❄️
“Sovuq oylar” uchun tejash: isitish, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalar
Qish yaqinlashgani sayin odamlar eng ko‘p o'ylaydigan narsa bu albatta xarajatlar yanada oshishi bo'ladi.
Isitish, kiyim-kechak, oziq-ovqat — hammasi birdan qimmatlashgandek bo‘lib tuyuladi. Aslida esa to‘g‘ri yondashuv bilan qishda ham pulni tejash mumkin.
Keling, bugun siz bilan eng muhim uch yo‘nalishni ko‘rib chiqamiz.
🏠
Isitishda tejash — oddiy, ammo samarali usullar
Isitish — qishda eng katta xarajatlardan. Shuning uchun oddiy qoidalarga amal qilib, xarajatni tejash mumkin:
✅ Eshik-derazalarni tekshiring — 15–30% issiqlik shu orqali “uchib” ketadi. Oddiy rezina lenta yoki skotch bilan sovuqni to'ssa bo'ladi, oddiy, lekin samarali usul
✅ Elektrli isitkichni strategiya bilan ishlating — bir xonada yashasangiz, butun kvartirani emas, faqat shu xonani isiting
✅ Isitish vaqtlarini jadval qiling — kechasi pastroq harorat, kun davomida esa faqat kerak bo‘lganda yoqing
👕 Kiyim-kechak: issiq, ammo aqlli shopping
Qishda o‘zini issiq saqlash uchun hamma yugurib qalin kurtka oladi. Lekin bu ham xarajatni ko‘paytiradi. Shuning o‘rniga:
🔎 3 qavat qoidasini eslab qoling:
1️⃣ ichki qatlam — termobelyo
2️⃣ o‘rta qatlam — sviter
3️⃣ tashqi qatlam — shamol va sovuqdan himoyalovchi kurtka
Shunda eng sovuq kunda ham qalin-qalin kiyimlarga pul sarflamaysiz.
✅ Sovuq sezonga kirishdan oldin xarid qiling — oktyabrda narxlar pastroq bo‘ladi. Yanvar–fevralda esa chegirmalar boshlanadi
✅ Brend kiyimlarga yopishmang — issiqlikni brend emas, mato beradi: paxta, jun, termomatolar
✅ Mahalliy tikuvchilarni qo‘llab-quvvatlang — sifatli, o‘lchamga mos va ko‘pincha arzonroq ham bo'ladi
🛒
Oziq-ovqat: narxlar ko‘tarilsa ham aqlli bo‘lish mumkin
Qishda oziq-ovqat narxlari mavsum sababli har doim harakatchan. Tejash uchun:
✅ Mavsumiy mahsulotlarga tayaning — kartoshka, sabzi, piyoz, karam, lavlagi qishda barqaror narxda bo‘ladi
✅ Bir haftalik menyu tuzing — rejasiz xarid qilish — pul yo‘qotish demak
✅ Qishda saqlanadigan mahsulotlarni oldindan oling — quruq loviya, un, yog‘, guruch, makaron kabi
✅ Oshxonadagi sovuqni ishlating — qishda balkon “tabiiy muzlatgich”. Muzlatkichda joy kamaysa, ortiqcha elektr yo‘qotmaysiz
💡 Yakuniy maslahat: pulni emas, odatlaringizni boshqaring
Qishda xarajatlar ko‘paygandek tuyuladi, aslida esa bizning odatlarimiz ko‘p pul “yeydi”. Oddiy o‘zgarishlar bilan xarajatlarni quyidagicha tejash mumkin:
➡️ Isitish — 20% gacha
➡️ Oziq-ovqat — 15–25%
➡️ Kiyim-kechak — 30–40%
Qish — faqat sovuq havogina emas. To‘g‘ri yondashsangiz, eng samarali moliyaviy faslga aylanishi mumkin
Telelgram •
Instagram •
YouTube •
TikTok