina haydaydigan tanishlaringizga yuborib qo'ying šŸ™ƒ Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap
31 496
1-dekabrdan nimalar oā€˜zgaradi? 😊Pulli Gap O'zbekistonda 1-dekabrdan kuchga kiradigan yangiliklar va qonunchilikdagi o'zgaris
1-dekabrdan nimalar oā€˜zgaradi? 😊Pulli Gap O'zbekistonda 1-dekabrdan kuchga kiradigan yangiliklar va qonunchilikdagi o'zgarishlarni bir yerga jamladi. 1ļøāƒ£Ai-80 benzini sotuvi toŹ»xtatiladi Aholini sifatli va ekologik toza yoqilgŹ»i bilan taʼminlagan holda Ai-80 benzinini avtomobillarga yonilgŹ»i quyish shoxobchalarida sotishning oldini olish boŹ»yicha qatʼiy nazorat oŹ»rnatiladi. 2ļøāƒ£Iste’molchilarning murojaatlarini koā€˜rib chiqishda yangi tizim joriy etiladi Iste’molchilarning murojaatlarini koā€˜rib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida ā€œiste’molchi — tadbirkor — nodavlat notijorat tashkilotlar — davlat organlariā€ tizimi yoā€˜lga qoā€˜yiladi. 3ļøāƒ£Nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ma’lumotnoma koā€˜rsatish talab etilmaydi Idoralararo axborot almashinuvini yoā€˜lga qoā€˜yish orqali yana quyidagilar bekor qilinadi: *ļøāƒ£nikohlanuvchi shaxslarda FHDY organlari tomonidan nikoh qayd etilganda, tibbiy koā€˜rik natijalari taqdim etilganda, shuningdek, nikohdan ajralishda sudning hal qiluv qarori qabul qilinganda; *ļøāƒ£respublika hududida notarial tasdiqlangan nikoh shartnomalari asl nusxalarini notariuslar tomonidan ularning nusxasini ā€œNotariusā€ ATga majburiy yuklash tartibini joriy etish hisobiga. 4ļøāƒ£Ekologiya boā€˜yicha ma’lumotlar ochiq boā€˜ladi Oā€˜zbekiston Atrof-muhitga taalluqli masalalar boā€˜yicha axborotdan foydalanish, qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning ishtiroki va odil sudlovga erishish toā€˜gā€˜risidagi Konvensiyaga qoā€˜shilgani munosabati bilan Ekologiya vazirligi atrof tabiiy muhit davlat monitoringi ma’lumotlar bazasining jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlaydi va unga ma’lumotlarni joylashtiradi. 5ļøāƒ£Barcha mahallalar – bitta reyestrda 2025-yil 1-noyabrda yakunlangan mahallalar auditi natijasida ular toā€˜gā€˜risida toā€˜plangan ishonchli va dolzarb ma’lumotlarni oā€˜z ichiga olgan mahalla fuqarolar yigā€˜inlarining yagona reyestri 1-dekabrgacha toā€˜liq ishga tushiriladi. 6ļøāƒ£Tadbirkorlarga qoā€˜shimcha ravishda kafolatlar taqdim etiladi Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan qoā€˜shimcha ravishda kafolat yoki kafilliklar ayrim shartlarda taqdim etiladi 7ļøāƒ£Seysmologik onlayn platforma ishga tushiriladi Platforma quyidagilarni oā€˜z ichiga oladi: *ļøāƒ£ehtimoliy zilzilalarning mintaqaviy akselerogrammalari bazalari; *ļøāƒ£ilmiy tahlillar asosida respublika hududlarini seysmik xavflilik darajasi boā€˜yicha tasniflashni nazarda tutuvchi umumiy seysmik va batafsil rayonlashtirish xaritalari; *ļøāƒ£respublikada mavjud boā€˜lgan faol tektonik yoriqlar xaritalari. Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap
31 496
šŸ’³ Boā€˜lib toā€˜lash rostdan ham qimmatmi? Hech o'ylab ko'rganmisiz, bo'lib to'lash nega qimmatdek tuyiladi? Bu faqat inflyatsiya emas. Bu — risk, vaqt va xizmat xarajatlarining birlashgan narxidir. Doā€˜kon sizga mahsulotni bugunoq beradi, siz esa keyin toā€˜laysiz. Shu oraliqda nima boā€˜ladi? *ļøāƒ£Kimdir toā€˜lovni kechiktiradi. *ļøāƒ£Kimdir umuman toā€˜lamaydi. *ļøāƒ£Tizimning oā€˜zi ham doimiy xizmat xarajatlarini talab qiladi. ā“ Demak, boā€˜lib toā€˜lash siz uchun xarajatmi yoki imkoniyat? Navbatdagi videoda shu mavzuda batafsil gaplashamiz: https://youtu.be/M79hbvMFE_I?si=JmbzMBGAp2VHOBMR

Pulli Gap
31 496
Mehnat daftarchasidan koā€˜chirma olish — bir necha soniyalik ish! Koā€˜pchilik hali ham mehnat daftarchasidan koā€˜chirma olishni
Mehnat daftarchasidan koā€˜chirma olish — bir necha soniyalik ish! Koā€˜pchilik hali ham mehnat daftarchasidan koā€˜chirma olishni qiyin, navbat kutadigan jarayon deb oā€˜ylaydi. Aslida esa hammasi bitta telefon va my.gov.uz orqali hal boā€˜ladi. šŸ’” Agar sizga kredit olish, ishga kirish, pensiya hujjatlari, yoki shunchaki rasmiy ma’lumot uchun kerak boā€˜lsa — bu xizmat aynan shu vaziyatlar uchun. šŸ“± Xo'sh, ko'chirma qanday olinadi? 1ļøāƒ£ my.gov.uz’ga kirasiz va bosh sahifadan ā€œBandlik va mehnatā€ boā€˜limini tanlaysiz. 2ļøāƒ£ ā€œMehnat daftarchasidan koā€˜chirma olishā€ xizmatini bosasiz. 3ļøāƒ£ Xizmat tavsifi bilan tanishib, davom etasiz. 4ļøāƒ£ Ariza ichida sizning shaxsiy identifikatsion raqamingiz avtomatik ravishda chiqadi — hech narsa yozmaysiz. 5ļøāƒ£ Faqat tilni tanlaysiz va kichik arifmetik misolga javob berasiz. āœ… ā€œFoydalanishā€ni bosgan zahoti, tizim sizning ish faoliyatingiz boā€˜yicha rasmiy koā€˜chirmangizni shakllantirib beradi. šŸ“„ Va eng zoā€˜ri — uni darhol yuklab olishingiz, tashkilotlarga yuborishingiz yoki ariza hujjatiga qoā€˜shishingiz mumkin. Hammasi onlayn, shunchaki tez. Postni barcha yaqinlaringizga yuborib qo'ying šŸ˜‰ Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap
31 496
šŸ’ø Har kuni 10 000 so'mdan tejasangiz nimalar bo'ladi? Hamma ā€œkoā€˜proq pul topishā€ haqida gapiradi. Lekin koā€˜pchilik pulni ush
šŸ’ø Har kuni 10 000 so'mdan tejasangiz nimalar bo'ladi? Hamma ā€œkoā€˜proq pul topishā€ haqida gapiradi. Lekin koā€˜pchilik pulni ushlab qolish — eng qiyin koā€˜nikma ekanini unutib qo'yadi. 10 ming soā€˜m — bu bir nechta pechenye, saqich, bir baklajka kola bo'lishi mumkin. Kun davomida sezilmaydi ham. Ammo mana shu sezilmaydigan narsa — moliyaviy tartibning boshlanishidir. šŸ“Œ Tasavvur qiling: Siz bugundan boshlab har kuni 10 000 soā€˜mni chetga olib qoā€˜yasiz. Bu koā€˜p ham emas, kam ham emas — bitta odat. 1 oy → 300 000 soā€˜m 6 oy → 1,8 million soā€˜m 1 yil → 3,6 million soā€˜m ā€œBu puldan nima foyda boā€˜ladi?ā€ deyishingiz mumkin. Ammo asl savol boshqa: Siz hozir 3,6 million soā€˜mni birdan hech qanday qiyinchiliksiz topa olasizmi? Agar yoā€˜q boā€˜lsa — demak, bu odat aynan sizga kerak. šŸ’” Kichkina odat — katta xavfsizlik yostigā€˜i Hayotda kutilmagan toā€˜lovlar har doim bor: • telefon buzilishi, • avtomobil remonti, • tibbiy xarajatlar, • sovgā€˜a, safar, ish uchun zarur boā€˜lgan xaridlar… Mana shu ā€œtushunarsiz qayerdandir chiqadiganā€ toā€˜lovlar uchun odamlar koā€˜pincha qarzga kiradi. Lekin oddiy 10 ming soā€˜mli odat buni oldini oladi. 🧠 Tejamkorlik — bu qashshoqlik emas. Bu oā€˜zingni qiynash ham emas. Bu shunchaki: ā€œMen har oy oā€˜zimga va kelajagimga 300 000 soā€˜mlik hurmat qilamanā€ degan fikr. Shu odat sizga quyidagilarni beradi: moliyaviy tartib, nazorat hissi, xavfsizlik, kutilmagan xarajatlarda asabiylashmaslik, sekin-asta boylik hissi. Boylik — katta qadamlardan emas, mayda-mayda odatlarning yigā€˜indisidan boshlanadi. šŸ”„ Bugunoq boshlang — atigi 10 ming soā€˜m bilan. Albatta, bu pul sizni darhol boy qilmaydi. Lekin bir yil oā€˜tib, ortga qarab: ā€œEy, men bunga qodir ekanman-ku!ā€ deb aytib qoā€˜yasiz. Xo'sh, bu odatni boshlaysizmi? Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap
31 496
Tasavvur qiling… dunyoda hech qachon urush boā€˜lmagan. Hech qayerda portlashlar bo'lmagan. Hech bir ota-onaning koā€˜zi yoshga toā€˜lmagan. Insoniyat faqat mehnat qilgan, yaratuvchanlik qilgan, raqobat qilgan. ā“ Shunaqa dunyoda biz qayerga yetgan boā€˜lardik? Videoda shu haqida oā€˜ylab koā€˜ramiz: šŸ”¹ Urushsiz iqtisodiyot — qanaqa boā€˜ladi oā€˜zi? šŸ”¹ Har yili qurollarga ketayotgan pul — agar ilm-fanga, ta’limga, texnologiyaga berilsa, dunyo qay darajada oā€˜zgaradi? šŸ”¹ ā€œTinchlik — foydaā€ degan gap shunchaki shior emasligini qanday isbotlash mumkin? šŸ”¹ Urush boā€˜lmasa, pulning qadr-qimmati oā€˜zi qanday boā€˜lardi? ā—ļøHozir dunyo qurollanishga ikki trillion dollar sarflayapti. Ikki trillion! Bu pul aslida kimning orzulari, kimning kelajagi hisobidan ketmoqda? Videoda mana shu savolning tagiga yetamiz. šŸ“± Tomosha qiling: https://youtu.be/pa6pB6ASO0U?si=TGjs4IOXD3BTId9g

Pulli Gap
31 496
āš ļø "Kredit olib beramiz" — yangicha firibgarlik Oxirgi oylar ichida Telegram’da bir xil tipdagi xabarlar koā€˜paydi: ā€œKredit ol
āš ļø "Kredit olib beramiz" — yangicha firibgarlik Oxirgi oylar ichida Telegram’da bir xil tipdagi xabarlar koā€˜paydi: ā€œKredit olib beramizā€, ā€œPast foizli kredit borā€, ā€œTezkor kredit tasdiqlaymizā€. Shunday turdagi moliyaviy tuzoqlardan qanday himoyalanish mumkin? Bir qaraganda oddiy reklama. Ammo aslida — bu hozirda eng faol rivojlanayotgan firibgarlik sxemalaridan biri. Bugun biz shu mavzuda siz bilan suhbatlashamiz. Avvalo, shu turdagi firibgarlarning 3 asosiy usulini sanab o'tsak: 1ļøāƒ£ Kredit olish uchun ā€œkomissiyaā€ Firibgar sizdan ā€œariza topshirishā€, ā€œtasdiqlashā€, ā€œtezlashtirishā€ bahonasida 50 000 — 300 000 soā€˜m soā€˜raydi. Pulni oladi — yoā€˜qoladi. Qarabsizki, kredit ham yo'q, pul ham. 2ļøāƒ£ Pasport ma’lumotlari va shaxsiy ma'lumotlarni soā€˜rash ā€œAgar sizga kredit berishmagan bo'lsa, biz sizga olishga yordam beramizā€, deb: pasport rasmini, selfi surat, bank kartasi raqamini soā€˜rashadi. Bu ma’lumotlar orqali sizning nomingizga kredit olib qoā€˜yishlari mumkin. 3ļøāƒ£ ā€œBank xodimiā€ga oā€˜xshab gapirish ā—ļøFiribgarlar bank logotipidan foydalanadi, ovozli xabar yozadi, hatto ā€œshartnomaā€ yuboradi. Lekin bitta narsa ularni fosh qiladi: bank hech qachon kredit berish uchun oldindan pul soā€˜ramaydi. šŸ›” Bunday firibgarlardan oā€˜zimni qanday himoya qilaman deb o'ylayapsizmi? Buning uchun oddiygina kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilishingiz kerak: 😊 Hech qachon oldindan pul toā€˜lamang: bu — firibgarlikning birinchi belgisidir. 😊 Haqiqiy bank faqat rasmiy kanallarda javob beradi: Telegram’dagi shaxsiy akkaunt — bu bank emas. Rasmiy kanallar: bank veb-sayti, aloqa markazi, bank mobil ilovasi, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar bo'lishi mumkin 😊 Shaxsiy ma’lumotlaringizni begona odamga bermang: passport, selfi, karta raqami 😊 ā€œJudayam past foizā€ — 99% firibgarlik: banklar foizlarni davlat talablari asosida belgilaydi. 10–15% dan past foizda kredit taklif qilayotgan boā€˜lsa — demak, yolgā€˜on. 😊 Profilni tekshiring: yangi anonim akkaunt bu juda xavfli, izohlar haqiqiymi, rasmiy sahifami. 🚨 Agar firibgarlikka uchrab qolgan bo'lsangiz darhol: 1ļøāƒ£ Kartani bloklang 2ļøāƒ£ Bankka qoā€˜ngā€˜iroq qiling 3ļøāƒ£ IIV Kiberxavfsizlik markaziga murojaat qiling 4ļøāƒ£ Sizga firibgar yozgan akkauntni bloklang Bugungi kunda eng yaxshi moliyaviy savodxonlik — bu shubhali havolalarga bosmaslik va ā€œtezkor pulā€ga ishonmaslik. Kredit olish — jiddiy jarayon. Uni Telegram’dagi anonim akkauntga ishonib topshirish — pulingizni oā€˜z qoā€˜lingiz bilan begona odamga berish bilan baravar. Kreditni bevosita bank orqali yoki rasmiy bank mobil ilovasi orqali rasmiylashtiring. Postni barcha tanishlaringizga yuborib qo'ying Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap
31 496
Rasmiy daromadga ega bo'lmaganlar uchun avtokreditlarni bir joyda jamladik šŸ¦ Agrobank ā—¦ Foizi - 26% dan boshlab ā—¦ Muddati -
Rasmiy daromadga ega bo'lmaganlar uchun avtokreditlarni bir joyda jamladik šŸ¦ Agrobank ā—¦ Foizi - 26% dan boshlab ā—¦ Muddati - 5 yilgacha ā—¦ Boshlangā€˜ich toā€˜lov - 25% dan boshlanadi Batafsil 1216 šŸ¦ Oā€˜zmilliybank ā—¦ Foizi - 25% ā—¦ Muddati - 60 oygacha ā—¦ Boshlangā€˜ich toā€˜lov - 30% dan boshlanadi Batafsil 1344 šŸ¦ Asia Alliance Bank ā—¦ Foizi - 0%dan 19,5%gacha ā—¦ Muddati - 60 oy ā—¦ Boshlangā€˜ich toā€˜lov - Avtomobil narxining 75% gacha Batafsil 1270 šŸ¦ Xalq banki ā—¦ Foizi - 24% ā—¦ Muddati - 60 oy ā—¦ Boshlangā€˜ich toā€˜lov - 50% Batafsil 1106 šŸ¦ Turonbank Imkoniyat 2.0 ā—¦ Foizi - 25% ā—¦ Muddati - 60 oygacha ā—¦ Boshlangā€˜ich toā€˜lov - 30% dan boshlanadi Batafsil Green Avto ā—¦ Foizi - 25% ā—¦ Muddati - 60 oygacha ā—¦ Boshlangā€˜ich toā€˜lov - 30% dan boshlanadi Batafsil AvtoSelf 2.0 ā—¦ Foizi - 25,99% ā—¦ Muddati - 48 oygacha ā—¦ Boshlangā€˜ich toā€˜lov - 30% dan boshlanadi Batafsil šŸ¦ SQB ā—¦ Foizi - 25% dan 28% gacha ā—¦ Muddati - 60 oygacha ā—¦ Boshlangā€˜ich toā€˜lov - 35% dan boshlanadi Batafsil 1180 šŸ¦ BRB ā—¦ Foizi - 0% dan 18,5% gacha ā—¦ Muddati - 60 oygacha ā—¦ Boshlangā€˜ich toā€˜lov - 25% dan boshlanadi Batafsil 1254 šŸ¦ MKBank ā—¦ Foizi - 26% ā—¦ Muddati - 60 oygacha ā—¦ Boshlangā€˜ich toā€˜lov - 25% dan boshlanadi Batafsil 1285 šŸ¦ Apex bank ā—¦ Foizi - 0% dan 22% gacha ā—¦ Muddati - 60 oygacha ā—¦ Boshlangā€˜ich toā€˜lov - 25% dan boshlanadi Batafsil 1881 Ushbu postni mashina olmoqchi bo'lib yurgan do'stingizga yuborib qo'ying šŸš— ā—ļøEslatma: Ma'lumotlar o'zgarishi mumkin. Ularni bevosita bankdan aniqlashtirish tavsiya etiladi. Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap
31 496
šŸ”– Qonunchilikka koā€˜ra, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladig
šŸ”– Qonunchilikka koā€˜ra, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojĀ­siz olib kirish normalari quyidagi miqdorlarda belgilangan: 1ļøāƒ£Qiymat boā€˜yicha limitlar: šŸ”¹ Havo transportida — 1000 AQSh dollari; šŸ”¹ Temir yoā€˜l va daryo transportida — 500 AQSh dollari; šŸ”¹ Avtomobil (piyoda) oā€˜tkazish punktlari orqali — 300 AQSh dollari; 2ļøāƒ£ Pochta / kuryer joā€˜natmalari: šŸ”¹ Xalqaro kuryerlik joā€˜natmalari orqali — 200 AQSh dollari; šŸ”¹ Xalqaro pochta joā€˜natmalari orqali — 100 AQSh dollari. 3ļøāƒ£ Chet elda qolish muddati talablari šŸ”¹Agar siz havo transporti orqali kirayotgan boā€˜lsangiz, chet elda kamida 3 kun boā€˜lishingiz kerak, aks holda bojsiz limit qoā€˜llanilmaydi. šŸ”¹Agar avtomobil yoki piyoda chegaradan qaytayotgan boā€˜lsangiz — kamida 2 kun chetda boā€˜lish shart. 4ļøāƒ£Maxsus tovarlar uchun miqdor cheklovlari šŸ”¹ Alkogol (ichimlik): 2 litr gacha. šŸ”¹ Tamaki mahsulotlari: 200 dona sigaretga qadar; sigaralar: 5 dona. šŸ”¹ Parfyumeriya (atirlar): 3 shisha, har biri 300 ml dan oshmasligi kerak. Biologik faol qo'shimchalar: šŸ”¹Suyuqlik shaklida (siroplar) — 10 shisha gacha. šŸ”¹Kukun — 0.5 kg gacha. šŸ”¹Tabletkalar — 100 dona. šŸ”¹Kapsulalar — 100 dona yoki 4 ta PET idishga qadar. šŸ”¹Quruq shaklda (oā€˜simlik qismlari, ildizlar): 0.5 kg gacha. Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap
31 496
šŸ’ø Pulni aslida kim ixtiro qilgan? Tangadan boshlab banknotga, kartadan boshlab raqamli balanslargacha — biz har kuni ishlatadigan pul aslida insoniyat tarixidagi eng katta yolgā€˜on, lekin ayni paytda eng kuchli ishonch tizimi ekanini bilardingizmi? Biz qoā€˜limizda ushlab yurgan qogā€˜ozlar… telefondagi raqamlar… plastikdagi summa…— bularning bari faqat bitta narsaga tayangan: odamlarning bir-biriga boā€˜lgan ishonchi. ✨ Ushbu video — pulning ortidagi yashirin mexanizmlar, tarixiy yolgā€˜onlar va insoniyatning eng katta kelishuvi haqida. šŸŽ„ Videoni koā€˜ring. Pulga boā€˜lgan qarashingiz oā€˜zgaradi: https://youtu.be/e6jW2Znn6EI?si=Mr9sJh3SgT6loKvR

Pulli Gap
31 496
ā„ļø ā€œSovuq oylarā€ uchun tejash: isitish, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalar Qish yaqinlashgani sayin odamlar eng koā€˜p o'yla
ā„ļø ā€œSovuq oylarā€ uchun tejash: isitish, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalar Qish yaqinlashgani sayin odamlar eng koā€˜p o'ylaydigan narsa bu albatta xarajatlar yanada oshishi bo'ladi. Isitish, kiyim-kechak, oziq-ovqat — hammasi birdan qimmatlashgandek boā€˜lib tuyuladi. Aslida esa toā€˜gā€˜ri yondashuv bilan qishda ham pulni tejash mumkin. Keling, bugun siz bilan eng muhim uch yoā€˜nalishni koā€˜rib chiqamiz. šŸ  Isitishda tejash — oddiy, ammo samarali usullar Isitish — qishda eng katta xarajatlardan. Shuning uchun oddiy qoidalarga amal qilib, xarajatni tejash mumkin: āœ… Eshik-derazalarni tekshiring — 15–30% issiqlik shu orqali ā€œuchibā€ ketadi. Oddiy rezina lenta yoki skotch bilan sovuqni to'ssa bo'ladi, oddiy, lekin samarali usul āœ… Elektrli isitkichni strategiya bilan ishlating — bir xonada yashasangiz, butun kvartirani emas, faqat shu xonani isiting āœ… Isitish vaqtlarini jadval qiling — kechasi pastroq harorat, kun davomida esa faqat kerak boā€˜lganda yoqing šŸ‘• Kiyim-kechak: issiq, ammo aqlli shopping Qishda oā€˜zini issiq saqlash uchun hamma yugurib qalin kurtka oladi. Lekin bu ham xarajatni koā€˜paytiradi. Shuning oā€˜rniga: šŸ”Ž 3 qavat qoidasini eslab qoling: 1ļøāƒ£ ichki qatlam — termobelyo 2ļøāƒ£ oā€˜rta qatlam — sviter 3ļøāƒ£ tashqi qatlam — shamol va sovuqdan himoyalovchi kurtka Shunda eng sovuq kunda ham qalin-qalin kiyimlarga pul sarflamaysiz. āœ… Sovuq sezonga kirishdan oldin xarid qiling — oktyabrda narxlar pastroq boā€˜ladi. Yanvar–fevralda esa chegirmalar boshlanadi āœ… Brend kiyimlarga yopishmang — issiqlikni brend emas, mato beradi: paxta, jun, termomatolar āœ… Mahalliy tikuvchilarni qoā€˜llab-quvvatlang — sifatli, oā€˜lchamga mos va koā€˜pincha arzonroq ham bo'ladi šŸ›’Oziq-ovqat: narxlar koā€˜tarilsa ham aqlli boā€˜lish mumkin Qishda oziq-ovqat narxlari mavsum sababli har doim harakatchan. Tejash uchun: āœ… Mavsumiy mahsulotlarga tayaning — kartoshka, sabzi, piyoz, karam, lavlagi qishda barqaror narxda boā€˜ladi āœ… Bir haftalik menyu tuzing — rejasiz xarid qilish — pul yoā€˜qotish demak āœ… Qishda saqlanadigan mahsulotlarni oldindan oling — quruq loviya, un, yogā€˜, guruch, makaron kabi āœ… Oshxonadagi sovuqni ishlating — qishda balkon ā€œtabiiy muzlatgichā€. Muzlatkichda joy kamaysa, ortiqcha elektr yoā€˜qotmaysiz šŸ’” Yakuniy maslahat: pulni emas, odatlaringizni boshqaring Qishda xarajatlar koā€˜paygandek tuyuladi, aslida esa bizning odatlarimiz koā€˜p pul ā€œyeydiā€. Oddiy oā€˜zgarishlar bilan xarajatlarni quyidagicha tejash mumkin: āž”ļø Isitish — 20% gacha āž”ļø Oziq-ovqat — 15–25% āž”ļø Kiyim-kechak — 30–40% Qish — faqat sovuq havogina emas. Toā€˜gā€˜ri yondashsangiz, eng samarali moliyaviy faslga aylanishi mumkin Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap
31 496
AI500 Hackathon 2025! šŸš€ šŸ“— Sun’iy intellekt yordamida insonlar hayotini oā€˜zgartiradigan mahsulot yaratmoqchimisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! šŸ† 1-oā€˜rin — 200 mln so'm 🄈 2-oā€˜rin — 150 mln so'm šŸ„‰ 3-oā€˜rin — 100 mln so'm āœļø Roā€˜yxatdan oā€˜tish boshlangan va 25-noyabrgacha davom etadi. Jamoangizni yig'ing va ishtirok eting! Tashkilotchi: Agrobank va IT Community of Uzbekistan. šŸ“ŗ Batafsil ma'lumotni video orqali bilib oling va hoziroq roā€˜yxatdan oā€˜ting! Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap
31 496
šŸ’° Bank foizlari nimani anglatadi? Banklar haqida gap ketganda eng koā€˜p eshitiladigan soā€˜zlardan biri — bu foiz. šŸ¦ Xo'sh, fo
šŸ’° Bank foizlari nimani anglatadi? Banklar haqida gap ketganda eng koā€˜p eshitiladigan soā€˜zlardan biri — bu foiz. šŸ¦ Xo'sh, foiz aslida nima? Foiz — bu puldan foydalanish uchun toā€˜lanadigan haq. Ya’ni pul ham boshqa tovar kabi ā€œijaraga beriladiā€. Kimdir uni ishlatmoqchi boā€˜lsa, egasiga ma’lum haq toā€˜laydi. Shuning uchun: āœ… Kredit olgan odam — bank pulini ishlatgani uchun foiz toā€˜laydi. āœ… Depozit qoā€˜ygan odam — bankka oā€˜z pulini ishlatish imkonini bergani uchun foiz oladi. Oddiy qilib aytganda: Kreditdagi foiz — bu sizning xarajatingiz bo'lsa, depozitdagi foiz esa sizning daromadingiz. šŸ“ˆ O'zi foiz miqdori nimaga bog'liq? Bank foizlari oā€˜zboshimchalik bilan belgilanmaydi. Unga bir nechta omillar ta’sir qiladi: 1ļøāƒ£Markaziy bankning asosiy stavkasi – bu banklar uchun ā€œyoā€˜riqnomaā€ kabi. Agar Markaziy bank stavkani oshirsa, barcha tijorat banklari ham foizlarini koā€˜taradi. 2ļøāƒ£ Inflyatsiya – agar narxlar oā€˜sib borayotgan boā€˜lsa, pulning qiymati pasayadi, demak, foizlar ham oā€˜sadi. 3ļøāƒ£ Risk darajasiga qarab foiz pastroq yoki balandroq bo'lishi mumkin. šŸ’” Foiz nega kerak? Foizsiz tizim boā€˜lishi mumkin emas. Chunki foiz: šŸ’š Bankka xarajatlarni qoplash va foyda olish imkonini beradi, šŸ’š Odamlarga pulni aylantirish va tejash motivatsiyasini beradi, šŸ’š Davlat iqtisodiy siyosatini boshqarish vositasi sifatida xizmat qiladi. Agar foizlar juda past boā€˜lsa — odamlar koā€˜proq qarz oladi, lekin tejash kamayadi. Agar yuqori boā€˜lsa — tejash kuchayadi, lekin iqtisodiy faollik sekinlashadi. Shu muvozanat — Markaziy bankning asosiy vazifasi. šŸ’¬ Sizningcha, hozirgi kunda Oā€˜zbekistonda bank foizlari odamlar uchun qulaymi yoki ogā€˜irmi? Izohlarda fikringizni yozing Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap
31 496
šŸ’° Ertadan boshlab dunyoda faqat bitta pul birligi qolsa-ya? Hech qanday dollar, yevro yoki yuan yoā€˜q. Kurslar, ayirboshlash, konvertatsiya — barchasi tarixda qoladi. Savdo soddalashadi, sayohat arzonlashadi… ammo bu qulaylikning o'z narxi bor. šŸŽ„ Yangi videoda ushbu mavzularni yoritamiz: šŸ”¹ Yagona valyuta — bu iqtisodiy inqilobmi yoki xavfmi? šŸ”¹ Agar barcha markaziy banklar oā€˜z mustaqilligini yoā€˜qotsa, nima yuz beradi? šŸ”¹ Bitta mamlakatdagi inqiroz qanday qilib butun dunyoga tarqaladi? šŸ”¹ Nega Yevro tajribasi barcha davlatlarda ishlamadi? ā–¶ļøTomosha qiling va obuna bo'ling: https://youtu.be/690HVAw_Aw4?si=N_DOkAXW4yUVuxeF

Pulli Gap
31 496
šŸ› 11.11 yoki Xalqaro shoping kuni oldidan hushyorlik Har yili noyabr oyi kelishi bilan internet toā€˜la ā€œsuper chegirmalarā€, ā€œ
šŸ› 11.11 yoki Xalqaro shoping kuni oldidan hushyorlik Har yili noyabr oyi kelishi bilan internet toā€˜la ā€œsuper chegirmalarā€, ā€œfaqat bugun!ā€, ā€œ- 70%ā€ degan yozuvlarga toā€˜ladi. 11.11 — butun dunyo boā€˜ylab iste’molchilarni onlayn xarid qilishga undaydigan bayramga aylanadi. Ammo har yili bir savol ochiq qoladi: bu haqiqiy chegirmami yoki marketing oā€˜yini? Keling, bugun shu haqda gaplashamiz. šŸŽÆ Nega biz xarid qilishga shoshilamiz? Psixologlar aytadi: ā€œChegirmaā€ soā€˜zi miyamizdagi mukofot tizimini faollashtiradi. Qisqa muddatli ā€œfoydaā€ hissi sabab, bizga kerak boā€˜lmagan narsani ham zarur deb oā€˜ylaymiz. Ayniqsa, ā€œchegirma tugaydiā€, ā€œoxirgi imkoniyatā€ kabi iboralar vaqt bosimini kuchaytirib, qaror qabul qilishni tezlashtiradi. šŸ“‰ Narxlar qanday ā€œchegirmaga aylanadiā€? Koā€˜p hollarda chegirmadan bir necha hafta oldin narxlar asta-sekin oshiriladi, soā€˜ngra ā€œ- 50%ā€ deb qayta yoziladi. Natijada, xaridor aslida oā€˜sha eski narxni toā€˜laydi. Ba’zida esa kompaniyalar ā€œchegirmaā€ni faqat ayrim modellar yoki oā€˜lchamlar uchun qoā€˜llaydi — e’tibor bilan qaralmasa, xaridchi buni sezmaydi. Masalan: 😊Avval narx: 999 ming soā€˜m Keyin ā€œchegirmaā€ bilan: 799 ming soā€˜m Lekin bir oy avval u 799 ming soā€˜m edi. 🧠 Xo'sh, qanday qilib hushyor boā€˜lish kerak? 1ļøāƒ£ Narx tarixini tekshiring. Ba’zi platformalarda tovarning soā€˜nggi oylardagi narx dinamikasini koā€˜rish mumkin. 2ļøāƒ£ Solishtiring. Bir xil mahsulotni boshqa sayt yoki doā€˜konlarda koā€˜ring. Farq koā€˜p boā€˜lsa — bu ā€œchegirmaā€ sun’iy. 3ļøāƒ£ Shu narsa menga kerakmi yoki shunchaki xohlayapmanmi? Har xariddan oldin shu savolni bering. 4ļøāƒ£ Byudjet belgilang. Faqat oldindan rejalashtirilgan narsalarga xarajat qiling. 5ļøāƒ£ Emotsiyaga berilmang. ā€œSotib olish zavqiā€ bir necha daqiqada oā€˜tadi, lekin ortiqcha xaridning ogā€˜irligi uzoq davom etadi. šŸ’” Chegirma — yomon emas, lekin aql bilan ish qiling Albatta, ayrim savdo maydonchalari chindan ham haqiqiy aksiyalar qiladi. Ammo bu holatda ham asosiy tamoyil bir xil: xarid sizni emas, siz xaridni boshqarishingiz kerak. šŸ’š Xulosa o'rnida Pulli Gap tavsiyasi: ā€œChegirmalarā€ni investitsiya sifatida koā€˜rmang — u sizning pulingizni tejamasligi, balki yoā€˜qotishiga ham sabab boā€˜lishi mumkin. Unutmang, eng yaxshi xarid – oā€˜ylangan xariddir. Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap
31 496
Tasavvur qiling — ertaga butun dunyo boā€˜ylab 8 milliard inson ishga chiqmaydi. Hech kim. Na shifokor, na haydovchi, na kassir. 🤯Bir kunlik dam olish — oddiy tanaffus emas, balki butun tizim uchun sinov boā€˜ladi. šŸ’” Navbatdagi videomizda: šŸ”¹ 24 soatlik toā€˜xtash iqtisodiyotga qancha zarar keltiradi? šŸ”¹ Qaysi sohalar eng katta yoā€˜qotishga uchraydi? šŸ”¹ Tarixda bunday holat kuzatilganmi? šŸ”¹ Va eng qizigā€˜i — bu gā€˜oya qanday qilib foydaga aylanishi mumkin? kabi mavzularni yoritdik. Dunyo faqat harakatda yashaydi. Bir kunlik ā€œtoā€˜xtashā€ esa insoniyat tizimini qay darajada bogā€˜liqligini koā€˜rsatadi. šŸŽ¤ Videoni tomosha qiling: https://youtu.be/dVBT9FQOomE?si=rOt2z8b9FUeHqXju

Pulli Gap
31 496
Repost from Agrobank
šŸŽÆ AI500 — Oā€˜zbekistonning eng yirik AI-hakatoni! šŸ“— Sun’iy intellekt yordamida insonlar hayotini oā€˜zgartiradigan mahsulot ya
+1
šŸŽÆ AI500 — Oā€˜zbekistonning eng yirik AI-hakatoni! šŸ“— Sun’iy intellekt yordamida insonlar hayotini oā€˜zgartiradigan mahsulot yaratmoqchimisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! šŸ’° Sovrin jamgā€˜armasi — 500 million soā€˜m! šŸ† 1-oā€˜rin — 200 million 🄈 2-oā€˜rin — 150 million šŸ„‰ 3-oā€˜rin — 100 million Qolgan 50 million soŹ»m 5 ta jamoa oŹ»rtasida taqsimlanadi va har biri 10 million soŹ»mdan oladi. šŸ‘„ Jamoa: 1 tadan 5 tagacha ishtirokchi šŸŽÆ Yosh: 16 yoshdan yuqori šŸ“ Final: 13-dekabr, Toshkent shahri, Agrobank bosh ofisida ✨ Final ishtirokchilarini quyidagilar kutmoqda: • Oā€˜z mahsulotini sotish imkoniyati • Agrobank’dan ish taklifi • UDEA universitetida o'qish uchun grant yutish imkoniyati • Agrobank va IT Community sertifikatlari Roā€˜yxatdan oā€˜tish boshlangan va 25-noyabrgacha davom etadi! šŸ’” AI olamida oā€˜zingizni namoyon etish imkoniyatini qoā€˜ldan boy bermang. šŸš€ Agrobank va IT Community of Uzbekistan koā€˜magida o'tkazilmoqda. Batafsil

Pulli Gap
31 496
1-noyabrdan nimalar oā€˜zgaradi? 😊Pulli Gap O'zbekistonda 1-noyabrdan kuchga kiradigan yangiliklar va qonunchilikdagi o'zgaris
1-noyabrdan nimalar oā€˜zgaradi? 😊Pulli Gap O'zbekistonda 1-noyabrdan kuchga kiradigan yangiliklar va qonunchilikdagi o'zgarishlarni bir yerga jamladi. 1ļøāƒ£Oā€˜zbekistonda 2,1 mingdan ziyod davlat xizmatchisi shtati qisqartiriladi Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining jami 2141 ta shtati qisqartiriladi. Qoā€˜mita, agentlik va inspeksiyalarda esa rahbar oā€˜rinbosarlari soni jami 16 taga qisqartiriladi. 2ļøāƒ£Avtomobilga gaz ballon oā€˜rnatilganidan soā€˜ng ā€œtexpasportā€ni yangilash talab etilmaydi Avtomobilga gaz ballon oā€˜rnatilganidan soā€˜ng ā€œtexpasportā€ni almashtirish talab etilmaydi. Shuningdek, transport vositasiga gaz balloni oā€˜rnatilganligiga oid ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish orqali transport vositasini roā€˜yxatdan oā€˜tkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi. 3ļøāƒ£Mobil operatorlar, banklar va toā€˜lov tashkilotlari YAIDXP orqali pulli davlat xizmatlarini koā€˜rsatadi Mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, toā€˜lov tashkilotlariga mobil ilovalar orqali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (YAIDXP, my.gov.uz) pulli elektron davlat xizmatlarini koā€˜rsatish imkoniyati yaratiladi. 4ļøāƒ£ YAIDXPdagi shaxsga doir ma’lumotlar ularning qogā€˜oz shakliga tenglashtiriladi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) jismoniy shaxslarning belgilangan shaxsga doir ma’lumotlari ularning shaxsiy kabineti orqali real vaqt rejimida taqdim etiladi. Bunda: šŸ’šjismoniy shaxsning Yagona portaldagi shaxsga doir ma’lumotlari ularning qogā€˜oz shakliga tenglashtiriladi; šŸ’šushbu ma’lumotlar Yagona portalning mobil ilovasidan foydalangan holda koā€˜rsatilganda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur ma’lumotlarning qogā€˜oz shaklini talab qilish taqiqlanadi. 5ļøāƒ£ Ayrim fuqarolarga qoā€˜shimcha ta’lim olish uchun ā€œkasb vaucheriā€ beriladi Malakasini oshirish va kasbga qayta tayyorlanish istagidagi shaxslarga qoā€˜shimcha ta’lim olish uchun ā€œkasb vaucheriā€ berish tartibi joriy etiladi. ā€œKasb vaucheriā€ ssuda sifatida beriladi. Shaxs oā€˜qishni tugatib sertifikat olgach, ishga joylashganidan soā€˜ng ssudani 2 yil davomida Bandlikka koā€˜maklashish davlat jamgā€˜armasiga qaytaradi. Quyidagi shaxslarga kasb-hunar kurslarida ta’lim olish davrida jamgā€˜arma hisobidan mehnatga haq toā€˜lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida stipendiya toā€˜lanadi: šŸ’šnogironligi boā€˜lgan shaxslarga; 3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda ta’lim olayotgan Kambagā€˜al oilalar reyestridagi oilalar a’zolariga; šŸ’šdoimiy yashash joyidan boshqa hududga qatnab ta’lim olayotgan shaxslarga. 6ļøāƒ£ Ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga toā€˜lanadi Ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga toā€˜lanadi. Uni takroran belgilashda dastlabki tayinlangan nafaqani olish muddati tugagandan soā€˜ng qoā€˜shimcha ravishda kamida 12 oylik ish staji talab etiladi. 7ļøāƒ£Talabalar ijara toā€˜lovining bir qismini qaytarish boā€˜yicha my.gov.uz orqali murojaat qilishi mumkin boā€˜ladi Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga oylik ijara toā€˜lovining bir qismini qaytarish boā€˜yicha Yagona portal orqali murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. 2021-yil may oyidan boshlab talabalarga ijara toā€˜lovining bir qismi qoplab berilmoqda. Toshkent shahrida kompensatsiya miqdori oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari — 412 ming soā€˜mgacha, viloyatlarda esa BHMning yarmigacha yetishi mumkin. Telegram • Instagram • YouTube • TikTok